01.08.2023 yildagi KQ-547-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslarini muhofaza qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanish, suvni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, sohaning qonunchilik bazasini mustahkamlashga oid masalalar haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda suv resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash, barcha tarmoq va sohalarda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etishni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslaridan tejamli foydalanish siyosati natijasida suvdan foydalanishning umumiy miqdori oʻtgan asrning 90-yillariga nisbatan yiliga 64 mlrd m3 dan hozirda oʻrtacha 51 mlrd m3 gacha kamaytirildi. Shuningdek, mos ravishda 1 gektar sugʻoriladigan maydonga oʻrtacha 16 ming m3 suv ishlatilgan boʻlsa, bugungi kunda bu koʻrsatkich 10 ming m3 gacha tushirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq sohada hal qilinishi lozim boʻlgan qator muammolar saqlanib qolmoqda. Mamlakatimizda olinadigan chuchuk suvning qariyb 90 foizi qishloq xoʻjaligida foydalanilib, har gektarga suv sarfi texnologik ilgʻor davlatlarga nisbatan 2 — 2,5 barobar koʻp. Irrigatsiya tizimlaridagi nosozliklar tufayli ekin maydonlariga suv yetkazib berishda sezilarli yoʻqotishlar bor. Qishloq xoʻjaligida sugʻorishda juda katta miqdordagi suv filtrlash, bugʻlanish hamda ortiqcha suv sarfi orqali yoʻqotilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot tarmoqlarida, ijtimoiy obyektlarda, aksariyat holatlarda agrar sohada ham suvdan foydalanishning eskirgan usul va vositalari qoʻllanilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suvni boshqarish, yuritish, undan foydalanish sohasi hamda suv xoʻjaligi obyektlari toʻliq raqamlashtirilmagan. Ichimlik suvidan boshqa ehtiyojlar uchun foydalanish keng tarqalgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, suvdan foydalanish madaniyati ham yetarli darajada emas. Suvni asrash va undan oqilona foydalanish borasida targʻibot-tashviqot ishlari sustligi tufayli jon boshiga suv sarfi miqdori ortiqchaligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar va ayrim yirik sanoat korxonalarining tozalagich inshootlari suvni sifatli tozalash texnologiyalariga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozorlar, koʻchalar, xizmat koʻrsatish maskanlari va boshqa aholi gavjum joylarda oʻrnatilgan suv tarmoqlari nuqtalarida oddiy qoidalarga amal qilinmaganligi natijasida suvning behuda isrof boʻlishi holatlari kuzatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, suv resurslarini muhofaza qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanish, suvni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, sohaning qonunchilik bazasini mustahkamlashga oid masalalarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan suv resurslarini muhofaza qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanishni keng targʻib qilish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasining suv resurslarini muhofaza qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanish, suvni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, sohaning qonunchilik bazasini mustahkamlashga oid masalalar boʻyicha axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Suv resurslarini muhofaza qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanish, suvni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, sohaning qonunchilik bazasini mustahkamlash masalalari boʻyicha Ishchi guruh 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishchi guruhning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslarini muhofaza qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanish, suvni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish hamda ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohada ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslarini muhofaza qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanish borasidagi muammolarni oʻrganish hamda ularni bartaraf etishning aniq choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni asrash, undan samarali va oqilona foydalanish, suvni isrof qilmaslik masalalarida targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Suv resurslarini muhofaza qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanish, suvni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, sohaning qonunchilik bazasini mustahkamlash boʻyicha Chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Senatning Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya hamda Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning ijrosi ustidan doimiy monitoring yuritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil yakuniga qadar Chora-tadbirlar rejasi ijrosini qoʻmitalarning qoʻshma majlislarida muhokama qilib borsin hamda har yarim yillik yakunlari boʻyicha Senat Kengashiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Senatning Axborot xizmati Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarning ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Senat Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-547-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 1-avgustdagi KQ-547-IV-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslarini muhofaza qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanish, suvni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, sohaning qonunchilik bazasini mustahkamlash masalalari boʻyicha Ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Alixonov Boriy Botirovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi, Ishchi guruh rahbari

2.

Tajiyev Baxadir Sadullayevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi, Ishchi guruh hamrahbari

Ishchi guruh aʼzolari

3.

Yuldashev Bexzod Sodiqovich

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, Oliy Majlis Senati aʼzosi

4.

Mirzayev Sirojiddin Zayniyevich

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

5.

