12.06.2023 yildagi PF-91-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda hunarmandchilikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xususan hunarmandlarni soliqqa tortish tizimini takomillashtirish, ularni zarur xomashyo va moliyaviy resurslar bilan uzluksiz ta’minlash, hunarmandchilik mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun infratuzilma yaratish va bozorlarni kengaytirish hamda aholini hunarmandchilikka keng jalb etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hunarmandchilik faoliyatining yo‘nalishlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hunarmand” uyushmasining ustuvor vazifasi etib hududlarda hunarmandchilik faoliyatining har bir yo‘nalishini alohida yondashuvlar asosida rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, ayniqsa, hunarmandchilikning yo‘qolib ketayotgan turlarini saqlab qolish va kelgusi avlodlarga yetkazish belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2023-yil 1-iyundan 2025-yil 1-yanvarga qadar “Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi” (keyingi o‘rinlarda — Milliy katalog) va “Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri”ga (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) kiritilgan hunarmandlar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kalendar yil davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning 100 million so‘mdan oshgan, biroq 1 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdori bo‘yicha aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar belgilarini milliy ro‘yxatdan o‘tkazish bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2023-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ajratilayotgan mablag‘larning kamida 70 foizi hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari va tijorat banklari bilan birgalikda mazkur bandda nazarda tutilgan mablag‘larning manzilli ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) etib qayta nomlansin va 2023-yil 15-iyundan boshlab hunarmandchilikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bir hafta muddatda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasidan hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga ajratiladigan subsidiyalar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘larni Jamg‘armaga yo‘naltirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kasanachilik asosida uy sharoitida ishlayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joyini moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi bo‘yicha subsidiya ajratish tartibi hunarmandchilik bilan shug‘ullanayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan ham tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat buyurtmachilariga xarid jarayoni ochiqligi va shaffofligini ta’minlagan holda hunarmandlar o‘rtasida eng yaxshi takliflarni tanlash natijalariga ko‘ra ular tomonidan ishlab chiqarilgan hunarmandchilik mahsulotlarini xarid qilishga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-228-sonli Farmoniga asosan 8-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 2023-yil 1-iyuldan boshlab davlat mulki bo‘lgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanish, shu jumladan hunarmandchilik mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun faqat Milliy katalog va Reyestrga kiritilgan hunarmandlarga elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartibi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ijaraga beriladigan davlat mulki bo‘lgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari (keyingi o‘rinlarda — madaniy meros obyektlari) ro‘yxati Madaniy meros agentligi tomonidan shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatga kiritilgan madaniy meros obyektlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi tomonidan elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy meros obyektlarini hunarmandlarga ijaraga berishda auksionga chiqariladigan boshlang‘ich narx amaldagi stavkaga nisbatan 50 foiz miqdorida belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy meros obyektlari hunarmandlarga besh yil muddatga ijaraga beriladi hamda ijara shartnomalari bo‘yicha majburiyatlar o‘z vaqtida va to‘liq bajarilgan taqdirda ijara muddati yana besh yil muddatga, qadimiy sulola davomchilari bo‘lgan kamida uchinchi avlod hunarmandlariga o‘n yil muddatga uzaytirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 2023-2024-yillarda hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar, festivallar va xalqaro konferensiyalar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki, 2023-yil 1-iyuldan boshlab xorijiy davlatlarda hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar, festivallar va konferensiyalarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hunarmandlar, shuningdek, nogironligi bo‘lgan hunarmandga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsning ishtirokini ta’minlash — “Hunarmand” uyushmasining mablag‘lari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy uslubdagi pavilonlar yaratish, hunarmandchilik mahsulotlari bo‘yicha targ‘ibot materiallarini tayyorlash va chop etish xarajatlari “Hunarmand” uyushmasining hisob-kitoblariga muvofiq, Jamg‘arma hisobidan qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hunarmand” uyushmasi har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yil uchun hunarmandlarning xorijiy davlatlarda hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar, festivallar va konferensiyalarda keng ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Toshkent shahar hokimligi “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda 2024-yil 1-martga qadar Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tutash hududda zaxiradagi yerlarning 0,3 gektar yer uchastkasida mahalliy budjet mablag‘larining orttirib bajarilgan qismi va qonunchilikda taqiqlanmagan mablag‘lar hisobidan namoyish zali, “Usta-shogird” maktabi va ustaxonani o‘z ichiga olgan Hunarmandlar maskani barpo etilishi va ushbu obyektdan har bir hunarmandga 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan joylar belgilangan tartibda ijaraga berilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 2023-2024-yillarda hududlarda hunarmandchilik yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va “Hunarmand” uyushmasi mazkur Farmonning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi “Hunarmand” uyushmasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish va ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 12-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-91-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-91-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hunarmandchilik faoliyatining yo‘nalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Faoliyat yo‘nalishlari*

