13.10.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2240-6
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.10.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 13-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2240-6]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi OʻRQ-665-son “Sud qarorlarini qayta koʻrish institutining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi, 2021-yil 25-avgustdagi OʻRQ-711-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, 2021-yil 30-noyabrdagi OʻRQ-734-son “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi 431-son “Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2240, 2011-yil 5-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 27-son, 286-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir P. BOBOJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 25-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
326-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-yil 25-avgustdagi 326-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Yoʻl harakati qoidalarining (keyingi oʻrinlarda Qoidalar deb yuritiladi) buzilishiga doir ishlarni yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (keyingi oʻrinlarda Kodeks deb yuritiladi), Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi 431-son “Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi qarori, mazkur Yoʻriqnoma va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“41. Qoidalarning buzilishiga doir ishlar Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimi (keyingi oʻrinlarda “E-maʻmuriy ish” tizimi deb yuritiladi) orqali elektron shaklda yuritiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Qoidalarni buzgan haydovchilarga nisbatan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda DYHXX deb yuritiladi) xodimi huquqbuzarlik sodir etilgan joyning oʻzida mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma (keyingi oʻrinlarda elektron shakldagi maʼmuriy bayonnoma deb yuritiladi) maxsus dasturiy taʼminot oʻrnatilgan mobil qurilma (keyingi oʻrinlarda planshet deb yuritiladi) yoki kompyuter yordamida “E-maʻmuriy ish” tizimi orqali rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shakldagi maʼmuriy bayonnoma “Fuqarolarning biometrik hujjatlari elektron tizimi” yoki daktiloskopik taqqoslash yoxud multibiometrik identifikatsiya qilish dasturlari (keyingi oʻrinlarda identifikatsiya tizimlari deb yuritiladi) orqali huquqbuzarning shaxsini aniqlagan holda elektron raqamli imzo yoki elektron grafik imzo hamda QR-kod (matritsa shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sodir etilgan huquqbuzarliklar keyinchalik aniqlanganda, maʼmuriy ishlar jabrlanuvchining arizasi bilan qoʻzgʻatilganda, shuningdek aloqa tarmogʻi mavjud boʻlmagan hududlarda yoki maʼmuriy ishni qogʻoz shaklida shakllantirishni taqozo etadigan holatlarda hujjatlar, shu jumladan mazkur Yoʻriqnomaning 11-ilovasiga muvofiq shaklda Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi haqida bayonnoma (keyingi oʻrinlarda qogʻoz shakldagi maʼmuriy bayonnoma deb yuritiladi) qogʻoz shaklida rasmiylashtirilib, huquqbuzarlik aniqlangan kunda pdf formatida skaner qilingan holda belgilangan tartibda “E-maʻmuriy ish” tizimiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidalarni buzgan haydovchilardan joyida jarima olish qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarlik maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda maʼmuriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori, yuridik shaxsga tegishli transport vositalaridan foydalanib sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik qayd etilgan taqdirda yuridik shaxsning transport vositalaridan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxsi tortiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Qoidalarning buzilishi toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan Kodeksning 138-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda (piyodalarning maʼmuriy huquqbuzarliklari) elektron yoki qogʻoz shakldagi maʼmuriy bayonnoma (keyingi oʻrinlarda maʼmuriy bayonnoma deb yuritiladi) tuzilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqbuzar piyodaga mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda jarima toʻlaganligi toʻgʻrisida kvitansiya beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqbuzar piyoda oʻziga solinadigan jarimaga eʼtiroz bildirsa yoki unga joyning oʻzida solinadigan jarimaning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan oshsa yoxud joyida jarima toʻlashga imkoni boʻlmaganda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiriladi va unga bu haqda yozib qoʻyiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “11-ilovasiga” degan soʻzlar “12-ilovasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari yoki avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar haqidagi maʼlumotlar (texnik ekspertiza xulosasi, oʻlchash vositalarining dalolatnomalari, log-fayllar va boshqa hujjatlar) elektron aloqa tarmogʻi orqali real vaqt rejimida “E-maʻmuriy ish” tizimiga konvertatsiya qilish yoʻli bilan taqdim etiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 8-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haydovchi belgilangan