23.12.2022 yildagi PQ-449-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.12.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi oʻrtasida gimnastika sport turlari (sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, trampolin, akrobatika) ommaviyligini oshirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish, xalqaro talab va standartlar asosida professional sportchilarni tayyorlash orqali milliy terma jamoalarimizning nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar gimnastika sport turlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi oʻrtasida gimnastika sport turlarining ommaviyligini oshirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha yoshdagi bolalarning gimnastika sport turlari bilan shugʻullanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratish va ularda ushbu sport turlari boʻyicha boshlangʻich koʻnikmalarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim maktablarining jismoniy tarbiya darslarida gimnastika sport turlari boʻyicha mashgʻulotlarni bosqichma-bosqich koʻpaytirish hamda mashgʻulot va toʻgaraklar faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gimnastika sport turlari boʻyicha professional trenerlar, malakali hakamlar va mutaxassislarni tayyorlash, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar hamda videomateriallar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport-taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, respublikada gimnastika sport turlari uchun zarur boʻlgan sport jihozlari va inventarlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizlar oʻrtasida erta yoshdan gimnastika sport turlarini ommalashtirish, bu borada uzoq yillarga moʻljallangan istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlariga gimnastika sport turlari boʻyicha milliy terma jamoa sportchilarini tayyorlash dasturlarini yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarida sogʻlom turmush tarzining muhim tarkibiy qismi sifatida gimnastika sport turlarini targʻib qilish hamda bu jarayonda yuqori darajali axborotlashtirishni va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Gimnastikaga ilk qadam” dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim maktablarida boshlangʻich sinf oʻquvchilariga moʻljallangan, gimnastika sport turlari boʻyicha sport maktabining boshlangʻich tayyorgarlik guruhlari uchun ishlab chiqilgan dastur asosida “Bolalar uchun gimnastika” dasturi joriy qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Gimnastikaga ilk qadam” dasturi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida gimnastikani ommalashtirish va keng targʻib qilish orqali tarbiyalanuvchilarni mazkur sport turi bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiyalanuvchilar organizmini fiziologik rivojlantirish boʻyicha mutaxassis — shifokorlar tomonidan tavsiya etilgan sport koʻnikmalariga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarda gimnastika bilan shugʻullanishga kuchli va taʼsirchan motivatsiyani shakllantirishga katta eʼtibor qaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Bolalar uchun gimnastika” dasturi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gimnastika bilan shugʻullanish istagi yuqori boʻlgan oʻquvchilarga ega hamda sport zallari mavjud umumiy oʻrta taʼlim maktablari belgilab olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlab olingan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida gimnastika sport turlari boʻyicha darsdan tashqari alohida sport seksiyalarida mashgʻulotlar maktab joylashgan hududdagi sport maktabidan jalb etilgan trenerlar tomonidan olib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim maktablarida gimnastika zallarini tashkil etish, mavjud gimnastika infratuzilmasini kengaytirish va jihozlash uchun investitsiya va grantlar jalb qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar oʻrtasida gimnastika sport turlarini keng targʻib qilish va ommalashtirish, ularda ushbu sport turiga qiziqishni oshirish, gimnastika boʻyicha musobaqalarni oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov) 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi bilan birgalikda gimnastika sport turlarini oʻquvchilar oʻrtasida ommalashtirish boʻyicha tanlangan maktablarni videodarsliklar, gimnastika gilamlari, jihozlari va boshqa zarur anjomlar bilan taʼminlash uchun Xalq taʼlimi sohasida islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har yili zarur mablagʻlarni yoʻnaltirsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun jismoniy tarbiya fanining amaldagi oʻquv dasturini qayta koʻrib chiqib, uning asosiy qismini gimnastikaning sogʻlomlashtiruvchi elementlari bilan boyitsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyulga qadar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni gimnastikaga asoslangan muntazam jismoniy mashqlarga qiziqtirish va shugʻullantirish boʻyicha toʻgaraklar faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻysin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sportni rivojlantirish vazirligi tizimida birinchi bosqichda Nukus, Samarqand va Fargʻona shaharlarida zamonaviy moddiy-texnika va oʻquv-mashq bazasiga ega boʻlgan hududiy Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari (keyingi oʻrinlarda — Gimnastika markazlari) tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlari ushbu hududlardagi gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablari negizida tashkil qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlari faoliyati gimnastika sport turlari boʻyicha qobiliyatli va iqtidorli yosh sportchilarni tanlab olish hamda ularni asosan terma jamoalarga nomzod sifatida tayyorlashga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlari yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan davlat sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlari oʻz faoliyatini 2024/2025 oʻquv yilidan boshlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlari oʻquvchilarining umumiy kontingenti jami 132 nafarni tashkil etib, ular 1 — 11-sinf oʻquvchilaridan iborat boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlari oʻquvchilarini umumtaʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish ularga eng yaqin joylashgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlarining oʻquv jarayoni Sportni rivojlantirish vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi hamda tasdiqlangan oʻquv rejaga asosan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlarining oʻquv dasturini oʻzlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan 11-sinf bitiruvchilariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat namunasidagi diplom beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlarini bitirganlik toʻgʻrisidagi diplom berilgan mutaxassislik (trener, trener-seleksioner) boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish yoki taʼlimning keyingi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish huquqini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlari oʻquvchilarini ovqatlantirish xarajatlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlari direktorlari, ularning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari, trenerlari, yoʻriqchi-uslubchilariga Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlari direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va tarbiyachilari mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 275-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlari tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 276-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi, shuningdek, ularni moddiy ragʻbatlantirishda Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun belgilangan moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Gimnastika markazlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat ixtisosligi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan va Gimnastika markazlari ustavidagi vazifalarga muvofiq boʻlgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy mashgʻulotlar oʻtkazilmaydigan vaqtda boʻsh turgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Gimnastika markazlarini zamonaviy va xalqaro talablarga muvofiq tashkil etish (binolar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash) “Oʻzavtosanoat” AJning homiylik mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Gimnastika markazlarini xalqaro standartlarga muvofiq, zamonaviy jihoz va inventarlar bilan taʼminlash uchun Sportni rivojlantirish vazirligiga Davlat budjetidan zarur mablagʻ ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi ushbu maqsadlar uchun hamda Gimnastika markazlari faoliyatini saqlash bilan bogʻliq zarur mablagʻlarni 2024-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish vazirligi (B. Zakirov) Gimnastika markazlarining loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda eng maqbul meʼmoriy hamda texnik yechimlar qoʻllanilishini, ularni innovatsion texnologiyalarga asoslangan, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan qurish, shinamlik va ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlasin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan doimiy davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportni rivojlantirish vaziriga Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan gimnastika sport turlari boʻyicha malakali xorijiy trenerlar, menejerlar, ekspertlar va boshqa mutaxassislarni jalb qilish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasi mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, uch oy muddatda Gimnastika markazlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Gimnastika sport turlari ommaviyligini oshirish hamda sportchilarni eng quyi boʻgʻindan boshlab tayyorlash va seleksiya qilish boʻyicha quyidagi tizim joriy qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida — 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni jismoniy tarbiya, ayniqsa, gimnastikaga asoslangan muntazam jismoniy mashqlarga qiziqtirish va shugʻullantirish orqali ularda iroda va qatʼiyatlilik, shuningdek, oʻzini tutish kabi axloqiy va jismoniy fazilatlar shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim maktablarida — 7 yoshdan 10 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar uchun jismoniy tarbiya dars mashgʻulotlarida gimnastika sportining sogʻlomlashtiruvchi elementlaridan foydalangan holda bolalarda tana rivojlanishi, mushaklar egiluvchanligi, chaqqonlik, chidamlilik hamda muvozanat hissi va harakatlarni muvofiqlashtirish koʻnikmasi kabi jismoniy sifatlar shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktablarida — “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilgan ommaviy sport musobaqalari, shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan gimnastika sport turlari boʻyicha saralab olingan bolalar dastlab sport maktabining sport-sogʻlomlashtirish guruhlarida harakatlanish qobiliyatini kuchaytirish va harakat faolligi tanqisligini toʻldirish boʻyicha shugʻullantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, sport-sogʻlomlashtirish guruhida shugʻullangan yoshlar aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi boʻyicha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan taqdirda, ular sport maktabining navbatdagi guruhlariga bosqichma-bosqich oʻtkazib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlarida — taʼlim muassasalarida eng yaxshi natija koʻrsatgan, sport sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan va yuqori iqtidorga ega boʻlgan yoshlar tanlov asosida qabul qilinib, gimnastikaning ixtisoslashtirilgan turlari boʻyicha professional tarzda shugʻullantiriladi va ular hisobidan hududiy terma jamoalarga asosiy nomzodlar zaxirasi shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabida (keyingi oʻrinlarda — Gimnastika boʻyicha olimpiya zaxiralari maktabi) — Gimnastika markazlari, shuningdek, boshqa taʼlim muassasalaridan sport gimnastikasi, badiiy gimnastika va trampolin bilan shugʻullanuvchi sportchilarni erishgan natijalari asosida tanlab olish orqali ular eng yangi ilmiy-metodik tavsiya hamda yutuqlar asosida milliy terma jamoalar uchun sport zaxirasi va yuqori darajali sportchilar sifatida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika boʻyicha olimpiya zaxiralari maktabi — milliy terma jamoalarga gimnastika sport turlari boʻyicha zaxira sportchilarni yetkazib beruvchi bazaviy davlat sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika boʻyicha olimpiya zaxiralari maktabida 7 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan taʼlim oluvchi oʻquvchi-sportchilarning umumiy kontingenti 132 nafarni tashkil etgan holda, oʻqish muddati 11 yil boʻlib, har yili 12 nafar iqtidorli oʻquvchi-sportchi qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika boʻyicha olimpiya zaxiralari maktabini toʻliq tamomlagan oʻquvchi-sportchilarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat namunasidagi diplom beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika boʻyicha olimpiya zaxiralari maktabini bitirganlik toʻgʻrisidagi diplom berilgan mutaxassislik (trener, trener-seleksioner) boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish yoki taʼlimning keyingi bosqichida oʻqishni davom ettirish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallarida gimnastika boʻyicha amaldagi oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini ikki baravarga oshirish choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023 — 2025-yillarda gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023 — 2025-yillarda gimnastika sport turlarini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Belgilab qoʻyilsinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab anʼanaviy tarzda gimnastika sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida quyidagi musobaqalar oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gimnastrada sport turi boʻyicha xotin-qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badiiy gimnastika boʻyicha yoshlar oʻrtasida “Yorqin yulduzcha” va kattalar oʻrtasida “Grand Prix Uzbekistan” xalqaro turniri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport gimnastikasi boʻyicha “Duxoba yoʻl” xalqaro turniri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trampolin boʻyicha “Samodan baland” xalqaro turniri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro gimnastika kuniga bagʻishlab oʻtkaziladigan “Gymnastics Day” butun Oʻzbekiston ommaviy forumi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Xalq taʼlimi vaziri kubogi”;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gimnastika sport turlari boʻyicha Xalqaro gimnastika federatsiyasining tasdiqlangan norma va qoidalarida belgilangan yosh toifalari boʻyicha uch bosqichli (tuman/shahar, hududiy va respublika) chempionatlar va kuboklar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportni rivojlantirish vazirligi (Sh. Maxmudov) Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda mazkur bandda koʻrsatilgan musobaqalarga puxta tayyorgarlik koʻrish va ularni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada oʻtkaziladigan xalqaro turnirlarda mahalliy gimnastikachilar bilan birgalikda yuqori reytingga ega boʻlgan xalqaro gimnastikachilar, trenerlar va hakamlarning ishtirokini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqoridagi musobaqalar va turnirlarni oʻtkazish jarayonini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda boshqa kommunikatsiya manbalarida keng yoritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Ibragimov) ushbu musobaqalar va turnirlarni turistik marshrutlar obyektlari roʻyxatiga kiritsin, ularga xorijiy va mahalliy turistlarni jalb qilish choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov):
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda gimnastika sport turlari ommaviyligini oshirish maqsadida 2023-yildan boshlab “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkaziladigan ommaviy sport musobaqalari dasturiga gimnastrada musobaqalarini kiritsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi bilan birgalikda 2023-2024-yillarda bosqichma-bosqich hududlardagi gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, mavjud sport inshootlarini mashgʻulotlar uchun xavfsiz va sanitariya meʼyorlari asosida rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan jihoz va inventarlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlar Mahkamasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda gimnastika sport turlari boʻyicha davlat sport-taʼlim muassasalarida shugʻullanuvchi oʻquvchi-sportchilar uchun amaldagi sutkalik oziq-ovqat meʼyorlari, jihoz va inventarlar normalarini tanqidiy qayta koʻrib chiqib, yangi tahrirdagi Hukumat qarorini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi bir oy muddatda gimnastika sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar sportchilarini 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlariga puxta tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, iqtidorli sportchilarni sport kiyimlari va ekipirovkalari bilan taʼminlash nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev) Moliya vazirligi (J. Abruyev), Sportni rivojlantirish vazirligi (M. Ismailov), Toshkent shahri hokimligi va Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi bilan birgalikda 2024-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Korxoji ota koʻchasi, 2a-uy manzilida joylashgan Gimnastika boʻyicha olimpiya zaxiralari maktabi tasarrufidagi bino va inshootlarni xalqaro talablarga muvofiq rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash, shuningdek, ushbu obyektning tegishli boʻsh yer maydonida 36x30 oʻlchamli sport gimnastikasi zalini qurish hamda zamonaviy sport anjomlari bilan toʻliq jihozlangan oʻquv-mashgʻulot bazasiga aylantirish choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) va Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Qosimov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda gimnastika sport turlari boʻyicha trenerlar, seleksionerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarning kasbiy mahoratini doimiy oshirib borish maqsadida mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar, trening va mahorat darslarini oʻtkazishni tizimli ravishda yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Gimnastikaga ilk qadam” va umumiy oʻrta taʼlim maktablarida “Bolalar uchun gimnastika” dasturlarini amalga oshirish hamda joylardagi trenerlar faoliyatiga koʻmaklashish maqsadida ushbu dasturlarni amalga oshirish konsepsiyasi hamda gimnastika sport turlari boʻyicha videodarsliklar toʻplamini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati davomida namuna koʻrsatgan yuqori malakaga ega trener va mutaxassislar malakasini yanada oshirish, zamonaviy bilim hamda koʻnikmalarga ega boʻlishlarini taʼminlash uchun ularni milliy terma jamoalarning xorijda oʻtkaziladigan oʻquv-yigʻin mashgʻulotlari va xalqaro musobaqalar jarayoniga jalb etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sportni rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov, Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi O.A. Qosimov hamda Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi raisi Sh.B. Umurzakov belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 23-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-449-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-449-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023 — 2025-yillarda gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritasi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Amalga oshirish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash

1.

Hududlarda gimnastika sport turlari boʻyicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish.

1. Hududlardagi seleksionerlarni jalb qilgan holda iqtidorli yoshlarni aniqlash.

2023-yil sentabrdan boshlab

-

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

(Sh. Umurzakov),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Saralab olish (seleksiya) yoʻli bilan aniqlangan iqtidorli yoshlarni kelajakda oliy mahoratli gimnastikachi boʻlib shakllanishi uchun sport-taʼlim muassasalariga yoʻnaltirish.

2024-yil yakuniga qadar

2.

Gimnastika sport turi bilan shugʻullanuvchilarning umumiy sonini oshirish.

1. Gimnastika sport turlari bilan shugʻullanuvchilar boʻyicha haqiqiy holatni yoshlar kesimida aniqlash.

2023-yil mart

Ijrochilar mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov),

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

(O. Qosimov),

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

(Sh. Umurzakov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Xorijiy tajribani oʻrgangan holda Yaponiya, Koreya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Gruziya, Ozarbayjon kabi davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish.

2023-yil avgust

3. Xorijiy tajribadan kelib chiqib, gimnastika sport turlari bilan shugʻullanuvchilar sonini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil sentabr

3.

Xalqaro standartlar asosida mustaqil qaror qabul qilishga ega yuqori malakali, ijodiy va tizimli fikrlaydigan kadrlarni tayyorlash.

1. Gimnastika sport turlari boʻyicha yuqori malakali sportchilar, boshqaruv, pedagogik, ilmiy va boshqa kadrlarni tayyorlash boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini tahlil qilish va takomillashtirish.

2. Iqtidorli sportchilarni aniqlash, saralash, shuningdek, kadrlar tayyorlashning ilgʻor xorijiy amaliyotlarini joriy etish.

2023-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshqulov),

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

(M. Boltaboyev),

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

(Sh. Umurzakov)

4.

Hududlarda gimnastika sport turlarini rivojlantirish.

1. Hududlarda gimnastika sport turlarining rivojlanmasdan qolish sabablarini tahliliy oʻrganish.

2023-yil yanvar — mart

Ijrochilar mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

(Sh. Umurzakov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablari orqali joylarda, ayniqsa chekka va olis hududlarda joylashgan gimnastika sport seksiyalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2023-yil aprel

3. Sport menejerlari va trenerlari shtabi zaxirasini yaratish. Bunda, ularni infratuzilmasi rivojlanmagan va gimnastika sport turlari boʻyicha kadrlar kam boʻlgan hududlarga yuborish maqsadida oʻz faoliyatini yakunlagan sportchilarni qayta tayyorlashni nazarda tutish.

2023-yil aprel

4. Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi tavsiyasi asosida gimnastika sport turlari boʻyicha trenerlar va tegishli mutaxassislarni maʼlum muddatga tajriba almashish uchun boshqa hududlarga yoʻnaltirish.

Reja-grafik asosida

5.

Gimnastika boʻyicha terma jamoa aʼzolarining nufuzli xalqaro musobaqalar (Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, xalqaro turnirlar)ga tayyorgarlik koʻrishi va unda munosib ishtirok etishini taʼminlash.

1. Gimnastika boʻyicha terma jamoalarga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

2. Nufuzli xalqaro musobaqalar (Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, xalqaro turnirlar)ga tayyorgarlik koʻrish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Rejaga muvofiq terma jamoa aʼzolari uchun xalqaro va mahalliy oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish.

4. Terma jamoa aʼzolarining nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirokini taʼminlash.

2023-2024-yillar davomida

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari doirasida ajratilgan mablagʻlar, ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

(O. Qosimov),

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

(Sh. Umurzakov),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov)

6.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablari boshlangʻich sinf oʻquvchilari va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun gimnastika sport turlari boʻyicha musobaqalar sonini oshirish.

1. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun gimnastika sport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil aprel

-

Xalq taʼlimi vazirligi

(U. Sharifxodjayev),

Maktabgacha taʼlim vazirligi

(B. Onorboyev),

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

(Sh. Umurzakov),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Tasdiqlangan reja asosida gimnastika musobaqalarini oʻtkazish.

3. Gʻolib va sovrindorlarni ragʻbatlantirish.

Rejaga asosan

II. Gimnastika sport turlari boʻyicha sport infratuzilmasini rivojlantirish

7.

Har bir hududdagi gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablari moddiy-texnik bazasini yaxshilash.

