18.11.2022 yildagi 31-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Goʻsht va goʻsht mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini (0036-22-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 12-dekabrda hisobga olindi, hisob raqami 123]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Goʻsht va goʻsht mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0036-22-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Goʻshtni qayta ishlash korxonalariga qoʻyiladigan gigiyena talablari” (0301-12-son SanQvaN, 2012-yil 14-aprel) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Savdo sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq B. YuSUPALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 18-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-son

Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 11-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi B. NORQOBILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 16-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Sh. ShARAXMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 19-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 17-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2022-yil 18-noyabrdagi 31-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Goʻsht va goʻsht mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0036-22-son SanQvaN)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) goʻshtni qayta ishlash korxonalari faoliyatiga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu sanitariya qoidalarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
goʻsht — suyak toʻqimasi qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan holda mushak, yogʻ, biriktiruvchi toʻqimalarning majmuidan tashkil topgan tana goʻshti yoki tana goʻshtining bir qismi koʻrinishidagi soʻyish mahsuloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
goʻsht mahsulotlari — qiymalangan, qaynatilgan, yarim dudlangan, qaynatilgan-dudlangan, pishloqli va dudlangan, oʻpka-jigarli va qonli kolbasalar, goʻshtli nonlar, sosiskalar, sardelkalar, pashtetlar, shuningdek, choʻchqa, qoramol, qoʻy, parranda va boshqa soʻyiladigan hayvonlar goʻshtlardan tayyorlangan boshqa mahsulotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Goʻshtni qayta ishlash korxonalarining sanitariya himoya mintaqasi SanQvaN 0350-17-son “Oʻzbekiston Respublikasi aholi turar-joy atmosfera havosini muhofaza qilish sanitariya qoidalari va normalari”ning 6.1.8-bandiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Goʻshtni qayta ishlash korxonalarining kirish va chiqish joylarida dezinfeksiyali gilamchalar toʻshalishi, shuningdek nobarqaror epizootik vaziyatlarda esa dezinfeksiyalovchi eritma bilan toʻldirilgan maxsus dezinfeksiyali toʻsiqlar ham tashkil etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Texnologik jarayon, uskuna va anjomlarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Goʻshtni qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish va saqlash joylariga hasharotlar va kemiruvchilar kirishini oldini olish choralari (eshik panjaralari, maxsus tuynuklar, ventilatsiya tizimi teshiklari yopiq holatda boʻlishi) koʻrilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Goʻshtni qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish binolari qoʻl yuvish uchun sovun, choʻtka, dezinfeksiyalovchi eritma, bir martalik sochiq yoki boshqa quritish moslamalari bilan jihozlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Goʻshtni qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish binolaridagi javonlarning sirtlari silliq, yoriqlar va boshqa nuqsonlarsiz boʻlishi kerak. Xom ashyoni qabul qilish stollarida ularni erga tushib ketishini oldini oluvchi toʻsiqlar boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Goʻshtni suyakdan ajratish va kesish uchun qattiq yogʻochdan tayyorlangan maxsus taxtakachlardan foydalanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Goʻshtni qayta ishlash korxonalarida kichik buyumlarni (pichoqlar, pichoq uchun charx va boshqalar) sterilizatsiya jihozlarida sterilizatsiya qilish, katta inventarlarni esa yuvish va dezinfeksiya qilish sovuq va issiq suvli vannalarda amalga oshirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Goʻshtni qayta ishlash korxonalaridagi har bir turdagi mahsulot uchun quyida koʻrsatilgan alohida sovutish rejimiga rioya qilinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
