14.08.2023 yildagi 374-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida maxsus oʻquv-ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda taʼlim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 18-apreldagi PQ-209-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Koʻzi ojiz va koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalarning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash, ularni kasb-hunarga oʻrgatish hamda kasb egallashiga koʻmaklashish, ijtimoiy hayotga tayyorlab borish maqsadida Andijon viloyatining 16-son “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatida koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalarning mehnat qilishi uchun tajriba-sinov tariqasida maxsus oʻquv-ishlab chiqarish korxonasi (keyingi oʻrinlarda — oʻquv-ishlab chiqarish korxonasi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab oʻquv-ishlab chiqarish korxonasi faoliyati natijalaridan kelib chiqib, mazkur tajribani respublikaning boshqa hududlaridagi “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida ham joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, 2023-yil 1-sentabrdan boshlab respublikaning barcha 16 ta “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida oʻquv-ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishning maqsadli parametrlari (keyingi oʻrinlarda — parametr) asosida 1-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari hududidan oʻquv-ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish uchun zarur yer maydonlarini ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida mavjud infratuzilma hamda oʻquvchilarining qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib, parametrlarda koʻrsatilgan muddatlarda oʻquv-ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilgan oʻquv-ishlab chiqarish korxonalarini zarur uskunalar, maxsus jihozlar, ish qurollari va anjomlar bilan taʼminlasin hamda ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlar realizatsiya qilinishida amaliy yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari oʻquv-ishlab chiqarish korxonasini jihozlash uchun talab etiladigan asbob-uskunalar va jihozlarning namunaviy roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, oʻquv-ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish, zarur asbob-uskunalar va jihozlar, xom ashyo bilan taʼminlash hamda saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari prognozining orttirib bajarilgan mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻquv-ishlab chiqarish korxonasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv-ishlab chiqarish korxonasining yoʻnalishlaridan kelib chiqib, oʻquvchilarni kasbga oʻqitish uchun maxsus oʻquv rejasi va dasturlarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova hamda ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 14-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
374-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 374-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida oʻquv-ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishning maqsadli

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PARAMETRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

“Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internat nomi

Muddat

Masʼul ijrochilar

Birinchi bosqich

1.

Buxoro viloyati

Buxoro shahridagi koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun 24-son “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati

2023-yil sentabr

Buxoro viloyati hokimligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

2.

Jizzax viloyati

Jizzax shahridagi viloyat koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Jizzax viloyati hokimligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

3.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahridagi koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun 18-son “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Qashqadaryo viloyati hokimligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

4.

Namangan viloyati

Kosonsoy tumanidagi koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun 45-son “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Namangan viloyati hokimligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

5.

Samarqand viloyati

Samarqand shahridagi sonli koʻzi ojiz bolalar uchun 59-son “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Samarqand viloyati hokimligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

6.

Samarqand shahridagi zaif koʻruvchi bolalar uchun 60-son “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati

7.

Sirdaryo viloyati

Guliston tumanidagi koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Sirdaryo viloyati hokimligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

8.

Surxondaryo viloyati

Angor tumanidagi koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Surxondaryo viloyati hokimligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

9.

Fargʻona viloyati

Fargʻona viloyatidagi koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun 2-son “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Fargʻona viloyati hokimligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

10.

Fargʻona viloyatidagi koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun 3-son “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Ikkinchi bosqich

11.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus shahridagi 10-sonli koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati

2024-yil yanvar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

12.

Navoiy viloyati

Navoiy viloyatidagi koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Navoiy viloyati hokimligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

13.

Surxondaryo viloyati

Shoʻrchi tumanidagi koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun 125-son “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Surxondaryo viloyati hokimligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

14.

Fargʻona viloyati

Fargʻona viloyatidagi koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun 1-son “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Fargʻona viloyati hokimligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

15.

Xorazm viloyati

Xorazm viloyatidagi koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun 121-son “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Xorazm viloyati hokimligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

16.

Toshkent shahri

Toshkent shahridagi koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun 77-son “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Toshkent shahar hokimligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 374-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari oʻquv-ishlab chiqarish korxonasini jihozlash uchun talab etiladigan asbob-uskunalar va jihozlarning

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Asbob-uskunalar va jihozlar nomi

Oʻlchov birligi

Soni

I. Poyabzal ishlab chiqarish uchun zarur jihozlar

1.

Poyabzal bichish (poyabzalning ustki detallarini chopish presslari) ishlarini bajarish uskunasi

dona

1

2.

Poyabzalning ustki detallariga ishlov berish uskunasi

dona

1

3.

Ikki ignali tikuv mashinasi

dona

1

4.

Poyabzal qolipi

dona

5

5.

Bolgʻa

dona

10

6.

Tortma ombir

dona

5

7.

Bichuvchi pichoq

dona

5

8.

Quritish shkafi

dona

1

9.

Poyabzalni taʼmirlash uchun asbob-uskunalar toʻplami

toʻplam

2

10.

Metall tirgakli dupaya

dona

5

11.

Poyabzalni yoʻrmab tikish uskunasi

dona

1

12.

Xom ashyo (charm mahsuloti, tag qismi, yelim, mix va boshqa)

toʻplam

1

13.

Boshqa jihozlar (xona uchun mebel, texnika xavfsizligi jihozlari va zarur targʻibot plakatlari)

toʻplam

1

II. Yogʻoch oʻymakorligi uchun zarur jihozlar

14.

Yogʻoch yuzasini randalash uskunasi

dona

2-3

15.

Kurakcha iskana

dona

6-7

16.

Gurzi

dona

5

17.

Arra

dona

2-3

18.

Mayda tishli arra

dona

2-3

19.

Arra (chok)

dona

2-3

20.

Pilta qalam

dona

6-7

21.

Pux qalam

dona

6-7

22.

Qalam shkufta

dona

6-7

23.

Egov (yogʻochga ishlov berish uchun)

dona

2-3

24.

Egov (sopli)

dona

2-3

25.

Randa

dona

2-3

26.

Chizmachilik uchun sirkul

dona

6-7

27.

Elektrodrel

dona

1-2

28.

Parmalovchi dastgoh

dona

2-3

29.

Metr

dona

2

30.

Shtangensirkul

dona

5

31.

Yogʻoch oʻymakorligi uchun asboblar jamlanmasi (20 nomdagi har xil oʻyish uskunalari va pardoz asboblari)

toʻplam

6-7

32.

Xom ashyo (yogʻoch, lok-boʻyoq va boshqa)

toʻplam

1

33.

Boshqa jihozlar (xona uchun mebel, texnika xavfsizligi jihozlari, koʻrgazmali qurollar, ustalar tomonidan yaratilgan asarlar va zarur targʻibot plakatlari)

toʻplam

1

III. Gilam toʻqish uchun zarur jihozlar

33.

Gilam toʻqish dastgohi

dona

2

34.

Ignalar toʻplami

toʻplam

2-3

35.

Ip kesish uchun pichoq

dona

15

36.

Gilam toʻqish tarogʻi

dona

15

37.

Qaychi

toʻplam

2-3

38.

Tindirmali yuvish moslamasi

dona

1

39.

Xom ashyo (ipak va jun iplar, boʻyoqlar va boshqa)

toʻplam

1

40.

Boshqa jihozlar (xona uchun mebel, texnika xavfsizligi jihozlari va zarur targʻibot plakatlari)

toʻplam

1

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/374/0603-son)