1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Sud ekspertlarining xolisligi va mustaqilligini taʼminlash, sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||
|
1. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish: sud ekspertlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarini takomillashtirish; nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining maqomi, ularga qoʻyiladigan talablar, ular tomonidan sud ekspertizalari va tadqiqotlarini oʻtkazish tartib-taomili hamda ish reglamentlarini belgilash; nodavlat sud-ekspertlik faoliyatini metodik taʼminlash hamda tartibga solish mexanizmini joriy etish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan ekspertlar tomonidan beriladigan mutaxassis fikrini berish; qayta ekspertiza oʻtkazish vakolati beriladigan ekspertlar reyestrini yuritish tizimini joriy etish va unga kiritishga doir talablarni belgilash; maxsus vakolatli organning huquq va majburiyatlarini belgilash; sud ekspertlari tomonidan qasamyod qabul qilish va kasb-etika qoidalarini belgilash; sud-ekspertlik faoliyatining yanada ishonchliligini oshirish maqsadida akkreditatsiya va validatsiya institutlarini joriy etish. |
Qonun loyihasi |
2022-yil aprel |
Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM, Advokatlar palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
2. |
Protsessual qonunchilik hujjatlariga nodavlat sud-ekspertlarining surishtiruv, dastlabki tergov va sud ish yurituvidagi ishtiroki hamda ular vakolatini nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish. |
Qonun loyihasi |
2021-yil oktabr |
Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM |
|
3. |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq oʻtkazilishi mumkin boʻlgan sud ekspertizasi turlari boʻyicha tadqiqotlar roʻyxatini tasdiqlash |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil avgust |
Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
4. |
Advokatning soʻroviga asosan shartnoma asosida davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ekspertiza tayinlash va ekspertiza xulosasini olish vakolatlarini belgilash. |
Qonun loyihasi |
2021-yil avgust |
Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM |
|
5. |
Qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻygan davlat va nodavlat sud ekspertlariga nisbatan taʼsir choralari qoʻllashning aniq mezon va mexanizmlarini belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil noyabr |
Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV, DXX, Oliy sud, Bosh prokuratura, ETRM |
|
6. |
Sud ekspertlarining noqonuniy harakatlari bilan bogʻliq holatlarning adolatli va xolis koʻrib chiqilishini taʼminlash maqsadida Malaka komissiyasi faoliyatini tashkil etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil noyabr |
Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV, Oliy sud, Bosh prokuratura, ETRM |
|
II. Sud-ekspertlik amaliyotini kengaytirish hamda sud ekspertizalarining sifati va ishonchliligini oshirish | ||||
|
7. |
Sud-ekspertiza muassasalarida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali sud-ekspertiza xulosalariga boʻlgan ehtiyojlarini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda sud ekspertizasining yangi turlarini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish. |
Tashkiliy choralar |
2021 — 2023-yillar |
Adliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, IIV, Bosh prokuratura, Sogʻliqni saqlash vazirligi, ETRM, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
8. |
Sud ekspertizaning yangi turlarini joriy qilish boʻyicha grantlar ajratish. |
Tashkiliy choralar |
2021 — 2023-yillar |
Innovatsion rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi |
|
9. |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining (keyingi oʻrinlarda — RSEM) hududiy boʻlimlarida joylardagi zarur ehtiyojlar hamda mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda ekspertiza tadqiqotlarining qoʻshimcha turlarini joriy qilish. Shu jumladan, Fargʻona, Termiz, Urganch shaharlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi hamda Samarqand shahrida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi hamda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini bosqichma-bosqich tashkil qilish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil sentabr |
Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
10. |
Sud ekspertlari va ekspertiza toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish hamda ekspertiza harakatlarni amalga oshirishga aloqador tashkilotlar bilan axborot hamkorligining barcha turlarini taʼminlash uchun moʻljallangan “E-ekspertiza” yagona axborot tizimini joriy etish (integratsiya qilish). |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil mart |
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV, ETRM, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
11. |
Ekspert xulosalarini xalqaro miqyosda tan olinishi va qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida davlat sud-ekspertiza muassasalari laboratoriyalarining xalqaro ilmiy-texnik talablarga mosligini taʼminlagan holda ularni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2021 — 2023-yillar |
Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
|
12. |
Sud ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, oʻtkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimida baholab borish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil may |
Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, DXX, Mudofaa vazirligi, ETRM |
|
13. |
Sud ekspertlarining yagona reyestrini yuritish orqali ular faoliyatiga oid elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish. |
Tashkiliy choralar |
2021-2022-yillar |
Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, DXX, Mudofaa vazirligi, ETRM |
|
14. |
Sud-ekspertlik sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish, shu jumladan aholiga sud-ekspertlik faoliyatiga doir maʼlumotlarni yetkazishga qaratilgan sud-ekspertiza axborot portalini yaratish. |
Tashkiliy choralar |
2021-2022-yillar |
Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, ETRM |
|
15. |
Ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi muassasalarga oʻz faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha sud-ekspertlik tadqiqotlarini oʻtkazish huquqini berish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil may |
Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM |
|
III. Sud-ekspertlik xizmatining ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, shu jumladan uslubiyot va reglamentlarini takomillashtirish hamda sohaga fan va texnika yutuqlarini joriy etish | ||||
|
16. |
Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutini tashkil qilish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil avgust |
Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
17. |
Sud-ekspertlik sohasida mavjud uslubiy qoʻllanmalarni tanqidiy koʻrib chiqish va amaliyotni uygʻunlashtirish maqsadida tizimlashtirish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2021 — 2023-yillar |
Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, DXX |
|
18. |
RSEMda sud ekspertizasi mutaxassisligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish boʻyicha alohida Kengash faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
Tashkiliy-chora tadbirlar |
2022-yil aprel |
Adliya vazirligi, OAK, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, ETRM |
|
19. |
Sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini yanada takomillashtirish va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarini ishlab chiqish. |
Tashkiliy-chora tadbirlar |
dastur asosida 2021-2022-yillar |
Adliya vazirligi, OAK, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
20. |
Davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan sudlarga va huquqni muhofaza qilish organlariga metodik yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish, shu jumladan ular uchun sud ekspertizalarini tayinlash va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha amaliy qoʻllanmalar va boshqa adabiyotlar nashr qilish. |
Tashkiliy-chora tadbirlar |
dastur asosida 2021-2022-yillar |
Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM |
|
21. |
Adliya organlari tomonidan aniq ish reja asosida sud-ekspertlik sohasidagi muammolarni kompleks oʻrganish va ularni tizimli hal qilish yuzasidan aniq, chuqur, ilmiy asoslangan takliflar hamda taʼsirchan mexanizmlar ishlab chiqish choralarini koʻrish. |
Tashkiliy-chora tadbirlar |
dastur asosida 2021-2022-yillar |
Adliya vazirligi |
|
22. |
Sud-ekspertlik sohasidagi mavjud uslubiyotlarni tanqidiy koʻrib chiqish orqali xalqaro standartlarga va talablarga moslashtirish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
dastur asosida 2021-2022-yillar |
Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
|
23. |
Sud-ekspertlik faoliyatining dolzarb muammolarini tadqiq qilish boʻyicha aniq reja-grafik asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni amalga oshirish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
dastur asosida 2021 — 2023-yillar |
Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
24. |
Sud ekspertizasi va kriminalistika sohasida yangi avlod darsliklarini olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy olimlarni jalb etgan holda tayyorlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
dastur asosida 2021-2022-yillar |
TDYUU, IIV Akademiyasi, Bosh prokuratura Akademiyasi |
|
25. |
Sud ekspertizasi va kriminalistika atamalariga oid lugʻat yaratish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil dekabr |
TDYUU, IIV Akademiyasi, Bosh prokuratura Akademiyasi |
|
26. |
“Oʻzbekiston sud-ekspertizasi” elektron ilmiy jurnalini tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil oktabr |
RSEM, TDYUU, IIV Akademiyasi, Bosh prokuratura Akademiyasi |
|
27. |
Ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganligi uchun hukm qilingan shaxslar, jinoyatchilar qoldirgan biologik izlar, tanib olinmagan murdalar, bedarak yoʻqolgan shaxslar boʻyicha genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasini yaratishga doir tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
dastur asosida 2021 — 2023-yillar |
IIV, Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, DXX |
|
IV. Sud-ekspertlik xizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda sud ekspertlarni tayyorlashning samarali tizimini yaratish | ||||
|
28. |
Sud-ekspertiza sohasida kadrlarni tayyorlashda oliy taʼlim muassasalarida dual taʼlim prinsipiga muvofiq bakalavr yoki magistratura bosqichlarida taʼlim olayotgan davrda shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari boʻyicha kamida olti oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil avgust |
Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, ETRM |
|
29. |
RSEMda professor-oʻqituvchilar doimiy faoliyat yuritadigan oʻquv kafedralarini tashkil qilish orqali ekspertlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini yaxshilash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil iyul |
Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV |
|
30. |
Sohaga innovatsion oʻqitish uslublari va shakllarini keng joriy etish orqali davlat va nodavlat sud ekspertlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifatini takomillashtirish, shuningdek, kredit-modul tizimi asosida sud ekspertlarining malakasini oshirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil iyul |
Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV |
|
31. |
Sud ekspertlarini ishdan ajralmagan holda hamda ularning ish joyida kasbiy malakasini oshirish tizimini joriy qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil iyul |
Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, ETRM |
|
32. |
Sud ekspertlarining kasbiy bilim va malakalarini oshirishda xorijiy sud-ekspertlik tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, bunda har yili kamida 10 nafar sud ekspertlarining grant mablagʻlari hisobidan xorijiy davlatlarda malaka oshirishi va stajirovka oʻtashini yoʻlga qoʻyish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
dastur asosida |
Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, ETRM |
|
33. |
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari hamda sud xodimlari uchun sud ekspertizalarini oʻtkazishga zarur boʻlgan tadqiqot obyektlarini yigʻish, saqlash va taqdim etish usullari toʻgʻrisida doimiy ravishda manzilli oʻquv seminarlar (vebinarlar)ni tashkil qilib borish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
dastur asosida |
Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, Advokatlar palatasi, ETRM |
|
34. |
Malaka oshirish jarayonlariga xorijiy davlatlarning sud-ekspertlik sohasidagi mutaxassislarini maʼruzachi va oʻqituvchi sifatida keng jalb etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021 — 2023-yillar |
Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy sud, IIV |
|
35. |
Ekspertiza muassasalarida kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, xodimlar tomonidan doimiy ravishda oʻz kasbiy va ilmiy salohiyatini oshirib borishini qoʻllab quvvatlash maqsadida ilmiy darajaga ega boʻlgan kadrlar uchun tegishli shart-sharoitlar va moliyaviy imkoniyatlar yaratish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil avgust |
Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV |
|
V. Nodavlat sud-ekspertiza institutini rivojlantirish | ||||
|
36. |
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari va xususiy ekspertlarining birlashmasini tashkil qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil sentabr |
Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
37. |
Nodavlat sud ekspertlarining kasbiy layoqatliligi hamda oʻtkazilgan sud ekspertizalarining sifatini monitoring qilib borish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil sentabr |
Adliya vazirligi |
|
38. |
Yakka tartibda nodavlat sud-ekspertiza faoliyati bilan shugʻullanuvchi xususiy ekspertlar institutini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil may |
Adliya vazirligi |
|
VI. Sud-ekspertlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish | ||||
|
39. |
Sud-ekspertiza muassasalarining Osiyo tarmogʻi (Aziatskaya set uchrejdeniy sudebnoy ekspertizi (Asian Forensic Sciences Network — AFSN)ga aʼzo boʻlish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021 — 2023-yillar |
Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
40. |
Sud-ekspertlik faoliyatining eng dolzarb muammolari tahlili asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni, shu jumladan milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish dasturini ishlab chiqish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021 — 2023-yillar |
Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
41. |
Xorijiy yetakchi sud-ekspertiza, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlar bilan xalqaro hujjatlar tuzish, qoʻshma dasturlarni amalga oshirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021 — 2023-yillar |
Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, DXX, ETRM |
|
42. |
Xalqaro ekspertlar ishtirokida mamlakatimiz sud ekspertlari uchun xorijiy amaliyot, seminar va oʻquv kurslarini tashkil etish ishlarini kuchaytirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021 — 2023-yillar |
Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, DXX, ETRM |
|
43. |
Oʻzbekiston Respublikasi sud-ekspertiza muassasalari va tashkilotlari tomonidan xorijiy tashkilot va chet el fuqarolari uchun sud-ekspertiza imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida, ularga xizmat koʻrsatish tartibini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihalari |
2022-yil sentabr |
Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, RSEM |
|
44. |
Sud ekspertlarining xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda, jumladan Jahon sud ekspertlari assotsiatsiyasi (IAFS) shafeligida oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarda muntazam ishtirok etishini tashkil qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021 — 2023-yillar |
Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
45. |
Sud-ekspertiza muassasalari faoliyatiga davlatlararo va xalqaro standartlarni joriy qilish maqsadida amaldagi qonunchilikka muvofiq texnik qoʻmita tashkil qilish va Davlatlararo hamda xalqaro texnik qoʻmitalarga aʼzo boʻlish va ular faoliyatini ishtirokini taʼminlash. |
Chora-tadbirlar dasturi |
dastur asosida 2021-2022-yillar |
Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, DXX, ETRM, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
|
VII. Sud-ekspertlik xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | ||||
|
46. |
Davlat sud-ekspertiza muassasalarini ISO/IEC 17025 xalqaro standarti talablariga javob beradigan bino va inshootlar bilan taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil avgust |
Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
47. |
Dasturiy taʼminotlar, reaktivlar, reagentlar, sarflash materiallari hamda asbob-uskunalar va jihozlar xaridi boʻyicha yillik dasturni amalga oshirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Dastur asosida 2022-2023-yillar |
Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM, Tashqi ishlar vazirligi |
|
48. |
Davlat sud-ekspertiza tashkilotlarini oʻrnatilgan tartibda yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil dekabr |
Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, DXX, ETRM, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
49. |
Davlat sud-ekspertiza muassasalari xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Dastur asosida 2022-2023-yillar |
Adliya vazirligi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
50. |
Ekspertiza tadqiqotlarini sifatli va belgilangan muddatlarda oʻtkazish maqsadida koʻchma laboratoriyalar bilan jihozlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-2023-yillar |
IIV, Adliya vazirligi, DXX, ETRM, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
51. |
Yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratish orqali davlat-xususiy sheriklik asosida davlat sud-ekspertiza muassasalari xodimlarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-2022-yillar |
Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
3-ILOVA
|
R.K. Davletov |
— |
adliya vaziri, Kengash raisi |
|
lavozimiga koʻra |
— |
adliya vazirining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari |
|
I.A. Qutbiddinov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi |
|
A.Y. Mavlanov |
— |
Bosh prokuror oʻrinbosari |
|
I.T. Muslimov |
— |
Oliy sud raisi oʻrinbosari |
|
Y.A. Abdulxakov |
— |
ichki ishlar vaziri oʻrinbosari |
|
H.A. Qarshiyev |
— |
mudofaa vaziri oʻrinbosari |
|
U.Y. Sabirov |
— |
sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari |
|
S.M. Buzrukxonov |
— |
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari |
|
Sh.U.Turdikulova |
— |
innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari |
|
J.N.Shukurov |
— |
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori oʻrinbosari |
|
lavozimiga koʻra |
— |
Adliya vazirligi Yuridik taʼlim va sud-ekspertiza boshqarmasi boshligʻi, Kengash kotibi |
4-ILOVA
|
T/r |
Ekspertiza va tadqiqotlar turlari |
Masʼul tashkilot va muassasa nomi |
Ijro muddati |
|
1. |
Sud-soliq ekspertizasi |
RSEM, Bank-moliya akademiyasi |
dastur asosida 2021-yil |
|
2. |
Oziq-ovqat mahsulotlarini baholash ekspertizasi |
RSEM, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti | |
|
3. |
Radiotexnika ekspertizasi |
RSEM, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti |
dastur asosida 2022-2023-yillar |
|
4. |
Sovuq qurollarning kriminalistik ekspertizasi |
RSEM, IIV Akademiyasi | |
|
5. |
Bank sohasida boy berilgan foydani aniqlash tadqiqoti |
RSEM, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Bank-moliya akademiyasi | |
|
6. |
Sud psixologik-filiologik ekspertiza tadqiqoti |
RSEM, Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti | |
|
7. |
Intellektual mulk sohasida sud iqtisodiy ekspertizasi |
RSEM |
dastur asosida 2023-2024-yillar |
|
8. |
Audiovizual va dasturiy mahsulotlarning sud tovarshunos ekspertizasi |
RSEM, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti | |
|
9. |
Dendrologiya ekspertizasi |
RSEM, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bogʻi, Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti | |
|
10. |
Gaz va elektr texnika obyektlarining portlash texnik ekspertizasi |
RSEM, IIV EKBM, FVV Akademiyasi |
dastur asosida 2023-2024-yillar |
|
11. |
Bino va inshootlarning texnik holatini aniqlash |
RSEM, Toshkent arxitektura-qurilish instituti | |
|
12. |
Psixofiziologik ekspertizasi |
RSEM, Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy universiteti | |
|
13. |
Videotexnika ekspertizasi |
RSEM, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti | |
|
14. |
Fototexnika ekspertizasi |
RSEM, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti | |
|
15. |
Parfyumeriya sanoati mahsulotlarining kimyoviy tarkibini aniqlash tadqiqoti |
RSEM, Toshkent kimyo-texnologiya instituti |
dastur asosida 2024-2025-yillar |
|
16. |
Qurilish mollarining tadqiqoti |
RSEM, Toshkent arxitektura-qurilish instituti |
5-ILOVA