Ҳужжат рақами
PF-6240
Орган
Ўзбекистон Республикаси Президенти
Имзоланган сана
02.06.2021
Кучга кириш санаси
03.06.2021
Қўшимча ахборот
Улашиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son Farmoni bilan tasdiqlangan Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) etib qayta nomlansin.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Adliya vazirligi va Oliy sud bilan birgalikda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va boshqa qonunlarga mazkur banddan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish bo‘yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Kutilayotgan natija

Mas’ul ijrochilar

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Milliy standartlashtirish tizimini jahon tajribasidan kelib chiqqan holda takomillashtirish.

“Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish.

Bunda:

standartlarning majburiyligidan xalqaro darajada qo‘llanilib kelayotgan standartlarni qabul qilinishida manfaatdor tomonlarning konsensusiga erishish yo‘li bilan ixtiyoriylikka o‘tish;

standartlashtirish tizimidagi manfaatdor tomonlarning o‘zaro munosabatlarini aniq belgilash;

standartlarni ishlab chiqish va joriy etishda biznesning rolini oshirish;

qonunchilikda qo‘llanilayotgan davlat va tashkilot standartlari tushunchalarini xalqaro darajada tan olingan tushunchalar bilan muvofiqlashtirish.

2021-yil avgust

Milliy standartlashtirish sohasining huquqiy asosini takomillashtirish.

Xalqaro talablarga moslashtirish, Jahon savdo tashkiloti normalariga muvofiqlashtirish.

“O‘zTTSA”,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov),

vazirlik va idoralar

2.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi faoliyat turlarini institutsional jihatdan takomillashtirish.

Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi va “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi Qonunlari normalarini o‘z ichiga oluvchi “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi yangi Qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

ixtiyoriy va majburiy standartlarga o‘tish;

muvofiqlikni baholashning majburiy va ixtiyoriy ravishda amalga oshirish muhitini yaratish;

texnik reglamentlarni ishlab chiqishda, mahsulotlar muvofiqligini baholashda xalqaro standartlardan foydalangan holda zarur bo‘lgan sinov va o‘lchov usullarini belgilovchi normativ hujjatlar ro‘yxatini shakllantirish;

mahsulotlarga qo‘llaniladigan majburiy talablarni faqatgina qonunchilikda va texnik reglamentlarda belgilash;

muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok uchun nomzod hisoblagan mutaxassislarni sertifikatlash tartibotini bekor qilish;

mahsulotlarga nisbatan qonunchilik va texnik reglamentlarda belgilangan majburiy talablarga ishlab chiqaruvchi va (yoki) importyor tomonidan rioya etmagan hollarda:

huquqbuzarlik ogohlantirishdan so‘ng birinchi marta sodir etilganda — realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining 50 foizi miqdorida jarima solish ko‘rinishidagi moliyaviy jazoni;

ushbu huquqbuzarlik bir yil davomida takroran sodir etilganda — realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining 100 foizi miqdorida jarima solish ko‘rinishidagi moliyaviy jazoni qo‘llash.

2021-yil sentyabr

Milliy sifat infratuzilmasining huquqiy asosini takomillashtirish.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi faoliyat turlarini ruxsat berish tusidan bozor munosabatlariga asoslangan ixtiyoriy texnik omilkorlikni baholashga qaratilgan institutsional shaklga o‘tish.

“O‘zTTSA”,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov),

vazirlik va idoralar

3.

Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish sohasidagi munosabatlarni xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish.

“Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

akkreditatsiya tizimidagi manfaatdor tomonlarning o‘zaro munosabatlarini aniq belgilash;

akkreditatsiya faoliyatini muvofiqlikni baholashning boshqa turlaridan ajratish;

muvofiqlikni baholash organlari tomonidan akkreditatsiya talablariga rioya qoidalarini buzganlik uchun mas’ul xodimlarga nisbatan jazo choralarini qo‘llash.

2021-yil oktyabr

Akkreditatsiya faoliyatining qonuniy asosini takomillashtirish,

xalqaro talablarga moslashtirish, ILAC, IAF normalariga muvofiqlashtirish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov),

vazirlik va idoralar

4.

