13.01.2023 yildagi 13-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Toshkent shahri markazlashgan issiqlik taʼminoti korxonalarini faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida elektr va issiqlik energetikasi sohasini isloh qilish, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish boshqaruv tizimiga ilgʻor xorijiy tajribani qoʻllash, soha obyektlarini rekonstruksiya qilish orqali issiqlik va elektr energiyasi taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Toshkent shahar hokimligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligining “Toshkent issiqlik markazi” davlat unitar korxonasini masʼuliyati cheklangan jamiyatga aylantirish (keyingi oʻrinlarda — Jamiyat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-fevralga qadar Jamiyat ustav kapitalidagi ulushni qoldiq (balans) qiymatda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga uning ustav fondidagi davlat ulushini oshirish hisobiga berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat “Toshkent issiqlik markazi” davlat unitar korxonasining shartnomalari, huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat aktivlari (mulklari) inventarizatsiyadan oʻtkaziladi va Jamiyat ustav kapitali miqdori ularni baholashdan oʻtkazmagan holda, soliq organlariga taqdim etilgan oxirgi buxgalteriya balansi maʼlumotiga asosan, uning amaldagi ustav kapitali miqdorida belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori bilan oʻtkazilayotgan mulk, mulkiy huquqlar, jumladan ustav kapitalidagi ulushlar qiymati, shu jumladan ularni qayta tashkil etish va tugatish chogʻida soliqqa tortishning barcha turlari boʻyicha soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida aholiga va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun oʻz vaqtida sifatli issiqlik energiyasini uzatish vazifasi yuklansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruvga qabul qilinayotgan Jamiyatga tegishli qozonxonalarning texnik holatini toʻliq xatlovdan oʻtkazib, investitsiyalarni, shu jumladan toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda davlat-xususiy sheriklik asosida qozonxonalarni bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va 2023-yil 1-martga qadar Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Energetika vazirligi 2023-yil 1-aprelga qadar respublikadagi issiqlik markazlari faoliyatini oʻrganib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik markazlarini 2023-yil 1-iyundan boshlab bosqichma-bosqich “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik uzatish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va ularni keyinchalik ekspluatatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ markaziy apparatining issiqlik markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlinmasida qoʻshimcha 6 ta shtat birligini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh koʻchasi, 23-uyda joylashgan “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga operativ boshqaruv huquqida berilgan bino va inshootni baholangan qiymatda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ustav kapitaliga berish boʻyicha tegishli boshqaruv organlari qarorlarini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bino va inshootning baholangan qiymati va qoldiq (balans) qiymati oʻrtasidagi farq jamiyat ustav fondiga davlat ulushi sifatida kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 13-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2023-y., 09/23/13/0027-son)