19.06.2023 yildagi PQ-196-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini takomillashtirish, ruhiy holat buzilishlarini erta aniqlash, ularga tashxis qoʻyish, ruhiy holati buzilgan shaxslarni davolash sifatini oshirish, sohada samarali boshqaruv tizimini joriy etish, ilm-fanni rivojlantirish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish va psixiatriya muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholiga oʻz vaqtida psixiatriya yordami koʻrsatilishini tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sogʻliqni saqlash vazirligining aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisidagi quyidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan psixiatriya va narkologiya yordamini koʻrsatishning yagona vertikal boshqaruv tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi boʻgʻin tibbiyot muassasalariga ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmatlarini integratsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy holati buzilgan shaxslarni dori vositalari bilan ehtiyojga koʻra toʻliq taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, ayniqsa, bolalar va oʻsmir yoshlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, mutaxassislarni munosib ragʻbatlantirish va samarali mehnati uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixiatriya muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 1-iyuldan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini, amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) aylantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan psixiatrik, tibbiy-psixologik va narkologik yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyadi, ushbu yoʻnalishlarda yuqori texnologik moddiy baza va ilmiy maktabni shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy salomatlikni taʼminlash yoʻnalishidagi ishlarni sogʻliqni saqlashning barcha darajalarida muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hududlardagi ruhiy va narkologiya kasalliklari shifoxonalari va dispanserlari Markazning hududiy tashkiliy-metodik boʻlinmalari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalari tibbiyot oliy, professional va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining tegishli kafedralari uchun asosiy klinik baza sifatida faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2023-yil 1-avgustdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazining tuman (shahar) boʻlinmalari shtatlarini qisqartirish hisobidan — tibbiy psixolog;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statsionar oʻringa ega boʻlmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud boʻlgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida — suitsidolog;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statsionar oʻringa ega boʻlgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoxonalarida — amaldagi shtatlar doirasida qabul boʻlimi shifokori, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Birlamchi boʻgʻin tibbiyot muassasalarida 2023-yil yakuniga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining ruhiy holat buzilishlarida yordam koʻrsatish boʻyicha harakatlar dasturi amaliyotga joriy qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy holat buzilishini tibbiyotning birlamchi boʻgʻinining oʻzida erta aniqlash va davolash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi boʻgʻin tibbiyot muassasalari shifokorlari va boshqa tibbiyot xodimlarining ruhiy holati buzilgan shaxslarni klinik baholash, davolash va kuzatib borish boʻyicha koʻnikmalarini rivojlantirish va bilimlarini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda oʻquvchilarda oʻzini oʻzi boshqarish, murakkab hayotiy vaziyatlarni yengib oʻtish koʻnikmalarini shakllantirish, depressiya, xavotirli holatlar va suitsidlarning oldini olish boʻyicha maxsus ijtimoiy-emotsional oʻquv soatlarini (Social Emotional Learning, SEL) umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maktab dasturidagi mavjud fanlar va darsdan tashqari jarayonlar doirasida yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-sentabrdan boshlab tibbiyot xodimlarini “psixiatriya”, “sud psixiatriyasi”, “tibbiy psixologiya” va “narkologiya” yoʻnalishlari boʻyicha qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish xarajatlari Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab “Psixiatriya”, “Tibbiy psixologiya” va “Narkologiya” klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga qabul faqat davlat granti asosida umumiy qabul parametrlari doirasida amalga oshiriladi hamda qabul koʻrsatkichlari ushbu mutaxassisliklarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojni oʻrganish asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi 2023-2024-yillarda Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kamida 40 nafar soha mutaxassislarini nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari hamda markazlariga malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2023-yil 1-iyuldan boshlab tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida faoliyat yuritayotgan psixiatr hamda psixiatriya davolash muassasalarida faoliyat yuritayotgan psixiatr, tibbiy psixolog, psixoterapevt hamda suitsidologlarning lavozim maoshiga ustama miqdori 25 foizdan 50 foizga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ambulatoriya sharoitida davolanish uchun ruhiy holati buzilgan shaxslarni imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlashga 2023-yilda qoʻshimcha 10 milliard soʻm mablagʻ ajratsin, 2024-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga asosan zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni 2023-yilda sogʻliqni saqlash bilan bogʻliq boshqa tadbirlar uchun xarajatlarga koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan hamda 2024-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-2024-yillarda aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-2024-yillarda psixiatriya muassasalarini tibbiy uskunalar bilan jihozlash dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarning ruhiy salomatligini mustahkamlash va bolalar psixonevrologik xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari uchun zarur tashxislash va neyroreabilitatsiya asbob-uskunalarining namunaviy roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sogʻliqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.Sh. Inoyatov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari L.N. Tuychiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 19-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-196-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PQ-196-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-2024-yillarda aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOMPLEKS CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mablagʻ

