Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 21-apreldagi PQ-214-son qarori ijrosini taʼminlash hamda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
5. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga mazkur qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida, internet jahon axborot tarmogʻida keng yoritish tavsiya etilsin.
7. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 14-oktabr,
596-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 596-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 5-apreldagi 183-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimcha
3-ilova (Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom) quyidagi tahrirdagi 441-band bilan toʻldirilsin:
“441. Mehnatga layoqatli nogironligi boʻlgan ishsiz yoki ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitishni ragʻbatlantirish uchun har bir mehnatga layoqatli nogironligi boʻlgan ishsiz yoki ish qidirayotgan shaxs uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan kasb-hunarga oʻqish davrida har oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobari miqdorida ragʻbatlantirish toʻlovi toʻlab beriladi. Bunda:
aholining bandligiga koʻmaklashish markazlari nogironligi boʻlgan shaxslar uchun tavsiya etilgan kasblar va ularning qiziqishlaridan kelib chiqib, ularni kasb-hunarga oʻqitish maqsadida davlat yoki nodavlat taʼlim tashkilotlariga yoʻnaltiradi;
nogironligi boʻlgan shaxslarga ragʻbatlantirish toʻlovini toʻlash haqidagi maʼlumotlar “Bandlik xizmati” axborot tizimida aks ettiriladi;
ragʻbatlantirish toʻlovi oʻn ikki oylik davr ichida oʻqish davrining koʻpi bilan yigirma olti kalendar haftasi davomida Xalq banki va uning filiallari tomonidan tegishli qaydnomaga asosan toʻlab beriladi;
toʻliq boʻlmagan kalendar oy uchun toʻlov toʻlanishi kerak boʻlgan kalendar oydagi kunlar sonining toʻliq kalendar oydagi kunlar soniga mutanosib miqdorda toʻlanadi;
davlat yoki nodavlat taʼlim tashkiloti nogironligi boʻlgan shaxslarni oʻqishdan chetlatsa, bu haqda 3 kunlik muddatda aholini bandligiga koʻmaklashish markazlarini rasmiy ogohlantirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi;
aholini bandligiga koʻmaklashish markazlariga oʻqishdan chetlatilganlik toʻgʻrisida xat kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kunida ragʻbatlantirish toʻlovini toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
oʻquv kurslari uzrli sabablarga koʻra qoldirgan taqdirda ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻxtatilmaydi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/596/0923-son; 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)