28.07.2022 yildagi PQ-335-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
“Agregat-Agrotech” MChJ, “Ist Batterflay” MChJ, “Texnologmash” MChJ va “Kwangjin Autosystems” MChJ QKlarning Toshkent shahridagi jami 6,1 gektar yer uchastkalarida 1-ilovada nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha boshqaruv organlarining qarorlari qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
mazkur qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirishdan olingan daromadlarni “O‘zavtosanoat” AJ tizimiga kiruvchi yoki ustav fondidagi davlat ulushi unga ishonchli boshqaruvga berilgan xo‘jalik jamiyatlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan manzilli investitsiya va mahalliylashtirish loyihalarini, shu jumladan Andijon viloyatida tashkil etilayotgan zamonaviy metall quyuv sexi loyihasini, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterini o‘z vaqtida ishga tushirish, dastgoh va uskunalarni yangilash, dual ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, muddati o‘tgan va joriy qarzdorliklarni qoplash hamda aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash uchun yo‘naltirish.
mazkur qarorning 5-bandiga muvofiq tashkilotdan tashkilotga o‘tkaziladigan mulk, mulk huquqlari, shuningdek, davlat ulushlarini kamaytirish hisobiga mol-mulklarning berilishiga, jumladan obyektni “Asakabank” AJ tasarrufiga o‘tkazilishi va kelgusida bank tasarrufidan chiqarilishi realizatsiya sifatida qaralmaydi va iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydigan bepul tovarlar berilishiga tenglashtiriladi;

T/r

Manzili

Egallagan maydoni,

gektar

Balansda saqlovchi

(mulkdor)

Loyihaning maqsadi

1.

Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 61/139

2,4

“Kwangjin Autosystems” MChJ QK

1. “Kwangjin Autosystems” MChJ qo‘shma korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish uchun Andijon viloyatida “Mashinasozlik va elektrotexnika sanoat xabi”da qurilgan bino va inshootlarni ajratish hisobiga obyektni (bino va inshootlar, ular joylashgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar bilan birga) “Kwangjin Autosystems” MChJ qo‘shma korxonasidan “Uzautocomponents” MChJ tasarrufiga o‘tkazish.

2. “Uzautocomponents” MChJ tomonidan mulkni bozor qiymatida ulush sifatida uy-joy qurish loyihasiga kiritish va obyekt negizida ko‘p qavatli uylar qurish.

2.

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 284

1,9

“Texnologmash” MChJ

1. “Texnolog” AJga tegishli “Texnologmash” MChJning 100 foiz ulushini “O‘zavtosanoat” AJ ustav fondiga davlat ulushini oshirish hisobiga nominal qiymatda o‘tkazish.

2. “Texnologmash” MChJ tomonidan mulkni bozor qiymatida ulush sifatida uy-joy qurish loyihasiga kiritish va obyekt negizida ko‘p qavatli uylar qurish.

3.

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Usta Shirin ko‘chasi, 117

1

“Agregat-Agrotech” MChJ

1. “Uz-Semyung Ko” AJ QKga tegishli “Agregat-Agrotech” MChJning ulushini oldi-sotdi shartnomasiga asosan “Uzautocomponents” MChJga yoki uning korxonasiga o‘tkazish.

2. “Agregat-Agrotech” MChJtomonidan mulkni bozor qiymatida ulush sifatida uy-joy qurish loyihasiga kiritish va obyekt negizida ko‘p qavatli uylar qurish.

4.

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘chasi, 7

0,8

“Ist-Butterfly” MChJ

1. “Ist-Butterfly” MChJ tomonidan mulkni bozor qiymatida ulush sifatida uy-joy qurish loyihasiga kiritish va obyekt negizida ko‘p qavatli uylar qurish.

Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirning nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

Moliyaviy masalalar

1.

2022-yilda qishloq xo‘jaligi texnikalarini kredit yoki lizing shartlari asosida xarid qilish uchun Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklarining so‘rovnomalariga asosan 10 yil muddatga 7 foiz stavkada 100 million AQSh dollari ekvivalenti miqdorigacha milliy valyutadagi mablag‘larni depozitga joylashtir�sh.

