29.09.2022 yildagi 551-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iste’molchilariga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iste’molchilariga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish mexanizmini takomillashtirish, belgilangan sifat hamda miqdorlarda o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlash, ko‘mir mahsulotlarining ortib yuborishdan iste’molchigacha manzilli yetib borishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlarining ko‘mir mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirish, budjet tashkilotlariga ko‘mir mahsulotlarini hududlardagi ko‘mir omborlari orqali yetkazib berish, budjet tashkilotlari bilan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish, ularning omborlarida ko‘mir mahsulotlarini saqlash tartibini nazarda tutuvchi Budjet tashkilotlarini ko‘mir mahsulotlari bilan budjet mablag‘lari hisobidan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom (keyingi o‘rinlarda — Nizom) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ko‘mir mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirish, hududlardagi ko‘mir omborlariga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish, saqlash va sotish, aholi bilan ko‘mir mahsulotlari uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi Respublika aholisini ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom (keyingi o‘rinlarda — Nizom) 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hududlari bo‘yicha aholi va budjet tashkilotlariga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish uchun mas’ullar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “O‘zbekko‘mir” AJ, “Ko‘mir ta’minot” MCHJ Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqini himoya qilish agentligi, “Hududgazta’minot” AJ bilan birgalikda 2023-yil 1-aprelga qadar yuqoridagi Nizomlarda nazarda tutilgan vazirlik va idoralar, budjet tashkilotlarining, shu jumladan, aholining ko‘mirga bo‘lgan ehtiyoji, ko‘mir mahsulotlari harakatini va ular bo‘yicha to‘lovlarni o‘z ichiga olgan Ko‘mir mahsulotlarini sotish xizmatlari interaktiv portalini (keyingi o‘rinlarda — Portal) ishga tushirish, idoralararo integratsiya qilish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan onlayn to‘lov imkoniyatlarini hisobga olgan holda, jamiyat mahsulotini sotish faoliyatini boshqarish bo‘yicha joriy etilgan axborot tizimi zamirida tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2026-y., 09/26/418/0803-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zbekko‘mir” AJ, Respublika tovar-xom ashyo birjasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ birja savdolarida sotilgan ko‘mirni ortib yuborish bosqichlarini to‘liq avtomatlashtirishni (inson omilini cheklash) nazarda tutuvchi dasturiy ta’minotni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda birja savdolarida sotib olingan ko‘mir iste’molchilarga ko‘mir ortib yuborishning onlayn-ro‘yxatini shakllantirish orqali iste’molchilarga real vaqt davomida ko‘mir ortib yuborish bo‘yicha ro‘yxat bilan tanishish imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi aholiga yetkazib berilayotgan ko‘mir mahsulotlarining sifati va hajmlari monitoringi yuritilishini hamda aholi manfaatlari himoya qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublika iste’molchilariga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruh 4-ilovaga muvofiq tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh (B. Islamov) budjet tashkilotlari va aholining ko‘mir mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida shakllantirish, ularga ko‘mir mahsulotlari barqaror yetkazib berilishini ta’minlash, Portalning to‘liq ishga tushirilishi hamda idoralararo integratsiya qilinishini muvofiqlashtirib borsin va qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrdagi 964-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islamov hamda O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi o‘rinbosari A.I. Axmedxadjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 29-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
551-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 551-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tashkilotlarini ko‘mir mahsulotlari bilan budjet mablag‘lari hisobidan ta’minlash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “O‘zbekko‘mir” AJniig “Ko‘mir ta’minot” MCHJ hududiy bo‘linmalarining ko‘mir omborlari orqali budjet tashkilotlarini ko‘mir mahsulotlari bilan budjet mablag‘lari hisobidan ta’minlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom ko‘mir qazib oluvchi, ko‘mir briketlarini ishlab chiqaruvchi, ko‘mir mahsulotini sotuvchi, yetkazib beruvchi, transportirovka qiluvchi tashkilotlarga, shuningdek, ko‘mir mahsulotidan foydalanuvchi budjet tashkilotlariga joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘mir mahsuloti — ko‘mir resurslari va iste’moli balansiga (keyingi o‘rinlarda — ko‘mir balansi) muvofiq budjet tashkilotlari tomonidan ko‘mir omborlari orqali budjet mablag‘lari hisobidan xarid qilinadigan barcha turdagi ko‘mir yoqilg‘isi (mahalliy va/yoki import qilingan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkiloti — budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan maktab, maktabgacha ta’lim (bog‘cha), tibbiyot, sport, madaniyat hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘mir omborlari — ko‘mir mahsulotlarini budjet tashkilotlariga sotish funksiyasini amalga oshiruvchi “O‘zbekko‘mir” AJning “Ko‘mir ta’minot” MCHJ hududiy bo‘linmalarining omborlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portal — vazirlik va idoralar, budjet tashkilotlarining, shu jumladan, aholining ko‘mirga bo‘lgan ehtiyoji, ko‘mir mahsulotlari harakatini va ular bo‘yicha to‘lovlarni o‘z ichiga olgan Ko‘mir mahsulotlarini sotish xizmatlari interaktiv portali (elektron ma’lumotlar bazasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ko‘mir mahsulotlariga ehtiyojlarni aniqlash, ularni sotish, yetkazib berish, transportirovka qilish, qabul qilish va saqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Budjet tashkilotlarini ko‘mir mahsulotlari bilan budjet mablag‘lari hisobidan ta’minlash mazkur Nizomga ilovadagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Budjet tashkilotlari uchun ko‘mir omborlaridan ko‘mir mahsulotlari markazlashtirilgan asosda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari tomonidan — to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Ko‘mir ta’minot” MCHJ hududiy bo‘linmalari orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga qarashli budjet tashkilotlari tomonidan — Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetdan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari tomonidan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, sog‘liqni saqlash boshqarmalari, maktabgacha ta’lim boshqarmalari, madaniyat boshqarmalari, sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari, kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari orqali (keyingi o‘rinlarda — Boshqarmalar) xarid qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hududlardagi har bir budjet tashkiloti har yili kelgusi yil uchun 15-mayga qadar isitiladigan maydonlar hajmlariga, mavjud qozonlar va pechlar soniga asoslanib, ko‘mir mahsulotini sarflash me’yorlarini hisobga olgan holda, o‘tgan mavsumda yoqilgan ko‘mir mahsulotlari miqdorlariga mos ravishda Portalga ko‘mirga bo‘lgan ehtiyojini kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tashkilotining ko‘mirga bo‘lgan ehtiyoji Energetika vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan ishlab chiqilgan yo‘riqnomaga muvofiq hisoblab chiqiladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tashkilotining joylashgan joyi, isitiladigan bino hujjatlari, isitiladigan maydon hajmi, qozonxonalar pasporti va boshqa ma’lumotlar Portalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalga ma’lumotlarni kiritish, o‘zgartirish yoki to‘ldirish budjet tashkiloti rahbari tomonidan elektron raqamli imzo yordamida tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalda har bir budjet tashkilotiga alohida iste’molchi raqami biriktiriladi. Ushbu iste’molchi raqami bo‘yicha budjet tashkilotining ko‘mir iste’moli uchun buyurtmasi, uni mutasaddi tashkilotlarning ko‘rib chiqish holati va natijasi, buyurtmaga muvofiq ko‘mirni yuklash, yetkazib berish va qabul qilib olish hamda budjet tashkiloti tomonidan ko‘mirning sarflanish jarayonlari va har oy oxirida uning omboridagi ko‘mir qoldiqlari yuzasidan hisob-kitob yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘z navbatida, Boshqarmalar tegishli tuman (shahar) bo‘limlari bilan birgalikda 1-iyunga qadar budjet tashkiloti tomonidan Portalga kiritilgan ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshiradi hamda Portal orqali elektron raqamli imzo yordamida tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmasi 15-iyunga qadar Boshqarmalar tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlarni o‘rganadi va elektron raqamli imzo yordamida kelishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari budjet tashkilotining joylashgan joyi, isitiladigan binolari, qozonxona rusumi, quvvati va boshqa ma’lumotlardan foydalanib, Qurilish me’yorlari va qoidalarining loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik ma’lumotlarida belgilangan metodologiyaga asosan ob-havo bashorati va iqlim o‘zgarishlarini inobatga olgan holda hisoblaydi hamda zarur hollarda tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarmalar tasdiqlagan hamda “O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan ko‘mir mahsuloti miqdorlari Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Portalda tasdiqlanadi hamda ko‘mir mahsulotini xarid qilishni moliyalashtirish manbalariga aniqlik kiritish uchun 15-iyulga qadar Moliya vazirligiga Portal orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida ko‘mir mahsuloti miqdorlari uchun moliyalashtirish manbalari bo‘yicha ma’lumotlarni 15-avgustga qadar Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Energetika vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga Portal orqali ko‘mir balansi loyihasini shakllantirish uchun taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ko‘mir balansi loyihasi ko‘mir sanoati korxonalarining ishlab chiqarish va yetkazib berish imkoniyatlari hamda import ko‘mir miqdorlarini inobatga olgan holda, Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan shakllantiriladi hamda kelgusi yil uchun ko‘mir resurslari va iste’moli balansi loyihasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalariga 15-sentabrga qadar kelishish uchun taqdim etiladi hamda kelishilgan hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga 1-noyabrga qadar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Budjet tashkilotlariga ko‘mir mahsuloti ko‘mir balansiga muvofiq sotiladi. Har bir budjet tashkilotiga ajratilgan ko‘mir mahsuloti miqdorlari ularning iste’molchi raqami bo‘yicha Portalda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “O‘zbekko‘mir” AJ ko‘mir balansiga muvofiq belgilangan hajmlarda budjet tashkilotlari uchun ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha “Ko‘mir ta’minot” MCHJ bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarni imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekko‘mir” AJ ko‘mir mahsulotlarini “Ko‘mir ta’minot” MCHJning ko‘mir omborlari manziliga yuklab jo‘natishni ta’minlaydi va bu to‘g‘risida Portalga tegishli ma’lumotlarni kiritadi hamda yuklab jo‘natilayotgan ko‘mirning sifati va miqdorlari uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “O‘zbekko‘mir” AJning mas’ul mansabdor shaxslari ko‘mirni yuklash, jo‘natish, ko‘mirning sifati va miqdorlari yuzasidan harakati yoki harakatsizligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodekslarining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekko‘mir” AJ “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan “O‘zbekko‘mir” AJning “Ko‘miryig‘ish” stansiyasidan hududlardagi ko‘mir omborlarigacha temir yo‘l orqali tashish va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan ko‘mirni qo‘riqlash va kuzatib borish uchun shartnoma imzolaydi. “O‘zbekko‘mir” AJning tashish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlari keyinchalik “Ko‘mir ta’minot” MCHJ tomonidan belgilangan tartibda qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ ko‘mir mahsulotlarining sifatli saqlanishini hamda iste’molchilarga sotilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “Ko‘mir ta’minot” MCHJ ko‘mir omborlari mudirlari, mas’ul mansabdor shaxslari ko‘mir mahsuloti sifatli saqlanishi hamda uni iste’molchilarga yetkazib berishdagi harakati yoki harakatsizligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodekslarining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ko‘mir mahsulotlarini “O‘zbekko‘mir” AJning “Ko‘miryig‘ish” stansiyasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning tegishli stansiyalarigacha tashishni ta’minlaydi hamda vagonlarning (yarim vagonlar) o‘z vaqtida berilishi va ko‘mirning yetkazilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mas’ul mansabdor shaxslari ko‘mir mahsulotini tegishli stansiyalarigacha tashish hamda vagonlar (yarim vagonlar) o‘z vaqtida berish va ko‘mirning manzilli yetkazilishi bilan bog‘liq harakati yoki harakatsizligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodekslarining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi ko‘mir ortilgan vagonlarni belgilangan stansiyalarga yetib borishiga qadar qo‘riqlashga hamda yuklangan ko‘mir miqdoriga javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi mas’ul mansabdor shaxslari ko‘mir mahsulotlarini belgilangan stansiyalarga yetkazib berish hamda yuklangan ko‘mir miqdoridagi aniqlangan kamomadlar yuzasidan harakati yoki harakatsizligi uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Jinoyat kodekslarining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar idoralari ko‘mir mahsulotlarini “Ko‘mir ta’minot” MCHJning hududlardagi ko‘mir omborlaridan ortilgandan budjet tashkilotlariga yetkazib berilishiga qadar himoya qilinishini ta’minlash tadbirlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekko‘mir” AJ va “Ko‘mir ta’minot” MCHJ rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari o‘z hududlarida ko‘mir mahsulotlari zaxiralari shakllantirilishi va budjet tashkilotlariga manzilli yetkazib berilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining ko‘mir mahsulotlari zaxiralari shakllantirilishi va budjet tashkilotlariga manzilli yetkazib berilishi bilan bog‘liq harakati yoki harakatsizligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodekslarining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Ko‘mir ta’minot” MCHJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, sog‘liqni saqlash boshqarmalari, maktabgacha ta’lim boshqarmalari, madaniyat boshqarmalari, sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari, kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari bilan ko‘mir mahsulotini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni budjet tashkilotlari ro‘yxati va ko‘mirning ular kesimidagi taqsimotini ilova qilgan holda tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir budjet tashkilotiga maxsus iste’molchi