01.02.2019 yildagi PF-5647-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi yillarda mamlakatimizda transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash, transport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, soha uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va amalga oshirilayotgan islohotlar respublikaning geografik joylashuvini inobatga olgan holda transport xizmatlarining sifatliligi va ommabopligini ta’minlashga yo‘naltirilgan yagona transport siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, sohani boshqarishning zamonaviy texnologiyalari va intellektual tizimlarini joriy etishda alohida ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligi va eksport salohiyatini oshirish, transport kommunikatsiyalarini strategik rivojlantirish va barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi tashkilotlar faoliyatini normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, litsenziya va ruxsatnomalar berish, sertifikatlashtirish, samarali texnik va tarif siyosatini amalga oshirish yo‘li orqali davlat tomonidan tartibga solish vazifasini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tomonidan o‘z vakolati doirasida qabul qilingan qarorlarning ijrosi davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transportning barcha turlarini yagona transport tarmog‘iga integratsiyalashuvi va yangi samarali transport-logistika tizimlaridan foydalangan holda uyg‘unlikda rivojlantirishga yo‘naltirilgan yagona davlat transport siyosatini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport va logistika xizmatlari bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirish, ularning barcha toifadagi iste’molchilar uchun ommabopligini ta’minlash, shuningdek sohaga investitsiyalarni jalb etishga yo‘naltirilgan transport sohasidagi yagona tarif siyosatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish, logistika tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va chora-tadbirlarni amalga oshirish, mamlakat transport salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik subyektlarining transport-logistika xizmatlaridan foydalanishdagi sarf-xarajatlarni kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va mamlakat investitsiyaviy jozibadorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
butun transport tizimini raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi Transport tizimining bir-biriga bog‘langan yagona tizimini istiqbolli rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshirish, foydalanuvchilar manfaatlarini hisobga olgan holda, avtomobil yo‘llari, aerodromlar va aeroportlar, vokzallar, temir yo‘llar va transport infratuzilmasining boshqa obyektlarini moliyalashtirish, loyihalash, qurish, ta’mirlash va foydalanish masalalarining kompleks yechimini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasida nazoratni amalga oshirish, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va baxtsiz hodisalarni, shuningdek metropoliten, temir yo‘l va daryo transportidagi avariya va halokatlar bo‘yicha tekshiruvlarni tashkil etish va amalga oshirish;
(3-bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-oktabrdagi PF-234-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2022-y., 06/22/234/0935-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi xalqaro va hududiy hamkorlikni rivojlantirish hisobiga transport xizmatlari jahon bozorida O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasidagi joriy va istiqbolli ehtiyojlarni inobatga olgan holda ta’lim, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or usullarini tizimli ravishda joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, uni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi etib qayta nomlagan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, uni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi etib qayta tashkil etgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, uni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta nomlagan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, uni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta nomlagan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining O‘zbekiston kemachilik registri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zaeronavigatsiya” Markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilovaga muvofiq ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, boshqa tashkilotlar, faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlanib qolingan holda, Vazirlik ixtiyoriga o‘tkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamenti tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagi vazifa, funksiya va vakolatlar Vazirlikka o‘tkazilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining quyidagi sohalardagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemalarni ro‘yxatga olish (qayta ro‘yxatga olish), kemalarni qurish, foydalanish, qayta jihozlash va ta’mirlashga guvohnomalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemalarga kema guvohnomasi va biletlari, tasniflash guvohnomalari, suzish uchun muvofiqlik guvohnomalari va kemasozlikni tartibga soluvchi qoidalarda nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining quyidagi sohalardagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yo‘l transportini rivojlantirishning davlat dasturlarini ishlab chiqish, temir yo‘l transporti istiqbolli prognozlari, rivojlantirish va obyektlarni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish sohasida tarif va tranzit siyosatni amalga oshirish, temir yo‘l transportining o‘tkazish va tashish qobiliyatini oshirish, temir yo‘l transporti xizmatlari bozorini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat korxonalari harakatdagi tarkiblarining umumiy foydalanishdagi temir yo‘llariga chiqishi uchun ruxsatnomalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yo‘l yo‘laklari, shuningdek vagon va konteynerlarni yuklash, tushirish va tozalashga mo‘ljallangan uskunalarni qurish va ta’mirlash loyihalarini kelishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 15 nafardan tashkil topgan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlik O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining barcha huquqlari va majburiyatlari, shuningdek Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalari, shuningdek mazkur Farmonga muvofiq o‘tkazilayotgan boshqa vakolatlari borasidagi huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-noyabrga qadar barcha turdagi transportlarning optimal va muvozanatlashgan o‘zaro aloqasini nazarda tutuvchi, umumqabul qilingan xalqaro huquq me’yorlarini inobatga olgan holda “Transport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha hukumat qarorini qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining logistika samaradorligi bo‘yicha xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash choralarini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasida 2025-yilgacha transportni rivojlantirish konsepsiyasini va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5647-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ixtiyoriga o‘tkazilayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari va ta’lim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(I bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “O‘zavtotranstexnika” ilmiy-ishlab chiqarish markazi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Nukus avtomobil-yo‘l xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Andijon transport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Samarqand avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kolleji.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Avtobuslarda yo‘lovchi tashish (shu jumladan, xalqaro), avtomobillarda yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi, shuningdek, transport-logistika, to‘xtash punktlarini qurish, qayta tiklash va ta’mirlash faoliyatini amalga oshiruvchi maxsuslashtirilgan tashkilotlar (jami 13 birlik).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “UZAUTOTRANS SERVIS”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “O‘zavtovokzal servis”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agentlik ishtirokidagi avtovokzal va avtobekatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘zining temir yo‘llariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning temir yo‘l transporti xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Putur yetkazmasdan nazorat qilish laboratoriyasi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 06/19/5647/2591-son; 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2022-y., 06/22/234/0935-son)