Mahsulotlarning asosiy turlari

1.

Ganch o‘ymakorligi

Qandillar, devor shamdonlari, ko‘zgu, naqshlar, stalaktitlar, muqarnas (friz), karnizlar, ustunlar elementlari, panjaralar, haykalchalar, panno, shift va devor bezaklari va asoslari, ganchdan yasalgan arxitektura va qurilish elementlari, boshqa amaliy bezak mahsulotlari.

2.

Qo‘lda gilam to‘qish

Gilam va gilamchalar, paloslar, xurjunlar, kigiz buyumlar, sholchalar, joynamozlar, o‘tovlar, tabiiy toladan tayyorlangan buyumlar.

3.

Qo‘lda gazlamalar to‘qish

Atlas, beqasam, adras, tabiiy ipak, ip kalava, jun va sun’iy ipdan to‘qilgan gazlamalar.

4.

Tosh o‘ymakorligi

Toshdan tayyorlangan esdalik buyumlar, mayda plastikalar, qutichalar, yozuv anjomlari, shamdonlar, panno, relyeflar va kontrrelyeflar, barelyeflar, geraldika va ramzlar, toshni pardozlash yo‘li bilan tayyorlangan bezaklar va boshqa bezak buyumlar.

5.

Miniatyura, rang-tasvir, naqqoshlik va bo‘yoqli naqshlar tayyorlash

Lok miniatyurasi texnikasida tayyorlangan buyumlar: qutichalar, suratlar, devor, qog‘oz mato, teri, gazlama, papye-mashe, yog‘och, qovoq, karton, suyak va emaldagi naqshlar va rasmlar, miniatyura va tasviriy san’at asarlari, risolalar va boshqa hunarmandchilik buyumlari, muqovalash.

6.

Kandakorlik, miskarlik buyumlarini tayyorlash

Mis, latun, alyuminiydan yasalgan buyumlar (choynak, qumg‘on, lagan, guldon, shuningdek, bezash va amaliy maqsadlar uchun mo‘ljallagan boshqa buyumlar).

7.

Metalldan buyumlar yasash

Qo‘lda yasalgan metall buyumlar: eshiklar, naqshli darvozalar, panjaralar, deraza va eshik tutqichlari, ilgaklar, qo‘ng‘iroqlar, zanjirlar, shamdonlar, ketmonlar, teshalar, xaskash, panshaxalar, omochlar, barcha turdagi milliy qilich, xanjar va pichoqlar, ommaviy ishlab chiqariladigan metall buyumlar.

8.

Tunukadan buyumlar yasash

Qo‘lda yasalgan tunuka buyumlar: guldor va jimjimador tarnov va quvurlar, oshxona anjomlari (oshpichoq, kapkir, cho‘mich, chovli, elak, mantiqosqon va boshqalar), uy-ro‘zg‘or buyumlari (kiyim va parda ilgichlar, qo‘l yuvgich, tutqichlar, soyabonlar) va boshqalar.

9.

Milliy poyabzal tayyorlash

Qo‘lda va yakka tartibda tikilgan milliy poyabzallar, teridan mahsi va kovushlar, kirza va kigiz etiklar, sandallar, shippaklar, tuflilar.

