14.08.2023 yildagi 380-son
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 9-noyabrdagi PF-244-son Farmonida ko‘chmas mulk tarixi ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP), davlat xizmatlari markazlari hamda Kadastr agentligining davreestr.uz veb-sayti orqali ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
to‘qqizinchi xatboshidagi “tasdiqlansin.” so‘zi chiqarib tashlansin;