1. Hududlarda gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablarining sport inshootlarini rekonstruksiya qilish, zaruratga koʻra yangidan qurish hamda jihoz va inventarlar bilan taʼminlash.

2. Foydalanishga topshirilgan sport inshootlaridan samarali foydalanish.

3. Sport maktablari va umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan iqtidorli sportchi-oʻquvchilarni saralab olish orqali gimnastika sport turlari bilan professional shugʻullanishga keng jalb etish.

2024-2025-yillar davomida

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi, mahalliy budjet mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Sportni rivojlantirish vazirligi

(M. Ismailov),

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

(Sh. Umurzakov)

8.

Gimnastika sport turlari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladigan obyektlarni taʼmirlash.

1. Gimnastika sport turlari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladigan obyektlar roʻyxatini shakllantirish.

2023-yil aprel

Ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Sportni rivojlantirish vazirligi

(M. Ismailov),

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

(Sh. Umurzakov)

2. Roʻyxatga muvofiq gimnastika sport turlari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladigan obyektlarning taʼmirga muhtojligini joyiga chiqib oʻrganish.

2023-yil may

3. Gimnastika sport turlari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladigan obyektlarni taʼmirlash.

Reja asosida

9.

Nukus, Samarqand va Fargʻona shaharlarida zamonaviy moddiy-texnik va oʻquv-mashq bazasiga ega boʻlgan hududiy Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlarini tashkil etish.

1. Obyekt barpo etiladigan manzilni aniqlash, tegishli yer maydonini ajratish.

2023-yil aprel

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(F. Ermanov),

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov)

Fargʻona viloyati hokimligi

(X. Bozarov)

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

(Sh. Umurzakov),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(M. Ismailov),

Moliya vazirligi

(J. Abruyev),

Qurilish vazirligi

(D. Adilov)

2. Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar xulosasini olish.

3. Obyektni qurish va jihozlash ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

4. Qurilish ishlarini amalga oshirish uchun tanlov (tender) eʼlon qilish va pudratchi tashkilotlar bilan shartnomalarni rasmiylashtirish.

2023-yil may — iyul

“Oʻzavtosanoat” AJ homiylik mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari

5. Qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

2024-yil iyunga qadar

6. Bino va inshootlarni zamon talablari asosida jihozlash.

2024-yil iyun-iyul

Ijrochilar mablagʻlari

7. Amalga oshirilgan qurilish-taʼmirlash ishlarini qabul qilish, nazorat-oʻlchovdan oʻtkazish.

2024-yil avgustga qadar

10.

Gimnastika sportining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sohani rivojlantirishga xususiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoit yaratishda davlat-xususiy sheriklikni joriy etish.

1. Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida qurilish materiallari, zamonaviy energiya va resurs tejaydigan texnologiyalardan foydalangan holda gimnastika sport turlari boʻyicha namunaviy sport markazlari loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil iyun

Ijrochilar va xususiy investorlar mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

Milliy olimpiya qoʻmitasi

(O. Qosimov),

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

(Sh. Umurzakov)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Gimnastika sportini rivojlantirishga xususiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoit yaratish.

Doimiy

3. Davlat-xususiy sheriklik asosida gimnastika sport turlari boʻyicha namunaviy sport markazlarini qurish.

2023-2024-yillar davomida

11.

Yosh gimnastikachi sportchilarning salomatligi va tayyorgarligi darajasini yaxshilash, sport zaxiralarini tayyorlash maqsadida yozgi va qishki sogʻlomlashtirish lagerlarini reja asosida muntazam tashkil etish.

Yosh gimnastikachi sportchilar uchun yozgi va qishki sogʻlomlashtirish lagerlarini muntazam tashkil etish.

2023-2024-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

(Sh. Umurzakov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

III. Gimnastika sport turlari boʻyicha sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash, sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrishni kuchaytirish, gimnastikani ommaviy axborot vositalarida targʻib qilish

12.

