1-ILOVA
Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmlari | Amalga oshirish muddatlari | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ul ijrochilar | |
I. Iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash | |||||
1. | Hududlarda gimnastika sport turlari bo‘yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish. | 1. Hududlardagi seleksionerlarni jalb qilgan holda iqtidorli yoshlarni aniqlash. | 2023-yil sentabrdan boshlab | - | O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov), Sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Saralab olish (seleksiya) yo‘li bilan aniqlangan iqtidorli yoshlarni kelajakda oliy mahoratli gimnastikachi bo‘lib shakllanishi uchun sport-ta’lim muassasalariga yo‘naltirish. | 2024-yil yakuniga qadar | ||||
2. | Gimnastika sport turi bilan shug‘ullanuvchilarning umumiy sonini oshirish. | 1. Gimnastika sport turlari bilan shug‘ullanuvchilar bo‘yicha haqiqiy holatni yoshlar kesimida aniqlash. | 2023-yil mart | Ijrochilar mablag‘lari | Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Xorijiy tajribani o‘rgangan holda Yaponiya, Koreya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Gruziya, Ozarbayjon kabi davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish. | 2023-yil avgust | ||||
3. Xorijiy tajribadan kelib chiqib, gimnastika sport turlari bilan shug‘ullanuvchilar sonini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2023-yil sentabr | ||||
3. | Xalqaro standartlar asosida mustaqil qaror qabul qilishga ega yuqori malakali, ijodiy va tizimli fikrlaydigan kadrlarni tayyorlash. | 1. Gimnastika sport turlari bo‘yicha yuqori malakali sportchilar, boshqaruv, pedagogik, ilmiy va boshqa kadrlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini tahlil qilish va takomillashtirish. 2. Iqtidorli sportchilarni aniqlash, saralash, shuningdek, kadrlar tayyorlashning ilg‘or xorijiy amaliyotlarini joriy etish. | 2023-yil dekabr | Ijrochilar mablag‘lari | Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltaboyev), O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
4. | Hududlarda gimnastika sport turlarini rivojlantirish. | 1. Hududlarda gimnastika sport turlarining rivojlanmasdan qolish sabablarini tahliliy o‘rganish. | 2023-yil yanvar — mart | Ijrochilar mablag‘lari | Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablari orqali joylarda, ayniqsa chekka va olis hududlarda joylashgan gimnastika sport seksiyalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | 2023-yil aprel | ||||
3. Sport menejerlari va trenerlari shtabi zaxirasini yaratish. Bunda, ularni infratuzilmasi rivojlanmagan va gimnastika sport turlari bo‘yicha kadrlar kam bo‘lgan hududlarga yuborish maqsadida o‘z faoliyatini yakunlagan sportchilarni qayta tayyorlashni nazarda tutish. | 2023-yil aprel | ||||
4. O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi tavsiyasi asosida gimnastika sport turlari bo‘yicha trenerlar va tegishli mutaxassislarni ma’lum muddatga tajriba almashish uchun boshqa hududlarga yo‘naltirish. | Reja-grafik asosida | ||||
5. | Gimnastika bo‘yicha terma jamoa a’zolarining nufuzli xalqaro musobaqalar (Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, xalqaro turnirlar)ga tayyorgarlik ko‘rishi va unda munosib ishtirok etishini ta’minlash. | 1. Gimnastika bo‘yicha terma jamoalarga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish. 2. Nufuzli xalqaro musobaqalar (Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, xalqaro turnirlar)ga tayyorgarlik ko‘rish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Rejaga muvofiq terma jamoa a’zolari uchun xalqaro va mahalliy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish. 4. Terma jamoa a’zolarining nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash. | 2023-2024-yillar davomida | Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari doirasida ajratilgan mablag‘lar, ijrochilar mablag‘lari | O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov), Sport vazirligi (Sh. Maxmudov) |
6. | Umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun gimnastika sport turlari bo‘yicha musobaqalar sonini oshirish. | 1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun gimnastika sport turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2023-yil aprel | - | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Tasdiqlangan reja asosida gimnastika musobaqalarini o‘tkazish. 3. G‘olib va sovrindorlarni rag‘batlantirish. | Rejaga asosan | ||||