tezlikni oshirib yuborganda tezlikni oʻlchaydigan maxsus uskunalar va transport vositalari spidometrlari koʻrsatkichlaridagi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan jami xatolar hisobga olinib, ular qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr chegirib tashlangan holda maʼmuriy bayonnoma tuziladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh, xolisga tegishli boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlarning (familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan sanasi) planshet yoki kompyuter orqali elektron shakldagi maʼmuriy bayonnomaga toʻgʻri kiritilishiga DYHXX xodimi masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, DYHXX xodimi huquqbuzar, shuningdek guvohlar, xolislar va jabrlanuvchilarga elektron shakldagi maʼmuriy bayonnomani oʻzlarining elektron grafik imzosi yoki barmoq izi bilan tasdiqlashni taklif etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar huquqbuzar, jabrlanuvchi, guvoh, xolis Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki identifikatsiya tizimlari yordamida ularning shaxsini aniqlashning imkoni boʻlmasa, ularning yonida maʼlumotlar bazasiga kiritilmagan chet el pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, DYHXXning xodimi ushbu hujjatlarga asosan shaxsga doir maʼlumotlarni elektron tizimga qoʻlda kiritadi hamda uning toʻgʻri kiritilishiga shaxsan javob beradi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Maʼmuriy ishlarni planshet orqali yoki kompyuterda rasmiylashtirishda huquqbuzarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy ishning elektron shaklda rasmiylashtirilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarimani yoki zararni ixtiyoriy ravishda elektron toʻlov tizimlari, mobil ilovalar yoki bank kassalari orqali, ejarima.uz veb-sayti yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali toʻlashi mumkinligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarima yoki zararni oʻn besh kun muddatda ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, jarima summasining yetmish foizini toʻlashi mumkinligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kodeksning 294-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari tushuntiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12. DYHXX xodimi tomonidan maʼmuriy ish yuritishda planshetdan foydalangan holda audio, videoyozuvlardan hamda fotosuratlardan, shuningdek, boshqa maʼlumotlardan (texnik ekspertiza xulosasi, oʻlchash vositalarining dalolatnomalari va boshqa maxsus hujjatlar) iborat hujjatlar elektron shaklda qayd etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqaro oʻzi sodir etgan huquqbuzarlik faktiga eʼtiroz bildirib, maʼmuriy bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda planshetdan foydalangan holda maʼmuriy bayonnomaga yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqbuzar maʼmuriy bayonnomaning mazmuni yuzasidan unga ilova qilinadigan tushuntirish va mulohazalarini berishga, shuningdek mazkur bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqli. Bunda, DYHXX xodimi tomonidan guvohlar va (yoki) xolislar ishtirokida dalolatnoma tuziladi hamda huquqbuzarlik aniqlangan kunda pdf formatida skaner qilingan holda belgilangan tartibda “E-maʻmuriy ish” tizimiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro maʼmuriy bayonnomani imzolashdan hamda bu haqda izoh berish yoki tushuntirish berishdan bosh tortgan hollarda maʼmuriy bayonnoma guvohlar va (yoki) xolislar ishtirokida rasmiylashtiriladi. Bunda, mazkur talablarga rioya qilinmasdan rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnoma DYHXXning maʼmuriy amaliyot inspektori tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagi mazmundagi 151-152-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“151. Yoʻl-transport hodisasi haqida berilgan xabar yuzasidan DYHXX xodimi hodisa sodir boʻlgan joyga yetib kelganda yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 201 va 202-moddalariga muvofiq tuzilgan boʻlsa, DYHXX xodimi ushbu xabarnoma nusxasini olib bildirgi asosida ichki ishlar organlari navbatchilik qismiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani tuzish uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 201-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslardan istalgan bittasi mavjud boʻlmagan taqdirda DYHXX xodimi yoʻl-transport hodisasini umumiy tartibda rasmiylashtirib, toʻplangan hujjatlarni tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxsga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152. Yoʻl-transport hodisasiga doir maʼmuriy ish materiallari va maʼmuriy bayonnoma Kodeksning 282-moddasiga muvofiq belgilangan tartibda “E-maʻmuriy ish” tizimi orqali tegishli sudlarga yuboriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagi mazmundagi 161-162-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“161. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi DYHXX mansabdor shaxsi taraflarning yarashuvi munosabati bilan ishni sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ish materiallarini Kodeksning 3133-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni tomonlarning yarashuvi munosabati bilan tugatish maqsadida jabrlanuvchi yoxud uning qonuniy vakili yarashuv toʻgʻrisidagi arizani ishni DYHXX mansabdor shaxsi tomonidan koʻrib chiqish vaqtida, shuningdek sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud qaror chiqarguniga qadar berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada yetkazilgan zarar bartaraf etilgani, shuningdek yarashilganligi munosabati bilan maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi ish yuritilishini tugatish toʻgʻrisidagi iltimos koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ish boʻyicha bir necha jabrlanuvchi boʻlsa, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirda, yarashuv toʻgʻrisidagi ishni yuritish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX mansabdor shaxsi arizani qabul qilish chogʻida jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga, agar sud yarashuvni tasdiqlasa, u mazkur ish boʻyicha ish yuritishni qayta tiklash haqida iltimosnoma berish huquqini yoʻqotishini tushuntirishi shart.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“22. Qogʻoz shakldagi maʼmuriy bayonnomalar va jarima kvitansiyalari hamda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalarini buzilishi yuzasidan chiqarilgan jarima solish toʻgʻrisidagi qarorlarning blankalari qatʼiy hisobdagi hujjatlar hisoblanadi. Qogʻoz shakldagi maʼmuriy bayonnoma, jarima kvitansiyasi, talon, vaqtinchalik ruxsatnomaga yozuvlar aniq holda koʻk yoki qora rangli siyohlar (pasta) bilan qayd etiladi. Unda oʻchirib yozishga, tuzatishga yoki ilgari qayd etilgan yozuvlarni tuzatish, vositalar yordamida yoʻqotishga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 26-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“26. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar huquqbuzarlik sodir boʻlgan joyda koʻrib chiqiladi. Kodeksning 113-moddasining beshinchi qismida, 125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 1351, 136, 139, 140-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar transport vositalari roʻyxatga olingan joyda koʻrib chiqilishi ham mumkin.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 31-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ishni huquqbuzar yashaydigan joydagi Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“32. Vakolati doirasida maʼmuriy ishlarni koʻrib chiquvchi organlarga maʼmuriy ishlar bir ish kun ichida “E-maʻmuriy ish” tizimi orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy ish boʻyicha hujjatlarning kirimi va chiqimi hujjatlarni hisobga olish kitobiga qayd etiladi. Hujjatlarni hisobga olish kitobini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy bayonnomani rasmiylashtirgan mansabdor shaxs Kodeksga asosan mazkur maʼmuriy ishni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan taqdirda, ishni olgan kundan boshlab oʻn besh kunlik muddat ichida koʻrib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi va bu haqda fuqaroni xabardor etadi yoki qaror nusxasi u chiqarilgan paytdan boshlab uch kun ichida pochta xizmati orqali fuqaroning yashash manziliga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqbuzar maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni ejarima.uz veb-sayti yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali olishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar huquqbuzar oʻziga nisbatan chiqarilgan maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarordan norozi boʻlgan va sudga murojaat qilgan taqdirda, vakolatli organ maʼmuriy ish hujjatlarini “E-maʻmuriy ish” tizimi orqali tegishli sudga yuborilishini taʼminlaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kodeksning 54-moddasi ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida), 125-moddasining uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida, 1251-moddasining ikkinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 1286-moddasida (agar transport vositasining haydovchisi boʻlmasa va toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarining buzilishi yoʻl harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa), 131-moddasida, 135-moddasida (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi, haydovchilarning malaka oshirishdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikati yonida mavjud boʻlmaganligi hollari bundan mustasno), 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137-moddasida, 194-moddasida (ichki ishlar organi xodimining transport vositasini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qonuniy talabini bajarmaslik qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilganda, transport vositasi ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va maʼmuriy ish koʻrib chiqilgunga qadar ushlab turilishi mumkin. Bunda, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi ushlab qolinganligi haqidagi maʼlumot bayonnomaga qayd qilinadi va haydovchiga barcha hujjatlari qaytarib beriladi (Kodeksning 131 va 136-moddalari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan taqdirda transport vositasini ushlagan DYHXX xodimi oʻz vakolatlari doirasida haydovchini transport vositasini boshqarishdan chetlatish yuzasidan zarur xatti-harakatlarni amalga oshiradi, maʼmuriy bayonnomani rasmiylashtiradi, mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnomani tuzadi. Dalolatnoma uch nusxada tuzilib, birinchi nusxasi transport vositasini jarima maydonchasida saqlash uchun masʼul boʻlgan shaxsda qoldiriladi, ikkinchi nusxasi bayonnomaga biriktiladi, uchinchi nusxasi huquqbuzarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqargan vakolatli organ rahbari yoʻl harakati qoidalarining buzilishlari boʻyicha jarima solish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oltmish kun oʻtgach jarima solish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar transport vositalarini ushlab turish toʻgʻrisida yozma koʻrsatma beradi va bu haqda DYHXX safdagi Yoʻl-patrul xizmati boʻlim-boʻlinmalari shaxsiy tarkibi eʼtiboriga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasi ushlangan taqdirda faqat mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnoma tuziladi hamda jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar jarima maydonchasida ushlab turiladi. Dalolatnoma uch nusxada tuzilib, birinchi nusxasi transport vositasini jarima maydonchasida saqlash uchun masʼul boʻlgan shaxsda qoldiriladi, ikkinchi nusxasi DYHXX xodimida qoladi, uchinchi nusxasi huquqbuzarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasini olib chiqib ketishga faqat maʼmuriy ishni koʻrib chiquvchi mansabdor shaxs tomonidan ruxsat beriladi. Agarda maʼmuriy ish boʻyicha hujjatlar vakolati doirasida koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaxs)ga yuborilgan taqdirda, vaqtinchalik ushlab turilgan transport vositasini qoʻyib yuborish ularning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy ishni koʻrib chiqqan DYHXX xodimi mazkur Yoʻriqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada ruxsatnoma rasmiylashtiradi, imzolaydi va muhri bilan tasdiqlaydi hamda uning birinchi nusxasini huquqbuzarga beradi, ikkinchi nusxasini maʼmuriy bayonnomaga (jarima solish toʻgʻrisidagi qarorga) tikib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasini jarima maydonchasiga qoʻyish hamda chiqarish sud yoki DYHXX xodimi qarori (qoʻyishda — bayonnoma, chiqarishda — ruxsatnomasi) asosida “E-maʻmuriy ish” tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima maydoniga qoʻyilayotgan hamda chiqarilayotgan avtomototransport vositasi haqidagi maʼlumotlar jarima maydonining masʼul xodimi tomonidan ejarima.uz veb-saytiga kiritilishi shart. Bunda, jarima maydonining masʼul xodimi avtomototransport vositasini jarima maydoniga qoʻyishda ejarima.uz veb-sayti orqali oʻz shaxsiy kabinetidan foydalangan holda uning davlat raqamini kiritganda, avtomototransport vositasining asosiy rekvizitlari avtomatik ravishda toʻldiriladi, avtomototransport vositasining holati va boshqa tegishli rekvizitlari esa qoʻshimcha tarzda kiritiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. 39-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Alkogoldan, giyohvand moddadan yoki oʻzgacha tarzda mast boʻlgan holda transport vositasini boshqarish, tibbiy koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlash, svetoforning yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishoralariga boʻysunmaslik, ichki ishlar organi xodimining transport vositasini toʻxtatish haqidagi qonuniy talabini bajarmaslik, belgilangan tezlikni oshirish, temir yoʻlning oʻtish joylaridan oʻtish qoidalarini buzish, transport vositalarini quvib oʻtish qoidasini buzish, transport vositalari haydovchilarining toʻsqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining oʻtib ketishiga xalaqit berishi, yoʻlning qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan tomoniga yoki boʻlagiga yoʻl harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, avariya holatini keltirib chiqarish, odam tashish qoidalarini buzish, transport vositasini boshqarish vaqtida telefondan foydalanish (bundan telefondan quloqchinlar orqali va qoʻllarni ishlatmasdan turib soʻzlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish mustasno) yoki transport vositasi salonining old qismiga oʻrnatilgan monitordan (displeydan) tele-, videodasturlar tomosha qilish uchun foydalanish, yuk tashish, shatakka olish qoidalarini buzish, transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaxslarning shu vositalarni boshqarishi, boshqarish huquqi boʻlmagan shaxsga transport vositasini boshqarishning topshirilishi qoʻpol huquqbuzarliklar hisoblanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. 44-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“44. DYHXX mansabdor shaxsi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqib, shu ish yuzasidan “E-maʻmuriy ish” tizimi orqali mazkur Yoʻriqnomaning 13-ilovasiga muvofiq elektron shakldagi maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisida qaror chiqaradi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“47. Maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror elektron hujjat shaklida chiqariladi hamda ijro etish uchun huquqbuzarga yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqbuzar oʻziga nisbatan chiqarilgan maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarordan norozi boʻlgan taqdirda, ushbu maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkinligi haqida ogohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorning xos raqami