02.11.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3396
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (14-sonli BHS) “Pul oqimlari toʻgʻrisida hisobot”ni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 2-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3396]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq va davlat sektorida budjet hisobini xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (14-sonli BHS) “Pul oqimlari toʻgʻrisida hisobot” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir T. IShMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 3-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 3-oktabrdagi 53-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (14-sonli BHS) “Pul oqimlari toʻgʻrisida hisobot”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (14-sonli BHS) “Pul oqimlari toʻgʻrisida hisobot” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) budjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari, boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalar hamda budjet mablagʻlari oluvchilarning (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) pul oqimlari toʻgʻrisida hisobotini tuzish va taqdim etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlari — kassadagi, hisob raqamdagi, shaxsiy gʻazna hisobvaraqdagi hamda talab qilib olinadigan depozitlardagi mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlari ekvivalenti — bu qisqa muddatli yuqori likvidli investitsiyalar boʻlib, ular pul mablagʻlariga osonlik bilan aylantiriladi va ularning qiymatida ahamiyatsiz oʻzgarish mavjud boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul oqimlari — pul mablagʻlari va pul mablagʻlari ekvivalentining tushumlari va chiqimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat — oʻz faoliyatidan foyda olish uchun tashkilotlarning moliyaviy va operatsion siyosatini belgilash huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy faoliyat — tashkilotlarning kiritilgan kapitali yoki jalb qilingan mablagʻlari miqdori va tarkibini oʻzgartirishga olib keladigan faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsion faoliyat — uzoq muddatli aktivlarni va pul mablagʻlari ekvivalentlariga kiritilmagan boshqa investitsiyalarni sotib olish yoki sotish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatdir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsion faoliyat — bu tashkilotlarning investitsion va moliyaviy boʻlmagan faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot sanasi — moliyaviy hisobot tayyorlanadigan hisobot davrining oxirgi kuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashkilotlar ushbu Standart talablariga asosan pul oqimlari toʻgʻrisida hisobotni ilovadagi jadvalga muvofiq tayyorlaydi va mazkur hisobotni har bir hisobot davri uchun moliyaviy hisobotlarning ajralmas qismi sifatida iqtisodiyot va moliya organiga yoki yuqori turuvchi tashkilotga taqdim etadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 51-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3450, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Pul oqimlari toʻgʻrisida hisobotdan pul oqimlari prognozi toʻgʻriligini tekshirish vaqtida tashkilotlarning foyda olish va narx oʻzgarishi oʻrtasidagi taʼsirini tahlil qilish uchun foydalanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Pul oqimlari toʻgʻrisida hisobot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun tashkilotning pul mablagʻlarini va pul mablagʻlarining ekvivalentlarini jalb etishni baholash imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, pul oqimlari toʻgʻrisida hisobot tashkilotning operatsion faoliyati natijalari boʻyicha hisobotining taqqoslanuvchanligini oshiradi, chunki u bir xil operatsiyalar uchun turli hisob usullaridan foydalanishni oldini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻtgan hisobot davrlaridagi pul oqimlari toʻgʻrisida hisobotdan keyingi yillar uchun pul oqimlari miqdorini aniqlash koʻrsatkichi sifatida foydalaniladi. Bu avvalgi davrlardagi pul oqimlarini qanchalik toʻgʻri prognoz qilinganligini hisob-kitob qilish uchun foydali hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Pul oqimlari toʻgʻrisida hisobotda pul tushumi manbalari, hisobot davrida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun sarflangan mablagʻlar hamda hisobot sanasidagi pul mablagʻlari qoldigʻi koʻrsatiladi. Tashkilotlarning pul oqimlari toʻgʻrisida hisobot koʻrsatkichlari moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga hisobot boʻyicha hamda tegishli qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, pul oqimlari toʻgʻrisida hisobot koʻrsatkichlari foydalanuvchilarga tashkilotlar