Qonunchilikda vakolatli idoralarning vakolat doirasini Jahon savdo tashkilotining Savdodagi texnik to‘siqlar (TBT WTO) hamda Sanitariya va fitosanitariya choralari (SPM WTO) to‘g‘risidagi Bitimlari normalaridan kelib chiqqan holda aniq belgilash.

1. Savdodagi texnik to‘siqlar to‘g‘risidagi Bitimi doirasida qamrab olinadigan mahsulot turlarini tasdiqlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2. Sanitariya va fitosanitariya choralari to‘g‘risidagi Bitimi doirasida qamrab olinadigan mahsulot turlarini tasdiqlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2021-yil iyun

Mahsulotlar muvofiqligini baholash (sertifikatlash) tizimini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov),

“O‘zTTSA”,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Davlat veterinariya qo‘mitasi

(B. Norqobilov),

O‘zdavkarantin

(I. Ergashev)

5.

Milliy texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti normalari bilan uyg‘unlashtirish maqsadida “O‘zTTSA”ga innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida xorijiy ekspertlarni jalb qilish.

1. Xorijiy mamlakatlar bilan muzokaralar o‘tkazish orqali salohiyatli ekspertlarni aniqlash.

2021-yil iyul

Xalqaro talablarning tatbiq etilishini ta’minlash.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov),

“O‘zTTSA”

2. Xalqaro ekspertlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

2021-yil sentyabr

II. Muvofiqlikni baholash (tasdiqlash) jarayonlarini takomillashti�ish

6.

Xavf tahlili asosida sifatsiz mahsulotlarni nazorat qilish.

1. Xavfi yuqori bo‘lgan mahsulotlar muvofiqligini baholash va davlat nazoratini o‘tkazish yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2. Xavf-xatarni tahlil etish elektron tizimi orqali sifatsiz mahsulotlarni aniqlash va savdo rastalaridan chiqarish choralarini ko‘rish.

3. Sinov laboratoriyalari va sertifikatlashtirish organlari faoliyatini tahlika-tahlil asosida davlat nazoratini o‘tkazish va muvofiqlikni baholash organlari reytingini yuritish.

4. Davlat nazorati natijalariga muvofiq tegishli ta’sir choralar ko‘rish, shu jumladan muvofiqlikni tasdiqlash hujjatlarini bekor qilish.

2021-yil sentyabr

Sifatsiz mahsulotlarni savdo rastalariga kelib tushishining oldini olish.

“O‘zTTSA”,

vazirlik va idoralar

7.

Muvofiqlikni baholash tizimini xalqaro va EOII normalari bilan uyg‘unlashtirish.

1. Xalqaro va EOII amaliyotida qo‘llaniladigan tartiblarni respublikada joriy qilish uchun xorijiy ekspertlar bilan chora-tadbir ishlab chiqish.

2021-yil iyul

Muvofiqlikni baholash tizimini takomillashtirish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov),

“O‘zTTSA”,

vazirlik va idoralar

2. Mahsulotlarning muvofiqligini baholash tizimining mahsulotlarni sertifikatlash va muvofiqligini deklaratsiyalash, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha umumiy tartib-taomillarini takomillashtirish choralarini ko‘rish.

2021-yil sentyabr

III. Standartlashtirish jarayonlarini takomillashtirish

8.

Amal qilishi tugatiladigan standartlar ro‘yxatini ishlab chiqish.

1. Soha kesimida ma’nan eskirgan standartlarni xatlovdan o‘tkazish.

2. Amal qilishi to‘xtatiladigan standartlar o‘rniga xalqaro yoki uning talablari bilan uyg‘unlashgan standartlarni qabul qilish.

2021-yil noyabr

Yangi standartlarni amaliyotga etish.

“O‘zTTSA”,

vazirlik va idoralar

9.

Xalqaro ISO uslublarini amaliyotga kiritish.

