Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.2024 27.06.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1484
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (23-sonli BHMS) “Qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni shakllantirish”ni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 27-iyunda 1484-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 142-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (23-sonli BHMS) “Qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni shakllantirish”ni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3540, 02.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (23-sonli BHMS) “Qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni shakllantirish” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri S. RAXIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 12-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
moliya vazirining 2005-yil 12-apreldagi 37-sonli buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti 23-sonli BHMS “Qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni shakllantirish”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) asosan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini meʼyoriy tartibga solish elementi boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur BHMSning maqsadi qayta tashkil etishni amalga oshirish haqidagi axborotni moliyaviy hisobotda yoritish tartibini belgilash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur BHMS Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha tashkilotlarga (budjet tashkilotlari, xususiylashtirilgan investitsiya fondlari, banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari) (keyingi oʻrinlarda — korxonalar) tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur BHMS davlat unitar korxonalarini xususiylashtirish bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalariga nisbatan qoʻllanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korxonani qayta tashkil etish uning taʼsischilari (ishtirokchilari) yoki taʼsis hujjatlarida shunga vakil qilingan yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qoʻshib yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qoʻshib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ajratib chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oʻzgartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur BHMSda qoʻllanuvchi atamalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qoʻshib yuborish — oʻz faoliyatlarini tugatish orqali ikki yoki bir nechta korxonalarning barcha huquqlari va majburiyatlarini bergan holda yangi korxonani vujudga keltirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qoʻshib olish — bir yoki bir nechta korxona faoliyatini toʻxtatib, ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa korxonaga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) boʻlish — korxona faoliyatini toʻxtatib, uning huquqlari va majburiyatlarini yangi tuzilayotgan korxonalarga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ajratib chiqarish — korxonalarning huquq va majburiyatlari bir qismini unga berish yoʻli bilan yangi korxonani vujudga keltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oʻzgartirish — yangi vujudga kelgan yuridik shaxsga qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning barcha huquqlari va majburiyatlarini berish yoʻli bilan korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qayta tashkil etilayotgan korxonalarning joriy faoliyati bilan bogʻliq operatsiyalar — tovar-moddiy qiymatliklarni sotish, kreditorlar bilan hisob-kitob qilish, topshirilayotgan mulk boʻyicha amortizatsiyani hisoblash, xodimlarga mehnat haqini hisoblash, tegishli budjetlar bilan soliqlar, yigʻimlar va toʻlovlar boʻyicha hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish, topshirish dalolatnomasiga kiritilishi lozim boʻlmagan kelgusi davr xarajatlarini, masalan, huquqlari huquqiy vorislik tartibida berilishi mumkin boʻlmagan faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olish xarajatlarini va boshqa shunga oʻxshagan xarajatlarni hisobdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) aksiyalarni konvertatsiya qilish — buning natijasida bir yoki bir nechta aksiyadorlik jamiyati tashkil topadigan qayta tashkil etishda bir aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini boshqa aksiyadorlik jamiyati (aksiyadorlik jamiyatlari)ning aksiyalariga yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ulushlari (paylari)ga ayirboshlash operatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) ayirboshlash — buning natijasida boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi korxona (aksiyadorlik jamiyatidan tashqari) tashkil topadigan qayta tashkil etishda bir yoki bir nechta aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari, korxonalarning ulushlari (paylari)ni boshqa korxonalarning ulushlari (paylari)ga ayirboshlash operatsiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Korxonalarni qayta tashkil etish haqidagi axborotning moliyaviy hisobotda yoritish quyidagilarga asosan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq korxonalarni boʻlish yoki ularning tarkibidan bir yoxud bir nechta korxonani ajratib chiqarish shaklida korxonalarni qayta tashkil etishda korxonaning taʼsischilari (ishtirokchilari) yoki taʼsis hujjatlarida shunga vakil qilingan yuridik shaxs organi yoki vakolatli davlat organlarining (keyingi oʻrinlarda — taʼsischilar) qaroriga yoxud qonunda belgilangan hollarda sud qaroriga asosan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda korxonalarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish yoki oʻzgartirish shaklida qaytadan tashkil etishda vakolatli davlat organlarining roziligiga asosan.
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Korxonalarni qayta tashkil etish haqidagi axborotni moliyaviy hisobotda shakllantirish uchun taʼsischilar qarorida quyidagilar nazarda tutilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) huquqiy vorislik tartibida topshiriluvchi (qabul qilinuvchi) aktivlar va majburiyatlarni baholash usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansi tasdiqlanganidan keyin qayta tashkil etilayotgan korxonaning joriy faoliyati natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan aktivlar va majburiyatlarning oʻzgarishi munosabati bilan huquqiy vorislik tartibi, shuningdek muayyan xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirish (kreditlar va qarzlar olish yoki berish, investitsiyalarni amalga oshirish va b.)ning alohida tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yangi vujudga kelgan yoki qayta tashkil etilayotgan korxonalarning taʼsis hujjatlarida aks ettirish uchun ustav kapitalini shakllantirish tartibi va uning miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) aksiyadorlardan aksiyalarni sotib olishga (xarid qilishga) yoʻnaltirish zaruriyati yuzaga kelishi mumkinligini hisobga olgan holda, qayta tashkil etilayotgan korxona hisobot davrida va oʻtgan yillarda olgan sof foydani yoʻnaltirish (taqsimlash), shartli va kafolatlangan majburiyatlarni hisobdan chiqarish (oqibatlarni baholagan holda tan olish) va b.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Moliyaviy hisobotda aks ettirish maqsadida qayta tashkil etish amalga oshirilganligining tan olinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etish hollarini istisno qilganda, qayta tashkil etish natijasida yuzaga kelgan korxonalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab korxona qayta tashkil etilgan hisoblanadi. Korxona unga boshqa korxonani qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etilganida qoʻshib olingan korxonaning faoliyati toʻxtatilgani haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritilgan paytdan boshlab bu korxona qayta tashkil etilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni shakllantirish quyidagilar mavjud boʻlgan holda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonalarning taʼsis hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan va mazkur BHMSning 6-bandida koʻrsatilgan taʼsischilar qarori yoki tegishli organlarning qayta tashkil etishga roziligi;
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan hollarda qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish toʻgʻrisidagi shartnomalar;
(9-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq, roʻyxatga oluvchi organ: qoʻshib yuborish, boʻlish, ajratib chiqarish va oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etishda yangi vujudga kelgan korxonalar haqidagi yozuvni; qoʻshib olish shaklidagi qayta tashkil etishda qoʻshib olingan korxonalarning oxirgisi faoliyati toʻxtatilgani haqidagi yozuvni Reyestrga kiritganini tasdiqlovchi hujjat va h.k.
(9-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Taʼsischilar qarori (shartnomasi)ga binoan topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansiga quyidagi ilovalar qoʻshiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qayta tashkil etilayotgan korxona aktivlari va majburiyatlari tarkibi, shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aktivlar va majburiyatlarni topshirishni rasmiylashtirish sanasidan oldingi oxirgi hisobot sanasiga boʻlgan ularning bahosi aks ettirilgan, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi, 1996-yil, 9-son, 142-modda)da nazarda tutilgan tarkibda moliyaviy hisobot;
