13.07.2023 yildagi 287-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaxta usulida ishlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 465-moddasiga muvofiq, shuningdek, vaxta usulida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarda mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish hamda xodimlarning hayoti va sog‘ligini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 465-moddasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaxta usulida ishlash xodimlarning doimiy yashash joyiga kunlik qaytishini ta’minlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, ularning doimiy yashash joyidan tashqarida mehnat jarayonini amalga oshirishning alohida shakli ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishning vaxta usulini qo‘llash tartibi ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni vaxta usulida tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizom Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Vaxta usulida ishlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaxta usulida ishlashni tashkil etish hamda xodimlarning mehnat va dam olish rejimi, ish vaqti hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaxta usulidagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar mehnatiga haq to‘lash, ularga imtiyozlar va kompensatsiyalar berish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaxta usulida ishlashda tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 13-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
287-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-iyuldagi 287-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaxta usulida ishlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Namunaviy nizom xodimlarning ish joyi ularning doimiy yashash joyidan yoki ish beruvchining joylashgan joyidan sezilarli darajada uzoq masofada joylashganda, vaxta usulida ishlashni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Namunaviy nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaxta usulidagi ish — xodimlarning doimiy yashash joyiga kunlik qaytishini ta’minlash imkoni bo‘lmagan taqdirda va (yoki) ish joyi ish beruvchining joylashgan joyidan sezilarli darajada uzoq masofada joylashganda, ishlab chiqarish obyektlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni qurish, ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish muddatlarini qisqartirish, aholi yashamaydigan, olis hududlarda yoxud alohida tabiiy sharoitlarga ega bo‘lgan hududlarda ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanishni ta’minlash maqsadida, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun bajariladigan ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaxta obyekti — xodimlarning doimiy yashash joyi va ish beruvchining tashkilotlari joylashgan hududdan sezilarli uzoq masofada (cho‘lda, tog‘li va aholi qatnovi bo‘lmagan chekka hamda uzoq hududlarda) joylashgan obyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaxta shaharchalari — vaxta usulida ishlayotgan xodimlarning vaxtadagi dam olish vaqtida hayoti va faoliyatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan turar joy, madaniy-maishiy, sanitariya xonalari, shuningdek, qurilish texnikasi va maxsus texnika, avtotransportga xizmat ko‘rsatiladigan, tovar-moddiy boyliklar zaxirasi saqlanadigan xo‘jalik bino va inshootlari kompleksi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyi — mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ishlab chiqarish obyektlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vaxta usulida ishlashni quyidagi holatlarda qo‘llash mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rmon xo‘jaligi, geologiya-qidiruv, aloqa va temir yo‘l transporti tashkilotlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-montaj, shuningdek, rekonstruksiya-ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan qurilish tashkilotlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energetika obyektlaridan foydalanishda (ekspluatatsiya qilishda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft va gaz sanoati obyektlarida, shu jumladan, quvur o‘tkazuvchi, xizmat ko‘rsatuvchi va ta’mirlash ishlarini bajaruvchi tashkilotlar hamda quvur transporti tashkilotlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rangli va qimmatbaho metallar, ko‘mir va boshqa tabiiy boyliklar konlarini o‘zlashtirishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaxta usuli qo‘llangan tashkilotlar xodimlariga xizmat ko‘rsatayotgan tibbiy, savdo va umumiy ovqatlanish, transport tashkilotlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda boshqa tashkilotlarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vaxta usulida ishlash xodimlarning doimiy yashash joyiga kunlik qaytishini ta’minlash imkoni bo‘lmagan taqdirda va (yoki) ish beruvchining joylashgan joyidan sezilarli darajada uzoq masofada (cho‘l zonalari, tog‘ va tog‘oldi hududlar hamda boshqa