Rafikov Yaxob Asomovich

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi seysmologiya instituti direktori

6.

Xamrayev Shavkat Raximovich

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri

7.

Voitov Aziz Botirovich

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri

8.

Islamov Bobir Farxadovich

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri

9.

Mirzamaxmudov Jurabek Tursunpulatovich

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri

10.

Kazbekov Jusipbek Sdikbekovich

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri oʻrinbosari

11.

Xidoyatov Sherzod Saidjanovich

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri birinchi oʻrinbosari

12.

Musayev Omondjan Muxamatyaminovich

“Oʻzbaliqsanoat” uyushmasi raisi

13.

Azimov Dilshod Surʼatovich

“Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v.b.

14.

Xadjayev Alisher Djurakulovich

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi

15.

Koʻchimov Abusaid Koʻchimovich

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

16.

Xodjimatov Minxajidin Mirzajanovich

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining rahbari, Oliy Majlis Senati aʼzosi

17.

Kamilova Umida Kabirovna

Oʻzbekiston ekologik harakati Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

18.

Majidov Toxir

“Suvchi” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari

19.

Xaitov Aktam Axmadovich

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

20.

Omonov Erkin Botirovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi kotibiyati bosh maslahatchisi, Ishchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning oʻrniga lavozimlariga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 1-avgustdagi KQ-547-IV-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv resurslarini muhofaza qilish, undan oqilona va samarali foydalanish, suvni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, sohaning qonunchilik bazasini mustahkamlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul vazirlik va idoralar

Izoh

I. AMALDAGI NORMATIV-HUQUQIY VA BOShQA HUJJATLARNI QAYTA KOʻRIB ChIQISh VA TAKOMILLAShTIRISh

1.

Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish va tegishli qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash.

1. Ishchi guruhni tuzish (alohida roʻyxat boʻyicha).

2023-yil avgust

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Adliya vazirligi,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

2. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish.

2023-yil noyabr-dekabr

3. Qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

4. Ishlab chiqilgan takliflarni manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2024-yil yanvar

2.

Suv resurslarini fermer dalasigacha yetkazib berish xarajatlarini maqbullashtirish orqali toʻlov shaffofligini oshirish boʻyicha qaror loyihasini ishlab chiqish.

1. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suv yetkazib berish boʻyicha toʻlovlarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2023-yil sentyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini qayta koʻrib chiqish.

2023-yil oktyabr

3. Suv xoʻjaligida maxsus xizmatlarning moliyalashtirish tizimini qayta koʻrib chiqish.

2023-yil noyabr

4. Toʻplangan materiallar va hisob-kitoblar asosida qaror loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2023-yil dekabr

3.

Ifloslantiruvchi moddalarning ochiq suv havzalariga va joy relyefiga yoʻl qoʻyiladigan chegaraviy tashlamalarining yangi meʼyorlarini va rasmiylashtirish boʻyicha Yoʻriqnomani ishlab chiqish.

1. Ifloslantiruvchi moddalarning ochiq suv havzalari va joy relyefiga yoʻl qoʻyiladigan chegaraviy tashlamalari meʼyorlashtirish boʻyicha amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish.

2023-yil avgust

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

2. Shu sohadagi xalqaro tajribani oʻrganish asosida yoʻl qoʻyiladigan oqovalar meʼyorlarini ishlab chiqish va rasmiylashtirish boʻyicha Yoʻriqnomani ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

4.

Tabiiy va oqova suvlar tarkibida ifloslantiruvchi moddalar massaviy konsentratsiyasining oʻlchashlar oʻtkazish uslubiyotlari barqarorligini baholash borasida uch funksiyali ilgʻor oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlari davlat reyestri roʻyxatiga kiritish.

1. Oʻz DSt 8.016:2002 “GSI Uz. Metodiki vipolneniya izmereniy. Osnovnie polojeniya” davlat standartiga asosan oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

2. Uslubiyotlarni Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida metrologik ekspertizadan oʻtkazish.

2023-yil dekabr

5.

Atrof muhit ifloslantirilganligi uchun yetkazilgan zararni aniqlash boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish.

1. Uslubiy qoʻllanmani ishlab chiqish boʻyicha ekspertlar guruhini shakllantirish.

2023-yil avgust

Oliy Majlis Senati Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

2. Uslubiy qoʻllanmani ishlab chiqish.

3. Uslubiy qoʻllanmani hududlarda aprobatsiya (sinov) qilish.

2023-yil noyabr

6.

