Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Qarori
Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarni saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 22-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1737-2]
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi OʻRQ-685-son “Sanitariya-epidemiologiya xizmati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2021-yil 2-iyundagi PF-6240-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 8-oktabrdagi 12, 16-son qarori (roʻyxat raqami 1737, 2007-yil 8-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 45-son, 462-modda) bilan tasdiqlangan Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarni saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 11-noyabr,
26-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2022-yil 3-noyabr,
59-qq-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2022-yil 11-noyabrdagi 26-son va Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 3-noyabrdagi 59-qq-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarni saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 59-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
2. 64-banddan “va oziq-ovqat mahsulotlariga qoʻyiladigan respublikadagi mavjud sanitariya qoida va meʼyorlari talablariga asosan muvofiqlik sertifikati” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 84-banddagi “sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi” degan soʻzlar “sanitariya-epidemiologiya xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2022-y., 10/22/1737-2/1036-son)