10.

Milliy liboslar tayyorlash

Chopon, yaxtak, nimcha, bolalar choponlari, to‘y liboslari va boshqa milliy kiyimlar.

11.

Bosh kiyimlar tayyorlash

Telpak, salla, shuningdek, mo‘yna, qorako‘l teri, teri va qo‘lda ishlov berilgan materiallardan tikilgan boshqa bosh kiyimlar.

12.

Yog‘och o‘ymakorligi

Yog‘och o‘ymakorligi uslubida bajarilgan barcha amaliy bezak san’at turlari.

13.

Suyakka o‘yma naqsh solish

Esdalik sovg‘alari, mayda haykalchalar, netske, qutichalar, pichoq, qilich, xanjar soplari, suyakdan bezak bergan holda tayyorlangan boshqa amaliy bezak mahsulotlari.

14.

Gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar tayyorlash

Turli xil matolarga gul bosish usulida tayyorlangan buyumlar: batik, milliy ko‘rpa va ko‘rpachalar, yostiqlar, belbog‘lar, jiyaklar, sumkalar, tasmalar, bolalar kiyimlari va boshqa chokli hunarmandchilik buyumlari.

15.

Kashtachilik

Kashtachilik va to‘qilgan buyumlar, shuningdek, qo‘lda tayyorlangan bosh kiyimlar qismlari (kashta mashina yordamida ham tayyorlanishi mumkin).

16.

Zardo‘zlik buyumlari

Metall iplardan foydalangan holda zardo‘zlik uslubida tayyorlangan barcha hunarmandchilik mahsulotlari.

17.

Musiqa asboblarini tayyorlash

Ishlab chiqarishdan tashqari usulda tayyorlangan barcha turdagi milliy musiqa asboblari.

18.

Chinni, fayans va sopol buyumlari tayyorlash

Chinni, fayans va sopoldan tayyorlangan amaliy bezak san’atining barcha turlari, arxitektura-bezak elementlari, chinni, fayans va sopol buyumlarini naqsh va trafaret bilan bezash, loydan tayyorlangan uy va oshxona buyumlari, tandirlar.

19.

Qimmatbaho metalldan zargarlik buyumlarini yasash

Qonunchilikka muvofiq tamg‘alanishi shart bo‘lgan probali oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallardan ijodiy, mualliflik va milliy uslubda yasalgan buyumlar.

20.

O‘yinchoqlar tayyorlash

Yog‘och, metall, gips, mato, sopol va boshqa materiallardan ishlab chiqarishdan tashqari sharoitda yasalgan o‘yinchoqlar.

21.

Mayda haykaltaroshlik buyumlarini tayyorlash

Tabiiy va sun’iy materiallar (gips, shamot, mis, bronza, alyuminiy, suyak, yog‘och, tosh, sopol, chinni, fayans, va boshqalar)dan yasalgan barcha turdagi haykaltaroshlik buyumlari.

22.

Charm mahsulotlarini tayyorlash

Egar-jabduq anjomlari, shu jumladan ular uchun arqon, belbog‘, qayish anjomlar, tabiiy va sun’iy charmdan tayyorlangan milliy nimcha va bosh kiyimlar, charmdan tayyorlangan esdalik buyumlari.

23.

Mualliflik mebellarini tayyorlash

Amaliy bezak san’ati predmetlariga kiradigan mebel (to‘plamlari va alohida qismlari).

24.

Yog‘ochdan xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini tayyorlash

Oshxona anjomlari (o‘qlov, tuzdon, non quti, juva, keli, oshtaxta, chakich), yog‘och, faner va laminatdan tayyorlangan turli hunarmandchilik mahsulotlari, belanchaklar, bolalar aravachasi, beshik va uning anjomlari, turli xontaxtalar, sandiq, javon, eshik, rom, bezakli reykalar, surat uchun romlar (baget), tokarlik uskunasidan tayyorlangan har xil shaklli hunarmandchilik mahsulotlari, yog‘och shaxmat taxtasi va donasi, panno, yog‘ochdan qo‘lda va kichik mexanizatsiya vositalari yordamida yasalgan boshqa buyumlar.

