22.02.2022 yildagi PQ-141-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimidan oqilona foydalanishni taʼminlash, biologik xilma-xillikni saqlash, baliqchilikni rivojlantirish, shuningdek, tabiiy suv havzalarida baliqlarni koʻpaytirish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, bugungi kunda mazkur koʻllar tizimining 45 foizi yoki 179 ming gektar maydoni ijaraga berilmagan, baliq ovlash koʻrsatkichlari yildan-yilga kamayib, 2017-yil koʻrsatkichlariga nisbatan ikki barobarga pasaygan, noqonuniy baliq ovlash holatlari avj olishi bilan bir qatorda, safari, eko-, agro- va boshqa turizm turlarini rivojlantirish uchun yetarli muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tashkil etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimidan samarali foydalanish, ekologik holatni yaxshilash, aholining baliq va baliq mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish, hududda hayvonot va oʻsimlik dunyosi muhofazasini kuchaytirish, turizm salohiyatidan tizimli foydalanishni tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari hamda “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” davlat unitar korxonasini Suv xoʻjaligi vazirligi muassisligidagi “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” masʼuliyati cheklangan jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJ) sifatida qayta tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax va Navoiy viloyatlari hududida joylashgan Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini belgilangan tartibda qayta tashkil etilayotgan “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJga baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish uchun doimiy ravishda tanho foydalanish uchun berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv havzasida kelgusida baliqlarni koʻpaytirish maqsadida baliq chavoqlari yetishtirish uchun Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hududida baliq parvarishlash va inkubatsiya sexlarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baliq ovlash hajmlarini koʻpaytirish, eksportbop va raqobatbardosh baliq mahsulotlari yetishtirish boʻyicha texnologik jarayonlarni bosqichma-bosqich shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intensiv baliq yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini, shu jumladan qafas usulini keng joriy etish hamda tabiiy suv havzalarida mahsuldorlikni koʻpaytirish hisobiga baliq ovlash hajmlarini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lichinka ishlab chiqarish boʻyicha yangi inkubatsiya sexlarini tashkil etish, baliq chavoqlari yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish, baliq chavoqlari yetishtirish boʻyicha mavjud hovuzlarni modernizatsiya qilish va kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻllar tizimi hududida zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlarini (plyaj va suvda dam olish turizmi, koʻllar qirgʻogʻi boʻylab sayr qilish yoʻlaklari, mehmonxona majmualari, sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turistik ahamiyatga ega boshqa obyektlar) barpo etish hamda turistlarga xizmat koʻrsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, havaskorlik va sport baliq ovini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi atrofida uzoq muddatli shartnoma asosida zamonaviy yengil konstruksiyali turizm infratuzilma obyektlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv havzalari holatining gidrobiologik va gidrokimyoviy tahlilini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida suvdan foydalanishga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash hamda suv resurslaridan samarali foydalanilishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda energiyaning muqobil va qayta tiklanuvchi manbalarini qoʻllagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baliq ovlash xoʻjaliklariga suv havzasi uchastkalarining ijaraga berilishi boʻyicha ochiq tanlov oʻtkazilishini tashkil etish hamda tanlov gʻoliblari boʻlgan baliq ovlash xoʻjaliklari bilan ijara shartnomasi tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hududida obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va koʻllar tubini chiqindilardan tozalash ishlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJning boshqaruv xodimlari tuzilmasi tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJ ustavining tasdiqlanishini va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJ ustav fondi shakllantirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJ ijro etuvchi apparati tasdiqlangan tuzilma va shtatlar jadvaliga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining “Arnasoy” suv ombori hududida baliq ovlashga bir yil muddatga moratoriy eʼlon qilinsin, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv ombori hududida baliq ovlash qatʼiyan taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdan toʻrlar va ov qilish qurollari yigʻib olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborini baliqlantirish maqsadida ilmiy-asoslangan oʻrganishlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat soliq qoʻmitasi (Sh.D. Kudbiyev) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” DUK balansidagi maʼmuriy bino-inshootlar va mol-mulklar “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJ balansiga oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” DUK hisobidagi kreditorlik qarzdorliklar Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hisobidan toʻlab berilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqaddam “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi” DUK bilan tuzilgan ijara shartnomalari bekor qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sh.Sh. Shoraxmetov), “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (O.M. Musayev) hamda Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MCHJni belgilangan tartibda investitsiya kiritish sharti bilan tanlov asosida noyob turdagi baliqlarni yetishtirish, suv havzalarini baliqlantirish, baliqni qayta ishlash texnologiyasi va tajribasiga ega mahalliy investorga (keyingi oʻrinlarda — Investor) ishonchli boshqaruvga bersin, bunda Investorga 2022 — 2026-yillar davomida quyidagilarni amalga oshirish talabi yuklatiladi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamida 30 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inkubatsiya sexlari va reproduktor havza imkoniyatlaridan toʻliq foydalangan holda baliq lichinkalari ishlab chiqarish quvvatlarini yiliga 100 mln donaga, baliq chavoqlari yetishtirish quvvatlarini 15 — 20 mln donaga yetkazish hamda mazkur baliq chavoqlari bilan koʻllar tizimini baliqlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻllar tizimidan yillik baliq ovlash hajmlarini 15 ming tonnagacha yetkazish hamda okeanik qafas (sadok) moslamalarini oʻrnatish orqali qoʻshimcha 5 ming tonna baliq yetishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻllar tizimining “Tuzkon” koʻli hududida “Baliq ishlab chiqarish” kompleksi tashkil etish va ushbu kompleksda yiliga 3 ming tonna baliqni qayta ishlash korxonasini ishga tushirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻllar tizimi va uning atrof-muhit imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda investitsiyalarni keng jalb qilish, marketingni yoʻlga qoʻyish hamda qayta ishlashni rivojlantirish asosida 1 000 ta ish oʻrnini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududdagi turizm salohiyatini oshirib, uning imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda havaskor va sport baliq ovi turizmini kengaytirish, sayyohlarga xizmat koʻrsatish hajmini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻllar tizimining biologik xilma-xilligini saqlash, baliq zaxiralarini ilmiy yondashgan holda koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, koʻllar tizimida shoʻr suvda baliq zaxiralarini koʻpaytirish boʻyicha laboratoriya markazini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻllar tizimi hududidagi kollektor-drenaj tarmoqlarini toʻliq tozalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor tomonidan Ishonchli boshqaruv shartnomasidan kelib chiquvchi barcha majburiyatlar bajarilgan taqdirda shartnomaning amal qilish muddati 49 yilgacha uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bosh prokuraturaning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini rivojlantirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasini Tabiiy koʻllarda baliqchilikni rivojlantirish va suv resurslaridan foydalanishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi deb qayta nomlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax va Navoiy viloyatlari prokuraturalarining tarkibida Davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlarining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga 4 tadan shtat birligidan iborat boʻlgan Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini rivojlantirishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar prokuraturalarida tabiiy koʻllarda baliqchilikni rivojlantirish va suv resurslaridan foydalanishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻyicha katta yordamchi lavozimini prokuratura organlariga ajratilgan shtat birliklari doirasida (jami 11 ta shtat birligi) joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N.N. Oblomurodov) Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida ov qilish, baliq ovlash, hayvonot, oʻsimlik dunyosidan, suv va suv havzalaridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarlar bazasini shakllantirish va tahlil etib borish tizimini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev), Milliy gvardiya (R.M. Djurayev) va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda 2022 — 2027-yillarda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida qonun buzilishi holatlarini aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan oʻzaro hamkorlikdagi harakatlar dasturini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi boshqaruvini tashkil etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida qaror loyihasini qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar hamda Jizzax viloyati (E.A. Saliyev) va Navoiy viloyati (N.T. Tursunov) hokimlari bilan birgalikda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi atrofida infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev, suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 22-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-141-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2022-y., 07/22/141/0162-son; 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)