II. Gimnastika sport turlari bo‘yicha sport infratuzilmasini rivojlantirish | |||||
7. | Har bir hududdagi gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablari moddiy-texnik bazasini yaxshilash. | 1. Hududlarda gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablarining sport inshootlarini rekonstruksiya qilish, zaruratga ko‘ra yangidan qurish hamda jihoz va inventarlar bilan ta’minlash. 2. Foydalanishga topshirilgan sport inshootlaridan samarali foydalanish. 3. Sport maktablari va umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan iqtidorli sportchi-o‘quvchilarni saralab olish orqali gimnastika sport turlari bilan professional shug‘ullanishga keng jalb etish. | 2024-2025-yillar davomida | Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi, mahalliy budjet mablag‘lari, ijrochilar mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sport vazirligi (M. Ismailov), O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
8. | Gimnastika sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan obyektlarni ta’mirlash. | 1. Gimnastika sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan obyektlar ro‘yxatini shakllantirish. | 2023-yil aprel | Ijrochilar mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar siyosati va sport vazirligi (M. Ismailov), O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
2. Ro‘yxatga muvofiq gimnastika sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan obyektlarning ta’mirga muhtojligini joyiga chiqib o‘rganish. | 2023-yil may | ||||
3. Gimnastika sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan obyektlarni ta’mirlash. | Reja asosida | ||||
9. | Nukus, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida zamonaviy moddiy-texnika va o‘quv-mashq bazasiga ega bo‘lgan hududiy gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlarini tashkil etish.. | 1. Obyekt barpo etiladigan manzilni aniqlash, tegishli yer maydonini ajratish. | 2023-yil aprel | - | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (F. Ermanov), Samarqand viloyati hokimligi (A. Boboyev), Farg‘ona viloyati hokimligi (X. Bozarov) O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi (U. Rozukulov), Sport vazirligi (M. Ismailov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |
2. Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar xulosasini olish. 3. Obyektni qurish va jihozlash ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash. 4. Qurilish ishlarini amalga oshirish uchun tanlov (tender) e’lon qilish va pudratchi tashkilotlar bilan shartnomalarni rasmiylashtirish. | 2023-yil may — iyul | “O‘zavtosanoat” AJ homiylik mablag‘lari, ijrochilar mablag‘lari | |||
5. Qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish. | 2026-yil dekabr | ||||
6. Bino va inshootlarni zamon talablari asosida jihozlash. | Ijrochilar mablag‘lari | ||||
7. Amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlarini qabul qilish, nazorat-o‘lchovdan o‘tkazish. | |||||
10. | Gimnastika sportining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sohani rivojlantirishga xususiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoit yaratishda davlat-xususiy sheriklikni joriy etish. | 1. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida qurilish materiallari, zamonaviy energiya va resurs tejaydigan texnologiyalardan foydalangan holda gimnastika sport turlari bo‘yicha namunaviy sport markazlari loyihasini ishlab chiqish. | 2023-yil iyun | Xususiy investorlar mablag‘lari | Sport vazirligi (A. Ikramov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Gimnastika sportini rivojlantirishga xususiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoit yaratish. | Doimiy | ||||
3. Davlat-xususiy sheriklik asosida gimnastika sport turlari bo‘yicha namunaviy sport markazlarini qurish. | Tadbirkorlar tashabbusiga ko‘ra | ||||