Milliy terma jamoalarni ilmiy va uslubiy taʼminlash tizimini takomillashtirish.

1. Gimnastika sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar uchun ilmiy va uslubiy qoʻllanmalar roʻyxatini shakllantirish.

2023-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov),

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

(O. Qosimov),

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

(Sh. Umurzakov)

2. Roʻyxatga muvofiq ilmiy va uslubiy qoʻllanmalarni takomillashtirish.

2023-yil iyul

3. Takomillashgan ilmiy va uslubiy qoʻllanmalarni ilmiy kengashda koʻrib chiqish va chop etish hamda gimnastika sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalarning asosiy tarkibiga yetkazish.

2023-yil sentabr

13.

Milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish.

1. Gimnastika sport turi boʻyicha milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik vositalari bilan taʼminlanganlik holati va ehtiyojini oʻrganib chiqish.

2023-yil avgust

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

(O. Qosimov),

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

(Sh. Umurzakov)

2. Aniqlangan ehtiyojga koʻra, gimnastika sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik vositalar bilan taʼminlash.

2023-2024-yillar davomida

14.

Sportchilarni tayyorlash jarayoniga zamonaviy tibbiy va biotibbiy yordam tizimlarini joriy etish.

1. Sportchilarni tibbiy va biotibbiy qoʻllab-quvvatlashning eng yaxshi xorijiy amaliyotini oʻrganish.

2023-yil aprel-may

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

(O. Qosimov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Musayev),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

(Sh. Umurzakov)

2. Sportchilarni tibbiy va biotibbiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mamlakatda ilgʻor tajribalarni joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2023-yil iyun

15.

Sportchilarni tayyorlash, trenerlar va hakamlarning malakasini oshirishga yetakchi xorijiy mutaxassislarni (xoreograf, akrobat, akkompaniator, fizioterapevt, massajchi, farmakolog, sport menejeri va boshqalar) jalb etish.

1. Malakali mahalliy mutaxassislar tomonidan terma jamoa tarkibini tahlil qilish.

2023-yil iyul-avgust

Ijrochilar mablagʻlari

Milliy olimpiya qoʻmitasi

(O. Qosimov),

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

(Sh. Umurzakov)

2. Sportchilarni tayyorlash, trenerlar va hakamlarning malakasini oshirishga yetakchi xorijiy mutaxassislarni (xoreograf, akrobat, akkompaniator, fizioterapevt, massajchi, farmakolog, sport menejeri va boshqalar) jalb etish.

Ishchi guruhi takliflari asosida

16.

Gimnastika sport turlari boʻyicha trenerlarning malakasini oshirish.

1. Gimnastika sport turlari boʻyicha trenerlar roʻyxatini shakllantirish.

2023-yil iyun

Ijrochilar mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov),

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

(O. Qosimov),

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

(Sh. Umurzakov)

2. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning filiallari bazasida gimnastika sport turlari boʻyicha trenerlarning malakasini oshirish.

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab

17.

Gimnastika sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar zaxirasini tayyorlash.

1. Olimpiya maktablari, Olimpiya va Paralimpiya kollejlarida tahsil olayotgan sportchilarga zarur shart-sharoitlar yaratish.

2023-yil sentabr

Ijrochilar mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov),

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

(O. Qosimov),

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

(Sh. Umurzakov)

2. Olimpiya maktablari, Olimpiya va Paralimpiya kollejlari sportchilari oʻrtasida gimnastika sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazish.

Rejaga muvofiq

3. Olimpiya maktablari, Olimpiya va Paralimpiya kollejlariga erkin tashrif buyurib, gimnastika sport turlari boʻyicha mashgʻulotlarni kuzatish va iqtidorli sportchilarni aniqlash.

2023-2024-yillar davomida

4. Yuqori natijaga ega boʻlgan iqtidorli sportchilarni gimnastika sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga kiritish.

18.

Oʻzbekiston “Sport” telekanali dasturiga “Gimnastika axborotnomasi” telekoʻrsatuvini kiritish va yoritish.

1. Oʻzbek gimnastikasi hayoti haqida maʼlumot tayyorlash.

2. Telekoʻrsatuv sahifalariga gimnastika sport turlari boʻyicha mashhur sportchilar va trenerlarni taklif etish orqali oʻzbek gimnastika maktabining ahamiyati haqida axborot berilishini taʼminlash.

Rejaga asosan 2023-2024-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

(F. Maxmudov),

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

(O. Qosimov),

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

(Sh. Umurzakov)

19.

Ijtimoiy tarmoqlarda gimnastika sport turlari boʻyicha musobaqalarni yoritish va tanlovlar oʻtkazish.

1. Ijtimoiy tarmoqlarda gimnastika sport turlari boʻyicha musobaqalarni yoritish.

2023-yil sentabrdan boshlab

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

(X. Xudayberdiyev),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov),

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

(O. Qosimov),

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

(Sh. Umurzakov)

2. Ijtimoiy tarmoqlarda tanlovlar oʻtkazish.

Reja asosida

3. Gʻoliblarni ragʻbatlantirish.

20.

Sport faoliyatini tugatgan milliy terma jamoalari sportchilari-gimnastchilari faoliyatini targʻib qilish.

1. Sport faoliyatini tugatgan milliy terma jamoalar sportchilari va mashhur oʻzbek gimnastika ustalari roʻyxatini shakllantirish.

2023-yil sentabr oyidan boshlab

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

(F. Maxmudov),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(Sh. Maxmudov),

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

(O. Qosimov),

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

(Sh. Umurzakov)

2. Roʻyxatga muvofiq terma jamoasi sportchilari va mashhur oʻzbek gimnastika ustalari hayotini keng yoritish.

Reja asosida

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-449-son qaroriga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023 — 2025-yillarda gimnastika sport turlarini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

Yillar kesimida

Masʼul ijrochilar

2023

2024

2025

1.

Gimnastika sport turlari bilan doimiy shugʻullanuvchilar soni

Nafar

30 000

35 000

50 000

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

2.

Sport-taʼlim muassasalarida gimnastika sport turlari bilan shugʻullanuvchi sportchilar soni

Nafar

26 000

30 000

35 000

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

3.

Sport-taʼlim muassasalaridagi gimnastika sport turlari boʻyicha boʻlimlar soni

Birlik

550

750

900

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

4.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi gimnastika sport turlari boʻyicha toʻgaraklar soni

Birlik

4 000

5 000

6 500

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

5.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi gimnastika sport turlari boʻyicha toʻgaraklar soni

Birlik

2 500

5 000

7 500

Xalq taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

6.

Sport-taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida gimnastika sport turlari boʻyicha tashkil etiladigan musobaqalar soni

Birlik

14

16

18

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

7.

Gimnastika sport turlari boʻyicha terma jamoalarning xalqaro sport musobaqalarida ishtirokini taʼminlash

Musobaqalar soni

50

55

60

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

8.

Oʻzbekistonda gimnastika sport turlari boʻyicha Osiyo va Jahon chempionatlari hamda nufuzli xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish

Musobaqalar soni

3

4

6

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

9.

Gimnastika sport turlari boʻyicha trenerlar soni

Nafar

450

550

725

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

10.

Sport-taʼlim muassasalaridagi gimnastika sport turlari boʻyicha oliy maʼlumotli trenerlar soni

Foizda

(jami trenerlar soniga nisbatan)

25

30

35

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

11.

Gimnastika sport turlari boʻyicha xalqaro toifadagi hakamlar soni

Nafar

40

45

60

Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sportni rivojlantirish vazirligi

12.

Sport-taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan gimnastika sport turlari boʻyicha hakamlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish

Foizda

(jami trenerlar soniga nisbatan)

15

20

25

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2022-y., 07/22/449/1119-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son; 23.01.2026-y., 07/26/22/0069-son)