03.11.2022 yildagi O‘RQ-800-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.11.2024 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 15-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 7-oktabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi standartlashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning amal qilishi standartlarni va standartlashtirishga doir tegishli hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish hamda qoʻllash, shuningdek standartlashtirish sohasidagi davlat nazoratini amalga oshirish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy sohada, davlat sirlarini va boshqa axborotni himoya qilish sohasida, atom energiyasidan foydalanish, yadroviy hamda radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasida, moliya va taʼlim sohasida standartlashtirishning oʻziga xos xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining alohida qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Standartlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining standartlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy standart — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti tomonidan qabul qilingan hamda keng jamoatchilik uchun ochiq boʻlgan standart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standart — faoliyatning har xil turlariga yoki ularning natijalariga taalluqli boʻlgan, umumiy va koʻp marta foydalanish uchun qoidalarni, umumiy prinsiplarni yoki tavsiflarni belgilaydigan hamda muayyan sohada tartibga solishning eng maqbul darajasiga erishishga qaratilgan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish — muayyan sohada tartibga solishning eng maqbul darajasiga erishishga qaratilgan, haqiqatda mavjud boʻlgan yoki kutilayotgan vazifalarga nisbatan umumiy va koʻp marta foydalanish uchun qoidalarni belgilaydigan faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish boʻyicha milliy organ — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita — faoliyatning yoʻnalishlari boʻyicha standartlashtirish tizimini rivojlantirishni amalga oshirishda ishtirok etuvchi maslahat-kengash organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish obyekti — mahsulot, tovarlar, xizmatlar (bundan buyon matnda mahsulot deb yuritiladi), jarayonlar, menejment tizimlari, atamalar, shartli belgilar, tadqiqotlar (sinash), oʻlchash (shu jumladan namunalarni tanlash) hamda sinash usullari, tamgʻalash, muvofiqlikni baholash tartib-taomillari va boshqa obyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro (mintaqaviy) standart — standartlashtirish boʻyicha xalqaro yoki mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va keng jamoatchilik doirasi uchun ochiq boʻlgan standart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatning standarti — xorijiy mamlakatning standartlashtirish boʻyicha vakolatli organi (tashkiloti) tomonidan qabul qilingan standart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro kelishuv — koʻpchilik manfaatdor taraflarning mavjud masalalar boʻyicha eʼtirozlari mavjud emasligi bilan tavsiflanadigan hamda barcha taraflarning fikrlarini inobatga olishga va mos kelmayotgan nuqtai nazarlarni yaqinlashtirishga qaratiladigan jarayon natijasida erishiladigan umumiy kelishuv.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining milliy standartlashtirish tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining milliy standartlashtirish tizimini quyidagilar tashkil etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (bundan buyon matnda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish boʻyicha milliy organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Standartlashtirishning asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy standartlarni ishlab chiqishda manfaatdor taraflarning oʻzaro kelishuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xolislik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlardagi takrorlanishlarning va ziddiyatlarning oldini olishga qaratilgan hamjihatlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot kelib chiqqan mamlakatdan va (yoki) joydan, shuningdek ishlab chiqaruvchining mulk shaklidan qatʼi nazar, mahsulotga nisbatan kamsituvchi munosabatga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiqlik va shaffoflik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Standartlashtirishning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning hayotini, sogʻligʻini va mol-mulkini muhofaza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitni muhofaza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning sifati masalalarida isteʼmolchilarning huquqlarini va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning oʻzaro almashuvchanligini va moslashuvchanligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining va iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun mahsulotning sifatini hamda raqobatbardoshliligini ilm-fan va texnologiyalarning rivojlanish darajasiga qarab oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha turdagi resurslarni tejashga koʻmaklashish, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik dasturlarni hamda loyihalarni roʻyobga chiqarish chogʻida amaliy jihatdan koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiyotini rivojlantirishga va ilmiy-texnik taraqqiyotiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqariladigan mahsulotning nomenklaturasi va sifati toʻgʻrisidagi axborotning ochiqligini hamda ishonchliligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotning xorijiy bozorlarga olib chiqilishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlchash birligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Standartlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish tizimining huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish tizimi infratuzilmasini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor innovatsion va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va milliy standartlashtirish tizimini xalqaro tizim bilan uygʻunlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining standartlashtirish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining standartlashtirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy standartlashtirish tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi, davlat dasturlarining ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talablariga rioya etilishi majburiy boʻlgan standartlarni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish sohasidagi ilmiy-texnikaviy faoliyatni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish sohasidagi xoʻjalik faoliyati subyektlarini iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni va ragʻbatlantirishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining standartlashtirish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish rejasining bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlar talablariga, shuningdek standartlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy boshqaruv uslublariga asoslangan yagona integratsiyalashgan standartlashtirish tizimining yaratilishini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish boʻyicha milliy organ huzurida Apellyatsiya komissiyasini tuzadi va uning faoliyatini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Standartlashtirish boʻyicha milliy organning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish boʻyicha milliy organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, konsepsiyalarni, shuningdek strategiyalarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish tizimini raqamlashtirishni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va innovatsion texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish rejasini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish boʻyicha tarmoq texnik qoʻmitalarini tashkil etish, ularning faoliyatini toʻxtatib turish va tugatish haqida manfaatdor taraflarning murojaatlariga binoan, shuningdek oʻz tashabbusiga koʻra qarorlar qabul qiladi, ushbu qoʻmitalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi va xalqaro amaliyot asosida ularni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini ifodalaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarning standartlashtirish boʻyicha milliy organlari bilan bitimlar tuzadi va ular bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy standartlarni tasdiqlaydi va roʻyxatdan oʻtkazadi, ularni bekor qilish haqida, shuningdek ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro (mintaqaviy) standartlarni, xorijiy mamlakatlarning standartlarini, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartishlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga kiritish va ularning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor taraflarning yangi standartlarni ishlab chiqishga, amaldagi standartlarni qayta koʻrib chiqishga doir ishlarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy standartlarni xalqaro (mintaqaviy) standartlarni va xorijiy mamlakatlarning standartlarini hisobga olgan holda uygʻunlashtirish yuzasidan manfaatdor taraflarga tavsiyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish boʻyicha tegishli texnik qoʻmitalar mavjud boʻlmagan taqdirda standartlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlarning yagona axborot bazasini shakllantiradi va yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish hamda metrologiya sohasida kadrlarni qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi, shuningdek ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish boʻyicha milliy organ qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining standartlashtirish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi standartlarni ishlab chiqishga, amaldagi standartlarga oʻzgartishlar kiritishga, ularni qayta koʻrib chiqishga va bekor qilishga doir takliflarni tayyorlaydi hamda ularni standartlashtirish rejasiga kiritish uchun Standartlashtirish boʻyicha milliy organga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish rejasida nazarda tutilgan vazifalarni bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlar loyihalarini ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqadi va ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar faoliyatida Standartlashtirish boʻyicha milliy organ bilan birgalikda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarni tashkil etish, shuningdek rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va ularni Standartlashtirish boʻyicha milliy organga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita standartlarning qabul qilinishidan hamda qoʻllanilishidan manfaatdor boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hamda boshqa tashkilotlarning ixtiyoriy ishtiroki asosida, Standartlashtirish boʻyicha milliy organning qaroriga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish sohasidagi tegishli tarmoqning manfaatdor subyektlari standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitani tashkil etish toʻgʻrisidagi tashabbus bilan chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita tarkibiga manfaatdor taraflarning vakillari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita huzurida uning faoliyatini taʼminlash uchun kotibiyat tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkil etilayotgan standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita toʻgʻrisidagi axborot barcha manfaatdor taraflar uchun ochiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy standartlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat sohasiga muvofiq milliy standartlar loyihalarining muhokamasini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi milliy standartlarni ishlab chiqishga, amaldagi milliy standartlarni qayta koʻrib chiqishga doir standartlashtirish rejasiga kiritish uchun takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish rejasiga kiritilgan standartlarni ishlab chiqishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga murojaatlar yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat sohasiga muvofiq standartlarning