1. Xalqaro ISO uslublarini xatlovdan o‘tkazish va uning ro‘yxatini shakllantirish.

2. Korxona (tashkilot, muassasa) ehtiyojlaridan kelib chiqib standartlarni qabul qilish.

3. Qabul qilingan standartlar to‘g‘risida manfaatdor vazirlik va idoralarni xabardor qilish.

2021-yil noyabr

Sinov laboratoriyalarini xalqaro uslublar yordamida modernizatsiyalash.

“O‘zTTSA”,

vazirlik va idoralar

10.

Standartlashtirish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan yangilash.

Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (MEK), Yevropa ittifoqi (EN), BMT YIK standartlarini, Codex Stan standartlarini xatlovini o‘tkazish va qabul qilish.

Bunda: ishlab chiqarish korxonalariga 2023-yil 1-yanvariga qadar o‘tish muddatini belgilash va amaldagi standartlardan foydalanishga ruxsat berish.

2021-yil noyabr

Xalqaro standartlarni qabul qilish.

“O‘zTTSA”,

vazirlik va idoralar

IV. Xalqaro talablar asosida texnik reglamentlarni qabul qilishni jadallashtirish

11.

Mahsulotlar xavfsizligini tartibga soluvchi amaldagi texnik reglamentlarni EOII dagi 37 ta texnik reglamentlar bilan takomillashtirish.

2021-yilda loyihalari ishlab chiqiladigan 26 ta va qayta ko‘rib chiqiladigan 11 ta umumiy texnik reglamentlarni reja-jadvaliga muvofiq vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil davomida

(tarmoq jadvaliga muvofiq)

Tashqi bozorlarda to‘laqonli ishtirok etish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov),

“O‘zTTSA”

12.

O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomida ushbu tashkilotiga a’zo davlatlar bozorlarida to‘laqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish me’yorlarini ularning tal�blariga moslashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish.

1. Texnik jihatdan tartibga solish, standartlash, metrologiya va muvofiqlikni baholash masalalari bo‘yicha EOII hamda unga a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama muzokaralarni olib borish.

2. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Kengashi hamda uning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan muloqot o‘rnatish va tizimli tarzda alohida yo‘nalishlar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazib borish.

kuzatuvchilik davri mobaynida

Milliy texnik tartibga solish me’yorlarini EOII talablariga moslashtirish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (I. Norqulov),

“O‘zTTSA”

V. Sinov bazasini rivojlantirish

13.

Mahalliy mahsulotlarning sifati va ularni xorijiy bozorlardagi raqobatdoshligini ta’minlashda tarmoqlar kesimida sinov laboratoriyalarini tashkil etish.

1. Qabul qilinadigan texnik reglamentlar talablariga muvofiq o‘lchash va sinov uskunalari ro‘yxatini tuzish.

2. Sinov laboratoriyalarini tashkil etish bo‘yicha tarmoq dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil iyul

Mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda ishlab chiqaruvchilar tomonidan doimiy nazoratni ta’minlash.

“O‘zTTSA”,

vazirlik va idoralar

14.

Namangan shahridagi “Yuksalish” kichik sanoat zonasi hududida xalqaro talablar asosida mahsulotlarning muvofiqligini baholash sinov laboratoriyalar kompleksini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3826-son va 2020-yil 14-iyuldagi PQ-4782-son qarorlariga asosan “Yuksalish” kichik sanoat zonasi hududida mahsulotlarni xalqaro talablar asosida sinov o‘tkazadigan laboratoriyalar kompleksini tashkil etish maqsadida “O‘zTTSA” Standartlar institutiga 5 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni ajratish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2020-yil 11-noyabrda�i 488-F-sonli farmoyishi bilan tashkil etilgan Namangan viloyatiga kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha Idoralararo kengashining qarorini qabul qilish.

2021-yil iyul

Namangan viloyati “Yuksalish” kichik sanoat zonasida polimer, yengil sanoat, elektr texnikasi, kimyo va qurilish mahsulotlarini xalqaro talablar asosida sinov laboratoriyasini moliyalashtirish.

Namangan viloyati hokimligi

(Sh. Abdurazakov),

“O‘zTTSA”

VII. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

15.