Yer resurslari ifloslantirilganligi uchun yetkazilgan zararni aniqlash boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish.

1. Uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish boʻyicha ekspertlar guruhini tuzish.

2023-yil avgust

Oliy Majlis Senati Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

2. Uslubiy qoʻllanmani ishlab chiqish.

3. Uslubiy qoʻllanmani hududlarda aprobatsiya (sinov) qilish.

2023-yil dekabr

7.

Yer osti suvlariga noqonuniy quduq burgʻilash va ulardan ruxsatsiz foydalanish holatlarining oldini olish va suvdan foydalanuvchilarning javobgarligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksiga oʻzgartirish kiritishni nazarda tutuvchi Qonun loyihasini ishlab chiqish.

1. Qonun loyihasini tayyorlash.

2023-yil avgust

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

2. Qonun loyihasini oʻrnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil sentyabr

8.

Suvdan foydalanganlik uchun suv soligʻi tariflarini qayta koʻrib chiqish va muqobillashtirish uchun Qonun loyihasini ishlab chiqish.

1. Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va Oʻzbekiston sharoitiga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2023-yil avgust

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi

2. Takliflar asosida Qonun loyihasini tayyorlash, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil dekabr

9.

Suv resurslarini tejash maqsadida koʻkalamzorlashtirish hududlarini tomchilatib sugʻorish tizimiga oʻtkazishni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini ishlab chiqish.

1. Ishchi guruh tuzish va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish.

2023-yil oktyabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2023-yil oktyabr

3. Vazirlik va idoralar, davlat ulushi ellik foizdan ortiq boTgan tashkilotlar hududi va atrofidagi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlarning markaziy shaharlari va Toshkent shahrida koʻkalamzorlashtirish tizimini tomchilab sugʻorish tizimiga oʻtkazish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

4. Suv resurslarini tejash maqsadida koʻkalamzorlashtirish hududlarini tomchilatib sugʻorish tizimiga oʻtkazishni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini ishlab chiqish va Hukumatga kiritish.

2023-yil dekabr

10.

Oʻzbekiston Respublikasining “Suv kodeksi” loyihasini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Oʻzbekiston Respublikasining “Suv kodeksi” loyihasiga takliflar taqdim etish.

2023-yil oktyabr

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Adliya vazirligi,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

II. ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATI

11.

Orol dengizi havzasi daryolari gidrologik rejimining shakllanish qonuniyatlarini oʻrganish.

1. Oʻzbekiston daryo havzalari uchun gidrologik va meteorologik tavsiflarning yagona maʼlumotlar bazasini yaratish.

2023-yil noyabr

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Xalqaro Orolni qutqarish davlatlararo jamgʻarmasi agentligi,

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

2. Gidrologik yilning turli fazalarida daryolar gidrologik rejimiga mintaqaviy iqlim oʻzgarishi taʼsirining mexanizmi va q?nuniyatlarini aniqlash.

2023-yil dekabr

3. Turli xil iqlimiy ssenariylarda Oʻzbekistondagi suv obyektlari gidrologik rejimi xususiyatlarining ehtimoliy oʻzgarishini prognoz qilish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2024-yil yanvar

4. Ke�ajakda Oʻzbekistonning turli tabiiy zonalarida suv obyektlari gidrologik rejimi va ularning suv toʻplash xususiyatlari ehtimoliy oʻzgarishlari prognozlarini ishlab chiqish.

2024-yil mart

12.

Global iqlim oʻzgarishi muammolari va Oʻzbekiston togʻlarida muzliklar hamda qor qoplamining suv resurslari oʻzgarishi tendensiyalarini tadqiq etish.

1. Togʻ muzliklari yillik massa balansining oʻzgarishi doimiy monitoringini olib borish.

2. Iqlim oʻzgarishi sharoitida muzliklarning toʻyinishi va ablatsiyasining miqdoriy koʻrsatkichlari hamda ularning yuzalarida qor chizigʻi balandligining mavsumiy oʻzgarishlarini tadqiq etish.

3. Muzliklar harakatining mexanik, geodezik va fotogrammetrik usullar yordamida aniqlangan siljishi tezliklarini oʻrganish.

4. Muzliklarning monitoring natijalari asosida ularning shakl va oʻlcham koʻrsatkichlarini aniqlash.

5. Muzliklar katalogini yangilashga imkon beradigan glatsio-gidrologik maʼlumotlar bazasini yaratish va uni Umumjahon muzliklar monitoringi xizmati maʼlumotlar bazasi bilan integrallashtirish.

