17.06.2023 yildagi 249-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-449-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-449-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimida Nukus, Samarqand va Fargʻona shaharlarida Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablari negizida Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari (keyingi oʻrinlarda — Gimnastika markazlari) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Gimnastika markazlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport maktablari, sport klublari va boshqa sport-taʼlim muassasalarining kamida boshlangʻich sport tayyorgarligi bosqichini tugatgan va taʼlim muassasalarida eng yaxshi natija koʻrsatgan hamda sport sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan sportchi yoshlarni ochiq tanlov asosida qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli yoshlarni gimnastikaning ixtisoslashtirilgan turlari boʻyicha professional tarzda shugʻullantirish va ular hisobidan terma jamoalarga asosiy nomzodlarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan, zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan moddiy-texnika hamda oʻquv-mashgʻulot bazalarini yaratish, turli darajadagi nufuzli xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda — Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari, universiadalar hamda boshqalarda Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilishga qodir boʻlgan xalqaro darajadagi sportchilarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning oʻquv-mashgʻulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda, oʻquv-mashq jarayonlariga eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish orqali ularni nazariy va texnik-taktik jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport zaxirasini sifatli tayyorlash uchun zarur tashkiliy, oʻquv-metodik, psixologik-pedagogik, tibbiy-biologik va moddiy-texnik shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gimnastika sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar va ularning zaxiralari ishtirokida oʻquv-mashq yigʻinlari, respublika va mintaqaviy sport musobaqalarini tashkil etish hamda muntazam ravishda oʻtkazib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trenerlar va sportchilarning kasb mahorati darajasini oshirish uchun tajriba almashish maqsadida gimnastika sport turlari boʻyicha xorijiy sport maktablari akademiyalari va klublari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlari ixtisoslashtirilgan davlat sport-taʼlim muassasasi hisoblanib, gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlarining faoliyati gimnastika sport turlari boʻyicha qobiliyatli va iqtidorli yosh sportchilarni tanlab olish hamda asosan terma jamoalarga nomzod sifatida tayyorlashga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlari oʻz faoliyatini 2024/2025 oʻquv yilidan boshlaydi va Vazirlar Mahkamasining “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son hamda “Sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 2-iyundagi 410-son qarorlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlari oʻquvchilarining umumiy kontingenti jami 132 nafarni tashkil etib, ular 1 — 11-sinf oʻquvchilaridan iborat boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlarining 1-sinfiga gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablarida, shuningdek, respublika hududlaridagi sport maktablarida shugʻullangan, aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi boʻyicha sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan va yuqori iqtidorga ega boʻlgan hamda oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar tanlov asosida qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlari oʻquvchilari ularga eng yaqin joylashgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida umumtaʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 10-11-sinf oʻquvchilarini asosiy sport mashgʻulotlaridan boʻsh boʻlgan vaqtlarida malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda, gimnastika sport turlari boʻyicha maxsus nazariy fanlar asosida oʻqitishni tashkil qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlarining oʻquv jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi, oʻquv dasturini oʻzlashtirib, yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan 11-sinf bitiruvchilariga Vazirlar Mahkamasining “Sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 2-iyundagi 410-son qarorga muvofiq belgilangan tartibda davlat namunasidagi diplom beriladi;
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlarining oʻquvchilari turar joy, sutkalik oziq-ovqat normasi, maxsus sport kiyimi va libosi, sport uskuna va anjomlari bilan Vazirlar Mahkamasining “Gimnastika sport turlari boʻyicha davlat sport-taʼlim muassasalarida shugʻullanuvchi oʻquvchi-sportchilar uchun oziq-ovqat meʼyorlari, jihoz va inventarlar normalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2023-yil 12-iyundagi 238-son qaroriga muvofiq taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlarining oʻquvchilarini ovqatlantirish xarajatlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlari direktorlari, ularning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari, trenerlari, yoʻriqchi-uslubchilariga Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlari direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va tarbiyachilari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlari tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi, shuningdek, ularni moddiy