oʻz faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni qanday shakllantirganligi va bu mablagʻlardan qanday foydalanganligini aniqlash imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Pul oqimlari toʻgʻrisida hisobotda pul tushumlari va toʻlovlari uchta asosiy faoliyatga ajratiladi: operatsion faoliyat, investitsion faoliyat va moliyaviy faoliyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlarning pul oqimlariga, shuningdek bankdagi valyuta hisob raqamlaridagi qoldiqlariga operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatdan tashqari valyuta ayirboshlash kurslaridagi farqlar ham taʼsir qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Standartning maqsadi tashkilotlarning pul mablagʻlari va pul ekvivalentlaridagi avvalgi oʻzgarishlar haqidagi maʼlumotlarni hisobot davrida operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatlar boʻyicha pul oqimlari sifatida tasniflaydigan hisobotni tuzishdan iborat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Pul mablagʻlari va pul mablagʻlarining ekvivalentlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Pul oqimlari pul mablagʻlari yoki pul mablagʻlari ekvivalentlariga mos keladigan komponentlar oʻrtasidagi harakatlarni oʻz ichiga olmaydi, chunki ushbu komponentlar tashkilotning pul mablagʻlarini boshqarish bilan bogʻliq boʻlib, uning operatsion, investitsion yoki moliyaviy faoliyatining bir qismi emas. Pul mablagʻlarini boshqarish ortiqcha pul mablagʻlarini pul mablagʻlari ekvivalentlariga investitsiya sifatida kiritishni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Pul mablagʻlari ekvivalentlari koʻp hollarda investitsiyalar yoki qisqa muddatli pul majburiyatlarini qoplash uchun moʻljallangan boʻladi. Investitsiyalarni pul mablagʻlari ekvivalenti sifatida koʻrib chiqish uchun investitsiyalar pul miqdoriga osonlik bilan aylantirilishi va qiymat oʻzgarishi xavfi sezilarsiz, yaʼni umumiy qiymatning 5 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda boʻlishi kerak. Investitsiyalar qisqa muddatlarda, yaʼni sotib olish kunidan boshlab kamida uch oy yoki undan kam muddatda qoplanish imkoniyati mavjud boʻlsa, bunday investitsiyalar pul mablagʻlari ekvivalenti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa tashkilotlarning kapitaliga kiritilgan investitsiyalar ushbu bandning birinchi xatboshisidagi talablar kabi boʻlmasa, ular pul mablagʻlarining ekvivalentlariga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Pul oqimlari toʻgʻrisida hisobot uchun nazorat qiluvchi va bir nechta nazorat qilinadigan tashkilotlar, yaʼni birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi va ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilardan iborat tashkilotlar guruhini iqtisodiy subyekt sifatida tasniflash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy subyekt tarkibiga ijtimoiy va tijorat maqsadlariga ega tashkilotlar kiritiladi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi imtiyozli shartlarda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarni va ushbu xizmatlarni tijorat asosida taqdim etadigan tashkilotlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tashkilotlar pul mablagʻlari va pul mablagʻlarining ekvivalentlari tarkibiy qismlarini pul oqimlari toʻgʻrisida hisobotda aniq ifoda etadi va pul oqimlari toʻgʻrisida hisobotda koʻrsatilgan miqdorlarni Moliyaviy holat toʻgʻrisida balans hisobotida keltirilgan koʻrsatkichlar bilan solishtirish uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Pul mablagʻlari va pul mablagʻlari ekvivalentlarining tarkibiy qismlarini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati” (roʻyxat raqami 2853, 2016-yil 27-dekabr) talablari orqali har qanday oʻzgarish taʼsirini belgilash lozim. Masalan, tashkilotning faoliyatidan kelib chiqqan holda, dividendlarni toʻlash operatsion faoliyat sifatida aks ettirilgan boʻlsa, keyinchalik tashkilot faoliyati oʻzgarishi natijasida dividendlarni toʻlash investitsion faoliyat sifatida tasniflanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kelgusidagi iqtisodiy foyda yoki xizmat koʻrsatish salohiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Aktivlar tashkilotlar maqsadlariga erishish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Tashkilot maqsadlariga muvofiq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish uchun foydalaniladigan, ammo toʻgʻridan toʻgʻri pul oqimlari kirimini yuzaga keltirmaydigan aktivlar xizmat koʻrsatish salohiyatini mujassamlashtirgan aktivlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sof pul mablagʻlari tushumini hosil qilish uchun foydalaniladigan aktivlar kelgusidagi iqtisodiy foyda boʻlgan aktivlar sifatida tavsiflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Aktivlardan foydalanish maqsadlarini toʻliq va oʻz vaqtida qamrab olinishini taʼminlash uchun aktivlarning asosiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ular kelgusidagi iqtisodiy foyda yoki xizmat koʻrsatish salohiyati boʻyicha aktivlar sifatida tasniflanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sof kapital Moliyaviy holat toʻgʻrisida balans hisobotida aktivlar hamda majburiyatlar oʻrtasidagi farq summasi natijasida shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Pul oqimlari toʻgʻrisida hisobot tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Pul oqimlari toʻgʻrisida hisobot tavsifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Pul oqimlari toʻgʻrisida hisobotda hisobot davridagi pul oqimlarining operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatlar kesimidagi harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tashkilot oʻz faoliyatining xususiyatiga mos keladigan shaklda operatsion, investitsion yoki moliyaviy faoliyatdan keladigan pul oqimlari toʻgʻrisida maʼlumot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu faoliyatlarning tasniflanishi tashkilotning moliyaviy holatiga, pul mablagʻlari va pul mablagʻlari ekvivalentlari hajmiga tegishli faoliyatning taʼsirini baholashga imkon beradigan maʼlumotlar bilan moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni taʼminlaydi. Ushbu maʼlumotdan faoliyatlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni baholash uchun ham foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bir operatsiya turli xil faoliyat turlari bilan bogʻliq boʻlgan pul oqimlarini oʻz ichiga olishi mumkin. Masalan, agar kredit boʻyicha pul mablagʻlarini toʻlash foizlar va qarzning asosiy miqdorini oʻz ichiga olsa, foizlarni toʻlash operatsion faoliyatga, asosiy qarz miqdorini toʻlash esa moliyaviy faoliyatga tegishli boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Operatsion faoliyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Operatsion faoliyatdan tushadigan sof pul tushumi miqdori tashkilot faoliyatida soliq imtiyozlari mavjudligini hamda uning tovar va xizmatlarni oluvchilar bilan qay darajada taʼminlanganligini aniqlashning asosiy koʻrsatkichidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sof pul oqimlari miqdori va tashkilotning operatsion faoliyatini saqlab qolish mulk egalariga dividendlarni toʻlash va moliyalashtirish manbalarini jalb qilmagan holda yangi investitsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini aniqlashga yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Operatsion faoliyatdan kelib tushadigan pul oqimlarining aniq tarkibiy qismlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar operatsion faoliyatdan keladigan kelgusidagi pul oqimlarini prognoz qilish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Operatsion faoliyatdan kelib tushadigan pul oqimi, birinchi navbatda, tashkilotga pul oqimlarini olib keladigan asosiy faoliyat bilan bogʻliqdir. Operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlar koʻrinishidagi pul tushumlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot tomonidan yetkazib berilgan tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar shaklidagi pul tushumlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat yoki boshqa jamoat organlari tomonidan berilgan boshqa grantlar, transfertlar va boshqa pul oʻtkazmalari koʻrinishidagi pul tushumlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
royalti, komission toʻlovlar va boshqa turdagi daromadlar koʻrinishidagi pul tushumlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa davlat sektori tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish uchun toʻlovlar (kreditlardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar va xizmatlar uchun yetkazib beruvchilarga pul toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarga va ularning nomidan pul toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tashkilotlari tomonidan sugʻurta mukofotlari va daʼvolar, annuitet shartnomalari boʻyicha tushumlar va toʻlovlar, shuningdek boshqa polislar boʻyicha toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijoriy yoki savdo maqsadlarida tuzilgan shartnomalar boʻyicha pul tushumlari va toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻxtatilgan faoliyat boʻyicha pul tushumlari yoki toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarorlari bilan bogʻliq pul mablagʻlari tushumlari yoki toʻlovlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Asosiy vositalarni sotish boʻyicha operatsiyalar tegishli davrning sof foydasi yoki zararini hisoblashda foyda yoki zararga olib kelishi