Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

ILOVA
O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari RO‘YXATI

1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Uyda repetitorlik qilish — bolalar va kattalar bilan ta’lim fanlari bo‘yicha yakka tartibda hamda guruh bo‘lib mashg‘ulotlar o‘tkazish

2.

Bolalarga qarab turish va ularni parvarish qilish bo‘yicha jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar

3.

Bemorlar hamda doimiy ravishda o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksa kishilarga qarab turish va ularni parvarish qilish bo‘yicha jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar

4.

Uy xo‘jaligini yuritish va uy ishlarini bajarish, shu jumladan, turar joylarni tozalash, ovqat pishirish bo‘yicha uy xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish

5.

Xonalarni tozalash, jismoniy shaxs hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish

6.

Uyda jismoniy shaxslarning mebellarini ta’mirlash va yig‘ish

7.

Jismoniy shaxslarga murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish, qurilish-ta’mirlash ishlari (beton quyish, bo‘yoqchilik, suvoqchilik ishlari, g‘isht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari)

8.

Jismoniy shaxslarning santexnika uskunalarini mayda ta’mirlash va o‘rnatish

9.

Jismoniy shaxslarga kvartira ichid� (shaxsiy qurilish ishlarida — uy ichida) elektr montaj ishlari (elektr xavfsizligi bo‘yicha ruxsati bo‘lganda)

10.

Dehqon va fuqarolarning tomorqa uchastkalarida yer chopish va rekultivatsiya ishlari

11.

Fermer xo‘jaliklari egalari buyurtmasi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlari (qishloq xo‘jaligi o‘simliklari va hayvonlarni parvarish qilish, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini yig‘ish va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlari)

12.

Fuqarolarning dala-hovli va tomorqa uchastkalari landshaftini barpo etish ishlari

13.

Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini ekish va parvarish qilishda, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini yig‘ib olishda dehqon va tomorqa uchastkalari egalariga yordam berish

14.

Chorva mollarini o‘tlatish, ularni parvarish qilish

15.

Jismoniy shaxslarga kompyuterlarni ta’mirlash va sozlash, litsenziyalangan dasturiy ta’minot o‘rnatish

16.

Buyurtmachining uyida bajariladigan maishiy texnikani o‘rnatish va ta’mirlash

17.

Jismoniy shaxslarning shaxsiy avtomobillarini mayda ta’mirlash, ularga aksessuarlar va avtosignalizatsiya o‘rnatish, g‘iloflar va pol qoplamalarini tikish

18.

Jismoniy shaxslarning avtomobillarini yuvish, �vtomobillar kuzovlarini silliqlash

19.

Mexanizatsiya vositalarini qo‘llamay, uyda bajariladigan yuk ortish-yuk tushirish ishlari

20.

Makulatura, plastik idish, temir-tersak va qo‘shimcha xomashyo to‘plash

21.

Xalq tabobati (litsenziyasi bo‘lganda)

22.

Xususiy shaxslarga bosh xizmatkor va konsyerj xizmatlarini ko‘rsatish

23.

Shaxsiy transportdan foydalanib, jismoniy shaxslarga tovarlarni yetkazib berish (yuk tashish bundan mustasno)

24.

Bozorlar va savdo komplekslarida mayda yuklarni aravalarda tashish

25.

Ilgari foydalanilgan tovarlarni sotib olish va sotish

26.

Velosipedlarni ta’mirlash

27.

Yog‘och me’morchiligi (bolalar maydonchalari va park zonalari uchun yog‘ochdan yasalgan qurilmalar, haykallar)

28.

Rassomlik

29.

Metall ta’mirlash ishlari (uyda amalga oshiriladigan maishiy metall buyumlarini ta’mirlash (kalitlarning dublikatlarini tayyorlash, soyabonlarni ta’mirlash, boshqa maishiy metall buyumlarini oddiy ta’mirlash)

30.

Uyda popkorn, frezerda muzqaymoq tayyorlash va sotish

31.

Dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan chakana savdo qilish

32.

Gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan chakana savdo qilish

33.

Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur xizmatlari

34.

Kosmetolog xizmatlari va shunga o‘xshash boshqa xizmatlar

35.

Uyda kir yuvish va dazmollash xizmatlari

36.

Tikuv, mo‘yna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni va to‘qimachilik galantereyasi buyumlarini ta’mirlash, aholining yakka tartibdagi buyurtmasi bo‘yicha tikuv va trikotaj buyumlarini, bosh kiyimlarini va to‘qimachilik galantereyasi buyumlarini tikish

37.