6. Togʻ muzliklarining holatini ifodalovchi mavzuli karta-sxemalar yaratish.

7. Togʻ muzliklari holatini oʻzgarishining daryolar suv resurslari shakllanishiga taʼsirini modellashtirish.

2023-2024-yillar

Fanlar akademiyasi,

“Oʻzbekkosmos” Agentligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Gidrometeorologiya xizmati agentligi

13.

Oʻzbekistonda iqlim oʻzgarishi intensivligini aniqlash nazariyasini (formula) ishlab chiqish.

1. Iqlim oʻzgarishi intensivligini aniqlash boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish.

2023-yil avgust

Oliy Majlis Senati Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

2. Uslubiy qoʻllanma boʻyicha respublikaning turli mintaqalari kesimida taklif etilgan formulaning aprobatsiyasini oʻtkazish.

2023-yil dekabr

3. Formulaning aprobatsiyasi natijalari yuzasidan tahliliy material tayyorlash.

2024-yil mart

14.

Vodorod texnologiyasi tizimlari bilan birgalikda quyosh va shamol energiyasidan quvvat oladigan elektr energiyasining gibrid manbalariga asoslangan avtonom texnik majmuasini yaratish.

1. Avtonom texnik majmuani yaratish boʻyicha ijodiy guruh tashkil etish.

2023-yil avgust

Oliy Majlis Senati Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi,

“Geoinnovatsionmarkaz” DUK,

Toshkent viloyati hokimligi

2. Avtonom texnik majmuani yaratish boʻyicha moddiy, texnik va tashkiliy masalalarni hal etish.

2023-yil dekabr — 2024-yil mart

3. Avtonom texnik majmuani montaj qilish va oʻrnatish.

4. Avtonom texnik majmuani ishga tushirish orqali qayta tiklanuvchi energiya manbalari yordamida 80 metr chuqurlikdan suv tortish va dronlar orqali ekin maydonlarini hamda sugʻorish tarmoqlarini kuzatish.

2024-yil ma?

15.

Qishloq xoʻjaligida innovatsion, suv tejovchi, shoʻrlanishning oldini oluvchi, ekologik toza yangi agrobiotexnologiyalarni joriy etish.

1. Yangi agrobiotexnologiyalarni yaratish boʻyicha ijodiy guruhni tashkil etish.

2. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishning yangi agrobiotexnologiyalarni joriy etish boʻyicha hududlar kesimida xarita ishlab chiqish.

2023-2024-yillar

Oliy Majlis Senati Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi

III. TAShKILIY — TEXNIK ChORA-TADBIRLAR

16.

Respublikadagi suv resurslaridan oqilona foydalanish va baliq yetishtirish samaradorligini oshirish maqsadida sunʼiy suv havzalarini bosqichma-bosqich intensivlashtirish ishlarini tashkil etish.

1. Baliqchilik xoʻjaliklari�a mahalliy hokimliklar tomonidan zarur infratuzilmani yaratib berish.

2. Sunʼiy (ekstensiv) havzalarini tozalash, chuqurlashtirish (melioratsiya) ishlarini amalga oshirish.

3. Suvni kislorod bilan boyitib beruvchi va baliq ozuqasini optimal ravishda taʼminlab beruvchi gektariga 2 donadan kam boʻlmagan moslamalarni (aerator va avtokormushka) oʻrnatish.

2024-yil noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi

17.

Suv resurslarini tejash maqsadida, suv taqchil boʻlgan hududlarda suv tejovchi texnologiyalarni barpo etish orqali baliq yetishtirish hajmini oshirish.

1. Suv tejovchi texnologiyalarni (yopiq suv aylanma tizimi (UZV) joriy etgan xoʻjaliklarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2. Chekka hududlarida joylashgan baliqchilik xoʻjaliklari tomonidan suv tejovchi texnologiyalarni barpo etish uchun zaruriy qulayliklar yaratish.

3. Barpo etilgan suv tejovchi texnologiyalar asosida (yopiq suv aylanma tizimi (UZV) va sadok) noyob va qimmatbaho baliq turlarini yetishtirishni yoʻlga qoʻyish.

2024-2025-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi

18.

Tabiiy koʻl va sunʼiy suv havzalari atrofidagi “baliq ovi” turizm maskanlarini tashkil qilish.

