1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.03.00 Savdoda narxni tartibga solish (shakllantirish) (shuningdek, 09.14.02.02ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlari barqarorligini taʼminlash hamda mahsulotlar xavfsizligi va sifatini tizimli nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga va monopoliyaga qarshi choralarning taʼsirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 31-maydagi PF-145-son Farmoniga asosan aholini ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar bilan taʼminlashni tashkil etish, ularning xavfsizligi va sifatini tizimli nazorat qilish hamda ushbu mahsulotlar narxlarining barqarorligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlash, ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarining keskin tebranishi davrida asossiz oshirilmasligi boʻyicha nazorat oʻrnatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PF-145-son Farmoni bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat qonunchiligi talablari buzilgan holatlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va yuridik shaxslar birlashmalariga ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma yoki koʻrsatma berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning binolariga bevosita kirish hamda ombordagi mavjud zaxiralarni xatlovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki uchun xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni toʻxtatish, muomaladan chiqarish va isteʼmolchilardan majburiy ravishda qaytarib olish toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga koʻrsatmalar kiritish va shu kabi boshqa qoʻshimcha vakolatlar berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarining keskin tebranishi davrida asossiz oshirilmasligi boʻyicha tizimli nazorat oʻrnatish va zarur choralar koʻrish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq:
(2-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy turdagi tovarlar (mahsulotlar) narxlarining oʻzgarishi dinamikasini monitoring qilish, ularning tebranishiga taʼsir etgan omillarni va ularning kelib chiqishi sabablarini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ombordagi tovarlari (mahsulotlari) mavjud zaxiralarini xatlovdan oʻtkazish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taqdimnoma va koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki uchun xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni toʻxtatish, muomaladan chiqarish va isteʼmolchilardan majburiy ravishda qaytarib olish toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga koʻrsatmalar berish tartibi haqidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning xavfliligi va sifatsizligini belgilangan tartibda aniqlash va vakolatli organ tomonidan ularni xavfli yoki sifatsiz deb topish haqida dalolatnoma rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning xavfliligi yoki sifatsizligi aniqlangan taqdirda, vakolatli organ tomonidan ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga bajarilishi majburiy boʻlgan tegishli koʻrsatma berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga va monopoliyaga qarshi choralarning taʼsirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 31-maydagi PF-145-son Farmoni bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparatida yangi tashkil etilgan Isteʼmol bozorlarida narxlarni monitoring qilish departamenti faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq asosiy vositalarni xarid qilish va joriy taʼmirlash ishlarini Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ushbu qarorning mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida hamda internet jahon axborot tarmogʻida aholi oʻrtasida keng yoritilishi va tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Sh.Sh. Sharaxmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 19-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
716-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-dekabrdagi 716-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarining keskin tebranishi davrida asossiz oshirilmasligi boʻyicha tizimli nazorat oʻrnatish va zarur choralar koʻrish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)

1. Ushbu Nizom ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarining keskin tebranishi davrida asossiz oshirilmasligi boʻyicha tizimli nazorat oʻrnatish va zarur choralar koʻrish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qaroritahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qaror bilan Yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xom ashyo va materiallar hamda ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan roʻyxatdagi ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarga nisbatan tatbiq etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajiotaj talab — bozordagi shov-shuv va vahima taʼsirida sunʼiy ravishda paydo boʻladigan va shiddat bilan ortib boradigan talab. Ajiotaj talab taʼsirida tovar taklifi talabdan orqada qolib, tovarga boʻlgan talab sunʼiy ravishda ortadi, bozor muvozanati buziladi va tovarlar taqchilligi kuchayadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy turdagi tovarlar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qarori bilan tasdiqlangan Yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xomashyo va materiallar hamda ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan roʻyxatdagi ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda qoʻmita huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrik oʻtkazish — maʼlumotlarni yigʻish, shuningdek, joyiga chiqqan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan muloqot qilish, ushbu muloqot davrida xoʻjalik yurituvchi subyektlar xatti-harakatlarini audio va vizual ravishda kuzatish, zarur hollarda foto, audio va (yoki) video tasvirga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarining keskin tebranishi — ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarning narxi oxirgi 30 kungacha boʻlgan davrda Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng yoki undan yuqori darajada oshishi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrov — xoʻjalik yurituvchi subyekt, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda fuqarolar tomonidan belgilangan muddatda taqdim etilishi lozim boʻlgan, tahlil oʻtkazish uchun zarur maʼlumot (hujjat, material)lar roʻyxatini oʻz ichiga olgan yozma talabnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdimnoma — asosiy turdagi tovarlar narxlarining keskin tebranishi davrida vakolatli organ tomonidan oxirgi kalendar yildagi tovarlar (xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumdan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va yuridik shaxslar birlashmalariga beriladigan hamda ijro etilishi majburiy boʻlgan yozma (elektron) hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahlil — asosiy turdagi tovarlar narxlari oshishini xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda soʻrov asosida maʼlumot olib oʻrganish va (yoki) koʻrik oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarining keskin tebranish davri ushbu mahsulotlarning narxi oxirgi 30 kungacha boʻlgan davrda Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng yoki undan yuqori darajada oshganda yoki bozorda ajiotaj talab yuzaga kelganda, 6 oygacha boʻlgan muddatga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarining keskin tebranishi davrida yoki bozorda ajiotaj talab yuzaga kelganda narxlarning asossiz oshirilmasligi boʻyicha tizimli nazorat oʻrnatish va zarur choralar koʻrish ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Asosiy turdagi tovarlar narxlarini monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vakolatli organ asosiy turdagi tovarlar narxlarining oʻzgarishi dinamikasini kuzatib borish maqsadida muntazam ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar, savdo komplekslarida, chakana savdo tarmoqlarida, birjalarda kunlik shakllangan narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika va bojxona organlari maʼlumotlarini (maʼlumot, byulleten va boshqalarni);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan maʼlumotlarni toʻplash orqali monitoring oʻtkazib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vakolatli organ asosiy turdagi tovarlar narxlarini barqarorlashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy turdagi tovarlarni ishlab chiqarishdan (import qilishdan) boshlab oxirgi isteʼmolchigacha yetkazib berish zanjiridagi xarajatlar tarkibini tahlil qilgan holda xarajatlarni maqbullashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki bozorda shakllangan oxirgi uch yillik koʻrsatkichlar asosida ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar talablarining oʻzgarishini tahlil qiladi va kelgusida narxlar keskin oshishining oldini olish boʻyicha takliflarni doimiy ravishda ishlab chiqadi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Asosiy turdagi tovarlar narxlarining keskin tebranishi holatlarini tahlil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Narxlarning keskin tebranishi holatlari yoki bozorda ajiotaj talab yuzaga kelganda vakolatli organ tomonidan tahlil oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tahlil oʻtkazish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organga kelib tushgan ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ tomonidan oʻtkazilgan monitoring natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organning tarkibiy tuzilmalari ish rejalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita vakolatli organ xodimlari tomonidan koʻrik oʻtkazish davomida qonunchilik hujjatlarining buzilishi holatlari (belgilari)ni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlardan tushgan axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalaridagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori turuvchi tashkilotlarning topshiriqlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tahlil:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va fuqarolardan tanishish uchun zarur materiallar va hujjatlarni soʻrab olish, ulardan nusxa koʻchirish hamda ularni ish materiallariga qoʻshib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda ariza beruvchilar, shuningdek, ularga nisbatan ariza berilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt, davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillari bilan suhbat oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchilardan va ularga nisbatan ariza berilgan shaxslardan murojaat qilishga sabab boʻlgan holatlar (belgilar) boʻyicha yozma yoki ogʻzaki tushuntirishlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda arizani oldindan koʻrib chiqish materiallari boʻyicha xulosalar va tushuntirishlar berish uchun ekspertlar yoki mutaxassislarni jalb etish, har tomonlama, toʻliq va xolisona koʻrib chiqish maqsadida boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tahlil mobaynida qonun buzilishi alomatlari aniqlanganda, xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshiruvlar oʻtkazish (moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda) zarur boʻlgan hollarda, shuningdek, narxlarning asossiz oʻsishi, kelishib qilinadigan harakatlar va til biriktirish holatlarini aniqlash uchun barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarning binolariga bevosita kirish hamda ombordagi mavjud zaxiralarni xatlovdan oʻtkazish maqsadida vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil belgilangan tartibda xabardor etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tahlil jarayonida narxlarning keskin tebranishi holatlari kelib chiqishining sabablarini aniqlash, mahsulot ishlab chiqaruvchi (import qiluvchi), realizatsiya va xarid qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan tekshiruv oʻtkazmagan holda bevosita uchrashish va ular bilan muloqot qilish maqsadida koʻrik oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Koʻrikni oʻtkazish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar narxlarining keskin tebranishiga taʼsir etgan omillar va ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan va fuqarolardan zarur tushuntirishlar olish va ular bilan muloqot qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni yigʻish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan muloqot davrida ularning xatti-harakatlarini audio va vizual ravishda kuzatish, zarur hollarda foto, audio va/yoki video tasvirga olish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Koʻrik vakolatli organning koʻrikni oʻtkazish joyi, vaqti va koʻrikni oʻtkazishga masʼul xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda uning asos koʻrsatilgan yozma topshirigʻi yoki buyrugʻiga asosan joyiga chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻtkazilgan koʻrik natijasi boʻyicha maʼlumotnoma tuziladi. Maʼlumotnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrik oʻtkazilgan joy, vaqt va sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrikni oʻtkazayotgan xodimlarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muloqot qilingan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari masʼul shaxsi va fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan holatlar tavsifi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan muloqot davrida ularning xatti-harakatlari audio va vizual ravishda kuzatiladi, zarur hollarda foto, audio va/yoki video tasvirga olinadi, bunda materiallar maʼlumotnomaga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotnoma koʻrikni oʻtkazgan xodimlar, zarur hollarda muloqotda boʻlgan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vakolatli organ oʻtkazilgan tahlil natijasida narxlarning keskin tebranishi holatini (belgisini) toʻliq va xolis koʻrib chiqish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida va fuqarolar orasida soʻrov oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Soʻrovda koʻrsatilgan maʼlumotlar unda belgilangan muddatda taqdim etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning binolariga bevosita kirish hamda ombordagi mavjud mahsulotlar (tovarlar)ning zaxiralarini xatlovdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bozorda mahsulotlar (tovarlar)ning sunʼiy taqchilligini keltirib chiqargan alomatlar aniqlanganda, vakolatli organ xoʻjalik yurituvchi subyektlarning binolariga bevosita kirish hamda ombordagi mavjud zaxiralarni xatlovdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni belgilangan tartibda xabardor etadi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari asosida xatlov oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xatlov xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyatini toʻxtatmasdan kunlik ish rejimini toʻliq qamrab olgan holda, joylashgan joyidan qatʼi nazar, barcha obyektlarda xoʻjalik yurituvchi subyekt vakili ishtirokida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xatlov jarayonida xoʻjalik yurituvchi subyektning amaldagi daromadlari va xarajatlarini hamda hisobotlari toʻgʻri toʻldirilganligini aniqlash maqsadida tegishli soha mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xatlov quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-moddiy zaxiralarning boshlangʻich hujjatlar asosida tannarx koʻrinishida toʻgʻri kirim qilinganligini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni ishlab chiqarish va saqlash uchun sarflanayotgan tabiiy resurslar (gaz, elektr energiyasi, suv, yoqilgʻi-moylash materiallari) hajmining mahsulot tannarxiga muvofiqligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlanayotgan mahsulotlarning turi va hajmini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlanayotgan mahsulotlarni realizatsiya qilish usullarini aniqlash va jarayonini qayd etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omborda saqlanayotgan mahsulotlarning tannarxi, sotish narxi, sotilgan hajmi hamda qoldiq miqdorini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar yetkazib berilishi bilan bogʻliq shartnomalarni oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrtacha kunlik xomashyo sarfi va mahsulot realizatsiyasini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarning ishlab chiqarilishi va zaxirasini shakllantirish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni oʻrganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xatlov natijalari boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Bunda bir nusxasi xatlov oʻtkazish obyektida qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Taqdimnoma va koʻrsatmalar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻtkazilgan tahlil, tekshiruv va xatlov natijasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma yoki koʻrsatmalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga:

raqobat qonunchiligi talablarining buzilishi holatlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qaroriga asosan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma;

isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlash uchun tezkor chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma beriladi.

Raqobat qonunchiligi talablarining buzilishi holatlari aniqlangan hollarda, isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlash uchun tezkor chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarur boʻlgan holatlarda bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma berilishi mumkin.

Vakolatli organning vakolatiga kirmaydigan holatlar aniqlanganda, ushbu holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar koʻrib chiqish va belgilangan tartibda taʼsir choralarini koʻrish uchun tegishli vazirliklar va idoralarga yuboriladi.

