30.12.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3409
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimida (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 30-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3409]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimida (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor D. LI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 28-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2022-yil 28-dekabrdagi 68-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimida (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimida (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimida) (bundan buyon matnda maxsus rejim deb yuritiladi) ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish, tajriba-sinov loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilish, maxsus rejim ishtirokchilarini maqomidan mahrum qilish hamda maxsus rejim ishtirokchilarining reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim — kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi texnologiyalarni joriy etayotgan yuridik shaxslar uchun alohida tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, tajriba-sinov loyihalarini sinovdan oʻtkazish va amaliyotga joriy etishda yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarda yengillik yaratish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasi — kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi yangi texnologiyalarni sinovdan oʻtkazish va tajriba tariqasida amalga oshirish uchun loyiha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisi — maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan va tajriba-sinov loyihalarini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchilarining reyestri (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi) — roʻyxatdan oʻtkazilgan maxsus rejim ishtirokchilari va ular tomonidan amalga oshirilayotgan tajriba-sinov loyihalari haqidagi maʼlumotlar aks ettiriladigan, hamma foydalanishi uchun ochiq boʻlgan axborot resursi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi — maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza bilan murojaat qilgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlar — tajriba-sinov loyihalari doirasida maxsus rejim ishtirokchisi bilan shartnomaviy munosabatlarni oʻrnatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan chet ellik jismoniy va yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi benefitsiar mulkdor — arizachini bevosita yoki bilvosita taʼsis etuvchi yoxud uning ustav jamgʻarmasidagi (kapitalidagi) ulushlariga (aksiyalariga) bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi yoxud ushbu shaxsga bevosita yoki bilvosita egalik qiladigan yoxud uni nazorat qiladigan jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maxsus rejim ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agentlikning maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan arizalarni qabul qilish, koʻrib chiqish va tajriba-sinov loyihalarini monitoring qilish boʻyicha vazifalari uning ishchi organi — Agentlikning Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimi (“Tartibga solish qumdoni”) shuʼbasi (bundan buyon matnda ishchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachining maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalarini qabul qiladi, roʻyxatdan oʻtkazadi va koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif etilayotgan tajriba-sinov loyihalari boʻyicha taqdim etilgan arizalar, hujjatlar va maʼlumotlarni Agentlikning boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirishda istisno qilinayotgan qonunosti hujjatlarining tegishli normalari roʻyxatini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihalari doirasida tuziladigan xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnomalar (ofertalar, bitimlar)ning maksimal qiymati va mijozlarning cheklangan sonini kelishib beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqidagi xulosani Agentlik rahbari (oʻrinbosari)ga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qiladi va koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestrni yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchilarini tashkiliy-huquqiy va konsultativ jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihalari amalga oshirilishini monitoring qiladi, samaradorligini baholaydi hamda ularni amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish boʻyicha takliflarni Agentlik rahbari (oʻrinbosari)ga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida maxsus rejim ishtirokchilariga berilgan imtiyoz va preferensiyalar hisobini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish va amalga oshirilayotgan tajriba-sinov loyihalarini tugatish haqidagi takliflarni Agentlik rahbari (oʻrinbosari)ga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Arizachilar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlarni koʻrib chiqish hamda maxsus rejim ishtirokchisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maxsus rejim ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maxsus rejim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlarni toʻlov vositasi sifatida qabul qilinishi yoki foydalanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalar, anonim kripto-aktivlar mayningi hamda yashirin mayningni amalga oshirilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar maxsus rejim ishtirokchilarining oxirgi benefitsiar mulkdorlari va rahbariyati (rahbari va oʻrinbosarlari) boʻlishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terroristik faoliyatda yoki ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishda ishtirok etgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm, ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatish, ularni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar noqonuniy savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
