29.03.2023 yildagi PQ-103-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agrar sektorni zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlashni ragʻbatlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda zarur agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, agrar sektorda qishloq xoʻjaligi texnikasiga boʻlgan talabni qondirish, qishloq xoʻjaligi korxonalarini maʼnan va jismonan eskirgan texnikalar oʻrniga zamonaviy va resurstejamkor texnikalar bilan taʼminlashni ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikalari xaridini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi yagona tartibi 2023-yil 1-apreldan boshlab joriy qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi “Chirchiq shahrida qishloq xoʻjaligi mashinasozlik klasterini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-7-son qarorida nazarda tutilgan subsidiyalar barcha mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqaruvchi korxonalarga tatbiq etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi korxonalari va tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha xorijdan olib kelinadigan ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan barcha turdagi qishloq xoʻjaligi texnikalari va agregatlari hamda ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlari, istisno tariqasida, 2025-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) va utilizatsiya yigʻimidan ozod qilinadi hamda tadbirkorlik subyektlariga erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini 120 kungacha boʻlgan muddatga kechiktirib toʻlashga ruxsat beriladi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PF-156-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 06/24/156/0816-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 16-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari tomonidan lizing kompaniyalariga ajratilgan mablagʻlar doirasida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga qishloq xoʻjaligi texnikasi va agregatlarini lizingga berishga ruxsat etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2023-2024-yillarda qishloq xoʻjaligi texnikasi xaridini moliyalashtirish uchun jami 2,6 trln soʻm yoʻnaltirilsin, shundan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyuldagi PQ-335-son qaroriga asosan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikalarini xarid qilish uchun tijorat banklariga joylashtirilgan 100 mln AQSH dollaridan 2022-yilda oʻzlashtirilmasdan qolgan 670 mlrd soʻm (59 mln AQSH dollari) miqdoridagi mablagʻ texnika xaridi uchun 10 foiz stavkada 10 yilga kredit ajratish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
800 mlrd soʻm (70 mln AQSH dollari) — xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan qishloq xoʻjaligi texnikalarini xarid qilish uchun lizing tashkilotlariga joylashtirish hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1,1 trln soʻm (100 mln AQSH dollari) — xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan qishloq xoʻjaligi texnikalarini xarid qilish uchun tijorat banklariga joylashtirish hisobiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatadigan tijorat banklari tomonidan lizing tashkilotlariga kredit ajratilishida garov taʼminoti sifatida lizingga beriladigan texnikalar va sugʻurta polisi qabul qilinishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan mablagʻlar hisobidan xaridorlarga qishloq xoʻjaligi texnikalari lizing marjasi yillik 3 foizdan oshmagan stavkada 10 yilgacha boʻlgan muddatga Qishloq xoʻjaligi vazirligi buyurtmasi asosida lizingga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tijorat banklariga lizing kompaniyalariga qishloq xoʻjaligi texnikalarini yetkazib berish uchun qarz mablagʻlarini garov taʼminoti sifatida sotib olinadigan qishloq xoʻjaligi texnikasini, kreditning butun davri uchun qarz mablagʻlarini qaytarmaslik xatarlaridan 100 foiz garov sifatida sugʻurta polisini yoki uchinchi shaxslarning kafilligini qabul qilish orqali ajratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda tijorat banklari tomonidan garov taʼminoti sifatida qabul qilinadigan sugʻurta kompaniyalari tomonidan taqdim etiladigan qarz mablagʻlarini qaytarmaslik xatarlaridan sugʻurta polisi (shartnomasi)ning namunaviy shaklini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda sugʻurta bozorini takomillashtirish, xavf-xatarlarni toʻgʻri baholash, ayniqsa, budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish uchun resurslar hisobiga kreditlarga nisbatan sugʻurta operatsiyalari ustidan prudensial nazoratni kuchaytirish boʻyicha taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi har yili 1-oktabrga qadar mahalliy va jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilarini jalb qilgan holda keyingi yil uchun qishloq xoʻjaligi texnikalarini yetkazib berishning maqsadli parametrlarini ishlab chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili taqdim etiladigan qishloq xoʻjaligi texnikalarini yetkazib berishning maqsadli parametrlari va yetkazib beriladigan qishloq xoʻjaligi texnikalari turlaridan kelib chiqib, qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishning moliyalashtirish manbalarini ularni ajratish davrlari kesimida shakllantirsin hamda Jamgʻarmadan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari ilovaga muvofiq 2023-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev va qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 29-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-103-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-martdagi PQ-103-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2023-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-maydagi “Qishloq xoʻjaligini oʻz vaqtida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3712-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-apreldagi “Agrar sektorni qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan oʻz vaqtida taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4268-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4410-son qarorining 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-noyabrdagi “2021-yil paxta hosilini yigʻib-terib olish ishlarini moliyalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 666-son qarorining 4-bandi uchinchi xatboshisi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2023-y., 07/23/103/0180-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 15.10.2024-y., 06/24/156/0816-son)