28.07.2023 yildagi PQ-245-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, sport maydonchalari tozaligini saqlash va atrofini obodonlashtirish boʻyicha ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5282-son hamda 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-201-son qarorlariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi PQ-201-son qarori bilan tasdiqlangan Mahallalarda yoshlar oʻrtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturining 5-bandida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi gʻolib va sovrindor boʻlgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan mahalla terma jamoalari uchun universal, stritbol va vorkaut sport maydonchalarini (keyingi oʻrinlarda — sport maydonchalari) qurish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gʻolib va sovrindor boʻlgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan mahalla terma jamoalari uchun 5 000 ta sport maydonchalarini 2030-yilga qadar tashkil qilishning umumiy parametrlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) 2024-yildan boshlab har yili sport maydonchalarini tashkil qilish uchun qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlarning Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sport maydonchalarini qurish “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalarining respublika bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan mahallalarda (keyingi oʻrinlarda — sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan mahallalar) amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Surxondaryo viloyatida sport inshootlarini davlat-xususiy sheriklik shartlarida barpo etish loyihalari tadbirkorlik subyektining toʻliq oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan hollarda qurilgan bino va inshootlarning (bundan yer maydoni, bino va inshootlarning umumiy foydalanishga moʻljallangan kommunikatsiya tarmoqlari egallagan qismi mustasno) 20 foizidan oshmagan qismi qonunchilikda taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun mahalliy xususiy sherikka mulk huquqi asosida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sport maydonchalarini qurish ishlarini amalga oshirish doirasida:
(3-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti — buyurtmachi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 13-son Jazoni ijro etish muassasasi — bosh pudratchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Sport vazirligi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-maydagi PF-83-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2024-y., 06/24/83/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Sport vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gʻolib boʻlgan mahallalarni aniqlaydi va ularning roʻyxatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga sport maydonchalarini qurish maqsadida tegishli yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratish uchun taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maydonchalari qurilishi lozim boʻlgan mahallalarning manzilli roʻyxatini buyurtmachiga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan manzilli dasturga asosan Sport vazirligi tomonidan buyurtmachiga buyurtma qilingan sport maydonchalari uchun mablagʻ ajratilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Sport vazirligi tomonidan buyurtmachiga buyurtma qilingan sport maydonchalari qiymatiga teng mablagʻ toʻliq oʻtkazib beriladi. Buyurtmachi tomonidan tizimidagi tashkilotlarga ishlab chiqariladigan inventarlar uchun 100 foiz mablagʻlar oldindan toʻlab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) buyurtmachi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maydonchalarining namunaviy loyihasini Sport vazirligi bilan kelishadi, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi hamda ularning tegishli ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport vazirligi tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida moliyalashtirish hajmlarini koʻrsatgan holda manzilli dasturni ishlab chiqadi va vazirlik bilan kelishilgan holda uni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh pudratchi bilan pudrat shartnomasini tuzadi hamda sport maydonchalarini qurish ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda qurib bitkazilgan sport maydonchalarini qabul qilish boʻyicha hududiy qabul qilish komissiyalariga (keyingi oʻrinlarda — hududiy qabul komissiyalari) belgilangan tartibda topshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga asosan sport maydonchalarini qurish uchun bir oy muddatda belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilgan sport maydonchalari tegishli hududiy qabul komissiyalari tomonidan belgilangan tartibda qabul qilib olinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maydonchalari boʻyicha davlat koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi hamda ulardan samarali foydalanilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yer uchastkalarini ajratish hamda sport maydonchalari boʻyicha davlat koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar tegishli mahalliy budjetlar hisobidan qoplanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5282-son qarori bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2025-yillarda hududlarda badminton, stritbol va “Workout” sport turlari uchun 1 164 ta sport maydonchalarini tashkil etish parametrlari tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu parametrlar doirasida 2023-yilda jami 255 ta sport maydonchalari qurilishi nazarda tutilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yildan boshlab Davlat budjetidan mazkur qaror bilan tasdiqlangan dastur va parametrlar toʻliq bajarilgunga qadar har yili 104 milliard soʻmdan mablagʻlar ajratilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, 2023-yil 1-avgustdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5282-son qarori doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport vazirligi tomonidan zaruratga koʻra hududida sport maydonchalari barpo etiladigan mahallalar roʻyxati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga taqdim etiladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bir oy muddatda roʻyxatdagi mahallalarda sport maydonchalarini barpo etish uchun belgilangan tartibda tegishli yer uchastkalarini ajratish boʻyicha qarorlar qabul qiladi va bu haqda Sport vazirligini xabardor qiladi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tashkilot tomonidan tasdiqlangan manzilli dasturga asosan ikki hafta muddatda barpo etiladigan sport maydonchalarining loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkaziladi hamda moliyalashtirish uchun Sport vazirligiga taqdim etiladi;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maydonchalarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar bosh pudratchining boshqa xarajatlari hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi va bosh pudratchi oʻrtasida sport maydonchalarini qurish boʻyicha tuzilgan shartnomalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va tegishli xulosa taqdim etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport vazirligi moliyalashtiruvi asosida 2023-yil va undan keyingi yillarda olis va chekka hududlarda joylashgan mahallalar hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hududida qurilgan sport maydonchalari ular joylashgan hududiga qarab tegishliligi boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tizimiga oʻtkaziladi va saqlanadi. Bunda, sport maydonchalari boshqa davlat tashkilotlariga ham operativ boshqaruv huquqi asosida berilishi mumkin;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maydonchalarining joylashuv hududidan qatʼi nazar (taʼlim tashkilotlari hududida darsdan tashqari vaqtlarda), barcha fuqarolar uchun foydalanish bepul boʻladi va vaqti chegaralanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maydonchalaridan samarali va maqsadli foydalanilishini tashkil etish mahallalardagi yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarda barpo etilgan sport maydonchalari tozaligini saqlash, atrofini obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bitta shtat birligi ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maydonchalaridan samarali foydalanish, ularning yaroqliligini taʼminlash va joriy taʼmirlash balansda saqlovchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalardagi umumiy oʻrta taʼlim maktablariga tegishli hududlarda sport maydonchalari qurilishini inobatga olsin va tegishli choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim maktablari hududida qurilgan sport maydonchalaridan oʻquvchilar, shuningdek, darsdan tashqari va oʻquv jarayoniga xalaqit bermaydigan vaqtlarda mahalla aholisining bepul foydalanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hududiy qabul komissiyalari tomonidan sport maydonchalari qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda ushbu obyektlar boʻyicha davlat koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlab borsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda barpo etilayotgan sport maydonchalarining atrofida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida sof ekologik muhit yaratish maqsadida mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekish hamda obyekt atrofini koʻkalamzorlashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi ushbu qarorda nazarda tutilgan sport maydonchalarini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazsin hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga hududlarda barpo etilgan sport maydonchalari hamda ularda tashkil etilayotgan ommaviy sport musobaqalarini ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov hamda ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 28-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-245-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PQ-245-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gʻolib va sovrindor boʻlgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan mahalla terma jamoalari uchun universal, stritbol va vorkaut sport maydonchalarini 2030-yilga qadar tashkil qilishning umumiy parametrlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar

Sport maydonchalarining

umumiy soni

shundan

universal

stritbol

vorkaut

yillar kesimida

2023

2024

2025

2026

2027

2028

2029

2030

jami

5 000

3 129

1 073

838

446

400

460

520

580

651

674

749

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

319

214

52

53

32

28

33

37

41

46

48

53

2.

Andijon viloyati

387

260

63

64

39

35

40

45

50

56

58

65

3.

Buxoro viloyati

233

156

38

39

23

21

24

27

30

34

35

39

4.

Jizzax viloyati

344

231

56

57

34

31

35

40

45

50

52

58

5.

Qashqadaryo viloyati

207

139

34

34

21

18

21

24

27

30

31

35

6.

Navoiy viloyati

302

202

49

50

30

27

31

35

39

44

45

50

7.

Namangan viloyati

302

202

49

50

30

27

31

35

39

44

45

50

8.

Samarqand viloyati

362

243

59

60

36

32

37

42

47

53

54

60

9.

Sirdaryo viloyati

241

162

39

40

24

22

25

28

31

35

36

40

10.

Surxondaryo viloyati

336

225

55

56

33

30

35

39

44

49

51

56

11.

Toshkent viloyati

560

376

91

93

56

50

58

65

73

81

84

94

12.

Fargʻona viloyati

388

260

63

64

39

35

40

45

50

56

58

65

13.

Xorazm viloyati

258

173

42

43

26

23

27

30

33

38

39

43

14.

Toshkent shahri

241

162

39

40

24

22

25

28

31

35

36

40

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282-son hamda 2022-yil 11-apreldagi PQ-201-son qarorlariga muvofiq, 2022-yilda mahallalarda jami 520 ta sport maydonchalari qurib foydalanishga topshirilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport vazirining buyrugʻi bilan mazkur parametrlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(izohning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 07/23/245/0532-son; 29.05.2024-y., 06/24/83/0373-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)