1. Daryo, tabiiy koʻl va sunʼiy suv havzalari atrofidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarida “baliq ovi” turizm maskanlarini tashkil etish uchun “E-auksion” elektron savdo platformasi elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish:

2. “Baliq ovi” turizm maskanlarini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida soliq imtiyozlarini berish.

2023-yil yakuniga qadar

Madaniyat va turizm vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Davlat Aktivlarini boshqarish agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi

19.

Tabiiy suv havzalarida sanoat maqsadida baliq ovlash uchun elektron onlayn — auksion orqali yuridik shaxslarga ijara asosida berish mexanizmini ishlab chiqish.

1. Tabiiy suv havza uchastkalarini tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqib, tasdiqlash.

2. Bunda tabiiy suv havza uchastkalari, shu jumladan “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasiga belgilangan tartibda doimiy ravishda tanho foydalanish uchun berilgan tabiiy suv havza uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berish.

2023-yil yakuniga qadar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Davlat Aktivlarini boshqarish agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi,

20.

Suv resurslarini boshqarishda raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish, zarur irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish.

1. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilish orqali suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish.

2. 2023-yil yakuniga qadar 324,9 km kanal, 78,5 km lotok, 18,4 km quvur va 380,3 km kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish.

3. Irrigatsiya-me�ioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hisobiga jami 181,6 ming gektar sugʻoriladigan maydonning suv taʼminotini va 94,3 ming gektarning meliorativ holatini yaxshilash.

4. AKT va raqamli texnologiyalarni joriy etish.

5. Ekinlarni joylashtirishda suv kam talab qiladigan ekinlar ulushini koʻpaytirish va sholini intensiv usulda ekish hamda ekin maydonlarida qoʻshimcha agrotexnik tadbirlar amalga oshirish.

2023-yil yakuniga qadar

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

21.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha tushumlarning bir qismini tumanlarda sugʻorish xizmatlarini rivojlantirish, ariq va kanallarni betonlashga yoʻnaltirish choralarini koʻrish.

1. Har bir viloyat boʻyicha ishchi guruhlar tuzish hamda tumanlardagi irrigatsiya tizimi kanallari, xoʻjaliklararo (fermerlararo) va ichki sugʻorish tarmoqlari hamda ulardagi suv olish joyl�ri va mavjud suv xoʻjaligi inshootlarini xatlovdan oʻtkazib, dalolatnomalar rasmiylashtirish.

2. Tumanlardagi irrigatsiya tizimi kanallari, xoʻjaliklararo (fermerlararo) va ichki sugʻorish tarmoqlarini beton qoplamali qilish, lotok tarmoqlarini qurish, ulardagi suv xoʻjaligi inshootlarini taʼmirlash, tiklash, yangilarini qurish, bosh suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv xizmatini rivojlantirish, shuningdek, kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va moliyaviy hisob-kitob qilish.

3. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bazasi va meʼyorlarini, shuningdek, uni hisoblash va undirish tizimini hamda xorijiy tajribalarni tahlil qilish.

4. Tumanlardagi irrigatsiya tizimi kanallari, xoʻjaliklararo (fermerlararo) va ichki sugʻorish tarmoqlarini betonlash hamda ulardagi suv xoʻjaligi inshootlarini taʼmirlash-tiklash, yangilarini qurish, bosh suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv xizmatini rivojlantirish, shuningdek, kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash ishlarini suv xizmatini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish uchun suv soligʻi tizimini takomillashtirish yuzasidan taklif tayyorlash va Hukumatga kiritish.

2023-yil yakuniga qadar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari;

22.

Suv resurslarini boshqarishda shaffoflikni taʼminlash va manfaatdor tomonlar vakillarini jalb qilgan holda tegishli qarorlar qabul qilish maqsadida respublika, havzalar (hududlar) va tumanlar boʻyicha kollegial-maslahat organi sifatida suv kengashlari tashkil etish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2. Suv kengashlari tashkil etish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

3. Suv kengashlari tashkil qilish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish.

4. Ishlab chiqilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-2024-yillar davomida

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Adliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Orolboʻyi hududini ekologik jihatdan tiklash uchun hududda suv barqarorligini taʼminlash choralarini koʻrish.

1. Janubiy Orol dengizi zonasining barqaror suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha tegishli takliflar ishlab chiqish.