raqami bo‘yicha ko‘mirni yuklash, yetkazib berish, hisob-kitoblarni amalga oshirish holati yuzasidan ma’lumotlarni Portal orqali nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Ko‘mir ta’minot” MCHJ ko‘mir omborlariga kirim qilingan ko‘mir mahsulotlari maxsus uskunalarda (va/yoki qo‘l mehnati bilan) mayda-yirikligiga qarab saralanishi mumkin. Saralangan ko‘mirning yiriklari (20 — 300 mm) qoplarga solinadi, maydalari (0 — 20 mm) briket ishlab chiqarish uchun yo‘naltiriladi. Iste’molchilarning talabidan kelib chiqqan holda saralanmagan ko‘mir (0 — 300 mm) sotilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan har bir kunlik ortib yuborilgan ko‘mir partiyasi Portalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ko‘mir ta’minot” MCHJning hududlardagi ko‘mir omborlari “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ortib yuborilgan ko‘mir partiyasi ko‘mir omboriga yetib kelganligi yuzasidan ma’lumotlarni Portal orqali tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ko‘mir ta’minot” MCHJning ko‘mir omborlari Portalda shakllantirilgan ma’lumotlar hamda grafiklar asosida budjet tashkilotiga ko‘mir mahsulotining manzilli yuklab berilishi va sotilishini ta’minlaydi hamda ko‘mir ortib yuborilganligi bo‘yicha ma’lumotlarni Portalga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tashkilotlari avtotransport xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ko‘mir mahsulotini avtomobil transporti yordamida yoki bevosita o‘z kuchlari bilan ko‘mir omborlaridan olib ketadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda budjet tashkiloti tomonidan ko‘mir omborxonasiga kirim qilingan ko‘mir mahsuloti to‘g‘risidagi ma’lumotlar Portalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Ko‘mir ta’minot” MCHJning hududlardagi ko‘mir omborlari mudirlari va budjet tashkilotlarining vakolatli vakillari tomonidan avtotransport vositasiga. yuklangan ko‘mir mahsulotlari uchun sifati va hajmlari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Dalolatnoma shartnomada nazarda tutilgan shartlarda ko‘mir mahsuloti olingan kunda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ko‘mir mahsulotining transport vositalariga haqiqiy yuklangan hajmi ko‘rsatilgan holda, vakolatli shaxslar imzolari hamda ko‘mir ombori muhri bilan tasdiqlangan yukxati rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ko‘mir mahsulotining budjet tashkilotida sifatli va yong‘in xavfsizligi qoidalarini ta’minlagan holda saqlanishi hamda undan maqsadli va samarali foydalanish uchun budjet tashkilotining birinchi rahbari shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda budjet tashkilotining birinchi rahbari, mas’ul mansabdor shaxslari ko‘mir mahsulotining saqlanishi va maqsadli sarflanishi yuzasidan harakati yoki harakatsizligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodekslarining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Budjet tashkilotida ko‘mir mahsuloti tegishli qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirish orqali qabul qilib olinadi. Unda kerakli ma’lumotlar, shu jumladan, yetkazib berilgan ko‘mir mahsulotining markasi, hajmi, shuningdek, ko‘mir mahsulotini topshirish va qabul qilib olish uchun mas’ul shaxs ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ko‘mir mahsulotini qabul qilib olish va saqlash budjet tashkiloti tomonidan ko‘mir mahsulotini foydalanish uchun yaroqli holatda saqlash va ta’minlash masalalari bo‘yicha texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq jihozlangan uchastkalarda (omborxonalar, maydonchalar, bostirmalarda) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘mir mahsuloti ochiq omborxonalarda (maydonchalarda) saqlanganda, ko‘mir mahsulotining fizik-mexanik xususiyatlari va tashqi muhit (harorat, ob-havo sharoitlari, shamol va boshqalar) ta’siridan uning butunligi saqlanadigan hamda saqlash xavfsizligi ta’minlanadigan sharoitlar yaratilishi kerak. Ochiq maydonchalar quruq, tepalik, suv bosmaydigan joylarda tashkil etilishi va ularga begona shaxslar kirishini istisno qilish uchun to‘sib qo‘yilishi kerak. Zarur hollarda, ochiq maydonchalar atrofi bo‘ylab oqova ariqlar yotqiziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bostirmalar uch tomondan to‘siqlarga ega bo‘lishi, to‘siqlar bo‘lmagan tomonga pol qiyalangan (1-2°) bo‘lishi kerak, zarur hollarda, oqova ariqlar yotqizilishi va yog‘och konstruksiyalariga o‘tga chidamli kimyoviy modda bilan ishlov berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Favqulodda hodisalar, tabiiy ofatlar (shu jumladan ob-havoning keskin sovib ketishi), texnogen hodisalar (shu jumladan, tabiiy gaz yetkazib berishdagi uzilishlar) vaqtida vujudga kelgan budjet tashkilotining ko‘mirga bo‘lgan rejadan (balansdan) tashqari ehtiyoji, mudofaa yoki davlat xavfsizligi ishlari bo‘yicha ko‘mirga bo‘lgan favqulodda ehtiyojlar uchun ko‘mir mahsuloti, istisno tariqasida, zudlik bilan yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ko‘mir mahsulotini saqlash (inkubatsion) muddatlari qisqaligini inobatga olgan holda, kuz-qish mavsumi yakunlangandan so‘ng ko‘mir omborlarida saqlanayotgan mahalliy va import ko‘mir mahsulotlarini ko‘mir omborlarining saqlash, transport va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, “Ko‘mir ta’minot” MCHJ tomonidan birja savdolari orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida o‘rtacha birja narxida iste’molchilarga, issiqlik elektr stansiyalariga esa belgilangan narxlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotilishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ko‘mir mahsuloti uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Budjet tashkilotiga ko‘mir balansida tasdiqlangan hajmlar hamda ajratiladigan budjet mablag‘lariga muvofiq “Ko‘mir ta’minot” MCHJning ko‘mir omborlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha ko‘mir uchun haqi 50 foiz oldindan to‘lash va ko‘mir omborlaridan yuklab yuborilgandan so‘ng 60 kun mobaynida to‘liq haq to‘lash sharti bilan sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Taraflarning javobgarligi va nizolarni hal qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. “O‘zbekko‘mir” AJ, “Ko‘mir ta’minot” MCHJ, Boshqarmalar va avtotransport tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga asosan tomonlarning shartnoma shartlarini bajarmasligi bo‘yicha javobgarlik qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tomonlar o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar ikki tomonlama kelishuvga asosan yoki sud tartibida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Budjet tashkiloti tomonidan ko‘mir omborlaridan xarid qilingan ko‘mir mahsulotining tijorat yoki boshqa maqsadlarda uchinchi shaxslarga berilishi yoki sotilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Boshqarmalarning rahbarlari belgilangan tartibda quyidagilar uchun javobgar bo‘ladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim qilingan buyurtmanomalarda budjet tashkilotlarining ko‘mir mahsulotiga ehtiyojlari to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘mir mahsulotini yetkazib berish uchun shartnomalarning o‘z vaqtida tuzilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilinadigan ko‘mir mahsuloti va uning yetkazib berilishi uchun to‘lovning o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur Nizom qoidalari talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tashkilotlarini ko‘mir mahsulotlari bilan budjet mablag‘lari hisobidan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tashkilotlarini ko‘mir mahsulotlari bilan budjet mablag‘lari hisobidan ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Budjet tashkiloti