benefitsiar mulkdorlari, boshqaruv organlari aʼzolari imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) benefitsiar mulkdorning shaxsini oshkor etishni hamda moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazishda axborot taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlat va hududning rezidenti boʻlgan, shunday davlat va hududda yashaydigan yoki roʻyxatdan oʻtgan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maxsus rejim doirasida tajribadan oʻtkaziladigan va foydalaniladigan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi texnologiyalar (mahsulotlar, xizmatlar) Oʻzbekiston Respublikasida noyob boʻlishi yoki kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi texnologiyalardan foydalanishda innovatsion yondashuv qoʻllanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maxsus rejim ishtirokchilari tajriba-sinov loyihalarini kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olmasdan amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tajriba-sinov loyihalarini maxsus rejim doirasida amalga oshirish muddati uch yildan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddat oʻtgach Agentlik tajriba-sinov loyihalarini maxsus rejim doirasidan chiqarish maqsadida amaldagi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida (tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish natijalari ijobiy baholangan taqdirda) tegishli munosabatlarni tartibga solish uchun tegishli normalarni tarqatish yoxud tegishli asoslarni koʻrsatgan holda tajriba-sinov loyihasini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Arizani taqdim etish va koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun arizachi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza hamda quyidagi maʼlumotlar va hujjatlarni Agentlikka taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi anketa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasi doirasida xizmat koʻrsatish boʻyicha tuziladigan shartnomalar (ofertalar, bitimlar) qiymati va mijozlarning soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasi doirasida erishilishi rejalashtirilgan aniq maqsadli koʻrsatkichlar nazarda tutiladigan biznes-reja;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs (arizachi)ning nizomi va boshqa taʼsis hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachining rahbariyati (rahbari va oʻrinbosarlari) hamda taʼsischilari chet el fuqarolari boʻlganda, mazkur Nizomning 7-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan jinoyatlar boʻyicha tegishli xorijiy mamlakatning vakolatli organidan olingan sudlanmaganligi haqidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachining rahbariyati (rahbari va oʻrinbosarlari) hamda taʼsischilari haqidagi mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan maʼlumotlar. Bunda, taʼsischilar haqidagi maʼlumotlar oxirgi benefitsiar mulkdorgacha koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi tomonidan tajriba-sinov loyihasida ishtirok etishga mijozlarning yozma roziliklari Agentlikka taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachining rahbariyati (rahbari va oʻrinbosarlari) hamda oxirgi benefitsiar mulkdorlari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlganda, Agentlik mazkur Nizomning 7-bandi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlarni mustaqil tarzda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan hujjatlar arizachining rahbari tomonidan tasdiqlanishi (imzolanishi) kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda taqdim etilayotgan maʼlumotlar yuqori sifatda va “PDF”, “PNG” yoki “JPEG” formatlarda boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Arizachi tomonidan taqdim etiladigan biznes rejada maxsus rejim doirasida tajribadan oʻtkaziladigan va foydalaniladigan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi texnologiyalar (mahsulotlar, xizmatlar) Oʻzbekiston Respublikasida noyob hisoblanishi yoki kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi texnologiyalardan foydalanishda innovatsion yondashuv qoʻllanilishi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agentlik ariza kelib tushgan kundan boshlab yigirma ish kuni ichida arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza va taqdim etilgan hujjatlarni tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda qoʻshimcha ravishda tekshirish talab qilingan taqdirda, ishchi organning taklifiga koʻra arizani koʻrib chiqish muddati Agentlik rahbari (oʻrinbosari) tomonidan oʻn ish kuniga uzaytirilishi mumkin. Bu haqda arizachi shu kunning oʻzida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ishchi organ ariza va taqdim etilgan hujjatlarni oʻn besh ish kuni, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda yigirma besh ish kuni ichida koʻrib chiqadi hamda koʻrib chiqish natijasi boʻyicha xulosani Agentlik rahbari (oʻrinbosari)ga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ishchi organ arizani koʻrib chiqish jarayonida tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish uchun qonunosti hujjatlarining tegishli normalarini istisno qilish talab etilishi yoki talab etilmasligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish uchun qonunosti hujjatlarining tegishli normalarini istisno qilish talab qilinganda, ishchi organ tegishli vakolatli organlar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazadi hamda xulosada tajriba-sinov loyihasini amalga oshirishda istisno qilinadigan qonunosti hujjatlarining tegishli normalarini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ishchi organ tomonidan xulosa kiritilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida Agentlik rahbari (oʻrinbosari) tomonidan arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish quyidagi holatlarda rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi mazkur Nizomning 6 — 8-bandlarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi maxsus rejim ishtirokchisi tomonidan tajribadan oʻtkazilayotgan va foydalanilayotgan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi texnologiyalar (mahsulotlar, xizmatlar)ni taklif etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, bu haqda arizachiga ishchi organ tomonidan rad etish asoslari koʻrsatilgan holda bir ish kuni ichida xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Arizachi rad etish asoslarini bartaraf etgan holda xabarnomani olgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida takroran ariza berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroran berilgan ariza boʻyicha oʻn ish kuni ichida arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat oʻtganidan soʻng takroran taqdim etilgan arizalar ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, ishchi organ bir ish kuni ichida tegishli maʼlumotlarni reyestrga kiritadi va arizachiga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorda maxsus rejim doirasida tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish uchun qoʻyiladigan talablar va shartlar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida arizachini mazkur qaror bilan yozma ravishda tanishtiradi