hududlarda) joylashganda, ishlab chiqarish obyektlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni qurish, ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish muddatlarini qisqartirish, aholi yashamaydigan, olis hududlarda yoxud alohida tabiiy sharoitlarga ega bo‘lgan hududlarda ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanishni ta’minlash maqsadida, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar vaxta obyektida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodim har kuni o‘zining doimiy yashash joyiga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lsa, bunday ishni bajarish vaxta usulida ishlash hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimni vaxta usulidagi ishlarga yuborish xizmat safariga yuborilgan deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashkilotlarda vaxta usulidagi ishlar maxsus ish va dam olish rejimi bo‘yicha qoidaga ko‘ra ish vaqti jamlab hisobga olingan holda, vaxta orasidagi tanaffuslar esa xodimlarning doimiy yashash joyida tashkil qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vaxtaning davomiyligi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishilgan holda belgilanadi va uning davomiyligi bir kalendar oydan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoa kelishuvlarida yoki jamoa shartnomasida belgilangan alohida hollarda ayrim obyektlarda vaxtaning davomiyligi uch oyga qadar uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vaxta usulida ishlarni tashkil etish haqidagi qaror kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishilgan holda ish beruvchi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ish beruvchi ishlarni bajarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash, xodimlarni obyektga va undan yotoqxonalarga yetkazish, vaxta shaharchalarida maishiy sharoitlar, ovqatlanish va tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi tashkil etilishiga javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vaxta usulida ishlarni tashkil etish bilan bog‘liq barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Vaxta usulida ishlarni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vaxta usulidagi ishlar obyektlardagi ishlar bir maromda, uzluksiz va kompleks ravishda amalga oshirilishi uchun o‘zgaruvchan jadvalga binoan tashkil etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vaxta usulidagi ishlar, qoida tariqasida, ishlarni tashkil etish va mehnatga haq to‘lashning asosiy prinsiplariga rioya qilingan, vaxta xodimlarining ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan smenalar almashinuvi jadvaliga muvofiq, shuningdek, mehnatni tashkil qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishi, moddiy boyliklar saqlanishini ta’minlagan holda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vaxta usulida ishlaydigan xodimlar tarkibi tashkilot shtatida ro‘yxatga olingan va shartnoma bo‘yicha vaqtincha jalb etiladigan, ushbu usulda bajarilishi ko‘zda tutilgan ishlarni amalga oshirishni rad etuvchi tibbiy ko‘rsatmalarga ega bo‘lmagan xodimlar bilan to‘ldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vaxta usulida bajariladigan ishlarga quyidagilar jalb qilinishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homilador ayollar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch yoshgacha bo‘lgan farzandini tarbiyalayotgan ota-onadan biri (vasiy);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy xulosaga muvofiq vaxta usulidagi ishlarni bajarishiga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lgan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vaxta usulidagi ishlarni bajarish maqsadida ish beruvchi xodimlar bilan kelishgan holda, ularni ishlarning bir uchastkasidan boshqasiga o‘tkazishga haqli. Bunda bir ish uchastkasidan boshqasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq bilan ish beruvchi “vaxta” muddati yakunlangandan so‘ng xodimlar avvalgi ish joyida (lavozimida) tiklanishi, agar ish joyi tugatilgan bo‘lsa, ushbu ish joyiga (lavozimiga) tenglashtirilgan tashkilotdagi boshqa ish joyiga (lavozimga) o‘tkazilishini ta’minlashi shart. Buyruqda “Vaxta usulida ishlash uchun” degan maqsad ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vaxta usulidagi ishlarni bajarayotgan xodimlarning mehnat sharoitlari amaldagi mehnatni muhofaza qilish qoidalari, mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq tashkil etilishi, shuningdek, vaxta obyektiga yoki shaharchasiga yetib kelgan xodimlar mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlardan o‘tishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xodimlar tashkilot joylashgan joydan yoki ish beruvchi tomonidan belgilangan yig‘ilish punktidan vaxta obyektiga transport vositalari orqali yetkaziladi va qaytib olib kelinadi. Bunda tashkilotga tegishli yoki shartnoma asosida jalb etilgan transport vositalaridan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xodimlar obyektda