Gazlamalarga naqshlar solish (gazlamalar va kiyim ashyolarini qo‘lda bo‘yash, gazlamalarga, shu jumladan trafaretli bosma va qo‘lda rasm chizish usuli bilan rasmlar solish)

38.

Aholining yakka tartibdagi buyurtmalari bo‘yicha poyabzal tikish, poyabzalni ta’mirlash, bo‘yash va tozalash

39.

Yakka tartibda deraza va eshik pardalarini tikish va ta’mirlash, kashtachilik

40.

Galantereya buyumlarini tayyorlash va ta’mirlash

41.

Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va ta’mirlash

42.

Kalitlar tayyorlash

43.

O‘lchov vositalari tayyorlash va ijaraga berish

44.

Gulchambarlar (shu jumladan, motam gulchambarlari), sun’iy gullar, ikebana, gul marjonlarini tayyorlash

45.

To‘siqlar, haykallar, metalldan yasalgan gulchambarlarni tayyorlash va ta’mirlash

46.

Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash

47.

Akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va boshqa hayvonlarni ko‘paytirish va sotish

48.

Musiqa asboblarini ta’mirlash va sozlash

49.

Video va fotosuratga olish xizmatlari

50.

Qadoqlash uskunalaridan foydalanmagan holda uy sharoitida milliy shirinliklar, qandolat mahsulotlarini tayyorlash va sotish

51.

Milliy non va patirlarni tayyorlash va sotish

52.

Salatlar va tuzlamalarni tayyorlash va sotish, shuningdek, uy sharoitida donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va o‘tirish joylarini tashkil etmasdan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotish

53.

Uyda quyib sotish uchun salqin ichimliklar, ayron, go‘ja hamda qurt tayyorlash va sotish

54.

To‘garaklar tashkil etish va yuritish

55.

Tulumni shishirish xizmatlari (taksidermik ishlar)

56.

Gullar va dekorativ daraxtlar yetishtirish va sotish (shu jumladan bonsay san’ati)

57.

Reklama bukletlarini tarqatish, uyda operatorlar tomonidan buyurtmalar qabul qilish

58.

Muqovalash ishlari

59.

Namoyishlarda kiyimlar modelini namoyish qilish, rasmli jurnallarda, reklama filmlari va video kliplarda suratga tushish

60.

Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar xizmatlari

61.

Matnni yaratish va ishlov berish (kopirayter, rerayter, SEO-kopirayter, SEO-rerayter, musahhih, kontent-menejer, muharrir, e-mail orqali xatlarni jo‘natish bo‘yicha mutaxassis, spichrayter, transkriber va boshqalar)

62.

Multimedia, dizayn va san’at materiallarini yaratish va ishlov berish (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter o‘yinlari dizayneri, interyer dizayneri, landshaft dizayneri, liboslar dizayneri, retusher, fotokollajchi, vektor grafikasi muharriri, arxitektor, vizuallashtiruvchi dizayner, ma’lumot dizayneri, interfeys dizayneri, texnik dizayner, moushn-dizayner, banner yasovchi, nashriyot dizayneri, flesher, 3D-dizayner, video muharrir, videooperator, bastakor, ovoz rejissori, aranjirovkachi, suxandon, foto muharrir va boshqalar)

63.

Dasturiy ta’minot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish va texnik qo‘llab-quvvatlash (dasturchi, dasturiy ta’minotni sinovchi mutaxassis, veb-sahifalarni sahifalovchi, veb-tahlilchi, veb-saytlarni optimizatsiyalash bo‘yicha mutaxassis)

64.

Tarjima qilish xizmatlari (badiiy adabiyotni tarjima qilish, texnik tarjima, veb-saytlar, filmlar, kompyuter va mobil ilovalar, taqdimotlar, video, audio va reklamalar tarjimasi)

65.

Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (PR-menedjer, internet-marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ilgari surish va reklama qilish (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori, akkaunt-menejer, marketolog, link-menejer, targetolog, kontekst-reklama bo‘yicha mutaxassis, direktolog, media rejalashtiruvchi, SMO mutaxassisi)

66.

Kadrlar tanlash sohasidagi faoliyat (internet-loyihalar bilan ishlovchi menejer, frilansyerlar guruhi rahbari, HR-menejer, rekruter, shaxsiy assistent)

67.

Onlayn konsultatsiya berish (onlayn-konsultant, onlayn-trener, moliyaviy maslahatchi, vebinar olib boruvchi)

68.

Hamshiralik ishi.

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son — 2021-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi