14.08.2023 yildagi 373-son
“Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, davlat vakillarining faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
6. Kelishiladigan masalalar aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilganda aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kechiktirmay, ushbu masalalar bo‘yicha ovoz berish tartibini kelishish uchun davlat vakili mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq yozma xabarnomani vakolatli organga kun tartibidagi masalalar bo‘yicha zarur axborotni (materiallarni) ilova qilgan va ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha ovoz berish tartibi bo‘yicha o‘z takliflarini ko‘rsatgan holda taqdim etadi.
8. Vakolatli organ kelishiladigan masalalar bo‘yicha ovoz berish tartibi to‘g‘risida yozma ko‘rsatmani ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat vakiliga xabarnoma kelib tushgan sanadan boshlab o‘n ish kunidan kechiktirmay, biroq yig‘ilish o‘tkaziladigan sanadan kamida bir kun oldin beradi.
19. Davlat vakili tomonidan ushbu Nizom 3-bandining “b” kichik bandida ko‘rsatilgan davlat ishtirokidagi korxonalar sof foydasidan dividend (ajratma) hisoblash masalasini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.