25.

Pechka va kaminlar yasash

Pechkalar, kaminlar, shu jumladan ular uchun havo so‘rish qurilmalari.

26.

Novdalardan buyumlar to‘qish

O‘simlik novdalaridan to‘qilgan buyumlar (qamish, tol, poxol, tok novdalari va boshqa har xil daraxt novdalari).

27.

Mozayka ishlari

Devor va shift mozaykalari, tabiiy va sun’iy materialdan mozayka pannolari tayyorlash.

28.

Ko‘zgu tayyorlash

Ko‘zgu va ko‘zgu sirtlari tayyorlash.

29.

Shisha puflash ishlari

Badiiy puflash asosida ishlangan bra, mayda plastiklar, esdalik buyumlari, taqinchoqlar.

30.

Hajmli va shaklli qoliplarda quyilgan buyumlar tayyorlash

Tabiiy va sun’iy materiallardan quyma uslubda ishlangan buyumlar, shuningdek, (murakkab mexanizm va mashinalardan foydalanmagan holda) mis, bronza, cho‘yan, alyuminiydan qo‘lda quyma uslubda ishlangan mahsulotlar.

31.

Soatsozlik

Devorga osiladigan eksklyuziv, polda turadigan, kamin va qo‘l soatlari tayyorlash, soat mexanizmlarini ta’mirlash.

32.

Emallash ishlari

Emal qoplamali buyumlarni tayyorlash, emal qoplamalarini ta’mirlash va tiklash.

33.

Esdalik buyumlarini tayyorlash

Turli tabiiy va sun’iy materiallardan har xil rangda tayyorlangan esdalik va sovg‘a buyumlari, kamar, nishonlar, tasbeh, guldastalar, floristika, ikebana va boshqa buyumlar.

34.

Oddiy metallardan milliy uslubda taqinchoqlar yasash

Oddiy metallardan milliy uslubda tayyorlangan barcha taqinchoqlar (tumorlar, ziraklar, zebigardon, bilaguzuk, uzuk, tillaqosh va boshqalar).

35.

Ot anjomlarini tayyorlash

Uzangi, taqa, nuqta, qamchi, egar-jabduq va boshqa mahsulotlar tayyorlash.

36.

Xattotlik

Xattotlik uslubida tayyorlangan qo‘lyozmalar, kitoblar, miniatyura va tasviriy san’at asarlari, risolalar va boshqa hunarmandchilik buyumlari yaratish.

37.

Qadimiy qo‘lyozmalarni restavratsiya qilish

Qadimiy yozma manbalarni konservatsiya va restavratsiya qilish, muqovalash.

38.

Makrame va qo‘lda to‘qilgan buyumlar tayyorlash

Makrame, patli ro‘mollar, spitsalarda to‘qilgan buyumlar.

39.

An’anaviy do‘ppichilik

Hududlarga xos gul va naqshlarda milliy uslubda tayyorlangan do‘ppi va bosh kiyimlar.

40.

Zamonaviy san’at asarlari yaratish

Chiqindi va qayta ishlangan xomashyolardan foydalanib dekorativ, noan’anaviy asarlar yaratish.

41.

Devorga bezak berish

Devorga milliy va zamonaviy uslubda bezak berish, barelyef.

42.

An’anaviy dizaynerlik xizmatlarini ko‘rsatish

Milliy kiyimlar, to‘y va marosimlarda ishlatiladigan sarpo idishlar, har xil o‘lcham va ko‘rinishdagi jomadonlar.

43.

Quroqchilik usulida tikish

Ko‘rpa, yopinchiq, panno, yostiq jildlar tayyorlash

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: hunarmandlar mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-91-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladigan subsidiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari

Tuman va shaharlar

1-toifa

2-toifa

3-toifa

4-toifa

5-toifa

1.