axborot bazasini shakllantiradi va yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish boʻyicha xalqaro, mintaqaviy tashkilotlarning standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalari ishida Standartlashtirish boʻyicha milliy organ bilan birgalikda ishtirok etadi hamda mazkur qoʻmitalarning majlislarida Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini himoya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar uni tashkil etish toʻgʻrisidagi tashabbus bilan chiqqan subyektlarning, shuningdek standartlarning qabul qilinishidan va qoʻllanilishidan manfaatdor boʻlgan boshqa tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning faoliyati uning majlisi bayonnomasi asosida Standartlashtirish boʻyicha milliy organning qarori bilan toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning faoliyati quyidagi hollardan birida Standartlashtirish boʻyicha milliy organning qarori bilan tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning tashkil etilishi maqsadlariga erishilganda va uning keyingi faoliyatiga ehtiyoj mavjud boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita tomonidan oʻn ikki oy davomida faoliyat olib borilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning faoliyati samaradorligini baholashning salbiy natijalari tasdiqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilinganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Davlat inspektorlari, ularning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlar talablariga, shuningdek standartlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati davlat boshqaruvi organlarining vakillari boʻlgan davlat inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat inspektori quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyati subyektining xizmat va ishlab chiqarish binolariga belgilangan tartibda kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat nazoratini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni va maʼlumotlarni xoʻjalik faoliyati subyektidan olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat nazoratini oʻtkazishda xoʻjalik faoliyati subyektining texnika vositalaridan foydalanish va mutaxassislarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot namunalarini va nusxalarini ularning standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini nazorat qilish uchun olishni standartlashtirishga doir normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshirish, bunda sarflangan namunalarning qiymati hamda sinashni (tahlillarni, oʻlchashni) oʻtkazish xarajatlari tekshirilayotgan xoʻjalik faoliyati subyektlarining ishlab chiqarish chiqimlari jumlasiga kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotni ishlab chiqarish, ishlab chiqarishga tayyorlash, realizatsiya qilish (yetkazib berish, sotish), undan foydalanish (uni ishlatish), uni saqlash, transportda tashish va utilizatsiya qilish bosqichlarida standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyati subyekti tekshirishdan boʻyin tovlagan taqdirda, mahsulotni realizatsiya qilishni taqiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash hamda metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlari ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari quyidagi mutlaq huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlarning majburiy talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan xoʻjalik faoliyati subyektlarining mansabdor shaxslariga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlarning majburiy talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan yuridik shaxslarga jarima solish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va mazkur yuridik shaxslar tomonidan jarima bir oy muddatda ixtiyoriy ravishda toʻlanmagan taqdirda, jarimani undirish haqida sudga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga muvofiq boʻlmagan hollarda, uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki uni realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) toʻxtatib turish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlar talablariga muvofiq boʻlmagan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan import mahsulotni sotishni taqiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga muvofiq boʻlmagan hollarda, davlat inspektorlarining mahsulotni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki uni realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) toʻxtatib turish haqidagi koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun xoʻjalik faoliyati subyektlarining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat inspektorlari qonunchilik bilan oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik, davlat yoki tijorat sirini oshkor etganlik uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Standartlashtirishga doir ishlarni rejalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirishga doir ishlar standartlashtirish rejasiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish rejasi standartlashtirish sohasining maqsadlari va uni rivojlantirish yoʻnalishlari hisobga olingan holda, qisqa (bir yilgacha), oʻrta (bir yildan besh yilgacha) va uzoq (besh yildan oʻn yilgacha) muddatli istiqbol uchun qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish ishlarini rejalashtirish Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlariga muvofiq boʻlishi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va zamonaviy texnologiyalarni inobatga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish rejasining amal qilish davrida unga manfaatdor taraflarning takliflariga koʻra oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish rejasi quyidagilar asosida shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish boʻyicha manfaatdor taraflarning, texnik qoʻmitalarning takliflari va xalqaro tajriba;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarning ish rejalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish sohasidagi monitoring natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning holatini