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Ruhiy salomatlikni muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Markazning ustavi va tuzilmasini tasdiqlash.

Bunda:

hududlardagi ruhiy kasalliklar shifoxonalari va dispanserlari hamda narkologiya dispanserlarining bosh shifokorlarini Markaz direktori hamda sogʻliqni saqlash vaziri bilan kelishilgan holda tayinlash tartibini;

Markaz direktoriga, zarur hollarda, tasdiqlangan tuzilmaga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqini berishni nazarda tutish.

2023-yil 1-sentabr

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov)

2. Markaz va uning hududiy boʻlinmalari uchun yangilangan shtat normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil 1-sentabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Musayev)

3. Markaz tizimidagi psixiatriya va narkologiya xizmatlarining tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov)

Bunda, amaldagi psixiatriya va narkologiya xizmatlarining tashkiliy tuzilmalarini qayta koʻrib chiqish.

4. Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Markaz, ruhiy va narkologik kasalliklar shifoxonalari va dispanserlariga xorijiy malakali mutaxassislarni ishga jalb qilish.

2023-2024-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov)

2.

Psixiatriya yoʻnalishida faoliyat yurituvchi ayrim mutaxassislarning vazifalarini aniq chegaralash.

Tibbiy psixolog, psixoterapevt, psixiatr, suitsidolog va bolalar psixonevrologi vazifalarini qayta koʻrib chiqish hamda ularning funksional vazifalarini, majburiyatlarini va javobgarligini aniq belgilash.

2023-yil 1-oktabr

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Musayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

3.

Markazning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadigan tuzilmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy xarajatlarini 2023-yildan boshlab Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-maydagi “Davlat ilmiy tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 326-son qaroriga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-sentabr

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

II. Ruhiy holat buzilishlarining oldini olish, barvaqt tashxis qoʻyish va davolash choralarini takomillashtirish

4.

Psixiatriya yoʻnalishi boʻyicha davolash standartlari va klinik bayonnomalarini qayta koʻrib chiqish.

Davolash standartlari va klinik bayonnomalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2023-2024-yillar

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov)

5.

Davlat tibbiyot muassasalarini, shu jumladan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini ruhiy holati buzilgan shaxslarni davolash uchun dori vositalari bilan ehtiyojga koʻra toʻliq taʼminlash.

1. Dori vositalariga boʻlgan ehtiyojni toʻliq oʻrganib chiqish.

2023-yil

10 mlrd soʻm

Sogʻliqni saqlash bilan bogʻliq boshqa tadbirlar uchun xarajatlarga koʻzda tutilgan mablagʻlar,

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev)

2. Oʻrganish yakunlari boʻyicha muhtoj bemorlarni belgilangan tartibda dori vositalari bilan taʼminlash.

2024-yildan boshlab

Hisob-kitoblarga asosan

6.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining ruhiy holat buzilishlari va nevrologik buzilishlar, shuningdek, psixofaol moddalarni isteʼmol qilish bilan bogʻliq buzilishlarda yordam koʻrsatish boʻyicha harakatlar dasturini (Mental Nealth Gap Action Programme) amalga oshirish.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari shifokorlarining ruhiy holat buzilishlari boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish.

1. Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda ixtisoslashtirilmagan sogʻliqni saqlash muassasalarida MNGap dasturini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash.