2. Suv hisob-kitobini takomillashtirish hamda suvni oʻlchash stansiyalarini modernizatsiya qilish va tiklash.

3. Delta boshqaruvi samaradorligini oshirish uchun mutaxassislarni jalb qilish va barqaror moliyalashtirish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash.

4. Suv qushlarini nazoratsiz ovlashni cheklash, butalarni kesish va quruq qamishlarni yoʻq qilishni tashkil etish, yaylov akvakulturasini rivojlantirish uchun foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ishga solish.

5. Ustyurt platosi va Sudoche qirgʻoq boʻyida ushbu mintaqa tabiatini va tarixini saqlagan holda turizm faoliyatini rivojlantirish.

2023-2024-yillar

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Markaziy Osiyo Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv komissiyasining ilmiy-axborot markazi,

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti,

Madaniyat va turizm vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

24.

“Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2024 — 2026-yillarga moʻljallangan Strategiyasi” loyihasini ishlab chiqish va kelgusi 3 yillik uchun takliflar tayyorlash.

1. Strategiyani uning ustuvor yoʻnalishlari va tegishli davrga moʻljallangan maqsadli parametrlari va koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, kelgusi 3 yillik uchun takliflar tayyorlash.

2. “Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2024 — 2026-yillarga moʻljallangan Strategiyasi”da belgilangan vazifalar ijrosini tahlil qilish.

2023-yil dekabr

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

25.

Mavjud buloqlardan foydalanish samaradorligini oshirish.

1. Hududlar kesimida mavjud buloqlarni xatlovdan oʻtkazish va ularning reyestrlarini shakllantirish.

2023-yil oktyabr

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Xatlov natijasiga muvofiq har bir buloqdan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

3. Takliflarni koʻrib chiqish va ijrosini taʼminlash yuzasidan koʻrsatma berish uchun reglamentga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil dekabr

26.

Klaster va fermer xoʻjaliklari tomonidan suvdan samarali foydalanish hamda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan maydonlarning iqtisodiy samaradorligi va yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni oʻrganish va takliflar tayyorlash.

1. Vazirlik va idoralar masʼul mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzish.

2023-yil avgust

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Tuzilgan ishchi guruh tomonidan hududlarga chiqqan holda oʻrganish ishlarini tashkil qilish.

2023-yil avgust

3. Oʻrganilgan masalalar boʻyicha tahliliy maʼlumotlar va takliflar tayyorlash.

2023-yil sentyabr

4. Yakuniy xulosalar tayyorlab, Ishchi guruhiga axborot kiritish.

2023-yil oktyabr

27.

Daryolar suvi balansidagi yoʻqotishlarining tuzilmasi, sabablarini hamda sugʻoriladigan maydonlarning suv balansini oʻrganish.

1. Hududlarning tabiiy geografik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularning qadimdan sugʻoriladigan va yangidan oʻzlashtirilgan yerlari suv balansi tenglamalarini tuzish.

2. Sugʻoriladigan yerlar suv balansi tenglamalarining kirim va sarflanish qismlari tashkil etuvchilarini miqdoriy baholash.

3. Sugʻoriladigan ekin maydonlarida daryo suvlari va namlikning samarasiz sarflanishining tarkibiy qismlarini aniqlash hamda bu jarayonning analitik modelini tuzish.

4. Hududlarning qadimdan sugʻorib kelingan va yangidan oʻzlashtirilgan yerlari suv balansi tenglamalari tashkil etuvchilarining miqdoriy qiymatlarining yaqin kelajak uchun prognozlarini ishlab chiqish.

2023-yil yakuniga qadar

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

28.

Respublika suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularning samaradorligini oshirish maqsadida gidrologik kuzatuv postlari sonini koʻpaytirish choralarini koʻrish.

1. Respublikaning transchegaraviy daryolariga avtomatlashgan gidrologik kuzatuv postlarini oʻrnatish.

2. Avtomatlashgan uskunalardan foydalanish boʻyicha xodimlarni malaka koʻnikmalarini oshirish.

3. Avtomatik oʻlchov uskunalari yordamida kuzatuvlarni tashkil etish. Oʻrnatilgan kuzatuv postlarini Oʻzgidrometning data.mete.uz portaliga integratsiya qilish.

2024-2025-yillar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

29.

Respublikaning asosiy suv oqimlarida yer usti suvlarining ifloslanishining oldini olish choralarini koʻrish.

1. Asosiy suv oqimlarida yer usti suvlarining ifloslanishini kimyoviy va gidrobiologik koʻrsatkichlari boʻyicha monitoring qilish.

