Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 06.07.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1490
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KIMYOVIY VA BIOLOGIK MAHSULOTLARGA BUYURTMANOMALARNI SHAKLLANTIRISH VA QISHLOQ XOʻJALIK TOVAR ISHLAB CHIQARUVCHILARINI ULAR BILAN TAʼMINLASH TOʻGʻRISIDA YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 6-iyulda 1490-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-martdagi “Oʻsimliklarni himoya qilish xizmati tuzilmasini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 148-sonli qarorining 4-bandi ijrosini taʼminlash hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini biologik va kimyoviy vositalar bilan oʻz vaqtida taʼminlanishini yaxshilash maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kimyoviy va biologik mahsulotlarga buyurtmanomalarni shakllantirish va qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini ular bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan 10 kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilishni vazir oʻrinbosari O. Ollaberganov va Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi Bosh direktori T. Sattorovlar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMAILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 4-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
2005-yil 4-maydagi 115-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kimyoviy va biologik mahsulotlarga buyurtmanomalarni shakllantirish va qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini ular bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-martdagi “Oʻsimliklarni himoya qilish xizmati tuzilmasini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 148-sonli qaroriga muvofiq qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kimyoviy va biologik himoya qilish mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini aniqlash va ularni taʼminlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi 33-sonli qarorida hamda “Mineral oʻgʻitlar (ammiakli selitradan tashqari), defoliantlar va boshqa kimyoviy mahsulotlarni sotish boʻyicha yarmarka savdolarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi nizomda (2005-yil 16-fevral, roʻyxat raqami 1450) belgilangan defoliantlar va boshqa kimyoviy mahsulotlarga buyurtmanomalarni shakllantirish va qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilarini ular bilan taʼminlash tartibiga nisbatan tadbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Yoʻriqnomada qoʻllanilgan tushunchalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot — kimyoviy vositalar, taʼsir etuvchi va toʻldiruvchi moddalar xususiyatlari hisobga olingan holda polietilen, plastmassa va metaldan yasalgan idishlarga, karton qutilarga, polietilen, propilen, qogʻoz va boshqa qoplarga joylangan, mahsulot va ishlab chiqaruvchi nomi, muddati, Davlat kimyo komissiyasida qayd qilingan raqami, qoʻllanilishi boʻyicha tavsiya va meʼyorlari, idishdagi miqdori (brutto, netto) koʻrsatilgan yorligʻi bor boʻlgan mahsulot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biologik vositalar, mikrobiologik preparatlar ham yuqoridagi kabi yorliqqa ega boʻlishi lozim. Biomahsulotlar-biolaboratoriyalarda koʻpaytiriladigan entomofaglar (foydali hashoratlar trixogramma, brakon va oltinkoʻz) shisha bankalar va boshqa idishlarda, nomi litsenziya va chiqarilish partiyasi raqami, sifat sertifikati va miqdori koʻrsatilgan yorliqqa ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetkazib beruvchi — Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi tashkilotlariga va xoʻjaliklarga kimyoviy vositalarni (pestitsidlarni) yetkazilishini amalga oshiruvchi tashkilotlar va korxonalar (chet el firmalar, Navoiy elektrokimyozavodi va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotib oluvchi — barcha turdagi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotuvchi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar oʻsimliklarni himoya qilish markazlari, tumanlar otryadlari va biolaboratoriyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus omborxona —kimyoviy va biologik vositalarni saqlashga sanitariya ruxsati boʻlgan, sanitariya qoidalari va gigiyena meʼyorlari talablariga javob beruvchi viloyatlar markazlari, tuman otryadlari va xoʻjaliklar omborlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kimyoviy vositalar (pestitsidlar) — oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlatiladigan kimyoviy moddalar, shuningdek qishloq xoʻjalik oʻsimliklari rivojining regulyatorlari va defoliantlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biologik vositalar — oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlatiladigan tabiiy organizmlarga aynan oʻxshash biologik moddalar, sunʼiy ravishda yaratilgan mavjudotlar, genetik yetishtirilgan oʻsimlik yoki boshqa organizm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻsimliklarni zararkunanda, kasallik va begona oʻtlardan himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalariga boʻlgan talabini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi Respublika hududida fitosanitariya nazoratini olib boradi, qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarni rivojlanishi va tarqalishi boʻyicha kelgusi yilga dastlabki bashorat maʼlumotlarini tayyorlaydi. Uning asosida qishloq xoʻjaligini kimyoviy vositalarga (pestitsidlarga) boʻlgan ehtiyojini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu ishlar quyidagi muddatlarda va bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman oʻsimliklarni himoya qilish otryadlari tuman xoʻjaliklaridagi fitosanitariya vaziyatlarni hisobga olgan holda zararli organizmlarni kelgusi yilda rivojlanishi va tarqalishi boʻyicha dastlabki bashorat maʼlumotlarini tayyorlaydi. Uning asosida xoʻjaliklarning va tumanning kimyoviy va biologik vositalarga boʻlgan ehtiyojini aniqlaydi, uni tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi tomonidan tasdiqlatadi va viloyat oʻsimliklarni himoya qilish markaziga 15-iyulga qadar taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar oʻsimliklarni himoya qilish markazlari oʻzlarining kimyoviy va biologik vositalarga boʻlgan talabnomalarini ishlab chiqadi. Kimyoviy vositalarga boʻlgan talabnomalar viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi va 1-avgustga qadar Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markaziga topshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar oʻsimliklarni himoya qilish markazlari taqdim etgan talabnomalarni umumlashtiradi, tahlil qiladi va asoslantiradi, respublika qishloq xoʻjaligining oʻsimliklarni himoya qilish vositalariga boʻlgan talabini Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga 1-sentabrgacha taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan umumlashtirilgan talabnoma tegishli balanslarni shakllantirish hamda qishloq xoʻjaligini kimyoviy va biologik vositalarga boʻlgan ehtiyoji boʻyicha Respublikada ishlab chiqarish, import boʻyicha sotib olish toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini tayyorlash uchun Iqtisodiyot vazirligiga va “Oʻzkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasiga 15-sentabrga qadar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot vazirligi, belgilangan muddatlarda, kelgusi yilda oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sotib olish va ishlab chiqarishni mablagʻ bilan taʼminlash boʻyicha qaror loyihasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Respublika Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 10 kun muddat ichida Tarmoqlararo tender komissiyasining ishchi organi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi huzuridagi “Oʻzbektenderkonsalting” agentligiga kimyoviy vositalarni sotib olish boʻyicha takliflar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tarmoqlararo tender komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan tenderda gʻolib deb topilgan yetkazib beruvchilar tayyor kimyoviy vositalarni Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markaziga qarashli Respublika xoʻjalik hisobidagi oʻsimliklarni himoya qilish bazasi aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli Navoiy “Elektrokimyozavod” qoʻshma korxonasi bilan taʼsir etuvchi moddalarni sotib olish boʻyicha shartnomalar tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi tizimidagi Respublika xoʻjalik hisobidagi oʻsimliklarni himoya qilish bazasi import boʻyicha olinadigan kimyoviy vositalarni va Navoiy “Elektrokimyozavod” qoʻshma korxonasi taʼsir etuvchi moddalarni respublikaga olib kelish boʻyicha hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Navoiy “Elektrokimyozavod”ga va respublikada kimyoviy vositalar ishlab chiqaruvchi boshqa korxonalarga Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan buyurtmalar beriladi va ular shu buyurtmanomalar asosida kimyoviy vositalarni ishlab chiqaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kimyoviy vositalarni qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga yetkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Navoiy “Elektrokimyozavod” qoʻshma korxonasi va Respublika xoʻjalik hisobidagi oʻsimliklarni himoya qilish bazasi oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini yetkazib berish boʻyicha viloyat oʻsimliklarni himoya qilish markazlari hamda viloyat chigirtkaga qarshi kurashish xizmatlari bilan shartnoma tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuzilgan shartnomalar asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat oʻsimliklarni himoya qilish markazlari tuman oʻsimliklarni himoya qilish otryadlari bilan oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman oʻsimliklarni himoya qilish otryadlari qishloq xoʻjalik korxonalari bilan oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Viloyat chigirtkaga qarshi kurashish xizmatlari qishloq xoʻjalik korxonalari bilan oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini yetkazib berish va xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kimyoviy vositalarni saqlash va qoʻllash uchun sanitariya pasportiga ega boʻlgan, jihozlangan va saqlanadigan omborxonalari boʻlgan xoʻjaliklarga 6-8 kunga, bu sharoiti boʻlmagan xoʻjaliklarga 1 kunga yetadigan miqdorda sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini birinchi navbatda davlat ehtiyoji uchun yetishtiriladigan xoʻjaliklarga yetkazib berishni, viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi hamda uning tuman boʻlimlari nazoratga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kimyoviy vositalar ishlatilgandan keyin, uning boʻshagan idishlarini zararsizlantirish va yoʻqotish (utilizatsiya qilish) viloyat sanitariya-epidemiologiya stansiyalari va tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalarining masʼul xodimlari bilan birgalikda dalolatnomalar tuzilib, atrof-muhit uchun xavfsiz boʻlgan maxsus ajratilgan joylarda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi hamda “Oʻzkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari G. SAIDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 2-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi raisi N. NAJIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 2-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Gʻ. IBRAGIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 2-may
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 27-son, 197-modda)