“Usta-shogird” an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlash uchun

Bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 2 baravarigacha

BHMning 4 baravarigacha

BHMning 5 baravarigacha

2.

Shogirdlarga — mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish uchun

Xarajatlarning 50 foizi,

biroq BHMning 25 baravarigacha

Xarajatlarning 75 foizi,

biroq BHMning 30 baravarigacha

3.

Ustalargainternet saytlarini yaratish, o‘z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlari uchun

Xarajatlarning 50 foizi,

biroq BHMning 25 baravarigacha

Xarajatlarning 75 foizi,

biroq BHMning 30 baravarigacha

4.

Hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badali xarajatlari uchun

BHMning 5 baravarigacha

5.

Hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joyini moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi bo‘yicha

BHMning 40 baravarigacha

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-91-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-2024-yillarda hunarmandchilikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar, festivallar va xalqaro konferensiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

Xalqaro “O‘tov” hunarmandchilik festivalini tashkil etish.

2023-yil oktabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(Ermanov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

2.

Nukus shahrida “Taqiya” xalqaro festivalini o‘tkazish.

2024-yil may

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(Ermanov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Andijon viloyati

3.

Andijon shahrida “Milliy qo‘g‘irchoqlar — milliy qadriyatlar ko‘zgusi” nomli respublika festivalini o‘tkazish.

2023-yil sentabr

Andijon viloyati hokimligi

(Abduraxmonov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi

(Umarova)

4.

Shahrixon tumanida milliy pichoqchilik ko‘rgazma-yarmarkasini tashkil etish.

2024-yil iyul

Andijon viloyati hokimligi

(Abduraxmonov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

Buxoro viloyati

5.

Buxoro shahrida “Ipak va ziravorlar” an’anaviy xalqaro festivalini o‘tkazish.

2023-yil iyun

Buxoro viloyati hokimligi

(Zaripov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

6.

Buxoro shahrida “Buxoro hunarmandlari kuni” festivalini o‘tkazish.

2024-yil noyabr

Buxoro viloyati hokimligi

(Zaripov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Jizzax viloyati

7.

Baxmal tumanida “Baxmal egarlari” hunarmandchilik mahsulotlari savdo ko‘rgazmasini tashkil etish.

2023-yil avgust

Jizzax viloyati hokimligi

(Saliyev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

8.

Zomin tumanida “Milliy quroqlar va choponlar” milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasini tashkil etish.

2024-yil iyul

Jizzax viloyati hokimligi

(Saliyev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

Qashqadaryo viloyati

9.

Shahrisabz shahrida Xalqaro iroqi kashtachilik festivalini tashkil etish.

2023-yil avgust

Qashqadaryo viloyati hokimligi

(Azimov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

10.

Kasbi tumanida kulolchilik ko‘rgazmasini o‘tkazish.

2024-yil oktabr

Qashqadaryo viloyati hokimligi

(Azimov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

Navoiy viloyati

11.

Navoiy shahrida “Navoiy hunarmandlari kuni” festivalini o‘tkazish.

2023-yil sentabr

Navoiy viloyati hokimligi

(Tursunov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

12.

“Nurota kashtachiligi” hunarmandchilik ko‘rgazmasini tashkil etish.

2024-yil avgust

Navoiy viloyati hokimligi

(Tursunov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

Namangan viloyati

13.

Chust tumanida “Do‘ppi tikdim ipaklari tillodan” respublika milliy do‘ppilar ko‘rgazma yarmarkasini tashkil etish.

2023-yil avgust

Namangan viloyati hokimligi

(Abdurazakov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

14.

Namangan shahrida “Yog‘och o‘ymakorligi san’ati” festivalini o‘tkazish.

2024-yil oktabr

Namangan viloyati hokimligi

(Abdurazakov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Samarqand viloyati

15.

Samarqand shahrida “Silk road bazar” milliy hunarmandchilik festivalini o‘tkazish.