2023-yil yakuniga qadar

-

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

2. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari shifokorlari va boshqa tibbiyot xodimlari uchun ruhiy holat buzilishlarining oldini olish, ularni erta aniqlash va davolash boʻyicha qoʻllanma tayyorlash.

2023-yil 1-noyabr

3. Ruhiy yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish, seminarlar, treninglar va mahorat darslarini oʻtkazish.

2023-2024-yillar

4. Ruhiy salomatlikni muhofaza qilish boʻyicha Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Umumevropa koalitsiyasi faoliyatida faol qatnashish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro tajribani oʻrganish asosida sohani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2023-2024-yillar

7.

Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilishni kuchaytirish.

2023-yilga moʻljallangan oʻzini oʻzi jarohatlash va oʻz joniga qasd qilishning oldini olish boʻyicha koʻp tarmoqli (idoralararo) chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish.

2023-yil yakuniga qadar

-

-

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Musayev),

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

(Ikramov),

Ichki ishlar vazirligi

(Bobojonov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(Umarova),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Abduraxmonov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlar

Ish joyida ruhiy buzilishlarning oldini olish maqsadida xodimlarga yaratilgan mehnat sharoitlarini nazorat qilishni kuchaytirish.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi

(Rafikov)

Nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash dasturlari doirasida nuroniylarning ruhiy salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi

(Turdiyev)

8.

Markaz va uning hududiy boʻlinmalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish.

Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan psixiatriya yordamining kafolatlangan hajmlari roʻyxatini tasdiqlash.

Markaz va uning hududiy boʻlinmalarida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiga kiritilmagan tibbiy xizmatlarni pullik asosda koʻrsatishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2023-yil yakuniga qadar

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev)

9.

Markaz huzurida Ruhiy salomatlikni muhofaza qilish masalalari boʻyichajamoatchilik kengashi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda boshqa idoralar tizimida faoliyat yurituvchi psixologlar, ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat Ruhiy salomatlikni muhofaza qilish masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashining tarkibini shakllantirish va nizomini tasdiqlash.

Bunda, mazkur kengashda psixiatriya, suitsidologiya, psixoterapiya va psixologiya sohalaridagi muammoli masalalarni muhokama qilish, psixologlar faoliyatini samarali tashkil etishga koʻmaklashish, ruhiy kasalliklarning oldini olish va bemorlarni reabilitatsiya qilish boʻyicha zamonaviy texnologiyalar va usullarni amaliyotga tatbiq etishga alohida eʼtibor qaratish.

2023-yil 1-oktabr

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Markazning nodavlat notijorat tashkilotlar bilan ham�orligini kuchaytirish.

Ruhiy salomatlikni muhofaza qilish sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilish, ruhiy holat buzilishlarini davolash standartlari va klinik bayonnomalarini ishlab chiqish, ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlanmalarni yaratish, ilmiy anjuman va seminarlarni tashkil qilish kabi yoʻnalishlarda Oʻzbekiston psixiatrlar assotsiatsiyasi va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2023-2024-yillar

-

-

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Psixiatriya va narkologiya muassasalari faoliyatini raqamlashtirishni jadallashtirish.

1. Dispanser kuzatuvida turgan ruhiy holati buzilgan shaxslarning yagona elektron reyestrini takomillashtirish.

2. Markaz va uning hududiy boʻlinmalari oʻrtasida elektron hujjatlar almashinuvi, telemeditsina va videokonsultatsiyani yoʻlga qoʻyish.

3. Masofaviy psixiatriya yordamini keng joriy etish.

4. Tibbiy hujjatlarni elektron shaklda yuritishni yoʻlga qoʻyish.

2023-2024-yillar

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Fazilkarimov),

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

12.

Ruhiy holat buzilishlari, ularning boshlangʻich alomatlari hamda oʻz vaqtida davolamaslik oqibatlari toʻgʻrisida aholining xabardorlik darajasini oshirish.

Ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, bosma va internet nashrlari) orqali keng targʻibot ishlarini olib borish.

Ruhiy salomatlik masalalarida aholi xabardorligi va savodxonligini oshirish dasturini ishlab chiqib, keng joriy etish hamda aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish.

