Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining
Qarori
“Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 9-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2045-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 550-son “Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. GʻULOMOV
Toshkent sh.,
2022-yil 29-noyabr,
09/YuB-36-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori D. SATTAROV
2022-yil 28-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining raisi B. ISLOMOV
2022-yil 29-noyabr
Qurilish vaziri B. ZAKIROV
2022-yil 8-noyabr
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2022-yil 3-noyabr
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Sh. ShARAXMETOV
2022-yil 7-noyabr
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDAShEV
2022-yil 10-noyabr
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
2022-yil 3-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 29-noyabrdagi 09/YuB-36-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 29-sentabrdagi 184-son “Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2045, 2009-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 47-son, 513-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 6-dekabrdagi 343-son “Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2045-1, 2011-yil 5-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 11-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 5-avgustdagi 104-son “Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida” buyrugʻi (roʻyxat raqami 2045-2, 2014-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 33-son, 425-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2019-yil 28-dekabrdagi 09/YuB-51-son “Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2045-3, 2020-yil 5-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 10/20/2045-3/0131-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 30-iyundagi 09/YuB-26-son “Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2045-4, 2022-yil 13-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2045-4/0635-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 10/22/2045-5/1076-son)