bo‘lgan vaqtda maxsus tashkil etilgan vaxta shaharchalari yoki boshqa ish beruvchi hisobidan moliyalashtiriladigan turar joy binolarida, yotoqxona, mehmonxona va boshqa turar joylarda yashashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xodimlarning turar joylari kerakli jihozlar va maishiy texnikalar bilan ta’minlangan, tibbiy va maishiy xizmat ko‘rsatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur obyektlarda texnik va maishiy xizmatlar tegishli smena xodimlari tomonidan ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning maxsus moslashtirilmagan sanitariya-maishiy yoki boshqa binolarga joylashtirilishi qat’iyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vaxta shaharchalarini saqlash, shaharchada yashayotgan xodimlarga maishiy xizmat ko‘rsatish, ular bilan madaniy-ommaviy ishlarni tashkil etish balansida vaxta shaharchasi bo‘lgan tashkilot ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasiga yuklanadi. Ushbu tashkilotlar ma’muriyati tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishgan holda, vaxta shaharchasida barcha yashovchilarga xizmat ko‘rsatishning ichki tartibi tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vaxta shaharchasi hudud sharoitlariga bog‘liq ravishda namunaviy yoki yakka tartibdagi loyiha bo‘yicha qurilib, ushbu loyihada ijtimoiy-maishiy soha obyektlari, elektr, suv, issiqlik ta’minoti, aloqa vositalari, kirish yo‘llari va uchish-qo‘nish polosasi (texnik zarurat mavjud bo‘lsa), vaxta xodimlarini yetkazib kelish usuli, shuningdek, shaharchani qurish va uning faoliyatini ta’minlash xarajatlarining smetasi ko‘zda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, loyihada shaharchada ishlayotgan va istiqomat qilayotgan xodimlar ovqatlanishi, dam olishi va ularning ishdan bo‘sh vaqtini tegishli tarzda tashkil qilish, ularga tibbiy, savdo-maishiy va madaniy xizmat ko‘rsatish masalalari ham hal qilinadi. Vaxta shaharchasi joylashuvini tanlashda xodimlarni vaxta shaharchasidagi yashash joylaridan ish joyigacha yetkazish va qaytib olib ketish vaqtini qisqartirish talabi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaxta shaharchasining loyihasi tegishli kasaba uyushmasi tashkilotlari, sanitariya-epidemiologiya xizmati va yong‘in nazorati organlari bilan kelishiladi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishi tugallangan vaxta shaharchasi qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vaxta usulida ishlaydigan xodimlarning vaxtalararo dam olish davrida vaxta shaharchasida yashashi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ish beruvchi tomonidan vaxta usulida ishlaydigan xodimlar transport, savdo-maishiy xizmatlar hamda kuniga uch mahal issiq ovqat bilan markazlashgan holda ta’minlanadi va ularning ovqatlanishi uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga javob beradigan sharoitlar yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish jarayonini to‘xtatib bo‘lmaydigan ish joylarida ovqatlanish uchun alohida sharoitlar yaratib berilishi lozim. Ishlab chiqarish jarayonini to‘xtatib bo‘lmaydigan holatlarda, ovqatlanish uchun xodimlar navbat bilan chiqishlari yoki texnologik jarayonning xususiyatidan kelib chiqib, boshqa xavfsiz sharoitlar yaratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mehnat va dam olish rejimi, ish vaqti hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vaxta usulidagi ishlarni tashkil etishda, odatda bir oy, bir chorak yoki boshqa uzoq muddatli, lekin 12 oydan ko‘p bo‘lmagan davr uchun jamlab hisob yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga olinadigan davr xodimning vaxtada bo‘lgan davridagi ish vaqti, ish beruvchining joylashgan joyidan yoki to‘planish joyidan ish bajariladigan joyga borish va qaytish chog‘ida yo‘lda bo‘lish, mazkur kalendar davrga to‘g‘ri keladigan dam olish vaqtini qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda hisobga olingan davr uchun har kungi ish vaqtining maksimal davomiyligi 12 soatdan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi vaxta usulida ishlaydigan har bir xodimning ish vaqti va dam olish vaqtini, oylar va butun hisobot davri uchun o‘sib boruvchi yakun bilan maxsus hisobni yuritib borishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda, ish vaqti va dam olish vaqtini belgilash uchun jadval ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadval xodimlarga vaxta usulida ishlash davri boshlanishidan 2 oydan kechiktirmagan holda yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadvalda quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobga olish davrining davomiyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni vaxtaga olib borish va u yerdan qaytarib olib kelish uchun zarur bo‘lgan vaqt. Ish joyiga borish va u yerdan qaytib kelish chog‘ida yo‘lda bo‘lish kunlari ish vaqtiga kiritilmaydi hamda vaxtalar o‘rtasidagi dam olish kunlariga to‘g‘ri kelishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning vaxtada bo‘lgan davrida har kunlik ishning davomiyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaxtada dam olish vaqti, ish kuni davomida dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus (agar kunlik ishning (smenaning) davomiyligi 8 soatdan oshsa, ikkita tanaffus), ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘ra bunday tanaffusning imkoni bo‘lmagan hollarda esa, ish vaqtida xodimlarning ovqatlanish vaqtini belgilash va tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har kunlik (smenalar o‘rtasidagi) dam olish va uning davomiyligi (dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusni hisobga olgan holda 12 soatdan kam bo‘lmasligi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaxta davrida haftalik dam olish kunlari (agar ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘ra buning imkoni bo‘lsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaxta oralig‘idagi dam olish vaqti (jadvalda nazarda tutilgan ish vaqti normasidan ortiq ishlaganlik uchun otgul (ortiqcha ishlangan vaqt uchun olingan dam olish kunlari) kunlari va bu davrga to‘g‘ri keladigan dam olish kunlari). Otgul kunlari (ortiqcha ishlangan vaqt uchun olingan dam olish kunlari) soni xodimning vaxtada bo‘lgan davrida jadvalga muvofiq ortiqcha ishlangan umumiy soatlar sonini ish kuni davomiyligining belgilangan normasiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaxtadagi ish jadvali doirasida to‘liq ish kuniga yetmaydigan ish vaqtining ortiqcha ishlangan soatlari kalendar yil mobaynida yig‘ilib borishi va to‘liq ish kunlarigacha jamlanib, keyinchalik vaxta oralig‘idagi qo‘shimcha dam olish kunlari berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga olingan davr yakunlanishidan oldin ishdan bo‘shagan xodimlar uchun ishdan bo‘shash sanasi ularning roziligi bilan vaxtalararo dam olish kunlari hisobga olingan holda ko‘rsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Noqulay mehnat sharoitlarida bajariladigan ishlar uchun ish vaqtining normasi qonunchilikda belgilangan tartibda qisqartirilgan ish vaqtidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga olingan davrda yoki vaxtada ish vaqti to‘liq bo‘lmaganda (mehnat ta’tili, kasallik tufayli ishga chiqmaslik va boshqalar), norma bo‘yicha belgilangan ish soatlaridan ishda bo‘lmagan kunlarga to‘g‘ri keladigan kalendar bo‘yicha ish soatlari ayirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Hisobga olish davrida xodim uchun jadvalda belgilangan ish vaqti davomiyligidan tashqari ishlash vaxta usulida ishlovchi shaxslar uchun ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Vaxta usulida ishlayotgan xodimlarga mehnat ta’tili vaxta smenasi oralig‘idagi dam olish vaqtida berilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Agar vaxta usulida ishlovchi shaxsning yillik mehnat ta’tilining tugashi vaxtalar oralig‘idagi dam olish kunlariga to‘g‘ri kelsa, unda ish beruvchi xodimning roziligi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaxta boshlanguniga qadar xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaxta boshlanguniga qadar xodimga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimni vaxtaning boshqa smenasiga o‘tkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Mehnatga haq to‘lash, imtiyozlar va kompensatsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Vaxta usulida ishlarni tashkil etishda xodimlarga mehnat haqi quyidagi tartibda to‘lanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishbay xodimlarga — bajarilgan ishlar hajmi bo‘yicha mehnat shartnomasida belgilangan narxlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtbay xodimlarga — amalda ishlab berilgan hamma soatlar uchun razryadlar bo‘yicha belgilangan tarif stavkalariga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Vaxta usulida ishlovchi shaxslar uchun vaxta davrida ishlarni bajarish joylarida bo‘lgan har bir kalendar kun uchun, shuningdek, ish beruvchining joylashgan joyidan (yig‘ilish punktidan) ish joyigacha borish va orqaga qaytish chog‘ida yo‘ldagi haqiqiy kunlar uchun sutkalik o‘rniga vaxta usulida ishlaganlik uchun ustama to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar xodimlariga vaxta davrida ishlarni bajarish joylarida bo‘lgan har bir kalendar kun uchun, shuningdek, ish beruvchining joylashgan joyidan (yig‘ilish punktidan) ish joyigacha borish va orqaga qaytish chog‘ida yo‘ldagi haqiqiy kunlar uchun bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan 0,1 koeffitsiyent miqdorida ustama to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur ustama xodimlarga har oyda ish haqi bilan birga hisoblab to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xodimning umumiy ish vaqtini hisobga olgan holda o‘rtacha ish haqi bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishda, bir soat uchun o‘rtacha ish haqining miqdori hisoblanadi. Buning uchun so‘nggi uch oy davomida ishlab berilgan