2023-2024-yillar

(media-reja asosida)

-

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar,

ijrochilarning mablagʻlari va boshqa manbalar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Musayev),

Yoshlar siyosati

va sport vazirligi

(Ikramov),

Ichki ishlar vazirligi

(Bobojonov),

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(Xadjayev),

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

(Koʻchimov),

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Psixiatriya xizmatini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash, sohada ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish

13.

Oilaviy shifokorlarning psixiatriya yoʻnalishidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish.

Oilaviy shifokorlar uchun ularning oʻz hududidagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining psixiatriya kafedralarida qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil qilish.

2023-2024-yillar

(reja-jadval asosida)

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Abdurahmonov),

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

14.

Psixiatriya va narkologiya yoʻnalishidagi kadrlarni qayta tayyorlash ishlarini jadallashtirish.

Psixiatriya, sud psixiatriyasi, narkologiya, suitsidologiya, tibbiy psixologiya va psixoterapiyayoʻnalishidagi tor doiradagi mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash va mutaxassislarni qayta tayyorlashkurslarida oʻqitishni tashkil etish.

2023-2024-yillar

-

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

15.

Psixiatriya muassasalari mutaxassislarini malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun chet davlatlarga yuborish.

Markaz va uning hududiy boʻlinmalarining kamida 40 nafar xodimini nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlariga malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborish, shuningdek, tajribali xorijiy mutaxassislarni Markazga jalb etish, ular ishtirokida mahorat darslari, vebinarlar oʻtkazish.

2023-2024-yillar

-

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

16.

Ruhiy kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qoʻyish va davolashning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish.

Ruhiy kasalliklarni erta aniqlash, tashxis qoʻyish hamda davolash va bemorlarni reabilitatsiya qilish borasidagi dolzarb muammolarni tadqiq qilish boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.

Bunda, quyidagilarga alohida eʼtibor qaratish:

psixiatriya, psixoterapiya va tibbiy psixologiya boʻyicha dalillarga asoslangan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;

sud-psixiatriya va sud-psixologiya ekspertizalarini oʻtkazishning dolzarb masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;

psixotik boʻlmagan ruhiy va psixosomatik kasalliklarga chalingan bemorlarni davolashda psixoterapiya, psixofarmakoterapiya, fizioterapiya va boshqa zamonaviy usullarni qoʻllash;

yuqori sifatli psixiatriya, psixoterapiya yordamini koʻrsatishga doir ilgʻor texnologiyalar va usullarni hamda yangi dori vositalarini oʻrganish va amaliyotga joriy etish.

2023-2024-yillar

-

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar,

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Abdurahmonov),

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

17.

Psixiatriya sohasida ilmiy maktablarni rivojlantirish.

Bolalar va kattalarning ruhiy salomatligini muhofaza qilishga katta hissa qoʻshgan, oʻzining yutuqlari bilan koʻpchilik orasida hurmat qozongan fidoyi olimlarning ilmiy-amaliy maktabini yaratish va respublika boʻyicha keng targʻib etish, sohaga kirib kelayotgan yosh xodimlarga keng yoʻl ochib berish, “ustoz-shogird” anʼanalarini davom ettirish choralarini koʻrish.

2023-2024-yillar

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

18.

Psixiatriya sohasida faoliyat yuritayotgan kadrlarning ilmiy salohiyatini bosqichma-bosqich oshirish.

4 nafar PhD (falsafa doktori) va 2 nafar DSc (fan doktori) ilmiy darajasiga ega mutaxassislarni tayyorlash.

2023-2024-yillar

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

19.

Psixiatriya sohasida taʼlim, ilm-fan va tibbiy amaliyotning oʻzaro integratsiyasini kuchaytirish.

1. Markaz, hududlardagi ruhiy va narkologik kasalliklar shifoxonalari va dispanserlarida tibbiyot oliy, professional va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari, tibbiyot fakultetlari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining tegishli kafedralariga asosiy klinik baza sifatida faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratish.

2. Tegishli kafedra mudirlari hamda professor-oʻqituvchilarini psixiatriya va narkologiya muassasalarining davolash boʻlimlari mudirlariga maslahatchi sifatida biriktirish va oʻquv jarayonining amaliyot bilan integratsiyasini taʼminlash.