2023-yil oktabr

Samarqand viloyati hokimligi

(Turdimov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

16.

Samarqand shahrida II Xalqaro kashtachilik festivalini o‘tkazish.

2024-yil mart

Samarqand viloyati hokimligi

(Turdimov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Sirdaryo viloyati

17.

Guliston shahrida milliy liboslar festivali va hunarmandchilik mahsulotlari savdo ko‘rgazmasini tashkil etish.

2024-yil iyun

Sirdaryo viloyati hokimligi

(Maxmudaliyev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

Surxondaryo viloyati

18.

Angor hunarmandchilik markazida milliy liboslar ko‘rgazmasini tashkil etish.

2024-yil aprel

Surxondaryo viloyati hokimligi

(Qosimov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

Toshkent viloyati

19.

Bo‘stonliq tumanida milliy suvenirlar yarmarkasini tashkil etish.

2023-yil avgust

Toshkent viloyati hokimligi

(Mirzayev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

20.

Angren shahrida “Makrame va patli ro‘mollar” savdo-yarmarkasini tashkil etish.

2024-yil noyabr

Toshkent viloyati hokimligi

(Mirzayev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

Farg‘ona viloyati

21.

Rishton tumanida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasini tashkil etish.

2024-yil may

Farg‘ona viloyati hokimligi

(Bozarov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

22.

Furqat tumanida “Uch avlod” respublika yog‘och o‘ymakorlari uchrashuvlarini tashkil etish.

2023-yil sentabr

Farg‘ona viloyati hokimligi

(Bozarov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

23.

Marg‘ilon shahrida “Atlas bayrami” VI xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivalini o‘tkazish.

2024-yil oktabr

Farg‘ona viloyati hokimligi

(Bozarov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya

Xorazm viloyati

24.

Xiva shahrida “Gilamlarga bitilgan tarix” gilamchilik ko‘rgazmasini tashkil etish.

2023-yil avgust

Xorazm viloyati hokimligi

(Raximov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

25.

Yangiariq kulolchilik markazida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma savdosini tashkil etish.

2024-yil aprel

Xorazm viloyati hokimligi

(Raximov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

Toshkent shahri

26.

“O‘zbekiston sovg‘alari” milliy suvenirlar va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosini tashkil etish.

2023-yil avgust

Toshkent shahri hokimligi

(Umurzakov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

27.

“Craft fair Uzbekistan” xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkalarini o‘tkazish.

2023-2024-yillar noyabr oyida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Toshkent shahri hokimligi

(Umurzakov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov)

28.

“Yangi yil sovg‘alari” milliy suvenirlar yarmarkasini tashkil etish.

2023-2024-yillar dekabr oyida

Toshkent shahri hokimligi

(Umurzakov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

29.

“Sohir qalam mo‘jizasi” IV respublika xattotlik va miniatyura ko‘rgazmasi hamda ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish.

2024-yil fevral

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Badiiy akademiya

(Nuriddinov)

Xalqaro tadbirlar

30.

AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Turkiya, Indoneziya, Hindiston, Malayziya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa davlatlarda tashkil etiladigan xalqaro ko‘rgazma va festivallarda (maxsus rejaga muvofiq) O‘zbekiston hunarmandlarining ishtirokini ta’minlash.

2023-2024-yillar mobaynida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: tadbirlarni o‘tkazish muddatiga zarur hollarda Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev) tomonidan o‘zgartirish kiritishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-91-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-2024-yillarda hududlarda hunarmandchilik yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

2023-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kasanachilik va hunarmandchilikni rivojlantirishga ajratilayotgan mablag‘larning kamida 70 foizini hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Markaziy bank

(Kamalov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sultanov),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Muxitdinov)

2.

Hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ijaraga beriladigan davlat mulki bo‘lgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxatini shakllantirish va ularni muntazam yangilab borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 25-iyun,

har yili

Madaniy meros agentligi

(Abdukarimov)

3.

