31.05.2022 yildagi PF-145-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika aholisining alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini kafolatli ta’minlash, ichki iste’mol bozoridagi ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar narxlari sun’iy va asossiz oshirilishining oldini olish, shuningdek, tarif va notarif tartibga solish vositalarini keng qo‘llash hisobiga ularning inflyatsiya darajasiga salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, 2022-yil 1-maydan boshlab 2027-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovada keltirilgan tovarlarni olib kirishda bojxona bojlarining nol stavkalari belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng ko‘p qulaylik berish rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan bojxona bojining ikki baravar stavkasi qo‘llanilmaydi, shuningdek, qo‘shimcha bojxona boji undirilmaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni 2022-yil 1-iyundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish (eksport qilish) vaqtinchalik taqiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta, kungaboqar, makkajo‘xori va soya yog‘i, bundan amaldagi kontraktlar (shartnomalar) doirasida 2022-yil 1-iyunga qadar oldindan to‘lovlar amalga oshirilgan holatlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimida qayta ishlanganlari mustasno;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 06/22/268/1111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kungaboqar urug‘lari (TIF TN kodi 1206 00) hamda boshqa yog‘ o‘simliklarining urug‘lari va mevalari (TIF TN kodi 1207, bundan 1207 21 va 1207 29 mustasno), bundan qonunchilikda belgilangan holatlar mustasno.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PF-47-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 06/25/47/0243-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga mazkur tovarlarning ichki bozorda yetarli hajmi mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu bandda ko‘rsatilgan tovarlar eksportini qayta tiklash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda zarur hollarda oziq-ovqat xavfsizligi, mamlakat aholisining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda ichki bozorda narx barqarorligidan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga eksport qilish vaqtincha cheklanayotgan ayrim turdagi oziq-ovqat tovarlarining (shu jumladan ularni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyoning) ro‘yxatini o‘zgartirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflar kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, 2027-yil 1-yanvarga qadar quyidagilar:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-yanvardagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 41-son qarorida nazarda tutilgan davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlari doirasida import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha cheklovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovka qilish tartibi vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda Tarif va notarif tartibga solish kengashining tavsiyalari asosida nooziq-ovqat mahsulotlariga bojxona bojlari stavkalarini pasaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2022-yil 1-avgustga qadar mavsumiy narx tebranishlari va bozorda tanqislik yuzaga kelganda umumiy davlat zaxiralari me’yorini saqlab qolgan holda Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasiga tegishli omborlarning bo‘sh turgan quvvatlariga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish orqali asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘shimcha jamlash va ochiq bozorga intervensiya qilish mexanizmini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2022-yil 1-sentabrga qadar xalqaro moliya institutlari va ilmiy tashkilotlarning ekspertlarini jalb qilgan holda bojxona bojlarining samarali stavkalarini belgilash, shuningdek, tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga quyidagi qo‘shimcha vakolatlar berilsin:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarining keskin tebranishi davrida:
(6-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2023-y., 06/23/164/0737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustun mavqeni suiiste’mol qilish, kelishib qilingan harakatlar va til biriktirishlar, shuningdek, birja savdolariga majburiy qo‘yilishi kerak bo‘lgan monopol va yuqori likvidli mahsulotlarni to‘liq hajmda chiqarmaslik va taklifni qisqartirganlik, manipulyatsiyalar, tovar yoki moliya bozorining barqaror faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilish alomatlari aniqlanganda oxirgi kalendar yilidagi tovarlar (xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumidan qat’i nazar xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va yuridik shaxslar birlashmalariga ijro etilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritish. Bunda, taqdimnomaning uzrsiz sabablarga ko‘ra bajarilmasligi monopoliyaga qarshi kurashish organining ko‘rsatmasini bajarmaslik uchun belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarning asossiz o‘sishi, kelishib qilinadigan harakatlar va til biriktirishlar holatlarini aniqlash uchun Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor etgan holda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning binolariga bevosita kirish hamda ombordagi mavjud zaxiralarini xatlovdan o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bandning to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartibda o‘tkazilgan xatlovda aniqlangan ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarning ortiqcha hajmini savdoga chiqarish, asossiz oshirilgan narxlarni pasaytirish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma va ko‘rsatmalar kiritish.
(6-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2023-y., 06/23/164/0737-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarining keskin tebranish davri, ushbu mahsulotlarning narxi oxirgi 30 kungacha bo‘lgan davrda Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng yoki undan yuqori darajada oshganda, 6 oygacha bo‘lgan muddatga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
(6-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2023-y., 06/23/164/0737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki uchun xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni to‘xtatish, muomaladan chiqarish va iste’molchilardan majburiy ravishda qaytarib olish to‘g‘risida ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga ko‘rsatmalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) iste’mol tovarlari savdosiga ixtisoslashgan savdo komplekslari, tarmoqlari va bozorlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini manipulyatsiya qilish, asossiz va sun’iy oshirish, ularga bo‘lgan tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirishga qaratilgan g‘ayrihuquqiy harakatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga narx-navoni shakllantirishning belgilangan mexanizmlariga rioya etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar va savdo tarmoqlariga kirish bo‘yicha sun’iy to‘siqlar va cheklovlarni aniqlash (o‘rganish) va ularni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ikki oy muddatda mazkur bandda keltirilgan qo‘shimcha vakolatlarni amalga oshirish bo‘yicha tartibni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi markaziy apparati hamda uning hududiy boshqarmalaridagi iste’mol bozorlarida narxlarni monitoring qilish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalarning asosiy vazifalari etib ichki bozorda iste’mol tovarlarining narxlarini, import konsentratsiyalashuvini, tarif va notarif choralarning narxlarga ta’sirini tahlil qilish hamda savdo faoliyatida raqobatni ta’minlash belgilansin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va Moliya vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullansin:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik uchun Davlat budjetiga undirilgan moliyaviy jarimalar summasining 50 foiz miqdoridagi mablag‘larni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasiga yo‘naltirish.
(8-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Moliya vazirligi har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 10-sanasiga qadar Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi so‘rovnomasiga asosan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik uchun Davlat budjetiga undirilgan moliyaviy jarimalar summasining 50 foiz miqdoridagi mablag‘larni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasiga o‘tkazadi;
(8-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” davlat unitar korxonasini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” davlat unitar korxonasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib uning asosiy faoliyatidan olingan daromadlar, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
(8-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga ma’lumotlari bazasidan real vaqt rejimida foydalanish ruxsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlarning ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan birgalikda mazkur Farmonga 2-ilovada ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlarning ma’lumotlar bazasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining axborot tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Sh.Sh. Sharaxmetov va moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil yakuni bilan axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 31-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-145-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-son Farmoniga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-maydan boshlab 2027-yil 1-yanvarga qadar import bojxona bojining nol stavkalari belgilanadigan tovarlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