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, tibbiyot oliy taʼlim muassasalari,

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

20.

Markazda ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Markaz uchun xarid qilinadigan uskunalar boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish va belgilangan tartibda xarid qilish.

2023-yil yakuniga qadar

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev)

IV. Davlat psixiatriya tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

21.

Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida bemorlarning davolanishi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish.

1. Moliyaviy manbalarni aniq belgilagan holda Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi hududida qurilish-taʼmirlash ishlari toʻliq yakunlanishini taʼminlash.

2023-yil yakuniga qadar

Hisob-kitoblarga asosan

-

Toshkent shahri hokimligi

(Umurzakov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev)

2. Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasining qurilishi yakunlangan davolash boʻlimlari uchun qoʻshimcha ajratiladigan 120 ta oʻrinning 60 tasini Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari, qolgan qismini pullik xizmatlardan tushadigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirishni yoʻlga qoʻyish.

2024-yildan boshlab

Mahalliy budjet mablagʻlari

22.

Markazda ilmiy laboratoriya va kafedralar uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish.

2024-yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hududida joylashgan binolarni taʼmirlash hamda ikki qavatli binoni rekonstruksiya qilishni belgilangan tartibda kiritish choralarini koʻrish.

Bunda, ikki qavatli binoda maʼmuriy-boshqaruv boʻlimlar bilan bir qatorda ilmiy laboratoriyalar va tibbiy taʼlim muassasalari kafedralarini joylashtirishni nazarda tutish.

2023-yil 20-noyabrgacha

Hisob-kitoblarga asosan

Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy

va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Boboyev),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Fazilkarimov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zakirov)

23.

Respublika klinik ruhiy shifoxonasi uchun qoʻshimcha bino barpo etish hamda mavjud binolarda qurilish va taʼmirlash ishlarini olib borish.

2024-yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga Respublika klinik ruhiy shifoxonasi uchun qoʻshimcha bino barpo etish hamda mavjud binolarda qurilish va taʼmirlash ishlarini olib borishni belgilangan tartibda kiritish choralarini koʻrish.

Bunda, qoʻshimcha binoda 200 ta qatnovga moʻljallangan ambulator xizmat va 40 ta oʻrin-joyga ega statsionarni joylashtirishni nazarda tutish.

2023-yil 20-noyabrgacha

Hisob-kitoblarga asosan

Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Boboyev),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Fazilkarimov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zakirov)

24.

Psixiatriya muassasalarida qurilish va taʼmirlash ishlarini jadallashtirish.

Tegishli hokimliklar bilan birgalikda psixiatriya muassasalarining bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarini har yilgi Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga belgilangan tartibda kiritish choralarini koʻrish.

Har yili 20-noyabrgacha

Hisob-kitoblarga asosan

Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Fazilkarimov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Boboyev),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zakirov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

25.

Psixiatriya muassasalarini zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash.

1. Markaz va uning hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini xatlovdan oʻtkazish.

2023-yil

10 mlrd soʻm

Sogʻliqni saqlash bilan bogʻliq boshqa tadbirlar uchun xarajatlarga koʻzda tutilgan mablagʻlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Markaz va uning hududiy boʻlinmalarini zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlash.

2024-yil

13,6 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

V. Ruhiy salomatlikni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

26.

Yetakchi xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikni mustahkamlash.

1. Nufuzli xorijiy ilmiy markazlar va tibbiyot tashkilotlari bilan hamkorlik memorandumlarini tuzish.

2. Doimiy asosda oʻzaro tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish.

2023-2024-yillar

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PQ-196-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-2024-yillarda psixiatriya muassasalarini tibbiy uskunalar bilan jihozlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tibbiy uskunalar nomi

Soni

1.

Ultratovush tizimi, rangli dopler bilan

21

2.

Raqamli EEG tizimi

19

3.

Raqamli rentgen uskunasi

14

4.

EKG uskunasi

9

5.

MRT uskunasi

1

6.

Gematologik analizator

6

7.

Bioximik analizator

7

8.

Siydik tahlili analizatori

15

9.

