Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalariga (OʻzR AQ-160) oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 19-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1734-8]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 10-sentabrdagi 138-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1734, 2007-yil 29-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 44-son, 448-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalari”ga (OʻzR AQ-160) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-iyun,
13-son
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 13-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalari”ga (OʻzR AQ-160) kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandda:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzaviatsiya” agentligi – Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi”;
oʻn beshinchi xatboshidagi “Davavianazorat” degan soʻz “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 4, 17, 24 va 25-bandlardagi, 26-bandning birinchi xatboshisidagi, 28, 32, 33, 37, 38, 39, 452, 453 va 46-bandlardagi, 50-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 51-banddagi, 54-bandning “v” kichik bandidagi va 55-banddagi “Davavianazorat” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 9-bandning birinchi xatboshisidagi, 10, 30 va 36-bandlardagi, 43-bandning “v” kichik bandidagi va 57-bandning “d” kichik bandidagi “Davavianazoratga” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Sertifikatlash toʻgʻrisidagi ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan koʻrib chiqilishi uchun asos hisoblanadi. “Oʻzaviatsiya” agentligiga kelib tushgan ariza oʻsha kunning oʻzida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. “Oʻzaviatsiya” agentligi arizachiga ariza roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) berishi, ariza elektron shaklda berilgan taqdirda esa, ariza roʻyxatdan oʻtkazilganligini “Oʻzaviatsiya” agentligining rasmiy veb-saytidagi elektron xabar bilan, tegishli yozuvga havola bilan yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usul bilan tasdiqlashi shart.
“Oʻzaviatsiya” agentligida arizani roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
5. 15-bandda:
birinchi xatboshidagi “Davavianazorat inspeksiyasiga” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Davavianazorat” inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 22-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davavianazoratning” degan soʻz “Oʻzaviatsiya” agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 29-banddagi “Davavianazorat,” degan soʻz “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 34-bandning birinchi xatboshisidagi “Davavianazoratda” degan soʻz “Oʻzaviatsiya” agentligida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 40-bandda:
birinchi xatboshidagi “Davavianazorat” degan soʻz “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“g” kichik banddagi “Davavianazoratga” degan soʻz “Oʻzaviatsiya” agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 41-bandda:
birinchi xatboshidagi “Davavianazorat” degan soʻz “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“b” kichik banddagi “Davavianazoratning” degan soʻz “Oʻzaviatsiya” agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Aerodrom sertifikatini bekor qilish yoki amal qilishini toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror “Oʻzaviatsiya” agentligi rahbari tomonidan nazorat tekshiruvi oʻtkazish natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnomaga asosan qabul qilinadi. “Oʻzaviatsiya” agentligi tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay aerodrom ekspluatantini bu haqida yozma ravishda xabardor qiladi.”.
12. 451-bandda:
birinchi xatboshidagi “Davavianazorat” degan soʻz “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13. 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“47. Quyidagi nazorat turlari nazarda tutiladi:
a) “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan nazorat reja-grafigiga muvofiq rejali nazorat tekshiruvlari. Rejali inspeksiya tekshiruvlarining davriyligi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan aniqlanadi (sertifikatlashlar orasidagi davr ichida kamida bir marta);
b) “Oʻzaviatsiya” agentligining qaroriga koʻra aerodromning ushbu Qoidalarning talablariga javob berishi, sertifikat berilayotganda oʻrnatilgan shartlar va cheklashlarning bajarilayotganligini tekshirib baholash uchun oʻtkaziladigan rejadan tashqari inspeksiya tekshiruvlari;
v) “Oʻzaviatsiya” agentligiga aerodrom ekspluatanti, havo kemasining ekspluatanti tomonidan beriladigan axborotlarni inspeksiya tekshiruvi oʻtkazmasdan turib ekspert baholash.”.
14. 49-banddagi “Davavianazorat inspeksiya” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 1-ilova matnidagi “Davavianazorat” degan soʻz “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. 2-ilovada:
4-banddagi “ Davavianazoratdan” degan soʻz “Oʻzaviatsiya” agentligidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Davavianazorat” degan soʻz “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. 4-ilova matnidagi “Davavianazorat” degan soʻz “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. 5-ilova matnidagi “Davavianazorat” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20. 7-ilova matnidagi “Davavianazorat” degan soʻz “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalariga (OʻzR AQ-160) kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarini sertifikatlash qoidalariga
6-ILOVA
6-ILOVA
|
| |||
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI HUZURIDAGI | |||
| | | | |
|
SERTIFIKAT | |||
|
CERTIFICATE | |||
| Aerodrom Aerodrome Aerodromning joylashgan oʻrni Aerodrome location Aerodrom egasi Aerodrome Owner Sertifikat egasi Certificate Holder Sertifikatning amal qilish muddati Certificate Validity Ushbu orqali aerodrom sertifikatlash talablariga javob berishi tasdiqlanadi, shu jumladan: | |||
| XFAT (IKAO) I-toifasi boʻyicha XFAT (IKAO) II-toifasi boʻyicha |
MK qoʻnish — oʻng.; chap.; oʻng. MK qoʻnish — chap. | ||
| This certifies that the aerodrome complies with the certification requirements including: ICAO Category I RWY R; L; R. ICAO Category II RWY L. Aerodrom xalqaro parvozlar uchun yaroqli. The aerodrome may serve international flights. Kuchga kirish sanasi Effestive date | |||
| “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori |
|
| |
| | |
(imzo) |
(F.I.Sh) |
| | |
M.Oʻ. |
|
| | | |
”. |
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1734-8/0498-son)