07.11.2022 yildagi 648-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida suv taʼminotini barqaror tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ichimlik suv va kanalizatsiyadan foydalanish imkoniyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2020 — 2022-yillardagi markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida suv taʼminotini kompleks tashkil etish toʻgʻrisidagi homiylik loyihalari (keyingi oʻrinlarda — homiylik loyihalari) doirasida 16 ta umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari “Manba-foydalanish-tozalash” suvdan foydalanish tamoyili asosida ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan taʼminlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi va “Oʻzsuvtaʼminot” AJning 2022 — 2025-yillarda Buxoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida “Manba-foydalanish-tozalash” suvdan foydalanishi tamoyili asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi suv taʼminotini barqaror tashkil etish boʻyicha tajriba loyihasini (keyingi oʻrinlarda — tajriba loyihasi) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suv manbalarini chiqarish (qazib olish) va ichish uchun tayyorlash hamda ulardan foydalanish va foydalanishdan keyin lokal tozalash tizimini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashgan ichimlik suv taʼminoti va oqova suvlarini chiqarib yuborish tizimiga ulash, ichimlik suvidan foydalanish va oqova suvlari tozalanishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini suv taʼminotini barqaror tashkil etish imkoniyatini aniqlash uchun tanlab olish reja-jadvali 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini tajriba loyihasida ishtirok etish uchun tanlab olish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tajriba loyihasi doirasida suv taʼminotini barqaror tashkil etish sxemasi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tajriba loyihasi doirasida suv taʼminotini barqaror tashkil etishning maqsadli koʻrsatkichi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba loyihasini amalga oshirish doirasida “Oʻzsuvtaʼminot” AJ buyurtmachi funksiyasini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylik loyihalari va tajriba loyihasi (keyingi oʻrinlarda — suv taʼminoti loyihalari) doirasida barpo etilgan infratuzilmani joriy taʼmirlash, boshqarish va ekspluatatsiya qilish (keyingi oʻrinlarda — ekspluatatsiya xizmatlari) Xalq taʼlimi vazirligiga yuklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq taʼlimi tizimi tashkilotlariga ekspluatatsiya xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha “Oʻzsuvtaʼminot” AJning tizimiga kiruvchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — hududiy tashkilotlar) bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya xizmatlari narxi Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan xolda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv taʼminoti loyihalari doirasida barpo etilgan infratuzilmada tozalangan suvlardan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi organlari bilan kelishilgan holda sugʻorish uchun foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tajriba loyihasini amalga oshirish doirasida “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va uning hududiy tashkilotlari ushbu qaror doirasida pullik asosda tovarlarni yetkazib beruvchi va xizmatlarni koʻrsatuvchi (ishlarni bajaruvchi) hisoblanadi hamda soliq qonunchiligida belgilangan tartibda soliq toʻlovlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tajriba loyihasini amalga oshirish boʻyicha quyidagilar moliyalashtirish manbasi etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) grantlar va boshqa turdagi begʻaraz yordam (keyingi oʻrinlarda — begʻaraz yordam) va homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Moliya vazirligi huzuridagi Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
infratuzilmani barpo etish, shu jumladan qurilish (rekonstruksiya qilish)ni nazarda tutuvchi loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda shaharsozlik ekspertizasidan oʻtkazish va kelishish qismida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning infratuzilmani barpo etish, shu jumladan qurilish (rekonstruksiya qilish)ni nazarda tutuvchi loyihaoldi hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish qismida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tajriba loyihasi doirasida infratuzilmani barpo etish, shu jumladan qurish (rekonstruksiya qilish) turli manbalardan moliyalashtirilishiga ruxsat etiladi, shuningdek, ularga aholi punktlarida davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish tartibi tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tomonidan tajriba loyihasini moliyalashtirish uchun 20 milliard soʻmdan kam boʻlmagan begʻaraz yordam va homiylik xayriyalari jalb etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda tajriba loyihasini amalga oshirish uchun qoʻshimcha begʻaraz yordam jalb etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda tajriba loyihasi boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda shaharsozlik ekspertizasidan oʻtkazish va kelishish uchun talab etilayotgan bir milliard soʻm mablagʻni 2022-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Moliya vazirligi huzuridagi Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirilgan kapital qoʻyilmalar hisobidan ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil va keyingi yillardagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorning 5-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan xarajatlar uchun respublika budjetidan mablagʻlar ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq taʼlimi tizimi tashkilotlarining har yillik xarajatlar smetasida suv taʼminoti loyihalari doirasida barpo etilgan, shu jumladan qurilgan (rekonstruksiya qilingan) infratuzilmalarga ekspluatatsiya xizmatlarini koʻrsatish xarajatlarini qoplash uchun respublika budjetidan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tajriba loyihasi tadbirlarini amalga oshirishga jalb qilingan vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun masʼul etib hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba loyihasini sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish uchun uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining birinchi oʻrinbosari S.I. Saifnazarovga shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda 2023-yil 1-avgustga qadar tajriba loyihasini amalga oshirishning oraliq natijalari asosida markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan ijtimoiy sohasidagi tashkilotlarda suv taʼminotini barqaror tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 7-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
648-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-noyabrdagi 648-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini suv taʼminotini barqaror tashkil etish imkoniyatini aniqlash uchun tanlab olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJA-JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tumanlar nomi