Budjet tashkiloti isitiladigan maydonlar hajmlariga, mavjud qozonlar va pechlar soniga asoslanib, ko‘mir mahsulotini sarflash me’yorlarini hisobga olgan holda, o‘tgan mavsumda yoqilgan ko‘mir mahsulotlari miqdorlariga mos ravishda Portalga ko‘mirga bo‘lgan ehtiyojini kiritadi.

Budjet tashkilotining joylashgan joyi, isitiladigan bino hujjatlari, isitiladigan maydon hajmi, qozonxonalar pasporti va boshqa ma’lumotlar Portaliga kiritiladi.

15-mayga qadar

2-bosqich

Boshqarmalar, tegishli tuman (shahar) bo‘limlari

Boshqarmalar tegishli tuman (shahar) bo‘limlari bilan birgalikda budjet tashkiloti tomonidan Portalga kiritilgan ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshiradi hamda Portal orqali elektron raqamli imzo yordamida tasdiqlaydi.

1-iyunga qadar

3-bosqich

“O‘zenergoinspeksiya”

“O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari Boshqarmalar tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlarni o‘rganadi va elektron raqamli imzo yordamida kelishadi.

Bunda “O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari budjet tashkilotining joylashgan joyi, isitiladigan binolari, qozonxona rusumi, quvvati va boshqa ma’lumotlardan foydalanib, Qurilish me’yorlari va qoidalarining loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik ma’lumotlarida belgilangan metodologiyaga asosan ob-havo bashorati va iqlim o‘zgarishlarini inobatga olgan holda hisoblaydi hamda zarur hollarda tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.

15-iyunga qadar

4-bosqich

Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Boshqarmalar tomonidan tasdiqlangan hamda “O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan ko‘mir mahsuloti miqdorlari Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Portalda tasdiqlanadi hamda ko‘mir mahsulotini xarid qilishning moliyalashtirish manbalariga aniqlik kiritish uchun 15-iyulga qadar Moliya vazirligiga Portal orqali yuboriladi.

15-iyulga qadar

5-bosqich

Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Moliya vazirligi ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida ko‘mir miqdorlari uchun moliyalashtirish manbalari bo‘yicha ma’lumotlarni 15-avgustga qadar Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, Energetika vazirligiga hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga Portal orqali ko‘mir balansi loyihasini shakllantirish uchun taqdim qiladi.

15-avgustga qadar

6-bosqich

Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zbekko‘mir” AJ, manfaatdor vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari

Ko‘mir balansi loyihasi ko‘mir sanoati korxonalarining ishlab chiqarish va yetkazib berish imkoniyatlari hamda import ko‘mir miqdorlarini inobatga olgan holda, Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan shakllantiriladi hamda kelgusi yil uchun ko‘mir resurslari va iste’moli balansi loyihasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalariga 15-sentabrga qadar kelishish uchun taqdim etiladi hamda kelishilgan hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga 1-noyabrga qadar kiritiladi.

1-noyabrga qadar

7-bosqich

“O‘zbekko‘mir” AJ

“O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan har bir kunlik ortib yuborilgan ko‘mir partiyasi Portalga kiritiladi.

Belgilangan muddatlarda

8-bosqich

“Ko‘mir ta’minot” MCHJ

“Ko‘mir ta’minot” MCHJning hududlardagi ko‘mir omborlari “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ortib yuborilgan ko‘mir partiyasi ko‘mir omboriga yetib kelganligi yuzasidan ma’lumotlarni Portal orqali tasdiqlaydi.

Belgilangan muddatlarda

9-bosqich

“Ko‘mir ta’minot” MCHJning ko‘mir omborlari

“Ko‘mir ta’minot” MCHJning ko‘mir omborlari Portalda shakllantirilgan ma’lumotlar hamda grafiklar asosida budjet tashkilotiga ko‘mir mahsulotining manzilli yuklab berilishi va sotilishini ta’minlaydi hamda ko‘mir ortib yuborilganligi bo‘yicha ma’lumotlarni Portalga kiritadi.

Belgilangan muddatlarda

10-bosqich

Budjet tashkiloti

Budjet tashkilotlari avtotransport xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ko‘mir mahsulotini avtomobil transporti yordamida yoki bevosita o‘z kuchlari bilan ko‘mir omborlaridan olib ketadi.

Bunda budjet tashkiloti tomonidan ko‘mir omborxonasiga kirim qilingan ko‘mir mahsuloti to‘g‘risidagi ma’lumotlar Portalga kiritiladi.