mumkin. Bunday operatsiyalardan kelib chiqadigan pul oqimlari investitsion faoliyatdan keladigan pul oqimlariga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, ijara uchun moʻljallangan va sotuvga qoʻyilgan asosiy vositalarni qurish yoki sotib olish uchun sarflangan mablagʻlar operatsion faoliyat bilan bogʻliq pul oqimlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tashkilotlar ommaviy savdoga qoʻyiladigan yoki savdo qilish uchun moʻljallangan qimmatli qogʻozlar va qarz majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin, bu holda ularni maxsus qayta sotish uchun moʻljallangan zaxiralar sifatida tasniflash lozim. Shu sababli, qimmatli qogʻozlarni ommaviy joylashtirish yoki ular bilan savdo qilish natijasida paydo boʻlgan pul oqimlari operatsion faoliyat sifatida qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, xalqaro moliya institutlari tomonidan taqdim etilgan pul shaklidagi boʻnaklar va qarzlar tashkilotga pul tushumini olib keladigan asosiy faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan operatsion faoliyatda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat budjeti yoki boshqa jamoat organlari tomonidan tashkilotlarga oʻz faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablagʻlar operatsion faoliyat, kapital qurilish yoki kapital qoʻyilmalar uchun tasniflanmagan holda ajratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tashkilotlar ushbu mablagʻlarni mustaqil ravishda operatsion faoliyatga, kapital qurilish yoki kapital qoʻyilmalarga taqsimlay olmasa, unda bu mablagʻlarni operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimlariga kiritish kerak va moliyaviy hisobotlarda izoh bilan aks ettirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Investitsion faoliyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Investitsion faoliyatdagi pul oqimlarini alohida oshkor qilish muhimdir, chunki u tashkilotga kelajakda xizmat koʻrsatishga moʻljallangan resurslarni sotib olish uchun qancha xarajatlar sarflanganligini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Investitsion faoliyat bilan bogʻliq pul oqimlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy vositalarni, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlarni sotib olish uchun pul oʻtkazmalari (bularga tajriba-loyiha ishlari uchun kapitalizatsiya qilinadigan xarajatlar va asosiy vositalarni tashkilot tomonidan oʻz mustaqil ravishda qurishi davrida amalga oshirilgan toʻlovlar kiritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni va boshqa uzoq muddatli aktivlarni sotishdan tushgan pul tushumlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ulushlarini yoki qarz vositalarini sotib olish va qoʻshma korxonalardagi ulushlarni olish uchun pul oʻtkazmalari (pul mablagʻlari ekvivalenti hisoblangan yoki savdoga moʻljallangan vositalar uchun toʻlovlardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning xoʻjalik yurituvchi subyektlardagi ulushlarini yoki qarz vositalarini sotishdan tushgan pul tushumlari (pul mablagʻlari ekvivalenti hisoblangan yoki savdoga qoʻyiladigan yoki sotiladigan vositalaridan tushgan tushumlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa tashkilotlarga berilgan pul shaklidagi boʻnaklar va qarzlar (davlat moliya instituti tomonidan beriladigan boʻnak va qarzlardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa tashkilotlardan berilgan pul shaklidagi boʻnaklar va qarzlarni qaytarilishidan tushgan pul tushumlari (davlat moliya instituti tomonidan beriladigan boʻnak va qarzlarni qaytarilishidan tushgan tushumlardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers va forvard shartnomalari, opsionlar va svoplar boʻyicha pul shaklidagi toʻlovlar (tijorat va savdo maqsadlari uchun tuzilgan shartnomalar yoki moliyaviy faoliyat bilan bogʻliq toʻlovlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers va forvard shartnomalari, opsionlar va svoplardan pul tushumlari (shartnomalar ommaviy savdoga yoki savdo maqsadlariga moʻljallangan boʻlmasa yoki tushum moliyaviy faoliyat sifatida tasniflanishi bilan bogʻliq toʻlovlar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Moliyaviy faoliyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Moliyaviy faoliyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning alohida oshkor etilishi katta ahamiyatga ega, chunki bu maʼlumotlar tashkilotni kapital bilan taʼminlovchilar talablariga muvofiq kelgusidagi pul mablagʻlari harakatini prognoz qilishda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Moliyaviy faoliyatga doir pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz majburiyatlari, veksellar, obligatsiyalar va boshqa qisqa yoki uzoq muddatli