11. | Yosh gimnastikachi sportchilarning salomatligi va tayyorgarligi darajasini yaxshilash, sport zaxiralarini tayyorlash maqsadida yozgi va qishki sog‘lomlashtirish lagerlarini reja asosida muntazam tashkil etish. | Yosh gimnastikachi sportchilar uchun yozgi va qishki sog‘lomlashtirish lagerlarini muntazam tashkil etish. | 2023-2024-yillar davomida | Ijrochilar mablag‘lari | O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
III. Gimnastika sport turlari bo‘yicha sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rishni kuchaytirish, gimnastikani ommaviy axborot vositalarida targ‘ib qilish | |||||
12. | Milliy terma jamoalarni ilmiy va uslubiy ta’minlash tizimini takomillashtirish. | 1. Gimnastika sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun ilmiy va uslubiy qo‘llanmalar ro‘yxatini shakllantirish. | 2023-yil may | Ijrochilar mablag‘lari | Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
2. Ro‘yxatga muvofiq ilmiy va uslubiy qo‘llanmalarni takomillashtirish. | 2023-yil iyul | ||||
3. Takomillashgan ilmiy va uslubiy qo‘llanmalarni ilmiy kengashda ko‘rib chiqish va chop etish hamda gimnastika sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarning asosiy tarkibiga yetkazish. | 2023-yil sentabr | ||||
13. | Milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish. | 1. Gimnastika sport turi bo‘yicha milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik vositalari bilan ta’minlanganlik holati va ehtiyojini o‘rganib chiqish. | 2023-yil avgust | Ijrochilar mablag‘lari | O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
2. Aniqlangan ehtiyojga ko‘ra, gimnastika sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarni tibbiy va tibbiy-biologik vositalar bilan ta’minlash. | 2023-2024-yillar davomida | ||||
14. | Sportchilarni tayyorlash jarayoniga zamonaviy tibbiy va biotibbiy yordam tizimlarini joriy etish. | 1. Sportchilarni tibbiy va biotibbiy qo‘llab-quvvatlashning eng yaxshi xorijiy amaliyotini o‘rganish. | 2023-yil aprel-may | Ijrochilar mablag‘lari | O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
2. Sportchilarni tibbiy va biotibbiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mamlakatda ilg‘or tajribalarni joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | 2023-yil iyun | ||||
15. | Sportchilarni tayyorlash, trenerlar va hakamlarning malakasini oshirishga yetakchi xorijiy mutaxassislarni (xoreograf, akrobat, akkompaniator, fizioterapevt, massajchi, farmakolog, sport menejeri va boshqalar) jalb etish. | 1. Malakali mahalliy mutaxassislar tomonidan terma jamoa tarkibini tahlil qilish. | 2023-yil iyul-avgust | Ijrochilar mablag‘lari | Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
2. Sportchilarni tayyorlash, trenerlar va hakamlarning malakasini oshirishga yetakchi xorijiy mutaxassislarni (xoreograf, akrobat, akkompaniator, fizioterapevt, massajchi, farmakolog, sport menejeri va boshqalar) jalb etish. | Ishchi guruhi takliflari asosida | ||||
16. | Gimnastika sport turlari bo‘yicha trenerlarning malakasini oshirish. | 1. Gimnastika sport turlari bo‘yicha trenerlar ro‘yxatini shakllantirish. | 2023-yil iyun | Ijrochilar mablag‘lari | Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
2. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning filiallari bazasida gimnastika sport turlari bo‘yicha trenerlarning malakasini oshirish. | 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab | ||||
17. | Gimnastika sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalar zaxirasini tayyorlash. | 1. Olimpiya maktablari, Olimpiya va Paralimpiya kollejlarida tahsil olayotgan sportchilarga zarur shart-sharoitlar yaratish. | 2023-yil sentabr | Ijrochilar mablag‘lari | Sport vazirligi (Sh. Maxmudov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
2. Olimpiya maktablari, Olimpiya va Paralimpiya kollejlari sportchilari o‘rtasida gimnastika sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish. | Rejaga muvofiq | ||||
3. Olimpiya maktablari, Olimpiya va Paralimpiya kollejlariga erkin tashrif buyurib, gimnastika sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni kuzatish va iqtidorli sportchilarni aniqlash. | 2023-2024-yillar davomida | ||||
4. Yuqori natijaga ega bo‘lgan iqtidorli sportchilarni gimnastika sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga kiritish. | |||||