Ro‘yxatga asosan hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ijaraga beriladigan davlat mulki bo‘lgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini elektron onlayn auksionga chiqarish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-iyul,

har yili

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov)

4.

Davlat mulkini ijaraga berish tartibini moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ijaraga berishning xususiyatlaridan kelib chiqib, takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-avgust

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov),

Madaniy meros agentligi

(Abdukarimov)

5.

“Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi” va “Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri”ni “E-auksion” elektron savdo platformasiga integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-iyul

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Pekos),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov)

6.

Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi”da qadimiy sulola davomchilari bo‘lgan hunarmandlar reyestrini yuritish va doimiy yangilab borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-iyul,

doimiy

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

7.

Hunarmandlarning xorijiy mamlakatlarda hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar, festivallar va konferensiyalarda keng ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

Chora-tadbirlar rejasi

Har yili 1-dekabrga qadar

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

8.

Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tutash hududda zaxiradagi yerlarning 0,3 gektar yer uchastkasida mahalliy budjet mablag‘larining orttirib bajarilgan qismi va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan namoyish zali, “Usta-shogird” maktabi va ustaxonani o‘z ichiga olgan Hunarmandlar maskanini barpo etish va hunarmandlarga belgilangan tartibda ijaraga berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 1-mart

Toshkent shahar hokimligi

(Umurzakov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

9.

Hududlarda hunarmandchilik faoliyatining har bir yo‘nalishini alohida yondashuvlar asosida rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, hunarmandchilikning yo‘qolib ketayotgan turlarini saqlab qolish va kelgusi avlodlarga yetkazish bo‘yicha aniq choralarni belgilash.

Chora-tadbirlar dasturi

Har yili dekabr

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

“Hunarmand” uyushmasi faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish. Bunda, quyidagilarni nazarda tutish:

hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish, jumladan Uyushma tomonidan hunarmandlarga xizmat ko‘rsatish, davlat tomonidan taqdim etilgan subsidiya, imtiyoz va boshqacha qo‘llab-quvvatlash choralari samaradorligini oshirish;

sohani rivojlantirish dasturlari uchun jalb qilinadigan grant va texnik ko‘mak mablag‘larining prognozi hamda aniq yo‘nalishlarini belgilash;

hunarmandchilik mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda keng targ‘ib qilish va sotish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

hunarmandchilik faoliyati uchun zarur xomashyo bazasini shakllantirish va rivojlantirish;

Uyushmaning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish va shu orqali hunarmandlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sonini ko‘paytirish;

Uyushma raisi o‘rinbosarlari o‘rtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlab, Uyushma ijro etuvchi apparati va hududiy bo‘linmalarining tuzilmalari hamda shtat birliklarini tasdiqlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil 1-sentabr

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

12.

Xalqaro hunarmandchilik, badiiy san’at va dizayn institutini tashkil etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda, institutning vazifalari etib quyidagilarni belgilash:

hunarmandchilik yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega kadrlarni tayyorlash, jumladan “usta-shogird” an’analari asosida dual ta’lim tizimini keng joriy qilish;

hunarmandchilikning an’anaviy turlarini saqlab qolgan holda, zamon talablariga moslashtirish va rivojlantirish;

hunarmandchilik hamda zamonaviy arxitektura, qurilish, dizayn, to‘qimachilik va boshqa sanoat sohalari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani ta’minlash;

usta-hunarmandlar tomonidan maktablarda amaliy saboq berish amaliyotini yo‘lga qo‘yishga uslubiy ko‘maklashish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-sentabr

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Abduraxmonov)

13.

Milliy matolar (xonatlas, adras, satin, a’lo baxmal) va kashtachilikdagi gul va naqshlarni milliy hunarmandchilik boyligi sifatida asrab-avaylash, himoya qilish va ushbu yo‘nalishdagi hunarmandchilik turlarini rivojlantirishga oid takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:

milliy mato va kashtachilikda foydalaniladigan an’anaviy gul va naqshlarning yangilanib boruvchi reyestrini yuritish;

davlat va ommaviy tadbirlarda sahnalarni bezash, badiiy jamoalar liboslarini tayyorlash va xorijiy mehmonlarga sovg‘alar berishda faqat qo‘lda to‘qilgan milliy mato va hunarmandchilik mahsulotlaridan foydalanishni nazarda tutish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil 1-sentabr

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov)

14.