choʻchqa goʻshti (mushaklarining qalinligi ham inobatga olinadi) — 10℃ haroratga yetguncha muzlatilishi, soʻngra kamerada — 12℃ haroratda 10 kun davomida yoki — 13℃ haroratda 4 kun ushlab turilishi lozim. Mushaklar harorati chanoq son boʻgʻimida 7 — 10 sm chuqurlikda oʻlchanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa goʻsht mahsulotlari (mol, qoʻy, ot, parranda va boshqalar) — 12℃ haroratda muzlatilishi yoki — 6℃ haroratdagi saqlash kameralarida kamida 24 soat ushlab turilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kolbasa yoki goʻsht konservalari ishlab chiqarishning texnologik jarayonida uskunalardan ajralib chiqadigan issiqlik natijasida goʻsht mahsuloti buzilmasligi uchun muz yordamida sovutib turilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Choʻchqa goʻshtini qayta ishlashga moʻljallangan kuydiruvchi pechlarning ishchi hududi havosidagi uglerod oksidining ruxsat etilgan maksimal miqdori 20 mg/m3 boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi hududdagi pechlarning tashqi yuzalarning maksimal harorati +45℃ boʻlishi kerak. Agar bu haroratni taʼminlash imkoni boʻlmasa, u holda ishchi hudud 600 kkal/m2 va undan yuqori zichlikdagi issiqlik nurlanishiga ega boʻlgan havo purkagich va mahalliy ventilatsiya tizimi bilan taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Korxonalarda hayvonlar sub mahsulotlarining har bir turi (ichak-chovoq, kalla-poycha, jigar, suyak, ichki yogʻlar, teri va boshqalar) alohida joyda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish joylariga sovuq va issiq suv yetkazib berish, ishlov berish vaqtiga qatʼiy rioya qilish hamda chiqindilarni markirovkalangan idishlarda yigʻish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Chorva mollarining sub mahsulotlari birlamchi qayta ishlash sexidan oʻtkazilib, suv oʻtkazmaydigan konteynerlarga qiya qilib joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichaklarni alohida qismlarga ajratish maxsus statsionar stolda yoki konveyerda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yogʻini eritish moʻljallangan suyaklar alohida xonada maydalanishi lozim. Ozuqa yogʻlarini ishlab chiqarish bilan bogʻliq boshqa jarayonlar bitta xonada bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yogʻ eritish sexlari har kuni tozalanishi, ishqoriy eritmalar bilan yuvilishi, yogʻ uchun moʻljallangan barcha quvurlar bugʻ yordamida sterilizatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Goʻshtni qayta ishlash korxonalarida xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni tashish yoʻllari bir-biri bilan kesishmasligi uchun quyida koʻrsatilgan ishlar alohida sexlarda (yoki xonalarda) bajarilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
goʻshtni tozalash (suv chiqarish uchun ariq oʻrnatilishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonli (liver) kolbasalarni ishlab chiqarishda hom ashyoni muzdan tozalash va yuvish (muzdan tozalash kamerasida goʻsht eritilishi va goʻshtni tozalash xonasida yuvilishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kolbasa va ruletlar uchun ishlatiladigan qobiqlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unni qabul qilish, saqlash va elakdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziravorlar, soya oqsili, sut kukuni va boshqa tarkibiy qismlarni tayyorlash va qadoqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuz, ziravorlar, kraxmal, soya oqsili, quruq sut kukuni va boshqa tarkibiy qismlarni vaqtincha saqlash (ishlab chiqarish korxonasida shkaflar, qutilarda saqlashga ruxsat beriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kolbasalar va konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish alohida xonalarda yoki alohida smenada amalga oshiriladi. Xom ashyoni qayta ishlagandan keyin binolar, texnologik jihozlar, inventarlar, idishlar yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Goʻshtni qayta ishlash korxonalarining sexlari va binolarida xavf-xatarni (infeksiya tarqalishi, oziqa mahsulotlariga patogen mikroblarning tushishi) oldini olish maqsadida quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idishlarni qayta yuvish, sterilizatsiya qilish va quritish uchun qurilmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuvish uskunalari, issiq va sovuq suvli qoʻl yuvish uchun rakovinalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻlni dezinfeksiyalovchi vositalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻlni quritish vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-anjomlarni sterilizatsiya qilish uchun sterilizatorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordamchi materiallarni, tozalash uskunalarini, yuvish va dezinfeksiyalash vositalarini saqlash uchun shkaflar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va sexlarni dezinfeksiya qilishda foydalaniladigan eritmalar havo almashinadigan xonada (joyda) tayyorlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarishga qoʻyiladigan sanitariya gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xavfni (infeksiya tarqalishi, oziqa mahsulotlariga patogen mikroblarning tushishi) oldini olish maqsadida kolbasa mahsulotlari boshqa (xom va yarimtayyor) mahsulotlardan alohida boʻlgan sexlarda ishlab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xom ashyolar sexida (yoki boʻlimida) goʻshtini boʻlaklarga boʻlish (tana goʻshti, yarim tana goʻshti yoki chorak qismlar belgilangan kesma sxema boʻyicha qismlarga boʻlinadi), goʻshtni suyaksizlantirish (tana goʻshtining mushak, yogʻ va biriktiruvchi toʻqimasini suyaklardan ajratish) va goʻshtni kesish (suyaksiz goʻshtdan yogʻ, togʻay, paylarni, yirik qon va limfa tomirlari, qon quyqalari va mayda suyaklarni olib tashlash) amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Goʻshtni qayta ishlash korxonalarida quyidagilarni amalga oshirish mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
goʻsht boʻlaklarini pichoq yordamida uzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pichoqlarni etiklarning yuqori qismlarida, kamar orqasida, qoʻllarda olib yurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pichoqlarni taxtalarga yopishtirish va stolda saqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik jihozlarni yuvish uchun issiq va sovuq suvli vanna hamda dezinfeksiya eritmasi uchun idish oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xom ashyo boʻlimidagi havo harorati 12℃ ni, havoning nisbiy namligi 70 foizni tashkil etishi lozim. Xodimlarning salomatligini taʼminlash maqsadida ish joylarida polda panjaralar yoki tirgaklar oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzlatilgan, muzdan tushirilgan va sovutilgan goʻshtning suyaklarini yoʻq qilish, kesish va saralash joylarida qoʻllarni isitish moslamalari boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Pishirilgan kolbasa uchun ishlatiladigan tuzlangan, maydalangan goʻsht chelak, togʻora va boshqa idishlarda, shuningdek uzluksiz pishirish qurilmalarida 20 — 40℃ haroratda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Choʻchqa goʻshti mahsulotlari asosan goʻshtni namakob bilan aralashtirish orqali tuzlanishi, keyin uni tuzlangan aralashma bilan ishqalab bir necha kun ushlab turilishi lozim. Goʻshtni tuzlashda yoki maydalangan goʻshtni tayyorlashda unga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va goʻshtni qayta ishlash korxonalari tomonidan tasdiqlangan texnologik yoʻriqnomalarda koʻrsatilgan natriy nitritni 2,5 foizdan koʻp boʻlmagan miqdordagi eritmasi qoʻshilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Goʻsht mahsulotlariga quruq nitrit ishlatilishi mumkin emas. Quruq nitrit boshqa materiallardan alohida yopiq xonada yoki temir shkafda qulflangan holatda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nitrit eritmasi goʻshtni qayta ishlash korxonalari laboratoriyalarida tayyorlanishi lozim. Nitrit eritmasi ishlab chiqarish sexlarida “natriy nitrit” yozuvi tushirilgan maxsus idishda qulflangan holatda saqlanishi, shuningdek ishlab chiqarish sexlarida ushbu mahsulotning toʻgʻri saqlanishi va ishlatilishi uchun tegishli masʼul shaxs belgilangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Goʻshtni qayta ishlash korxonalari laboratoriyalarida “Laboratoriyada natriy nitritni qabul qilish va isteʼmol qilish jurnali”, ishlab chiqarish sexlarida esa “Natriy nitrit eritmasining sexda hisobga olish jurnali” yuritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyor goʻsht mahsulotlarida natriy nitrit miqdori 100 g mahsulot uchun 3 — 5 mg (yoki 0,003 — 0,005 foiz) oraligʻida boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Maydalangan kolbasa mahsulotlari goʻshtni qayta ishlash korxonalari tomonidan tasdiqlangan texnologik yoʻriqnomalarda koʻrsatilgan retsept boʻyicha tuzlanishi va kesilishi (bir vaqtning oʻzida maydalash va aralashtirish) lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mexanik ishlov berish natijasida maydalangan goʻshtning harorati koʻtarilishini oldini olish uchun sovutuvchi generatorlardan foydalanilishi lozim. Kesish oxirida maydalangan goʻshtning harorati 18℃, sexdagi harorat 12℃ boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kolbasa batonlariga kamroq havo tushishi va kolbasalarning saqlash xususiyatini uzaytirish maqsadida vakuumli shpritslar ishlatilishi kerak. Bunda, sexdagi harorat — 12℃, havoning nisbiy namligi 70 foiz boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Termik ishlov berish statsionar qovurish va pishirish kameralarida, aralash kameralarda hamda havoning nisbiy namligini va haroratini avtomatik boshqarish termoagregatlarida amalga oshirilishi lozim. Kameralar haroratni va nisbiy namlikni boshqaruvchi moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi, termik ishlov berish jurnallarida termik ishlov rejimlari (harorat va ishlov berish vaqti) qayd etilishi, ish joylaridagi issiqlik harorati esa 35 — 45℃ boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Gigiyena talablaridan kelib chiqib, tutunni tozalash uchun tutun generatorlari va termokamera qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Pishgan va yarim dudlangan kolbasalar, sosiskalar va sardelkalarni qovurish (issiq haroratda dudlash) va qaynatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qobiq diametriga qarab qovurish 80 — 110℃ haroratda 60 — 140 daqiqa davomida amalga oshirilishi, bunda batonning ichidagi harorat 40 — 45℃ ga yetishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaynatiladigan kolbasa, sosiska va sardelkalar 75 — 85℃ haroratda pishirilishi, bunda baton ichidagi harorat 70 — 72℃ ga yetishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarim dudlangan kolbasa, sosiska va sardelkalar 68 — 72℃, qaynatilgan va dudlanganlari esa 68℃, liverli kolbasalar 72℃ gacha boʻlgan haroratda pishirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Dudlash quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xom dudlangan kolbasani toʻliq dudlash 75 — 78 foiz nisbiy namlikda, 18 — 22℃ haroratda 2-3 kun, 10 — 12℃ da 25 — 30 kun davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarim dudlangan va qaynatib-dudlangan kolbasalar uchun dudlashning yuqori issiqlik rejimlari boʻlishi kerak (35 — 50℃ da 24 soatgacha va 70 — 80℃ — birlamchi, 40 — 45℃ — ikkilamchi dudlash).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Burishib qolmasligi, namlikni yoʻqotish va qoldiq mikrofloraning koʻpayishiga yoʻl qoʻymaslik uchun mahsulot pishganidan keyin tezda sovuq suvli dush ostida, soʻngra kameralar yoki tunnellarda +10℃ haroratda sovutilishi lozim. Namlikni kamaytirish, zararli mikroblarni koʻpayishini oldini olish maqsadida kolbasalarni kameralarda sovutilishi yoki mahalliy sovuq havo haydovchi uskuna bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xom ashyolarni oqartirish qaynoq suvda 15 — 20 daqiqa davomida qaynatish va ochiq qozonlarda 3 — 5 soat yoki yopiq qozonlarda 1,5 — 2,5 soat davomida pishirish (submahsulot) orqali amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Submahsulotlar stol ustiga yoki javonlarga yupqa qatlam qilib yoyilib sovutilishi, qismlarga ajratilishi va suyak olib tashlanishi lozim. Qaynatilgan va oqartirilgan xomashyo maydalanib kolbasa ishlab chiqarish jarayoniga oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Dildiroq (xolodets) tayyorlash dastlabki (5-6 soat) va yakuniy (60 daqiqa) pishirish, qismlarga ajratish va maydalashdan ikkinchi pishirishgacha boʻlgan vaqtni maksimal darajada qisqartirishni, toʻldirish mashinalari va dildiroq (xolodets) uchun moʻljallangan qoliplarni tozalashni (qoliplarni sterilizatsiya qilish), sovutishni oʻz ichiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suyilgan goʻsht mahsulotini dastlabki qayta ishlovsiz keyingi bosqichga oʻtkazish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Goʻsht va goʻsht mahsulotlari 2 kg dan oshmaydigan, qalinligi 8 smgacha boʻlgan boʻlaklarga boʻlingan holda quyida koʻrsatilgan tartibda zararsizlantirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq qozonlarda 3 soat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq qozonlarda esa 0,5 MPa dan ortiq bugʻ bosimida 2,5 soat davomida termik ishlov beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Goʻsht boʻlagining ichidagi harorat kamida 80℃ boʻlsa, goʻsht zararsizlantirilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Maishiy xonalarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Goʻshtni qayta ishlash korxonalari hududida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida maishiy xoʻjalik binolari joylashtirilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Dushlar kiyinish xonalari yonida joylashtirilishi lozim. Dush tarmoqlari va hojatxonalar eng uzoq smenada ishlaydigan odamlar sonidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xonalarni pardozlashda quyidagilar koʻzda tutilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dush xonalarida devorlar — 1,8 m balandlikdagi sirlangan plitkalar bilan, kiyinish xonalari, choyshablar saqlanadigan xona, hojatxonalar — 1,5 m balandlikdagi panellar bilan, tutib turuvchi tuzilmani pastki qismigacha yuvilish imkonini beruvchi boʻyoq va materiallar bilan qoplanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha ishlab chiqarish xonalaridagi pollar keramik plitkalar yoki boshqa suv oʻtkazmaydigan vositalar bilan qoplanishi taʼminlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Hojatxonalar har smenada kamida ikki marta yuvilishi va dezinfeksiyalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Suv taʼminoti va kanalizatsiyaga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Goʻshtni qayta ishlash korxonalari markazlashtirilgan yoki boshqa uzluksizligi taʼminlangan ichimlik suvi taʼminoti tizimiga ulangan boʻlishi va uning sifati Oʻz DSt 951 “Markazlashtirilgan xoʻjalik-ichimlik suvi bilan taʼminlash manbalari. Gigiyenik, texnikaviy talablar va tanlash qoidalari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Shiftlar orasidagi sanoat drenajlari va quvurlari suv oʻtkazmaydigan boʻlishi va ishlab chiqarish uskunalari ustida boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino ichidagi kanalizatsiya quvurlari ishlab chiqarish sexlar va mahsulotlarni saqlovchi omborlar orqali oʻtmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Sanoat va maishiy chiqindi suvlarini chiqib ketishi uchun korxonada alohida kanalizatsiya tizimi va tozalash inshootlari boʻlishi kerak. Sanoat va maishiy chiqindi suvlari ichki kanalizatsiya tizimiga tushirilishi va zararsizlantirilishi hamda umumiy kanalizatsiya tizimiga quyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yoritish, isitish va sovutish tizimiga hamda havoning ventilatsiyasi tizimiga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Goʻshtni qayta ishlash korxonalari binolaridagi tabiiy va sunʼiy yorugʻlik quvvati, koeffitsiyenti ishning turi va koʻzning toliqishini hisobga olgan holda QMQ 2.01.05-19 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy yorugʻlik yetarli boʻlmagan hollarda esa sunʼiy yorugʻlikdan (maqbul lampalar) foydalanilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Mahsulotlar ichiga shisha parchalari tushishini oldini olish uchun ochiq texnologik jarayonga ega xonalardagi yoritgichlar texnologik uskunalar ustiga oʻrnatilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Goʻshtni qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish va yordamchi binolarida tabiiy, mexanik, aralash ventilatsiya yoki konditsionerlash SanQvaN 0324-16 “Ishlab chiqarish xonalari mikroiqlimining sanitariya-gigiyena normativlari”da oʻrnatilgan talablarga, havo oqimi parametrlari esa sanoat binolarida mikroiqlim uchun sanitariya qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Maishiy xonalar, hojatxonalar, laboratoriyalar umumiy almashinuv va (yoki) mahalliy ventilatsiya tizimlariga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ishlab chiqarish binolariga yetkazib beriladigan havo changsiz boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tabiiy ventilatsiya teshiklari va havoning aylanishini taʼminlab beruvchi ventilatsiya moslamalari hasharotlar kirishiga toʻsqinlik qiluvchi simli toʻrlar bilan himoyalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ventilatsiya kanallari ifloslanganda ichki yuzasi qismlarga ajratilgan holda tozalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Dvigatel va jihozlar joylashgan xonalardagi tuzli chang, bugʻ, gazlar bilan havoni ifloslanishini oldini olishda mazkur zararli omillarni sovutib choʻktirish uchun ammiakli sovutish moslamalari oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mahsulotni saqlash uchun ishlab chiqarish xonalari, saqlash kameralari va omborxonalardagi havo harorati va nisbiy namlik SanQvaN 0324-16 “Ishlab chiqarish xonalari mikroiqlimining sanitariya-gigiyena normativlari”da oʻrnatilgan talablarga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Omborxonalar, muzlatgichlar hamda goʻsht va goʻsht mahsulotlarini tashishga moʻljallangan transport vositalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Goʻshtni qayta ishlash korxonalarida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyo, qadoqlash va yordamchi materiallarni saqlash uchun alohida omborxonalar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Oziq-ovqat xomashyosi va yordamchi materiallarni saqlashda stellaj va javonlardan foydalanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Barcha omborxonalar toza boʻlishi, pollar, devorlar, shiftlar va javonlar yuvilib, zaruriyatga koʻra ularda dezinfeksiya hamda kemiruvchilarga qarshi kurashish boʻyicha deratizatsiya ishlari oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Goʻshtni qayta ishlash korxonalariga olib kelinadigan tuz namlikka chidamli va yopiq omborxonalarga tushirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Yoqilgʻi, konteynerlar, qurilish materiallari omborxonalarda, shiyponlar ostida yoki tegishli tomi yopiq maxsus ajratilgan joylarda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suyaklar har tomondan toʻr bilan yopilgan ayvon ostida, suv oʻtkazmaydigan polda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Sovutgichlardan foydalanganda quyidagi gigiyena