barcha soatlar uchun hisoblangan ish haqi ushbu soatlar soniga bo‘linadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xodimlarni mukofotlash, ularga ustamalar to‘lash miqdori va tartibi jamoa shartnomasi, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishilgan holda, ish beruvchi tomonidan qabul qilingan ichki hujjat yoki mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Agar jamoa shartnomasida, ichki hujjatda yoki mehnat shartnomasida yuqoriroq haq to‘lash belgilanmagan bo‘lsa, vaxtadagi ish jadvali doirasidagi ish vaqtida ortiqcha ishlaganlik munosabati bilan har bir dam olish kuni (vaxtalar oralig‘idagi dam olish kuni) uchun kunlik tarif stavkasi, kunlik stavka (bir kunlik ish uchun maoshining bir qismi) miqdorida haq to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Hududida ish haqiga hududiy koeffitsiyentlar qo‘llaniladigan tumanlarda vaxta usulidagi ishlarni bajarayotgan barcha xodimlarning (shu jumladan, vaxta usulida ishlayotgan jamoalarga xizmat ko‘rsatayotgan savdo va umumiy ovqatlanish, aloqa, transport, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar xodimlari) ish haqiga nisbatan amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda tuman koeffitsiyentlari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Xodimlar ish joyiga o‘z vaqtida yetib kelmasa, vaxta usulidagi ishlarni bajarayotgan tashkilotlarning rahbarlari, kasaba uyushmalari qo‘mitalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda, yangi smena yetib kelguniga qadar xodimlarni jadvalda belgilangan ish vaqtidan ko‘proq vaqt ishlashga jalb etishi mumkin. Bunday holatlarda ish beruvchi vaxta xodimlarini eng qisqa muddatlarda obyektga yetkazib kelish bo‘yicha barcha choralarni qo‘llashi shart va ortiqcha ishlangan kunlar uchun jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan miqdorda haq to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tashkilot joylashgan joydan yotoqxonaga va orqaga qaytadigan yo‘lda o‘tadigan vaqtlar uchun, shuningdek, xodimlarning meteorologiya sharoitlariga ko‘ra va transport tashkilotlarining aybi bilan yo‘lda ushlanib qolingan vaqt uchun xodimga o‘tgan oy uchun hisoblangan ish haqi asosida aniqlanadigan o‘rtacha kunlik stavka miqdoridan kelib chiqqan holda kompensatsiya to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tibbiy yordamning tashkil etilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Vaxta usulida ishlashda ish beruvchi xodimlarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi va ularning tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida tashkilot joylashgan hududdagi sog‘liqni saqlash organlari bilan xodimlarni davolash-profilaktika muassasasiga biriktirish masalasini hal qiladi, xodimlarning tibbiy ko‘rik va tekshiruvlardan o‘z vaqtida va tartibli ravishda o‘tishlari uchun javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Balansida vaxta shaharchalari bo‘lgan tashkilotlar ma’muriyati tibbiyot muassasalari bilan birgalikda vaxta shaharchalari jamoalariga tibbiy yordam ko‘rsatilishini, shaharchalarni tibbiyot va farmatsevtika xodimlari, dori-darmon va tibbiy uskunalar bilan butlanishini tashkil qiladi va bemorlarning evakuatsiyasini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Vaxta usulida bajariladigan ishlarga yuborilayotgan shaxslar ishga kirayotganda, ish beruvchi ularning dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Vaxta shaharchasiga yoki obyektga yuborilishidan 2 — 4 kun oldin xodimlar tashkilot shifokori tomonidan yoki tashkilot joylashgan hududdagi davolash-profilaktika muassasasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak, tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayoni tashkilot ma’muriyati tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Hududida vaxta shaharchalari va obyektlari joylashgan sog‘liqni saqlash organlari va muassasalari umumiy qiymat hisobidan vaxtada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
feldsherlik punktlari (xodimlar soni 50 va undan ko‘proq bo‘lganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot punktlari (xodimlar soni 500 va undan ko‘proq bo‘lganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vrachlik punktlari (xodimlar soni 1500 dan ko‘proq bo‘lganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar soni 50 nafargacha bo‘lganda — vaxtaga kelib-ketish davriyligi tashkilot ma’muriyati bilan kelishiladigan tibbiy yordam brigadalarini tashkil qilgan holda, vaxtada ishlovchi xodimlarni tibbiy yordam bilan ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy yordam brigadalarining obyektlarga qatnashi tashkilotlar tomonidan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ishga qo‘yilayotgan xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bilan bog‘liq xarajatlar ish beruvchining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ushbu Namunaviy nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 09/23/287/0471-son)