2. Er usti suvlarining sifati toʻgʻrisida maʼlumotni umumlashtirish.

3. Monitoring natijalari boʻyicha Hukumatga maʼlumot va taklif kiritish.

2023-2024-yillar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

30.

Daryo va soylar oʻzanlarini tozalash va ruxsatnoma asosida qum shagʻal qazib olinishini tartibga solish.

1. Daryo va soylarda oʻzan tozalash va ruxsatnoma asosida qum-shagʻal qazib olish ishlari olib borilayotgan subyektlar faoliyatini tanqidiy oʻrganish.

2024-yil avgust

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Daryo oʻzanlaridan qum-shagʻalni noqonuniy qazib olish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini bosqichma-bosqich tugatish va suvni muhofaza qilish zonasidan tashqarida joylashgan konlarga yoʻnaltirish.

2024-yil yanvar

31.

Respublika boʻyicha 14 ta yer usti tabiiy suv obyektlarining (daryolar, kichik daryolar va tabiiy koʻllar) suvni muhofaza qilish zonalari, shu jumladan sohilboʻyi mintaqalarini belgilash choralarini koʻrish.

1. Suvni muhofaza qilish zonalari va sohilboʻyi mintaqalari belgilanadigan yer usti suv obyektlari roʻyxatini shakllantirish.

2023-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti bilan shartnoma asosida tabiiy suv havzalari uchun suvni muhofaza qilish zonalari, shu jumladan sohilboʻyi mintaqalarini belgilash loyihalarini ishlab chiqish.

3. Tegishli mahalliy hokimiyat organlari qarorlari bilan suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash boʻyicha qarorlar chiqarish.

2024-yil yanvar

32.

Sanoat korxonalarida 80 ta mahalliy oqova tozalash inshootlarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish.

1. Quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan mahalliy oqova tozalash inshootlari xaritasini shakllantirish.

2023-yil avgust

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

2. Mahalliy oqova tozalash inshootlarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish chora tadbirlarini ishlab chiqish va korxonalar bilan kelishish.

2023-yil noyabr

3. Dastur ijrosini taʼminlash yuzasidan ekologik nazorat tadbirlarini amalga oshirish.

4. Iqtisodiy inqirozi mavjud oqova suv hosil qiluvchi sanoat korxonalariga chet el mablagʻlari hisobidan kredit asosida mablagʻlar ajratilishini taklif qilish.

2023-yil dekabr

5. Mahalliy tozalash inshootlarining samaradorligini aniqlash.

2024-yil fevral

33.

Mavjud avtomobil yuvish shoxobchalarida bosqichma-bosqich suv taʼminotining aylanma tizimini joriy etish hamda ularni zamonaviy suv tindirgichlar va suv tejovchi uskunalar bilan jihozlash choralarini koʻrish.

1. Mavjud avtomobil yuvish shoxobchalarini ularda oqova suvlarni tozalashning mahalliy inshootlari mavjudligini oʻrganish.

2023-yil dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

2. Bosqichma-bosqich suv taʼminotining aylanma tizimini joriy etish hamda ularni zamonaviy suv tindirgichlar va suv tejovchi uskunalar bilan jihozlash, shuningdek, avtomobil yuvish shoxobchalarining oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatadigan turlarini kengaytirish.

2024-yil yakuniga qadar

(alohida reja-jadval asosida)

34.

Tajriba tariqasida Nukus shahrida ichimlik suvidan foydalanish boʻyicha koʻp qavatli uylar oʻrtasida “Tejamkor uy” va “Tejamkor xonadon” reyting tizimini ishga tushirish.

1. Eng kam suv ishlatgan 20 ta xonadon hamda xonadonlarining 50 foizidan ortigʻi belgilangan meʼyorlardan kam suv ishlatgan 20 ta koʻp qavatli uylarni ragʻbatlantirish boʻyicha reyting tizimini ishga tushirish.

2024-yil dekabr

Qo?aqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Keng?shi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

Qurilish va uy joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

2. Gʻolib xonadon va uylarga vazirlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyosh panellari yoki uy atrofini yoritish moslamalarini bepul oʻrnatib berish.

2025-yil mart

35.

Tajriba tariqasida Nukus va Taxiatosh shaharlaridagi oqova suv tozalash inshootlarida xlorella (suv oʻtlari) qoʻllagan holda biologik tozalash texnologiyasini joriy etish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida biologik tozalash texnologiyasi boʻyicha texnik guruhini tashkil etish.