qarzlarni jalb qilishdan pul tushumlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz majburiyatlarini qaytarish boʻyicha pul toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy lizingni toʻlash uchun lizing oluvchining pul toʻlovlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Operatsion faoliyat boʻyicha pul oqimlarini aks ettirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tashkilotlar operatsion faoliyat boʻyicha pul oqimlarini quyidagi usullardan birini tanlagan holda hisobotni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yalpi tushum yoki pul toʻlovlarning asosiy turlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni aks ettiradigan bevosita (toʻgʻridan toʻgʻri) usul;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foyda yoki zarar (profitsit yoki defitsit) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni pul koʻrinishida boʻlmagan operatsiyalar natijalariga, operatsion faoliyat natijasi boʻyicha yuzaga kelgan muddati oʻtgan yoki hisoblangan tushumlarni (toʻlovlarni), shuningdek daromadlar yoki xarajatlarning miqdorlarini hisobga olgan holda investitsiya yoki moliyaviy faoliyatdan keladigan pul oqimlariga tuzatish kiritishni aks ettiradigan bilvosita usul.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tashkilotlar tomonidan operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimlari toʻgʻrisida hisobotni tayyorlashda bevosita usuldan foydalanish maqsadga muvofiq. Bevosita usul orqali tayyorlangan hisobot bilvosita usul yordamida tayyorlangan hisobotda mavjud boʻlmagan va kelajakda prognoz qilish uchun kerakli boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Bevosita usul yordamida yalpi tushumning asosiy turlari yoki pul mablagʻlarini toʻlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar quyidagilar orqali olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tashkilotning moliyaviy hisobotidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) operatsion faoliyat orqali ifodalangan daromadlar va xarajatlarni (davlat moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish asosida yuzaga kelgan foiz tushumlari va xarajatlari) va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning boshqa koʻrsatkichlarini quyidagi omillarni hisobga olgan holda tuzatish kiritish yoʻli bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan davrda zaxiralar va joriy debitorlik va kreditorlik qarzlaridagi oʻzgarishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa naqd pulsiz tranzaksiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya yoki moliyaviy faoliyatni keltirib chiqaradigan pul oqimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimi toʻgʻrisida hisobotni tayyorlashda bevosita (toʻgʻridan toʻgʻri) usuldan foydalanilganda, tashkilotlar tomonidan odatdagi faoliyatdan olingan sof foyda yoki zarar summasi hamda operatsion faoliyatdan olingan sof pul oqimi oʻzaro solishtirilishi lozim. Ushbu solishtirish natijalari pul oqimlari toʻgʻrisida hisobotga yoki moliyaviy hisobotning izoh qismlariga kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Bilvosita usuldan foydalanilganda, operatsion faoliyatdan keladigan sof pul oqimi joriy operatsion faoliyatning sof foyda yoki zarariga tuzatish kiritish yoʻli bilan quyidagi faktorlarni hisobga olgan holda aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan davrda tovar-moddiy zaxiralar hamda debitorlik va kreditorlik qarzlaridagi oʻzgarishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amortizatsiya, baholangan majburiyatlar, muddati oʻtgan soliqlar, realizatsiya qilinmagan valyuta kursidan foyda va zararlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsion yoki moliyaviy faoliyatni keltirib chiqaradigan pul oqimlariga olib keladigan boshqa koʻrsatkichlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Investitsion va moliyaviy faoliyat boʻyicha pul oqimlarini aks ettirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tashkilot oʻz hisobotida investitsion va moliyaviy faoliyatdan vujudga kelgan yalpi tushum va pul toʻlovlari asosiy turlarini alohida aks ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Operatsion, investitsion yoki moliyaviy faoliyatning quyidagi pul oqimlari turlari netto (kirim va chiqimlarning farqi) asosida hisobotlarda aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot faoliyatiga taalluqli boʻlmagan hamda mijozlar, soliq toʻlovchilar yoki benefitsiarlar nomidan kelib tushgan pul mablagʻlarining tushumlari va pul toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez aylanishi, katta hajmli va qisqa muddatlarda qoplanishi bilan tavsiflanadigan aktivlar boʻyicha pul mablagʻlarining tushumlari va toʻlovlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Standartning 36-bandi ikkinchi xatboshisi faqat hisobot beruvchi tashkilot tomonidan pul mablagʻlarining oxirgi qoldigʻi nazorat qilinadigan operatsiyalarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday pul mablagʻlari tushumlari va toʻlovlariga misollar quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir tashkilot tomonidan boshqa bir tashkilot uchun soliqlar, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlarni undirish (davlat tomonidan taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlar boʻyicha yigʻilgan toʻlovlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar tomonidan moliya institutlarining talab qilib olinadigan depozitlari mablagʻlarini qabul qilishi va toʻlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya yoki trast (ishonch) fondlari mijozlarining mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk egalari nomidan yigʻilgan va ularga berilgan ijara haqi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Standartning 36-bandi uchinchi xatboshisida sanab oʻtilgan pul mablagʻlari tushumlari va boʻnak toʻlovlariga misollar quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalarni sotib olish va sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa qisqa muddatli, jumladan, qoplanish muddati uch oygacha boʻlgan qarzlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Davlat moliya institutlarining quyidagi faoliyatlaridan pul oqimlari hisobotlarida netto asosida (kirim va chiqimlarning farqi) taqdim etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddati qatʼiy belgilangan depozitlar boʻyicha pul toʻlovlarini qabul qilish va toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa moliya institutlarida depozitlarga mablagʻ joylashtirish va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarga avans toʻlovlari va kreditlari, shuningdek ushbu avanslar va kreditlarning qaytarilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Xorijiy valyutadagi pul oqimlari, foizlar va dividendlar, pul mablagʻlari bilan bogʻliq boʻlmagan hisob-kitoblar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Xorijiy valyutadagi pul oqimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Xorijiy valyutadagi pul oqimlari tashkilotning funksional valyutasi boʻyicha pul mablagʻlari harakati sanasidagi funksional va xorijiy valyutalar oʻrtasidagi ayirboshlash kursi boʻyicha aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elda boshqariladigan tashkilotlarning pul oqimi pul mablagʻlari harakati sanasidagi funksional va xorijiy valyuta oʻrtasidagi ayirboshlash kursi boʻyicha hisobot davrida qayta hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Xorijiy valyutalarda koʻrsatilgan pul oqimi Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (4-sonli BHS) “Valyuta kursi oʻzgarishining taʼsiri” (roʻyxat raqami 3100, 2018-yil 14-dekabr) talablariga muvofiq aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu haqiqiy kursga taxminan teng boʻlgan ayirboshlash kursidan foydalanishga imkon beradi. Masalan, maʼlum davr uchun oʻrtacha ayirboshlash kursi chet el valyutasidagi operatsiyalarni aks ettirish yoki chet eldagi boshqariladigan subyektning pul oqimlarini qayta hisoblash uchun ishlatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Valyuta ayirboshlash kurslarining oʻzgarishi natijasida realizatsiya qilinmagan foyda va zararlar pul oqimi hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, valyuta ayirboshlash kursining oʻzgarishidagi qiymat chet el valyutasidagi pul mablagʻlari va pul mablagʻlari ekvivalentlariga taʼsiri pul oqimlari toʻgʻrisida hisobotda hisobot davrining boshi va oxiridagi pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlariga solishtirishni taʼminlash maqsadida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu qiymat operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatdan keladigan pul oqimlarida alohida satrda koʻrsatiladi va pul oqimlari toʻgʻrisida hisobot davri yakunidagi ayirboshlash kursi boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday farqni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Foizlar va dividendlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Foizlar va dividendlarni olish va toʻlashdan kelib chiqadigan pul oqimlari alohida ifodalanishi kerak. Mazkur pul oqimlari hisobot davrlarida operatsion, investitsion yoki moliyaviy faoliyatdan keladigan pul oqimlari sifatida tasniflanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Hisobot davrida toʻlangan foizlar toʻgʻrisida maʼlumot moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda xarajat sifatida koʻrsatilganligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (11-sonli