14.08.2023 yildagi 368-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 28-sentabrdagi 592-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni koʻrib chiqish tartibining soddalashtirilishi, ushbu yoʻnalishda davlat xizmatlarini koʻrsatishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, turli axborot tizimlarida masofaviy xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mamlakatimizda xorijiy investorlarga davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini bosqichma-bosqich isloh qilgan holda, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda ushbu sohada davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash jarayonida ortiqcha hujjatlarni talab qilish amaliyotini toʻliq bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 28-sentabrdagi 592-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan oʻtish uchun davlat xizmatlari markazlari yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron tarzda murojaat qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha sinov imtihonida qatnashish uchun toʻlovni Yagona billing tizimi orqali toʻlash va “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali zarur hujjatlarni masʼul davlat organlari va tashkilotlardan soʻrab olish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan sinov natijalari yuzasidan apellatsiya taqdim etish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan oʻtish uchun davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali elektron tarzda murojaat qilish imkoniyatini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali zarur hujjatlarni masʼul davlat organlari va tashkilotlardan soʻrab olish hamda davlat tilini bilish toʻgʻrisidagi malaka sertifikatini QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlagan holda elektron tarzda berish tizimini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ular faoliyati boʻyicha, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 14-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
368-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 368-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 28-sentabrdagi 592-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
““Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet davlat fuqarolariga davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan oʻtish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda murojaat qilish tartibi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning davlat tilini bilish darajasini aniqlash (keyingi oʻrinlarda — davlat tilini bilish darajasini aniqlash) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish masalalari boʻyicha vakolatli davlat organiga murojaat qilgan va qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami berilgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroligi boʻlmagan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmagan va oʻzining chet davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega boʻlmagan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlat fuqarosi — Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega boʻlmagan, boshqa davlat fuqaroligiga va oʻzining boshqa davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega boʻlgan shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda talabgorlarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi va uning hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — Markaz va uning hududiy boʻlinmalari) tomonidan toʻlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tili boʻyicha sinov imtihonini tashkil etish hamda davlat tilini bilish boʻyicha malaka sertifikatini berish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Murojaat qilish va uni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Talabgor davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha sinov imtihonida qatnashish uchun davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron shaklda murojaat qiladi va Yagona billing tizimi orqali toʻlovni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzrli sabablar mavjud boʻlganda (kasallik va boshqalar), notarial tartibda tasdiqlangan iltimosnoma asosida ishonchli vakil orqali murojaat qilinganda xizmat koʻrsatilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilganda, uning murojaati masʼul xodim tomonidan, YIDXP orqali murojaat qilganda shaxsan oʻzi ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng talabgor maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaz va uning hududiy boʻlinmalariga talabgor davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha sinov imtihonida qatnashish uchun soʻrovnoma bilan elektron tarzda murojaat qilgan va yigʻim toʻlovi toʻlanganligi haqida idoralararo elektron hamkorlik orqali real vaqt rejimida maʼlumot kelib tushgan kunning oʻzida Markaz yoki uning hududiy boʻlinmalari talabgorning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsini tasdiqlovchi hujjati (chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning tugʻilganlik haqida guvohnomasi hamda Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-kartasini);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli fotosuratini masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali maʼlumotlar almashinuvi yoʻli bilan onlayn soʻrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hujjatlar masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali qabul qilib olinganidan soʻng darhol, talabgorga uning murojaati qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi sinov imtihonini oʻtkazish vaqti koʻrsatilgan maʼlumotnoma Markaz va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali elektron tarzda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat tili boʻyicha sinov imtihonini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat tili boʻyicha imtihon talabgorning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha Markaz yoki uning hududiy boʻlinmalarida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq keltirilgan davlat tilini bilishga qoʻyiladigan minimal talablar asosida sinov imtihoni topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat tilini bilish darajasini aniqlashga tayyorgarlik koʻrish, sinov imtihoni materiallarini tayyorlash maqsadida Markaz va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan ishchi guruh shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sinov imtihoni ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinganidan soʻng bir oy muddatda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sinov imtihonlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan tasdiqlangan tarkibdagi davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha sinovlarni oʻtkazish uchun hududiy imtihon komissiyalari tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinov imtihonlariga ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda boshqa fuqarolik jamiyati institutlari vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun taklif etilishi, shuningdek imtihonlar onlayn tarzda kuzatib borilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tilini bilish boʻyicha sinov imtihoni jarayonlari uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi va kamida bir yil saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sinov imtihoni test, yozma va ogʻzaki shakllarda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test talabgorning kundalik turmushida foydalanuvchi sodda xabarlar, til egasi bilan tanish va maxsus mavzuda muloqotga kirishganda foydalaniladigan maʼlumotlar asosida tuzilgan 10 ta mantiqiy savollardan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test savollariga toʻgʻri javoblar uchun beriladigan eng koʻp ball 30 ballni tashkil etadi. Test savollarini yechish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovlari natijasi shu vaqtning oʻzida maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma sinov shakli diktant shaklida yoki talabgorning sodda anketalarni shaxsiy maʼlumot bilan toʻldira olish, rasmiy xat, ish yuritish qogʻozlarini (ariza, rozilik xatlari, rezyume) yoza olish darajasini aniqlash maqsadida maʼlum bir topshiriqni (anketa toʻldirish, ariza yozish kabi) yozish tarzida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma sinov uchun beriladigan eng koʻp ball 30 ballni tashkil etadi. Yozma sinovni bajarish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogʻzaki sinov shakli talabgorning oʻzi haqida ogʻzaki maʼlumot bera olish, ijtimoiy-maishiy mavzuda taklif etilgan suhbatga kirisha olish, fikrini sodda tarzda tushuntirib bera olish, tanish mavzularda oʻz fikrini bildira olish (kitoblar, filmlar, musiqa xususida), hikoya yoki muhokama mazmunini sodda iboralar bilan qisqacha gapirib bera olish darajasini bilish maqsadida tuzilgan savollar asosida tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogʻzaki sinov uchun beriladigan eng koʻp ball 40 ballni tashkil etadi. Ogʻzaki sinovni bajarish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sinov imtihoni yakunlari boʻyicha eng yuqori ballning 50 foizidan (50 balldan) kam ball olgan talabgor sinov imtihonidan oʻtmagan deb hisoblanadi va qayta qatnashish uchun sinov imtihoni oʻtkazilgan kundan boshlab kamida bir oydan keyin (qayta toʻlov amalga oshirilgan holda) elektron shaklda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinov imtihoni natijalari test shaklidagi sinov imtihonida olingan natija inobatga olingan holda uch kun muddatda eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Sinov imtihoni topshirish uchun toʻlov toʻlash shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida sinov imtihonini topshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida Yagona billing tizimi orqali yigʻim toʻlovi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda toʻlov summasining 90 foizi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undirilgan summaning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,25 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Shartnoma talabgor va vakolatli organ oʻrtasida ommaviy oferta talablari asosida belgilangan toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng, tuzilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Davlat tilini bilish boʻyicha malaka sertifikatini berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Nizomning 3-ilovasida belgilangan davlat tilini bilishga qoʻyilgan minimal talablar asosida sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga Markaz tomonidan davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi davlat tilini bilish toʻgʻrisidagi malaka sertifikati (keyingi oʻrinlarda — malaka sertifikati) imtihon natijalari eʼlon qilingan kundan soʻng uch kun muddatda beriladi, shuningdek “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Ichki ishlar vazirligining “E-fuqaro” idoralararo maʼlumotlar bazasiga yuboriladi. Malaka sertifikati muddatsiz amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Markaz va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan malaka sertifikatlari reyestri yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka sertifikatlari reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugʻilgan sanasi va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (seriyasi va tartib raqami, kim tomonidan va qachon berilganligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz va uning hududiy boʻlinmalari rahbarlarining malaka sertifikati berish toʻgʻrisidagi tegishli buyrugʻi sanasi va tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatining seriyasi, tartib raqami va berilgan sana.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Malaka sertifikati Markaz va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan pochta (xizmat uchun toʻlovni talabgor qoplagan holda) aloqasi orqali, shuningdek YIDXP orqali murojaat qilinganda talabgorning elektron pochta manziliga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Appelatsiya berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha sinovlarni oʻtkazish uchun hududiy imtihon komissiyalari tomonidan oʻtkazilgan sinov natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlar Markazga apellatsiya berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya sinov imtihoni natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida, ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali elektron shaklda taqdim etiladi. Bu haqida Markazga idoralararo elektron hamkorlik orqali maʼlumot kelib tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Apellatsiyani koʻrib chiqish uchun Markaz direktorining buyrugʻi bilan 5 — 7 nafar Markaz xodimlari va taʼlim tizimi pedagoglaridan iborat boʻlgan Apellatsiya komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon natijasi chiqqan kundan boshlab oʻn kun ichida apellatsiya sinov imtihoni olinadi. Sinov natijalari imtihon oʻtgandan soʻng besh kun ichida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor Apellatsiya komissiyasi qarori toʻgʻrisida idoralararo elektron hamkorlik orqali davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor Apellatsiya komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Apellatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinov imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellatsiyaning qondirilishini rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinov imtihoni natijalarini oʻzgartirish va apellatsiyani qondirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinov imtihoni natijalarini bekor qilish va takroriy sinov imtihoni oʻtkazilishini tayinlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar talabgor tomonidan koʻrsatilgan dalillar tasdiqlanmasa, apellatsiyaning qondirilishini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Sinov imtihoni natijalarini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Nizom talablari buzilgan holda oʻtkazilgan taqdirda qabul qilinadi. Apellatsiya komissiyasining qarorlari ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorni takroriy sinov imtihonidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Markaz sinov imtihonini oʻtkazish sanasini belgilaydi, bu haqda idoralararo elektron hamkorlik orqali davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali elektron shaklda xabar beriladi hamda sinov imtihonini takroran oʻtkazishda toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Apelatsiya komissiyasi tomonidan takroriy sinov imtihoni oʻtkazish haqidagi qarorda belgilangan, test, ogʻzaki yoki yozma sinov imtihoni shakli (shakllari) asosida qayta bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Takroriy apellatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs (talabgor

Davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha sinov imtihonida qatnashish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron shaklda murojaat qiladi va davlat xizmatini koʻrsatish uchun toʻlovni amalga oshiradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Talabgor, davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP

1. Talabgor Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilganda, uning murojaati masʼul xodim tomonidan, YIDXP orqali murojaat qilganda shaxsan oʻzi belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.

2. Talabgor soʻrovnomani identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, Mobil-ID kabi) bilan tasdiqlaydi (YIDXP orqali murojaat qilganda soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi).

Davlat xizmati olish uchun murojaat qilingan va toʻlov amalga oshirilganidan soʻng darhol

3-bosqich

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish aso�larini oʻqitish va malaka oshirish markazi (Markaz) yoki uning hududiy boʻlinmalari

1. Talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjatini va raqamli fotosuratini real vaqt rejimida “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali oladi.

Soʻrovnoma kelib tushgan kunning oʻzida

2. Sinov imtihoni (imtihon)ni oʻtkazish vaqti koʻrsatilgan maʼlumotnomani talabgorga davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.

Hujjatlar qabul qilib olinganidan soʻng darhol

3. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlarni oʻtkazadi.

Hujjatlar qabul qilib olinganidan soʻng bir oy muddatda

4. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihon natijalarini eʼlon qiladi.

Imtihon oʻtkazilganidan soʻng uch kun muddatda

4-bosqich

Markaz yoki uning hududiy boʻlinmalari, YIDXP

Imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga belgilangan shakldagi davlat tilini bilish toʻgʻrisidagi malaka sertifikati beriladi.

Imtihon natijalari eʼlon qilingandan soʻng uch kun muddatda

5-bosqich

Talabgor

Imtihon yakunlari boʻyicha eng yuqori ballning 50 foizidan (50 balldan) kam ball olgan (imtihondan oʻtmagan) taqdirda, qayta qatnashish uchun (qayta toʻlov amalga oshirilgandan soʻng) elektron shaklda murojaat qiladi.

Imtihon oʻtkazilgan kundan boshlab kamida bir oydan keyin

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning davlat tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA

I. Chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs (talabgor) toʻgʻrisida maʼlumot:

1. JShShIR

2. F.I.O.

II. Talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning tugʻilganlik haqida guvohnomasi hamda Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-kartasi haqida maʼlumot yoki shaxsini tasdiqlovchi

boshqa hujjat)

3. Seriyasi va raqami:

4. Kim tomonidan berilgan:

5. Qachon berilgan:

III. Boshqa maʼlumotlar

6. Doimiy yoki vaqtincha yashash manzili

7. Telefon raqami

8. Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa):

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tilini bilishga qoʻyiladigan minimal
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TALABLAR