Belgilangan muddatlarda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 551-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika aholisini ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom respublikaning tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan hududlarida yashaydigan aholini ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom ko‘mirni qazib oluvchi, ko‘mir briketlarini ishlab chiqaruvchi, ko‘mir mahsulotini sotuvchi, yetkazib beruvchi, transportirovka qiluvchi tashkilotlarga, shuningdek, ko‘mir mahsulotini maishiy foydalanish maqsadida xarid qiluvchi aholiga joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘mir mahsuloti — ko‘mir resurslari va iste’moli balansiga (keyingi o‘rinlarda — ko‘mir balansi) muvofiq ko‘mir omborlari orqali aholi tomonidan xarid qilinadigan barcha turdagi ko‘mir yoqilg‘isi (mahalliy va/yoki import qilingan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchi — foyda olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maishiy foydalanish maqsadlarida ko‘mir mahsulotini xarid qiluvchi jismoniy shaxslar (aholi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘mir omborlari — ko‘mir mahsulotini aholiga sotish funksiyasini amalga oshiruvchi “O‘zbekko‘mir” AJning “Ko‘mir ta’minot” MCHJ hududiy bo‘linmalarining omborlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portal — vazirlik va idoralar, budjet tashkilotlarining, shu jumladan, aholining ko‘mirga bo‘lgan ehtiyoji, ko‘mir mahsuloti harakatini va ular uchun to‘lovlarni o‘z ichiga olgan Ko‘mir mahsulotlarini sotish xizmatlari interaktiv portali (ma’lumotlar bazasi);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chakana narx — ko‘mir omborlari orqali aholiga sotiladigan narxi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2026-y., 09/26/418/0803-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
call-markazlar — hududiy omborlar tomonidan tashkil qilingan, aholidan ko‘mir mahsulotiga buyurtma qabul qilish uchun telefon (internet tarmog‘i) orqali so‘rovnomalar shaklida tushadigan axborotlarni qabul qilish va uzatish uchun foydalaniladigan qo‘ng‘iroqlarga (buyurtmalarga) xizmat ko‘rsatish bo‘yicha markazlashtirilgan ofislar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GPS-navigator — ko‘mir mahsulotini yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuk mashinalarining joriy manzillarini aniqlash maqsadida geopozitsiyalash global tizimi signallari kelib tushadigan qurilma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Respublika aholisini ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Aholi ko‘mir mahsuloti bilan mazkur Nizomga ilovadagi sxema bo‘yicha ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tumanlar (shaharlar) hokimlarining yordamchilari (va/yoki hokimliklar) mahalla raislari bilan birgalikda o‘z hududlaridagi ko‘mirga ehtiyojmand bo‘lgan iste’molchilar yashayotgan xonadon (uy), xonadon egasi va/yoki ko‘mirni qabul qilib oluvchi jismoniy shaxs, kuz-qish mavsumiga talab etiladigan ko‘mir hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (xonadon joylashgan pochta manzili va kadastr hujjati ma’lumotlari, xonadon egasi yoki xonadonda yashovchi oilaning ko‘mirni sotib olishga mas’ul a’zosining familiyasi, ismi, otasining ismi, JSHISHR va pasport ma’lumotlari) har yili kelgusi yil uchun 1-iyunga qadar Portalga kiritadi hamda kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda iste’molchilar joylashgan joy, isitiladigan bino hujjatlari, isitiladigan maydon hajmi, qozonxonalar pasporti va boshqa ma’lumotlar (mavjud bo‘lgan taqdirda) Portalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalda har bir iste’molchiga alohida iste’molchi raqami biriktiriladi. Ushbu iste’molchi raqami bo‘yicha iste’molchilarning ko‘mirga ehtiyoji miqdori, buyurtmaga muvofiq ko‘mirni yuklash, yetkazib berish va qabul qilib olish yuzasidan hisob-kitob yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalga ma’lumotlarni kiritish, o‘zgartirish yoki to‘ldirish tumanlar (shaharlar) hokimlari yordamchilari (va/yoki hokimliklar), mahalla raislari, shuningdek, ko‘mirga ehtiyojmand bo‘lgan iste’molchilar yashayotgan xonadon egasi va/yoki ko‘mirni qabul qilib oluvchi jismoniy shaxs tomonidan elektron raqamli imzo yordamida tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalga kiritilgan ma’lumotlar yil davomida boshqa o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Hududgazta’minot” AJning hududiy gaz-ta’minot korxonalari tumanlar (shaharlar) hokimlari yordamchilari (va/yoki hokimliklar) tomonidan Portalga kiritilgan ma’lumotlarni tabiiy gaz tanqisligi kuzatilayotgan, suyultirilgan gazga o‘tkazilgan iste’molchilar ro‘yxati bilan solishtiradi hamda har yili 1-iyulga qadar Portalga kiritilgan iste’molchilar tabiiy gaz bilan ta’minlanmaganligini Portal orqali tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlangan xonadonda yashovchi iste’molchilarga ko‘mirni markazlashgan holda yetkazib berish rad etiladi va Portaldan ularning ma’lumotlari chiqarib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Portalga kiritilgan ma’lumotlar asosida har yili 1-avgustga qadar hudud aholisining mahalla (ovul) fuqarolari yig‘inlari kesimida kelgusi yilda ko‘mir mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojni shakllantiradi va tegishli ma’lumotlarni Portal orqali elektron raqamli imzo yordamida tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda Portalda shakllantirilgan iste’molchilarning ko‘mirga bo‘lgan ehtiyoji to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida ko‘mir resurslari va iste’moli balansi loyihasini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ko‘mir resurslari va iste’moli balansining loyihasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalariga 15-sentabrga qadar kelishish uchun taqdim etiladi hamda kelishilgan hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga 1-noyabrga qadar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tasdiqlangan ko‘mir balansi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ o‘n kun muddatda hududlar bo‘yicha aholiga sotish uchun ko‘mir mahsulotini oyma-oy yetkazib berish jadvalini ishlab chiqib tasdiqlaydi va “O‘zbekko‘mir” AJga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga hamda viloyatlar hokimliklariga Portal orqali yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hududlar bo‘yicha aholi uchun belgilangan ko‘mir mahsuloti miqdorlarini oyma-oy yetkazib berish jadvalini uch ish kunida tumanlar va shaharlar kesimida ishlab chiqib tasdiqlaydi hamda “Ko‘mir ta’minot” MCHJga va tumanlar (shaharlar) hokimliklariga Portal orqali yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar) hokimliklari ko‘mir mahsuloti miqdorlarini oyma-oy yetkazib berish jadvalini ikki ish kunida mahalla (ovul) fuqarolar yig‘inlari kesimida ishlab chiqib tasdiqlaydi va tumanlar (shaharlar) hokimlari yordamchilariga, mahalla (ovul) fuqarolar yig‘inlariga, “Ko‘mir ta’minot” MCHJning hududlardagi bo‘linmalariga Portal orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “O‘zbekko‘mir” AJ ko‘mir balansiga muvofiq belgilangan miqdorlarda iste’molchilar uchun ko‘mir mahsulotini yetkazib berish bo‘yicha “Ko‘mir ta’minot” MCHJ bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarni imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekko‘mir” AJ ko‘mir mahsulotini “Ko‘mir ta’minot” MCHJning ko‘mir omborlari manziliga yuklab jo‘natishni ta’minlaydi va bu haqda Portalga tegishli ma’lumotlarni kiritadi hamda yuklab jo‘natilayotgan ko‘mirning sifati va miqdorlari uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “O‘zbekko‘mir” AJning mas’ul mansabdor shaxslari ko‘mirni yuklash, jo‘natish, ko‘mirning sifati va miqdorlari yuzasidan harakati yoki harakatsizligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodekslarining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekko‘mir” AJ “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan “O‘zbekko‘mir” AJning‘ “Ko‘miryig‘ish” stansiyasidan hududlardagi ko‘mir omborlarigacha temir yo‘l orqali tashish va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan ko‘mirni qo‘riqlash va kuzatib borish uchun shartnoma imzolaydi. “O‘zbekko‘mir” AJning tashish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlari keyinchalik “Ko‘mir ta’minot” MCHJ tomonidan belgilangan tartibda qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ ko‘mir mahsulotining sifatli saqlanishini hamda iste’molchilarga sotilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “Ko‘mir ta’minot” MCHJ ko‘mir omborlari mudirlari, mas’ul mansabdor shaxslari ko‘mirning sifatli saqlanishi hamda iste’molchilarga yetkazib berishdagi harakati yoki harakatsizligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodekslarining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ko‘mir mahsulotini “O‘zbekko‘mir” AJning “Ko‘miryig‘ish” stansiyasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning tegishli stansiyalarigacha tashishni ta’minlaydi hamda vagonlarning (yarim vagonlar) o‘z vaqtida berilishi va ko‘mirning yetkazilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mas’ul mansabdor shaxslari ko‘mirning tegishli stansiyalarigacha tashish hamda vagonlarning (yarim vagonlar) o‘z vaqtida berilishi va ko‘mirning manzilli yetkazilishi Bilan bog‘liq