BHS) “Qarz majburiyatlari boʻyicha xarajatlar” (roʻyxat raqami 3149, 2019-yil 9-aprel) talablari asosida ifodalanishidan qatʼiy nazar pul oqimlari toʻgʻrisida hisobotda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Toʻlangan dividendlar moliyaviy mablagʻlarni jalb qilish xarajatlari boʻlgani uchun moliyaviy faoliyatdan tushgan pul oqimlari sifatida tasniflanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, tashkilot faoliyatidan kelib chiqqan holda toʻlangan dividendlar foydalanuvchilarga tashkilotning toʻlash qobiliyatini baholash uchun operatsion faoliyatdan tushgan pul oqimlarining tarkibiy qismi sifatida tasniflanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Pul mablagʻlari bilan bogʻliq boʻlmagan hisob-kitoblar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Pul mablagʻlari yoki pul mablagʻlari ekvivalentlarida toʻlovlarni talab qilmaydigan investitsion va moliyaviy operatsiyalar pul oqimlari toʻgʻrisida hisobotdan chiqarib tashlanishi kerak. Bunday operatsiyalar (tranzaksiyalar) boʻyicha maʼlumotlar moliyaviy hisobotning investitsion va moliyaviy faoliyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarining boshqa boʻlimlarida koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Investitsion va moliyaviy faoliyatning asosiy qismi joriy pul oqimlariga taʼsir qilmaydi, lekin tashkilot kapitali va aktivlari tarkibiga taʼsir qiladi. Pul mablagʻlari bilan bogʻliq boʻlmagan hisob-kitoblar pul oqimlari toʻgʻrisida hisobotdan chiqarib tashlanishi lozim, chunki ushbu hisob-kitoblar joriy davrdagi pul oqimlari bilan bogʻliq emas. Pul mablagʻlari bilan bogʻliq boʻlmagan hisob-kitoblarga quyidagilar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktivlarni almashtirish, majburiyatlarni toʻgʻridan toʻgʻri qabul qilish yoki moliyaviy lizing orqali aktivlarni sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz majburiyatlarni ulushga (kapitalga) aylantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Axborotlarni oshkor etilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Tashkilotlar moliyaviy faoliyat sababli oʻz majburiyatlaridagi oʻzgarishlarni pul mablagʻlari oqimlari taʼsiridan qatʼi nazar oshkor etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Tashkilotlar tomonidan pul oqimlari toʻgʻrisida hisobotda foydalanish imkoniyati boʻlmagan yirik miqdordagi pul mablagʻlari va pul mablagʻlari ekvivalentlari toʻgʻrisidagi maʼlumot tashkilot rahbariyati izohlari bilan birga oshkor etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Tashkilotlar balansidagi pul mablagʻlari va pul mablagʻlari ekvivalentlaridan foydalana olmaslik holatlari ham kuzatilishi mumkin. Masalan, valyuta ayirboshlash boʻyicha cheklovlar mavjudligi. Bunday holda hisobot tuzishda qoʻshimcha maʼlumotlar keltirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Qoʻshimcha maʼlumotlar foydalanuvchilarga tashkilotning moliyaviy ahvoli va likvidlilik darajasini tushunishlari uchun foydali boʻladi. Bunday maʼlumotlar moliyaviy hisobotning izohlarida tegishli tushuntirishlar bilan birga oshkor etilishi lozim hamda ularda quyidagilarni ifoda etilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelajakda operatsion faoliyat va kapital majburiyatlarini qaytarish uchun taqdim etilishi mumkin boʻlgan, foydalanilmagan qarz mablagʻlari (kredit liniyalari) miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanilishi cheklangan pul mablagʻlari va pul mablagʻlari ekvivalentlari miqdori va cheklanish asoslari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Tashkilotlar hisobot davri mobaynida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ulushlarini yoki qarz vositalarini sotib olish va sotish bilan bogʻliq quyidagi umumlashtirilgan maʼlumotlarni oshkor qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldi-sotdi shartnomasining umumiy summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha pul mablagʻlari va pul mablagʻlari ekvivalentlari koʻrinishida olingan yoki toʻlangan summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib olingan yoki sotilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ulushlari boʻyicha pul mablagʻlari va pul mablagʻlari ekvivalentlarining miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib olingan yoki sotilgan deb tan olingan aktiv va majburiyatlarning qiymati (pul mablagʻlari va pul mablagʻlarining ekvivalentlaridan tashqari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (14-sonli BHS) “Pul oqimlari toʻgʻrisida hisobot”ga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PUL OQIMLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HISOBOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