Bolalarda milliy qadriyatlarga iftixor tuyg‘usini yanada oshirish, amaliy san’at va milliy hunarmandchilikka oid tushunchalarni erta yoshdan shakllantirish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘quv dasturlarida kulolchilik hunari to‘g‘risidagi tushunchalarni aks ettirishni yo‘lga qo‘yish.

Idoraviy hujjat

2023-yil 1-avgust

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(Shin),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

15.

Maktabni a’lo baholar bilan tamomlagan bitiruvchilarga maktab davrini eslatadigan milliy hunarmandchilik mahsulotlari to‘plamini sovg‘a qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har yili may oyida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(Umarova),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

16.

Hunarmandchilik faoliyatida zarur yog‘och xomashyo bazasini shakllantirish va tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish uchun “Hunarmand” uyushmasi ta’sischiligida hunarmandchilik klasterini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-avgust

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

17.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-77-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida import o‘rnini bosuvchi qattiq turdagi yog‘och xomashyo bazasini yetishtirish uchun Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidan zaxirada bo‘lgan 300 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni hunarmandlarga ijaraga berish uchun belgilangan tartibda elektron tanlovlarni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-avgust

Toshkent viloyati hokimligi

(Mirzayev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Voitov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

18.

Hunarmandchilik klasterini moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Hunarmand” uyushmasiga Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan sakkiz yil muddatga, biryo‘la qaytarib berish sharti bilan 5 mlrd so‘m ssuda ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-avgust

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

19.

Xorijiy va mahalliy turistlarga hunarmandchilik mahsulotlarini keng targ‘ib qilish maqsadida yirik mehmonxonalarda hunarmandchilik mahsulotlarini sotish shourumlarini tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Madaniyat va turizm vazirligi

(Nazarbekov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida mahalliy hokimliklar tomonidan tashkil etiladigan hunarmandchilik mahsulotlari savdo pavilonlarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash.

Bunda, savdo pavilonlarini 2023-yil 1-oktabrga qadar ishga tushirish va “Hunarmand” uyushmasi hududiy boshqarmalariga tekin foydalanish huquqi bilan berishni nazarda tutish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil 1-iyul

Vazirlar Mahkamasi

(Xodjayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

21.

Hududlarda kulolchilik mahsulotlarini keng ommaga targ‘ib etish hamda ularning milliy iftixor ramzi sifatida har bir xonadonga kirib borishini ta’minlash maqsadida har bir hududda kulolchilik sayillarini o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har yili kamida 2 marotaba

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

22.

O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi barcha diplomatik vakolatxonalarida tashkil etiladigan shourum, ko‘rgazma zallari va savdo do‘konlariga hunarmandchilik mahsulotlari namunalarini yetkazib berish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriligi

(Kudratov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

23.

O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatini hunarmandchilik faoliyatining yo‘nalishlari ro‘yxatidan kelib chiqib takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-sentabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Musayev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

24.

“Hunarmandchilik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-oktabr

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Musayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev)

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-91-son Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5242-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “mazkur Farmonning 1-ilovasiga” so‘zlari “belgilangan tartibda tasdiqlangan hunarmandchilik faoliyatining yo‘nalishlari ro‘yxatiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 16-banddan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-77-son qarorining 6-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “2022-yil 1-iyunga” so‘zlari “2023-yil 1-oktabrga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidagi “Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalariga operativ boshqaruv huquqi” so‘zlari “Hunarmand” uyushmasining hududiy boshqarmalariga tekin foydalanish huquqi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshidan “Savdo-sanoat palatasi va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/91/0357-son; 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son; 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)