Markazlashgan suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlar soni

Oʻrganish oʻtkazish muddatlari

1.

Buxoro tumani

6

2022-yil dekabr

2.

Kogon tumani

7

2022-yil dekabr

3.

Vobkent tumani

15

2022-yil dekabr

4.

Jondor tumani

41

2023-yil yanvar

5.

Peshku tumani

29

2023-yil yanvar

6.

Romitan tumani

23

2023-yil yanvar

7.

Gʻijduvon tumani

32

2023-yil fevral

8.

Shofirkon tumani

34

2023-yil fevral

Jami

187

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur reja-jadvalda belgilangan oʻrganish muddatlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-noyabrdagi 648-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini tajriba loyihasida ishtirok etish uchun tanlab olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddatlar

1-bosqich

Xalq taʼlimi vazirligi

“Manba-foydalanish-tozalash” suvdan foydalanish tamoyili asosida suv taʼminotini barqaror tashkil etish (keyingi oʻrinlarda — suv taʼminotini barqaror tashkil etish) imkoniyatini aniqlash uchun Buxoro viloyatidagi markazlashgan suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda — maktab) tanlab olish.

Tashkiliy tadbirlar

Reja-jadvalda belgilangan muddatlarda

2-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Maktabning suv taʼminotini tashkil etishga qaratilgan investitsiya, grant hamda boshqa dasturlar va loyihalar mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash *.

Tashkiliy tadbirlar

10 ish kuni davomida

3-bosqich

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

1. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish imkoniyatini dala ishlarini oʻtkazgan holda (zarur hollarda) aniqlash **, shu jumladan:

suv taʼminotini barqaror tashkil etishning eng maqbul usulini aniqlash;

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan kelishgan holda maktabni uzoq muddat davomida suv bilan taʼminlash uchun yer osti suvlari yetarliligini aniqlash (suv taʼminoti yer osti suvlarini chiqarish orqali tashkil etilayotganda).

2. Maktabning suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun yer osti suvlarini chiqarishga cheklovlar mavjud emasligini kelishish (suv taʼminoti yer osti suvlarini chiqarish orqali tashkil etilayotganda).

Tashkiliy tadbirlar

15 ish kuni davomida

4-bosqich

Xalq taʼlimi vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ

1. Maktabni tajriba loyihasida ishtirok etayotgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga kiritish.

2. Maktab tajriba loyihasida ishtirok etayotgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga kiritilgani toʻgʻrisida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligini xabardor qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi, Tashkiliy tadbirlar

10 ish kuni davomida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Maktabning suv taʼminoti investitsiya, grant va boshqa dastur hamda loyihalar doirasida tashkil etilayotgan boʻlsa, keyingi tadbirlar amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Maktabning suv taʼminotini barqaror tashkil etish imkonsiz boʻlsa, keyingi tadbirlar amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-noyabrdagi 648-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tajriba loyihasi doirasida suv taʼminotini barqaror tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Moliyalashtirish manbalari

Muddatlar

1-bosqich*

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Xalq taʼlimi vazirligi

1. Tanlab olingan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida “Manba-foydalanish-tozalash” suvdan foydalanish tamoyili asosida suv taʼminotini barqaror tashkil etish (keyingi oʻrinlarda — suv taʼminotini barqaror tashkil etish) uchun zarur infratuzilmani barpo etish boʻyicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni (keyingi oʻrinlarda — TIHK) ishlab chiqish**.

Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Qonunchilikda belgilangan muddatlarda

“Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK

2. TIHKni ekspertizadan oʻtkazish.

2-bosqich

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Xalq taʼlimi vazirligi

1. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilma barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish (keyingi oʻrinlarda — loyiha hujjatlari)***.

Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

30 kun davomida

Ekspert tashkiloti

2. Loyiha hujjatlarini shaharsozlik ekspertizasidan oʻtkazish.

Qonunchilikda belgilangan muddatlarda

Vakolatli tashkilotlar

3. Loyiha hujjatlarini kelishish.

3-bosqich

“Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK

1. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur tovarlar va xizmatlar (ishlarni) xarid qilish uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish (zarur hollarda).

Grantlar va boshqa turdagi begʻaraz yordam (keyingi oʻrinlarda — begʻaraz yordam) va homiylik xayriyalari

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Xalq taʼlimi va�irligi

2. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur tovarlar va xizmatlarni (ishlarni) xarid qilish.

30 ish kuni (toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma orqali xarid qilinayotganda — 15 ish kuni) davomida

4-bosqich

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

1. Qurilish (rekonstruksiya qilish) ishlarini boshlash uchun obyektlarni roʻyxatdan oʻtkazish.

Begʻaraz yordam va homiylik xayriyalari

3 ish kuni davomida

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

2. Yer osti suvlarini chiqarish uchun quduqlarni burgʻilashga ruxsatnoma berish (zarur hollarda).

Qonunchilikda belgilangan muddatlarda

Pudrat tashkilotlari, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Xalq taʼlimi vazirligi,

3. Qurilish (rekonstruksiya qilish) ishlarini bajarish.

Shartnomada belgilangan muddatlarda

Vakolatli tashkilotlar

4. Qurilish (rekonstruksiya qilish) ishlarining bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatish.

Qurilish ishlarini bajarish davomida

5-bosqich

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Xalq taʼlimi vazirligi

1. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani qabul qilib olish uchun tarkibiga, shu jumladan quyidagi tashkilotlarning vakillari kiritiladigan qabul qilib olish komissiyasini tuzish:

Xalq taʼlimi vazirligi;

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ;

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ tizimiga kiruvchi tashkilot (keyingi oʻrinlarda — hududiy tashkiloti); tanlab olingan tashkilot.

Begʻaraz yordam va homiylik xayriyalari

3 ish kuni davomida

Qabul qilib olish komissiyasi

2. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani qabul qilib olish.

Shartnomada belgilangan muddatlarda

Vakolatli tashkilotlar

3. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani ekspluatatsiya qilishga ruxsatnoma berish.

Qonunchilikda belgilangan muddatlarda

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

4. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmaga boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazish.

3 ish kuni davomida

6-bosqich

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Xalq taʼlimi vazirligi

1. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani tanlab olingan tashkilotga yoki hududiy tashkilotga mulk huquqiga asosan begʻaraz topshirish.

Talab etilmaydi

15 ish kuni davomida

2. Tanlab olingan tashkilot xodimlarini suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun topshirilgan zarur infratuzilmani ekspluatatsiya qilishga oʻqitish****.

7-bosqich

Xalq taʼlimi vazirligi, tanlab olingan tashkilot, hududiy tashkilot

1. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani joriy taʼmirlash, boshqarish va ek�pluatatsiya xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha hududiy tashkilot bilan shartnomalar tuzish****.

Respublika budjeti mablagʻlari

Infratuzilma topshirilgan sanadan boshlab 15 ish kuni davomida

2. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani joriy taʼmirlash, boshqarish va ekspluatatsiya qilish****.

Ekspluatatsiya davri davomida

3. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani kapital taʼmirlash****.

Zarurat tugʻilganda

8-bosqich

Xalq taʼlimi vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ

1. Suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani ekspluatatsiya qilish monitoringini olib borish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Talab etilmaydi

15 ish kuni davomida

2. Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmani ekspluatatsiya qilish monitoringini olib borish.

Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Mazkur bosqich tadbirlari TIHKni ekspertizadan oʻtkazish uchun “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi “ DUKga taqdim etilishi lozim boʻlgan holdagina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Tadbirni amalga oshirish xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi qabul qilingandan soʻng 15 kun davomida boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** TIHK ekspertizadan oʻtkazish uchun “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKga taqdim etilishi lozim boʻlsa, loyiha hujjatlari TIHKga muvofiq ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**** Ushbu tadbirlar hududiy tashkilotiga topshirilgan suv taʼminotini barqaror tashkil etish uchun zarur infratuzilmaga nisbatan amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-noyabrdagi 648-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatidagi markazlashgan ichimlik suv taʼminotiga ulanmagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tajriba loyihasi doirasida suv taʼminotini barqaror tashkil etishnin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKIChI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Suv taʼminoti barqaror tashkil etiladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni

Maqsadli koʻrsatkichga erishish muddatlari

1.

15

2023-yil aprel

2.

30

2023-yil avgust

3.

45

2023-yil dekabr

4.

60

2024-yil aprel

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Maqsadli koʻrsatkichi grantlar va boshqa turdagi begʻaraz yordamning zarur summasi maqsadli koʻrsatkich erishishning tegishli sanasiga qadar jalb qilingan taqdirda erishiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2022-y., 09/22/648/1015-son)