(10-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansini tuzish oldidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-oktabrda EG/17-19-2075-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-son BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish” (roʻyxat raqami 833, 1999-yil 2-noyabr)ga muvofiq oʻtkazilgan va ularning toʻgʻriligini (aktivlar va majburiyatlarning mavjudligi, holati va bahosini) tasdiqlovchi, qayta tashkil etilayotgan korxonaning aktivlari va majburiyatlarini inventarizatsiya qilish dalolatnomalari (xatlash hujjatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) moddiy va nomoddiy aktivlar boʻyicha boshlangʻich hujjatlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy zaxiralar va b.ni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari (yukxatlari)), korxonalarni qayta tashkil etishda qabul qilinishi-topshirilishi lozim boʻlgan boshqa aktivlarning roʻyxatlari (xatlash hujjatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qayta tashkil etilayotgan korxonalar davlat roʻyxatidan oʻtgan paytdan boshlab mol-mulki va tegishli shartnomalar va kontraktlar boʻyicha majburiyatlari, tegishli budjetlar, davlat maqsadli jamgʻarmalari va boshqalar bilan hisob-kitoblar huquqiy vorisga oʻtganligi haqida ularning kreditorlari va debitorlariga belgilangan muddatda (qayta tashkil etish haqida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran 30 kundan kechiktirmay) yozma ravishda xabardor etganligi toʻgʻrisidagi axborot koʻrsatilgan kreditorlik va debitorlik qarzlari rasshifrovkasi (ularni xatlash hujjatlari) va b.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Topshirish dalolatnomasi va taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan korxonaning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari boʻyicha, shu jumladan taraflar nizolashayotgan majburiyatlar boʻyicha ham, huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi qoidalarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Topshirish dalolatnomasi va taqsimlash balansi yuridik shaxs taʼsischilari (ishtirokchilari) tomonidan yoki yuridik shaxslarni qayta tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organ tomonidan tasdiqlanadi hamda taʼsis hujjatlari bilan birga yangi vujudga kelgan korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki mavjud korxonalarning taʼsis hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansini belgilangan tartibda tasdiqlash sanasi taʼsischilar yoki qayta tashkil etish haqidagi qarorni qabul qilgan organ tomonidan taʼsischilarning qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomasi (qarori)da nazarda tutilgan qayta tashkil etishni amalga oshirish muddati doirasida, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan zarur taomillar (qayta tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqida kreditorlar, aksiyadorlar va ishtirokchilarni xabardor etish, ularning majburiyatlarni tugatish yoki muddatidan ilgari bajarish va zararlarni qoplash haqida talablar qoʻyishi, aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish va b.)dan kelib chiqib belgilanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansini tuzishni hisobot davri (yili)ning oxiriga yoki qayta tashkil etilayotgan korxonaning berilayotgan aktivlari va majburiyatlarini tavsiflash va baholash uchun asos boʻlgan oraliq (choraklik) moliyaviy hisobot tuzish sanasiga moʻljallash tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Aktivlar va majburiyatlarni baholash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Korxonalarni qayta tashkil etishda topshiriluvchi (qabul qilinuvchi) aktivlar va majburiyatlarni baholash taʼsischilarning qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori (shartnoma)da belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. Aktivlar va majburiyatlarning har bir turi uchun aktivlarning boshqa turlari uchun qoʻllanadigan baholash usullaridan farqli alohida baholash usuli belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yuridik shaxsni qayta tashkil etishda topshiriladigan aktivlar quyidagi qiymatlar boʻyicha baholanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xaridning haqiqiy tannarxi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshlangʻich qiymati boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qoldiq qiymati boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qayta tiklanish qiymati boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) nominal qiymati boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ishlab chiqarishning haqiqiy toʻla tannarxi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) bevosita xarajatlarga koʻra ishlab chiqarishning haqiqiy tannarxi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) rejali, meʼyoriy tannarxi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) bozor bahosi boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur BHMSga ilovada korxonalarni qayta tashkil etishda qoʻllash tavsiya etiladigan baholash turlari jadvali keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansida aks ettirilgan aktivlar qiymati topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansiga ilovalar (xatlash hujjatlari, rasshifrovkalar)da keltirilgan maʼlumotlar bilan tegishli qiymat bahosida mos kelishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qayta tashkil etish vaqtida taʼsischilar qarori (shartnomasi)ga muvofiq ushbu BHMS 15-bandining “a” — “z”-kichik bandlarida koʻrsatilgan qiymatlar boʻyicha topshiriluvchi aktivlarni baholashda qayta tashkil etilayotgan korxonaning topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansida topshirilayotgan aktivni aks ettirish mazkur hujjatlarni tuzish uchun asos boʻlgan moliyaviy hisobotda aks ettirilgan summada amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsischilar qarori (shartnomasi)ga muvofiq qayta tashkil etishda topshiriluvchi mol-mulkni joriy bozor bahosi boʻyicha baholash qayta tashkil etilayotgan korxona tomonidan topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansini tuzish chogʻida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansida qayta tashkil etilayotgan korxona majburiyatlarining bahosi kreditorlik qarzi inventarizatsiya natijalariga koʻra buxgalteriya hisobi schyotlarida ifodalangan summada aks ettiriladi, bunda korxona qayta tashkil etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq kreditorlarga qoplanishi kerak boʻlgan zararlar summasi hisobga olinishi lozim.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Aksiyadorlik jamiyatlarining korxonalar ustav kapitalidagi aksiyadorlarning talabiga binoan sotib olinishi lozim boʻlgan aksiyalarini baholash ularning “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq aniqlangan joriy bozor bahosidan past boʻlmagan narxda belgilangan tartibda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazarda tutilgan barcha taomillar bajarilganidan keyin, belgilangan tartibda sotib olingan, qayta tashkil etilayotgan korxonalarga tegishli aksiyalar bekor qilinayotganida buxgalteriya hisobida ustav kapitalining aksiyalar nominal qiymatiga kamayishi aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aksiyalarni sotib olishga amaldagi xarajatlar miqdori aksiyalar nominal qiymatidan katta boʻlsa, yuzaga keluvchi farq qoʻshilgan kapitalning kamayishi hisobiga, qoʻshilgan kapital miqdori yetarli boʻlmagan taqdirda esa, moliyaviy natijalarga (moliya faoliyati boʻyicha xarajatlarga) qayta tashkil etilayotgan korxona koʻrgan zarar sifatida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aksiyalarni sotib olishga amaldagi xarajatlar aksiyalar nominal qiymatidan kam boʻlsa, yuzaga keluvchi farq moliyaviy natijalarga (moliya faoliyati boʻyicha daromadlarga) qayta tashkil etilayotgan korxona olgan daromad sifatida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Korxonani qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻz faoliyatini toʻxtatayotgan qayta tashkil etilayotgan korxona Reyestrga tegishli yozuv kiritilgan sanadan oldingi kungacha boʻlgan holatga koʻra yakuniy moliyaviy hisobot tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy moliyaviy hisobot “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi, 1996-yil, 9-son, 142-modda), Oʻzbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi milliy standartlari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish qoidalari”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 140-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1209, 2003-yil 24-yanvar — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 1-2-son)ga muvofiq, korxona ilgari qabul qilgan yillik moliyaviy hisobot shakllari hajmida, hisobot yili boshlanganidan to Reyestrga yangi vujudga kelgan korxonalar haqidagi (qoʻshib olingan oxirgi korxona faoliyatini toʻxtatishi haqidagi) yozuv kiritilgan vaqtga qadar oʻtgan davr uchun tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qayta