07.10.2022 yildagi SQ-636-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati hokimining investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fargʻona viloyati hokimining investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotini eshitib, bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, viloyatda oʻzlashtirilayotgan xorijiy investitsiyalar miqdori yiliga oʻrtacha 50 foizlik oʻsishni tashkil etgan hamda respublikada 2-oʻrinni egallagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya dasturi loyihalari doirasida 2021-yilda jami 512 mln dollar miqdorida toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiya va kredit mablagʻlari oʻzlashtirilgan boʻlsa, 2022-yil yanvar — avgust oylarida ushbu koʻrsatkich 475 mln dollarga yetgan hamda oʻtgan yilning mos davriga (216 mln dollar) nisbatan 2,2 barobarga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib borilayotgan ishlar natijasida viloyatning investitsiyalar jalb etuvchanligi ham ortib bormoqda. Dunyoning eng nufuzli “S&P Global Rating” (AQSh) xalqaro reyting agentligi tomonidan viloyatning mustahkam moliyaviy indikatorlari va yuqori iqtisodiy salohiyati uchun “V+”, yaʼni “barqaror” darajasidagi kredit reytingi berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil yanvar — avgust oylari davomida viloyat delegatsiyalarining Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Eron, Pokiston, Germaniya, Avstriya, Tojikiston kabi mamlakatlarga tashriflari doirasida hududning investitsiyaviy, eksport, turizm salohiyati yuzasidan taqdimotlar oʻtkazilgan, 829 mln dollarlik 25 ta investitsiyaviy kelishuvga hamda umumiy qiymati 108,1 mln dollar boʻlgan 27 ta savdo shartnomasi imzolanishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda tuman va shaharlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda “drayver” yoʻnalishlar aniqlanib, hududiy investitsiya dasturi shakllantirilgan. Mazkur dastur doirasida 2021-yildan buyon qiymati 8,5 trln soʻmlik 1 778 ta loyiha amalga oshirilgan va 3 1 mingdan ziyod yangi ish oʻrinlari yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti boʻyicha respublikada 1-oʻrinni (respublika eksportining 32 foizi), sanoat mahsulotlari eksportida yillik oʻrtacha 20 foizlik oʻsish koʻrsatkichi bilan 3-oʻrinni egallagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2021-yilda jami 756,3 mln dollarlik eksport amalga oshirilib, 2020-yilga nisbatan 136 foizga oʻsish kuzatilgan. Joriy yilning yanvar — avgust oylarida 556,6 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilingan va ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 114,8 foizga ortgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hudud eksportchilari tomonidan 60 ta xorijiy davlatga 150 turdan ziyod mahsulotlar eksport qilingan boʻlib, uning qamrovi Gonduras, Kipr, Gonkong, Moldaviya davlatlari hisobiga kengaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qilinayotgan tovarlarni mahalliylashtirish maqsadida 2022-yilning yanvar — avgust oylarida 138 ta loyiha ishga tushirilgan va viloyatda 559,3 mlrd soʻmlik import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 67 ta kichik hamda 24 ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik, jami 91 ta sanoat zonasi tashkil etilgan boʻlib, joriy yilning 1-sentabr holatiga 1,4 trln soʻmlik 187 ta loyiha ishga tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil yakuniga koʻra viloyatda 37 199 ta tadbirkorlik subyekti roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, joriy yilning 1-sentabr holatiga ularning soni 46 738 tani tashkil etgani holda ushbu koʻrsatkich 25,6 foizga ortgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat yalpi hududiy mahsulotida tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ulushi oʻrtacha 67 foizni tashkil etib, ushbu sektorda 325 ming aholining bandligi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyatini toʻxtatgan tadbirkorlik subyektlarini tiklash boʻyicha olib borilgan ishlar natijasida 2021-yildan buyon qariyb 17 mingta tadbirkorlik subyekti faoliyati qayta tiklangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari murojaatlari asosida sudning hal qiluv qarorlari bilan 2021-yilda 1 484 ta, 2022-yil yanvar — avgust oylari davomida 671 ta ish boʻyicha tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, hokim yordamchilarining koʻmagi bilan joriy yilning yanvar — avgust oylarida 191,8 ming aholi bandligi taʼminlangan, 1,6 mingdan ortiq fuqarolarga 6,1 mlrd soʻmlik subsidiya mablagʻlari ajratilgan, 35,6 ming fuqaroga 4,8 ming gektar yer maydoni auksion savdolari orqali ijaraga berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, ushbu yoʻnalishlarda ayrim muammolar va kamchiliklar ham mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlardan undirilgan qoʻshimcha qiymat soligʻining belgilangan muddatda qaytarilmayotganligi ular faoliyatini rivojlantirishga, qoʻshimcha va munosib ish oʻrinlarini yaratishga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Hozirgi kunda viloyat boʻyicha 18 ta korxonaga 102,2 mlrd soʻmlik qoʻshimcha qiymat soligʻini qaytarish masalalari hal etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasining “A” va “V” nimzonalarini bogʻlovchi 900 metr temir yoʻl qurish ishlari boshlanmagan. Bu esa 40 dan ortiq korxonalarning yiliga 8 ming tonna xomashyo va ishlab chiqarilgan tayyor sanoat mahsulotlarini joylarga yetkazishda qiyinchiliklar keltirib chiqarishi bilan birga, ortiqcha sarf-xarajatlarga ham olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik sanoat hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududlaridagi boʻsh turgan yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish tartibi mavjud emasligi bois tadbirkorlarga oʻz loyihalarini amalga oshirishlari uchun yer ajratish masalasida muammolar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“BNBM Building Materialis Cental Asia” xorijiy korxonasi (Xitoy) bilan Fargʻona viloyati hokimligi oʻrtasida 2019-yilda imzolangan investitsiya shartnomasida gips karyerini begʻaraz ajratib berish belgilangan boʻlib, mazkur masala oʻz vaqtida ijobiy hal etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-271-sonli qaroriga asosan Rishton tumanidagi “Rus Uzbek Tex” MChJ qoʻshma korxonasiga 5,5 km elektr energiyasi tarmogʻi va transformator oʻrnatish, 3,5 km tabiiy gaz tarmogʻi va gaz taqsimlash punkti oʻrnatish, quduq qazish va suv tarmogʻini qurish, oqova suv tarmogʻini qurish ishlari boʻyicha masʼul tashkilotlar tomonidan amaliy ishlar boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rishton tumanining “drayveri” boʻlgan kulolchilik yoʻnalishida 700 ga yaqin korxonalar tomonidan eksportbop chinni mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun oyiga oʻrtacha 1 ming tonna yuqori navli AKS-30, AKF-78 markali kaolin moddasiga ehtiyoj mavjud boʻlib, bugungi kunda “Angren Kaolin” korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan ushbu mahsulotlar asosan eksportga yoʻnaltirilganligi bois chinni ishlab chiqaruvchilar xomashyoni qoʻshni mamlakatlardan import qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasidagi ip kalava ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotgacha boʻlgan bosqich yoʻlga qoʻyilgan “Molis” MChJda 6 ming va “Quva tekstil” korxonasida 15 ming tonnadan ziyod paxta tolasiga ehtiyoj mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun ushbu korxonalar taʼsischilari tomonidan paxta-toʻqimachilik mahsulotlarini klaster usulida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish taklifi bildirilgan. Bu, oʻz navbatida, klasterlar sonining ortishiga hamda sogʻlom raqobat muhiti yaratilishiga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshloq, Quva tumanlarida elektr taʼminotidagi uzilishlar tadbirkorlik subyektlaridagi ishlab chiqarish quvvatlari keskin kamayishiga, ayrim sanoat korxonalari esa ishlab chiqarish quvvatlarini boshqa hududlarga koʻchirishiga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi kichik sanoat hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini, toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash boʻyicha ishlar talab darajasida emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning 1-sentabr holatiga koʻra 54,2 km ichimlik va oqava suv tarmoqlarini, 90,5 km elektr energiyasi tarmogʻini, 25,5 km tabiiy gaz tarmogʻini, 5 km kirish yoʻllarini qurish ishlari boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalardagi ayrim hokim yordamchilarining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, subsidiya, kredit ajratilishiga koʻmaklashish borasidagi faoliyati talab darajasida emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan “Ayollar daftari”dagi ishsiz xotin-qizlarga umuman subsidiya va kredit mablagʻlari ajratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, sanoat zonalari faoliyatini samarali tashkil etish, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 102-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati hokimi X. Bozarovning investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisoboti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi raisi T. Madumarovning Fargʻona viloyatini oʻrganish yakunlari haqidagi axboroti (ilova etiladi) maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududlaridagi boʻsh turgan yer maydonlarini onlayn auksion savdolariga chiqarish tartibi ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-271-sonli qaroriga asosan Rishton tumanidagi “Rus Uzbek Tex” MChJ qoʻshma korxonasi uchun muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini oʻrnatish boʻyicha masʼul idora va tashkilotlar tomonidan amaliy ishlar boshlanishini taʼminlasin hamda ijrosini nazoratga olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil uchun tegishli manzilli dasturlarni shakllantirishda viloyatdagi qiymati 200 mlrd soʻmdan oshadigan va bunda investorning oʻz mablagʻlari ulushi 25 foizdan kam boʻlmagan loyihalarni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash masalasini inobatga olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“BNBM Building Materialis Cental Asia” xorijiy korxonasi va Fargʻona viloyati hokimligi oʻrtasidagi 2019-yilgi investitsiya shartnomasiga asosan yer ajratish masalasini koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasidagi “Molis” MChJ, shuningdek, “Quva tekstil” korxonasida tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish zanjirini toʻliq yaratish maqsadida paxta-toʻqimachilik klasterlarini tashkil etish masalasini oʻrganib chiqsin va natijasiga koʻra tegishli choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida umumlashtirilgan axborotni 2023-yilning 15-yanvariga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fargʻona viloyati hokimligi (X. Bozarov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatni oʻrganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ishlab chiqilgan va tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” ijrosini qatʼiy taʼminlab borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), “Hududiy elektr tarmoqlari” (U. Mustafoyev), “Hududgaztaʼminot” (B. Eshmuratov), “Oʻzsuvtaʼminot” (S. Saifnazarov) aksiyadorlik jamiyatlari, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (A. Abduvaliyev) bilan birgalikda ikki oy muddatda kichik sanoat hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalariga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini oʻrnatish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar bajarilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 15-dekabrga qadar Furqat tumanining “Qoʻqonboy”, Dangʻara tumanining “Tangriqul”, Qoʻshtepa tumanining “Sarmazor” mahallalari hududida kichik sanoat zonalari faoliyatini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil yakuniga qadar viloyat boʻyicha koʻchma savdo faoliyatini amalga oshirish uchun auksionga chiqarilgan yer maydonlariga loyihalar joylashtirilishini, joriy yil uchun rejalashtirilgan xizmat koʻrsatish obyektlari toʻliq ishga tushirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchilarining mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, subsidiya hamda kreditlar oʻz vaqtida ajratilishiga koʻmaklashish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirgan holda, ularga amaliy yordam koʻrsatib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida 2023-yilning 10-yanvariga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) viloyatdagi tadbirkorlik subyektlaridan undirilgan qoʻshimcha qiymat soligʻining belgilangan muddatda qaytarilishini taʼminlasin, bu borada masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan mansabdorlarga nisbatan oʻrnatilgan tartibda chora koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) bir oy muddatda tegishli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat tarkibda ishchi guruh tuzib, joyiga chiqqan holda, Rishton tumanidagi chinni mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning “Angren Kaolin” va shu kabi mahalliy korxonalardan yuqori navli AKS-30, AKF-78 markali kaolin moddasini sotib olish imkoniyatini yaratish, bunda ular uchun kvota ajratish masalasini oʻrganib chiqsin hamda natijasiga koʻra tegishli choralarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Transport vazirligi (I. Maxkamov) “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati (R. Joʻrayeva), Fargʻona viloyati hokimligi (X. Bozarov) bilan birgalikda bir oy muddatda Fargʻona xalqaro aeroportini davlat-xususiy sherikchilik asosida modernizatsiya qilish loyihasini oʻrganib chiqib, tegishli takliflar ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (X. Xasilov) bir oy muddatda “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasining “A” va “V” nimzonalarini bogʻlovchi 900 metr temir yoʻl qurilishi boʻyicha tegishli choralarni belgilasin hamda amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 15-dekabrgacha Toshloq, Quva tumanlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi “Sokin” nimstansiyasini rekonstruksiya qilish ishlarini yakuniga yetkazish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati hokimligi (X. Bozarov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Oblomuradov) bilan birgalikda quvvati 100 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun yer tanlash ishlarini yakuniga yetkazgan holda, tender hujjatlarini ishlab chiqish ishlarini tezlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tashqi ishlar vazirligi (V. Norov) Oʻzbekistonning hududlarga biriktirilgan diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda investitsiya loyihalarini jalb etishda ishonchli hamkorlarni topishga alohida eʼtibor qaratsin, xorijiy hamkorlar tomonidan belgilangan loyihalarning oʻz vaqtida ishga tushirilishiga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov) ikki hafta muddatda viloyatdagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlarga Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan subsidiya va kredit ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashiga viloyatni oʻrganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ijrosini har chorak yakunida tahliliy va tanqidiy muhokama qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tegishli vazirlik va idoralar belgilangan muddatda mazkur Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari ushbu Qarorda belgilangan vazifalarning tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ijro etilishini nazorat qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistop Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 7-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-636-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 7-oktabrdagi SQ-636-IV-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarni kompleks ravishda oʻrganish yakunlari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AXBOROT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 9 — 24-sentabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ishchi guruhi tomonidan Fargʻona viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish viloyatga investitsiya mablagʻlarini jalb etish va investitsiya loyihalarini ishga tushirish, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlash va turmush darajasini oshirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligini koʻrsatdi. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihalarini jalb etish hamda ijrosini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda oʻzlashtirilayotgan xorijiy investitsiyalar miqdori yiliga oʻrtacha 50 foizlik oʻsish surʼatlarini namoyish etib, bu borada respublikada 2-oʻrinni egallab kelmoqda. Bugungi kunda viloyatda roʻyxatdan oʻtgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 568 tani tashkil etib (369 tasi qoʻshma korxona, 199 tasi xorijiy korxona), ularning aksariyati Rossiya (133 ta), Xitoy (127 ta), Turkiya (63 ta), Janubiy Koreya (45 ta), Qirgʻiziston (41 ta) davlatlariga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan investitsiya dasturi loyihalari doirasida 2021-yilda jami 512 mln dollar miqdorida toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiya va kredit mablagʻlari oʻzlashtirilgan boʻlsa, 2022-yil yanvar — avgust oylarida ushbu koʻrsatkich 475 mln dollarni tashkil etgan hamda oʻtgan yilning mos davriga (216 mln dollar) nisbatan — 2,2 barobarga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yilda jami 505,7 mln dollar miqdorida toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiya va kredit mablagʻlari oʻzlashtirilishi belgilanib, yanvar — avgust oylari uchun belgilangan reja 196 foizga bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72-sonli qaroriga asosan viloyatda joriy yilda umumiy qiymati 358,2 mln dollar boʻlgan 16 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi loyiha foydalanishga qabul qilinishi belgilangan boʻlib, yanvar — avgust oylarida qiymati 23 mln dollar boʻlgan 5 ta loyiha foydalanishga topshirilgan va 735 ta yangi ish oʻrni yaratilgan, qolgan loyihalar yil yakunigacha ishga tushirilishi kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida viloyatning investitsiyaviy jozibadorligi ham ortib bormoqda. Dunyoning eng nufuzli “S&P Global Rating” (AQSh) xalqaro reyting agentligi tomonidan viloyatning mustahkam moliyaviy indikatorlari va yuqori iqtisodiy salohiyati uchun “V+”, yaʼni “barqaror” darajasidagi kredit reytingi berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 3-iyun kuni eʼlon qilingan “S&P Global Ratings” hisobotida viloyat budjetining yuqori koʻrsatkichlari hamda tijoriy qarzdorlikning mavjud emasligi alohida eʼtirof etilib, kelgusi uch yil davomida viloyat budjeti oshirib bajarilishi bashorat qilingan (mazkur xalqaro reyting agentligi tomonidan Turkiya, Baxrayn, Iordaniya kabi mamlakatlar kredit reytinglari ham V+ darajasida baholangan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalarning xorijiy hamkorlari istiqomat qilishlari uchun qulay va xalqaro standartga javob beradigan shart-sharoitlar yaratish maqsadida hududlarda yirik yashash massivlari barpo etilmoqda. Xususan, Bogʻdod tumani “Guliston” mahallasida yirik yashash massivi foydalanishga topshirilgan, Fargʻona shahrining “Aeroport” hududida “Eko shahar” qurilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatga xorijiy kredit liniyalarini keng jalb qilish maqsadida xalqaro moliyaviy institutlar (Jahon banki, Landesbank, KFW va ODDO Osiyo taraqqiyot banki kabi) bilan yaqin aloqalar yoʻlga qoʻyilgan, natijada qator investitsiyaviy loyihalar uchun imtiyozli kredit liniya mablagʻlarini oʻzlashtirish va grantlarni jalb qilish choralari koʻrilgan. Xususan, joriy yilning yanvar — avgust oylari mobaynida jami 759 ta loyiha uchun 107,8 mln dollar davlat kafolatisiz jalb qilingan xorijiy kreditlar oʻzlashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish boʻyicha xalqaro moliya institutlari hisobidan amalga oshiriladigan 75,8 mln dollarlik 204 ta loyiha shakllantirilib, joriy yilning 1-sentabr holatiga 75 ta loyiha uchun 23,7 mln dollarlik kredit resurslari oʻzlashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatning investitsiyaviy jozibadorligini keng targʻib qilish, xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalar bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida viloyat hokimligi tashabbusi bilan “FarMadadlnvest” guruhi tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur guruh tomonidan 13 ta xorijiy davlatdagi 100 dan ortiq yirik kompaniyalarga investitsiyaviy hamkorlik boʻyicha takliflar yuborilgan, viloyatning eksport salohiyatini keng targʻib qilish maqsadida Rossiya, Germaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, AQSh, Turkiya, Pokiston va Hindiston davlatlari importyorlari bilan muzokaralar olib borilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarning ixtisosligidan kelib chiqqan holda, yangi hamkorlik yoʻnalishlari konsepsiyalari ishlab chiqilgan va xorijiy kompaniyalar bilan amaliy ishlar boshlangan, masalan, Hindiston, Pokiston, Irlandiyaning nufuzli mevani qayta ishlovchi va tekstil mahsulotlarini import qiluvchi korxonalariga Quva tumani ixtisosligi yuzasidan takliflar yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning xorijdagi elchixonalari koʻmagi bilan Singapur, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Isroil tadbirkorlari ishtirokida onlayn va oflayn taqdimotlar, vebinarlar tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilda viloyat hokimi va oʻrinbosarlari boshchiligidagi delegatsiyalarning Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Eron, Pokiston, Germaniya, Avstriya, Tojikiston davlatlariga tashriflari amalga oshirilib, viloyatning investitsiyaviy, eksport, turizm salohiyati taqdimotlari oʻtkazilgan, tashriflar natijasida 829 mln dollar boʻlgan 25 ta investitsiyaviy kelishuvga hamda umumiy qiymati 108,1 mln dollar boʻlgan 27 ta savdo shartnomasi imzolanishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Janubiy Koreya bilan umumiy qiymati 355 mln dollar boʻlgan 6 ta investitsiyaviy kelishuv doirasida joriy yilning 1-sentabr holatiga 13,11 mln dollar miqdoridagi toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya oʻzlashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy marketing usullaridan foydalangan holda, hududlarning investitsion salohiyatidan kelib chiqib, ularning investitsiyaviy jozibadorligini yoritib beruvchi maxsus veb-sahifalar (masalan, www.investinkokand.uz kabi) tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy investitsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda tuman va shaharlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda aniqlangan “drayver” yoʻnalishlariga asoslangan hududiy investitsiya dasturi shakllantirilgan. Mazkur dastur doirasida 2021-yilda qiymati 5,3 trln soʻmlik 1 ming 183 ta (sanoat tarmogʻida 393 ta, xizmat koʻrsatish sohasida 523 ta, qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida 267 ta) loyiha ishga tushirilgan va natijada 20 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yilda umumiy qiymati 10,2 trln soʻmlik 896 ta loyihani ishga tushirish belgilangan boʻlib, yanvar — avgust oylarida qiymati 3,2 trln soʻm boʻlgan 595 ta loyiha amalga oshirilgan (hududiy investitsiya dasturi doirasida 2,2 trln soʻmlik 392 ta loyiha, qoʻshimcha ravishda 1 trln soʻmlik 203 ta loyiha) va qariyb 11 mingta yangi ish oʻrni yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarning ixtisoslashuvini, tabiiy va iqtisodiy resurslaridan kelib chiqqan holda “drayver” yoʻnalishlarini aniqlab borish, mahallalar boʻyicha loyihalarni shakllantirish maqsadida tashkil qilingan “loyiha guruhlari” tomonidan ijtimoiy ahamiyatdagi investitsiya loyihalarini shakllantirish yoʻlga qoʻyilgan. Bugungi kunda 717 ta loyiha takliflari shakllantirilib, umumiy qiymati 3,2 trln soʻmdan ziyod boʻlgan 387 ta loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilab olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchkoʻprik tumanida “yengil sanoat mahsulotlari”, Rishton tumanida “keramika buyumlari”, Bogʻdod tumanida “mebel va yogʻoch mahsulotlari”, Dangʻara tumanida “elektrotexnika mahsulotlari”, Furqat tumanida “yogʻoch oʻymakorligi mahsulotlari” ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat va savdo komplekslari barpo etilgan, Buvayda tumanida “mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish”, Toshloq tumanida “qoʻy junini qayta ishlash”, Qoʻshtepa tumanida “charm-poyafzal ishlab chiqarish” boʻyicha ixtisoslashgan sanoat va savdo komplekslarini barpo etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarning iqlimi va joylashuvidan kelib chiqib, Oltiariq tumanida “meva-sabzavotchilik”, Quva tumanida “koʻchatchilik”, Oʻzbekiston tumanida “qurilish materiallari ishlab chiqarish” klasterlari tashkil etilgan, Fargʻona tumanida “malinachilik”, Yozyovon tumanida “limonchilik”, Qoʻqon shahrida “zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish” boʻyicha klasterlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksportni oshirish, import mahsulotlarni mahalliylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti boʻyicha respublikada 1-oʻrinni (respublika eksportining 32 foizi), sanoat mahsulotlari eksportida 3-oʻrinni egallagani holda, yiliga oʻrtacha 20 foizlik oʻsish surʼatlarini namoyish etib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2021-yilda jami 756,3 mln dollarlik (sanoat mahsulotlari 541,8 mln dollar, meva-sabzavot mahsulotlari 214,5 mln dollar) eksport amalga oshirilib, 2020-yilga nisbatan 136 foizga oʻsish kuzatilgan. Joriy yilning yanvar — avgust oylarida 556,6 mln dollarlik mahsulotlar (sanoat mahsulotlari 408,6 mln dollar, meva-sabzavot mahsulotlari 148,0 mln dollar) eksport qilingan va ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 114,8 foizga ortgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat eksportyorlari tomonidan 60 ta xorijiy davlatga 150 dan ziyod turdagi mahsulotlar eksport qilingan boʻlib, eksport geografiyasi Gonduras, Kipr, Gongkong, Moldaviya davlatlari hisobiga kengaygan (asosiy hamkorlar Rossiya — 132,7 mln dollar), Turkiya — 64,4 mln dollar, Xitoy — 41,6 mln dollar, Qirgʻiziston — 31,6 mln dollar, Afgʻoniston — 23,5 mln dollar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda eksportyor korxonalarni qoʻllab-quvvatlash, muammo va takliflari boʻyicha tezkor choralar koʻrib borish maqsadida tashkil etilgan “Eksport shtabi” tomonidan 2021-yilda 73 ta eksportyor korxonaga 39,2 mlrd soʻmlik transport xarajatlari kompensatsiya qilinishiga, 98 ta eksportyor korxonaga 1 trln 491,3 mlrd soʻm miqdorida kredit ajratilishiga, 93 ta eksportyor korxonaga 148,6 mlrd soʻmlik ortiqcha toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi qaytarilishiga amaliy yordam koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, joriy yilning yanvar — avgust oylarida 189 ta eksportyor korxonaga transport xarajatlari uchun jami 48,7 mlrd soʻm mablagʻ kompensatsiya qilib berilishiga, 50 ta eksportyorga 338,4 mlrd soʻm kredit ajratilishiga, 269 ta eksportyorga 200,8 mlrd soʻm miqdorida qoʻshimcha qiymat soligʻi qaytarilishiga yordam koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksportyor korxonalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligining moliyaviy resurslaridan faol foydalanib kelinmoqda. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 ta eksportyor korxonaga eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun 7 ta tijorat bankiga 6,7 mln dollar moliyaviy resurs ajratilgan, natijada mazkur eksportyor korxonalar tomonidan 14,8 mln dollar miqdorida eksport amalga oshirilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92 ta eksportyor korxonaga mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismini qoplab berish boʻyicha 48,1 mlrd soʻm miqdorida kompensatsiya toʻlab berilgan, ushbu korxonalar tomonidan umumiy qiymati 146,1 mln dollarga teng mahsulotlar 20 dan ziyod davlatlarga eksport qilingan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29 ta eksportyorga xalqaro standart va sertifikatni joriy qilish boʻyicha 5 mlrd soʻmlik moliyaviy yordam koʻrsatilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportyorlarga 5 ming 892 ta fitosanitar sertifikati, 8 ming 275 ta tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni rasmiylashtirish bilan bogʻliq 2,5 mlrd soʻmlik xarajatlar qoplab berilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23 ta eksportyor korxonaga garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda 4 mlrd soʻmlik sugʻurta mukofoti xarajatlari qoplab berilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48 ta eksportyorga xorijiy davlatlarda koʻrgazma-yarmarka tadbirlarini tashkil etish uchun 3,1 mlrd soʻmlik moliyaviy yordam koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatga import qilinayotgan asosiy tovarlarni mahalliylashtirish maqsadida 2022-yilda umumiy qiymati 948,7 mlrd soʻm boʻlgan 144 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan boʻlib, yanvar — avgust oylarida 138 ta loyiha ishga tushirilgan va 559,3 mlrd soʻmlik import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilgan, natijada 50,8 mln dollardan ortiq xorijiy valyutaning tejalishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat zonalarining faoliyat samaradorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi PF-4931-sonli Farmoniga asosan tashkil etilgan “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi (4 ta hudud, 713,7 gektar) hududiga umumiy qiymati 570 mln dollar boʻlgan 107 ta investitsiya loyihasi joylashtirilgan, investitsiyalarning 192 mln dollari xorijiy hamkorlar va kredit mablagʻlari, 349 mln dollari mahalliy investorlarning oʻz mablagʻlari hisobiga toʻgʻri keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda “Qoʻqon” EIZdagi 57 ta sanoat korxonasi tomonidan umumiy qiymati 1 trln 700 mlrd soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 57,7 mln dollari miqdoridagi mahsulotlar eksportga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning yanvar — avgust oylarida qiymati 25,3 mln dollar boʻlgan 11 ta yangi loyiha foydalanishga topshirilgan, hududdagi 68 ta sanoat korxonasi tomonidan umumiy qiymati 1 trln 696 mlrd soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 67,7 mln dollar miqdoridagi mahsulotlar eksportga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, umumiy qiymati 347 mln dollar boʻlgan 39 ta loyiha boʻyicha tarmoq jadvallariga asosan qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda, ushbu loyihalar ishga tushishi natijasida qariyb 6 mingta ish oʻrni yaratilishi, 8 trln 720 mlrd soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi, 602,6 mln dollarlik mahsulotlar eksportga yoʻnaltirilishi kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda umumiy yer maydoni 801,2 gektarni tashkil etuvchi 67 ta kichik hamda 24 ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik — jami 91 ta sanoat zonasi tashkil etilgan boʻlib, qiymati 5,6 trln soʻm boʻlgan 704 ta loyiha joylashtirilgan, joriy yilning 1-sentabr holatiga 1,4 trln soʻmlik 187 ta loyiha ishga tushirilgan hamda 6 ming 382 nafar aholining bandligi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur sanoat zonalaridagi korxonalar tomonidan 2021-yilda 684,2 mlrd soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 33,1 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilingan boʻlsa, joriy yilning yanvar — avgust oylarida ishlab chiqarilgan 596,2 mlrd soʻmlik mahsulotlarning 78 foizi (42,8 mln dollar) eksport qilinishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil yakuniga koʻra, viloyatda 37 ming 199 ta tadbirkorlik subyekti roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, joriy yilning 1-sentabr holatiga ularning soni 46 ming 738 tani tashkil etgani holda ushbu koʻrsatkich 25,6 foizga ortgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda viloyat yalpi hududiy mahsulotida tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ulushi 67 foizni tashkil etmoqda. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sanoatdagi ulushi 38,6 foizni, xizmat koʻrsatish sohasida 68,8 foizni, qurilishda 89 foizni, qishloq xoʻjaligida esa 96,2 foizni tashkil etmoqda. Tadbirkorlik subyektlarida viloyatdagi 325 ming nafar aholining bandligi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil yakuniga koʻra, tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq tushumlari 2 trln 531,9 mlrd soʻmni tashkil etgan boʻlsa, soliq tizimini takomillashtirish, biznesga soliq yukini kamaytirish, tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlar natijasida 2021-yilda 3 trln 242,4 mlrd soʻm soliq tushumlari tushgan. Ushbu koʻrsatkich 2022-yil yanvar — avgust oylarida qariyb 3 trln soʻmni tashkil etib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 40 foizga ortgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgarishlarga koʻra, maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining avvalgi imtiyozlari saqlab qolinishi hisobiga 80 ta tadbirkorlik subyekti ixtiyorida qariyb 23 mlrd soʻm mablagʻ qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga asosan 2022-yil 1-yanvardan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobarga kamaytirilganligi hisobiga joriy yilning yanvar — avgust oylarida 16,7 mlrd soʻm mablagʻ 135 ta korxonaning ixtiyorida qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-sentabrdagi “Eksportchi korxonalarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6306-sonli Farmoni asosida viloyatdagi 138 ta eksportyor korxonaning tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorliklariga nisbatan qoʻllanilgan 116,2 mlrd soʻm moliyaviy jarimalarni undirish hamda 783 ta subyektning mavjud qarzdorliklariga nisbatan sanksiyalar qoʻllash muddati 2021-yil 31-dekabrga qadar kechiktirilgan, natijada 269 ta subyekt tomonidan 23,7 mln dollar miqdoridagi muddati oʻtgan debitor qarzdorliklar qisqartirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-yanvardan tadbirkorlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha hisobot topshirish bilan birga undagi farqni qaytarish tizimining joriy etilganligi natijasida joriy yil yanvar — avgust oylari davomida 50 ga yaqin tadbirkor uchun qoʻshimcha vaqt va ortiqcha sarsongarchiliksiz qoʻshilgan qiymat soligʻidan 45,7 mlrd soʻm mablagʻlarni qaytarib olish imkoniyati yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyatini toʻxtatgan tadbirkorlik subyektlarini tiklash boʻyicha olib borilgan ishlar natijasida 2021-yilda 7 ming 754 ta, 2022-yilning yanvar — avgust oylarida 9 ming 205 ta tadbirkorlik subyekti faoliyati qayta tiklangan va 9 ming 426 ta yangi ish oʻrni yaratilgan. Viloyat boʻyicha 1 ming 60 ta davlat norasmiy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari tegishli tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2021-yilda 7 ming 101 nafar tadbirkorga 7,3 trln soʻm (2020-yilga nisbatan 136 foiz), 2022-yil yanvar — avgust oylarida esa 4 ming 479 nafar tadbirkorga 7,1 trln soʻm (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 165 foiz) kredit ajratilgan. Ushbu kreditlarning 4 trln soʻmi sanoat salohiyatini oshirishga, 2 trln soʻmi xizmat koʻrsatish sohasiga, 1,1 trln soʻmi qishloq xoʻjaligi boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida tikuvchilik, qandolatchilik, ixcham issiqxonalar tashkil etish, xizmat koʻrsatish, hunarmandchilik kabi yoʻnalishlar uchun 2021-yilda 830 mlrd soʻm, 2022-yil yanvar — avgust oylarida 675 mlrd soʻm miqdorida kreditlar ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan viloyatdagi 1 ming 282 nafar tadbirkorga ajratilgan 2,1 trln soʻmlik kreditlar uchun 700 mlrd soʻmlik kafillik xizmatlari, 3 ming 874 nafar tadbirkorga ajratilgan 3,4 trln soʻmlik kreditlar uchun 402 mlrd soʻmlik kompensatsiya xizmatlari koʻrsatilgan, bu esa 34,8 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilishiga zamin yaratgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-sonli qaroriga asosan, viloyatda tashkil etilishi belgilangan 22 ta markaziy koʻchada 837 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan 250,5 mlrd soʻmlik (oʻz mablagʻi 199,2 mlrd soʻm, bank krediti 51,3 mlrd soʻm) loyihalarni amalga oshirish belgilangan boʻlib, 1-sentabr holatiga 312,1 mlrd soʻmlik 773 ta xizmat koʻrsatish loyihasi ishga tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻsh turgan bino-inshootlar hamda ijtimoiy soha obyektlaridagi foydalanilmasdan turgan yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida auksion savdolariga chiqarilgan davlat mulki obyektlaridan 2021-yilda 126 tasi, 2022-yil yanvar — avgust oylarida esa 53 tasi sotilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, investitsiya majburiyati bilan sotilgan obyektlardan 2021-yilda 90 tasi, joriy yilning 1-sentabriga kadar 69 tasi kiritilgan 92,5 mlrd soʻm miqdoridagi investitsiya hisobiga toʻliq ishga tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yil boshidan oʻtkazilgan xatlov natijasida aniqlangan 5 ming 523 ta (198,9 gektar) boʻsh yer uchastkasi tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun auksion savdolariga chiqarilib, 1-sentabr holatiga koʻra 34,5 mlrd soʻmlik 482 ta (25,3 gektar) boʻsh yer maydoni sotilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda umumiy maydoni 441 ming kv metr boʻlgan boʻsh turgan davlat mulklari boʻyicha 18,1 mlrd soʻm qiymatda 1 ming 780 ta ijara shartnomasi rasmiylashtirilgan, natijada 3 ming 260 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlarga koʻmaklashish, ularning muammolarini tezkorlik bilan hal etish maqsadida viloyat hokimining tashabbusi bilan 2020-yil yakunida har bir tuman va shaharda “Tadbirkorlar Kengashi” tashkil etilgan boʻlib, oʻtgan davr mobaynida tadbirkorlardan kelib tushgan 1 ming 477 ta murojaatning 97 foizi (1 433 ta) hal etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yildan buyon tadbirkorlik subyektlaridan yer uchastkalarining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlar uchun 10 mlrd 637 mln soʻm (shundan 2021-yilda 48 ta tadbirkorlik subyektiga 5 mlrd 347 mln soʻm, 2022-yilning yanvar — avgust oylarida 35 ta tadbirkorlik subyektiga 5 mlrd 290 mln soʻm) toʻlab berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi sudlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari murojaatlari asosida sudning hal qiluv qarorlari bilan 2021-yil 1 ming 484 ta (maʼmuriy sudlarda 141 ta, iqtisodiy sudlarda 1 ming 343 ta), 2022-yil yanvar — avgust oylari davomida 671 ta (maʼmuriy sudlarda 88 ta, iqtisodiy sudlarda 583 ta) ish boʻyicha tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahallabay” ishlash tizimi orqali tadbirkorlikni rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahallabay” ishlash tizimi orqali kambagʻallikni qisqartirish, respublika, viloyat, tuman (shahar) darajasida koʻrsatiladigan davlat xizmatlari va moliyaviy mexanizmlarni bevosita mahallalarga tushirish maqsadida 2022-yil 1-yanvardan har bir mahallada taʼsis etilgan hokim yordamchilari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlash va mavjud muammolarni bartaraf etish borasida ijobiy ishlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning 1-choragida viloyatdagi 762,1 ming xonadonda 3,9 mln nafar aholi toʻliq xatlovdan oʻtkazilib, 4 ta toifaga ajratilgan, har bir mahallaning drayveri aniqlab olingan (228 tasi bogʻdorchilikka,190 tasi dehqonchilikka, 120 tasi chorvachilikka, 165 tasi xizmat koʻrsatish va savdoga, 110 tasi kichik ishlab chiqarishga, 93 tasi issiqxonachilikka, 79 tasi hunarmandchilikka va 73 tasi boshqa yoʻnalishlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim yordamchilarining amaliy yordami bilan joriy yilning yanvar — avgust oylari davomida 191,8 ming nafar aholi bandligi taʼminlangan, shu jumladan, 3,5 mingga yaqin fuqarolar mahalla ixtisoslashuvidan kelib chiqib 11 nafar “yetakchi” tadbirkorga biriktirilgan va bandligi taʼminlangan, 1,6 mingdan ortiq fuqarolarga 6,1 mlrd soʻmlik subsidiyalar ajratilgan, 35,6 ming nafar fuqaroga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan 4,8 ming gektar yer maydoni auksion savdolari orqali ijaraga berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida tikuvchilik, qandolatchilik, kichik issiqxonalar tashkil etish, xizmat koʻrsatish, hunarmandchilik kabi yoʻnalishlar uchun 2022-yilning yanvar — avgust oylarida 675 mlrd soʻm miqdorida kreditlar ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim yordamchilari tomonidan 1 ming 502 ta yangi loyiha tashkil etilib, 4 ming 120 ta yangi ish oʻrni yaratilgan, 120 ta korxona faoliyatining kengaytirilishiga, 37 ta korxona quvvatlari tiklanishiga, 158 ta binodan samarali foydalanilishiga koʻmaklashilgan. Masalan, Uchkoʻprik tumanining “Boboshbek” mahallasida 15 gektar yer maydonida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, logistika va savdo kompleksi tashkil etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, viloyatni oʻrganish davomida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, sanoat zonalari faoliyatini samarali tashkil etish, mahallalarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash borasida ayrim muammo va kamchiliklar mavjudligi ham kuzatildi. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika darajasida hal etiladigan masalalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tadbirkorlardan undirilgan qoʻshimcha qiymat soligʻining belgilangan muddatda qaytmayotganligi ular faoliyatini rivojlantirishga, qoʻshimcha va munosib ish oʻrinlari yaratilishiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Hozirgi kunda viloyat boʻyicha 18 ta korxonaga 102,2 mlrd soʻmlik qoʻshimcha qiymat soligʻini qaytarish masalalari hal etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birgina, Qoʻshtepa tumanidagi “Global Textile” korxonasida 14,4 mlrd soʻm qarzdorlik mavjud, bu esa korxonaning yangi investitsiyaviy loyihalarni belgilangan muddatda ishga tushirishiga salbiy taʼsir oʻtkazmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-13-may kunlari Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan yigʻilishning 43-sonli bayonida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga joriy yilda “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasining “A” va “V” nimzonalarini bogʻlovchi 900 metr temir yoʻl qurilishini yakuniga yetkazish boʻyicha topshiriq berilgan. Ammo bugungi kunga qadar mazkur temir yoʻl qurilishini tashkil etish ishlari boshlanmagan. Bu esa oʻz navbatida “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasining “V” nimzonasida joylashgan 40 dan ortiq korxonalarning yiliga 8 ming tonna xomashyo va ishlab chiqarilgan tayyor sanoat mahsulotlarini joylarga yetkazishda qiyinchiliklar keltirib chiqarishi bilan birga, ortiqcha sarf-xarajatlarga ham olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kichik sanoat hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududlaridagi boʻsh turgan yer maydonlarini onlayn auksion savdolariga chiqarish tartibi mavjud emasligi tadbirkorlarga oʻz loyihalarini amalga oshirishlari uchun yer maydonlari ajratilishida muammolar keltirib chiqarmoqda. Masalan, Quva tumanida 21,5 gektar yer maydoniga ega 2 ta kichik sanoat hamda 1 ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasidagi 66 lotga tegishli qarorlar asosida umumiy qiymati 51,1 mlrd soʻm boʻlgan 45 ta loyiha joylashtirilgan, ammo 8 gektar yer maydonidagi 72 lot boʻsh turibdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Gipsokarton ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “BNBM Building Materialis Cental Asia” xorijiy korxonasi (Xitoyning toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyasi, loyiha quvvati 30 mln dollar) bilan Fargʻona viloyati hokimligi oʻrtasida 2019-yilda imzolangan investitsiya shartnomasiga asosan 60 gektar gips karyerini begʻaraz ajratib berish belgilangan boʻlib, mazkur masala oʻz vaqtida ijobiy hal etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PQ-6243-sonli qaroriga asosan hokimlarning yer uchastkalarini ajratishiga oid norma bekor qilinib, faqat auksion orqali berilishi belgilanganligi sababli ushbu yer maydonini hokim qarori bilan xorijiy korxonaga ajratib berish imkoniyati mavjud emas. Oʻz oʻrnida ushbu xorijiy korxona investitsiya shartnomasida koʻrsatilgan majburiyatni bajarishni talab etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-271-sonli qaroriga asosan Rishton tumanidagi “Rus Uzbek Tex” MChJ qoʻshma korxonasiga 5,5 km elektr energiyasi tarmogʻi va transformator oʻrnatish, 3,5 km tabiiy gaz tarmogʻi va gaz taqsimlash punkti oʻrnatish, quduq qazish va suv tarmogʻini qurish, oqova suv tarmogʻini qurish ishlari boʻyicha masʼul tashkilotlar tomonidan amaliy ishlar boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Rishton tumanining “drayveri” boʻlgan kulolchilik yoʻnalishida chinni mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi 700 ga yaqin korxonalar mavjud boʻlib, ularning uzluksiz faoliyat yuritishi uchun oyiga oʻrtacha 1 ming tonna yuqori navli AKS-30, AKGʻ-78 markali kaolin moddasiga ehtiyoj mavjud. Bugungi kunda “Angren Kaolin” korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan ushbu mahsulotlar asosan eksportga yoʻnaltirilganligi bois chinni ishlab chiqaruvchilar korxonadan toʻgʻridan toʻgʻri sotib olish imkoniga ega emas, bu esa ular tomonidan tayyorlanayotgan eksportbop chinni mahsulotlari sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda, shu bois tadbirkorlar bugungi kunda ushbu xomashyoni qoʻshni davlatlardan import qilishga majbur boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasidagi “Molis” MChJ, shuningdek “Quva tekstil” korxonasida tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish zanjirida ip kalava ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha boʻlgan bosqich yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, tegishliligicha 6 ming va 15 ming tonnadan ziyod paxta tolasiga ehtiyoj mavjud. Ushbu korxonalar taʼsischilari tomonidan korxonalarni paxta toʻqimachilik mahsulotlarni klaster usulida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish taklifi bildirilmoqda, bu oʻz oʻrnida muayyan tumanlarda paxta-toʻqimachilik klasterlari sonining ortishiga va sogʻlom raqobat muhiti yaratilishiga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kuz-qish oylarida elektr taʼminotidagi uzilishlar Toshloq, Quva tumanlaridagi tadbirkorlik subyektlari uchun asosiy muammolardan biri boʻlib, bu oʻz navbatida, ishlab chiqarish quvvatlari keskin kamayishiga, ayrim sanoat korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini boshqa hududlarga olib chiqib ketishiga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, Toshloq tumanidagi “MNG” armatura ishlab chiqarish korxonasi zarur 16 ming quvvatdagi elektr taʼminotini taʼminlab berish imkoniyati boʻlmaganligi sababli ishlab chiqarish quvvatining 60 foizini Toshkent viloyatiga koʻchirgan. Quva tumanidagi xorijiy investitsiya asosida tashkil etilgan “Salataviya” korxonasining trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi Fargʻona shahridagi kichik sanoat zonasiga koʻchirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy, sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-271-sonli qaroriga muvofiq maxsus iqtisodiy, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash tadbirlarining manzilli roʻyxatlari tasdiqlangan boʻlib, 2022-yilda viloyat boʻyicha jami 136 ta tadbir uchun 203,4 mlrd soʻm mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yil 1-sentabr holatiga koʻra, ayrim tadbirlar boshlanmagan, xususan, 23 ta kichik sanoat zonasi hamda 17 ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida umumiy summasi 41,2 mlrd soʻmlik 54,2 km ichimlik va oqava suv tarmoqlarini, umumiy summasi 57,6 mlrd soʻmlik 90,5 km elektr energiyasi tarmogʻini, umumiy summasi 13,3 mlrd soʻm boʻlgan 25,5 km tabiiy gaz tarmogʻini, umumiy summasi 11,4 mlrd soʻmlik 5 km kirish yoʻllarini qurish ishlari boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kichik sanoat zonalariga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari yetib bormaganligi sababli hududiy investitsiya dasturiga kiritilgan 16 ta loyiha belgilangan muddatda ishga tushmaslik xavfi mavjud. Masalan, Toshloq tumani “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasidagi “Mng-Groups” MChJ tomonidan qiymati 25,8 mlrd soʻm boʻlgan “Metall armatura, temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi uchun oʻz vaqtida ishga tushmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muhandislik-kommunikatsiya boʻyicha qurilish-taʼmirlash ishlari boshlanmaganligi bois 1 ta kichik sanoat hamda 3 ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida tadbirkorlik subyektlari tomonidan loyihalar amalga oshirilmagan (Oʻzbekiston tumani “Shoʻrsuv” mahallasi, Bogʻdod tumani “Obod yurt” mahallasi, Soʻx tumani “Hazrat Ali” mahallasi, Fargʻona tumani “Yuqori Archa” mahallasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Furqat tumanining “Qoʻqonboy”, Dangʻara tumanining “Tangriqul”, Qoʻshtepa tumanining “Sarmazor” mahallalari hududida 2022-yilda yangidan faoliyati yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan kichik sanoat zonalari shu kunga qadar tashkil etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston tumani hududida joylashgan Qoʻqon shahar yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasiga zarur kommunikatsiya tarmoqlarini tortish ishlari oxiriga yetkazilmaganligi sababli hududdagi 60 ta tadbirkorlik subyektidan bor-yoʻgʻi 6 tasi ishga tushirilgan, hududga ichimlik suvi, tabiiy gaz tarmoqlarini tortish ishlari oxiriga yetkazilmagan, yoʻl qurilishi boshlanmagan, natijada 2,5 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish ishlari oxiriga yetkazilmagan. Tumanda 2021-yilda tashkil etilgan “Shoʻrsuv” kichik sanoat zonasida ham kommunikatsiya ishlari shu kunga qadar boshlanmaganligi sababli hududdagi 60 gektar yer maydoniga tadbirkorlarni jalb etish imkoniyati mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi qarori bilan Oltiariq tumanida tashkil etilgan “Oltiariq” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasidagi 8 gektar yer maydoni 56 nafar yosh tadbirkorga berilgan boʻlib, kommunikatsiya ishlari amalga oshirilmaganligi bois ularning birortasi oʻz faoliyatini boshlamagan, natijada 1 ming 166 ta yangi ish oʻrni oʻz muddatida yaratilmagan, shuningdek 34 nafar tadbirkor oʻz loyihasini ushbu hududda amalga oshirishni rad etgan va loyihani toʻxtatib qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshloq tumanidagi 119,2 gektar yer maydoniga ega 7 ta kichik sanoat zonasida 62 gektar yer maydoni 47 nafar tadbirkorga belgilangan tartibda berilgan boʻlib, shu kunga qadar kommunikatsiya tarmoqlarini tortish bilan bogʻliq ishlar oxiriga yetkazilmaganligi sababli bor-yoʻgʻi 4 ta loyiha foydalanishga topshirilgan, xolos, vaholanki, ushbu tadbirkorlar yer maydoni ijarasi uchun yiliga 1,8 mlrd mablagʻ toʻlab kelmoqda. 2019-yilda tashkil etilgan “Guzarboshi” kichik sanoat zonasida kommunikatsiya ishlari bajarilmaganligi bois 20 ta loyiha tashabbuskorlar tomonidan rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi “Kelajak” kichik sanoat zonasida infuzion eritmasini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Zamin Aziya farm” farmatsevtika korxonasida qurilish ishlari yakunlangan va jihozlar olib kelinmoqda, ammo hududga tabiiy gaz quvuri tortib kelinmaganligi sababli korxonani ishga tushirish imkoniyati mavjud emas. “Yoshlar” kichik sanoat zonasidagi muzqaymoq ishlab chiqarishga moʻljallangan “Ice milk bif” korxonasi 387 ming dollar miqdoridagi kredit mablagʻi hisobiga toʻliq tayyor holga keltirilgan, ammo hududga elektr tarmogʻi oʻz vaqtida tortilmaganligi sababli ishga tushirilmagan, tadbirkor esa kredit mablagʻlarini qaytarishda moliyaviy muammolarga duch kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston tumani “Tagob” MFYdagi “Moderna sement indastri” sement zavodida chiqindi bugʻlarini filtrlovchi avtomatlashtirilgan nazorat moslamasi oʻrnatilmaganligi ekologiyani ifloslantirish bilan birga, hududdagi aholi va tadbirkorlik subyektlarining eʼtiroziga sabab boʻlmoqda. Natijada hududda yangi ishga tushayotgan ishlab chiqarish korxonalariga xodimlarni ishga jalb qilishda muammolar tugʻilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshirilayotgan yangi loyihalarni inobatga olgan holda, hududdagi korxonalarda ishlayotgan xodimlarning ish joylariga qatnashi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida jamoat transporti qatnovini yaxshilash talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, ushbu hududda faoliyat yuritayotgan korxonalardagi vakant ish oʻrinlari 400 tani tashkil etadi, yil yakuniga qadar yangi korxonalarning ishga tushishi hisobiga qoʻshimcha 2,1 mingta yangi ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilgan. Bu kabi holatlarni viloyatdagi boshqa iqtisodiy zonalarda ham kuzatish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tijorat banklari tomonidan 15,6 mlrd soʻm kredit mablagʻlari ajratilishi kechikishi natijasida investitsiya dasturlariga kiritilgan 9 ta loyiha belgilangan muddatda amalga oshirilmasligi ehtimoli yuqori. Masalan, Fargʻona tumanidagi “Mirko” MChJ tomonidan bazalt tola va sendvich panel ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish boʻyicha Xitoydan zamonaviy dastgohlar keltirilgan, korxonaning toʻliq quvvatda ish boshlashini taʼminlash maqsadida aylanma mablagʻ uchun 500 ming dollar miqdorida kredit ajratish masalasini hal etish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Fargʻona tumani “Vodil” qishlogʻidagi jami 800 gektardan ortiq maydonda malinaning “Vladimir”, “Spolox”, “Barnaulskaya”, “Babye leto” kabi navlari yetishtiriladi, ammo ushbu mahalliy navlarning hosildorligi past boʻlib, malina import qiluvchi davlatlar tomonidan mahalliy malina navlari oʻrniga yuqori hosildor va eksportbop navlarni yetishtirish takliflari bildirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda mavjud sharoitdan kelib chiqib, malinachilikni yanada rivojlantirish va yuqori hosil olish maqsadida malinaning yangi hosildor navlarini Belorussiya, Polsha va Turkiya davlatlaridan olib kelish va koʻpaytirish choralarini koʻrish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijdagi diplomatik vakolatxonalar loyihalari boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Eronning “MR Fish Nolding So.” kompaniyasi ishtirokida 2022-yilda Margʻilon shahrida qiymati 5 mln dollar boʻlgan toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiya asosida Baliqlarga yem ishlab chiqaradigan korxonani barpo etish belgilangan. Loyiha qiymati 3,2 mln dollarni tashkil etib, shundan bank krediti 2,7 mln dollar hamda 500 ming dollar eronlik fuqarosi Shafiy Gulamreza mablagʻlari hisobiga ishga tushirilishi