24. Taqdimnoma yoki koʻrsatma vakolatli organ tomonidan narx barqarorligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan aniq choralar va harakatlarni koʻrsatgan holda, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustun mavqeni suiisteʼmol qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishilgan harakatlar va til biriktirishlarga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar birja savdolariga qoʻyilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar barqaror faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni asossiz va sunʼiy oshirmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asossiz oshirilgan narxlarni pasaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarning zaxiradagi mavjud hajmini bozor talabidan kelib chiqib savdoga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajiotaj talab vujudga kelgan vaqtda ayrim tovarlarni vaqtinchalik bir xaridorga sotish miqdorini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni manipulyatsiya qilmaslik, asossiz va sunʼiy oshirmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotga boʻlgan tanqislik va ajiotaj talabni yuzaga keltirishga qaratilgan gʻayrihuquqiy harakatlarni toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narx-navoni shakllantirishning belgilangan mexanizmlariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar va savdo tarmoqlariga kirish boʻyicha sunʼiy toʻsiqlar va cheklovlarni bartaraf etish uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vakolatli organ tomonidan beriladigan taqdimnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organning toʻliq nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdimnoma berilgan sana va tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdimnoma berilayotgan taraf nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdimnoma berilishiga asos boʻlgan holat yuzasidan qisqa maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilishi lozim boʻlgan aniq xatti-harakatlar va ijro muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
javobgarlik va shikoyat bildirish tartibi toʻgʻrisida qisqa tushuntirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Taqdimnoma vakolatli organ rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va bir ish kuni ichida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Taqdimnoma va koʻrsatma unda koʻrsatilgan muddatda bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Taqdimnoma berilgan subyekt unda koʻrsatilgan muddatda bajarilishi kerak boʻlgan harakatlarning bajarilganligi toʻgʻrisida asoslovchi hujjatlar va maʼlumotlarni ilova qilgan holda vakolatli organga axborot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Vakolatli organ tomonidan berilgan taqdimnomaning bajarilmasligi monopoliyaga qarshi qonunchilik talablarida nazarda tutilgan koʻrsatma talablari bajarilmasligiga tenglashtiriladi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari qoʻllanilishiga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Koʻrik oʻtkazishda vakolatli organning vazirliklar va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Koʻrik oʻtkazish jarayoniga, zaruratga koʻra, vazirliklar va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Vakolatli organ tomonidan xodim jalb etilishi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarga yuborilgan soʻrov kirim qilingan kundan soʻng bir kun muddatda masʼul xodim ajratilishi taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Koʻrik oʻtkazish jarayonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organning soʻroviga muvofiq Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xoʻjalik yurituvchi subyekt joylashgan joy va uning ixtiyoridagi omborxonalar toʻgʻrisida zarur tezkor maʼlumotlarni soʻrov tushgan kundan boshlab ikki ish kunida axborot tizimi orqali taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari vakolatli organ xodimlarining obyektga toʻsiqsiz kiritilishi hamda ularning xavfsizligini taʼminlashda, xoʻjalik yurituvchi subyektning masʼul rahbar va xodimlari hozir boʻlishida, masʼul xodimlarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatidan (markazlashgan elektron bazadan) nusxa olinishida masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlari xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan soliq hisobotlari toʻgʻri toʻldirganligi va ulardan nusxa olinishida, mavjud zaxiralarni xatlovdan oʻtkazishda koʻmaklashadi hamda oʻzlarida mavjud tegishli soliq hisobotlarini taqdim etishda masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ushbu Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vakolatli organning taqdimnomasidan norozi boʻlgan taqdirda, ular olingan kundan boshlab uch kun ichida shikoyat arizasi bilan sudga yoxud Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat arizasi berilishi vakolatli organning taqdimnomasi va koʻrsatmasining amal qilishini arizani koʻrib chiqish davrida toʻxtatib turishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarining keskin tebranishi davrida asossiz oshirilmasligi boʻyicha tizimli nazorat oʻrnatish va zarur choralar koʻrish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
(1-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
Bugʻdoy va un
2.
Qolipli non
3.
Mol goʻshti
4.
Parranda goʻshti
5.
Tuxum
6.
Paxta yogʻi
7.
Kungaboqar yogʻi
8.
Guruch
9.
Shakar
10.
Sut (qadoqlangan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ushbu roʻyxat sanoat usulida ishlab chiqariladigan va import asosida olib kiriladigan mahsulotlarga taalluqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarining keskin tebranishi davrida asossiz oshirilmasligi boʻyicha tizimli nazorat oʻrnatish va zarur choralar koʻrish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
(2-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarining keskin tebranishi davrida yoki bozorda ajiotaj talab yuzaga kelganda narxlar asossiz oshirilmasligi boʻyicha tizimli nazorat qilish va zarur choralar koʻrish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda qoʻmita huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi
1. Asosiy turdagi tovarlar narxlarining oʻzgarishi dinamikasini kuzatib boradi.
2. Asosiy turdagi tovarlar narxlarini barqarorlashtirish maqsadida ularning ishlab chiqarish xarajatlarini maqbullashtirish hamda kelgusida narxlar keskin oshishining oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
Doimiy ravishda
2-bosqich
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qoʻmita huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi
Narxlarning keskin tebranishi holatlari kuzatilganda tahlil oʻtkazadi.
Ariza va axborotlar olingan kundan boshlab 1 oy davomida
3-bosqich
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qoʻmita huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi
Tahlil jarayonida narxlarining keskin tebranishi holatlari kelib chiqishining haqiqiy sabablarini aniqlash maqsadida koʻrik oʻtkazadi.