TIF TN kodi

Tovarning nomlanishi

1.

0206

Yangi, sovutilgan, muzlatilgan yirik shoxli qoramollar, qo‘ylar, echkilar, otlar, xachirlarning iste’mol qilinadigan submahsulotlari

2.

0301 — 0303

Baliq

3.

0304

Baliq filesi

4.

0305

Quritilgan, tuzlangan yoki dudlangan baliq

5.

0402

Shakar yoxud boshqa shirin ta’m beruvchi moddalar qo‘shilgan quyultirilgan sut va qaymoqlar;

6.

0405

Sariyog‘ va sutdan tayyorlangan boshqa moylar va yog‘lar; sut pastalari

7.

0407

Po‘choqli, yangi, konservalangan yoki qaynatilgan parranda tuxumlari

8.

0803

Bananlar, shu jumladan yangi yoki quritilgan plantaynlar

9.

0805

(0805 50 100 0 dan tashqari)

Yangi yoki quritilgan sitrus mevalari (limondan tashqari)

10.

0901

Qovurilgan yoki qovurilmagan, kofeinli yoki kofeinsiz qahva; kofe qobig‘i va qahva donalarining qobig‘i; har qanday nisbatdagi qahvani o‘z ichiga olgan qahva o‘rnini bosuvchilari

11.

0902 10 000 1,

0902 30 000 1

bir martalik qadoqdagi netto og‘irligi 3 kg dan oshmaydigan birlamchi qadoqlardagi choy

12.

0902 10 000 9,

0902 30 000 9

netto og‘irligi 3 kg dan oshmaydigan birlamchi qadoqdagi boshqa choy

13.

1507

Kimyoviy tarkibi o‘zgartirilmagan holda tozalangan yoki tozalanmagan soya yog‘i va uning fraksiyalari

14.

1508

Kimyoviy tarkibi o‘zgartirilmagan holda tozalangan yoki tozalanmagan yer yong‘oq yog‘i va uning fraksiyalari

15.

1511

Kimyoviy tarkibi o‘zgartirilmagan holda tozalangan yoki tozalanmagan palma yog‘i va uning fraksiyalari

16.