Muvofiqlikni baholash sohasida inson omilini qisqartirish, sertifikatlash organlari va sinov laboratoriyalari faoliyatini o‘zaro bog‘lashni va to‘liq raqamlashtirishni nazarda tutuvchi maxsus axborot tizimini ishga tushirish.

1. Maxsus axborot tizimining loyihasini ishlab chiqish hamda tizimga sertifikatlash organlari va sinov laboratoriyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish.

2. Maxsus axborot tizimini bosqichma-bosqich sinov tariqasida ishga tushirish, aprobatsiya qilish va yuzaga keladigan kamchiliklarni bartaraf etish.

3. Maxsus axborot tizimini to‘liq amaliyotga joriy qilish.

2021-yil sentyabr

Sertifikatlash idoralari va sinov laboratoriyalari faoliyatini raqamlashtirish hamda ular o‘rtasida hujjat almashinuvini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish.

“O‘zTTSA”,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Pekos),

akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash idoralari

16.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi faoliyat turlarini raqamlashtirish.

1. Akkreditatsiya yo‘nalishida “E-akkreditatsiya” axborot tizimini joriy qilish.

2. Standartlarni raqamlashtirish bo‘yicha “E-Standard” axborot tizimini joriy qilish.

3. Metrologik xizmatlarni avtomatlashtirish bo‘yicha “E-Metrologiya” axborot tizimini joriy qilish.

2021-yil sentyabr

Tizimga IT dasturlarini joriy etish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov),

“O‘zTTSA”,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Pekos),

vazirlik va idoralar

17.

Standartlashtirish sohasidagi normativ hujjatlarning yillik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish amaliyotidan voz kechgan holda, ularning amaldagi tahriridan shartnoma asosida “onlayn” tarzda foydalanish imkonini yaratish.

Standartlar institutining rasmiy veb-sayti orqali standartlarni aniqlash, aktuallashtirish va olish imkoniyatini beruvchi (Electron fond) interaktiv xizmatlar portalini ishga tushirish

2021-yil sentyabr

Standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni “onlayn” rejimda manfaatdor tomonlarga yetkazish.

“O‘zTTSA”,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Pekos)

18.

Respublikada qo‘llanilayotgan o‘lchash vositalarining yagona idoralararo ma’lumot almashish elektron platformasini yaratish.

1. Elektron tizimni loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda vakolatli organlardan ekspertizadan o‘tkazish.

2. Elektron tizimni ishlab chiqish hamda keyinchalik qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlarni O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish.

2021-yil sentyabr

Tashkilotlar tomonidan qo‘llanilayotgan barcha turdagi o‘lchash vositalari to‘g‘risida yagona elektron ma’lumotlar bazasini yaratish.

“O‘zTTSA”,

vazirlik va idoralar

VIII. Akkreditatsiya jarayonlarini takomillashtirish

19.

Sinov laboratoriyalarini baholashda Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish hamkorligi (ILAC) tomonidan foydalanilayotgan va amalda bo‘lgan xalqaro standartlarning qo‘llanilishini ta’minlash.

1. Akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarini 2021-yilda davriy baholash (inspeksiya nazorati) reja-jadvalini ishlab chiqish.

2021-yil iyun

Mahalliy laboratoriyaning xalqaro standartga muvofiq faoliyat yuritishini ta’minlash.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov),

akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalar

2. Sinov laboratoriyalarini xalqaro ISO/IEC 17025:2017 standarti talablari asosida davriy baholashdan o‘tkazish hamda standart talablariga muvofiq kelmagan laboratoriyalarning akkreditatsiya guvohnomalarini amal qilish muddatini to‘xtatib turish.

reja-jadvalga asosan

20.

Muvofiqlikni baholash organlari tomonidan milliy akkreditatsiya tizimi belgisini qo‘llash munosabatlarini tartibga solish.

