1-ILOVA
1-ILOVA
|
1. |
Bugʻdoy va un |
|
2. |
Qolipli non |
|
3. |
Mol goʻshti |
|
4. |
Parranda goʻshti |
|
5. |
Tuxum |
|
6. |
Paxta yogʻi |
|
7. |
Kungaboqar yogʻi |
|
8. |
Guruch |
|
9. |
Shakar |
|
10. |
Sut (qadoqlangan) |
2-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar | |||
|
1-bosqich |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda qoʻmita huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi |
1. Asosiy turdagi tovarlar narxlarining oʻzgarishi dinamikasini kuzatib boradi. 2. Asosiy turdagi tovarlar narxlarini barqarorlashtirish maqsadida ularning ishlab chiqarish xarajatlarini maqbullashtirish hamda kelgusida narxlar keskin oshishining oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi. |
Doimiy ravishda | |||
|
2-bosqich |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qoʻmita huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi |
Narxlarning keskin tebranishi holatlari kuzatilganda tahlil oʻtkazadi. |
Ariza va axborotlar olingan kundan boshlab 1 oy davomida | |||
|
3-bosqich |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qoʻmita huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi |
Tahlil jarayonida narxlarining keskin tebranishi holatlari kelib chiqishining haqiqiy sabablarini aniqlash maqsadida koʻrik oʻtkazadi. |
Tahlil davomida | |||
|
4-bosqich |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qoʻmita huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi |
Tahlil mobaynida: qonun buzilishi alomatlari aniqlanganda tekshiruv oʻtkazadi; birja savdolariga majburiy qoʻyilishi kerak boʻlgan monopol va yuqori likvidli mahsulotlarni toʻliq hajmda chiqarmaslik va taklifni qisqartirganlik, manipulyatsiya holatlari alomatlari aniqlanganda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar omboridagi mavjud zaxiralarni xatlovdan oʻtkazadi. |
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor etgan holda 10 kun ichida | |||
|
5-bosqich |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qoʻmita huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi |
Tekshiruv yoki xatlov jarayoniga mutasaddi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, vazirliklar va idoralar xodimlarini jalb qiladi. |
Zaruratdan kelib chiqib qisqa muddatda | |||
|
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, vazirliklar va idoralar |
Xodim jalb etilishi yuzasidan yuborilgan soʻrovga asosan masʼul xodim ajratilishini taʼminlaydi. |
Bir kunlik muddatda | ||||
|
6-bosqich |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qoʻmita huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi |
Narxlar keskin tebranishi holatini (belgisini) toʻliq va xolis koʻrib chiqish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar, fuqarolar, davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga soʻrov yuboradi. |
Zaruratdan kelib chiqib qisqa muddatda | |||
|
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, fuqarolar, davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qoʻmita huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi soʻrovida koʻrsatilgan maʼlumotlarni taqdim etadi. |
Soʻrovda belgilangan muddatda | ||||
|
7-bosqich |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qoʻmita huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi |
Oʻtkazilgan tahlil, tekshiruv va xatlov natijasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma yoki koʻrsatmalar beriladi. Bunda xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga: |
Kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyatidan kelib chiqib | |||
|
raqobat qonunchiligi talablarining buzilishi holatlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qaroriga asosan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma; isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlash uchun tezkor chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma beriladi. Raqobat qonunchiligi talablarining buzilishi holatlari aniqlangan hollarda, isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlash uchun tezkor chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarur boʻlgan holatlarda bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma berilishi mumkin. |
Qonun buzilishi holatlari aniqlangan kundan boshlab bir oy muddatda | |||||
|
Vakolatli organning vakolatiga kirmaydigan holatlar aniqlanganda, ushbu holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar koʻrib chiqish va belgilangan tartibda taʼsir choralarini koʻrish uchun tegishli vazirliklar va idoralarga yuboriladi. |
Tahlil yakuni boʻyicha | |||||
|
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qoʻmita huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining taqdimnoma va koʻrsatmasi ijrosini taʼminlaydi. |
Taqdimnoma va koʻrsatmada belgilangan muddatda |
2-ILOVA
ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar | |||
|
1-bosqich |
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va uning hududiy organlari |
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfliligi va sifatsizligi haqidagi axborot asoslarini aniqlash (shakllantirish). |
Murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha qonunchilikda belgilangan muddatda | |||
|
2-bosqich |
Nazorat qiluvchi davlat organlari, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va uning hududiy organlari |
1. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xavfli yoki sifatsiz deb topish. Bunda: qonunchilik hujjatlariga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz boʻlishini va ularning sifatini nazorat qiluvchi davlat organlari tomonidan; tovarlarning nomuvofiqligi yoki nuqsoni koʻrinib turganligi ayon boʻlgan holatlarda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi. |
Tovarlar turiga qarab texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan muddatda | |||
|
2. Tovarlarni xavfli yoki sifatsiz deb topish haqida dalolatnoma rasmiylashtiradi. |
1 kun muddatda | |||||
|
3-bosqich |
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va uning hududiy organlari, vakolatli organlar |
Tovarning xavfliligi yoki sifatsizligi aniqlangan taqdirda, uning egasiga ushbu tovarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish realizatsiya qilishni toʻxtatish, muomaladan chiqarish va isteʼmolchilardan majburiy ravishda qaytarib olish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma beradi. |
2 kun muddatda | |||
|
4-bosqich |
Tovar egasi |
Xavfliligi yoki sifatsizligi aniqlangan tovar egasi koʻrsatmani olgan kundan boshlab oʻsha kunning oʻzida koʻrsatmada keltirilgan tovarni respublika hududiga import qilish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni toʻxtatish choralarini koʻradi. |
Koʻrsatmani olgan kunda | |||
|
5-bosqich |
Tovar egasi |
Koʻrsatmada keltirilgan tovarni isteʼmol qilishni zudlik bilan toʻxtatish, uning keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan oqibatlari va eʼtirozlar mavjud boʻlganda murojaat qilish uchun ularni qabul qilish joyi, vaqti va tartibi haqida isteʼmolchilar eʼtiboriga ommaviy axborot vositalari orqali xabar joylashtiradi. |
Koʻrsatmani olgandan soʻng 3 kun muddatda | |||
|
6-bosqich |
Tovar egasi |
1. Koʻrsatmada keltirilgan tovarni muomaladan chiqarish va isteʼmolchilardan majburiy ravishda qaytarib olishni taʼminlaydi. 2. Koʻrsatmani ijro qilish natijalari haqida asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda koʻrsatma bergan organga yozma ravishda axborot kiritadi. |
Koʻrsatmani olgandan soʻng 1 oy muddatda | |||
|
7-bosqich |
Tovar egasi, vakolatli davlat organlari, jamoatchilik nazorati vakillari |
Xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlar ularning egasi hisobidan belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari hamda jamoatchilik nazorati vakillari ishtirokida yoʻq qilinadi. |
Tovarlar turiga qarab texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan muddatda | |||
|
8-bosqich |
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi |
Xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlar hamda tovar egalarining elektron roʻyxatini yuritadi hamda oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiradi. |
Aniqlangan kunning oʻzida |
3-ILOVA