30.09.2022 yildagi 556-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 1-maydagi PF-71-son Farmoni bilan Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 14-martdagi PQ-126-son qaroriga 3-ilovada nazarda tutilgan uyushmalarning Davlat budjeti mablagʻlari, bojxona boji, yigʻimlari va boshqa majburiy toʻlovlardan shakllanadigan mablagʻlarini ularning manbalari va foydalanish yoʻnalishlarini saqlab qolgan holda, qoldiq mablagʻlari bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida hisobvaragʻi yuritiladigan Tarmoqlarni koʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) oʻtkazilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiya loyihalari amalga oshirilishini yanada ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-yanvardagi 18-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 30-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
556-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 556-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10 foizi, biroq 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda Jamgʻarma hisobidan subsidiyalash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar — boʻyalgan mato va/yoki aralash gazlama va/yoki boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish yoʻnalishida amalga oshirilgan loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya — boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini qaytarmaslik sharti bilan Jamgʻarma hisobidan ajratiladigan mablagʻ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya oluvchilar — boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshiradigan tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskunalar — boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarishda ishlatiladigan, avval ishlatilmagan, ishlab chiqarish muddati “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan kungacha uch yildan oshmagan uskunalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Subsidiya ajratish shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Subsidiya loyihalarni amalga oshirgan tashkilotlarga loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar import qiymatining (Bojxona yuk deklaratsiyasining 42-grafasi) 10 foizi, biroq 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur loyihalar doirasida yangi uskunalar xarid qilingan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni foydalanishga topshirish dalolatnomasi mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarida amalga oshirilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskuna loyihani amalga oshirgan korxona tomonidan import subsidiya oluvchi korxona “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi aʼzo boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda amalga oshirilgan boʻlishi lozim (Bunda uskunalar 2022-yil 1-fevraldan oldin “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan boʻlishi mumkin, biroq uskunalar 2022-yil 1-fevraldan keyin foydalanishga topshirilgan boʻlishi lozim).
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Subsidiya ajratish uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash boʻyicha subsidiya oluvchilarning arizalari ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Subsidiya olish uchun subsidiya oluvchilar “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan shakllarga muvofiq toʻldirilgan ariza va anketa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid shartnomalari va (yoki) vositachilik shartnomalari hamda ular boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk xatlari va (yoki) bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskunalar yangiligini tasdiqlovchi hujjatlar (uskuna pasporti, muvofiqlik/kelib chiqish sertifikatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni foydalanishga topshirish dalolatnomasi nusxasi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Subsidiya oluvchidan ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Subsidiya oluvchi tomonidan subsidiya olish uchun ariza va tegishli hujjatlar Kompaniyaning elektron platformasi orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza boʻyicha qabul qilingan qaror haqida subsidiya oluvchi elektron shaklda xabardor qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Arizada subsidiya oluvchining elektron manzili koʻrsatilganligi uning arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror haqida elektron platforma orqali elektron shaklda xabarnoma olishga boʻlgan roziligi hisoblanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tegishli hujjatlar Kompaniyaga subsidiya oluvchi tomonidan elektron platforma orqali elektron shaklda taqdim etilgandan keyin ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq emasligi aniqlangan taqdirda, Kompaniya uch ish kuni ichida eksport qiluvchi tashkilotga yetishmagan hujjatlar bilan birga qayta murojaat qilishi haqida elektron shaklda xabar yuboradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Nizomning 5-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilgan arizalar Kompaniya tomonidan 5 ish kuni mobaynida koʻrib chiqilib, Savdo-sanoat palatasiga hamda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga 1 ish kuni mobaynida yuboriladi va ular tomonidan 7 ish kuni davomida subsidiya ajratish yuzasidan ushbu Nizom talablariga mos kelishi boʻyicha tegishli xulosa taqdim qilinadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kompaniya tomonidan 1 ish kuni mobaynida Savdo-sanoat palatasi hamda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining xulosalari asosida subsidiya ajratish boʻyicha qaror qabul qilinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kompaniya tomonidan 1 ish kuni mobaynida subsidiya oluvchilarga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bildirishnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda subsidiya oluvchining arizasini koʻrib chiqib ijobiy qaror qabul qilingan arizalar boʻyicha Kompaniya tomonidan bazaviy hisoblashning 1 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya oluvchi tomonidan 30 ish kuni mobaynida Kompaniyaning bank hisobvaragʻiga toʻlov toʻlanmagan taqdirda, subsidiya ajratish boʻyicha qabul qilingan ijobiy qaror ijrosiz qoldiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Subsidiya ajratishni rad etish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar subsidiya oluvchilarga subsidiya ajratishni rad etish uchun asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya oluvchilar va ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizom 3-bandida belgilangan shartlarga yoki ularning biriga nomuvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatish holatlari aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilmagan asoslarga koʻra subsidiya oluvchilarga subsidiya ajratish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Subsidiya oluvchilar subsidiya ajratilishini rad etish toʻgʻrisidagi qarorni (xulosani) olgandan soʻng rad etish asoslarini bartaraf etgan holda, subsidiya olish uchun Kompaniyaga ariza bilan qayta murojaat qilishga haqli.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Subsidiya oluvchilar subsidiya ajratilishini rad etish toʻgʻrisidagi qarordan (xulosadan) norozi boʻlgan taqdirda, sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Subsidiya toʻlovlarini amalga oshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kompaniya subsidiya ajratish boʻyicha ijobiy qaror qabul qilingan kundan keyin 1 ish kuni ichida subsidiya ajratish boʻyicha Savdo-sanoat palatasiga buyurtmanoma yuboradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Savdo-sanoat palatasi Kompaniyaning buyurtmanomasiga asosan Jamgʻarmaga shu maqsad uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida buyurtmanoma kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida subsidiya oluvchining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Chet el valyutasida xarid qilingan uskunalar xarajatlari uchun subsidiya milliy valyutada ajratiladi. Chet el valyutasida xarid qilingan uskunalarning milliy valyutadagi qiymati uskunalarning bojxonada “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tegishli valyuta kursi boʻyicha hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Subsidiya ajratish boʻyicha yuzaga keladigan kelishmovchiliklar tomonlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishmovchiliklarni muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilishning iloji boʻlmaganda, sud tartibida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya oluvchi taqdim qilingan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Masʼul ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Subsidiya oluvchi

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJga (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) subsidiya olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim qilgan holda murojaat qiladi:

ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan shakllarga muvofiq toʻldirilgan ariza va anketa;

xarid shartnomalari va (yoki) vositachilik shartnomalari hamda ular boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;

yuk xatlari va (yoki) bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi;

uskunalar yangiligini tasdiqlovchi hujjatlar (uskuna pasporti, muvofiqlik/kelib chiqish sertifikatlari);

loyihalarni foydalanishga topshirish dalolatnomasi nusxasi.

Loyiha ishga tushgandan keyin subsidiya oluvchining ixtiyoriga koʻra

2-bosqich

Kompaniya

Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.

5 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Kompaniya

Koʻrib chiqilgan hujjatlarni Savdo-sanoat palatasi va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga yuboradi hamda ularning subsidiya ajratish yuzasidan tegishli xulosasini oladi.

7 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Kompaniya

Savdo-sanoat palatasi hamda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining xulosasi asosida subsidiya ajratish boʻyicha qaror qabul qiladi.

1 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Kompaniya

Subsidiya oluvchilarga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bildirishnoma yuboradi.

Subsidiya ajratish boʻyicha Savdo-sanoat palatasiga buyurtmanoma kiritadi.

1 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Savdo-sanoat palatasi

Subsidiya oluvchilarning bankdagi hisobvaragʻiga tegishli subsidiyani oʻtkazib beradi.

Buyurtmanoma kelib tushgan kundan boshlab

3 ish kuni mobaynida

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJga ___________________________ dan

Ariza

__________________________________ (subsidiya oluvchi nomi) (loyiha yoʻnalishi: boʻyalgan mato, aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish) loyiha(si)lari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini kompensatsiya qilib berish masalasini koʻrib chiqishingizni va tegishli subsidiyani ________________________ bankidagi ___________________________ hisobvaragʻiga oʻtkazib berishingizni soʻrayman.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinmoqda:

1. Anketa;

2. (Nizomga muvofiq ilova qilinadigan boshqa hujjatlar nomi koʻrsatiladi).

______________ rahbari

_________________________

(F.I.O.)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini subsidiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Anketa

1.

Yuridik shaxsning toʻliq nomi:

2.

Joylashgan joyi:

(pochta manzili)

3.

STIR raqami:

4.

Bank rekvizitlari:

(bank boʻlimi nomi, MFO va hisobvaragʻi)

5.

Tashkilot rahbari (F.I.O.)

6.

Telefon raqami:

7.

Elektron pochta manzili:

8.

Tashkilot tashkil topgan yil:

9.

Tashkilotda ishlovchilar soni:

10.

Oʻrnatilgan asbob-uskunalarning yillik ishlab chiqarish quvvati — mahsulot turlari boʻyicha: (miqdori):

1.

2.

...

11.

Amalga oshirilgan loyiha yoʻnalishi (boʻyalgan mato, aralash yoki boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish)

12.

Loyiha amalga oshirilgan sana

13.

Asbob-uskunalar qiymati

14.

Asbob-uskunalar xaridi boʻyicha shartnoma va toʻlov hujjatlari (sanasi va raqami)

15.

Asbob-uskunalar nomi, uni ishlab chiqargan davlat

16.

Asbob-uskunalar ishlab chiqarilgan sana

17.

Asbob-uskunalar import qilingan sana

18.

Loyihani foydalanishga topshirish dalolatnomasi (sanasi va raqami)

____________ rahbari

__________________

(F.I.O.)

Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-yanvardagi 18-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 556-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 31-modda) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom paxta tolasini birja savdolarida mahalliy isteʼmolchilarga sotish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi — paxta tolasini ishlab chiqaruvchi, shuningdek, chet eldan import hisobidan sotish uchun olib keluvchi va birja savdolari orqali sotuvchi tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridor — qayta ishlash quvvatlariga ega boʻlgan respublika toʻqimachilik korxonalari, shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlari hisobga olingan holda, oʻz mahsulotini qayta ishlashda paxta tolasidan foydalanish zarurligi munosabati bilan yuridik shaxs tashkil etgan boshqa tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja bitimi — birja savdolarining natijasi boʻyicha tuzilgan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan birja tovari oldi-sotdi shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja aʼzolari — birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish hamda dilerlar va brokerlar sifatida birja bitimlarini tuzish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diler — birja bitimlarini oʻz nomidan va hisobidan tuzuvchi yuridik shaxs, birja aʼzosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
broker — mijozning (sotuvchi yoki xaridorning) topshirigʻiga asosan va uning hisobidan birja bitimlarini tuzuvchi yuridik shaxs, birja aʼzosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
treyder — birja aʼzosi nomidan birja savdolarida ishtirok etuvchi va birja bitimlarini tuzish huquqiga ega birja aʼzosi xodimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolarining elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — BSET) — birja aʼzolariga aniq vaqt rejimida birja savdolarida ishtirok etish imkoniyatini beradigan, dasturiy-apparat vositalari majmuini oʻz ichiga olgan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda — HKKP) — kliring elektron tizimi orqali birja bitimlari (keyingi oʻrinlarda — bitim) boʻyicha kliring, hisob-kitob va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishni taʼminlovchi birjaning tarkibiy boʻlinmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avans — sotuvchi va xaridor tomonidan kiritiladigan, birja vositachilik yigʻimini va tomonlarning zakalatini oʻz ichiga oladigan summa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Birja savdolarida paxta tolasi uni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, shuningdek, paxta tolasini ichki bozorda sotish uchun chet eldan import hisobiga olib keladigan tashkilotlar (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari yoki norezidentlari) tomonidan sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qayta ishlash quvvatlariga ega boʻlgan respublika korxonalari birja savdolarida paxta tolasi xaridorlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish quvvatlari hisobga olingan holda, oʻz mahsulotini qayta ishlashda paxta tolasidan foydalanish zarurligi munosabati bilan yuridik shaxs tashkil etgan boshqa tashkilotlar ham xaridor sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini qayta ishlash quvvati mavjudligi toʻgʻrisida birjaga tuman (shahar) hokimliklarining tavsiyalarini taqdim etgan xaridorlar savdolarga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiyalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini oʻrganish yoʻli bilan murojaat qilingan paytdan boshlab majburiy tartibda oʻn kun mobaynida beriladi va bir yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiyalarni olgandan soʻng korxonaning ishlab chiqarish quvvati oʻzgargan taqdirda, tuman (shahar) hokimliklariga besh ish kuni ichida xabar berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiyalarni berish muddati tamom boʻlgandan keyin ular olingunga qadar xaridorning tuman (shahar) hokimligiga murojaat qabul qilingan sana haqida belgi qoʻyilgan murojaati va hokimlikka yuborilgan yozma bildirishnoma arizada qayd etilgan ishlab chiqarish quvvatlari doirasida savdolarda ishtirok etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tavsiyalar oʻz vaqtida berilmaganligi yoki noxolisona berilganligi oqibatlari uchun tegishli hokimlik javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Paxta tolasi birja savdolarida ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xaridorlar tomonidan birja savdolarida sotib olingan paxta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlari uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Paxta tolasi hajmlarini shakllantirish, birja savdolariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Paxta tolasini sotuvchi tashkilotlar oʻz ehtiyojidan ortgan paxta tolasini birja savdolariga oʻzlari mustaqil ravishda qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Paxta tolasining birja savdolari namunaviy birja kontraktlari asosida amalga oshiriladi, unda paxta tolasining joylashuvi, lot miqdori, navi, tipi, klassi majburiy tarzda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Birja savdolari amaldagi qonunchilik hujjatlariga, birja savdolari va hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolari va hisob-kitob-kliring operatsiyalari qoidalari birja, birja aʼzolari, sotuvchi va xaridorlar uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sotuvchi va xaridorlar birja savdolarida mustaqil ravishda birja bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq diler sifatida yoki broker nomidan treyderlar orqali mustaqil ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toʻlangan avans summasiga muvofiq har bir savdo boʻyicha sotuvchi va xaridorlarni savdolarga qoʻyish va ulardan chetlatish, birja savdolari gʻoliblarini aniqlash va birja bitimlarini roʻyxatdan oʻtkazish BSET tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini sotuvga qoʻyish, shu jumladan, ushbu mahsulotga kichik hajmlarda ehtiyoji boʻlgan korxonalarga ham sotib olish imkoniyatini yaratish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda lotlar 1 tonnadan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mahsulotning boshlangʻich narxlarini hamda birja savdolari qatnashchilari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar va mahsulotni yuklab joʻnatish mexanizmini belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bazaviy sifatli (“Birinchi” nav, “Oʻrta” klassli, 4 tip) paxta tolasi uchun boshlangʻich narx har kuni sotuvchi tomonidan Nyu-York tovar birjasining birjada navbatdagi savdolardan oldingi kundagi eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan oshmaydigan narxda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa navlar, klasslar, tiplar va kodlar uchun boshlangʻich narx Paxta tolasini sotish va hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq koeffitsiyentlar qoʻllangan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi har birja savdolari oʻtkaziladigan kunda soat 9-15 ga qadar birja savdolaridan oldingi kundagi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi miqdoridan kelib chiqqan holda, paxta tolasining 1 tonnasi uchun milliy valyutada hisoblangan narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sotuvchi va xaridor HKKPdagi oʻzlarining shaxsiy hisobvaraqlariga avans sifatida quyidagi zakalat pullarini kiritadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi — savdolarga qoʻyiladigan mahsulot qiymatining 1 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridor — birja bitimining moʻljallanayotgan summasining 1 foizi miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xaridorlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjada avans bilan taʼminlangan hajmlardagi mahsulotni sotib olishga bitimlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasini tekshirish va mahsulotni xarid qilish boʻyicha bitim shartlariga muvofiq miqdorda va sifatda tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolanguniga qadar (birja bitimida kelishilgan uni yetkazib berish shartlarini bajarish) paxta tolasi saqlanadigan joylarda uni tekshirish (tanlash) dalolatnomasini tuzishni talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Birja savdolari qoidalariga muvofiq oldi-sotdi shartnomasi birja tomonidan birja bitimini elektron roʻyxatga olish kunida uni bajarish uchun birja aʼzolariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xaridor besh ish kuni mobaynida birjaning ikkilamchi talab qilib olguncha depozit hisobraqamiga tuzilgan birja bitimiga muvofiq moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun mablagʻlar oʻtkazishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. HKKP oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq zarur mablagʻlar tushgandan keyin bir ish kunida ushbu Nizom talablariga muvofiq sotuvchining shaxsiy kabinetiga toʻlangan bitimlar toʻgʻrisidagi reyestrni yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sotuvchi HKKPdan sotib oluvchi tomonidan oldindan toʻlov toʻlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotni olgandan keyin mahsulotni xaridorga yetkazib berishning birja bitimida kelishilgan shartlarida yetkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotuvchi tovarni yetkazib berish boʻyicha birja bitimida kelishilgan shartlarni bajargandan soʻng sotuvchi va xaridor roʻyxatdan oʻtkazilgan birja bitimi boʻyicha mahsulotni topshirish-qabul qilish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xaridorga mahsulotni topshirish-qabul qilish (yuklab joʻnatish) birja bitimlarida nazarda tutilgan hajm va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan mablagʻlarni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar sotuvchi bankida — sotuvchi tomonidan, xaridor bankida — xaridor tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Birja savdosini tashkil etish, shartnoma majburiyatlarini bajarish va HKKP xizmat koʻrsatish jarayonida paydo boʻladigan nizolar va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Nizomdan kelib chiqib, sotuvchilar yoki xaridorlar tomonidan ularga yuklatilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, aybdor tomondan ikkinchi taraf foydasiga jarima sifatida zakalat pullari ushlab qolinadi. Bunda sotuvchi tomonidan xaridor foydasiga undiriladigan jarima miqdori shartnomaning umumiy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur Nizom talablari buzilishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasini birja savdolarida sotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Masʼul ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tuman (shahar) hokimliklari

Xaridor murojaatiga asosan paxta tolasini qayta ishlash quvvati mavjudligi toʻgʻrisida tavsiya beradi.

Oʻn kun mobaynida

2-bosqich

Xaridor

Paxta tolasini qayta ishlash quvvati mavjudligi toʻgʻrisidagi tavsiyani birjaga taqdim etadi.

Zaruriyatga koʻra

3-bosqich

Sotuvchi, xaridor, birja

Sotuvchi (xaridor) bilan birja oʻrtasida mustaqil shartnoma tuzadi.

Birja savdolarida ishtirok etishdan avval

4-bosqich

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

Paxta tolasining 1 tonnasi uchun milliy valyutada hisoblangan narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni rasmiy veb-saytga joylashtiradi.

Har birja savdolari oʻtkaziladigan kunda soat 9-15 ga qadar

5-bosqich

Sotuvchi

Oʻz ehtiyojidan ortgan paxta tolasini birja savdolariga mustaqil ravishda qoʻyadi.

Birja savdolarida ishtirok etishdan avval

6-bosqich

Sotuvchi, xaridor

Hisob-kitob-kliring palatasidagi shaxsiy hisobvaraqlariga avans sifatida zakalat pullarini kiritadi.

Birja savdolarida ishtirok etishdan avval

7-bosqich

Sotuvchi, xaridor

Birjada avans bilan taʼminlangan hajmlardagi mahsulotni sotib olishga bitimlar tuzadi.

Birja savdolari vaqtida

8-bosqich

Xaridor

Birjaning depozit hisob-raqamiga tuzilgan birja bitimiga muvofiq moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun mablagʻlar oʻtkazadi.

Besh ish kuni mobaynida

9-bosqich

Birja

Hisob-kitob-kliring palatasi oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq zarur mablagʻlar tushgandan keyin sotuvchining shaxsiy kabinetiga toʻlangan bitimlar toʻgʻrisidagi reyestrni yuboradi.

Bir ish kuni

10-bosqich

Sotuvchi

Hisob-kitob-kliring palatasidan sotib oluvchi tomonidan oldindan toʻlov toʻlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotni olgandan keyin mahsulotni xaridorga yetkazib beradi.

Birja bitimi shartlari asosida

11-bosqich

Sotuvchi, xaridor

Sotuvchi va xaridor roʻyxatdan oʻtkazilgan birja bitimi boʻyicha mahsulotni topshirish-qabul qilish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi.

Birja bitimi shartlari bajarilgandan soʻng

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 6-maydagi 373-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini qoplash uchun hamda eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:

7-bandga quyidagi mazmundagi “m)” kichik bandi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“m) boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismini qoplash uchun hamda eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻyalgan mato hamda aralash va boʻyalgan gazlama ishlab chiqarish loyihalari doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining bir qismiga subsidiya ajratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi tashkilotlarga ularning tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport hajmining qiymatiga nisbatan teng ulushda subsidiya ajratadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 23-fevraldagi 93-son qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ilovaning 3-bandi ikkinchi xatboshidagi “75 foizi” soʻzlari “5 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ilovaning 5-bobiga quyidagi mazmundagi 26-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“26. Paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda undiriladigan yigʻimlar boʻyicha monitoring Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — TSOYAEAT) maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring natijalariga koʻra, paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda belgilangan miqdordagi yigʻimlarni toʻlamagan eksport qiluvchi tashkilotlar (shartnoma tuzuvchilar) aniqlangan taqdirda, ushbu tashkilotlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan TSOYAEATda real vaqt rejimida yangilanib boruvchi “Yigʻim toʻlamagan tashkilotlar” reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrga kiritilgan tashkilotlarga mavjud qarzdorligini toʻliq bartaraf etmaguniga qadar paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni eksport qilishiga ruxsat berilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ilovaning “26.” bandi — “27.” bandi deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/556/0879-son; 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son; 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)