hamda tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish talablari va shartlariga rioya qilinmagan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilinishi toʻgʻrisida ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish muddatini uzaytirish, reyestrga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Maxsus rejim ishtirokchisiga tajriba sinov-loyihasini amalga oshirish uchun dastlabki oʻn ikki oy muddat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Maxsus rejim ishtirokchisi tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish muddatini uzaytirish istagi boʻlgan taqdirda, bu haqidagi ariza bilan mazkur muddat tugashidan oʻttiz kun oldin Agentlikka murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ishchi organ arizani, u kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqadi va tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish muddatini uzaytirish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi xulosani Agentlik rahbari (oʻrinbosari)ga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ tomonidan xulosa kiritilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida Agentlik rahbari (oʻrinbosari) tomonidan tajriba-sinov loyihasining amalga oshirish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi hamda bu haqda maxsus rejim ishtirokchisiga bir ish kuni ichida xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Agentlik quyidagi holatlarda tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish muddatini uzaytirishni rad etishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasini amaliyotga joriy etish uchun qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida qaror qabul qilish uchun yetarli maʼlumotlar olinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznes-rejaning aniq maqsadli koʻrsatkichlariga erishilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish muddatini uzaytirish rad etilgan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchisi oʻn kalendar kun ichida loyihani amalga oshirishni tugatishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, uning muddati oʻn ikki oyga uzaytiriladi. Bunda, tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish muddati mazkur Nizomning 10-bandi birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddatdan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Maxsus rejim ishtirokchisi oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan eri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchisi yoxud uning huquqiy vorisi qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin besh ish kuni ichida Agentlikka reyestrga oʻzgartirishni kiritish uchun tegishli oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik arizani qabul qilgandan soʻng ikki ish kuni ichida reyestrga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tajriba-sinov loyihalarini monitoring qilish va maxsus rejim ishtirokchisini maqomidan mahrum qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ishchi organ maxsus rejim ishtirokchilari tomonidan tajriba-sinov loyihalarining amalga oshirilishi hamda maxsus rejim talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Maxsus rejim ishtirokchilari har oyda oʻz faoliyati hamda ularga berilgan imtiyoz va preferensiyalardan foydalanilishi boʻyicha Agentlik tomonidan tasdiqlangan shakldagi hisobotlarni keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar Agentlikka taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish va tajriba-sinov loyihasini tugatish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish uchun belgilangan muddatning tugashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisining maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan voz kechish toʻgʻrisidagi arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar va (yoki) tajriba-sinov loyihalari boʻyicha berilgan hisobotlarda yolgʻon maʼlumotlar berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish talablari va shartlarining buzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihalari boʻyicha hisobotlar mazkur Nizomning 29-bandida belgilangan muddatda taqdim etilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihasini amalga oshirishda uchinchi shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qaroriga asosan maxsus rejim ishtirokchisi toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼtirof etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisi (rahbariyati va xodimlari) tomonidan tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirishda qonunchilik talablariga rioya etilmaganligi natijasida huquqbuzarlik (jinoyat) sodir etilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mazkur Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan holatlar aniqlangan kundan boshlab uch ish kuni ichida Agentlik tomonidan maxsus rejim ishtirokchisini maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish hamda amalga oshirilayotgan tajriba-sinov loyihasini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ishchi organ maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida reyestrga tegishli maʼlumotlarni kiritadi hamda bu haqda tegishli yuridik shaxsni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Maxsus rejim ishtirokchilarining reyestrini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Reyestr ishchi organ tomonidan yuritiladi va unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan eri (pochta manzili), elektron pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), telefon raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisining roʻyxatdan oʻtkazish raqami va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisini maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish asoslari va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ularni amalga oshirish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish muddatini uzaytirish, reyestrga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish asoslari va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Reyestrda mavjud boʻlgan maʼlumotlar Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Maxsus rejim ishtirokchisi maxsus rejim doirasida Agentlik tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimida (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimida (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish, maxsus rejimning amal qilish muddatini uzaytirish hamda maxsus rejim ishtirokchisini maqomidan mahrum qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Arizachi

1. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimida (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) (keyingi oʻrinlarda — maxsus rejim) ishtirokchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza va hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Ariza va tegishli hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) taqdim etadi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Agentlik

Ariza va tegishli hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

20 ish kuni, uzaytirilgan taqdirda 30 ish kuni

Agentlik

1. Ishchi organ ariza va tegishli hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi.

15 ish kuni, uzaytirilgan taqdirda 25 ish kuni

2. Ishchi organ xulosasi asosida maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

5 ish kuni

3-bosqich

Ishchi organ

Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, bu haqda arizachiga rad etish asoslarini koʻrsatgan holda xabarnoma yuboradi.

1 ish kuni

4-bosqich

Arizachi

Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish asoslarini bartaraf etgan holda takroran ariza beradi.

30 kun

Agentlik

1. Takroran berilgan ariza boʻyicha arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

10 ish kuni

2. Mazkur muddat oʻtganidan soʻng takroran taqdim etilgan arizalarni ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda koʻrib chiqadi.

belgilangan muddatda

5-bosqich

Ishchi organ

1. Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bir ish kuni ichida tegishli maʼlumotlarni reyestrga kiritadi va arizachiga xabarnoma yuboradi.

1 ish kuni

2. Arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror bilan yozma ravishda tanishtiradi hamda tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish talablari va shartlariga rioya qilinmagan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilinishi toʻgʻrisida ogohlantiradi.

3 ish kuni

6-bosqich

Maxsus rejim ishtirokchisi

1. Maxsus rejim talablari va shartlariga rioya qilgan holda tajriba sinov-loyihasini amalga oshiradi.

12 oy

2. Tajriba-sinov loyihasining amalga oshirish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bilan Agentlikka murojaat qiladi.

muddat tugashidan oʻttiz kun oldin

7-bosqich

Agentlik

1. Ishchi organ ariza va tegishli hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish muddatini uzaytirish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi xulosani Agentlik rahbari (oʻrinbosari)ga kiritadi.

10 ish kuni

2. Ishchi organ xulosasi asosida tajriba-sinov loyihasining amalga oshirish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

5 ish kuni

3. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida maxsus rejim ishtirokchisiga bir ish kuni ichida xabarnoma yuboriladi.

1 ish kuni

8-bosqich

Maxsus rejim ishtirokchisi

1. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, loyihani amalga oshirishni davom ettiradi.

12 oy

2. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish muddatini uzaytirish rad etilgan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchisi loyihani amalga oshirishni tugatadi.

10 kun

9-bosqich

Maxsus rejim ishtirokchisi

Oʻzgartirilgan, nomi yoki joylashgan eri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, Agentlikka koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi.

5 ish kuni

Agentlik

Arizani qabul qilgandan soʻng reyestrga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.

2 ish kuni

10-bosqich

Agentlik

Mazkur Nizomda koʻrsatilgan holatlar aniqlangan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchisini maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish hamda amalga oshirilayotgan tajriba-sinov loyihasini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

3 ish kuni

Ishchi organ

Maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisida qaror asosida reyestrga tegishli maʼlumotlarni kiritadi hamda bu haqda tegishli yuridik shaxsni xabardor qiladi.

1 ish kuni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimida (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎ARIZA

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

1.

Yuridik shaxsning nomi: ‎‎‎

‎‎

2.‎

Joylashgan joyi (pochta manzili):‎‎

‎‎

3.‎

Elektron pochta manzili:‎‎

‎‎

4.‎

Telefon raqami:‎‎

‎‎

5.‎

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR):‎‎

‎‎

6.‎

Xizmat koʻrsatuvchi banki:‎‎

‎‎

7.‎

Rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi:‎‎

‎‎

8.‎

Arizani topshirishga vakolatli shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami, elektron pochta manzili:‎

‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎Sizdan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimida (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) _______________________________________________________________________________________________________________
‎
‎__________________________________________________________________________________________________________ hamda

‎‎(murojaat maqsadi: maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki uning muddatini uzaytirish)

‎‎_________________________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________________

‎‎(taklif etilayotgan tajriba-sinov loyihasining qisqacha tasnifi)

‎‎amalga oshirish uchun ruxsat berishingizni soʻraymiz.
‎
‎Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
‎1. Anketa ___ varaqda;
‎2. Tajriba-sinov loyiha doirasida xizmat koʻrsatish boʻyicha tuziladigan shartnomalar (ofertalar, bitimlar)ning qiymati va mijozlarning soni, tajriba-sinov loyihasida ishtirok etish uchun mijozlarning yozma roziliklari;
‎3. Biznes-reja;
‎4. Nizom va taʼsis hujjatlarining nusxasi;
‎5. Yuridik shaxsning rahbariyati (rahbari va oʻrinbosarlari) hamda taʼsischisi haqidagi maʼlumotlar.
‎

‎‎Yuridik shaxs rahbarining imzosi ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎_____________________________________
‎(F.I.O.)