tashkil etilayotgan korxonalar buxgalteriya hisobi schyotlari boʻyicha maʼlumotlarni emas, balki oʻz huquqlari va majburiyatlari haqida axborot berishlari lozim. Shu bois buxgalteriya hisobining barcha tartibga soluvchi (kontr-aktiv va kontr-passiv) va baholash schyotlari yopilgan boʻlishi kerak. Yakuniy moliyaviy hisobot tuzish uchun faqat mol-mulk va majburiyatlarni hisobga olish schyotlari boʻyicha qoldiqqa ega boʻlish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agar qayta tashkil etish natijasida yangi tuzilgan korxona muayyan obyektga nisbatan oʻz huquqlarini tasdiqlash va amalga oshirish imkoniyatini yoʻqotgan boʻlsa, mazkur mol-mulkni qayta tashkil etilgan korxona zararlarga hisobdan chiqarishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansiga asosan qayta tashkil etilayotgan korxonaning aktivlari va majburiyatlarini topshirish sanasi bilan vujudga kelgan korxonalar haqidagi (qoʻshib olingan korxonalarning oxirgisi oʻz faoliyatini toʻxtatganligi haqidagi) yozuv Reyestrga kiritilgan sana mos kelmaganligi tufayli mazkur sanalar oraligʻidagi davrda qayta tashkil etilayotgan korxona tomonidan belgilangan tartibda yillik (yoki oraliq) moliyaviy hisobot tuziladi va taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oraliq va yillik, keyinchalik esa yakunlovchi moliyaviy hisobotning miqdoriy koʻrsatkichlari topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansi maʼlumotlari bilan mos kelmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oraliq va (yoki) yillik moliyaviy hisobotga, yakuniy moliyaviy hisobotga tushuntirish yozuvida yoxud topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansiga izohlarda shu davrda topshirilayotgan aktivlar va majburiyatlar qiymatida sodir boʻlgan oʻzgarishlar yoritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansi qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan (faoliyati tugatilayotgan) korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli hujjatlar taqdim etilishidan bevosita oldin tuzilgan, shuningdek topshirilayotgan aktivlar balans qiymati (amaldagi tannarxi, dastlabki qiymati) boʻyicha, majburiyatlar esa — qarz buxgalteriya hisobida aks ettirilgan summa boʻyicha baholangan taqdirda, oraliq va (yoki) yillik hamda yakunlovchi moliyaviy hisobotning miqdoriy koʻrsatkichlari topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansi maʼlumotlari bilan, basharti tegishli hujjatlar taqdim etilgan sana va roʻyxatga oluvchi organ Reyestrga yozuv kiritgan sana oraligʻidagi davrda aktivlar va majburiyatlarda oʻzgarish sodir boʻlmagan boʻlsa mos kelishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qayta tashkil etishda aktivlar va majburiyatlarning topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansi boʻyicha bir korxonadan boshqa korxonaga huquqiy vorislik tartibida topshirilishiga buxgalteriya hisobi maqsadlarida aktivlar va majburiyatlarning chiqib ketishi sifatida qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qayta tashkil etish (vujudga kelgan korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, taʼsis hujjatlariga tegishli oʻzgartishlar kiritish, qimmatli qogʻozlarni roʻyxatdan oʻtkazish, yuridik xizmatlarga haq toʻlash va b.) bilan bogʻliq xarajatlar qayta tashkil etishda qatnashayotgan korxonalar tomonidan tegishli davrning boshqa operatsion xarajatlari deb eʼtirof etiladi va ushbu xarajatlarni amalga oshirgan korxonaning buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Mazkur xarajatlarni amalga oshirgan korxonaning moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisoboti (2-son shakl)da yuqorida zikr etilgan boshqa operatsion xarajatlar, ularning ahamiyatliligidan qatʼi nazar, “boshqa operatsion xarajatlar” satrida yoritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonaning hisobot davrining boshiga (davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanaga) qadar boʻlgan holatga koʻra dastlabki moliyaviy hisobotida aktivlar, majburiyatlar va boshqa miqdoriy koʻrsatkichlar haqidagi maʼlumotlar belgilangan tartibda tasdiqlangan topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansiga, shuningdek qayta tashkil etilgan korxonalarning topshirilayotgan aktivlari va majburiyatlari tarkibidagi va qiymatidagi oʻzgarishlardan kelib chiqib tuzilgan yakuniy moliyaviy hisoboti maʼlumotlariga asosan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tashkil etilayotgan korxonalarning joriy xoʻjalik operatsiyalari buxgalteriya hisobini yuritishda va qayta tashkil etishda qoʻllanuvchi aktivlarni baholash usullari har xil boʻlsa, yakuniy moliyaviy hisobot koʻrsatkichlari bahosini topshirilayotgan aktivlar bahosi bilan muvofiq holatga keltirish lozim. Topshirilayotgan aktivlar qiymatidagi barcha tafovutlar qayta tashkil etilayotgan korxonalarning boshqa daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish schyotlarida aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Majburiyat tugatilgan, qarzdor va kreditor bir shaxs boʻlgan taqdirda, yaʼni qoʻshib yuborish (qoʻshib olish) shaklidagi qayta tashkil etishda qatnashayotgan taraflar oʻrtasida qoʻshib yuborish (qoʻshib olish) shaklidagi qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonaning dastlabki buxgalteriya balansiga quyidagilar kiritilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qayta tashkil etilayotgan korxonalar oʻrtasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlarini, shu jumladan dividendlar boʻyicha hisob-kitoblarni aks ettiruvchi miqdoriy koʻrsatkichlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qayta tashkil etilayotgan baʼzi korxonalarning qayta tashkil etilayotgan boshqa korxonalar ustav kapitaliga joylashtirgan mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qayta tashkil etilayotgan korxonalarning oʻzaro hisob-kitoblarini, shu jumladan oʻzaro operatsiyalar natijasida olingan daromad va koʻrilgan zararlarni tavsiflovchi boshqa aktivlar va majburiyatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiyani hisoblash, shuningdek qayta tashkil etish (oʻzgartirish shaklidagi qayta tashkil etishni istisno qilganda) natijasida vujudga kelgan korxonaning obligatsiyalari va veksellari boʻyicha chegirishlar yoki mukofotlar, diskontlar (skidkalar) boʻyicha muddati kechiktirilgan daromadlar va xarajatlar amortizatsiyasi korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab, qayta tashkil etish (oʻzgartirish shaklidagi qayta tashkil etishni istisno qilganda) natijasida vujudga kelgan korxona Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003-yil 9-oktabrdagi 114-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) “Asosiy vositalar” (roʻyxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar — Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 3-son, 35-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2005-yil 25-martdagi 35-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-son BHMS) “Nomoddiy aktivlar” (roʻyxat raqami 1485, 2005-yil 27-iyun — Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda)ga muvofiq belgilagan obyektdan unumli foydalanish muddatidan va amortizatsiyani hisoblash usulidan kelib chiqib, avvalgi huquqiy voris tomonidan ilgari qoʻllangan amortizatsiyani hisoblash usulidan qatʼi nazar, topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansiga asosan obyektni buxgalteriya hisobiga qabul qilish vaqtida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobot koʻrsatkichlarini shakllantirishning xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qoʻshib yuborishda qatnashayotgan korxonalar qoʻshib yuborish tartibi va shartlari, har bir korxona aksiyalari (ulushlari)ni yangi korxona aksiyalari (ulushlari)ga konvertatsiya qilish tartibi belgilanadigan qoʻshib yuborish toʻgʻrisida shartnoma tuzadilar. Qoʻshib yuborishda qatnashayotgan har bir korxona qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil etish, qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi shartnoma va topshirish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalalarni aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishining muhokamasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil etishda oʻz faoliyatini toʻxtatayotgan barcha qayta tashkil etilayotgan korxonalar vujudga kelgan korxona haqidagi yozuv Reyestrga kiritilishidan oldingi kungacha boʻlgan holatga koʻra yakuniy moliyaviy hisobot tuzadilar. Bunda yakuniy moliyaviy hisobot tuzilgunga qadar daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish schyotini yopish va sof foyda summasini taʼsischilarning qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori (shartnomasi)da belgilangan maqsadlarga yoʻnaltirish (taqsimlash) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil etishda qayta tashkil etilayotgan korxonalarning joriy faoliyati bilan bogʻliq barcha operatsiyalar, shuningdek topshirish dalolatnomasi tasdiqlangan sanadan boshlab oʻtgan davrda amalga oshirilgan qayta tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar vujudga kelgan korxona haqidagi yozuvni Reyestrga kiritish sanasiga qadar qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil etish munosabati bilan oʻz faoliyatini toʻxtatayotgan korxonalarning