1514

Kimyoviy tarkibi o‘zgartirilmagan holda tozalangan yoki tozalanmagan raps (rapsdan yoki kolzadan) yoki xantal yog‘i va ularning fraksiyalari

17.

1516

To‘liq yoki qisman gidrogenezirlangan, qayta eterifitsiyalangan, reeterifiyalangan yoki elaidinizayiyalangan, tozalanmagan yoki tozalangan, lekin keyingi ishlov berilmaydigan hayvon va o‘simlik yog‘lari va moylari va uning fraksiyalari

18.

1517

Margarin; hayvon yoki o‘simlik yog‘i yoki moylardan yoxud ushbu guruhdagi turli xil moylar yoki yog‘larning fraksiyalaridan tayyorlangan iste’mol qilishga yaroqli bo‘lgan aralashmalar va tayyor mahsulotlar, 1516 tovar pozitsiyasidagi oziq moylari yoki yog‘lari yoxud ularning fraksiyalaridan tashqari

19.

1901

Solod ekstrakti; Tarkibida kakao bo‘lmagan yoki to‘liq yog‘sizlantirilgan asosda qayta hisoblanganda 40% dan kam kakao bo‘lgan boshqa joyda ko‘rsatilmagan yoki kiritilmagan mayin yoki yirik maydalangan un, yorma, kraxmal yoki solod ekstraktidan tayyorlangan tayyor ozuqa mahsulotlari; 0401 — 0404 tovar pozitsiyalaridagi xom ashyolardan, tarkibida kakao bo‘lmagan yoki to‘liq yog‘sizlantirish asosida qayta hisoblanganda 5% dan kam kakao bo‘lgan, boshqa joyda ko‘rsatilmagan yoki kiritilmagan tayyor oziq-ovqat mahsulotlari

20.

1903 00 000 0

Yormalar, granulalar, sharlar, donalar yoki shunga o‘xshash shakllarda kraxmaldan tayyorlangan tapioka va uning o‘rnini bosuvchilari

21.

1904

Yormalar donlari yoki donli mahsulotlarini (masalan, makkajo‘xori donalari) shishirish yoki qovurish orqali olingan tayyor oziqa mahsulotlari; yorma shaklidagi yoxud don yoki boshqa usulda tayyorlangan (mayin va yirik maydalangan un, yormadan tashqari), dastlabki tarzda qaynatilgan yoki boshqacha usulda tayyorlangan, boshqa joyda ko‘rsatilmagan yoki kiritilmagan yorma shaklidagi don (makkajo‘xori donalaridan tashqari)

22.

2102 10 310 0,

2102 10 390 0

Xamirturush

23.

1101 00

Bug‘doy uni yoki bug‘doy-javdar uni

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-noyabrdagi PF-251-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2022-y., 06/22/251/1023-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-son Farmoniga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga ma’lumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish ruxsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

3.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

4.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

5.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

6.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

7.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

8.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

9.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi

10.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

11.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

12.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi

13.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi

14.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

15.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi

16.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

17.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

18.

O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

19.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi

21.

“Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUK

22.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

23.

“Hududgazta’minot” AJ

24.

“O‘zsuvta’minot” AJ

25.