Binokulyar mikroskop

9

10.

Laborator sentrifuga

7

11.

Bir kanalli koagulometr

16

12.

Immunoferment analizatori

13

13.

Suv tozalash tizimi

15

14.

Oʻpkani sunʼiy nafas oldirish apparati

4

15.

Monitor

4

16.

Defibrillyator

4

17.

Elektrtalvasa apparati

4

18.

UYUCH terapiya apparati

19

19.

Ultratovush ingalyatori

22

20.

Magnitoterapiya uskunasi

24

21.

Darsonval

30

22.

Mahalliy dorili elektroforez uchun galvanoterapiya apparati

17

23.

Elektroson

36

24.

Past chastotali impuls terapiya apparati

23

25.

Ultratovushli terapiya apparati

20

26.

Transkranial magnitli terapiya apparati

6

Jami:

365

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ushbu uskunalar psixiatriya muassasalariga Sogʻliqni saqlash vazirligining taqsimotiga asosan yetkaziladi. Uskunalarning narxi tender natijalari boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uskunalar xaridi uchun 2023-yilda sogʻliqni saqlash bilan bogʻliq boshqa tadbirlarga rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan 10 mlrd soʻm, 2024-yilda Sogʻliqni saqlash vazirligi uchun Davlat budjeti parametrlari doirasida ajratiladigan 13,6 mlrd soʻm koʻzda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PQ-196-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarning ruhiy salomatligini mustahkamlash va bolalar psixonevrologik xizmatini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

1.

Ilgʻor xalqaro tajribaga asoslangan holda hamda zamonaviy talablardan kelib chiqib, bolalar nevrologik kasalliklarini davolash va tashxislash standartlarini tasdiqlash va barcha hududlarda amaliyotga keng tatbiq qilish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yildan boshlab

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov)

2.

Nevrologik kasalliklarni davolashda statsionar va ambulator reabilitatsiya oʻtkazish uchun bemorlarni yoʻnaltirish boʻyicha koʻrsatmalar ishlab chiqish va tasdiqlash.

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi

2023-yil 1-sentabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov)

3.

1. Bolalar psixonevrologi, bolalar reabilitologi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini takomillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-oktabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov)

2. Ilmiy izlanishlar bilan shugʻullanayotgan mutaxassislar faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida ularni nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlariga malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborish.

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi

2023-2024-yillar

(reja-jadval asosida)

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari

4.

1. Toshkent shahri Yashnobod tumani 30-son oilaviy poliklinikada tajriba-sinov loyihasi tariqasida nevrologik kasallik tufayli harakatlanishi buzilgan bolalarga uy reabilitatsiyasini tashkillashtirish va ularni jamiyatga moslashtirish tajribasini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil yakuniga qadar

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Toshkent shahri hokimligi

(Umurzakov)

2. Tajriba-sinov yakunlari va natijalari boʻyicha amaliy seminarlar tashkil qilish.

2023-yil yakuniga qadar

5.

Quyidagi masalalarni nazarda tutuvchi amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish:

nevrologik kasallik tufayli harakatlanishi buzilgan bolalarga uy reabilitatsiyasini tashkillashtirish va ularni jamiyatga moslashtirish;

hududiy tibbiyot muassasalarida nevrologik kasallik tufayli harakatlanishi buzilgan bolalarga uy reabilitatsiyasi ehtiyojini aniqlash;

ehtiyoj aniqlangan nogironligi boʻlgan bolalarni Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan belgilangan tartibda reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil yakuniga qadar

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Musayev)

6.

Har bir hudud uchun tahlil asosida “Bolalar nevrologiyasi” va “Bolalar neyroreabilitologiyasi” mutaxassisligi boʻyicha ixtisoslashtirish kurslarida oʻqitish yoʻli bilan kadrlarni tayyorlash.

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi

2023-2024-yillar

(reja-jadval asosida)

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov)

7.

1. Nevrologik kasalliklarga chalingan bolalarning harakat funksiyalarini tiklash hamda bolalar orasida nogironlik koʻrsatkichini pasaytirish maqsadida tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari bolalar boʻlimlarida “Erta aralashuv xonasi”ni tashkil qilish.