ragʻbatlantirishda Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun belgilangan moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Gimnastika markazlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat ixtisosligi boʻyicha shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan va ularning ustavidagi vazifalarga muvofiq boʻlgan boshqa faoliyat turlaridan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy mashgʻulotlar oʻtkazilmaydigan vaqtda boʻsh turgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-dekabrga qadar Gimnastika markazlarining boshqaruv, instruktor-metodistlar, trenerlar tarkibi, pedagog, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining shtat jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-mayga qadar Gimnastika markazlarining ustavini ishlab chiqib tasdiqlasin hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-mashgʻulotlar rejasi, Gimnastika markazlariga oʻquvchilarni tanlab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024/2025 oʻquv yiliga qadar Gimnastika markazlarini ochiq mustaqil tanlov asosida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar hamda trenerlar bilan toʻldirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda, Gimnastika markazlari zarur oʻquv-metodik adabiyotlar hamda sport inventarlari bilan jihozlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni gimnastika bilan qamrab olish va ularda boshlangʻich koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida elektron qoʻllanmalar tayyorlasin va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda Gimnastika markazlarida sportchilarni tayyorlash sifati yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Gimnastika markazlari oʻquvchilarini ushbu markazlarga yaqin joylashgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida umumiy oʻrta taʼlim dasturi boʻyicha oʻqitishni tashkil etish yuzasidan zarur choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda vazirlik tizimidagi kasb-hunar maktablari sport zallarini gimnastika sport turlari jihozlari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab zarur sharoitlarga ega boʻlgan kasb-hunar maktablarida oʻquvchilar uchun gimnastika toʻgaraklarini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, Gimnastika markazlarini zamonaviy va xalqaro talablarga muvofiq tashkil etish (binolar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash) doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Oʻzavtosanoat” AJ — buyurtmachi funksiyasini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bosh loyiha va pudrat tashkilotlari belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tender (tanlov) natijalariga koʻra aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Oʻzavtosanoat” AJ tomonidan ajratiladigan homiylik xayriyalari moliyalashtirish manbai hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) obyektlarni qurish va foydalanishga topshirish, jihozlash ishlari 2024-yil 30-iyulga qadar toʻliq yakuniga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “Oʻzavtosanoat” AJ homiylik mablagʻlari hisobidan mazkur obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin va qurilish ishlarini amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi obyektlar boʻyicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazsin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Samarqand va Fargʻona viloyatlari hokimliklarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlarini Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablari bazasiga joylashtirish hamda mavjud bino va inshootlarda zaruratga koʻra rekonstruksiya, kapital taʼmirlash va qurilish ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy infratuzilmani yaratishda ehtiyojga koʻra qoʻshimcha yer maydonlarini Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablariga tutash yoki yaqin hududdan ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda, shu jumladan, olis va chekka hududlarda aholi oʻrtasida sportning gimnastika turlari boʻyicha musobaqalar, sport aksiyalari, havaskorlik chempionatlarini oʻtkazishni tizimli yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gimnastika markazlari oʻquvchilarini turli sport musobaqalariga, shuningdek, taʼlim oladigan umumiy oʻrta taʼlim maktablariga olib borish va olib kelishda qulaylik yaratish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand va Fargʻona viloyatlari mahalliy budjetlari hamda ularning qoʻshimcha manbalari hisobidan Gimnastika markazlarini Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan “Isuzu” avtobusi bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Samarqand va Fargʻona viloyatlari hokimliklari Gimnastika markazlari uchun zamonaviy infratuzilmani yaratish maqsadida zaruratga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining talabnomasiga muvofiq zarur yer maydonlari ajratilishini taʼminlasin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Gimnastika markazlarini xalqaro standartlarga muvofiq zamonaviy jihoz va inventarlar bilan taʼminlash uchun zarur boʻladigan mablagʻlar 2024-yil uchun Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Belgilab qoʻyilsinki, Gimnastika markazlarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun 2024-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida zarur mablagʻlar nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Eshlar siyosati va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 17-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2023-y., 09/23/249/0397-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)