tahlil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish rejasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlarning xalqaro tasniflagichi kodini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro (mintaqaviy) yoki milliy standart loyihasining nomini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlarni ishlab chiqish (qayta koʻrib chiqish) asosini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirishga doir ishlarni amalga oshirish muddatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish manbaini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif-buyurtmani taqdim etgan buyurtmachi tashkilotni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha mahsulot tasnifining kodini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Standartlarning yagona axborot bazasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlarning yagona axborot bazasi Standartlashtirish boʻyicha milliy organ tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlarning yagona axborot bazasi milliy standartlarni, xalqaro (mintaqaviy) standartlarni, xorijiy mamlakatlarning standartlarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Standartlarning toifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlarning toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy standartlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro (mintaqaviy) standartlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarning standartlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Milliy standartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy standartlar ushbu Qonunda nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun standartlashtirish rejasi asosida ishlab chiqiladi va OʻzMSt (Oʻzbekiston Milliy Standarti) belgisiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy standartlarning mazmuni va belgisi boʻyicha rasmiylashtirilishini, tuzilishini belgilash qabul qilingan milliy standartlar talablariga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy standartlar quyidagilar inobatga olingan holda ishlab chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqotlarning (sinashning) va oʻlchashning natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fan va texnika yutuqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning yangi turlarini, jarayonlarni va xizmatlarni qoʻllash orqali orttirilgan amaliy tajriba;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro (mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning standartlari hamda standartlashtirish obyektiga doir talablarni belgilaydigan boshqa hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy standartlarni ishlab chiqish ushbu Qonunning 11, 12 va 13-moddalarida nazarda tutilgan manfaatdor taraflar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy standartlarni ishlab chiqishning boshlanishi va yakunlanishi toʻgʻrisidagi axborot, shuningdek milliy standartlar loyihalari Standartlashtirish boʻyicha milliy organning rasmiy veb-saytiga va elektron portaliga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida milliy standart loyihasini kelishish majburiyligi nazarda tutilgan hollarda, ushbu loyiha tasdiqlanguniga qadar manfaatdor taraflar bilan kelishilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik muhokamasi davrida milliy standartlar loyihalari standartlashtirish boʻyicha sohaga daxldor texnik qoʻmitada, u mavjud boʻlmagan taqdirda esa Standartlashtirish boʻyicha milliy organda texnik muhokamadan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish boʻyicha milliy organning rasmiy veb-saytiga va elektron portaliga joylashtirilgan milliy standartlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi oltmish kalendar kun ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiquvchi milliy standart tasdiqlanishidan oldin standart loyihasini oʻn kalendar kundan oshmagan muddatda ekspertizaga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy standart davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin, biroq ushbu standart davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi axborot Standartlashtirish boʻyicha milliy organning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran koʻpi bilan oltmish kundan keyin amalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy standartlar mamlakatimiz ilm-fani va xorijiy ilm-fan yutuqlariga asoslanishi hamda ushbu Qonunning, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokidagi xalqaro shartnomalarning talablariga zid boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy standartlar xalqaro savdo uchun ortiqcha toʻsiqlarni yuzaga keltirmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy standartlarda mahsulotga va uning tasnifiga, atamalarga, shartli belgilarga, sinash (oʻlchash), namunalar tanlash, tamgʻalash usullariga, muvofiqlikni baholash tartib-taomillariga, boshqarish tizimlariga doir talablar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshliligini taʼminlash uchun asoslantirilgan hollarda, milliy standartlarda anʼanaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan oʻzib ketuvchi istiqboldagi dastlabki talablar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy standartni qabul qilishning majburiy sharti oʻzaro kelishuvga erishishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitada milliy standart loyihasi koʻrib chiqilayotganda, agar standart loyihasida keltirilgan talablar, ilmiy ishlanmalar, tadqiqotlarni davom ettirish qoʻmita aʼzolari tomonidan maqsadga muvofiq deb topilsa, mazkur standart loyihasi muayyan muddatga dastlabki standart tarzida qabul qilinadi va unga DS (Dastlabki Standart) belgisi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan, ishlab chiqarishdagi texnik reglamentlarga va standartlarga zid boʻlmagan, mamlakat miqyosida qoʻllashga tavsiya etilayotgan loyihalar texnik shartlarda nou-xau sifatida foydalanilgan yutuqlar asosida manfaatdor taraflarning tashabbusiga koʻra, standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarga koʻrib chiqish va muhokama qilish uchun yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan standartlar qonunchilikda belgilangan tartibda ishlab chiqiladi hamda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Xalqaro (mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning standartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro (mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning standartlari qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro (mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning standartlari Standartlashtirish boʻyicha milliy organning ularni amalga kiritish toʻgʻrisidagi qarori asosida milliy standartlar bilan teng ravishda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Milliy standartlarga oʻzgartishlar kiritish va ularni bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy standartlarga oʻzgartishlar kiritish, milliy standartlarni almashtirish, alohida talablarga qoʻshimchalar kiritish yoki ularni chiqarib tashlash, milliy standartlarning amal qilish muddatlarini uzaytirish yoki tiklash, ularga yangi talablar kiritish va ularni xalqaro (mintaqaviy) standartlar bilan uygʻunlashtirish amaldagi qonunchilikning buzilishiga olib kelmaydigan hollarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy standartlarga oʻzgartishlar kiritish mazkur standartni ishlab chiquvchi yoki Standartlashtirish boʻyicha milliy organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy standartlarni bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur standartlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga zid ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur standartlar oʻrniga yangi milliy, xalqaro (mintaqaviy) standart amalga kiritilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur standartni qoʻllashning dolzarbligi yoʻqolganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy standartni bekor qilish tashabbusi bilan chiqqan shaxslar uni bekor qilish uchun Standartlashtirish boʻyicha milliy organga standartni bekor qilish maqsadga muvofiq ekanligini asoslantirgan holda oʻz takliflarini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy standartlarga oʻzgartishlar kiritish va ularni bekor qilish toʻgʻrisidagi axborot Standartlashtirish boʻyicha milliy organning rasmiy veb-saytiga hamda elektron portaliga joylashtiriladi, shuningdek jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish oltmish kalendar kuni ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Standartlashtirish masalalari boʻyicha uzil-kesil qaror qabul qilish. Apellyatsiya komissiyasining faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash, roʻyxatdan oʻtkazish, amalga kiritish, ularga oʻzgartishlar kiritish, ularni qayta koʻrib chiqish, toʻxtatib turish yoki bekor qilish chogʻida kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan hollarda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi standartlashtirish masalalari boʻyicha uzil-kesil qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish boʻyicha milliy organ huzurida Apellyatsiya komissiyasi tuziladi. Apellyatsiya komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom va Apellyatsiya komissiyasining tarkibi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish boʻyicha milliy organ tomonidan qabul qilingan qarordan norozi boʻlgan manfaatdor taraflarning yoki standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning murojaatlarini (apellyatsiyalarini) koʻrib chiqish Apellyatsiya komissiyasining vakolatlariga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish boʻyicha milliy organ xodimlari Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kirishi mumkin emas. Agar Apellyatsiya komissiyasining aʼzosi apellyatsiyaning taraflari boʻlgan shaxslarga xizmat yuzasidan yoki boshqa jihatdan tobe boʻlgan boʻlsa yoxud tobe boʻlsa yoki bunday aʼzoning xolisligiga shubha tugʻdiruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlganda ushbu aʼzoning apellyatsiyani koʻrib chiqishda ishtirok etishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor taraf yoki standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita Standartlashtirish boʻyicha milliy organning qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, shuningdek, agar standartlashtirish sohasidagi tartib-taomillar Standartlashtirish boʻyicha milliy organning qarori yoki harakatlari (harakatsizligi) tufayli buzilgan deb hisoblasa, Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiyani koʻrib chiqish muddati oʻttiz kundan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy standartning yoki uning loyihasining mazmuni apellyatsiya predmeti boʻlishi mumkin emas. Agar Apellyatsiya komissiyasi Standartlashtirish boʻyicha milliy organning qarori yoki harakatlari (harakatsizligi) standartlashtirish sohasidagi tartib-taomillarni buzadi deb topsa, ushbu komissiya tartib-taomilning buzilishlari Standartlashtirish boʻyicha milliy organ tomonidan bartaraf etilishini nazarda tutuvchi qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasining qarori majlis bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va nizoning taraflariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Standartlarni qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlar ixtiyoriy ravishda qoʻllaniladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlaridagi standart talablariga majburiy ravishda rioya etilishiga oid havolalar koʻrsatilgan hollar mustasno (standartning majburiy talabi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlar mahsulotni ishlab chiqish, loyihalashtirish, ishlab chiqarish, saqlash, sinash, tekshirish va oʻlchash, mahsulotning namunalarini olish bosqichlarida, atamalarga, ramzlarga, oʻrovlarga, tamgʻalashga yoki etiketkalarga hamda ularni tushirishga, mahsulotning ishlashiga (uni qoʻllashga, undan foydalanishga), uni tashishga, realizatsiya va utilizatsiya qilishga (qayta ishlashga) nisbatan, boshqa standartlashtirish obyektlariga nisbatan ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish chogʻida qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro (mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning standartlari quyidagi hollarda qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining standartlashtirish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarga aʼzoligida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish boʻyicha milliy organ va xalqaro, mintaqaviy, chet el tashkiloti oʻrtasida standartlashtirish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro (mintaqaviy) standartlarni va xorijiy mamlakatlarning standartlarini qoʻllash chogʻida standartlashtirish organlari bilan tuzilgan shartnomalarga rioya etilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlardan Oʻzbekiston Respublikasining texnik reglamentlarini ishlab chiqish uchun asos sifatida foydalanilishi mumkin. Texnik reglamentlarning talablarini bajarish va mahsulotning texnik reglamentlar talablariga muvofiqligini tanlovga oid qism boʻyicha ixtiyoriy ravishda baholash uchun oʻzaro aloqador boʻlgan standartlar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqaruvchi va (yoki) ijrochi uchun u mahsulotning mazkur standartga muvofiqligini eʼlon qilganda standart talablari bajarilishi shart, shu jumladan mahsulot belgisi tamgʻalashda, foydalanishga oid hujjatlarda yoki boshqa hujjatlarda, shartnomalarda, reklamada, axborot resurslarida va axborot taqdim etishning boshqa shakllarida qoʻllanilgan taqdirda ushbu talablar bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlarda mahsulotga oid takrorlanuvchi talablarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi standartlarni qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umummajburiy xususiyatga ega boʻlgan normalarni oʻz ichiga olgan, fuqarolarning huquqlariga, erkinliklariga va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan standartlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlariga va texnik reglamentlarga zid boʻlgan standartlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning erkin muomalada boʻlishiga toʻsiqlar yaratadigan, bozor raqobatini bartaraf etishga va cheklashga qaratilgan standartlarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirishga doir hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qoʻllash mualliflik huquqlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksportga yuborilayotgan mahsulotga oid talablar mahsulotni yetkazib berishga doir shartnoma qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Standartlarni eʼlon qilish, tarqatish va nashr etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy standartlarni eʼlon qilish va shartnoma asosida tarqatish Standartlashtirish boʻyicha milliy organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy standartlar davlat tilida eʼlon qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning, shuningdek xorijiy mamlakatlarning standartlari va boshqa nashrlari keyinchalik davlat tiliga rasmiy tarjima qilingan holda, ushbu tashkilotlarning rasmiy tillaridan birida qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aʼzo boʻlgan standartlashtirish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning standartlarini nashr etish hamda tarqatish standartlashtirish boʻyicha xalqaro yoki mintaqaviy tashkilot belgilagan tartibda va shartlar asosida Standartlashtirish boʻyicha milliy organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy mamlakatlarning standartlarini nashr etish va tarqatish mazkur davlatlarning standartlashtirish boʻyicha milliy organlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq Standartlashtirish boʻyicha milliy organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el huquq egalari bilan tuzilgan litsenziyaga oid shartnomalarda, shuningdek xalqaro shartnomalarda va boshqa xalqaro huquq normalarida xalqaro (mintaqaviy) standartlardan, xorijiy mamlakatlarning standartlaridan pulli asosda erkin foydalanish nazarda tutilgan va (yoki) ushbu standartlardan erkin foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi nazarda tutilgan hollarda, Standartlashtirish boʻyicha milliy organ tegishli hujjatlarni taqdim etganlik uchun toʻlov miqdori hamda ularni tarqatish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Standartlashtirish sohasidagi axborot taʼminoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish sohasidagi axborot taʼminoti quyidagilar vositasida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlar toʻgʻrisidagi axborotni veb-saytlarga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlarni, rasmiy nashrlarni va ularning koʻchirma nusxalarini tarqatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlar toʻgʻrisidagi axborotni joylashtirish ularni Standartlashtirish boʻyicha milliy organning rasmiy veb-saytlarida va standartlarning yillik axborot koʻrsatkichlarida rasmiy eʼlon qilish vositasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlar toʻgʻrisidagi axborot jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqami va nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllanilish sohasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlanganligi, oʻzgartishlar kiritilganligi hamda bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi qarorning sanasi va raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiquvchi haqidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Standartlashtirish sohasidagi ishlarni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish sohasidagi ishlarni moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor tashkilotlarning mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiyoriy badallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirishga doir quyidagi ishlar davlat tomonidan moliyalashtirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro (mintaqaviy) standartlarni ishlab chiqish yoki ularni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosi boʻyicha standartlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish rejasida nazarda tutilgan milliy standartlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish boʻyicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot ishlarini va boshqa ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlarning yagona axborot bazasini shakllantirish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa faoliyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartlashtirish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Standartlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda ogohlantirish olganidan keyin standartlashtirish sohasidagi huquqbuzarlikni davom ettirganlik yoki bartaraf etmaganlik uchun jismoniy shaxslar qonunchilikka muvofiq maʼmuriy javobgarlikka tortiladi. Belgilangan tartibda ogohlantirish olganidan keyin standartlashtirish sohasidagi huquqbuzarlikni davom ettirganlik yoki bartaraf etmaganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standartning standartlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan majburiy talablariga mahsulotni ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi tomonidan rioya etilmagan taqdirda, ularga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilganda — standartlarning majburiy talablariga mos boʻlmagan, realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining ellik foizigacha miqdorda jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xuddi shunday huquqbuzarlik ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qoʻllanilgan kundan eʼtiboran bir yil ichida takroran sodir etilganda — standartlarning majburiy talablariga mos boʻlmagan, realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining yuz foizigacha miqdorda jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar sud tartibida qoʻllaniladi, bundan mahsulotni ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlagan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undirilgan jarima summasining ellik foizi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga, qolgan qismi esa Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi 513-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 4-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-394-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 9, 340-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431-modda; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda) 43-moddasidagi “xalqaro va (yoki) davlat standartlari, normalari hamda talablariga” degan soʻzlar “milliy standartlar, normalar hamda talablarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi 837-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 11, 791-modda; 2020-yil, № 9, 539-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1065-modda) 40-moddasidagi “davlat standartlariga” degan soʻzlar “milliy standartlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 3, 161, 166-moddalar, № 5, 267-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880, 886-moddalar; 2020-yil, № 1, 3, 4-moddalar, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 217, 218-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 464-modda, № 6, 570-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
405-moddaning birinchi qismidagi “davlat standartlarida” degan soʻzlar “milliy standartlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
407-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Standartlarda tovarlarning sifatini nazorat qilishga nisbatan talablar belgilangan hollarda, sifat ulardagi koʻrsatmalarga muvofiq tekshirilishi kerak”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi 265-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 473-modda; 2010-yil, № 5, 177-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 265, 267-moddalar, № 9, 589, 592-moddalar; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 797-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda) 5-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “davlat” degan soʻz “milliy” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi 483-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 239-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 1, 3-modda, № 8, 470-modda, № 11, 791-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 4, 290-modda; 2022-yil, № 5, 465-modda) 5-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini taʼminlash sohasida davlat tomonidan normalashtirish oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga, uni ishlab chiqarish, tayyorlash, xarid qilish, qayta ishlash, yetkazib berish, saqlash, transportda tashish hamda realizatsiya qilish shart-sharoitlariga doir talablarni oʻz ichiga olgan texnik reglamentlarni, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini, fitosanitariya normalarini, qoidalarini hamda gigiyena normativlarini, milliy standartlarni, texnik shart-sharoitlarni (bundan buyon matnda normalar va qoidalar deb yuritiladi) belgilash yoʻli bilan amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi 725-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 16-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 6-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “davlat standartlari” degan soʻzlar “milliy standartlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi 822-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 219-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 311-modda; 2006-yil, № 4, 157-modda; 2007-yil, № 9, 414-modda; 2011-yil, № 12/2, 366-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 6, 570-modda) 2-moddasining oʻn yettinchi xatboshisidagi “davlat standartlari” degan soʻzlar “milliy standartlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi 120-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 212-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2011-yil, № 4, 98-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 8, 470-modda, № 9, 591-modda, № 12, 891-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 11-moddasidagi “davlat standartlarini” degan soʻzlar “milliy standartlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 3-mayda qabul qilingan “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-97-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 