Muvofiqlikni baholash organlari tomonidan akkreditatsiya tizimi belgisini qo‘llaganlik uchun akkreditatsiya sohasida ko‘rsatilgan pullik xizmatlar tushumning 5 foizi miqdorida ajratma o‘tkazish tartibini belgilovchi idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil iyul

Milliy akkreditatsiya idorasi faoliyati xolisligi, betarafligi va shaffofligini hamda xalqaro tashkilotlarda ishtirokini ta’minlash.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov),

Moliya vazirligi

(D. Sultanov),

Adliya vazirligi

(A. Karimov)

IX. Sifat menejment tizimlarini joriy etish

21.

Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida “Global GAP” va “Organik” standartlarini joriy etish.

1. Global GAP” va “Organik” standartlar talablari to‘g‘risida mahalliy mutaxassislarning (agronomlarning) zarur malaka va ko‘nikmalarini Standartlar institutida amalga oshirishga qaratilgan tadbirlarni (seminarlar, taqdimotlar, o‘quv kurslari va h.k.) reja-jadvalini ishlab chiqish.

2021-yil iyun

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

(A. Xaitov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

va viloyatlar hokimliklari

2. “Global GAP” va “Organik” standartlar talablari to‘g‘risida mahalliy mutaxassislarning (agronomlarning) zarur malaka va ko‘nikmalarini Standartlar institutida amalga oshirish.

reja-jadval asosida

3. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilot va fermer xo‘jaliklariga Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatish maqsadida zarur hujjatlar to‘plamini taqdim etishda konsultativ yordam ko‘rsatish.

Doimiy

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov)

4. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlar va fermer xo‘jaliklariga Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatish.

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(J. Xodjayev),

“O‘zTTSA”,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

(A. Xaitov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

va viloyatlar hokimliklari

5. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida “Global GAP” va “Organik” standartlarini joriy etish va sertifikatlash.

R�ja-jadval asosida

X. Kadrlar salohiyatini oshirish va islohotlarni jamoatchilikka yetkazish

22.

Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash sohasida kadrlarni tayyorlash, ularning kompetentligini oshirish hamda faoliyatini xalqaro talablar asosida tashkil etish.

Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash sohalarida xorijiy ekspertlar yordamida milliy trenyerlarni tayyorlash, muvofiqlikni baholash sohasida, shu jumladan sinov laboratoriyalarini yangi xalqaro standartlarga transformatsiya qilishda mutaxassislar kompetentligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda ishlab chiqish.

Bunda:

oliy ta’lim muassasalari uchun sohada joriy qilinayotgan texnik reglamentlar va xalqaro standartlar hamda tizimli o‘zgarishlar borasida tajriba almashish kurslarini tashkil etish;

oliy ta’lim muassasalarini standartlashtirish sohasidagi o‘quv darsliklari va adabiyotlarini birgalikda qayta ko‘rib chiqish;

2021-yildan boshlab oliy ta’lim muassasalarining standartlashtirish yo‘nalishlarida Milliy metrologiya instituti va Standartlar instituti xodimlari tomonidan sohaga oid darslarni o‘tish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

2021-yil iyun

Sohada xorijiy ekspertlar yordamida milliy trenyerlarni yetishtirish, malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish.

“O‘zTTSA”,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshqulov),

Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov)

23.

Milliy sifat infratuzilmasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha sohaga doir teleradiokanallar, bosma ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda olib borilayotgan ishlarni keng yoritish.

1. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston milliy matbuot markazi, “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun sohadagi dolzarb vazifalar, tezkor yangiliklari yuzasidan tizimli ravishda matbuot anjumanlarini tashkil etish, nodavlat notijorat tashkilotlari, blogyerlar bilan ishlash, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda keng muhokamalarni yo‘lga qo‘yish.

2. “Mening fikrim” portalida sohani rivojlantirishga qaratilgan takliflarni berib borish.

3. Ijtimoiy roliklar tayyorlash, “Ochiq eshiklar kuni” va OAV xodimlari uchun media turlarni o‘tkazish va sohada erishilgan natijalarni infografikalar yordamida ja�oatchilikka yetkazish.

Doimiy

Milliy sifat infratuzilmasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi

(A. Xodjayev),

O‘zbekiston milliy axborot agentligi

(A. Ko‘chimov),

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

(F. Abduxalikov),

“O‘zTTSA”

to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.