Moliya vazirligi tomonidan 100 mln. AQSh dollari ekvivalentida moliyaviy resurslarni tijorat banklariga 10 yil muddatga 7 foiz stavkada milliy valyutada joylashtirish.

Bunda, joylashtirilgan resurslarni quyidagi yo‘nalishlarda sarflash:

2022-yil davomida

Moliya vazirligi, Markaziy bank, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, “O‘zavtosanoat” AJ

88,0 mln. AQSh dollari ekvivalentidagi resurslarni qishloq xo‘jaligi texnikalari savdosini moliyalashtirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga imtiyozli shartlarda ajratish;

2022-yil davomida

Moliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari, lizing kompaniyalari, “O‘zavtosanoat” AJ

10,0 mln. AQSh dollari ekvivalentidagi resurslarni qishloq xo‘jaligi texnikalarining ehtiyot qismlari savdosini tashkil etish uchun talab qilinadi�an aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash maqsadida “Toshkent traktor zavodi” MChJ va/yoki servis xizmatlarini ko‘rsatish markazlariga imtiyozli shartlarda ajratish;

2022-yil davomida

Moliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari, “Toshkent traktor zavodi” MChJ,

2,0 mln. AQSh dollari ekvivalentidagi resurslarni “Avtosanoat Agro Lizing” MChJga va/yoki servis xizmatlari ko‘rsatish markazlariga mobil servis xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida maxsus jihozlangan 100 dona “Damas” rusumli va 13 dona “Isuzu” rusumli avtomobillarni sotib olish uchun ajratish.

2022-yil 15-avgust

“Avtosanoat Agro Lizing” MChJ, servis markazlari, “O‘zavtosanoat” AJ

2.

“Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJning (“Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJning o‘tkaziladigan qarzdorligini inobatga olgan holda) “Asak�bank” AJdan jalb qilingan kreditlar bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlik va hisoblangan foizlarni so‘ndirish maqsadida “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJga tegishli bino va inshootlarini tutash yer uchastkasi (keyingi o‘rinlarda — obyekt) bilan birgalikda to‘liq “Asakabank” AJ tasarrufiga o‘tkazib berish.

1. Obyektni belgilangan tartibda baholash va baholash hisobotlarini ekspertizadan o‘tkazish.

2022-yil 1-sentabr

“O‘zavtosanoat” AJ, “Asakabank” AJ, “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2. Obyektni “Asakabank” AJga o‘tkazib berish yuzasidan “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ boshqaruv organlari qarorini rasmiylashtirish.

2022-yil 10-sentabr

3. Obyektni “Asakabank” AJga rasmiylashtirish.

2022-yil 20-sentabr

4. “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ (“Chirchiq ?ishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJning o‘tkaziladigan qarzdorligini inobatga olgan holda)ning “Asaka bank” AJ oldidagi qarzdorligi va obyektning baholangan qiymati o‘rtasidagi farq summasini “Toshkent traktor zavodi” MChJning alohida g‘aznachilik hisobraqamiga o‘tkazib berish.

2022-yil 1-oktabr

5. “Asakabank” AJ tasarrufiga o‘tkazib berilayotgan obyekt 2023-yil 1-aprelga qadar “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJga bepul foydalanishga berish.

2023-yil 1-aprel

6. Qaror qabul qilingan kundan boshlab “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ hududida ijara shartnomalari asosida joylashgan korxona va tashkilotlarga 2023-yil 1-aprelga qadar ijara shartlarini o‘zgartirmasdan egallab turgan maydonlardan foydalanish yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish.

2023-yil 1-aprel

Savdo va marketing masalalari

3.

Klaster va fermerlar tomonidan kredit va lizing shartlarida xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi texnikalari bo‘yicha kreditni (lizingni) qaytarish muddatini yuqori unumli texnikalar bo‘yicha 7 yildan 10 yilgacha, qolgan texnikalar bo‘yicha esa 5 yildan 7 yilga uzaytirish.

1. Amaldagi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish.

2022-yil 30-avgust

Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi, “O‘zavtosanoat” AJ

2. Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 15-sentabr

4.

“CLAAS”, “John Deere”, “Case” kompaniyalari bilan hamkorlikda “Samarqand Avtomobil zavodi” MChJ, “UzautoTrailer” MChJ, “Uz Truck and Bus Motors” MChJ dilerlik markazlari bilan kooperatsiya asosida hududlarda 14 ta zamonaviy servis markazlari va 100 ta mobil brigadalarni tashkil qilish.

