ILOVA
|
T\r |
Soliq xavfi belgilari |
Soliq xavfi darajasi |
|
1. |
“Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi hamda isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini hisobga olish axborot tizimini joriy etmagan yoki foydalanmaganda |
Yuqori |
|
2. |
Real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS) bilan jihozlangan hamda isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularning aylanmasi hajmini hisobga olish hamda uzumzorlarning yagona reyestri axborot tizimiga integratsiya qilingan elektron hisoblagich oʻrnatilgan avtotransport vositalarida isteʼmol va texnik etil spirtini realizatsiya qilishni t�ʼminlamaganda |
Yuqori |
|
3. |
Barcha isteʼmol va texnik etil spirti ishlab chiqarish hamda alkogol mahsulotlarini quyish liniyalarida yigʻma hisobga olish maʼlumotlari koʻrsatkichlarini tegishli himoyalash vositasiga ega boʻlgan tayyor mahsulotlarni elektron hisoblagichlar mavjud boʻlmaganda |
Oʻrta |
|
4. |
Tashkilotlar tomonidan doimiy ravishda ustav fondining quyidagi miqdori taʼminlanmaganda: isteʼmol etil spirti va aroq ishlab chiqaruvchi tashkilotlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 000 baravari boshqa alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar (uzum va mevalarni birlamchi qayta ishlash tashkilotlari bundan mustasno) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravari |
Oʻrta |
|
5. |
Aroq hamda isteʼmol etil spirtidan (uzum va rezavor meva etil spirtidan tashqari) aroq va likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan oʻrnatilgan quvvatlarning 60 foizidan va yillik ishlab chiqarish hajmi absolyut alkogolga qayta hisoblaganda kamida 100 ming dekalitrdan kam boʻlganda |
Oʻrta |
|
6. |
Aroq ishlab chiqarmaydigan tashkilotlarda isteʼmol etil spirtidan (uzum va rezavor meva etil spirtidan tashqari) likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan oʻrnatilgan quvvatlarning 50 foizidan kam boʻlganda |
Oʻrta |