16.08.2022 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Shveysariya Konfederatsiyasi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shveysariya Konfederatsiyasi hududida musodara qilingan noqonuniy orttirilgan aktivlarni Oʻzbekiston Respublikasi aholisining manfaatlari yoʻlida qaytarish usullari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Shveysariya Konfederatsiyasi (keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi mahalliy va xalqaro darajada samarali kurashishga boʻlgan istagini izhor etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy xatti-harakatlar natijasida zarar koʻrgan barcha shaxslar nomidan va ularning manfaatlari yoʻlida noqonuniy orttirilgan aktivlarni qaytarib olish boʻyicha umumiy maqsadlarini tan olib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yilda Gulnora Karimova xonimga nisbatan olib borilgan kompleks jinoiy tergov doirasida Shveysariya Bosh prokuraturasi umumiy qiymati taqriban 800 million Shveysariya frankini tashkil etgan aktivlarni muzlatib qoʻyganiga havola qilgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gulnora Karimova xonimga nisbatan 2012-yilda Shveysariya Bosh prokuraturasi tomonidan qoʻzgʻatilgan jinoiy tergov doirasida butkul musodara qilingan aktivlarni qaytarishni tartibga soluvchi asosiy tamoyillarni oʻz ichiga olgan, 2020-yil 8-sentabrda kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Shveysariya Federal Kengashi oʻrtasida Shveysariyada musodara qilingan noqonuniy orttirilgan aktivlarni Oʻzbekiston Respublikasi aholisi manfaatlarida qaytarish asoslari toʻgʻrisidagi Anglashuv Memorandumiga (keyingi oʻrinlarda “Memorandum” deb yuritiladi) havola qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Restitutsiyaga oid Bitim Memorandumning 3-bandiga asosan “Restitutsiyaga oid Bitim” ekanligini eʼtirof etgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasining V bobi (keyingi oʻrinlarda “Konvensiya” deb yuritiladi) aktivlarni qaytarish sohasidagi xalqaro huquqiy bazani belgilab berganligini inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiyaning ishtirokchi-davlatlar aktivlarni qaytarish boʻyicha bir-birlari bilan keng koʻlamli hamkorlik qilishi va yordam koʻrsatishini koʻzda tutuvchi 51-moddasiga asoslanib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha ravishda Konvensiyaning ishtirokchi-davlatlar tegishli holatlarda musodara qilingan mol-mulkni uzil-kesil tasarruf qilinishi xususida bitimlar yoki oʻzaro maqbul boʻlgan kelishuvlar tuzish imkoniyatini har bir alohida holat uchun koʻrib chiqishlari mumkinligini koʻzda tutuvchi 57-moddasi 5-bandiga asoslanib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilgacha Barqaror rivojlanish kun tartibining 16-maqsadi “Barqaror rivojlanish yoʻlida tinchliksevar va ochiq jamiyatlar barpo etilishiga koʻmaklashish, barcha uchun odil sud orqali himoyalanish imkoniyatidan foydalanishni taʼminlash, barcha darajalarda samarali, hisobdor va keng ishtirokka asoslangan muassasalarni tashkil etish” va shu jumladan, 16.4-maqsadi (noqonuniy moliyaviy va qurol-yarogʻ oqimlarini qisqartirish) va 16.5-maqsadi (korrupsiya barcha shakllarini qisqartirish)ga tayanib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson va uning ajralmas qadr-qimmatini rivojlanish saʼy-harakatlarining markaziga qoʻyish va barcha odamlarga ushbu yoʻnalishda sherik boʻlish imkoniyatini yaratib berish orqali Barqaror rivojlanish maqsadlarini chinakam oʻzgarishlar qilishga qodir etuvchi 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish kun tartibining uchta umuminsoniy qadriyatlari: hech kimni chetda qoldirmaslik, inson huquqlariga asoslangan yondashuv va gender tengligi hamda ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga asoslanib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Addis-Abeba Harakat dasturining 25-paragrafida koʻzda tutilganidek, xalqaro hamjamiyat aktivlarni qaytarish boʻyicha ilgʻor amaliyotlarni ishlab chiqishi zarurligini, shuningdek, Restitutsiyani fuqarolar, fuqarolik jamiyati va xalqaro hamjamiyatni qoniqtiradigan darajada shaffof va hisobdor koʻrinishda amalga oshirish va nazorat qilish zarurligini anglab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda 2017-yil dekabr oyida Vashingtonda boʻlib oʻtgan Aktivlarni qaytarish boʻyicha Global Forumda (GFAR) maʼqullangan va milliy suverenitetni ham, ichki qonunchilik tamoyillarini ham buzmaydigan Korrupsiya ishlari doirasida musodara qilingan oʻgʻirlangan aktivlarni tasarruf etish va oʻtkazish tamoyillariga asoslangan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-MODDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Restitutsiyaga oid Bitimning predmeti va maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Restitutsiyaga oid Bitim quyidagi umumiy shartlarga javob berayotgan yoki javob beradigan barcha aktivlarni, shu jumladan, vaqt oʻtishi bilan hisoblangan foizlarni Oʻzbekiston Respublikasi aholisi manfaatlari yoʻlida qaytarish usullariga taalluqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a. Gulnora Karimova xonimga nisbatan 2012-yilda Shveysariya Bosh prokuraturasi tomonidan qoʻzgʻatilgan jinoiy