21.12.2022 yildagi 42-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotishga qoʻyiladigan gigiyena talablarini (0042-22-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 19-yanvarda hisobga olindi, hisob raqami 142]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuzni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotishga qoʻyiladigan gigiyena talablari (0042-22-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Tuzni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va realizatsiyasi uchun gigiyenik talablar” (0290-11-sonli SanQvaN, 2011-yil 6-aprel) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Savdo sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi B. YuSUPALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 21-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 2-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori D. SATTAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 9-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Sh. ShARAXMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 8-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 25-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2022-yil 21-dekabrdagi 42-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotishga qoʻyiladigan gigiyena talablari (0042-22-son SanQvaN)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) tuzning yuqori sifati va xavfsizligini taʼminlash maqsadida tuzni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotishga qoʻyiladigan gigiyena talablarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur sanitariya qoidalari Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Xalqaro komissiyasi tomonidan qabul qilingan Kodeks Alimentarius xalqaro oziq-ovqat standartlari toʻplamiga kiruvchi “Jarayon boʻyicha qoʻllanma” (JSST va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO), Rim, 2017-yil) va “Osh tuzi uchun standart” (JSST va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO), 2012-yil) asosida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur sanitariya qoidalarida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yodlangan osh tuzi — ishlab chiqarish jarayonida yod bilan boyitilgan osh tuzi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf — oziq-ovqat mahsulotida mavjud boʻlgan potensial xavf-xatarlarning (biologik, kimyoviy, fizikaviy va boshqa omillar) isteʼmolchilar hayoti va sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatish ehtimoli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfni tahlil qilish — mavjud maʼlumotlardan foydalangan holda xavfni baholash, xavfni boshqarish va xavf toʻgʻrisida maʼlumot berish bilan bogʻliq uchta tarkibiy qismdan iborat boʻlgan xavf-xatarlarni aniqlash va xavfni tahlil qilish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuzning organoleptik, fizik va kimyoviy koʻrsatkichlari va yaroqlilik muddati Oʻz DSt 1091:2017 “Yodlangan osh tuzi. Texnikaviy shartlar” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuz xomashyosining tabiiy manbasi sifatida oʻzining sanitariya-gigiyenik, epidemiologik va radiatsion xususiyatlari boʻyicha ozuqaviy maqsadlarda qayta ishlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan yaroqli deb topilgan tuz konlari, tuzli koʻllar qatlamlari hamda tabiiy namakoblar shaklidagi manbalardan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Korxona hududi va ishlab chiqarish xonalariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuz mahsuloti tuz asosidagi ziravorlar va shu kabi boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan birgalikda ishlab chiqarilishi mumkin, bunda ishlab chiqarish xonalari va mehnat sharoitlarining sanitariya-gigiyenik holati va ishlab chiqarish jarayonining oqimi taʼminlanishi eʼtiborga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuzni ishlab chiqaruvchi korxonalarning hududi chegaralangan boʻlishi, maydoni yogʻingarchilik natijasida hosil boʻladigan va eriydigan suvlarni oqava suvlar kanalizatsiyasiga yoʻnaltirish uchun qiya boʻlishi, transport va piyodalar yoʻlaklari esa suv oʻtkazmaydigan qattiq qoplamali boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xomashyoni yuvish uchun qoʻllaniladigan texnik suv oqimi yopiq, koʻp pogʻonali va suv butunlay qayta aylanishiga imkon beradigan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yogʻingarchilik natijasida hosil boʻlgan suvlar, maydonlar va oʻtish joylarini yuvish natijasida hosil boʻladigan suvlar oqib tushuvchi ariqlar muntazam ravishda tozalab turilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Korxona hududi ish boshlanishidan oldin yoki tugaganidan keyin bir sutkada kamida bir marta tozalanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishlab chiqarish xonalarining bino ichidagi joylashuvi texnologik jarayonlarning uzluksizligini taʼminlashi hamda tayyor mahsulotni takroran ifloslanishiga imkon bermasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ventilatsiya tizimi mavjud boʻlgan holatlarda yertoʻla qavatlarida uskunalar va mashinalar, ombor va maishiy xonalarni tashkil etishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Korxonaning ishlab chiqarish va saqlash xonalarida hasharotlar va kemiruvchilar kirishini oldini olish choralari (eshiklar zich yopilgan boʻlishi, kommunikatsiya tizimlari atrofi berkitilishi, ventilatsiya teshiklariga temir toʻrlar qoʻyilgan boʻlishi) koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishlab chiqarish xonalaridagi pollar qattiq, suv oʻtkazmaydigan va sirpanmaydigan yuzaga ega boʻlgan materiallardan ishlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xavfni oldini olish maqsadida mogʻor paydo boʻlganda ishlab chiqarish xonalarining shifti va burchaklari zudlik bilan tozalanishi va ruxsat etilgan fungitsid preparatlari qoʻshilgan boʻyoqlar bilan boʻyalishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ishlab chiqarish xonalarida qopqoqlari pedal yordamida ochiladigan chiqindi qutilari hamda nuqsonli mahsulotlarni yigʻish uchun polimer materiallardan yasalgan idishlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Chiqindi qutilari va nuqsonli mahsulotlar uchun moʻljallangan bochka va idishlarni har kuni tozalash, yuvish vositalari bilan yuvish va dezinfeksiya qilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ishlab chiqarish xonalarida texnologik jarayonda foydalanilmaydigan chiqindilar hamda asbob-anjom va uskunalarni saqlash mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yigʻishtirish asbob-anjomlari, yuvish, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya vositalari ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan binolar yoki xonalarda alohida saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ishlab chiqarish xonalarida qoʻllarni yuvish uchun issiq va sovuq suv taʼminoti, sovun, choʻtka bilan taʼminlangan, kerakli darajada smesitellar, dezinfeksiya eritmasi, bir martalik sochiqlar yoki boshqa qoʻllarni quritish vositalari koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xavf-xatar manbai boʻlgan kaliy yodat saqlanadigan xonalarda boshqa modda va mahsulotlar saqlanishi mumkin emas. Mazkur xonalar devorlari butun balandligi boʻyicha sirlangan plitkalar bilan qoplangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Maishiy xonalarga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Maishiy xonalar ishchilar soni va texnologik jarayon xususiyatlaridan kelib chiqqan holda joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maishiy xonalar alohida binoda joylashgan boʻlsa, bunda ishlab chiqarish sexlariga yopiq oʻtish yoʻlaklari boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Dush xonalari kiyinish xonalari yonida joylashtirilishi lozim. Dush xonalarining soni eng koʻp xodimlar ishlaydigan smenadagi xodimlar sonidan kelib chiqib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Maishiy xonalarni pardozlashda quyidagilar koʻzda tutilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dush xonalarida devorlar — 1,8 m balandlikkacha sirlangan plitkalar bilan, maxsus kiyim va choyshablar saqlash xonasi, hojatxonalar — 1,5 metr balandlikkacha sirlangan plitkalar bilan, plitkalardan yuqoridagi panellar esa shiftgacha suv-emulsiya yoki boshqa ruxsat etilgan boʻyoqlar va materiallar bilan qoplanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dush xonalarining shiftlari moy boʻyoqlar bilan, boshqa xonalar shiftlari esa suv-emulsiya, ohak yoki boshqa vositalar bilan boʻyalishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha maishiy xonalardagi pollar keramik plitkalar bilan yoki boshqa suv oʻtkazmaydigan vositalar bilan qoplanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Hojatxonalar har smenada kamida ikki marta yuvilishi va dezinfeksiya qilish vositalari bilan ishlov berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ishlab chiqarish, maishiy va yordamchi xonalarni yigʻishtirish ishlari, ishlab chiqarishga jalb etilmagan, maxsus koʻrsatmalarni olgan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ishlab