harakati yoki harakatsizligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodekslarining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi ko‘mir ortilgan vagonlarni belgilangan stansiyalarga yetib borishiga qadar qo‘riqlashga hamda yuklangan ko‘mir miqdoriga javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi mas’ul mansabdor shaxslari ko‘mirning belgilangan stansiyalarga yetkazib berish hamda yuklangan ko‘mir miqdoridagi aniqlangan kamomadlar yuzasidan harakati yoki harakatsizligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodekslarining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar idoralari ko‘mir mahsulotini “Ko‘mir ta’minot” MCHJning hududlardagi ko‘mir omborlaridan ortilgandan aholiga yetkazib berilishga qadar himoya qilinishini ta’minlash tadbirlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) hokimliklari ko‘mir mahsulotining aholiga belgilangan tartibda taqsimlanishi va sotilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekko‘mir” AJ va “Ko‘mir ta’minot” MCHJ rahbarlari, ko‘mir omborlari mudirlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari o‘z hududlarida ko‘mir mahsuloti zaxiralari shakllantirilishi va aholiga manzilli yetkazib berilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining ko‘mir mahsuloti zaxiralarini shakllantirilishi va budjet tashkilotlariga manzilli yetkazib berilishi bilan bog‘liq harakati yoki harakatsizligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodekslarining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Ko‘mir ta’minot” MCHJ ko‘mir omborlariga kirim qilingan ko‘mir mahsuloti maxsus uskunalarda (va/yoki qo‘l mehnati bilan) mayda-yirikligiga qarab saralanishi mumkin. Saralangan ko‘mirlarning yiriklari (20 — 300 mm) qoplarga solinadi, maydalari (0 — 20 mm) briket ishlab chiqarish uchun yo‘naltiriladi. Iste’molchilarning talabidan kelib chiqqan holda, saralanmagan ko‘mir (0 — 300 mm) sotilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan har bir kunlik ortib yuborilgan ko‘mir partiyasi Portalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ko‘mir ta’minot” MCHJning hududlardagi ko‘mir omborlari “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ortib yuborilgan ko‘mir partiyasi ko‘mir omboriga yetib kelganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Portal orqali tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ko‘mir ta’minot” MCHJning ko‘mir omborlari Portalda shakllantirilgan ma’lumotlar hamda grafiklar asosida aholiga ko‘mir mahsulotining manzilli yuklab berilishi va sotilishini ta’minlaydi hamda ko‘mir ortib yuborilganligi bo‘yicha ma’lumotlarni Portalga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘mir omborlari tomonidan har bir iste’molchiga ortib yuborilgan ko‘mir partiyasi bo‘yicha Portal va SMS-xabarnoma orqali iste’molchiga bildirishnoma yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qoida tariqasida, iste’molchiga SMS-xabarnoma yuborish orqali unga ko‘mir yetkazib berildi deb qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchilar tomonidan qabul qilib olingan ko‘mir Portaldagi shaxsiy kabinet orqali tasdiqlanishi yoki haqiqatda yetkazilgan ko‘mir miqdorlari va SMS-xabarnomada keltirilgan miqdorlar orasida tafovut kelib chiqadigan holatlarda, ushbu holat yuzasidan Portal orqali e’tiroz bildirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qulaylik uchun Portalda e’tirozni yo‘llash bo‘yicha alohida interaktiv oyna nazarda tutiladi hamda bu e’tiroz onlayn tarzda Portaldagi shaxsiy kabinet orqali kiritilgandan so‘ng avtomatik ravishda “Ko‘mir ta’minot” MCHJ, tegishli mahalliy hokimiyat organlari, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqini himoya qilish agentligi va Energetika vazirligiga baravariga yuboriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqoridagi xatboshida keltirilgan mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘n ish kuni davomida ushbu holat o‘rganib chiqilishi va ko‘mir to‘liq yetkazib berilishi yoki masalaga oydinlik kiritilishi ta’minlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilib olingan ko‘mir iste’molchilar tomonidan Portaldagi shaxsiy kabinet orqali yoki Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqini himoya qilish agentligi tomonidan Portal orqali tasdiqlanmagunga qadar ko‘mir yetkazib berilgan deb hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘g‘irlik yoki talon-toroj qilish holatlari aniqlangan taqdirda, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqini himoya qilish agentligi tomonidan tegishli huquqni himoya qilish organlariga taqdimnoma kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ko‘mir omborlaridan ko‘mir mahsulotini olib ketish iste’molchilar tomonidan mustaqil ravishda shaxsiy va/yoki yollanma avtotransport vositalari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda aholiga ko‘mir omborlari tomonidan yuklab beriladigan ko‘mir mahsulotining sifati, miqdori va markasi uchun javobgarlik “Ko‘mir ta’minot” MCHJning ko‘mir omborlari mudirlariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchilarning xohishiga ko‘ra, “O‘zbekko‘mir” AJ yoki “Ko‘mir ta’minot” MCHJ tomonidan ko‘mirni transportda yetkazib berish xizmati tashkil etib berilishi mumkin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu xizmat uchun to‘lovlar aholi tomonidan ko‘mirni yetkazib berish xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki “O‘zbekko‘mir” AJ, “Ko‘mir ta’minot” MCHJ orqali transport xarajatlarini qoplash ko‘rinishida alohida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘mirni yetkazib berish xizmatini ko‘rsatuvchi avtotransport vositalari aloqa va GPS tizimlari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘mir mahsulotining iste’molchilarga to‘liq yetkazib berilishi uchun javobgarlik “Ko‘mir ta’minot” MCHJning ko‘mir omborlari mudirlariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Mehr daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalarga ko‘mir mahsulotini sotib olishda va/yoki yetkazib berish uchun transport bilan ta’minlashda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-apreldagi 213-f-son farmoyishi, “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 14-apreldagi 210-son qarori hamda “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 17-yanvardagi 26-son qarori bilan tashkil etilgan tegishli jamg‘armalar hisobidan pul yoki kompensatsiya ko‘rinishida amaliy yordam ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Favqulodda hodisalar, tabiiy ofatlar (shu jumladan, ob-havoning keskin sovib ketishi), texnogen hodisalar (shu jumladan, tabiiy gaz yetkazib berishdagi uzilishlar) vaqtida vujudga kelgan aholining ko‘mirga bo‘lgan rejadan (balansdan) tashqari ehtiyojlari, mudofaa yoki davlat xavfsizligi ishlari bo‘yicha ko‘mirga bo‘lgan favqulodda ehtiyojlar uchun ko‘mir mahsuloti, istisno tariqasida, zudlik bilan yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ko‘mir mahsulotini saqlash (inkubatsion) muddatlari qisqaligini inobatga olgan holda, kuz-qish mavsumi yakunlangandan so‘ng ko‘mir omborlarida saqlanayotgan mahalliy va import ko‘mir mahsulotlarini ko‘mir omborlarining saqlash, transport va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, “Ko‘mir ta’minot” MCHJ tomonidan birja savdolari orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida o‘rtacha birja narxida iste’molchilarga, issiqlik elektr stansiyalariga esa belgilangan narxlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotilishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarga asosan ko‘mir mahsulotini faqat “Ko‘mir ta’minot” MCHJning umumiy yig‘ilishi bayoni yoki ijro etuvchi organining tegishli qaroriga (yoki buyrug‘iga) asosan bepul yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ko‘mir mahsuloti uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Aholiga ko‘mir mahsuloti ko‘mir balansida tasdiqlangan hajmlarga muvofiq shartnomaga asosan sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Aholiga ko‘mir mahsuloti “Ko‘mir ta’minot” MCHJning ko‘mir omborlari orqali yuz foizlik oldindan to‘lov asosida chakana narxlarda sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda aholi tomonidan ko‘mir mahsuloti uchun to‘lovlar istalgan to‘lov turlari orqali, shu jumladan, onlayn to‘lov tizimlaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Iste’molchilar ko‘mir mahsulotlarini “O‘zbekko‘mir” AJda tashkil etilgan sall-markazlar orqali sotib olishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Call-markazlari har kuni soat 9-00dan 18-00gacha aholidan kelib tushgan buyurtmalar bo‘yicha solishtirish va umumlashtirishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Call-markazlari qabul qilingan buyurtmalarni Portal orqali ko‘mir omborlariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Buyurtmalarga asosan ko‘mir omborlari tomonidan iste’molchilarga ko‘mir mahsulotlari sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Buyurtmaning bajarilishi ko‘mir omborlari mudirlari tomonidan Portalda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizom qoidalari talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika aholisini ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika aholisini ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tumanlar (shaharlar) hokimliklari

Mahalla raislari bilan birgalikda o‘z hududlaridagi ko‘mirga ehtiyojmand bo‘lgan iste’molchilar yashayotgan xonadon (uy), xonadon egasi va/yoki ko‘mirni qabul qilib oluvchi jismoniy shaxs, kuz-qish mavsumiga talab etiladigan ko‘mir miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har yili 1-iyunga qadar Portalga kiritadi hamda kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga javob beradi.

Portalga kiritilgan ma’lumotlar yil davomida boshqa o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

1-iyunga qadar

2-bosqich

“Hududgazta’minot” AJning hududiy gaz-ta’minot korxonalari

“Hududgazta’minot” AJning hududiy gaz-ta’minot korxonalari tumanlar (shaharlar) hokimlari yordamchilari (va/yoki hokimliklar) tomonidan Portalga kiritilgan ma’lumotlarni tabiiy gaz tanqisligi kuzatilayotgan, suyultirilgan gazga o‘tkazilgan iste’molchilar ro‘yxati bilan solishtiradi hamda har yili 1-iyulga qadar Portalga kiritilgan iste’molchilar tabiiy gaz bilan ta’minlanmaganligini Portal orqali tasdiqlaydi.

Tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlangan xonadonda yashovchi iste’molchilarga ko‘mirni markazlashgan holda yetkazib berish rad etiladi va Portaldan ularning ma’lumotlari chiqarib tashlanadi.

1-iyulga qadar

3-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Portalga kiritilgan ma’lumotlar asosida har yili 1-avgustga qadar hudud aholisining mahalla (ovul) fuqarolari yig‘inlari kesimida kelgusi yilda ko‘mir mahsulotiga bo‘lgan ehtiyojini shakllantiradi va tegishli ma’lumotlarni Portal orqali elektron raqamli imzo yordamida tasdiqlaydi.

1-avgustga qadar

4-bosqich

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Energetika vazirligi

Ko‘mir resurslari va iste’moli balansi loyihasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalariga 15-sentabrga qadar kelishish uchun taqdim etiladi hamda kelishilgan hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga 1-noyabrga qadar kiritiladi.