Tahlil davomida
4-bosqich
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qoʻmita huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi
Tahlil mobaynida:
qonun buzilishi alomatlari aniqlanganda tekshiruv oʻtkazadi;
birja savdolariga majburiy qoʻyilishi kerak boʻlgan monopol va yuqori likvidli mahsulotlarni toʻliq hajmda chiqarmaslik va taklifni qisqartirganlik, manipulyatsiya holatlari alomatlari aniqlanganda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar omboridagi mavjud zaxiralarni xatlovdan oʻtkazadi.
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor etgan holda 10 kun ichida
5-bosqich
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qoʻmita huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi
Tekshiruv yoki xatlov jarayoniga mutasaddi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, vazirliklar va idoralar xodimlarini jalb qiladi.
Zaruratdan kelib chiqib qisqa muddatda
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, vazirliklar va idoralar
Xodim jalb etilishi yuzasidan yuborilgan soʻrovga asosan masʼul xodim ajratilishini taʼminlaydi.
Bir kunlik muddatda
6-bosqich
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qoʻmita huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi
Narxlar keskin tebranishi holatini (belgisini) toʻliq va xolis koʻrib chiqish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar, fuqarolar, davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga soʻrov yuboradi.
Zaruratdan kelib chiqib qisqa muddatda
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, fuqarolar, davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qoʻmita huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi soʻrovida koʻrsatilgan maʼlumotlarni taqdim etadi.
Soʻrovda belgilangan muddatda
7-bosqich
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qoʻmita huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi
Oʻtkazilgan tahlil, tekshiruv va xatlov natijasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma yoki koʻrsatmalar beriladi.
Bunda xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga:
Kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyatidan kelib chiqib
raqobat qonunchiligi talablarining buzilishi holatlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qaroriga asosan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma;
isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlash uchun tezkor chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma beriladi.
Raqobat qonunchiligi talablarining buzilishi holatlari aniqlangan hollarda, isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlash uchun tezkor chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarur boʻlgan holatlarda bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma berilishi mumkin.
Qonun buzilishi holatlari aniqlangan kundan boshlab bir oy muddatda
Vakolatli organning vakolatiga kirmaydigan holatlar aniqlanganda, ushbu holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar koʻrib chiqish va belgilangan tartibda taʼsir choralarini koʻrish uchun tegishli vazirliklar va idoralarga yuboriladi.
Tahlil yakuni boʻyicha
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Qoʻmita huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining taqdimnoma va koʻrsatmasi ijrosini taʼminlaydi.
Taqdimnoma va koʻrsatmada belgilangan muddatda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-dekabrdagi 716-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki uchun xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni toʻxtatish, muomaladan chiqarish va isteʼmolchilardan majburiy ravishda qaytarib olish toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga koʻrsatmalar berish tartibi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tovar (ish, xizmat)larning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat xaridi doirasida ekspertiza qilish yoki akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalarida testdan oʻtkazish natijasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga nomuvofiqligi aniqlangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash qoidalariga rioya etilmasdan savdoga chiqarilganligi natijasida sifati oʻzgarganligi tasdiqlangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol qilinishi, foydalanilishi natijasida isteʼmolchilarning sogʻligi, mol-mulkiga zarar yetkazilganligi aniqlangan yoki zarar yetkazish xavfi tugilgan hollarda ularni respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilinishini toʻxtatish, muomaladan chiqarish va isteʼmolchilardan majburiy ravishda qaytarib olish boʻyicha ishlab chiqaruvchilarga va sotuvchilarga koʻrsatma berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar egasi (ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va import qiluvchi) — respublika hududida tovarni muomalaga kiritgan va ushbu tovarga nisbatan tasarruf etish yoki egalik qilish huquqiga ega yuridik va jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni realizatsiya qilishni toʻxtatish — xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ularning egasi tomonidan mustaqil ravishda yoki Agentlikning talabiga binoan ulgurji yoki chakana sotishni toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni isteʼmolchilardan majburiy ravishda qaytarib olish — xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni yoʻq qilish (utilizatsiya), shuningdek, ushbu tovarlar oqibatida isteʼmolchilarga salbiy taʼsirni istisno qilishi lozim boʻlgan harakatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli va sifatsiz tovarlar — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga nomuvofiq deb topilgan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash qoidalari — saqlash sharoitlariga nisbatan normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda majburiy talablar belgilangan tovarni saqlash shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarar yetkazish — isteʼmol qilish, foydalanish natijasida isteʼmolchilarning sogʻligʻi yoki mol-mulkiga zarar yetkazish yoki zarar yetkazish xavfi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki uchun xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni toʻxtatish, muomaladan chiqarish va isteʼmolchilardan majburiy ravishda qaytarib olish toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga koʻrsatmalar ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tovarlarning xavfliligi va sifatsizligini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tovarlarning xavfliligi va sifatsizligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tomonidan nazorat xaridi tadbirlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalaridan tushgan, ijtimoiy tarmoqlardagi maʼlumotlar hamda belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida jamoatchilik fikrini oʻrganish natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, davlat organlari va tashkilotlardan tushadigan axborotlar va murojaatlar asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tovarlarni xavfli yoki sifatsiz deb topish qonunchilik hujjatlariga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz boʻlishini va ularning sifatini nazorat qiluvchi davlat organlari tomonidan, shuningdek, tovarlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga nomuvofiqligi yoki nuqsoni yaqqol koʻrinib turganligi ayon boʻlgan holatlarda Agentlik va/yoki uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tovarlarni xavfli yoki sifatsiz deb topish haqida Agentlik yoki uning hududiy organlari xodimi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni toʻxtatish, muomaladan chiqarish va isteʼmolchilardan majburiy ravishda qaytarib olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tovarning xavfliligi yoki sifatsizligi aniqlangan taqdirda, Agentlik va/yoki uning hududiy organlari tomonidan tovar egasiga ushbu tovarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni toʻxtatish, muomaladan chiqarish va isteʼmolchilardan majburiy ravishda qaytarib olish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda koʻrsatma berish va uning ijrosini nazorat qilish, huquqbuzarga nisbatan ish qoʻzgʻatmagan holda amalga oshiriladi va Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Raqobat, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va (yoki) uning hududiy organlari tomonidan isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi muvofiqlashtiruvchi organ sifatida tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz boʻlishini va ularning sifatini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organlariga xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni toʻxtatish, muomaladan chiqarish va isteʼmolchilardan majburiy ravishda qaytarib olish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Koʻrsatmada quyidagi maʼlumotlar aks ettirilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatma berilayotgan tashkilot nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar nomi va oʻziga xos xususiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatmani bajarish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatmani tuzish uchun asos boʻlgan dalolatnomaga havola.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Koʻrsatma huquqbuzarlikka yoʻl qoʻygan tovar egasiga shaxsan yetkaziladi yoki pochta orqali yuborilganda qabul qilgan kunda olgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xavfliligi yoki sifatsizligi aniqlangan tovar egasi koʻrsatmani olgan kundan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsha kunning oʻzida koʻrsatmada keltirilgan tovarni respublika hududiga import qilish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni toʻxtatish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch kun muddatda koʻrsatmada keltirilgan tovarni isteʼmol qilishni zudlik bilan toʻxtatish, uning keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan oqibatlari va eʼtirozlar mavjud boʻlganda, murojaat qilish uchun ularni qabul qilish joyi, vaqti va tartibi haqida isteʼmolchilar eʼtiboriga ommaviy axborot vositalari orqali xabar joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda koʻrsatmada keltirilgan tovarni muomaladan chiqarish va isteʼmolchilardan majburiy ravishda qaytarib olishni taʼminlaydi hamda koʻrsatmani ijro qilish natijalari haqida asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda koʻrsatma bergan organga yozma ravishda axborot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Koʻrsatmani qabul qiluvchi asosli sabablarni keltirgan holda uni bajarish muddatini bir oyga uzaytirish haqida iltimosnoma kiritishi mumkin, biroq bu iltimosnoma tovarning isteʼmol muomalasida turishiga ruxsat bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlar ularning egasi hisobidan belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari hamda jamoatchilik nazorati vakillari ishtirokida yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Koʻrsatmaning ijro etilishi haqidagi yozma axborotda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
realizatsiya qilingan tovarlarning ulgurji va chakana savdo obyektlaridan qaytarib olingan sanasi, obyekt nomi, hajmi, summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilardan tovar toʻgʻridan-toʻgʻri qaytarib olingan sana, hajmi, summasi, shuningdek, ular bilan qayta hisob-kitob qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarni aniqlash imkoni boʻlmagan tovarlar hajmi va summasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Koʻrsatmani bajarmaslik, lozim darajada bajarmaslik yoki uning bajarilganligi haqida yolgʻon maʼlumotlarni taqdim etganlik belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni toʻxtatish, muomaladan chiqarish natijalari, ushbu ishlarni amalga oshirish davomida toʻplangan foto va videomateriallar Agentlik rasmiy veb-saytida hamda ommaviy axborot vositalarida joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni toʻxtatish, muomaladan chiqarish boʻyicha toʻplangan hujjatlar Agentlik va/yoki uning hududiy organlarida besh yil saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agentlik xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlar hamda tovar egalarining elektron roʻyxatini yuritadi hamda oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Nizomga muvofiq Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarishda, jumladan, barcha zarur hujjatlarni olish va tegishli xatti-harakatlarni amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida amaliy yordam koʻrsatadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki uchun xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni toʻxtatish, muomaladan chiqarish va isteʼmolchilardan majburiy ravishda qaytarib olish toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga koʻrsatmalar berish tartibi haqidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki uchun xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni toʻxtatish, muomaladan chiqarish va isteʼmolchilardan majburiy ravishda qaytarib olish toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga koʻrsatmalar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va uning hududiy organlari
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfliligi va sifatsizligi haqidagi axborot asoslarini aniqlash (shakllantirish).
Murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha qonunchilikda belgilangan muddatda
2-bosqich
Nazorat qiluvchi davlat organlari, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va uning hududiy organlari
1. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xavfli yoki sifatsiz deb topish. Bunda:
qonunchilik hujjatlariga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz boʻlishini va ularning sifatini nazorat qiluvchi davlat organlari tomonidan;
tovarlarning nomuvofiqligi yoki nuqsoni koʻrinib turganligi ayon boʻlgan holatlarda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tovarlar turiga qarab texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan muddatda
2. Tovarlarni xavfli yoki sifatsiz deb topish haqida dalolatnoma rasmiylashtiradi.
1 kun muddatda
3-bosqich
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va uning hududiy organlari, vakolatli organlar
Tovarning xavfliligi yoki sifatsizligi aniqlangan taqdirda, uning egasiga ushbu tovarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish realizatsiya qilishni toʻxtatish, muomaladan chiqarish va isteʼmolchilardan majburiy ravishda qaytarib olish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma beradi.
2 kun muddatda
4-bosqich
Tovar egasi
Xavfliligi yoki sifatsizligi aniqlangan tovar egasi koʻrsatmani olgan kundan boshlab oʻsha kunning oʻzida koʻrsatmada keltirilgan tovarni respublika hududiga import qilish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni toʻxtatish choralarini koʻradi.
Koʻrsatmani olgan kunda
5-bosqich
Tovar egasi
Koʻrsatmada keltirilgan tovarni isteʼmol qilishni zudlik bilan toʻxtatish, uning keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan oqibatlari va eʼtirozlar mavjud boʻlganda murojaat qilish uchun ularni qabul qilish joyi, vaqti va tartibi haqida isteʼmolchilar eʼtiboriga ommaviy axborot vositalari orqali xabar joylashtiradi.
Koʻrsatmani olgandan soʻng 3 kun muddatda
6-bosqich
Tovar egasi
1. Koʻrsatmada keltirilgan tovarni muomaladan chiqarish va isteʼmolchilardan majburiy ravishda qaytarib olishni taʼminlaydi.
2. Koʻrsatmani ijro qilish natijalari haqida asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda koʻrsatma bergan organga yozma ravishda axborot kiritadi.
Koʻrsatmani olgandan soʻng 1 oy muddatda
7-bosqich
Tovar egasi, vakolatli davlat organlari, jamoatchilik nazorati vakillari
Xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlar ularning egasi hisobidan belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari hamda jamoatchilik nazorati vakillari ishtirokida yoʻq qilinadi.
Tovarlar turiga qarab texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan muddatda
8-bosqich
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi
Xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlar hamda tovar egalarining elektron roʻyxatini yuritadi hamda oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Aniqlangan kunning oʻzida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-dekabrdagi 716-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi — yigirma uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining keskin tebranishi davrida:

ustun mavqeni suiisteʼmol qilish, kelishib qilingan harakatlar va til biriktirishlar, shuningdek, birja savdolariga majburiy qoʻyilishi kerak boʻlgan monopol va yuqori likvidli mahsulotlarni toʻliq hajmda chiqarmaslik va taklifni qisqartirganlik, manipulyatsiyalar, tovar yoki moliya bozorining barqaror faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qilish alomatlari aniqlanganda, oxirgi kalendar yildagi tovarlar (xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumdan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va yuridik shaxslar birlashmalariga ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarning asossiz oʻsishi, kelishib qilinadigan harakatlar va til biriktirish holatlarini aniqlash uchun Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor etgan holda, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning binolariga bevosita kirish hamda ombordagi mavjud zaxiralarni xatlovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bandning oʻn sakkizinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartibda oʻtkazilgan xatlovda aniqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining ortiqcha hajmini savdoga chiqarish, asossiz oshirilgan narxlarni pasaytirish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma va koʻrsatmalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol tovarlari savdosiga ixtisoslashgan savdo komplekslari, tarmoqlari va bozorlarda:

asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini manipulyatsiya qilish, asossiz va sunʼiy oshirish, ularga boʻlgan tanqislik va ajiotaj talabni yuzaga keltirishga qaratilgan harakatlarni;

asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga narx-navoni shakllantirishning belgilangan mexanizmlariga rioya etilishini;

bozorlar va savdo tarmoqlariga kirish boʻyicha sunʼiy toʻsiqlar va cheklovlarni aniqlash (oʻrganish) va ularni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish”;

quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining keskin tebranishi davrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustun mavqeni suiisteʼmol qilish, kelishib qilingan harakatlar va til biriktirishlar, shuningdek, birja savdolariga majburiy qoʻyilishi kerak boʻlgan monopol va yuqori likvidli mahsulotlarni toʻliq hajmda chiqarmaslik va taklifni qisqartirganlik, manipulyatsiyalar, tovar yoki moliya bozorining barqaror faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qilish alomatlari aniqlanganda, oxirgi kalendar yildagi tovarlar (xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlar va yuridik shaxslar birlashmalariga ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarning asossiz oʻsishi, kelishib qilinadigan harakatlar va til biriktirish holatlarini aniqlash uchun Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor etgan holda tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning binolariga bevosita kirish hamda ombordagi mavjud zaxiralarni xatlovdan oʻtkazish;

mazkur kichik bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartibda oʻtkazilgan xatlovda aniqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining ortiqcha hajmini savdoga chiqarish, asossiz oshirilgan narxlarni pasaytirish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma va koʻrsatmalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol tovarlari savdosiga ixtisoslashgan savdo komplekslari, tarmoqlari va bozorlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini manipulyatsiya qilish, asossiz va sunʼiy oshirish, ularga boʻlgan tanqislik va ajiotaj talabni yuzaga keltirishga qaratilgan harakatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga narx-navoni shakllantirishning belgilangan mexanizmlariga rioya etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar va savdo tarmoqlariga kirish boʻyicha sunʼiy toʻsiqlar va cheklovlarni aniqlash (oʻrganish) va ularni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi sakkizinchi — oʻn oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining keskin tebranishi davrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustun mavqeni suiisteʼmol qilish, kelishib qilingan harakatlar va til biriktirishlar, shuningdek, birja savdolariga majburiy qoʻyilishi kerak boʻlgan monopol va yuqori likvidli mahsulotlarni toʻliq hajmda chiqarmaslik va taklifni qisqartirganlik, manipulyatsiyalar, tovar yoki moliya bozorining barqaror faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qilish alomatlari aniqlanganda, oxirgi kalendar yildagi tovarlar (xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va yuridik shaxslar birlashmalariga ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarning asossiz oʻsishi, kelishib qilinadigan harakatlar va til biriktirish holatlarini aniqlash uchun Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor etgan holda tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning binolariga bevosita kirish hamda ombordagi mavjud zaxiralarni xatlovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur kichik bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartibda oʻtkazilgan xatlovda aniqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining ortiqcha hajmini savdoga chiqarish, asossiz oshirilgan narxlarni pasaytirish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma va koʻrsatmalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol tovarlari savdosiga ixtisoslashgan savdo komplekslari, tarmoqlari va bozorlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini manipulyatsiya qilish, asossiz va sunʼiy oshirish, ularga boʻlgan tanqislik va ajiotaj talabni yuzaga keltirishga qaratilgan harakatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga narx-navoni shakllantirishning belgilangan mexanizmlariga rioya etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar va savdo tarmoqlariga kirish boʻyicha sunʼiy toʻsiqlar va cheklovlarni aniqlash (oʻrganish) va ularni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki uchun xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni toʻxtatish, muomaladan chiqarish va isteʼmolchilardan majburiy ravishda qaytarib olish toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga koʻrsatmalar kiritish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatish chizmasi va unga kiritiladigan oʻzgartirishlarni oldindan kelishib beradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“reklama joyining pasporti mavjud boʻlmagan yer uchastkalariga, binolarga hamda inshootlarga oʻrnatilgan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) demontaj qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 12-band quyidagi mazmundagi “101” kichik band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“101) inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki uchun xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni toʻxtatish, muomaladan chiqarish va isteʼmolchilardan majburiy ravishda qaytarib olish toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga koʻrsatmalar kiritish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-pozitsiyadagi “bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud boʻlmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam boʻlmagan va ming baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

7-pozitsiyadagi “Yigʻim undirilmaydi” soʻzlari “bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud boʻlmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam boʻlmagan va ming baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda. Bunda yigʻim miqdorini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan belgilanadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-pozitsiyadagi “bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud boʻlmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam boʻlmagan va ming baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-pozitsiyadagi “Yigʻim undirilmaydi” soʻzlari “bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud boʻlmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam boʻlmagan va ming baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda. Bunda yigʻim miqdorini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan belgilanadi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2022-y., 09/22/716/1106; 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)