“O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Real vaqt rejimida ma’lumotlar bazasidan foydalanishga ruxsat dasturiy kompleks funksiyalariga va ma’lumotlar bazasi tarkibiga aralashish huquqisiz beriladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi PF-101-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” kichik bandning oltinchi xatboshisidagi “bir oy muddatda” so‘zlari “2022-yil 1-iyulga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” kichik bandning beshinchi xatboshisidagi “ikki oy muddatda” so‘zlari “2022-yil 1-iyulga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 9-ilovaning 11 va 12-pozitsiyalari “Ijro muddati” ustunidagi “iyun” so‘zi “iyul” so‘zi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4126-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “242” va “75” raqamlari tegishincha “401” va “96” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati, Qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari, shuningdek, idoraviy tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmasiga zarur hollarda boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida ularning biridan boshqasiga shtat birliklarini olib berish yo‘li bilan o‘zgartirishlar kiritish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘qqizinchi xatboshi o‘ninchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2022-yil 1-avgustdan boshlab xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha bitimlar, shuningdek shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt ustav kapitali (fondi)dagi aksiyalar (ulushlar)ni sotib olish bo‘yicha bitimlarga dastlabki rozilik berish uchun bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud bo‘lmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam bo‘lmagan va ming baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda yig‘im undiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“raqobat, tabiiy monopoliyalar haqidagi qonunchilikni buzganlik va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ko‘rsatmalarini bajarilmaganlik uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan ma’muriy jarima mablag‘lari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun Davlat budjetiga yo‘naltirilgan moliyaviy jarimalar summasining Jamg‘armaga qaytariladigan 50 foizi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi “Jamg‘arma mablag‘lari” so‘zlaridan keyin “Qo‘mita raisi tomonidan boshqariladi va quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidan “sarflanadi” so‘zi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oltinchi — o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“raqobatni va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida ilmiy va boshqa tadqiqot va izlanishlarni moliyalashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida nazorat xaridlarini amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatni va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida o‘quv tadbirlari, anjumanlar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkillashtiriladigan xalqaro tadbirlar, shu jumladan davlat tadbirlari doirasida xorijiy delegatsiyalar va ekspertlar tashriflari bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatni rivojlantirish va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq boshqa yo‘nalishlarga”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 14-banddagi “sudlarga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan da’volar” so‘zlari “sudlarda ko‘rib chiqiladigan barcha ishlar hamda hujjatlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-martdagi “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4642-son qarori 6-bandining “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidan “tashqi reklama obyektlarida (konstruksiyalarida) tashqi reklamani joylashtirish (tarqatish) huquqi uchun oylik yig‘im,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 402-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 1-ilovaning 16-bandi quyidagi mazmundagi yigirma to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi tomonidan mustaqil ravishda ikki nafargacha malakali mahalliy mutaxassislar maslahatchilar sifatida bir yil muddatgacha jalb qilinishi mumkin, qolgan hollarda mutaxassislarni jalb qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“raqobat, tabiiy monopoliyalar haqidagi qonunchilikni buzganlik va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan ma’muriy jarima summalari — 100 foiz miqdorida”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun Davlat budjetiga yo‘naltirilgan moliyaviy jarimalar summasining Jamg‘armaga qaytariladigan 50 foizi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshidagi “qo‘mitasi va” so‘zi “qo‘mitasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari hamda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oltinchi — o‘n beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“raqobatni va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida ilmiy va boshqa tadqiqot va izlanishlarni moliyalashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida nazorat xaridlarini amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boshqarmalardan qo‘mita Markaziy apparatiga doimiy ishlash uchun jalb etiladigan Toshkent shahrida turar joyi mavjud bo‘lmagan boshqaruv xodimlariga Toshkent shahrida ijara asosida yashashi uchun ijara to‘lovlarini ijara shartnomasi asosida to‘lashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatni va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida o‘quv tadbirlari, anjumanlar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkillashtiriladigan xalqaro tadbirlar, shu jumladan davlat tadbirlari doirasida xorijiy delegatsiyalar va ekspertlar tashriflari bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik va ilmiy-metodik adabiyotlar (shu jumladan, davriy nashrlar, risolalar, bukletlar, kitoblar, to‘plamlar va boshqa axborot-ma’rifiy materiallar)ni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, raqobatni va iste’molchilarni himoya qilish sohasida videoroliklar va taqdimot materiallarini yaratishga sarflangan xarajatlarni va ularni ommaviy axborot vositalarida doimiy yoritib borish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘mitaning kasaba uyushmasi qarori asosida Qo‘mita markaziy apparati xodimlarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini, shuningdek, bayram sanalarida va kasb bayramida madaniy-ma’rifiy tadbirlarni moliyalashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot texnologiyalarini joriy etish markazi” davlat unitar korxonasi faoliyatini saqlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida (topshiriqlarida) belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun “Axborot texnologiyalarini joriy etish markazi” davlat unitar korxonasiga ajratmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot muassasalariga raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish siyosati sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishni moliyalashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatni rivojlantirish va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq boshqa yo‘nalishlarga”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshi o‘n oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rnatilgan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) uchun to‘lov miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 33-bandidan “shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 12-ilovaning 6-pozitsiyasidagi “Bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari” so‘zlari “bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud bo‘lmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam bo‘lmagan va ming baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 13-ilovaning 6-pozitsiyasidagi “Bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari” so‘zlari “bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud bo‘lmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam bo‘lmagan va ming baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 06/22/145/0459-son; 18.11.2022-y., 06/22/251/1023-son; 23.12.2022-y., 06/22/268/1111-son; 24.03.2023-y., 06/23/41/0165-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son; 30.09.2023-y., 06/23/164/0737-son; 28.12.2023-y., 06/23/217/0983-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 28.12.2024-y., 06/24/229/1090-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son; 17.03.2025-y., 06/25/47/0243-son; 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son)