27.07.2020 yildagi PQ-4790-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6035-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Sanepidqoʻm) asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-epidemiologiya sohasida potensial xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, respublika hududidagi yuqumli kasalliklar tabiiy oʻchoqlari ustidan epidemiologik monitoring va epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlar majmuini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-gigiyena, radiatsion gigiyena, fizik omillar, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya va oʻta xavfli kasalliklar tashxisi boʻyicha laboratoriyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson salomatligiga taʼsir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish va tahlil qilishning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat salomatligi va kasalliklar profilaktikasi hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga doir davlat siyosatini samarali amalga oshirish, mazkur yoʻnalishda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat salomatligi va kasalliklar profilaktikasi hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga oid fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar amalga oshirish, bu boradagi ilmiy izlanishlarni muvofiqlashtirish, soha mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat xavfsizligi sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilish, oziq-ovqat xom ashyosi va isteʼmol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati ustidan belgilangan tartibda nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaga oid davlat va boshqa xizmatlarni koʻrsatish, mahsulot, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga qoʻyiladigan majburiy talablarga taalluqliligi boʻyicha maxsus ekspertizalar tayinlash va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish va tibbiy profilaktika boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va idoraviy tibbiyot statistikasini yuritish, toʻplash, tahlil qilishiga uslubiy rahbarlik qilish, aholi salomatligiga salbiy taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash maqsadida zarur tekshirishlar va soʻrovlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish va qonunbuzilish holatlari aniqlanganda qonunchilikda belgilangan choralarni qoʻllash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Sanepidqoʻm va uning tizimidagi tashkilotlar oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzishga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan tegishli tibbiy asoslar mavjud boʻlgan taqdirda karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan, xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyatning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va (yoki) tovarlar harakatlanishining cheklanishini nazarda tutadigan tibbiy-sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tugʻdiruvchi yuqumli kasalliklar tarqalishi yoxud texnogen yoki tabiiy xususiyatga ega halokat sodir boʻlishi real xavfi vujudga kelganda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar obyektlarda tekshirishlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari buzilganligi aniqlangan holatlarda litsenziyalar va ruxsat beruvchi hujjatlarni toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish masalalarini hal qilish yuzasidan tegishli organlar va tashkilotlarga taqdimnomalar yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarga nazorat obyektidagi huquqbuzarliklarni bartaraf qilish uchun mos ravishda, ammo oltmish kundan ortiq boʻlmagan muddatni belgilagan holda, aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini laboratoriya-instrumental usulini qoʻllagan holda oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatgacha tekshiruvdan oʻtkazish hamda tekshiruvdan oʻtkazishga begʻaraz ekspert yoki mutaxassis sifatida laboratoriya xodimlarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarda, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelganda, ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilganda (davolash muassasasi xabari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va boshqa hollarda) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Sanepidqoʻm faoliyatiga shartnoma asosida qoʻshimcha xodimlar jalb qilish.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanepidqoʻm aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi sohasida tarmoq faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va tartibga soluvchi hamda tizimdagi rahbariy faoliyatni kollegial asosda tashkil etadigan, shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligining tashkiliy boʻysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanepidqoʻm Sogʻliqni saqlash vazirligining tarkibiga kiradi, Sanepidqoʻmning raisi bir vaqtning oʻzida Bosh davlat sanitariya vrachi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanepidqoʻmning tuman (shahar) boʻlimlari oʻz faoliyatida tegishincha Sanepidqoʻmning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga, Sanepidqoʻmning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari esa — Sanepidqoʻmga bevosita boʻysunadilar va ularning oldida hisobdordir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanepidqoʻm va uning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanepidqoʻm raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, uning oʻrinbosarlari esa sogʻliqni saqlash vazirining taqdimnomasiga koʻra Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti negizida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi barcha davlat yuqumli kasalliklar shifoxonalari va dispanserlari hamda davlat tibbiyot tashkilotlarining yuqumli kasalliklar boʻlinmalari faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti yuridik shaxs maqomi saqlangan holda — Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tashkiliy tuzilmasiga kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori bir vaqtning oʻzida Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining birinchi oʻrinbosari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy referens laboratoriya Laboratoriya kompleksi negizida tashkil qilinadi. Bunda Milliy referens laboratoriyani moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi va u respublika hududidagi barcha sanitariya-gigiyena, radiologiya, toksikologiya, bakteriologiya, parazitologiya hamda virusologiya laboratoriyalari natijalarini muvofiqlashtiradi va ularga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida yuridik maqomiga ega boʻlmagan Biologik xavfsizlik markazi hamda Gen texnologiyalari markazi tashkil qilinsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PQ-4891-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 07/20/4891/1514-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sanepidqoʻm raisiga:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda Sanepidqoʻm markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanepidqoʻm faoliyatini samarali tashkil etish, unga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan mahalliy va xorijiy institutlar, kompaniyalar, mutaxassislar va ekspertlarni, shu jumladan, shartnoma asosida jalb qilish huquqi berilsin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sanitariya-epidemiologiya xizmati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari va boʻlimlarining namunaviy tuzilmalarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Sanitariya-epidemiologiya xizmati markaziy apparati va tarkibiy tuzilmalarni Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga yuklangan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir boʻlgan, zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy referens laboratoriya bazasida mikroorganizmlar banki (biologik va genetik kolleksiya) hamda maxsus immunoglobulin va zardoblar banki, vivariy va genetik laboratoriya singari boʻlimlar tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sanitariya-epidemiologiya xizmati Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda xavfni tahlil qilish mexanizmini joriy qilish uchun nazorat ostidagi obyektlarning yagona elektron bazasini yaratsin va 2021-yil 1-yanvardan boshlab, uning toʻliq ishga tushirilishi hamda “Elektron hukumat” tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona elektron bazani ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi, uni keyinchalik texnik qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar esa — Sanitariya-epidemiologiya xizmatining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya-epidemiologiya xizmati yagona elektron bazani shakllantirish, samarali faoliyatini taʼminlash va keyinchalik rivojlantirish uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya-epidemiologiya xizmati nazorat ostidagi obyektlarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini oʻrganish natijalarini oʻzining veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda joylashtirib borsin hamda ushbu yoʻnalishda jamoatchilik fikrini tizimli ravishda tahlil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasi (B.A. Musayev) Sanitariya-epidemiologiya xizmati tuzilishi munosabati bilan barcha zarur tashkiliy masalalarni (qayta tashkil etish, joylashtirish, taʼminot, moliy-iqtisodiy masalalar va boshqalar) tezkorlik bilan xal etilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sanepidqoʻm Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh koʻchasi, 46-uy manzili boʻyicha operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sogʻliqni saqlash vazirligi uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 27-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4790-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2020-y., 07/20/4790/1116-son; 03.10.2020-y., 07/20/4847/1347-son; 13.11.2020-y., 07/20/4891/1514-son; 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)