1. Dilerlik markazlari bilan dilerlik kelishuvlarini tuzish.

2022-yil 10-avgust

“O‘zavtosanoat” AJ

2. Ishlab chiqaruvchilar bilan birgalikda butlovchi va ehtiyot qismlar hamda mobil brigadalarga zarur asbob-uskunalarning ro‘yxatini shakllantirish, bozor hajmi va narxlarni aniqlash.

2022-yil 15-avgust

3. Mazkur ehtiyot qismlar va asbob-uskunalarning markazlashgan tartibda xaridini tashkil etish.

2022-yil 20-avgust

4. Mobil brigadalar uchun maxsus jihozlangan 100 dona “Damas” rusumli va/yoki 13 dona “Isuzu” rusumli avtomobillarini xarid qilish.

2022-yil 25-avgust

5. Respublikadagi qishloq xo‘jaligi parkidan kelib chiqib, 100 ta mobil brigadalarni hududlar bo‘yicha taqsimlash.

2022-yil 25-avgust

6. Hududlarda dilerlar negizida servis markazlarini tashkil qilish.

2022-yil 1-sentabr

5.

Eh�iyot qismlarini sotib olish va dilerlarga yetkazib berish tizimini yo‘lga qo‘yish.

1. Qishloq xo‘jaligi texnikalari butlovchi va ehtiyot qismlarining aniq ro‘yxatini shakllantirish.

2022-yil 10-avgust

“O‘zavtosanoat” AJ

2. Butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchilaridan o‘rnatilgan tartibda tijoriy takliflarni olish va ular bilan muzokaralar o‘tkazish.

2022-yil 15-avgust

3. Mazkur ehtiyot qismlarning markazlashgan tartibda xaridini tashkil etish.

2022-yil 25-avgust

4. Hududlardagi dilerlarga ehtiyot qismlar yetkazib berish va ularning savdosini tashkil etish.

2022-yil 1-sentabr

6.

Qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanuvchilar va mexanizatorlarning malakasini oshirish maqsadida dilerlik markazlari negizida 14 ta malaka oshirish markazlarini tashkil qilish.

1. Hududlardagi dilerlik markazlarida zamonaviy o‘quv xonalarini tashkil qilish (ajratish).

2022-yil 15-avgust

“O‘zavtosanoat” AJ, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

2. Xonalarni kerakli jihozlar bilan jihozlash.

2022-yil 25-avgust

3. Malaka oshirish markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2022-yil 1-sentabr

7.

Raqamlashtirilgan yagona axborot portalini yaratish va ishga tushirish.

1. Ishchi guruh tuzish va ish grafigini ishlab chiqish.

2022-yil 1-avgust

“O‘zavtosanoat” AJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, O‘zagroinspeksiya, Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi

2. Texnik topshiriq ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish.

2022-yil 1-oktabr

3. Portalning demo nusxasini yaratish va sinovdan o‘tkazish;

2022-yil 1-noyabr

4. Sinov yakunlariga ko‘ra portalga zarur o‘zgartirishlar kiritish.

2022-yil 1-dekabr

5. Portalni to‘liq ishga tushirish.

2022-yil 15-dekabr

Ishlab chiqarish masalalari

8.

Osma va tirkama texnikalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

1. Klaster hududiga ko‘chirib o‘tkazilgan dastgoh va uskunalarni o‘rnatish va ishga tushirish ishlarini yakunlash.

2022-yil 20-avgust

“O‘zavtosanoat” AJ

2. Osma va tirkama texnikalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

2022-yil 10-sentabr

9.

Xalqaro tan olingan GMS standartlaridan kelib chiqqan holda, klasterda zamonaviy ishlab chiqarish tizimini joriy qilish.

1. Klasterda ishlaydigan xodimlarni GMS standartlari asosida o‘qitish.

2022-2023-yillar davomida

“O‘zavtosanoat” AJ

2. Yuqori aniqlikdagi zamonaviy o‘lchash uskunalarini ishlab chiqarish jarayonlariga joriy qilish.

2023-2024-yillar davomida

3. GMS standartlarini joriy qilish maqsadida xorijiy mutaxassislarni jalb etish (zaruratga ko‘ra).

2023-yil davomida

10.

