20.01.2023 yildagi 23-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri aholisini qoʻshimcha issiqlik va elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning joriy yil 13-dekabr kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumaniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarni zudlik bilan bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahrida elektr va issiqlik energetikasi sohasini isloh qilish, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish boshqaruv tizimiga ilgʻor xorijiy tajribani qoʻllash, soha obyektlarini rekonstruksiya qilish orqali issiqlik va elektr energiyasi taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-yanvardagi “Toshkent shahri markazlashgan issiqlik taʼminoti korxonalarini faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 13-son qarori qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Energetika vazirligi va Toshkent shahar hokimligining 11 ta tumandagi issiqlik tarmoqlarining soʻnggi qismlarida joylashgan ilovaga muvofiq koʻp kvartirali uy-joylarni tajriba tariqasida kogeneratsiya hamda gaz dvigateli bilan elektr energiya ishlab chiqaruvchi uskunalarni (keyingi oʻrinlarda — uskunalar) oʻrnatish orqali isitish va elektr energiyasi bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Energetika vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali bir hafta muddatda uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan aloqa oʻrnatib, tayyor uskunalarni Oʻzbekistonga qisqa muddatlarda yetkazib berish hamda oʻrnatish, shu jumladan, texnik taʼminlash boʻyicha tijorat takliflarini tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Uskunalarni xarid qilish va ishga tushirish hamda zaruratga koʻra koʻp kvartirali uylarning ichki va uskunalargacha boʻlgan issiqlik tarmoqlari va elektr tizimini yangilash (qurish yoki rekonstruksiya qilish) ishlarini amalga oshirishda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqlik elektr stansiyalari” AJ — Chilonzor, Sergeli va Olmazor tumanlaridagi obyektlarda buyurtmachi etib belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan tumanlardagi obyektlarda qurilish ishlari xususiy investor tomonidan amalga oshiriladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 598-sonli qaroriga asosan almashtirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tomonidan narx, sifat, yetkazib berish muddatlari hamda texnik taʼminlash xizmatlariga alohida eʼtibor qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Buyurtmachiga, istisno tariqasida, tender (tanlov) savdolarini hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan oʻtkazmasdan va davlat xaridlarini amalga oshirish toʻgʻrisida maxsus axborot portaliga eʼlon joylashtirmasdan eng yaxshi taklifni tanlab olish asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskunalarni xarid qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskunalarni oʻrnatish va ishga tushirish hamda zaruratga koʻra koʻp kvartirali uylarning ichki va uskunalargacha boʻlgan issiqlik tarmoqlari va elektr tizimini yangilash (qurish yoki rekonstruksiya qilish) ishlarini amalga oshirish uchun pudratchilarni aniqlashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskunalarni xarid qilish ishlari Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hamda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 549-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/549/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskunalardan foydalanish natijasida olingan issiqlik va elektr energiyasi ushbu issiqlik va elektr energiyasi yetkazib berilayotgan koʻp kvartirali uylardagi isteʼmolchilarga amaldagi tariflar asosida yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorda belgilangan har bir tadbirning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi hamda mablagʻlarning maqsadli ishlatilishiga masʼul va javobgar etib Energetika vaziri J. Mirzamaxmudov va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi B. Raxmonov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 20-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-yanvardagi 23-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kogeneratsiya hamda gaz dvigateli bilan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi uskunalar oʻrnatiladigan issiqlik tarmoqlarining soʻnggi qismlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tumanlar nomi

Mahallalar nomi

Koʻp kvartirali uylar soni

Maktablar soni

Maktabgacha taʼlim muassasalari soni

1.

Mirobod

Qorasuv

101

1

4

2.

Chilonzor

Oqtepa

50

2

2

3.

Mirzo Ulugʻbek

Feruza

66

3

5

4.

Shayxontohur

Shayxontohur

37

2

3

5.

Yunusobod

Shoshtepa,

Uvaysiy

97

3

2

6.

Yunusobod

Begʻubor,

Mehnatobod

7.

Sergeli

Oʻzgarish

Habibiy

51

1

8.

Olmazor

Yuqori Beshqoʻrgʻon

18

1

9.

Yashnobod

Tuzel,

Amir Temur,

Mohinur,

Al-Buxoriy

77

2

3

10.

Uchtepa

Birlik

39

1

2

11.

Yangihayot

Xushnud,

Charogʻon,

Doʻstlik,

Zarbdor,

Yorqin hayot,

Yoʻldosh

73

2

2

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 598-sonli qarori tahririda)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 09/23/23/0040-son; 20.10.2023-y., 09/23/549/0791-son)