20 __ yil 1 ____________ holatiga

Tashkilot ______________________________________________________

Hisobot davri: yillik, 1-aprel, 1-iyul, 1-oktabr

Budjet turi ____________________________________________________

Oʻlchov birligi __________________________________________________

Koʻrsatkichlar nomi

Satr kodi

Kirim

Chiqim

1

2

3

4

Operatsion faoliyat

Kelib tushgan pul mablagʻlari (budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari)

010

Tovarlar (ishlar va xizmatlar) uchun mol yetkazib beruvchilarga toʻlangan pul mablagʻlari

020

Xodimlarga va ular nomidan toʻlangan pul mablagʻlari

030

Operatsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va toʻlovlari

040

Jami: operatsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi (satr 010-020-030+/-040)

050

Investitsion faoliyati

Asosiy vositalarni sotib olish va sotish

060

Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish

070

Uz�q va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish va sotish

080

Investitsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va toʻlovlari

090

Jami: investitsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi (satr 060+/-070+/-080+/-090)

100

Moliyaviy faoliyat

Olingan va toʻlangan foizlar

110

Olingan va toʻlangan dividendlar

120

 

Xususiy aksiyalarni sotib olganda va ularni sotganda pul toʻlovlari va tushumlari yoki xususiy kapital bilan bogʻliq boʻlgan boshqa instrumentlardan kelgan pul tushumlari

130

Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar boʻyicha pul tushumlari va toʻlovlari

140

Moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va toʻlovlari

150

Jami: moliyaviy faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi (satr 110+/-120+130-140+/-150)

160

Yil boshidagi pul mablagʻlari

170

Yil oxiridagi pul mablagʻlari

180

Rahbar

_______________

Bosh hisobchi

_______________

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2022-y., 10/22/3396/0993-son; 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son)