buxgalteriya hisobida va yakuniy moliyaviy hisobotida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonaning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanaga boʻlgan holatga koʻra dastlabki moliyaviy hisoboti topshirish dalolatnomasi maʼlumotlari hamda qayta tashkil etilgan korxonalarning buxgalteriya hisobida aks ettirilgan mazkur BHMSning 30-bandida sanab oʻtilgan operatsiyalarni hisobga olgan holda tuzilgan yakuniy moliyaviy hisobot miqdoriy koʻrsatkichlarini (mazkur BHMSning 26-bandida keltirilgan miqdoriy koʻrsatkichlar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni istisno qilganda) satrma-satr birlashtirish (qoʻshish yoki oʻtgan yillarning qoplanmagan zararlari boʻlgan taqdirda, ayirish) asosida, shuningdek mazkur BHMSning 34 va 36-bandlarida nazarda tutilgan holatlardan kelib chiqib tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil etilayotgan korxonalarning moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlar (2-son shakl) miqdoriy koʻrsatkichlarini qoʻshish qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonaning dastlabki moliyaviy hisobotida amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Vujudga kelgan korxona davlat roʻyxatidan oʻtish sanasiga boʻlgan holatga koʻra dastlabki moliyaviy hisobotni tuzishda qayta tashkil etish jarayonida olingan aktivlar, majburiyatlar va boshqa miqdoriy koʻrsatkichlar haqidagi maʼlumotlarni ular topshirish dalolatnomasida aks ettiriluvchi baholashda, qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil etilayotgan korxonalarning yakuniy moliyaviy hisobotidagi miqdoriy koʻrsatkichlardan kelib chiqib toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi shartnomaga va unda nazarda tutilgan taʼsischilarning qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil etilayotgan korxonalarning aksiyalari (ulushlari, paylari)ni vujudga kelgan korxonaning aksiyalari (ulushlari, paylari)ga konvertatsiya qilish (ayirboshlash) tartibi toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq, vujudga kelgan korxonaning dastlabki moliyaviy hisobotida qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil etilayotgan korxonalarning tarkib toptirilgan ustav kapitali aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi shartnomada vujudga kelgan korxonaning ustav kapitali miqdorini qayta tashkil etilayotgan korxonalarning ustav kapitallari summasidan, shu jumladan qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil etishda qatnashayotgan korxonalarning oʻz manbalari (qoʻshilgan va zaxira kapitali, taqsimlanmagan foydasi va h.k.) hisobiga koʻpaytirish nazarda tutilgan boʻlsa, vujudga kelgan korxonaning dastlabki moliyaviy hisobotida qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi shartnomada qayd etilgan ustav kapitali miqdori aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi shartnomada vujudga kelgan korxonaning ustav kapitali miqdorini qayta tashkil etilayotgan korxonalarning ustav kapitallari umumiy summasidan kamaytirish nazarda tutilgan boʻlsa, vujudga kelgan korxonaning dastlabki moliyaviy hisobotida qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi shartnomada qayd etilgan ustav kapitali miqdori aks ettiriladi, oʻrtadagi farq esa huquqiy vorisning dastlabki buxgalteriya balansida “Xususiy mablagʻlarning manbalari” boʻlimida “Qoʻshilgan kapital” miqdoriy koʻrsatkichi bilan tartibga solinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Agar qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan ustav kapitalining miqdori vujudga kelgan korxonaning sof aktivlari qiymatiga mos kelgan boʻlmasa, dastlabki buxgalteriya balansi “Xususiy mablagʻlarning manbalari” boʻlimining miqdoriy koʻrsatkichlari quyidagi tartibda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarni konvertatsiya qilishda qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonaning sof aktivlari qiymati ustav kapitali miqdoridan koʻp boʻlib qolsa, dastlabki buxgalteriya balansi “Xususiy mablagʻlarning manbalari” boʻlimining miqdoriy koʻrsatkichlari sof aktivlar qiymati miqdorida, ustav kapitaliga va qoʻshilgan kapitalga ajratgan holda shakllantiriladi (sof aktivlar qiymatining aksiyalarning jami nominal qiymatidan oshishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar (aksiyalarni konvertatsiya qilish hollarini istisno qilganda) vujudga kelgan korxonaning sof aktivlari qiymati ustav kapitali miqdoridan koʻp boʻlib qolsa, oʻrtadagi farq dastlabki buxgalteriya balansi “Majburiyatlar” boʻlimida “Uzoq muddatga uzaytirilgan daromadlar” va “Muddati uzaytirilgan daromadlar” miqdoriy koʻrsatkichlari bilan manfiy gudvill tarzida tartibga solinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qoʻshib yuborish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonaning sof aktivlari qiymati ustav kapitali miqdoridan kam boʻlib qolsa, oʻrtadagi farq dastlabki buxgalteriya balansi “Uzoq muddatli aktivlar” boʻlimida “Nomoddiy aktivlar” miqdoriy koʻrsatkichi bilan gudvill tarzida tartibga solinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobot koʻrsatkichlarini shakllantirishning xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qoʻshib olinayotgan korxonalar va ular qoʻshilayotgan korxona qoʻshib olish tartibi va shartlari, shuningdek qoʻshib olinayotgan korxonalarning aksiyalari (ulushlari)ni ular qoʻshilayotgan korxonaning aksiyalari (ulushlari)ga konvertatsiya qilish tartibi belgilanadigan qoʻshib olish toʻgʻrisida shartnoma tuzadilar. Har bir korxona qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etish, qoʻshib olish toʻgʻrisidagi shartnoma va topshirish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalalarni qoʻshib olishda ishtirok etuvchi korxona taʼsischilari (aksiyadorlari) umumiy yigʻilishining muhokamasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etishda yakuniy moliyaviy hisobot faqat qoʻshib olinayotgan korxona tomonidan uning faoliyati toʻxtatilgani haqidagi yozuv Reyestrga kiritilishidan oldingi kungacha boʻlgan holatga koʻra tuziladi. Bunda yakuniy moliyaviy hisobot tuzilgunga qadar daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish schyotini yopish va qoʻshib olinayotgan korxonaning sof foydasi summasini taʼsischilarning qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori (shartnomasi)da belgilangan maqsadlarga yoʻnaltirish (taqsimlash) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Boshqa korxona (korxonalar)ni unga qoʻshish jarayonida taʼsischilarning qaroriga asosan faqat aktivlar va majburiyatlar hajmi oʻzgargan va joriy hisobot yili uzilib qolmagan korxonada daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish schyoti yopilmaydi va qoʻshib olinayotgan korxona faoliyatini toʻxtatish davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanaga boʻlgan holatga koʻra yakuniy moliyaviy hisobot tuzilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etishda qayta tashkil etilayotgan korxonaning joriy faoliyati bilan bogʻliq barcha operatsiyalar, shuningdek topshirish dalolatnomasi tasdiqlangan sanadan boshlab oʻtgan davrda amalga oshirilgan qayta tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar qoʻshib olinayotgan korxona faoliyatining toʻxtatilishi haqidagi yozuvni Reyestrga kiritish sanasiga qadar oʻz faoliyatini toʻxtatayotgan korxonaning buxgalteriya hisobida va yakuniy moliyaviy hisobotida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etishda qoʻshib olingan oxirgi korxonaning faoliyatini toʻxtatish haqidagi yozuv Reyestrga kiritilgan sanaga boʻlgan holatga koʻra huquqiy vorisning moliyaviy hisoboti topshirish dalolatnomasi maʼlumotlari hamda qoʻshib olinayotgan korxonaning buxgalteriya hisobida aks ettirilgan, ushbu BHMSning 38-bandida sanab oʻtilgan operatsiyalarni hisobga olgan holda tuzilgan yakuniy moliyaviy hisobot miqdoriy koʻrsatkichlarini va huquqiy vorisning qoʻshib olinayotgan korxona faoliyati toʻxtatilganini davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasiga boʻlgan holatga koʻra tuzilgan moliyaviy hisoboti miqdoriy koʻrsatkichlarini (mazkur BHMSning 26-bandida keltirilgan va oʻzaro hisob-kitoblarni aks ettiruvchi miqdoriy koʻrsatkichlarni istisno qilganda) satrma-satr birlashtirish (qoʻshish yoki, oʻtgan yillarning qoplanmagan zararlari boʻlgan taqdirda, ayirish) asosida, shuningdek mazkur BHMSning 41 va 42-bandalarida nazarda tutilgan holatlardan kelib chiqib tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda huquqiy voris va qoʻshib olinayotgan korxonaning qoʻshib olinayotgan korxona faoliyati toʻxtatilganini davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasiga qadar boʻlgan hisobot davrlaridagi moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlar (2-son shakl) miqdoriy koʻrsatkichlarini qoʻshish amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etishda huquqiy vorisning qoʻshib olinayotgan korxona faoliyati toʻxtatilganini davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasidan keyingi davrdagi moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi hisoboti (2-son shakl)ning miqdoriy koʻrsatkichlari qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etilgan korxonaning daromadlari va xarajatlarini aks ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Huquqiy voris qoʻshib olingan oxirgi korxona faoliyati toʻxtatilgani haqidagi yozuv Reyestrga kiritilgan sanaga boʻlgan holatga koʻra moliyaviy hisobotni tuzishda qayta tashkil etish jarayonida olingan aktivlar, majburiyatlar va boshqa miqdoriy koʻrsatkichlar haqidagi maʼlumotlarni ular topshirish dalolatnomasida aks ettiriluvchi baholashda, qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etilayotgan korxonaning qoʻshib olinayotgan korxona tomonidan tuzilgan yakuniy moliyaviy hisobotidagi miqdoriy koʻrsatkichlardan kelib chiqib toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Qoʻshib olish toʻgʻrisidagi shartnomaga va unda nazarda tutilgan taʼsischilarning qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etilayotgan korxonalarning aksiyalari (ulushlari, paylari)ni huquqiy vorisning aksiyalari (ulushlari, paylari)ga konvertatsiya qilish (ayirboshlash) tartibi toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq, huquqiy vorisning qoʻshib olingan oxirgi korxonaning faoliyati toʻxtatilgani haqidagi yozuv Reyestrga kiritilgan sanaga boʻlgan holatga koʻra moliyaviy hisobotida tarkib toptirilgan ustav kapitali aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qoʻshib olish toʻgʻrisidagi shartnomada huquqiy vorisning ustav kapitali miqdorini qayta tashkil etilayotgan korxonalarning ustav kapitallari umumiy summasidan, shu jumladan qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etishda qatnashayotgan korxonalarning oʻz manbalari (qoʻshilgan va zaxira kapitali, taqsimlanmagan foydasi va h.k.) hisobiga koʻpaytirish nazarda tutilgan boʻlsa, huquqiy vorisning qoʻshib olingan oxirgi korxonaning faoliyati toʻxtatilgani haqidagi yozuv Reyestrga kiritilgan sanaga boʻlgan holatga koʻra moliyaviy hisobotida qoʻshib olish toʻgʻrisidagi shartnomada qayd etilgan ustav kapitali miqdori aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qoʻshib olish toʻgʻrisidagi shartnomada huquqiy vorisning ustav kapitali miqdorini qayta tashkil etilayotgan korxonalarning ustav kapitallari umumiy summasidan kamaytirish nazarda tutilgan boʻlsa, huquqiy vorisning qoʻshib olingan oxirgi korxonaning faoliyati toʻxtatilgani haqidagi yozuv Reyestrga kiritilgan sanaga boʻlgan holatga koʻra moliyaviy hisobotida qoʻshib olish toʻgʻrisidagi shartnomada qayd etilgan ustav kapitali miqdori aks ettiriladi, oʻrtadagi farq esa huquqiy vorisning buxgalteriya balansi “Xususiy mablagʻlarning manbalari” boʻlimida “Qoʻshilgan kapital” miqdoriy koʻrsatkichi bilan tartibga solinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Agar qoʻshib olish toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan ustav kapitalining miqdori huquqiy vorisning sof aktivlari qiymatiga mos kelgan boʻlmasa, huquqiy vorisning qoʻshib olingan oxirgi korxonaning faoliyati toʻxtatilgani haqidagi yozuv Reyestrga kiritilgan sanaga boʻlgan holatga koʻra buxgalteriya balansi “Xususiy mablagʻlarning manbalari” boʻlimining miqdoriy koʻrsatkichlari quyidagi tartibda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarni konvertatsiya qilish vaqtida huquqiy vorisning sof aktivlari qiymati ustav kapitali miqdoridan koʻp boʻlib qolsa, huquqiy vorisning qoʻshib olingan oxirgi korxonaning faoliyati toʻxtatilgani haqidagi yozuv Reyestrga kiritilgan sanadagi holatga koʻra buxgalteriya balansi “Xususiy mablagʻlarning manbalari” boʻlimining miqdoriy koʻrsatkichlari sof aktivlar qiymati miqdorida, ustav kapitaliga va qoʻshilgan kapitalga ajratgan holda shakllantiriladi (sof aktivlar qiymatining aksiyalarning jami nominal qiymatidan oshishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolgan hollarda, agar huquqiy vorisning sof aktivlari qiymati ustav kapitali miqdoridan koʻp boʻlib qolsa, oʻrtadagi farq huquqiy vorisning qoʻshib olingan oxirgi korxonaning faoliyati toʻxtatilgan sanadagi holatga koʻra buxgalteriya balansi “Majburiyatlar” boʻlimida “Uzoq muddatga uzaytirilgan daromadlar” va “Muddati uzaytirilgan daromadlar” miqdoriy koʻrsatkichlari bilan manfiy gudvill tarzida tartibga solinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar huquqiy vorisning sof aktivlari qiymati ustav kapitali miqdoridan kam boʻlib qolsa, oʻrtadagi farq huquqiy vorisning qoʻshib olingan oxirgi korxonaning faoliyati toʻxtatilgani haqidagi yozuv Reyestrga kiritilgan sanadagi holatga koʻra buxgalteriya balansi “Uzoq muddatli aktivlar” boʻlimida “Nomoddiy aktivlar” miqdoriy koʻrsatkichi bilan gudvill tarzida tartibga solinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§.Boʻlish shaklida qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobot koʻrsatkichlarini shakllantirishning xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Korxonani boʻlish shaklida qayta tashkil etishda taʼsischilarning qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan qayta tashkil etilayotgan korxona mol-mulki va majburiyatlarining huquqiy vorisligi haqidagi qoida ifodalangan taqsimlash balansini tuzish uchun qayta tashkil etilayotgan korxona moliyaviy hisobotining miqdoriy koʻrsatkichlarini boʻlish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot (2-son shakl)ning miqdoriy koʻrsatkichlarini boʻlish qayta tashkil etilayotgan korxona tomonidan amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Oʻz faoliyatini toʻxtatayotgan korxona tomonidan vujudga kelgan korxonalar haqidagi yozuv Reyestrga kiritilishidan oldingi kunga boʻlgan holatga koʻra daromadlar va xarajatlar hisobi schyotlari boʻyicha oxirgi hisobot yilini moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot elementlari kesimida yopish bilan bogʻliq hisobga olish yozuvlari qayd etiladi va taqsimlash balansiga asosan, vujudga kelgan korxonalar kesimida tegishli miqdoriy koʻrsatkichlarni boʻlgan holda yakuniy moliyaviy hisobotni tuzish uchun taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Boʻlish shaklida qayta tashkil etishda qayta tashkil etilayotgan korxonaning joriy faoliyati bilan bogʻliq barcha operatsiyalar, shuningdek taqsimlash balansi tasdiqlangan sanadan boshlab oʻtgan davrda amalga oshirilgan qayta tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar vujudga kelgan korxonalar haqidagi yozuvni Reyestrga kiritish sanasiga qadar qayta tashkil etilayotgan korxonaning buxgalteriya hisobida va yakuniy moliyaviy hisobotida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Boʻlish shaklida qayta tashkil etilgan korxonaning taqsimlash balansi va yakuniy moliyaviy hisobotiga asosan, ushbu BHMSning 45-bandida koʻrsatilgan aks ettirilgan operatsiyalarni hisobga olgan holda, davlat roʻyxatidan oʻtish sanasidagi holatga koʻra har bir yangi korxonaning dastlabki buxgalteriya hisoboti tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Huquqiy vorislar oʻzlari davlat roʻyxatidan oʻtgan sanaga boʻlgan holatga koʻra dastlabki moliyaviy hisobotni tuzishda boʻlish shaklida qayta tashkil etish jarayonida olingan aktivlar, majburiyatlar va boshqa miqdoriy koʻrsatkichlar haqidagi maʼlumotlarni huquqiy vorislik tartibida olingan mol-mulk taʼsischilarning qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq taqsimlash balansida aks ettiriluvchi baholashda, qayta tashkil etilayotgan korxonaning yakuniy moliyaviy hisobotidagi miqdoriy koʻrsatkichlardan kelib chiqib qayd etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Korxonalarni boʻlish chogʻida tarkib toptirilgan ustav kapitali dastlabki buxgalteriya balansida taʼsischilarning boʻlish shaklida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qaroriga va unda nazarda tutilgan qayta tashkil etilayotgan korxonaning aksiyalari (ulushlari, paylari)ni vujudga kelgan korxonalarning aksiyalari (ulushlari, paylari)ga konvertatsiya qilish (ayirboshlash) tartibiga muvofiq aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taʼsischilarning boʻlish shaklida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorida vujudga kelgan korxonalarning ustav kapitali miqdorini qayta tashkil etilayotgan korxonaning ustav kapitali summasidan, shu jumladan boʻlish shaklida qayta tashkil etilayotgan korxonaning oʻz manbalari (qoʻshilgan kapitali, taqsimlanmagan foydasi va h.k.) hisobiga koʻpaytirish nazarda tutilgan boʻlsa, boʻlish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonalarning dastlabki moliyaviy hisobotida taʼsischilarning boʻlish toʻgʻrisidagi qarorida qayd etilgan ustav kapitali miqdori aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taʼsischilarning boʻlish toʻgʻrisidagi qarorida boʻlish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonalarning ustav kapitali miqdorini qayta tashkil etilayotgan korxonaning ustav kapitali summasidan kamaytirish nazarda tutilgan boʻlsa, vujudga kelgan korxonalarning dastlabki moliyaviy hisobotida taʼsischilarning boʻlish toʻgʻrisidagi qarorida qayd etilgan ustav kapitali miqdori aks ettiriladi, oʻrtadagi farq esa huquqiy vorislarning dastlabki buxgalteriya balansi “Xususiy mablagʻlarning manbalari” boʻlimida “Qoʻshilgan kapital” miqdoriy koʻrsatkichi bilan yangi vujudga kelgan korxonalarning ustav kapitali miqdoriga mutanosib ravishda tartibga solinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Agar taʼsischilarning boʻlish toʻgʻrisidagi qarorida nazarda tutilgan ustav kapitalining miqdori korxonalarni boʻlish natijasida vujudga kelgan sof aktivlar qiymatiga mos kelgan boʻlmasa, boʻlish natijasida vujudga kelgan korxonalarning dastlabki buxgalteriya balansi “Xususiy mablagʻlarning manbalari” boʻlimining miqdoriy koʻrsatkichlari quyidagi tartibda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarni konvertatsiya qilish vaqtida boʻlish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonalarning sof aktivlari qiymati ustav kapitali miqdoridan koʻp boʻlib qolsa, dastlabki buxgalteriya balansi “Xususiy mablagʻlarning manbalari” boʻlimining miqdoriy koʻrsatkichlari sof aktivlar qiymati miqdorida, ustav kapitaliga va qoʻshilgan kapitalga ajratgan holda shakllantiriladi (sof aktivlar qiymatining aksiyalarning jami nominal qiymatidan oshishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar vujudga kelgan korxonalarning sof aktivlari qiymati taʼsis hujjatlarida qayd etilgan ustav kapitali miqdoridan koʻp boʻlib qolsa, oʻrtadagi farq dastlabki buxgalteriya balansi “Majburiyatlar” boʻlimida “Uzoq muddatga uzaytirilgan daromadlar” va “Muddati uzaytirilgan daromadlar” miqdoriy koʻrsatkichlari bilan manfiy gudvill tarzida tartibga solinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar boʻlish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonalarning sof aktivlari qiymati ustav kapitali miqdoridan kam boʻlib qolsa, oʻrtadagi farq dastlabki buxgalteriya balansi “Uzoq muddatli aktivlar” boʻlimida “Nomoddiy aktivlar” miqdoriy koʻrsatkichi bilan gudvill tarzida tartibga solinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobot koʻrsatkichlarini shakllantirishning xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etishda tarkibidan boshqa korxona ajralib chiqayotgan korxonada taʼsischilar qaroriga asosan faqat mol-mulk va majburiyatlar hajmi oʻzgaradi, joriy hisobot davrida uzilish roʻy bermaydi, daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish schyotlari yopilmaydi, shuningdek yakuniy moliyaviy hisobot tuzilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Korxonani ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etishda taʼsischilarning qaroriga asosan qayta tashkil etilayotgan korxona aktivlari va majburiyatlarining huquqiy vorisligi haqidagi qoida ifodalangan taqsimlash balansini tuzish uchun qayta tashkil etilayotgan korxona moliyaviy hisobotining miqdoriy koʻrsatkichlarini ajratish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qayta tashkil etilayotgan korxonaning moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi hisobot (2-son shakl) miqdoriy koʻrsatkichlarini ajratish amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Qayta tashkil etilayotgan korxona ajratib chiqarilayotgan tarkibiy boʻlimining daromadlari va ayrim xarajatlari summasini eʼtirof etish (topshirilayotgan mol-mulk boʻyicha amortizatsiyani hisoblash, bu mulkni saqlash xarajatlari, xodimlarga mehnat haqini hisoblash va sh.k.), shuningdek ajratib chiqarilayotgan tarkibiy boʻlim boʻyicha moliyaviy hisobot tuzilgan sanadagi holatga koʻra tegishli budjetlar bilan soliqlar, yigʻimlar va toʻlovlar boʻyicha hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan bogʻliq maʼlumotlarni yoritishda qayta tashkil etilayotgan korxona Oʻzbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga amal qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etishda qayta tashkil etilayotgan korxonaning joriy faoliyati bilan bogʻliq barcha operatsiyalar, shuningdek taqsimlash balansi tasdiqlangan sanadan boshlab oʻtgan davrda amalga oshirilgan qayta tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar vujudga kelgan korxonalar haqidagi yozuvni Reyestrga kiritish sanasiga qadar qayta tashkil etilayotgan korxonaning buxgalteriya hisobida va moliyaviy hisobotida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Taqsimlash balansiga asosan, mazkur BHMSning 53-bandida koʻrsatilgan, qayta tashkil etilayotgan korxona tomonidan aks ettirilgan operatsiyalarni hisobga olgan holda, davlat roʻyxatidan oʻtish sanasidagi holatga koʻra vujudga kelgan korxonalarning dastlabki moliyaviy hisoboti tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Huquqiy voris oʻzi davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadagi holatga koʻra dastlabki moliyaviy hisobotni tuzishda qayta tashkil etish jarayonida olingan aktivlar, majburiyatlar va boshqa miqdoriy koʻrsatkichlar haqidagi maʼlumotlarni ular taqsimlash balansida aks ettiriluvchi baholashda, vujudga kelgan korxona haqidagi yozuv Reyestrga kiritilgan sanaga boʻlgan holatga koʻra qayta tashkil etilayotgan korxonaning moliyaviy hisobotidagi miqdoriy koʻrsatkichlardan kelib chiqib qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Korxonani ajratib chiqarishda tarkib toptirilgan ustav kapitali dastlabki moliyaviy hisobotda taʼsischilarning ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qaroriga va qonunchilikka muvofiq unda nazarda tutilgan qayta tashkil etilayotgan korxonaning aksiyalari (ulushlari, paylarining miqdorini aniqlash)ni vujudga kelgan korxonaning aksiyalari (ulushlari, paylari)ga konvertatsiya qilish (ayirboshlash) tartibiga muvofiq aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taʼsischilar qaroriga binoan ajratib chiqarilayotgan korxona ustav kapitalini tarkib toptirish uchun foydalanilayotgan mol-mulkka doir huquqlar qayta tashkil etilayotgan korxona ustav kapitalini oʻzgartirmasdan, ajratib chiqarilayotgan korxona ustav kapitaliga badal tariqasida oʻtkazilayotgan boʻlsa, mol-mulkning bunday tarzda oʻtkazilishi qayta tashkil etilayotgan korxonaning moliyaviy hisobotida moliyaviy qoʻyilmalar tarzida, ajratib chiqarilayotgan korxonaning moliyaviy hisobotida esa — ustav kapitaliga qoʻshilgan badal tarzida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taʼsischilarning qaroriga binoan qayta tashkil etilayotgan korxonaning ustav kapitalini ajratish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq aksiyalarni konvertatsiya qilish orqali amalga oshirilayotgan boʻlsa, qayta tashkil etilayotgan korxona buxgalteriya balansining “Xususiy mablagʻlarning manbalari” boʻlimida ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanadagi holatga koʻra va Reyestrga yozuv kiritilgan sanadagi holatga koʻra miqdoriy koʻrsatkichlarga sof aktivlar qiymati ustav kapitaliga va qoʻshilgan kapitalga ajratilgan holda kiritiladi (sof aktivlar qiymatining aksiyalarning jami nominal qiymatidan oshishi).
(56-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonaning sof aktivlari qiymati taʼsischilar qarorida qayd etilgan ustav kapitali miqdoridan koʻp boʻlib qolsa, oʻrtadagi farq dastlabki buxgalteriya balansi “Majburiyatlar” boʻlimida “Uzoq muddatga uzaytirilgan daromadlar” va “Muddati uzaytirilgan daromadlar” miqdoriy koʻrsatkichlari bilan manfiy gudvill tarzida tartibga solinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonaning sof aktivlari qiymati taʼsischilar qarorida qayd etilgan ustav kapitali miqdoridan kam boʻlib qolsa, oʻrtadagi farq dastlabki buxgalteriya balansi “Uzoq muddatli aktivlar” boʻlimida “Nomoddiy aktivlar” miqdoriy koʻrsatkichi bilan gudvill tarzida tartibga solinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur farq ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasiga boʻlgan holatga koʻra qayta tashkil etilayotgan korxonaning buxgalteriya balansida ham ayni shu yoʻsinda tartibga solinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobot koʻrsatkichlarini shakllantirishning xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq korxonani tegishli tashkiliy-huquqiy shaklga oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish tartibi va shartlari taʼsischilarning oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarori bilan belgilanadi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish natijasida tashkiliy-huquqiy shakl oʻzgargan taqdirda, mol-mulk va majburiyatlarni huquqiy vorisga oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar topshirish dalolatnomasida tartibga solinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsischilarning oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq, hujjatlarni qayta rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar taʼsischilar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etilayotgan korxona vujudga kelgan korxona haqidagi yozuv Reyestrga kiritilishidan oldingi kunda yakuniy moliyaviy hisobot tuzishi chogʻida daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish schyotini yopish va oʻzgartirilayotgan korxonaning sof foydasi summasini taʼsischilarning oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori (shartnomasi)da belgilangan maqsadlarga yoʻnaltirish (taqsimlash) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonaning dastlabki moliyaviy hisoboti oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etilayotgan korxona yakuniy moliyaviy hisoboti koʻrsatkichlarini mazkur BHMSning 61 va 62-bandlarida nazarda tutilgan xususiyatlardan kelib chiqib oʻtkazish yoʻli bilan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etilayotgan korxonalarning aksiyalari (ulushlari, paylari)ni vujudga kelgan korxonaning aksiyalari (ulushlari, paylari)ga konvertatsiya qilish (ayirboshlash) tartibi toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq, vujudga kelgan korxonaning dastlabki moliyaviy hisobotida shakllantirilgan ustav kapitali aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taʼsischilar qarorida vujudga kelgan korxonaning ustav kapitali miqdorini qayta tashkil etilayotgan korxonaning ustav kapitaliga nisbatan, shu jumladan oʻz manbalari (qoʻshilgan va zaxira kapitali, taqsimlanmagan foydasi va h.k.) hisobiga koʻpaytirish nazarda tutilgan boʻlsa, oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonaning dastlabki moliyaviy hisobotida taʼsischilar qarorida qayd etilgan ustav kapitali miqdori aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taʼsischilar qarorida oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonaning ustav kapitali miqdorini kamaytirish nazarda tutilgan boʻlsa, vujudga kelgan korxonaning dastlabki moliyaviy hisobotida taʼsis hujjatlarida qayd etilgan ustav kapitali miqdori aks ettiriladi, oʻrtadagi farq esa huquqiy vorisning dastlabki buxgalteriya balansi “Xususiy mablagʻlarning manbalari” boʻlimida “Qoʻshilgan kapital” miqdoriy koʻrsatkichi bilan tartibga solinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Agar taʼsischilar qarorida nazarda tutilgan ustav kapitalining miqdori vujudga kelgan korxonaning sof aktivlari qiymatiga mos boʻlmasa, dastlabki buxgalteriya balansi “Xususiy mablagʻlarning manbalari” boʻlimining miqdoriy koʻrsatkichlari quyidagi tartibda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aksiyalarni konvertatsiya qilish vaqtida oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonaning sof aktivlari qiymati qayta tashkil etilayotgan korxonaning ustav kapitali miqdoridan koʻp boʻlib qolsa, dastlabki buxgalteriya balansi “Xususiy mablagʻlarning manbalari” boʻlimining miqdoriy koʻrsatkichlari sof aktivlar qiymati miqdorida, ustav kapitaliga va qoʻshilgan kapitalga ajratgan holda shakllantiriladi (sof aktivlar qiymatining aksiyalarning jami nominal qiymatidan oshishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolgan hollarda, agar vujudga kelgan korxonaning sof aktivlari qiymati ustav kapitali miqdoridan koʻp boʻlib qolsa, oʻrtadagi farq dastlabki buxgalteriya balansi “Majburiyatlar” boʻlimida “Uzoq muddatga uzaytirilgan daromadlar” va “Muddati uzaytirilgan daromadlar” miqdoriy koʻrsatkichlari bilan manfiy gudvill tarzida tartibga solinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonaning sof aktivlari qiymati ustav kapitali miqdoridan kam boʻlib qolsa, oʻrtadagi farq dastlabki buxgalteriya balansi “Uzoq muddatli aktivlar” boʻlimida “Nomoddiy aktivlar” miqdoriy koʻrsatkichi bilan gudvill tarzida tartibga solinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiyani hisoblash oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxona tomonidan qayta tashkil etilgan korxona (huquqni oʻtkazuvchi) belgilagan unumli foydalanish muddatlaridan kelib chiqib, ushbu obyektlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobiga qabul qilish vaqtida amalga oshiriladi.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-§. Moliyaviy hisobotda axborotning yoritilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Taʼsischilar qayta tashkil etishni amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan sanadan eʼtiboran, qayta tashkil etishda qatnashayotgan korxonalar tomonidan qayta tashkil etish amalga oshiriladigan davrda belgilangan tartibda tuziluvchi va taqdim etiluvchi moliyaviy hisobotda amalga oshirilayotgan qayta tashkil etish haqidagi quyidagi axborot qoʻshimcha tarzda yoritilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qayta tashkil etishni amalga oshirish asosi; qayta tashkil etishda qatnashayotgan korxonalar va huquqiy vorislar haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansi tuzilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansi tuzilgan sanadan eʼtiboran mol-mulk tarkibi va qiymatida sodir boʻlgan oʻzgarishlar (tugallanmagan qurilish tarkibidagi asosiy vositalarning foydalanishga topshirilishi, ularning amortizatsiyasi, chiqib ketishi va sh.k.) hamda majburiyatlar tarkibi va qiymatidagi oʻzgarishlar (Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq soʻndirilishi yoki koʻpayishi), shuningdek aktivlar va majburiyatlarda tegishli oʻzgarishlarni keltirib chiqargan hodisalar;
(64-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qayta tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar; vujudga kelgan korxonalar ustav kapitalining shakllantirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansi maʼlumotlarining yakuniy moliyaviy hisobot miqdoriy koʻrsatkichlariga nomuvofiqligi (aniqlashtirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yakuniy moliyaviy hisobot maʼlumotlarining dastlabki buxgalteriya balansi miqdoriy koʻrsatkichlariga nomuvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) bajarilmagan shartlar hamda eʼtirof etilgan qayta tashkil etish bilan bogʻliq boshqa hodisalar va b.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Qayta tashkil etish natijasida oʻz faoliyatini toʻxtatgan korxonalar topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansiga asosan yakuniy moliyaviy hisobotning buxgalteriya balansida “Yil oxiriga” ustunining miqdoriy koʻrsatkichlarini toʻldiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz faoliyatini toʻxtatgan korxonaning yakuniy moliyaviy hisobotiga tushuntirish yozuvida amalga oshirilgan qayta tashkil etish va korxona faoliyatining toʻxtatilishi haqida maʼlumotlar quyidagi holatlar koʻrsatilgan holda yoritilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qayta tashkil etishni amalga oshirish uchun asoslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mol-mulk va majburiyatlarning huquqiy vorisga oʻtkazilishi haqidagi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qayta tashkil etilayotgan korxonalarning hisob-kitob va boshqa bank schyotlari yopilgani, qayta rasmiylashtirilganini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qayta tashkil etilayotgan korxonaning davlat soliq organlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari organlari, hududiy statistika organlari hisobidan chiqarilishi haqidagi maʼlumotlar va b.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Qoʻshib olish yoki ajratib chiqarish shaklida amalga oshirilgan qayta tashkil etishdan keyin oʻz faoliyatini davom ettirayotgan korxonalar olingan (topshirilgan) mol-mulk va majburiyatlardan kelib chiqqan holda moliyaviy hisobot tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansi maʼlumotlari, ustav kapitali, qoʻshilgan kapital miqdori hamda buxgalteriya balansining boshqa miqdoriy koʻrsatkichlaridagi oʻzgarishlar moliyaviy hisobotga tushuntirish yozuvida yoritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan korxona daromadlari, xarajatlari, olgan foydalari (koʻrgan zararlari)ning summalari, shuningdek daromad (foyda) soligʻi haqidagi, shu jumladan ajratib chiqarilayotgan tarkibiy boʻlimga taalluqli maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlarida keltirilgan tartibga muvofiq moliyaviy hisobotga tushuntirish yozuvida yoki moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot (2-son shakl)da yoritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy hisobot miqdoriy koʻrsatkichlarining qiyosiyligini taʼminlash maqsadida, korxonalarni qoʻshib olish (ajratib chiqarish) amalga oshirilgan qayta tashkil etish jarayoni yakunlanganidan keyin, qayta tashkil etishdan oldingi davrlarga tegishli maʼlumotlarga belgilangan tartibda tuzatishlar kiritilishi lozim. Bunda buxgalteriya hisobida hech qanday yozuvlar qayd etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonalar oʻzlari davlat roʻyxatiga olingan sanadan eʼtiboran oʻtgan hisobot davri uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy hisobot tuzadilar va taqdim etadilar.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Agar amalga oshirilgan qayta tashkil etish natijasida qayta tashkil etilgan korxonaning shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlariga nisbatan huquqlari huquqiy vorisga oʻtgan boʻlsa, huquqiy voris, oʻz korxonasining dastlabki moliyaviy hisoboti bilan bir qatorda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 14-oktabrda 50-son bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (8-son BHMS) “Konsolidatsiya qilingan moliyaviy hisobotlar hamda shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalarni hisobga olish” (roʻyxat raqami 580, 1998-yil 28-dekabr, Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 6-son)ga muvofiq oʻzaro bogʻliq korxonalar guruhining konsolidatsiya qilingan moliyaviy hisobotini tuzishi va maʼlumotlarni yigʻma moliyaviy hisobotga izohlarda yoritishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (23-sonli BHMS) “Qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni shakllantirish”ga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalarni qayta tashkil etishda qoʻllaniladigan mol-mulkni baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Aktivlarning turlari

Baholash turlari

bozor qiymati

haqiqiy qiymat

qoldiq qiymat

nominal qiymat

rejali, meʼyoriy qiymat

Asosiy vositalar

ha

ha

ha

yoʻq

yoʻq

Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar

ha

ha

yoʻq

yoʻq

yoʻq

Nomoddiy aktivlar

ha

ha

ha

yoʻq

yoʻq

Kapital qoʻyilmalar

ha

ha

yoʻq

yoʻq

yoʻq

Uzoq muddatli investitsiyalar

ha

ha

ha

ha

yoʻq

Materiallar

ha

ha

yoʻq

yoʻq

ha

Tugallanmagan ishlab chiqarish

ha

ha

yoʻq

yoʻq

ha

Oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar

ha

ha

yoʻq

yoʻq

ha

Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulot

yoʻq

ha

yoʻq

yoʻq

ha

Tayyor mahsulot

ha

ha

yoʻq

yoʻq

ha

Tovarlar

ha

ha

yoʻq

yoʻq

ha

Yuklab joʻnatilgan tovarlar

ha

ha

yoʻq

yoʻq

ha

Naqd pul mablagʻlari

yoʻq

yoʻq

yoʻq

ha

yoʻq

Pul hujjatlari

yoʻq

ha

yoʻq

ha

yoʻq

Bankdagi schyotlardagi pul mablagʻlari

yoʻq

ha

yoʻq

yoʻq

yoʻq

Yoʻldagi oʻtkazmalar

yoʻq

ha

yoʻq

yoʻq

yoʻq

Moliyaviy qoʻyilmalar

ha

ha

yoʻq

ha

yoʻq

Kelgusi davrlar xarajatlari

yoʻq

ha

yoʻq

yoʻq

yoʻq

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 25-26-son, 187-modda; 2013-y., 32-son, 432-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)