2023-2024-yillarda klasterdagi mavjud ishlab chiqarish uskunalarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish.

1. Loyihani amalga oshirish reja jadvalini ishlab chiqish.

2022-yil 10-sentabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi huzuridagi Ekspertiza markazi, “O‘zavtosanoat” AJ

2. Mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, dastgoh va uskunalar uchun texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda tender hujjatlarini shakllantirish.

2022-yil 30-sentabr

3. Takliflarni ko‘rib chiqib, shartnomalar tuzish.

2022-yil 30-oktabr

4. Dastgohlarni olib kelish, o‘rnatish va sinov jarayonlarini yakunlash, ishga tushirish.

Shartnoma shartlariga asosan

11.

Xorijiy ishlab chiqaruvchi bilan hamkorlik o‘rnatgan holda, zamonaviy milliy traktorni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

1. Xorijiy traktor ishlab chiqaruvchilardan o‘rganish uchun namunalar olib kelish.

2022-yil 10-sentabr

“O‘zavtosanoat” AJ, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi texnikasini va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash davlat markazi

2. Muhandislik ishlarini amalga oshirish.

2022-yil 10-oktabr

3. Texnik hujjatlarni tayyorlash.

2023-yil 1-yanvar

4. Milliy traktor prototipini yaratish.

2023-yil 1-aprel

5. Milliy traktor prototipini sinovdan o‘tkazish.

2023-yil 1-iyul

6. Xorijiy korxonalar bilan hamkorlik o‘rnatish.

2023-yil 1-sentabr

7. Ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

2023-yil 31-dekabr

12.

Klaster ishlab chiqarish quvvatlarida �ngi turdagi osma va tirkama texnikalarini ishlab chiqarishni tashkil qilish.

1. Lazerli yer tekislagich, ozuqa ĭig‘ish kombaĭni, shtangali purkagich, kartoshka kovlagich, kartoshka ekkich, ozuqa tarqatkich, o‘ra qazgich va boshqa turdagi texnikalarni o‘rganish maqsadida ularning namunalarini o‘rnatilgan tartibda olib kelish.

2022-yil 31-sentabr

“O‘zavtosanoat” AJ

2. O‘rganishlar natijalari ijobiy bo‘lganda, iqtisodiy asoslantirilgan osma va tirkama texnikalar ishlab chiqarishni tashkil qilish.

2023-yil 10-aprel

Tashkiliy masalalar

13.

“Kwangjin Autosystems” MChJ Q�, “Ist-Butterfly” MChJ, “Agregat-Agrotech” MChJ va “Texnologmash” MChJlarga tegishli jami 6,1 gektar yer uchastkalarida ko‘p qavatli turar-joy majmualarini qurish loyihalarini amalga oshirish.

1. Ko‘p qavatli turar-joy majmualarini qurish loyihalarini amalga oshirish uchun korxonalarga ijaraga berilgan yer uchastkalarini ajratish.

2022-yil III chorak

Toshkent shahar hokimligi, Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi, Kadastr agentligi, “O‘zavtosanoat” AJ

2. Bino va inshootlarni buzish, bo‘shayotgan yer uchastkalarida turar-joy majmualarini qurish ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish.

2022-yil yakuniga qadar

3. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.

2023-yil I chorak

4. Qurilish ishlarining boshlanishi yuzasidan Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasiga xabarnomani yuborish.

2023-yil I yarim yillik

5. Ko‘p qavatli turar-joy majmualarini qurish (barpo etish).

2023-2024-yillarda

6. Ko‘p qavatli turar-joy majmualarini qurish (barpo etish) ishlari tugagani munosabati bilan qabul qilish-topshirish ishlarini amalga oshirish.

2024-yil davomida

7. Ko‘p qavatli turar-joy majmualardan foydalanish bo‘yicha davlat boshqaruv organlarining tegishli ruxsatlarini olish.

2024-yil davomida

8. Ko‘p qavatli turar-joy majmualari joylashgan va unga tutash yer uchastkasini turar-joy majmualaridagi joylarning mulkdorlariga umumiy foydalanish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish bo‘yicha Toshkent shahar hokimining qarorini qabul qilish.