2023-yil avgust

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Qurilish va uy joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

2. Texnik guruh tomonidan biologik tozalash texnologiyasini joriy etish loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

3. Tajriba tariqasida Nukus va Taxiatosh shaharlaridagi oqova tozalash uchastkalarida yangi texnologiyani joriy etish.

4. Tajriba natijalari yuzasidan Hukumatga axborot va taklif kiritish.

2024-yil aprel

36.

Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulashga moratoriy joriy etilgan hududlarda nazorat tadbirlari olib borish.

1. Er osti suvlariga quduqlarni burgʻulashga moratoriy joriy etilgan hududlarda nazorat tadbirlarini oʻtkazish.

2023-yil sentyabr

Togʻ-kon sanoat va geologiya vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

2. Respublika boʻyicha yer osti chuchuk suvlari hosil boʻladigan maydonlarda tashkil etilgan 11 ta va mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan 10 ta muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yerlaridan foydalanuvchilarni va potensial ifloslantirish manbalarini qayta xatlovdan oʻtkazish, xaritalash, geoaxborot bazasini yaratish hamda Milliy geografik axborot tizimiga integratsiya qilish.

2024-yil mart

IV. TUShUNTIRISh VA TARGʻIBOT TADBIRLARI

37.

Suvni asrash, undan samarali va oqilona foydalanish, suvni isrof qilmaslik yuzasidan aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish.

1. Targʻibot guruhlarini tuzish va reja-grafik ishlab chiqish.

2. Targʻibot guruhlari tomonidan reja-jadval asosida joylarda tushuntirish ishlarini amalga oshirish.

2023-yil

(alohida reja-jadval asosida)

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

MTRK,

OʻzA

38.

Suvni asrash, undan samarali va oqilona foydalanish, suvni isrof qilmaslik masalalarini ommaviy axborot vositalari hamda rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritish.

1. Suvni asrash, undan samarali va oqilona foydalanish, suvni isrof qilmaslik yuzasidan televideniye va radioda tok-shou va boshqa koʻrsatuvlar tashkil etish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish.

2. Reja-grafik acosida koʻrsatuvlar tayyorlash va efirga uzatish.

2023-yil

(alohida reja-jadval asosida)

Ishchi guruh aʼzolari Suv xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

MTRK,

OʻzA,

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

39.

Barcha tarmoqlarda suv resurslarini tejovchi yangi texnologiyalar boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazish va aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish.

1. Mutaxassislar tomonidan joylarda suv tejovchi texnologiyalar boʻyicha tushuntirish ishlarini amalga oshirish.

2. Hududlarda oʻtkaziladigan seminar treninglarni televideniye va saytlarda namoyish etish.

3. Suvni tejash va uning qadri boʻyicha video roliklar tayyorlash.

2023-yil

(alohida reja-jadval asosida)

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi

40.

Suvdan unumli foydalanish va ularning hisobini yuritish boʻyicha ijtimoiy roliklar tayyorlash va ularni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini taʼminlash.

1. Suvdan oqilona foydalanishni aks ettiruvchi roliklar tayyorlash.

2. Ommabop teleradiokanallar orqali suvni asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanish boʻyicha taniqli shaxslar (kino aktyorlar, xonandalar) yordamida roliklarni tayyorlash va har kuni telekanallar orqali yoritilishini yoʻlga qoʻyish.

2023-yil

(alohida reja-jadval asosida)

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Gidrome�rologiya xizmati agentligi

41.

Milliy darajadagi suv resurslari, siyosat, rejalashtirish va boshqarishda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish.

1. Suv resurslaridan oqilona foydalanishda jamoatchilik fikrini inobatga olish maqsadida Suv xoʻjaligi maxsus xizmat faoliyatini takomillashtirish.

2023-yil yakuniga qadar

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Gidrometrologiya xizmati agentligi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Suv resurslarini boshqarish, suvlarning hisobi, hisoboti va balansini shakllantirishda jamoatchilikning maslahati va bevosita ishtirokini taʼminlash.

3. Respublika aholisi iqtisodiyot tarmoqlari va atrof muhitning suvga boʻlgan muttasil oshib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish, suv resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash.

4. Iqlim oʻzgarishi sharoitida moslashish, resurs tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida jamoatchilikning bilimlarini oshirishga qaratilgan amaliy seminarlar tashkil etish.

2024-2025-yillar