21.02.2023 yildagi 2980-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 21.02.2023 yildagi 2980-IV-son
Кучга кириш санаси
21.02.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining VA Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan parlament nazoratining samaradorligini oshirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi bandligini taʼminlash, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb etish hamda ishsiz fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarda, oʻtkazilgan videoselektor majlislarida yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish va kambagʻallikni qisqartirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, joriy yilda 5 mln aholi bandligini taʼminlash, jumladan 2 mln doimiy ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan joylarda aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar doimiy ravishda oʻrganilib, ularning natijalari muhokama qilinmoqda, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotlari eshitib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mazkur yoʻnalishdagi ishlar parlament aʼzolari tomonidan hududlarda tizimli ravishda oʻrganib borilishini yoʻlga qoʻyish, bunda mavjud muammolarni tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda joyida hal etilishiga alohida ahamiyat qaratish maqsadga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan parlament nazoratining samaradorligini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hududlarda aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan parlament nazorati samaradorligini oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hududlarda aholi bandligini taʼminlash va ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hududlarda aholi bandligini taʼminlash va ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruhning hududlarga chiqish reja-jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hududlarda aholi bandligini taʼminlash va ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh (bundan buyon matnda Ishchi guruh deb yuritiladi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida oʻtkazilgan videoselektor majlislarida belgilangan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga doir ustuvor vazifalar ijrosi holatini oʻrganib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda 2023-yilda aholi bandligini taʼminlash dasturlarining tasdiqlanishi va amalga oshirilishi, ayniqsa, xotin-qizlar va mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan taʼlim muassasalari bitiruvchilari bandligining taʼminlanishini tahliliy oʻrgansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesi hamda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarida oʻrganishlar natijalarini muhokama qilish, tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda yangi ish oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilgan loyihalar boʻyicha mavjud muammolarni hal etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida keng tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika darajasidagi tizimli muammolarni hal etish boʻyicha takliflarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, tegishli vazirlik va idoralarga kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oʻrganish boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi uch kun muddatda aholi bandligini taʼminlash borasida belgilangan vazifalar hamda tegishli dasturlarning ijrosini oʻrganish va aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini tashkil etish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqsin hamda ularni Ishchi guruh aʼzolariga yetkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzolariga joylardagi faoliyati davomida aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini tushuntirish, bandlik dasturlarining bajarilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini olib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev) bandlik dasturlarining ijrosi boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan asoslangan takliflarni har oyning 10-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarini tuman (shahar)larga biriktirgan holda 2023-yilda aholi bandligini taʼminlash dasturlarining oʻz vaqtida bajarilishi ustidan deputatlik nazoratini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda aholi bandligini taʼminlash borasida aniqlangan muammolar yuzasidan hokimliklarga hamda boshqa tashkilotlarga tegishli takliflarni kiritish va ularni birgalikda hal etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga respublika darajasidagi masalalarni hal etish yuzasidan takliflarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesining, mahalliy Kengashlarning sessiyalarida 2023-yilda aholi bandligini taʼminlash dasturlari ijrosining borishi yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining axborotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng tushuntirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlar samaradorligi ustidan deputatlik nazorati tadbirlarining ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga alohida eʼtibor qaratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Davlat budjeti boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi Ishchi guruh faoliyatiga tashkiliy-amaliy, axborot-tahliliy jihatdan koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Parlament axborot markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Axborot xizmati deputatlar va senatorlarning bandlik dasturlari ijrosini oʻrganish jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga aholi bandligini taʼminlash ishlari ustidan joylarda amalga oshirilayotgan parlament nazorati tadbirlarini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. Inoyatov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 21-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2980-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 21-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-460-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 21-fevraldagi 2980-IV/KQ-460-IV-sonli Qoʻshma qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan parlament nazorati samaradorligini oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida oʻtkazilgan videoselektor majlislarida belgilangan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga doir ustuvor vazifalar hamda hududlarda 2023-yilda aholi bandligini taʼminlash dasturlarining tasdiqlanishi va amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatib, natijalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarida muhokama qilish.

Reja-jadval asosida

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Oʻrganishlarda aniqlangan muammolarni hokimliklar, tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda joyida hal etish choralarini koʻrish.

Yil davomida

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida keng tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borish.

Yil davomida

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari

4.

Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining “2022-yildagi bandlik dasturlarining ijrosi, sohadagi mavjud muammolar va 2023-yildagi rejalar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qoʻmitalarining qoʻshma majlisida eshitish.

2023-yil fevral

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

5.

Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari yoʻnalishida bilim va malakalarga ega yoshlarning bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respub�ikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitasining majlisida eshitish.

2023-yil fevral

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

6.

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri hamda Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining “Xorijiy mamlakatlarda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qoʻmitalarining qoʻshma majlisida eshitish.

2023-yil mart

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi

7.

Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Xususiy bandlik agentliklari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi ishlar, mavjud muammolar va istiqboldagi rejalar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitasining majlisida eshitish.

2023-yil aprel

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

8.

Joriy yilning birinchi choragi mobaynida hududlarda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlarning natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlisida muhokama qilish.

2023-yil aprel

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining “Nogironligi boʻlgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qoʻmitalarining qoʻshma majlisida eshitish.

2023-yil aprel

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

10.

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirining “Turizm sohasini rivojlantirish hisobiga aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qoʻmitalarining qoʻshma majlisida eshitish.