2024-yil davomida

9. Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish.

2024-yil davomida

14.

Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari va tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash bo‘yicha hukumat qarori loyihasini ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda aloqador vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2022-yil 30-sentabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va�irligi, “O‘zavtosanoat” AJ

2. Hukumat qarorini tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish.

2022-yil yakuniga qadar

15.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Italiyaning Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tashkil etish.

1. O‘quv rejasi loyihasini tayyorlash.

2022-yil 30-avgust

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, “O‘zavtosanoat” AJ

2. Loyihani Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga litsenziya olish maqsadida kiritish.

2022-yil 30-sentabr

3. Qabul qilish jarayonini tashkil qilish va imtihonlarni o‘tkazish.

2022-yil yakuniga qadar

4. O‘qitishni boshlash.

O‘quv rejasiga asosan

16.

“Ist-Butterfly” MChJning ustav fondiga berilgan mulkiy kompleks, shu jumladan bino va inshootlarga egalik huquqini rasmiylashtirish.

“O‘zavtosanoat” AJ ustav kapitaliga berilgan Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘chasi, 7-uy manzilda joylashgan bino-inshootlar bo‘yicha mulkka egalik huquqini “Ist-Butterfly” MChJ nomiga rasmiylashtirish.

2022-yil 30-avgust

Kadastr agentligi, Toshkent shahar hokimligi, “O‘zavtosanoat” AJ

17.

2023-2024-yillarda xorijiy universitet va tashkilotlar bilan hamkorlikda mashinasozlik sohasida maxsus sertifikat beriladigan Dual ta’lim markazini tashkil etish.

1. Soha korxonalarining ehtiyojlarini o‘rganib chiqish.

2022-yil 30-avgust

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zavtosanoat” AJ

2. O‘quv rejasi loyihasini tayyorlash.

2022-yil 15-sentabr

3. Loyihani Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga litsenziya olish maqsadida kiritish.

2022-yil 30-sentabr

4. O‘qitishni boshlash.

O‘quv rejasiga asosan

18.

“Auto Spring Components” MChJ tomonidan cho‘yan butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish loyihasini moliyalashtirish maqsadida “Auto Spring Components” MChJning ustav fondini “O‘zavtosanoat” AJning o‘z mablag‘lari hisobiga oshirish choralarini ko‘rish.

1. “Auto Spring Components” MChJning ustav fondini oshirish masalasini “O‘zavtosanoat” AJning kuzatuv kengashida ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish.

2022-yil 15-avgust

“O‘zavtosanoat” AJ

2. “Auto Spring Components” MChJ boshqaruv organlarida korxona ustav fondini oshirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish.

2022-yil 30-avgust

3. “Auto Spring Components” MChJ ustav fondining oshirilishi munosabati bilan ta’sis hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish va ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2022-yil 15-sentabr

19.

Bozorda o‘rganishlar (marketing tadqiqoti) amalga oshirish maqsadida BYD kompaniyasining energiya manbalarida harakatlanuvchi yangi transport vositalari namunalari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda muvofiqlikni baholash soddalashtirilgan tarzda o‘tkazilishini ta’minlash.

1. BYD kompaniyasining yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalarini import qilish.

2022-yil 30-avgust

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zavtosanoat” AJ

2. Import qilingan transport vositalari namunalariga tegishli sertifikatsiya va boshqa hujjatlarni taqdim etish.

2022-yil 1-oktabr

3. Import qilingan transport vositalari namunalari yuzasidan muvofiqlikni baholash soddalashtirilgan tarzda o‘tkazilishini ta’minlash.

2022-yil 1-oktabr

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-apreldagi “Agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan o‘z vaqtida ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4268-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshisidagi “g‘alla o‘rish va paxta terish texnikasi, respublikada ishlab chiqarilgan barcha turdagi traktorlar, g‘alla va paxta seyalkalari, shuningdek, uch yoki undan ortiq omoch korpuslarini” so‘zlari “respublikada ishlab chiqarilgan barcha turdagi o‘ziyurar, osma va tirkama texnikalarni” so‘zlari bilan almashtirilsin.
to‘rtinchi xatboshidagi “uch oy muddatda” so‘zlari “2022-yil yakuniga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: