07.09.2021 yildagi PF-6306-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksportchi korxonalarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikamizning eksport salohiyatini oshirish, eksportchi korxonalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, milliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlash va valyuta tushumlarini koʻpaytirish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita oʻrganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish boʻyicha 2021-yil 20-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6091-son Farmoni va 2021-yil 13-iyuldagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-5184-son qaroriga asosan eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan Eksportni ragʻbatlantirish agentligi huzuridagi Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga 200 million AQSh dollari ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligining 2021-yil 1-oktabrdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan yillik eksport hajmi (shu jumladan “reeksport” bojxona rejimida olib chiqilgan qayta ishlash mahsulotlari) hajmi 20 million AQSh dollaridan oshgan korxonalarga eksport (shu jumladan qayta ishlash mahsulotlari reeksporti) bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun tijorat banklari orqali bir martalik moliyaviy resurslar 5 million AQSh dollarigacha miqdorda hamda bir yilgacha muddatga taqdim etilishi;
(2-bandninug ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PF-115-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 06/22/115/0344-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi oʻn ikki oy davomida 1 million AQSh dollaridan ortiq tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan korxonalarga asosiy va yordamchi ishlab chiqarishi uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar olib kirishda bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha foiz hisoblanmagan hamda ularning toʻlanishini taʼminlash talab etilmagan holda 120 kunga toʻlovni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatini uzaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan jarimalar qoʻllanilishi, shuningdek, ushbu Farmon kuchga kirguniga qadar qoʻllanilgan jarimalar undirilishi 2021-yil 31-dekabrga qadar toʻxtatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgustdagi PF-140-sonli Farmoniga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 06/23/140/0618-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan korxonalarga eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun tijorat banklari orqali bir martalik moliyaviy resurslar taqdim etish tartibini tasdiqlash va oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (S.U. Umurzakov) ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan tijorat banklariga eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun bir martalik moliyaviy resurslar taqdim etish tartibiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yevropa mamlakatlariga qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan mahsulotlarni eksport qilishda hamda “reeksport” bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqishda transport xarajatlarining 50 foizini kompensatsiya qilish tizimini bir yil muddatga joriy etsin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PF-115-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 06/22/115/0344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgustdagi PF-140-sonli Farmoniga asosan 2024-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 06/23/140/0618-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, tariq (TIF TN kodlari 1008 21 000 0, 1008 29 000 0), quritilgan dukkakli ekinlardan olingan un va kukun (TIF TN kodi 1106 10 000 0), meva va yongʻoqlardan olingan un va kukun (TIF TN kodi 1106 30 900 0) eksporti uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi ruxsati talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 7-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-6306-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-sentabrdagi PF-6306-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar eksport qilinishini ragʻbatlantirish va raqobatdoshligini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5286-son Farmoni 1-ilovasining rus tilidagi matnida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

3.

Zerno: pshenitsa, roj, yachmen, oves, kukuruza, ris, grechixa

gruppa 10 (krome 1008 21 000 0, 1008 29 000 0)

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

4.

Muka, krupa

1101 00 — 1106 (krome 1106 10 000 0, 1106 30 900 0)

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6042-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-banddagi “Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi” soʻzlari “Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-ilovaning nomidagi “Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi” soʻzlari “Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6091-son Farmoni 5-bandining uchinchi xatboshisi “1 million AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda” soʻzlaridan keyin “(yillik eksport hajmi 20 million AQSh dollaridan oshgan eksport qiluvchi korxonalarga 5 million AQSh dollarigacha ekvivalentda)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2021-y., 06/21/6306/0852-son, 26.04.2022-y., 06/22/115/0344-son; 16.08.2023-y., 06/23/140/0618-son)