chiqarish va maishiy xonalarda ishlar yakunlanganidan soʻng uskunalar, anjomlar va idishlar sovunli va ishqorli eritmalar hamda issiq suv bilan yuvilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ishlab chiqarish xonalaridagi pollar, zaruratga qarab, ish jarayonida yoki smena tugaganidan keyin namlantirib tozalanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Texnologik uskunalar, anjomlar, idishlar hamda texnologik jarayonga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xavf-xatarni oldini olish maqsadida xomashyo tayyorlash, quritish, yodlash va tuzni qadoqlash uchun moʻljallangan texnologik uskunalar, anjomlar, idishlar va oʻram materiallari oziq-ovqat mahsulotlari uchun ishlatishga ruxsat etilgan materiallardan ishlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xavfni tahlil qilish va oldini olish maqsadida osh tuzining yodatorlari avtomatik yodlash rejimiga qoʻyilgan boʻlishi kerak va bunda tuzning kaliy yodat bilan aralashishidan avval yodatordan oʻtish tezligi va hajmi hisobga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xavfni oldini olish maqsadida yasama boʻlgan va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan yodlash qurilmalaridan foydalanish yoki kaliy yodatini qoʻl yordamida purkash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xavf-xatarni oldini olish maqsadida texnologik uskunalarni joylashtirish jarayoni texnologik sxemaga muvofiq amalga oshirilishi, texnologik jarayonning ketma-ketligi va uzluksizligini taʼminlashi, xomashyo va tayyor mahsulotning qarama-qarshi oqimiga yoʻl qoʻyilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Uskunalarni joylashtirish vaqtida ishlayotgan xodimlar unga bemalol yaqinlashishi, ishlab chiqarish jarayonlari, xomashyo va tayyor mahsulot sifatining sanitariya nazorati oʻtkazilishini taʼminlovchi sharoitlar boʻlishi hamda xonalar va uskunalarni yuvish, yigʻishtirish va dezinfeksiya qilish imkoniyati mavjud boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Uskunalar konstruksiyalari ularning xomashyo va tayyor mahsulotlar bilan aloqa qiladigan qismlariga oson yetib borish va boʻlaklarga oson ajratishni taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Texnologik uskunaning tuzga bevosita tegib turadigan qismlari faqat ozuqa moylari bilan moylanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Stollar qoplamalari silliq boʻlishi hamda oziq-ovqat mahsulotlari uchun ishlatishga ruxsat etilgan qattiq turdagi daraxtlar, zanglamaydigan metallar yoki sintetik materiallardan yasalgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Simobli nazorat-oʻlchov asboblaridan foydalanish mumkin emas. Shishali oʻlchov asboblari uchun metalldan yasalgan gʻiloflar qoʻllanilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Xavfni boshqarish va tahlil qilish maqsadida tuzni ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan yodator kaliy yodatining sarflanish miqdorini avtomatik tarzda yozib boruvchi qurilma bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Bunday qurilmalar bilan taʼminlash imkoniyati mavjud boʻlmagan vaziyatda tuzni ishlab chiqarish jarayonining har bir operatsiyasi maxsus tayinlangan xodim tomonidan jurnallarda qayd qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Xavfni oldini olish maqsadida tozalash inventarlari tamgʻalangan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tayyor mahsulotlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob berishi hamda toza va quruq xonalarda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Texnologik jarayonlar ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan texnologik yoʻriqnomalarga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Texnologik jarayonning barcha operatsiyalari kerakli uskunalar va asboblardan foydalangan holda, buning uchun maxsus moʻljallangan xonalarda bajarilishi va nazorat qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tarkibida yod miqdori yetishmasligi uchun yaroqsiz deb topilgan osh tuzi qaytadan yodlash jarayonidan oʻtkaziladi. Namlik yoki quruqlik darajasi yuqori boʻlganligi hamda takroran yodlanganligi, tarkibida katta miqdorda zaharli elementlar, pestitsidlar va radionuklidlar mavjudligi sababli yaroqsiz boʻlgan osh tuzi tegishli ravishda qayd qilinishi va tamgʻalanishi talab etiladi. Bunday mahsulot utilizatsiya qilingunga qadar ishlab chiqarish jarayonida qoʻllanilishiga yoʻl qoʻymaydigan sharoitlarda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Xavfni oldini olish maqsadida