I. Tinglab tushunish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tanish mavzularda maʼlumot beruvchi matnlarning asosiy mazmunini oʻqib, tushuna oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sodda xabarlar, sodda yozma yoʻriqnoma yoki koʻrsatmalarni tushuna oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻz qiziqishlari doirasidagi tele- yoki radiodasturlar va boshqa manbalarni tinglab, asosiy maʼlumotlarni tushuna oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shaxsiy qiziqish, oʻqish yoki kasbga oid sohadagi ogʻzaki manbalarni tinglab, uning asosiy mazmuni hamda maxsus maʼlumotlarni anglay oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Til egasi bilan tanish va maxsus mavzuda muloqotga kirishganda uning aksariyat jihatlarini tushuna oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Gapirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzi haqida ogʻzaki maʼlumot bera oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ijtimoiy-maishiy mavzuda taklif etilgan suhbatga kirisha oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fikrini sodda tarzda, izchillik asosida, mantiqli tushuntirib bera oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tanish mavzularda oʻz fikrini bildira oladi (kitoblar, filmlar, musiqa xususida).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hikoya yoki muhokama mazmunini sodda iboralar bilan qisqacha gapirib bera oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tanish mavzularda maʼlumot beruvchi matnlarning asosiy mazmunini tushuna oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Joy yoki insonlar tasvirlangan qisqacha matnni tushuna oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sodda xabarlarni, masalan oddiy xatlar, elektron xatlarni tushuna oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sodda yozma yoʻriqnoma yoki koʻrsatmalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Munozarali matnning xulosasini aniqlay oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Matn mazmunining asosiy gʻoyasini ajrata oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yozish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shaxsiy xatlar (qisqa xabarlar, tabriklar, eslatmalar va boshqalar)ni yoza oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sodda anketalarni shaxsiy maʼlumot bilan toʻldira oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Rasmiy hujjatlar qoliplari asosida sodda shakldagi hujjatlarni yoza oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻz qiziqishlariga taalluqli mavzuda qisqa, sodda esse yoza oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Rasmiy xat, ish yuritish qogʻozlarini (ariza, rozilik xatlari, rezyume) yoza oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻz fikrini imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozma shaklda bayon qila oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Imlo qoidalariga rioya qilgan holda diktant yoza oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tilini bilish toʻgʻrisidagi malaka sertifikati namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi

ALIS
NER NAVOIY NOMIDAGI TOSNKENT DAVLAT OʻZBEK TILI
VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
NUZURIDAGI DAVLAT TILIDA ISN YURITISN ASOSLARINI OʻQITISN VA MALAKA OSNIRISN MARKAZI

T
NE CENTER FOR TEACNING TNE BASICS OF OFFICE MANAGEMENT
IN T
NE STATE LANGUAGE AND FURTNER TRAINING AT TASNKENT STATE UNIVERSITY OF TNE UZBEK LANGUAGE AND LITERATURE NAMED
AFTER ALIS
NER NAVOIY
_____________________________________________________________________________
DAVLAT TILINI BILIS
N TOʻGʻRISIDA
SERTIFIKAT

CERTIFICATE
OF KNOWLEDGE OF T
NE STATE LANGUAGE

Sertifikat seriyasi № / Certificate Serieend Number

_____________________________________________________________________________

Talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar / Candidate Details

Talabgorning shaxsiy kodi /Candidate ID

Familiyasi / Family Name

Ismi / First Name

Otasining ismi / Middle Name

Sinov natijalari / Exam Results

_____________________________________________________________________________

Berilgan sanasi: / Date of Issue:

Direktor / Director

_____________

_______________________

Imzo / Signature

F.I.O. / Full Name

M.Oʻ / Stamp Nere

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazining Apellatsiya komissiyasi raisiga ________________________________dan

(Talabgorning F.I.O.)

APELLATSIYA TOʻGʻRISIDA

ARIZA

Talabgor norozi boʻlgan sinov imtihoni shakli (test, ogʻzaki, yozma)

Quyidagilarni koʻrib chiqishingizni iltimos qilaman: ____________________________

____________________________________________________________________________

Talabgorning imzosi: _______________

Shakl toʻldirilgan sana: ______________

Blankaning roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami: 0000000

(chegara)

Apellatsiya toʻgʻrisidagi ariza qabul qilinganligi toʻgʻrisida

XAT-TASDIQNOMA

Talabgorning F.I.O.: ___________________ Talabgorning shaxsiy kodi:______________

Arizani qabul qilib oluvchi masʼul shaxsning F.I.O.: _____________________________

Imzo: ________

(MOʻ)

Apellatsiya qabul qilingan sana: _______

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi apellatsiya komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XULOSASI

Talabgorning F.I.O.: _______________

Talabgorning shaxsiy kodi: _____________

Talabgor norozi boʻlgan sinov imtihoni shakli______________________________

(test, ogʻzaki, yozma)

Ariza qabul qilingan sana: ____________

Talabgorning daʼvosi: _________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

Tekshirish natijasi:___________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

Apellatsiya komissiyasining qarori: ______________________________________________

_____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________

Apellatsiya komissiyasi raisi:

(Imzo)

(F.I.O.)

Apellatsiya komissiyasi aʼzolari:

(imzolar)

(F.I.O.)

(F.I.O.)

(F.I.O.)

(F.I.O.)

Sana: __ __ __ __ __ __ __ __

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2023-y., 09/23/368/0595-son)