5, 219-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-moddaning birinchi qismidagi “davlat standartlari, qoidalari hamda normalari” degan soʻzlar “milliy standartlar, qoidalar hamda normalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-moddaning birinchi qismidagi “davlat standartlari, qoidalari hamda normalari” degan soʻzlar “milliy standartlar, qoidalar hamda normalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-939-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 9-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2024-y., 03/24/939/0595-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustda qabul qilingan “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-393-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 314-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 4, 290-modda) 26-moddasining birinchi qismidagi “davlat standartlariga” degan soʻzlar “milliy standartlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 2-iyulda qabul qilingan “Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-626-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 7, 446-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 10, 968-modda) 3-moddasining oʻn beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fazoviy maʼlumotlarning milliy infratuzilmasi — tashkiliy tuzilma, ilmiy-texnika siyosati, texnik va dasturiy vositalar, bazaviy va sohaga oid fazoviy maʼlumotlar, metamaʼlumotlar hamda metamaʼlumotlar bazalarini, fazoviy maʼlumotlar servislarini, normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi mumkin boʻlgan fazoviy maʼlumotlarni ishlab chiqish, yangilash, ularga ishlov berish, ularni saqlash, berish, integratsiyalash hamda ulardan foydalanish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni oʻz ichiga oladigan tizim”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-fevralda qabul qilingan OʻRQ-676-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 2, 145-modda; 2022-yil, № 6, 570-modda) 20-moddasi ikkinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisidagi “davlat standartlariga” degan soʻzlar “milliy standartlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 1-aprelda qabul qilingan “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-680-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 4, 286-modda) 12-moddasining uchinchi qismidagi “davlat standartlarida” degan soʻzlar “milliy standartlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 23-iyulda qabul qilingan “Fazoviy maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-702-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 662-modda) 14-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Qonunda Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasi deganda tashkiliy tuzilmani, ilmiy-texnika siyosatini, texnik va dasturiy vositalarni, bazaviy va sohaga oid fazoviy maʼlumotlarni, metamaʼlumotlarni hamda metamaʼlumotlar bazalarini, fazoviy maʼlumotlar servislarini, normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi mumkin boʻlgan fazoviy maʼlumotlarni ishlab chiqish, yangilash, ularga ishlov berish va integratsiyalash masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni oʻz ichiga oladigan tizim tushuniladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-noyabrda qabul qilingan “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-731-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 11, 1063-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshisidagi “davlat standartlariga” degan soʻzlar “milliy standartlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshisidagi “davlat standartlari” degan soʻzlar “milliy standartlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-moddaning ikkinchi qismidagi “davlat standartlariga” degan soʻzlar “milliy standartlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi 1002-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 46-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi 1003-XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 47-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 82-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 153-modda) X boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 482-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 67-modda) VII boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-59-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) 5-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 3-aprelda qabul qilingan “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-202-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 4, 129-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-352-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda) 8-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-355-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 10, 263-modda) 5-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-436-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 6, 300-modda) 9-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-446-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 510-modda) 12-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-597-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 891-modda) 4-moddasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-683-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 36-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi standartlari va OʻzDSt abbreviaturasi belgisi bilan qabul qilingan tegishli hujjatlar milliy standartlar deb hisoblanadi hamda ular ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran besh yil ichida qayta koʻrib chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 3-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-800-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 08.08.2024-y., 03/24/939/0595-son; 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son; 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son; 18.10.2025-y., 03/25/1088/0948-son; 25.03.2026-y., 03/26/1123/0271-son)