texnik hujjatlarda yaroqsiz mahsulot tayyor mahsulotning sifatiga ziyon yetkazmasdan qayta ishlanadigan sharoitlar aniq belgilangan boʻlishi lozim. Boshqa sharoitlarda yaroqsiz deb topilgan mahsulot yoʻq qilinishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Uskunalar va anjomlarni tozalash uchun faqat oziq-ovqat sanoatida foydalanishga ruxsat etilgan yuvish va dezinfeksiya qilish vositalaridan foydalanish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Uskunalarni yuvish uchun (texnologik davrning xususiyatlarini hisobga olgan holda) yuvish va dezinfeksiya qilish eritmalarini markazlashgan tartibda tayyorlash koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuvish va dezinfeksiya qilish vositalari maxsus jihozlangan joylarda saqlanishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Uskunalar va jihozlarga sanitariya tartibida ishlov berish boʻyicha belgilangan davriylikni qatʼiy bajarish uchun har bir sexda yuvish va dezinfeksiya boʻyicha har oylik jadval boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Tuzni ishlab chiqarish va saqlash uchun moʻljallangan rezervuar va sigʻimlarga sanitariya tartibida ishlov berishni idishlar har boʻshaganidan keyin yoki texnologik davrning oxirida amalga oshirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Anjom va oʻram sigʻimlarini yuvish va dezinfeksiya qilish uchun pollari suv oʻtkazmaydigan, issiq va sovuq suv bilan taʼminlangan, oqova suvlarni tashlash uchun kanalizatsiya va ventilatsiyasi mavjud boʻlgan maxsus yuvish xonalari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Shisha, zanglashga chidamli metall va birikmalar, polimer materiallar (juda mustahkam polietilen, xlor vinil polimerlaridan plastikatlar — ftoroplastdan va lavsandan yasalgan filtrlar), rezina, lateksdan ishlab chiqarilgan buyumlarga ularni yuvish va dezinfeksiya qilish yoʻriqnomasiga muvofiq ishlov berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Xomashyo va tuzni qabul qilish, saqlash, tashish va sotishga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Kelib tushadigan barcha xomashyo, yordamchi oʻrash materiallari, idishlar amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Xavfni oldini olish maqsadida mahsulotning har bir donasi uning oʻrami va yorligʻida aks ettirilgan maʼlumotlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi va xomashyo sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan shikastlanishlar mavjud emasligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Xomashyo ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan texnologik yoʻriqnoma shartlariga muvofiq saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Xomashyo oʻtkir hidlari boʻlmagan, zararkunandalar mavjud boʻlmagan, toʻgʻridan toʻgʻri quyosh nurlaridan himoya qilingan, alohida joylashgan, quruq, toza va yaxshi ventilatsiya qilinadigan xonalarda saqlanishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Yaroqsiz deb topilgan mahsulot tamgʻalangan holda utilizatsiya qilinishi yoki qayta ishlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Xomashyo texnologik yoʻriqnomalarga muvofiq maxsus xonalarda tayyorlanishi, keyin esa sex ichidagi idishlarga solib qoʻyilishi kerak. Sex ichidagi idishlar toza, quruq, muayyan ishlab chiqarish xonalarida ishlatish uchun yorliqlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Xavfni oldini olish maqsadida kimyoviy moddalar, mineral oʻgʻitlar (shu jumladan turli kompostlar), pestitsidlarni tashish uchun ishlatilgan, shuningdek yogʻingarchiliklar, chang, quyosh nurlarining taʼsiridan himoyaga ega boʻlmagan transport vositalarida xomashyo va tuzni tashish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Xomashyo va tuzni tashishda foydalaniladigan transport vositalariga zaruratga koʻra yuvish va dezinfeksiya qilish vositalarini qoʻllagan holda ishlov berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Korxonalar hududida tuz saqlanayotgan omborlar yoki maydonlarga yaqin joylarda kuchli hid taratadigan materiallar hamda qurilish materiallari qoldiqlari yoki yonuvchan materiallarni saqlash qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Oʻramlarga solinmagan tuz (xomashyo) toʻkma uyum koʻrinishida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuz uyum usulida saqlanganda omborlarning asfaltli pollari qalinligi 3-4 millimetrga teng boʻlgan yogʻoch qatlami bilan qoplanadi. Ustunlar yogʻochli qalqonlar bilan toʻsib qoʻyiladi, omborning perimetri boʻylab esa devorlardan 1 metr masofada balandligi 