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎‎20___ yil “___”____________ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimida (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimida (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) ishtirokchisi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun arizachining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ANKETASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Yuridik shaxs (arizachi) va tajriba-sinov loyihasi haqidagi maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Yuridik shaxsning nomi:

Joylashgan joyi (pochta manzili):

Telefon raqami:

Elektron pochta manzili:

Rasmiy veb-sayti:

Davlat roʻyxatdan oʻtgan sanasi va raqami

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR):

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuridik shaxs haqidagi maʼlumotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.1. Yuridik shaxsning faoliyati, shu jumladan tashkilot tuzilmasi, faoliyat yoʻnalishi va erishgan yutuqlari haqidagi maʼlumotlar.


1.2. Yuridik shaxsning moliyaviy ahvoli, tajriba-sinov loyihasining qiymati, tajriba-sinov loyihasining moliyalashtirish manbalari, shu jumladan har qanday jalb qilingan va (yoki) qarz mablagʻlari haqidagi maʼlumotlar.


Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maxsus rejim doirasida tajribadan oʻtkazilishi yoki foydalanilishi rejalashtirilayotgan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi texnologiya (mahsulot, xizmat) yoki kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi texnologiyalardan foydalanishda qoʻllaniladigan innovatsion yondashuv haqidagi maʼlumotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2.1. Taklif etilayotgan texnologiyaning (mahsulotning, xizmatning) batafsil tavsifi, shu jumladan:

taklif etilayotgan yangi texnologiyaning (mahsulotning, xizmatning) xos xususiyatlari va ustunliklari;

Oʻzbekiston Respublikasida kripto-aktivlar aylanmasi sohasida foydalanilayotgan texnologiyalar (mahsulotlar, xizmatlar) bilan maxsus rejim doirasida foydalanilishi taklif etilayotgan texnologiyaning (mahsulotning, xizmatning) farqi, mazkur texnologiyalardan (mahsulotlardan, xizmatlardan) qaysi davlatlarda foydalanilishi hamda qanday natijalarga erishilganligi.


2.2. Taklif etilayotgan texnologiyaning (mahsulotning, xizmatning) foydalanish biznes-modeli va sxemasi. Har bir holat boʻyicha taklif etilayotgan texnologiyadan (mahsulotdan, xizmatdan) foydalanishning kompleks illyustratsiya (sxemasi) batafsil bayon etish, shu jumladan:

mijozlar bilan kripto-aktivlar aylanmasini tashkil etish va hisob-kitoblarni amalga oshirish mexanizmi;

mijozlarning kripto-aktivlari va mablagʻlarini saqlash, axborot xavfsizligini taʼminlash choralari.


2.3. Taklif etilayotgan texnologiyani (mahsulotni, xizmatni) batafsil tavsiflovchi texnik tizim va yechimlar hamda undan foydalanishning innovatsion usullari.


2.4. Taklif etilayotgan texnologiyaning (mahsulotning, xizmatning) prototipi tayyorligi, ishlab chiqish, shu jumladan kompleks namoyish etish muddatlari.


Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish uchun qoʻllanishi lozim boʻlgan imtiyoz va preferensiyalar haqidagi maʼlumot:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

3.1. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning talablari.


3.2. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish davomida istisno etish soʻralayotgan qonunosti hujjatlarining aniq normalari hamda ularni istisno etish zaruriyatini asoslantirish.


Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tajriba-sinov loyihasining konsepsiyasi va shakli haqidagi maʼlumotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

4.1. Tajriba-sinov loyihasi boʻyicha kripto-aktivlar aylanmasi sohasida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan eksperimentlar, shu jumladan operatsiyalar turlari va ularni amalga oshirish shakllari.


4.2. 4.1-bandda koʻrsatilgan har bir eksperimentni amalga oshirilishini baholash va monitoring qilish koʻrsatkichlari.


4.3. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish qoʻllaniladigan cheklovlar:

amalga oshirish muddati (loyihaning boshlanish va tugatish sanasi);

mijozlar soni va turi (masalan, jismoniy yoki yuridik shaxslar);

kripto-aktivlar va mablagʻlarni saqlash limitlari yoki transaksiyalarning boshlangʻich qiymatlari hamda boshqa miqdoriy cheklovlar;

koʻrilishi mumkin boʻlgan maksimal yoʻqotish va zararlar.


4.4. Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirishda yuzaga keladigan xavflar, shu jumladan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish, texnologik xavflar va muvaffaqiyatsizliklarni boshqarish uchun joriy etiladigan nazorat mexanizmlari.


4.5. Mijozlar bilan nizoli holatlarni hal etish va ularning qonuniy huquqlari va manfaatlariga rioya etilishining kafolatlari.


4.6. Tajriba-sinov loyihasini tugatish rejasi. Bunda, tajriba-sinov loyihasini amalga oshirishda qatnashayotgan mijozlarni loyihadan chiqarish, mablagʻlarini qaytarish va xarajatlarini toʻlash boʻyicha choralar koʻrsatilishi lozim.


Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. DEKLARATSIYALASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

5. Yuridik shaxsning rahbariyati (direktor, boshqaruv raisi va oʻrinbosarlari), taʼsischilari, aksiyadorlari va oxirgi benefitsiar mulkdorlari:

har qanday jinoyat uchun tergovda qatnashgan, ayblanayotgan, sudlangan yoxud jinoiy taʼqib ostida boʻlganmi?;

oxirgi 5 yil ichida litsenziyalash yoki qonunchilik hujjatlarning boshqa talablarini buzganligi uchun maʼmuriy yoki boshqa javobgarlikka (moliyaviy sanksiyalar, litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishning toʻxtatish, tugatish yoki bekor qilish bilan bogʻliq) tortilganmi?

☐ Ha ☐ Yoʻq

5.1. Yuridik shaxs oxirgi 5 yil ichida shartnomaviy-huquqiy munosabatlar yuzasidan sudda daʼvo yoki boshqa ishlarda ishtirok etgan yoki bugungi kunda ishtirok etyaptimi?

☐ Ha ☐ Yoʻq

5.2. Yuridik shaxsga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qoʻllanilgan yoki bugungi kunda qoʻllanilyaptimi?

☐ Ha ☐ Yoʻq

5.3. Tajriba-sinov loyihalari arizachi tomonidan ilgari taqdim etilganmi?

☐ Ha ☐ Yoʻq

5.4. Yuridik shaxs tomonidan bugungi kunda har qanday imtiyoz va preferensiyalardan foydalanilyaptimi?

☐ Ha ☐ Yoʻq

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan savollarga ijobiy javob berilgan taqdirda, quyida batafsil maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim.


Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
☐ Mazkur anketa va unga ilova qilinayotgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqiqiyligi va toʻgʻriligini hamda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar berilmaganligini tasdiqlayman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
☐ Arizam qanoatlantirilganidan keyin taqdim etgan hujjatlarimda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum etilishim mumkinligini tushunaman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi


Bogʻlanish telefon raqami

Elektron pochta manzili


Yuridik shaxs rahbarining imzosi

Sana


Yuridik shaxs tomonidan ariza va hujjatlarni taqdim etishga vakolat berilgan shaxs (agar yuqoridagidan farq qilsa)


Lavozimi


Bogʻlanish telefon raqami

Elektron pochta manzili



Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anketaning barcha bandlari toʻliq toʻldirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, anketaning tegishli bandida taqdim etilayotgan hujjatlar koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimida (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning (arizachining) rahbariyati (rahbari va oʻrinbosarlari) va taʼsischilari haqidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-jadval
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Yuridik shaxsning rahbariyati (rahbari va oʻrinbosarlari)

Lavozimi

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Fuqaroligi

JShShIR

(Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun)

Shaxsini tasdiqlovchi hujjat

Hujjat turi

Seriya va raqami

Berilgan vaqti va amal qilish muddati

Kim tomonidan berilgan

1

2

3

4

5

6

7

8



Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-jadval
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Yuridik shaxsning taʼsischilari

Familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxs nomi

Ulush miqdori

Fuqaroligi (jismoniy shaxslar uchun) yoki davlat roʻyxatidan oʻtgan joyi (yuridik shaxslar uchun)

JShShIR (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari-jismoniy shaxslar uchun) yoki STIR (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari-yuridik shaxslar uchun)

Shaxsini tasdiqlovchi hujjat yoki davlat roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma

Hujjat turi

Seriya va raqami

Berilgan vaqti va amal qilish muddati

Kim tomonidan berilgan

1

2

3

4

5

6

7

8



(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2022-y., 10/22/3409/1138-son)