talablariga rioya qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovutgichdagi texnik jarayonlar goʻshtni qayta ishlash korxonalarida goʻsht va goʻsht mahsulotlarini sovutish, muzlatish, muzdan tozalash va saqlash goʻshtni qayta ishlash korxonalari tomonidan tasdiqlangan texnologik yoʻriqnomalarga muvofiq amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha yuklar (konteynerlar va konteynerda boʻlmagan) muzlatgich kameralariga joylashtirilganda, poldan kamida 8 sm balandlikda tekis taxlangan yogʻoch panjarali tagliklarga (shtabellar) qoʻyilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtabellar devorlardan va sovutish moslamalaridan 30 sm oraliq masofada hamda oʻrtasida oʻtish uchun joy qoldirilib joylashtirilishi kerak. Muzlatilgan goʻsht mahsulotlarini shtabellarga yigʻishda va ularni shtabeldan olib chiqishda, ishchilar poyafzali ustidan himoya brezentli paypoq kiyishlari, shuningdek sovutilgan va muzlatilgan goʻsht mahsulotlari osilgan holatda saqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaroqli goʻsht mahsulotlari alohida kamerada yoki toʻr bilan oʻralgan umumiy kamerada saqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dezinfeksiya qilinmagan inventar va yogʻoch panjarali tagliklardan foydalanilmasligi, shuningdek toza yogʻoch panjaralar va yogʻoch panjarali tagliklar zaxiralari alohida xonada saqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kameralar mahsulotlardan boʻshatilganidan keyin sovutadigan batareyalarning muz qatlami eritilishi, soʻngra qirgʻichlar yoki qattiq supurgi bilan tozalanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklangan kameralarda batareyalarni muz qatlamidan mexanik ravishda tozalanishi, bunda saqlanayotgan yuklar toza brezent yoki kanopdan toʻqilgan qalin yopqich (parusina) bilan qoplanishi hamda tozalash tugagandan soʻng, muz qatlami darhol kameralardan olib tashlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovutgich kameralari yoʻlaklarida va zinapoyalarida ifloslangan pollar va eshiklar muntazam ravishda ishqoriy sovun eritmasi bilan yuvilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovutgich kameralarida mogʻorlanishni oʻz vaqtida aniqlash uchun goʻsht ishlab chiqarish korxonalarining sovutish kameralari mikrobiologik nazoratdan oʻtkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovutgich kameralari mahsulotdan boʻshatilgandan soʻng, yangi mahsulotlar kelishidan oldin, shuningdek devorlar, shiftlar, kameralarning jihozlari mogʻor bilan zararlanganda yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Goʻsht va goʻsht mahsulotlari avtomobillarda (sovitish tizimi mavjud avtorefrijeratorlarda) va sovutish tizimi mavjud temir yoʻl vagonlarida tashilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Goʻsht va goʻsht mahsulotlarini yetkazib beradigan avtomobillar (sovitish tizimi mavjud avtorefrijeratorlar) sanitar-gigiyenik jihatdan toza saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Goʻsht mahsulotlari va xomashyolar tayyor goʻsht mahsulotlaridan alohida konteynerda tashilishi lozim. Tayyor goʻsht mahsulotlarini tashuvchi avtomashinalardan kun davomida qayta yuvmasdan foydalanishga ruxsat beriladi. Xom ashyoni tashishda esa avtomobillar har (reys) tashilgandan keyin yuvuvchi vositalar bilan tozalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashish jarayonlari tugagandan soʻng transport vositalariga tozalovchi vositalar yordamida sanitariya ishlovi berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Qaytariladigan idishlar mahsulot oluvchilardan toza holda qabul qilinishi va goʻshtni qayta ishlash korxonalarida qaytadan tozalanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Dezinfeksiya hamda deratizatsiya tadbirlarini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Goʻshtni qayta ishlash korxonalarida pashshalarga qarshi kurashish choralari quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pashshalar paydo boʻlishining oldini olish uchun, chiqindilar oʻz vaqtida olib tashlanishi kerak. Ushbu jarayon uchun masʼul ishchilar haftasiga 1-2-marta geksaxloran kukuni, 2-3 foiz xlorofos eritmasi, 0,1 foiz suvli triklorometafos emulsiyasi bilan chiqindi qutilari, chiqindixonalar, hojatxonalarga ishlov berishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suyuq chiqindilar dezinfeksiyalovchi modda yordamida tozalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xonalarni pashsha kirib kelishidan himoya qilish uchun derazalar, darchalar, eshiklar toʻr bilan (asosan issiq mavsumda) yopiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pashshalarni yoʻq qilish uchun xonalarda yopishqoq yelim qogʻoz ishlatilishi, shuningdek ishdan holi vaqtda kimyoviy preparatlar qoʻllanilishi