Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoidalar”ga (OʻzR AQ-92) oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 19-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1773-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2008-yil 30-yanvardagi 16-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1773, 2008-yil 26-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 8-9-son, 50-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoidalar”ga (OʻzR AQ-92) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-iyun,
14-son
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 23-iyundagi 14-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoidalar”ga (OʻzR AQ-92) kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandda:
oʻn sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“SPNB — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining Sertifikatlash va parvozlarni amalga oshirishni nazorat qilish boʻlimi.”;
yetmishinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzaviatsiya” agentligi — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.”;
yetmish uchinchi xatboshidagi “Davavianazorat” inspeksiyasining” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2. 5-banddagi “Davavianazorat” inspeksiyasini” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 8, 16 va 17-bandlardagi, 52-bandning “b” kichik bandidagi, 63-banddagi, 78-bandning “a” kichik bandidagi, 90 va 92-bandlardagi, 95-bandning birinchi xatboshisidagi, 97-banddagi, 99-bandning beshinchi xatboshisidagi, 117, 120 va 124-bandlardagi, 136-bandning “b” kichik bandidagi, 144 va 146-bandlardagi, 198-banddagi, 199-bandning “a” kichik bandidagi, 217-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 221-banddagi, 249-bandning oʻn birinchi xatboshisidagi, 263 va 281-bandlardagi, 316-bandning “e” kichik bandidagi, 352-bandning beshinchi xatboshisidagi, 356-bandning birinchi xatboshisidagi, 358 va 370-bandlardagi “Davavianazorat” inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 2-bobning 2-paragrafi nomidagi va 12-bandning birinchi xatboshisidagi “Davavianazorat” inspeksiyasida” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 75, 107, 126, 130, 165 va 171-bandlardagi, 172-bandning birinchi xatboshisidagi, 187-banddagi, 251-bandning “e” kichik bandidagi, 253-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 265-banddagi, 272-bandning birinchi xatboshisidagi, 274 va 276-bandlardagi, 277-bandning birinchi xatboshisidagi, 303-bandning “b” kichik bandidagi, 304-banddagi, 317-bandning “a” kichik bandidagi, 335 va 336-bandlardagi hamda 339-bandning “n” kichik bandidagi “Davavianazorat” inspeksiyasining” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 8-bobning 2-paragrafi nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2 §. “Oʻzaviatsiya” agentligining uchuvchi-inspektorlik va inspektorlik tarkibining parvozlari”.
7. 268-banddagi “Davavianazorat rahbarining” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligi direktorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 270-banddagi “Davavianazoratning” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 271-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“271. “Oʻzaviatsiya” agentligi uchuvchi-inspektorlik tarkibining uchish faoliyati ushbu Qoidalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.”.
10. 273-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“273. “Oʻzaviatsiya” agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibi, ekspluatantning HK ekipajlari tarkibidagi parvozlari “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadvallar asosida bajariladi. “Oʻzaviatsiya” agentligining uchuvchi-inspektorlik tarkibi “Oʻzaviatsiya” agentligi rahbariyatining topshiriqlari boʻyicha, avval tasdiqlangan reja-jadvalga qoʻshimcha ravishda ekspluatant HK ekipajlarining parvoz topshirigʻiga kiritilishi mumkin.”.
11. 275-bandda:
birinchi xatboshidagi “Davavianazorat” inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“a” va “g” kichik bandlardagi “Davavianazorat” inspeksiyasining” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12. 278-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“278. Davlat tomonidan oʻrnatilgan HKning parvozlari xavfsizligini taʼminlovchi qoidalar va normalarga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida, ekspluatant tomonidan bajariladigan parvoz yoʻnalishlari boʻyicha “Oʻzaviatsiya” agentligining parvoz ekspluatatsiyasi inspeksiyasi oʻtkaziladi. Parvoz topshirigʻida uchuvchilar kabinasi va yoʻlovchilar saloni (yuk kabinasi)da ekipaj aʼzolarining ishini kuzatish uchun, HK ekipaji tarkibiga “Oʻzaviatsiya” agentligidan kuzatuvchi kiritilishi mumkin.”.
13. 279-bandda:
birinchi xatboshi va “a” kichik banddagi “Davavianazorat” inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“b” kichik banddagi “Davavianazorat” inspeksiyasining” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 282-banddagi “SLPTBNBga” qisqatrmasi “SPNBga” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
15. 319-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“319. Parvozlar xavfsizligi holatining tahlili uchish ishini tashkil etish tahlilining asosiy qismi hisoblanadi va “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyanomalar asosida UOda, OʻMda, OʻMMda, aviakompaniya (aviakorxona)larda hamda “Oʻzaviatsiya” agentligida oʻtkaziladi.”.
16. 321-banddagi “Davavianazorat” inspeksiyasiga” degan soʻzlar “Oʻzaviatsiya” agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/1773-3/0497-son)