2. “Erta aralashuv xonasi”ni zamonaviy reabilitatsiya tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil yakuniga qadar

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida 5 mlrd soʻm

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov)

8.

Tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari bolalar boʻlimlaridagi “Erta aralashuv xonasi” hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlaridagi reabilitatsiya boʻlimida nevrologik kasalliklarga chalingan bolalarning tibbiy reabilitatsiyasini tashkil qilish tartibini tasdiqlash.

Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi

2023-yil 1-avgust

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Inoyatov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PQ-196-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari uchun zarur tashxislash va neyroreabilitatsiya asbob-uskunalarining namunaviy roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Asbob-uskunaning nomi

Oʻlchov birligi

Soni

I. Tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari bolalar boʻlimlaridagi “Erta aralashuv xonasi” uchun

1.

Uqalash uchun kushetka

dona

1

2.

Shvetsiya devorchasi

dona

1

3.

Vertikalizator (yoshi kichik bolalar uchun)

dona

1

4.

Reabilitatsion (ortopedik) stul

dona

1

5.

Yurish moslamasi (xodunok)

dona

1

6.

Emaklash uchun maxsus moslama

dona

1

7.

Sensorli yoʻlak

dona

1

8.

Sensorli koptok (fitbol)

dona

2

9.

Yumshoq modullar toʻplami (valiklar va boshqalar)

toʻplam

1

10.

Gimnastika tayoqchalari

dona

4

II. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari hamda Toshkent shahar 3-son bolalar shifoxonasi reabilitatsiya boʻlimi uchun

Reabilitatsiya zali

11.

Uqalash uchun kushetka

dona

3

12.

Shvetsiya devorchasi

dona

2

13.

Vertikalizatorlar (yoshi va boʻyiga mos)

dona

3

14.

Reabilitatsion (ortopedik) stul

dona

1

15.

Yurish moslamasi (xodunki) (yoshi va boʻyiga mos)

dona

4

16.

Emaklash uchun maxsus moslama

dona

2

17.

Sensorli yoʻlak

dona

1

18.

Yumshoq modullar toʻplami

toʻplami

1

19.

Velotrenajyor

dona

1

20.

Velokinez (qoʻl va oyoqni aktiv va passiv ishlatgich)

dona

1

21.

Fitbollar (koptoklar) har xil oʻlchamda

dona

4

22.

Gantellar, giryalar

toʻplam

4

23.

Gimnastik tayoqchalar

dona

10

24.

Yurishni tiklash trenajyori

dona

1

25.

Tebranish platformasi

dona

1

Gidroterapiya xonasi

26.

Toʻliq shoʻngʻish uchun vanna

dona

1

27.

Suv osti uqalashi uchun vanna

dona

1

28.

Oyoq-qoʻllar uchun vanna

dona

1

Fizioterapiya xonasi

29.

Transkranial magnitli stimulyatsiya apparati

dona

1

30.

Dasturli elektrostimulyatsiya apparati

dona

2

31.

Magnitoterapiya apparati

dona

1

32.

Elektroterapiya uchun koʻp faoliyatli fizioterapiya tizimi

dona

1

Logoped va psixolog xonasi

33.

Kushetka

dona

1

34.

Oynali stol

dona

1

35.

Sensorikani rivojlantirish burchagi (uycha, kubik, avtomobil)

toʻplam

1

36.

Shaklli taxtachalar (Segen doskasi)

dona

1

37.

Montessori oʻyinlari

toʻplam

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PQ-196-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilova quyidagi mazmundagi 9.7 va 9.8-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9.7. Tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatr lavozimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.8. Psixiatriya (psixonevrologiya) davolash muassasalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixiatr, tibbiy psixolog, psixoterapevt va suitsidolog lavozimlari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 696-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Respublika darajasidagi psixiatriya muassasalarida tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan ruhiy holati buzilgan shaxslarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish zarurati tugʻilganda, ular psixiatriya muassasalari tomonidan yoʻllanma asosida toʻgʻridan-toʻgʻri tegishli respublika darajasidagi tibbiyot tashkilotlariga yoʻnaltiriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 07/23/196/0402-son)