0,7 — 1,0 metrga teng yogʻochli qalqonlar oʻrnatiladi. Tuz tabiiy nishablik burchagini hisobga olgan holda uyumlar toʻplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Tuzni ifloslanish, zax tortish va zichlanib qolishdan saqlash uchun omborlarda hosil qilingan uyumlar yuzasini tuzga taʼsir qilmaydigan va hid taratmaydigan yopish materiallari (oʻram qogʻozi, brezent, polimer plyonkasi) bilan yopib qoʻyish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Yuk ortish va tushirish ishlari bajarilayotgan joylardagi yuk koʻtarish mexanizmlari turgan zonada barcha turdagi ishlar maxsus kiyim va himoyalovchi koʻzoynaklardan foydalanib amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Shtabellar orasida kengligi kamida 0,8 metrga teng boʻlgan oʻtish joylari qoldiriladi, shtabellar va toʻsinlar qurilish konstruksiyalarining orasida esa kamida 0,5 metrga teng masofa qoldiriladi. Qadoqlangan tuzning but saqlanishini kuzatib turish, havo yaxshiroq aylanishini taʼminlash va mexanizmlardan foydalanish qulay boʻlishi uchun tuzni omborlarda taxlayotganda ombor devorlari oldida eni va boʻyi boʻylab oʻtish joylari qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Tuzni saqlashda ombordagi havoning nisbiy namligi mahsulotning pastki qismi sathida 75 foizdan yuqori boʻlmasligi va havo harorati keskin oʻzgarmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Omborxonalarga mahsulot tushirishdan oldin ular tozalanishi va tuzni qabul qilish va saqlash uchun tayyor boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Tozalikni saqlash uchun omborlarga kiraverishda kiyim va poyafzalni tozalashga moʻljallangan tagliklar, choʻtka va supurgilar boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Xavfni boshqarish maqsadida tuzning sotuvi SanQvaN 0066-96-son “Oziq-ovqat savdosi korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari” talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Har bir tayyor mahsulot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-iyuldagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalash yuzasidan uning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament talablariga muvofiq tamgʻalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Tuz belgilangan yaroqlilik muddati tugaganidan soʻng yoʻq qilinishi, sanoat tartibida qayta ishlanishi yoki takroran yodlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga javob bermaydigan va sotuvdan olingan mahsulot uni ishlatish, utilizatsiyaga yuborish yoki yoʻq qilishga qadar alohida xonada (javonda), alohida hisobda uning miqdori aniq koʻrsatilgan holda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Suv taʼminoti va kanalizatsiyaga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Tuzni ishlab chiqaruvchi korxonalar markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulangan boʻlishi, u mavjud boʻlmagan vaziyatda esa sanitariya-epidemiologik xulosaga ega boʻlgan suv manbai boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Xavfni oldini olish maqsadida xoʻjalik ichimlik suvi quvurlarini va texnik suv quvuri tarmoqlarini bir-biriga ulash qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Sovuq va issiq suv taʼminoti ichki tizimlarini tashkil qilishda qoʻllaniladigan quvurlar, armaturalar va uskunalar tegishli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim. Koʻrinishi yaqqol ajralib turishi uchun sex ichidagi barcha vodoprovod, kanalizatsiya, bugʻ va gaz quvurlari shartli ranglarga boʻyalgan boʻlishi lozim. Yuza harorati xona haroratidan past boʻlgan quvurlar ustida namlik hosil boʻlmasligi uchun ularda issiqlik izolatsiyasi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Shift toʻsinlari orasidan oʻtadigan suvni chetga chiqarish trap va quvurlari suv oʻtkazmaydigan boʻlishi va ishlab chiqarish uskunalarining ustidan oʻtmaydigan qilib loyihalashtirilishi kerak. Shuningdek, maishiy kanalizatsiya quvurlari ishlab chiqarish sexlari, mahsulot saqlashga moʻljallangan omborxonalar, oziq-ovqat bloklaridan oʻtmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Ishlab chiqarish va maishiy oqova suvlarini chiqarib yuborish uchun korxonada alohida kanalizatsiya tizimi va tozalash inshootlari boʻlishi kerak. Ishlab chiqarish va maishiy oqova suvlarining ichki kanalizatsiya tizimi alohida boʻlishi va mustaqil tarmoqqa chiqish yoʻllariga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli ravishda tozalamay turib, ishlab chiqarish va maishiy oqova suvlarni ochiq suv havzalariga tashlash mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Tabiiy va sunʼiy yoritish tizimiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Ombor va ishlab chiqarish xonalarining yoritilganlik darajasi KMK 2.01.05-19 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Ishlab chiqarish xonalarida nur koeffitsiyenti 1:6 — 1:8 ga teng boʻlgan tabiiy yoritish koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Maishiy xonalarda nur koeffitsiyenti 1:10 dan kam boʻlmasligi talab etiladi. Tabiiy yoritish koeffitsiyenti miqdori bajariladigan ishning xususiyati va koʻz kuchlanishiga mos boʻlishi kerak. Tabiiy yorugʻlik yetarli boʻlmaganda sunʼiy yoritishdan foydalanish lozim va buning uchun asosan lyuminessent lampalari qoʻllanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Lyuminessent lampalari qoʻllanilgan yoritkichlar himoyalovchi panjara (toʻr), nur tarqatkichi yoki lampalar yoritkichlardan chiqib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan maxsus lampa bilan jihozlangan boʻlishi, choʻgʻlanma lampa qoʻllanilgan yoritkichlar esa yaxlit himoyalovchi oyna bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Xavf-xatarni oldini olish maqsadida shisha parchalari tuz ichiga tushib qolishining oldini olish uchun ochiq texnologik jarayonga ega xonalardagi yoritgichlar texnologik uskunalar ustiga oʻrnatilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Yoritkichlarga sanitariya ishlov berish ishlari sexning sanitariya ishlov berilishi jadvaliga muvofiq amalga oshirilishi lozim, yoritish qurilmalarining holati va ulardan foydalanish jarayonlarini kuzatish ishlari maxsus malakaga ega boʻlgan shaxsga yuklatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Havoni ventilatsiya qilish, isitish va konditsionerlashga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Ishlab chiqarish va yordamchi bino va xonalarda KMK 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsionerlash”ga muvofiq havoga tabiiy, mexanik, aralash ventilatsiya yoki konditsioner bilan ishlov berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havo oqimining koʻrsatkichlari ishlab chiqarish xonalaridagi mikroiqlim boʻyicha sanitariya qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Maishiy xonalar, hojatxonalar va laboratoriyalar umumiy almashinuv va (yoki) mahalliy ventilatsiya tizimlariga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Ishlab chiqarish xonalariga uzatilayotgan koʻcha havosi changdan tozalanishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Koʻp miqdorda issiqlik, namlik va zararli moddalarni chiqarish manbai boʻlgan uskunalar mahalliy havoni tortib chiqarish ventilatsiyasi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Chang manbai boʻlgan uskunalar changni ushlab qoluvchi va undan havoni soʻrib oluvchi uskuna bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Havo oʻz oqimi bilan keladigan ventilatsiya tizimining havo oʻtkazish shaxtalarini yer sathidan kamida 2 metr balandlikda joylashtirish kerak. Havo tortish ventilatsiyasi tizimi yordamida chiqarib tashlanayotgan havo boʻyi tom sathidan kamida 1 metr baland boʻlgan havo tortish shaxtalari orqali tashqariga chiqarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Ventilatsiya tizimidan havoni atmosferaga chiqarish tuynuklarini havoni qabul qilish qurilmalaridan gorizontal yoʻnalish boʻyicha kamida 10 metr masofada yoki vertikal yoʻnalish boʻyicha kamida 6 metr masofada joylashtirish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. KMK 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsionerlash” talablariga muvofiq, ventilatsiya uskunalarini shovqin va tebranishni soʻndirish uskunalari bilan jihozlangan ventilatsiya kameralarida joylashtirish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Havo oʻz oqimi bilan keladigan ventilatsiya qurilmalari va tabiiy ventilatsiyaning havo tortish teshiklari hasharotlar kirishiga toʻsqinlik qiluvchi toʻrlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Texnologik apparatlarning ventilatsiya kanallari va havo oʻtkazgichlarini, ular ifloslanib borishlariga qarab (yiliga kamida 1-marta), qismlarga ajratish va ichki qismlarini tozalash kerak. Ishlab chiqarish xonalardagi uskunalar shoʻrlanib va zanglab ketishining oldini olish maqsadida texnologik teshiklar va tamburlarda havo toʻsadigan pardani koʻzda tutish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Ishlab chiqarish jarayoni tuzli chang, shuningdek, ammiakli sovitkich qurilmalaridan bugʻ va gazlar chiqishi bilan davom etadigan