28.09.2020 yildagi 592-son
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet davlat fuqarolariga davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 368-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2023-y., 09/23/368/0595-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 368-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2023-y., 09/23/368/0595-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq keltirilgan davlat tilini bilishga qo‘yiladigan minimal talablar asosida sinov imtihoni topshiriladi.
10. Sinov imtihoni ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinganidan so‘ng bir oy muddatda o‘tkaziladi.
16. Mazkur Nizomning 3-ilovasida belgilangan davlat tilini bilishga qo‘yilgan minimal talablar asosida sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga Markaz tomonidan davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi davlat tilini bilish to‘g‘risidagi malaka sertifikati (keyingi o‘rinlarda — malaka sertifikati) imtihon natijalari e’lon qilingan kundan so‘ng uch kun muddatda beriladi, shuningdek “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Ichki ishlar vazirligining “E-fuqaro” idoralararo ma’lumotlar bazasiga yuboriladi. Malaka sertifikati muddatsiz amal qiladi.
Apellatsiya sinov imtihoni natijalari e’lon qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida, ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali elektron shaklda taqdim etiladi. Bu haqida Markazga idoralararo elektron hamkorlik orqali ma’lumot kelib tushadi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (talabgor

Davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sinov imtihonida qatnashish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron shaklda murojaat qiladi va davlat xizmatini ko‘rsatish uchun to‘lovni amalga oshiradi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Talabgor, davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP

1. Talabgor Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilganda, uning murojaati mas’ul xodim tomonidan, YIDXP orqali murojaat qilganda shaxsan o‘zi belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.

2. Talabgor so‘rovnomani identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, Mobil-ID kabi) bilan tasdiqlaydi (YIDXP orqali murojaat qilganda so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi).

Davlat xizmati olish uchun murojaat qilingan va to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng darhol

3-bosqich

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi (Markaz) yoki uning hududiy bo‘linmalari

1. Talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjatini va raqamli fotosuratini real vaqt rejimida “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali oladi.

So‘rovnoma kelib tushgan kunning o‘zida

2. Sinov imtihoni (imtihon)ni o‘tkazish vaqti ko‘rsatilgan ma’lumotnomani talabgorga davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.

Hujjatlar qabul qilib olinganidan so‘ng darhol

3. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazadi.

Hujjatlar qabul qilib olinganidan so‘ng bir oy muddatda

4. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihon natijalarini e’lon qiladi.

Imtihon o‘tkazilganidan so‘ng uch kun muddatda

4-bosqich

Markaz yoki uning hududiy bo‘linmalari, YIDXP

Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga belgilangan shakldagi davlat tilini bilish to‘g‘risidagi malaka sertifikati beriladi.

Imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng uch kun muddatda

5-bosqich

Talabgor

Imtihon yakunlari bo‘yicha eng yuqori ballning 50 foizidan (50 balldan) kam ball olgan (imtihondan o‘tmagan) taqdirda, qayta qatnashish uchun (qayta to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng) elektron shaklda murojaat qiladi.

Imtihon o‘tkazilgan kundan boshlab kamida bir oydan keyin

(ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 368-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2023-y., 09/23/368/0595-son)