18. | O‘zbekiston “Sport” telekanali dasturiga “Gimnastika axborotnomasi” teleko‘rsatuvini kiritish va yoritish. | 1. O‘zbek gimnastikasi hayoti haqida ma’lumot tayyorlash. 2. Teleko‘rsatuv sahifalariga gimnastika sport turlari bo‘yicha mashhur sportchilar va trenerlarni taklif etish orqali o‘zbek gimnastika maktabining ahamiyati haqida axborot berilishini ta’minlash. | Rejaga asosan 2023-2024-yillar davomida | Ijrochilar mablag‘lari | O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (F. Maxmudov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
19. | Ijtimoiy tarmoqlarda gimnastika sport turlari bo‘yicha musobaqalarni yoritish va tanlovlar o‘tkazish. | 1. Ijtimoiy tarmoqlarda gimnastika sport turlari bo‘yicha musobaqalarni yoritish. | 2023-yil sentabrdan boshlab | Ijrochilar mablag‘lari | O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (X. Xudayberdiyev), Sport vazirligi (Sh. Maxmudov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
2. Ijtimoiy tarmoqlarda tanlovlar o‘tkazish. | Reja asosida | ||||
3. G‘oliblarni rag‘batlantirish. | |||||
20. | Sport faoliyatini tugatgan milliy terma jamoalari sportchilari-gimnastchilari faoliyatini targ‘ib qilish. | 1. Sport faoliyatini tugatgan milliy terma jamoalar sportchilari va mashhur o‘zbek gimnastika ustalari ro‘yxatini shakllantirish. | 2023-yil sentabr oyidan boshlab | Ijrochilar mablag‘lari | O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (F. Maxmudov), Sport vazirligi (Sh. Maxmudov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Qosimov), O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi (Sh. Umurzakov) |
2. Ro‘yxatga muvofiq terma jamoasi sportchilari va mashhur o‘zbek gimnastika ustalari hayotini keng yoritish. | Reja asosida | ||||
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-449-son qaroriga
2-ILOVA
Ko‘rsatkichlar | O‘lchov birligi | Yillar kesimida | Mas’ul ijrochilar | |||
2023 | 2024 | 2025 | ||||
1. | Gimnastika sport turlari bilan doimiy shug‘ullanuvchilar soni | Nafar | 30 000 | 35 000 | 50 000 | Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi |
2. | Sport-ta’lim muassasalarida gimnastika sport turlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilar soni | Nafar | 26 000 | 30 000 | 35 000 | Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi |
3. | Sport-ta’lim muassasalaridagi gimnastika sport turlari bo‘yicha bo‘limlar soni | Birlik | 550 | 750 | 900 | Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi |
4. | Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi gimnastika sport turlari bo‘yicha to‘garaklar soni | Birlik | 4 000 | 5 000 | 6 500 | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi |
5. | Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi gimnastika sport turlari bo‘yicha to‘garaklar soni | Birlik | 2 500 | 5 000 | 7 500 | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi |
6. | Sport-ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida gimnastika sport turlari bo‘yicha tashkil etiladigan musobaqalar soni | Birlik | 14 | 16 | 18 | Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi |
7. | Gimnastika sport turlari bo‘yicha terma jamoalarning xalqaro sport musobaqalarida ishtirokini ta’minlash | Musobaqalar soni | 50 | 55 | 60 | Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi |
8. | O‘zbekistonda gimnastika sport turlari bo‘yicha Osiyo va Jahon chempionatlari hamda nufuzli xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish | Musobaqalar soni | 3 | 4 | 6 | Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi |
9. | Gimnastika sport turlari bo‘yicha trenerlar soni | Nafar | 450 | 550 | 725 | Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi |
10. | Sport-ta’lim muassasalaridagi gimnastika sport turlari bo‘yicha oliy ma’lumotli trenerlar soni | Foizda (jami trenerlar soniga nisbatan) | 25 | 30 | 35 | Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi |
11. | Gimnastika sport turlari bo‘yicha xalqaro toifadagi hakamlar soni | Nafar | 40 | 45 | 60 | O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Sport vazirligi |
12. | Sport-ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan gimnastika sport turlari bo‘yicha hakamlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish | Foizda (jami trenerlar soniga nisbatan) | 15 | 20 | 25 | Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi |