26.06.2023 yildagi 263-son
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili va qo‘shimcha ta’tillar davomiyligi me’yorlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 501-moddasida pedagog xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tilining davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

T/r

Lavozimlar nomi

Yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili

(kalendar kunda)

I. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari

1. Umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari

1.

Direktor

42

2.

O‘qituvchi, o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog

56

3.

Tarbiyachi, tarbiyachi-metodist, musiqa rahbari, psixolog

42

4.

Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, xoreograf, suzish bo‘yicha yo‘riqchi, tarbiyachi yordamchisi

27

2. Jismoniy yoki psixik va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan hamda reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari

1.

Direktor

56

2.

O‘qituvchi, o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog

56

3.

Tarbiyachi, tarbiyachi-metodist, musiqa rahbari, eshitish xonasi yo‘riqchisi

56

4.

Psixolog

42

5.

Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, xoreograf, suzish bo‘yicha yo‘riqchi, tarbiyachi yordamchisi

27

II. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari

1. Boshlang‘ich, umumiy o‘rta ta’lim maktablar va maktab-internatlar, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, Respublika o‘quv-tarbiya muassasalari

1.

Direktor, ijrochi direktor, uning o‘rinbosarlari (ma’muriy-xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, xo‘jalik mudiridan tashqari), direktor maslahatchisi, maktab maslahatchisi

56

2.

O‘qituvchi, o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyachisi va katta tarbiyachisi

56

3.

Katta tarbiyachi, tarbiyachi, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi, tungi tarbiyachi, navbatchi tarbiyachi, tarbiyachi yordamchisi, psixolog, ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchi, eshitish xonasi yo‘riqchisi, to‘garak rahbari, musiqa rahbari, ta’lim ustasi

42

2. Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, Respublika olimpiya zaxiralari maktabi, Sport turlariga tayyorlash markazlari, Sport turlari bo‘yicha mahorat maktablari, Sport turlari bo‘yicha akademiyalar

1.

Direktor, uning o‘rinbosarlari

27

2.

O‘qituvchi, harbiy tayyorgarlik rahbari

56

3.

Trener, tarbiyachi, psixolog

42

3. “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi

1.

Direktor, uning o‘rinbosarlari, tarbiyachi yordamchisi

27

2.

Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish bo‘yicha pedagog xodimlar, maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish bo‘yicha tarbiyachi, defektolog, psixolog, musiqa rahbari

56

4. Mehribonlik uylari

1.

Direktor, uning o‘rinbosarlari

56

2.

O‘qituvchi-defektolog, o‘qituvchi-logoped, musiqa rahbari, katta tarbiyachi, tarbiyachi, jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchi, trener-yo‘riqchi, mehnat bo‘yicha yo‘riqchi, to‘garak rahbari

56

3.

Psixolog

42

4.

Jismoniy tarbiya bilan davolovchi yo‘riqchi, suzish bo‘yicha yo‘riqchi

27

III. Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari

1. Barkamol avlod bolalar maktablari, O‘quvchi yoshlar markazi

1.

Direktor, uning o‘rinbosarlari

27

2.

Uslubchi, to‘garak rahbarlari

42

3.

Tadbirlar tashkilotchisi

27

2. Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari, Bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxirasi sport maktablari, Ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Sport maktablari

1.

Direktor, uning o‘rinbosarlari

27

2.

Trener (trener-o‘qituvchi)

42

3.

Psixolog

42

4.

Yo‘riqchi-uslubchi, xoreograf, musiqiy operator — akkompaniator, seleksiya bo‘yicha trener

27

3. Bolalar musiqa va san’at maktablari

1.

Direktor, uning o‘rinbosarlari

27

2.

O‘qituvchi, konsertmeyster

56

IV. O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari

1.

Direktor, ijrochi direktor, direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshligi, uslubchi

27

2.

O‘qituvchi, chaqiriluvgacha tayyorgarlik rahbari, jismoniy tayyorgarlik rahbari, konsertmeyster

56

3.

Psixolog, tarbiyachi, to‘garak rahbari

42

V. Professional ta’lim tashkilotlari

1. Kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar

1.

Direktor, direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshlig‘i, katta usta, ustaxona mudiri, uslubchi

27

2.

O‘qituvchi, ishlab chiqarish ta’limi ustalari, chaqiriluvgacha tayyorgarlik rahbari, jismoniy tayyorgarlik rahbari, konsertmeyster, trener-o‘qituvchi

56

3.

Psixolog, tarbiyachi, to‘garak rahbari

42

2. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari

1.

Direktor, uning o‘rinbosarlari, instruktor-metodist

27

2.

O‘qituvchi, harbiy tayyorgarlik rahbari

56

3.

Trener, tarbiyachi, psixolog, sport psixologi

42

VI. Oliy ta’lim tashkilotlari

1.

Oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktor, ijrochi direktor), prorektorlari (o‘rinbosarlari), ilmiy kengashning ilmiy kotibi, oliy ta’lim muassasasi kengashi kotibi, o‘quv-uslubiy (boshqarma), ilmiy va ma’naviyat bo‘limi rahbari, uning o‘rinbosarlari, fakultet dekani va uning o‘rinbosarlari, tyutor, uslubchi

27

2.

Professor-o‘qituvchilar

56

3.

Tarbiyachi-pedagog, psixolog

42

VII. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlari

1.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasasi rahbari va uning o‘rinbosarlari, fakultet dekani va uning o‘rinbosarlari, o‘quv, ilmiy va ma’naviyat bo‘limi rahbari va uning o‘rinbosarlari, uslubchi, metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari fan metodistlari

27

2.

Professor-o‘qituvchilar

56

3.

Psixolog

42