2023-yil may

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi

11.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “Bitiruvchi talaba yoshlarning bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasining qoʻshma majlisida eshitish.

2023-yil iyun

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi

12.

Joriy yilning ikkinchi choragi mobaynida hududlarda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻri�larini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlarning natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati majlisida muhokama qilish.

2023-yil iyul

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

13.

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining “Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida yaratilayotgan yangi ish oʻrinlari va aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qoʻmitalarining qoʻshma majlisida eshitish.

2023-yil iyul

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

14.

Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining, shuningdek 2023-yilgi bandlik dasturlarining ijrosini taʼminlash borasida vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida eshitish.

2023-yil avgust

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

15.

Joriy yilning uchinchi choragi mobaynida hududlarda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlarning natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati majlisida muhokama qilish.

2023-yil oktyabr

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

16.

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining “Respublikaning sanoat va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishni kengaytirish orqali hududlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qoʻmitalarining qoʻshma majlisida eshitish.

2023-yil oktyabr

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi

17.

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalar hamda hududlarga taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, shuningdek boshqa turdagi qoʻllab-quvvatlash choralarining samaradorligini baholash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qoʻmitalarining qoʻshma majlisida eshitish.

2023-yil oktyabr

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

18.

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining “Qishloq xoʻjaligi sohasida yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qoʻmitalarining qoʻshma majlisida eshitish.

2023-yil noyabr

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

19.

Joriy yilning yanvar — noyabr oylarida hududlarda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlarning natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati majlisida muhokama qilish.

2023-yil dekabr

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

20.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida eshitish.

2023-yil dekabr

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi

21.

Deputatlar va senatorlarning hududlarda aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oʻrganish jarayonlari ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini taʼminlash.

Yil davomida

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Parlament axborot markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Axborot xizmati

22.

Aholi bandligini taʼminlash boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishchi guruhlar faoliyatiga yaqindan koʻmaklashish va har chorak yakuni boʻyicha tahliliy maʼlumot tayyorlash.

Yil davomida

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining devoni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 21-fevraldagi 2980-IV/KQ-460-IV-sonli Qoʻshma qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda aholi bandligini taʼminlash va ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Gadoyev Erkin Fayziyevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasining raisi, Ishchi guruh hamrahbari

2.

Xodjayeva Mavludaxon Islamovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining raisi, Ishchi guruh hamrahbari

3.

Matmuratov Batir Djoldasovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududi boʻyicha)

4.

Siddiqov Riskul Ergashboyevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

5.

Tursunov Kobul Beknazarovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

6.

Parpiyev Maxmud Mamatovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasining aʼzosi

7.

Salimova Manzura Alimovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasining aʼzosi

8.

Tuychiyev Anvar Mirzaaxmedovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasining aʼzosi

9.

Maʼmirova Oltinoy Toʻlanboyevna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi

10.

Nazirkulov Atxam Axatkulovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi

11.

Umirov Abdugʻani Ergashevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining aʼzosi

12.

Xodjimatov Muxtor Ubaydullayevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi

13.

Eshmurzayev Bekmirza Xoshimovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasining aʼzosi

14.

Oʻrazboyev Ural Kamolovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi

15.

Mamayusupov Omonulla Mamatqulovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi, Ishchi guruh kotibi

16.

Toʻxtayev Bobir-Mirzo Avazovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devoni Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi kotibiyati katta referenti, Ishchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 21-fevraldagi 2980-IV/KQ-460-IV-sonli Qoʻshma qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda aholi bandligini taʼminlash va ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruhning hududlarga chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJA-JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Toifalarga ajratilgan tumanlar nomi

Oʻrganish muddati

4-toifa

5-toifa

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Amudaryo, Nukus

Boʻzatov, Kegeyli, Qonlikoʻl, Moʻynoq, Taxtakoʻpir, Shumanay

mart

2.

Xorazm viloyati

Qoʻshkoʻpir, Xiva, Yangibozor

Yangiariq

mart

3.

Buxoro viloyati

Vobkent, Jondor, Olot, Peshku, Shofirkon

-

aprel

4.

Navoiy vil�yati

Konimex, Xatirchi

Tomdi

aprel

5.

Samarqand viloyati

Kattaqoʻrgʻon, Nurobod Paxtachi, Payariq

Qoʻshrabot

may

6.

Surxondaryo viloyati

Boysun, Muzrabot Uzun, Sherobod, Shoʻrchi

Bandixon, Qiziriq, Oltinsoy

iyun

7.

Qashqadaryo viloyati

Qamashi, Mirishkor Muborak, Nishon

Dehqonobod

iyul

8.

Andijon viloyati

Jalaquduq, Izboskan, Marhamat, Paxtaobod

Boʻston, Ulugʻnor

avgust

9.

Sirdaryo viloyati

Boyovut, Guliston Sayxunobod, Xovos

Sardoba

sentyabr

10.

Jizzax viloyati

Baxmal, Yangiobod

Arnasoy

11.

Fargʻona viloyati

Furqat

Soʻx, Yozyovon

oktyabr

12.

Namangan viloyati

Norin

Mingbuloq

13.

Toshkent viloyati

Bekobod, Boʻka, Piskent

-

noyabr

14.

Toshkent shahri

tanlov asosida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Izoh: Ishchi guruhning har oyda hududlarga chiqishi davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taklif etiladigan toifasi oʻzgarayotgan 2 tadan tumanda oʻrganish ishlari olib boriladi.