va jarima miqdori haqidagi maʼlumotlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda huquqbuzarning ejarima.uz veb-saytidagi shaxsiy kabinetiga, “SMS” xabar orqali uning telefoniga yoki pochta xizmati orqali yashash manziliga yuboriladi. Huquqbuzarlik rasmiylashtirilayotgan joyda maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni chop etish imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda, qaror qogʻozda chop etilib, huquqbuzarga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqbuzar jarima toʻlovlarini toʻlaganidan soʻng toʻlov amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumotlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda huquqbuzarning ejarima.uz veb-saytidagi shaxsiy kabinetiga, “SMS” xabar orqali uning telefoniga yoki pochta xizmati orqali yashash manziliga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqbuzar qarorning ijro qilinganligi haqidagi toʻlov varaqasi (kvitansiya)ni ejarima.uz veb-sayti yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olishi mumkin.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. 50-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“50. Kodeksning 127-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilganda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, unga tovush chiqaruvchi yoki yorituvchi maxsus qurilma yoxud davlat raqam belgilarini koʻrish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga toʻsqinlik qiladigan ashyolar ilova qilinadi. Ushbu qurilmalar guvohlar ishtirokida yechib olinib, dalolatnoma tuziladi va huquqbuzarlik aniqlangan kunda pdf formatida skaner qilingan holda belgilangan tartibda “E-maʻmuriy ish” tizimiga kiritiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. 51-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan boʻlsa-yu, lekin huquqbuzarning harakatlarida maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlsa, maʼmuriy jazo chorasi jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida, agar Kodeksning 36-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar oʻtmagan boʻlsa, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. 56-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“56. Daxlsizlik huquqiga ega boʻlgan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish masalasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. IV bobning nomidagi “keltirish” degan soʻz “bildirish” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“58. Huquqbuzar oʻziga nisbatan chiqarilgan maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarordan norozi boʻlgan taqdirda, ushbu maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin. Shuningdek, maʼmuriy ish yuzasidan jabrlanuvchi va uning qonuniy vakili hamda advokatlar belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining qarori ustidan esa apellatsiya instansiyasi sudiga shikoyat berilishi mumkin.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Prokuror maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan DYHXX mansabdor shaxsi qarori ustidan — qaror chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) protest bildirishi mumkin.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. 73-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“73. Huquqbuzar jarimani Kodeksda belgilangan muddat ichida toʻlamagan taqdirda maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini amalga oshirish maqsadida ijro hujjatlari “E-maʻmuriy ish” tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy boʻlinmalariga taqdim etiladi, bunda jarimani ixtiyoriy toʻlash imkoniyati toʻgʻrisida huquqbuzarni xabardor qilgan holda unga maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorning topshirilganligi yoki yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ijro hujjatiga majburiy tartibda ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat berish ushbu qarorning ijrosini shikoyat koʻrib chiqilgunga qadar toʻxtatib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning protest bildirishi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qabul qilingan qaror ijrosini protest koʻrib chiqilgunga qadar toʻxtatib turadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. 74-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. 1 va 11-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 3 va 4-ilovalariga muvofiq tahrirdagi 12 va 13-ilovalar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. 7-ilovaning matnidagi “shaxsiy pasportingiz” degan soʻzlar “shaxsiy pasportingiz yoki identifikatsiya ID-kartangiz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. 8-ilovaning matnidagi “transport vositalarini toʻxtash joyi nomi” degan soʻzlar “Jarima maydonchasining nomi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. 9-ilovaning matnidagi “transport vositasi toʻxtash joyiga” degan soʻzlar “jarima maydonchasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. 13 va 15-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga

”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
11-ILOVA

3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
12-ILOVA

4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
13-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 10/22/2240-6/0930-son)