mumkin. Bunda, mahsulotlar sexdan chiqarib qoʻyilishi, uskunalar usti yopilishi va xonalar 6 soat davomida shamollatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Suvaraklarga qarshi kurashish uchun korxonalar dezinseksiya qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish va amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Goʻshtni qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Goʻshtni qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarishdagi ichki nazoratni tashkil etish dasturi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hom ashyo, idishlar, jihozlar, inventarlar va texnologik jarayonlarni ifloslantirishi mumkin boʻlgan xatarlarni nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyor mahsulotni ifloslantirishi mumkin boʻlgan xavfni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishning muhim nuqtalarini aniqlash va mahsulotlarning xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot xavfsizligini taʼminlash maqsadida, sanitariya-gigiyena qoidalarini buzilishini oldini olish yuzasidan profilaktik choralarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot ishlab chiqarishning amaldagi sanitariya-gigiyenik talablarga muvofiqligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul xodimlarga qoʻyiladigan talablarni belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonning quyidagi bosqichlarida ichki nazorat tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarayonga tayyorgarlik koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik ishlov berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotni qadoqlash va yetkazib berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Goʻshtni qayta ishlash korxonalarida xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va shaxsiy gigiyena qoidalariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Goʻshtni qayta ishlash korxonalari xodimlari Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida tibbiy koʻrik va tekshiruvlardan oʻtishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Goʻshtni qayta ishlash korxonalarining har bir xodimi shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi, ish joyida texnologik va sanitariya talablariga qatʼiy rioya etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Goʻshtni qayta ishlash korxonalari hududiga kirishda xodimlar quyidagi sanitariya talablariga rioya qilishlari zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish binosiga kirishdan oldin toza sanitariya kiyimlarni kiyish, bunda sanitariya kiyimlari toʻliq yopiq holatda, sochlar roʻmol yoki qalpoq bilan berkitilishi, maxsus poyafzallarni kiyilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hojatxonaga kirishdan oldin maxsus kiyim yechilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Goʻshtni qayta ishlash korxonalari xodimlari quyidagi qoʻllarni yuvish va dezinfeksiya qilish talablariga rioya qilishlari lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish boshlashdan oldin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishdagi har bir tanaffusdan keyin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir jarayondan ikkinchisiga oʻtishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ifloslangan narsalar bilan aloqadan keyin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hojatxonadan keyin ikki marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus kiyim kiyishdan oldin va ish joyida (ish boshlashdan oldin).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Ish joyidagi gigiyena talablari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish chiqindilarini maxsus konteynerlarga muntazam ravishda tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish jihozlarini toza tutish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayni paytda foydalanilmayotgan buyumlar va asboblarni yigʻishtirib qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadoqlash materiallari qadoqlash joyida, bir smenadagi ehtiyojdan koʻp boʻlmagan miqdorda, qatʼiy belgilangan tartibda maxsus tagliklarda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tozalash inventarlarini (choʻtkalar, shvabralar) polda yoki texnologik jihozlarda qoldirish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Ishlab chiqarish sexlari va maishiy xonalarda birinchi tibbiy yordam toʻplamlari boʻlishi kerak. Birinchi tibbiy yordam toʻplamlarida oʻtkir hidli dori-darmon vositalari saqlanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyxati ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Goʻsht va goʻsht mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiquvchi muassasalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti (SGKK ITI);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.