boʻlsa, ushbu ishlab chiqarish xonalarining ventilatsiya va havo orqali isitish tizimlari havosining qayta aylanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Ishlab chiqarish xonalarida, mahsulotlarni saqlash kameralari va omborlarida havo harorati va nisbiy namlik SanQvaN № 0324-16 “Ishlab chiqarish xonalarining mikroiqlimining sanitariya-gigiyenik normalari” talablari va texnologik yoʻriqnomalar (havo harorati belgilangan sexlar uchun) talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Mehnat sharoitlarini tashkil qilish va shaxsiy gigiyena qoidalariga qoʻyilgan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Ish joylarida shamol oʻtib turishi va havo birdaniga sovuqlashib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Korxonaning har bir xodimi shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishi, oʻz ish joyida sanitariya talablariga qatʼiy rioya etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Xodimlar quyidagi qoʻllarni yuvish va dezinfeksiya qilish talablariga rioya qilishlari lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish boshlashdan oldin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishdagi har bir tanaffusdan keyin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir jarayondan ikkinchisiga oʻtishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ifloslangan narsalar bilan aloqadan keyin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hojatxonadan keyin ikki marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus kiyim kiyishdan oldin va ish joyida (ish boshlashdan oldin).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Ish joyidagi gigiyena talablari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish chiqindilarini muntazam ravishda maxsus konteynerlarga tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish jihozlarini toza saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayni paytda foydalanilmayotgan buyumlar va asbob-anjomlarni yigʻishtirib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qadoqlash uchastkasida oʻram materiallari qatʼiy belgilangan joyda, plastikdan yasalgan tagliklar ustida polga tegmaydigan holatda (1 smena uchun yetarli miqdorda) joylashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quruq mahsulotlar polga toʻkilib (tushib) ketgan vaziyatda quruq vositalar yordamida yigʻishtirishni amalga oshirish, zarur boʻlganda yuvish vositasidan foydalangan holda namlantirib tozalashni bajarish va polni quritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tozalash inventarlarini (choʻtkalar, shvabralar va boshqalar) polda, texnologik uskunalar ustida qoldirish ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Dori qutilari texnologik sexlarning tamburlarida (kiraverish joylarida) va maishiy xonalarda joylashtirilishi lozim. Dori qutilarida oʻtkir hidli dori vositalarini saqlash tavsiya etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyxati ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotishga qoʻyiladigan gigiyena talablariga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiquvchilar roʻyxati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

R.T. Kamilova

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti direktori v.v.b., t.f.d., professor;

A.S. Xudayberganov

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti, Ovqatlanish gigiyenasi laboratoriyasi mudiri, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, “Gigiyena” kafedrasi professori;

A.R. Nosirova

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti, Ovqatlanish gigiyenasi laboratoriyasining katta ilmiy xodimi;

G.M. Israilova

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, “Gigiyena” kafedrasi dotsenti, t.f.n;

E. B. Navruzov

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti, Ovqatl�nish gigiyenasi laboratoriyasining katta ilmiy xodimi, t.f.n;

M.X. Maxmudova

Toshkent davlat stomatologiya instituti ilmiy izlanuvchisi;

B.O. Sagdullayeva

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi;

B. Bobojonov

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqrizchilar roʻyxati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

D.A. Zaredinov

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, “Gigiyena” kafedrasining mudiri, t.f.d, professor;

F.I. Salomova

Toshkent tibbiyot akademiyasi, “Atrof-muhit gigiyenasi” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor;

M.A. Xamrakulova

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti, laboratoriya mudiri.