1-noyabrga qadar

5-bosqich

“Ko‘mir ta’minot” MCHJ

Tasdiqlangan ko‘mir balansi doirasida: hududlar bo‘yicha aholiga sotish uchun ko‘mir mahsulotini oyma-oy yetkazib berish jadvalini ishlab chiqib tasdiqlaydi va uni “O‘zbekko‘mir” AJga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga hamda viloyatlar hokimliklariga Portal orqali yuboradi;

o‘n kun muddatda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

hududlar bo‘yicha aholi uchun belgilangan ko‘mir mahsuloti miqdorlarini oyma-oy yetkazib berish jadvalini uch ish kunida tumanlar va shaharlar kesimida ishlab chiqib tasdiqlaydi hamda “Ko‘mir ta’minot” MCHJga hamda tumanlar (shaharlar) hokimliklariga Portal orqali yuboradi;

uch ish kunida

tumanlar (shaharlar) hokimliklari

ko‘mir mahsuloti miqdorlarini oyma-oy yetkazib berish jadvalini ikki ish kunida mahalla (ovul) fuqarolar yig‘inlari kesimida ishlab chiqib tasdiqlaydi va tumanlar (shaharlar) hokimlari yordamchilariga, mahalla (ovul) fuqarolar yig‘inlariga, “Ko‘mir ta’minot” MCHJning hududlardagi bo‘linmalariga Portal orqali yuboradi.

ikki ish kunida

6-bosqich

“O‘zbekko‘mir” AJ

“O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan har bir kunlik ortib yuborilgan ko‘mir partiyasi Portalga kiritiladi.

belgilangan muddatlarda

7-bosqich

“Ko‘mir ta’minot” MCHJ

“Ko‘mir ta’minot” MCHJning hududlardagi ko‘mir omborlari “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ortib yuborilgan ko‘mir partiyasi ko‘mir omboriga yetib kelganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Portal orqali tasdiqlaydi.

belgilangan muddatlarda

8-bosqich

Iste’molchilar, “Ko‘mir ta’minot” MCHJ

Ko‘mir omborlari tomonidan har bir iste’molchiga ortib yuborilgan ko‘mir partiyasi bo‘yicha Portal va SMS-xabarnoma orqali iste’molchiga bildirishnoma yetkaziladi.

Bunda qoida tariqasida iste’molchiga SMS-xabarnoma yuborish orqali unga ko‘mir yetkazib berildi deb qabul qilinadi.

Iste’molchilar tomonidan qabul qilib olingan ko‘mir Portaldagi shaxsiy kabinet orqali tasdiqlanishi yoki haqiqatda yetkazilgan ko‘mir miqdorlari va SMS-xabarnomada keltirilgan miqdorlar orasida tafovut kelib chiqadigan holatlarda, ushbu holat yuzasidan Portal orqali e’tiroz bildirilishi mumkin.

belgilangan muddatlarda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 551-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hududlari bo‘yicha aholi va budjet tashkilotlariga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish uchun mas’ullar ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar

Mas’ullar

“Ko‘mir ta’minot” MCHJning ko‘mir omborlariga qadar

ko‘mir mahsulotlarini saqlash, sifati va so‘nggi iste’molchiga ortib yuborish uchun

so‘nggi iste’molchiga yetkazib berish uchun

Respublika bo‘yicha

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

“O‘zbekko‘mir” AJ, “Ko‘mir ta’minot” MCHJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

“Qo‘ng‘irot” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali rahbari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi

2.

Andijon viloyati

“Qo‘qon” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Andijon viloyati filiali rahbari

Andijon viloyati hokimi

3.

Buxoro viloyati

“Buxoro” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Buxoro viloyati filiali rahbari

Buxoro viloyati hokimi

4.

Jizzax viloyati

“Toshkent” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Jizzax viloyati filiali rahbari

Jizzax viloyati hokimi

5.

Qashqadaryo viloyati

“Qarshi” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Qashqadaryo viloyati filiali rahbari

Qashqadaryo viloyati hokimi

6.

Navoiy viloyati

“Buxoro” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Navoiy viloyati filiali rahbari

Navoiy viloyati hokimi

7.

Namangan viloyati

“Qo‘qon” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Namangan viloyati filiali rahbari

Namangan viloyati hokimi

8.

Samarqand viloyati

“Buxoro” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Samarqand viloyati filiali rahbari

Samarqand viloyati hokimi

9.

Surxondaryo viloyati

“Termiz” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Surxondaryo viloyati filiali rahbari

Surxondaryo viloyati hokimi

10.

Sirdaryo viloyati

“Toshkent” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Sirdaryo viloyati filiali rahbari

Sirdaryo viloyati hokimi

11.

Toshkent viloyati

“Toshkent” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Toshkent viloyati filiali rahbari

Toshkent viloyati hokimi

12.

Farg‘ona viloyati

“Qo‘qon” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Farg‘ona viloyati filiali rahbari

Farg‘ona viloyati hokimi

13.

Xorazm viloyati

“Qo‘ng‘irot” hududiy temir yo‘l uzeli rahbari

“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Xorazm viloyati filiali rahbari

Xorazm viloyati hokimi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 551-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iste’molchilariga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

B.F. Islamov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi, Ishchi guruh rahbari

Sh.X. Xodjayev

energetika vaziri o‘rinbosari, Ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari

S.M. Xolxo‘jayev

iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari

U.U. Egamberdiyev

“O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i

B.B. Eshmuratov

“Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi raisi

V.V. Kuznetsov

“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori

X.N. Xasilov

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi v.b.

S. Umarov

“Ko‘mir ta’minot” MCHJ direktori

A.R. Jumanazarov

Vazirlar Mahkamasi departament boshlig‘i, Ishchi guruhi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-iyundagi 337-sonli qaroriga asosan 2025-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/337/0422-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 551-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada ko‘mir briketlari ishlab chiqarish va sotishni kompleks tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 2-iyuldagi 177-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 53-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2016-yil 30-dekabrdagi 422-son qaroriga 6-ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 177-modda) 1-ilovaning 79-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2018-yil 24-yanvardagi 52-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-son qaroriga ilovaning 45-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosati tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 777-son qaroriga 1-ilovaning 13-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/551/0875-son; 19.06.2024-y., 09/24/337/0422-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son; 31.07.2026-y., 09/26/418/0803-son)