rejalashtirilgan boʻlib, bank kredit ajratishni rad etganligi sababli loyiha ishga tushirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2022-2023-yillarda Koreya Respublikasining “EduLink Global” kompaniyasi hamkorligida Fargʻona shahrida qiymati 2 mln dollar boʻlgan toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiya asosida Janubiy Koreya tajribasini qoʻllagan holda, bolalar bogʻchasi va oʻquv markazini barpo etish belgilangan boʻlib, bugungi kunda faqatgina Fargʻona viloyati hokimligi va “EduLink Global” oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolangan, xolos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2022-2023-yillarda Koreya Respublikasining “Creves Crops So. Ltd.” kompaniyasi ishtirokida Bogʻdod tumanida qiymati 5 mln dollar boʻlgan toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiya asosida Oziq-ovqat yogʻini ishlab chiqarish uchun oʻsimliklarni yetishtirish belgilangan boʻlib (kelishuv 2019-yilda imzolangan) Koreya tomonidan 200 gektar yer maydoniga ekish uchun urugʻlik olib kelingan, ammo yer maydoni oʻz vaqtida ajratib berilmaganligi sababli xorijiy investor tomonidan loyiha rad etilgan (30 gektar yer maydoni 2021-yil noyabr oyida ajratilgan boʻlsa-da, urugʻ ekish vaqti avgust-sentyabr oylari boʻlganligi bois ekilmagan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlar sohasini rivojlantirish borasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-sonli qaroriga asosan Fargʻona shahridagi Soʻlim (Sh. Rashidov) koʻchasida 60 ta servis obyektini joylashtirish belgilangan boʻlib, amalda birorta ham obyekt ishga tushirilmagan va 120 ta yangi ish oʻrni yaratilmasdan qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilda viloyatda 5 ming 784 ta yangi xizmat koʻrsatish obyektini ishga tushirish rejalashtirilgan boʻlib, 1-sentabr holatiga koʻra, reja 43,2 foizga (2 ming 499 ta) bajarilgan. Ushbu koʻrsatkich Fargʻona tumanida 14,6 foizni, Uchkoʻprik tumanida 28,2 foizni, Oltiariq tumanida 30 foizni, Dangʻara tumanida 32,6 foizni, Rishton tumanida 35,3 foizni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat boʻyicha koʻchma savdo faoliyatini amalga oshirish uchun 3 ming 870 ta yer maydoni auksionga chiqarilgan boʻlib, shundan bor-yoʻgʻi 649 tasi (16,8 foiz) boʻyicha gʻolib aniqlangan. Xususan, Yozyovon tumanida auksionga chiqarilgan yer maydonining 2,9 foizida (102 tadan 3 tasi), Dangʻara tumanida 3,8 foizida (235 tadan 9 tasi), Soʻx tumanida 4 foizida (100 tadan 4 tasi), Oʻzbekiston tumanida 4,8 foizida (103 tadan 5 tasi), Bogʻdod tumanida 6,4 foizida (125 tadan 8 tasi) gʻoliblar aniqlangan, xolos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oltiariq tumanida 2 ta, Fargʻona shahrida 4 ta, Qoʻqon shahrida 3 ta nodavlat umumtaʼlim maktabini qurish, Fargʻona shahrida 2 ta, Qoʻqon shahrida 1 ta, Fargʻona tumanida 1 ta nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasini qurish uchun yer maydonini auksionga chiqarish belgilangan boʻlsa-da, amalda faqat Fargʻona shahrida 1 ta maktab qurish uchun yer maydoni auksionga chiqarilgan, qolgan yerlar auksionga chiqarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish boʻyicha Fargʻona shahrida 55 ta, Yozyovon tumanida 51 ta, Fargʻona tumanida 46 ta yer maydoni auksionga chiqarilgan boʻlib, shu kunga qadar birorta yer maydoni sotilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalardagi hokim yordamchilarining faoliyati boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoʻshtepa tumani “Qiyqi” MFYdagi hokim yordamchisining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash boʻyicha 2022-yil uchun “yoʻl xaritasi” aniq va manzilli ishlab chiqilmagan, belgilangan tadbirlarning ijrosi toʻliq taʼminlanmagan. Masalan, mahalladagi bitta oilaga sugʻorish vositalarini xarid qilish, ikkita oilaga urugʻlik va koʻchat sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 — 10 barobari miqdorida subsidiya ajratish ishlari oxiriga yetkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim yordamchisiga subsidiya ajratish boʻyicha jami 15 ta ariza kelib tushgan boʻlib, ularning 12 tasiga hokim yordamchisi tomonidan tavsiyanoma berilgan va tuman markazining roziligi berilgan, ammo viloyat mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan 40 kundan beri xulosa berish masalasi koʻrib chiqilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, hokim yordamchisiga kredit ajratish boʻyicha 140 ta ariza kelib tushgan boʻlib, shundan 10 tasi boʻyicha arizani koʻrib chiqish muddati buzilgan (5 kun muddatda koʻrib chiqilishi belgilangan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshloq tumani “Yangi yoʻl” MFYda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash ishlari yetarli emas. Masalan, ayrim fuqarolarga hokim yordamchisi tomonidan mart oyida kredit olish uchun tavsiyanoma berilgan, ammo shu kunga qadar kredit mablagʻlari ajratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim yordamchisining yillik “yoʻl xaritasi”dagi ayrim topshiriqlar oʻz muddatida bajarilmagan. Masalan, “Yangi yoʻl” mahallasidagi 8 ta oilaga sugʻorish vositalari xarid qilish uchun, 8 ta oilaga urugʻlik va koʻchat sotib olish uchun, 5 ta oilaga qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kirish uchun subsidiya ajratilmaganligi bois mazkur oilalarda tadbirkorlik faoliyati yoʻlga qoʻyilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Uchkoʻprik tumani “Puchugʻoy” MFYda hokim yordamchisi tomonidan 2022-yil 21-avgustda fuqaro A. Abdusattorovga imtiyozli kredit olish uchun onlayn ariza yuborilgan va ijobiy hal etilgan, 24-avgustda taʼminotchi va fuqaro oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida taʼminotchi tomonidan mahsulot yetkazib borilgan, ammo tuman Xalq banki tomonidan kredit mablagʻi shu kunga qadar taʼminotchiga oʻtkazib berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oltiariq tumani “Doʻstlik” MFYda yashovchi 15 nafar fuqaroga imtiyozli kredit olish maqsadida berilgan hokim yordamchisining tavsiyasi Respublika komissiyasi tomonidan rad qilingan boʻlsa-da, shu kunga qadar 450 mln soʻm mablagʻ hokim yordamchisi tavsiyasiga koʻra ajratilishi belgilangan kredit limitiga qaytarilmagan, natijada boshqa fuqarolarning imtiyozli kredit olish imkoniyati cheklanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar tadbirkorligiga koʻmaklashish yoʻnalishida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyat boʻyicha “Ayollar daftari”ga kiritilgan 3 ming 268 nafar xotin-qizlarga kredit ajratilishi belgilangan boʻlib, 1-sentabr holatiga 2 ming 733 nafariga kredit ajratilgan. Kredit ajratish koʻrsatkichi Qoʻqon shahrida 25 foizga, Fargʻona shahrida 49 foizga bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Ayollar daftari”dagi kredit olish istagida boʻlgan xotin-qizlarning bor-yoʻgʻi 25 foizi (828 nafar) tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitilgan, xolos, bu borada Oʻzbekiston, Uchkoʻprik, Bogʻdod, Beshariq, Buvayda, Yozyovon, Oltiariq, Qoʻshtepa, Rishton tumanlari va Qoʻqon, Margʻilon, Quvasoy shaharlarida yetarli ishlar olib borilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan “Ayollar daftari”dagi ishsiz xotin-qizlarga umuman subsidiya va kredit ajratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoʻshtepa tumani “Qiyqi”, Toshloq tumani “Yangiyoʻl” mahallalarida “Ayollar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan xotin-qizlarning muammolari toʻliq hal etilmagan. Xususan, “Qiyqi” mahallasida “Ayollar daftariga” kiritilgan subsidiya olish uchun murojaat etgan 5 nafar xotin-qizdan 1 nafariga subsidiya ajratilgan, xolos. Tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagidagi 9 nafar xotin-qizdan 3 nafariga kredit ajratilgan. “Yangiyoʻl” mahallasidagi subsidiya olish uchun murojaat etgan 9 nafar ishsiz xotin-qizdan birortasiga subsidiya ajratib berilmagan.