tergov doirasida batamom musodara qilingan aktivlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Shveysariya Federal Kengashi oʻrtasidagi Boʻlishish Bitimiga asosan Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtkazilgan aktivlar mazkur Restitutsiyaga oid Bitimga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Restitutsiyaga oid Bitim 1-moddasining 1-paragrafida belgilangan aktivlar keyingi oʻrinlarda “Mablagʻlar” deb yuritiladi. Mablagʻlar mazkur Restitutsiyaga oid Bitim imzolangan paytda taqriban 131 million AQSh dollarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Restitutsiyaga oid Bitimning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi aholisining manfaatlari yoʻlida Mablagʻlarni qaytarish boʻyicha Tomonlarning yagona restitutsiya mexanizmini yaratishdagi istagidan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-MODDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy prinsiplar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Restitutsiya va mazkur Restitutsiyaga oid Bitim quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirilishiga kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a. Mablagʻlar restitutsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi aholisining manfaatlarini koʻzlab, uning turmush sharoitlarini yaxshilash, qonun ustuvorligini mustahkamlash yoki jinoyatning jazosiz qolishiga qarshi kurashish maqsadida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b. Tomonlar Mablagʻlarning qayta oʻzlashtirib olinish xavfi ostida qolmasligini taʼminlashdan oʻzaro manfaatdor ekanliklarini va bunday kafolatlarni taqdim etish boʻyicha oʻz fuqarolari oldidagi majburiyatlarini eʼtirof etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c. Mablagʻlar na aktivlari musodara qilingan yoki huquqbuzarlik sodir etishda ishtirok etgan shaxslarga, na bunday shaxslarning merosxoʻrlari yoki ularning sheriklariga foyda keltirmasligini taʼminlash uchun barcha choralar koʻrilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d. Mablagʻlardan yakuniy foydalanish barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlashi, Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish strategiyasi va “2030-yilgacha Barqaror rivojlanish kun tartibi”ga muvofiq boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e. Shaffoflik va hisobdorlik kafolatlanishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f. Mablagʻlardan foydalanishni nazorat qiluvchi mexanizmlarni tashkil etish va moliyalashtirish Mablagʻlar hisobidan amalga oshirilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g. Mablagʻlarni restitutsiya qilish chogʻida muvofiqlikni taʼminlash, takrorlanishning oldini olish va samaradorlikni oshirish maqsadida, basharti Tomonlar maqbul deb bilsalar, mavjud siyosiy va institutsional tizimlardan (siyosat va dasturlardan) foydalanilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h. Shveysariyada ham, Oʻzbekiston Respublikasida ham Mablagʻlarni restitutsiya qilish, boshqarish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumot eʼlon qilinishi va aholi ulardan foydalanishi mavjud boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i. Ushbu prinsiplarni amalga oshirishda jamoatchilikning (fuqarolik jamiyati yoki jamoat tashkilotlari) oʻrni eʼtiborga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j. Tomonlar ishonch va qatʼiyatni kuchaytiruvchi mustahkam sheriklik, doimiy konstruktiv muloqot va oʻzaro hurmatga asoslangan samarali hamkorlikni davom ettiradilar hamda odob-axloq va shaffoflik prinsiplariga tayanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-MODDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Restitutsiya qilishning yagona mexanizmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mablagʻlarni qaytarish Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi oʻrinlarda “BMT” deb yuritiladi) “Uzbekistan Vision 2030 Fondi” deb nomlangan Koʻp sheriklik trast Jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Uzbekistan Vision 2030 Fondi” deb yuritiladi) orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Uzbekistan Vision 2030 Fondi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (keyingi oʻrinlarda “BMT TD” deb yuritiladi) Koʻp sheriklik trast jamgʻarmasi veb-saytida tanishish mumkin boʻlgan va mazkur Restitutsiyaga oid Bitimning ajralmas qismi hisoblanmaydigan quyidagi hujjatlarga asoslanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a. Shveysariyadan Oʻzbekiston Respublikasi xalqi nomidan va uning manfaatlari yoʻlida qaytarilgan Mablagʻlarning saqlovchisi sifatida Shveysariya Federal Kengashi bilan BMTTDning Koʻp sheriklik trast jamgʻarmasi ofisi oʻrtasidagi Standart maʼmuriy Kelishuv (keyingi oʻrinlarda “SMK” deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b. BMT Ishtirokchi tashkilotlari bilan BMTTDning Koʻp sheriklik trast jamgʻarmasi ofisi oʻrtasida Uzbekistan Vision 2030 Fondining Oʻzbekistondagi faoliyatining amaliy jihatlari boʻyicha Anglashuv memorandumi (keyingi oʻrinlarda “AngM” deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Uzbekistan Vision 2030 Fondi Koʻp sheriklik trast jamgʻarmasining faoliyat yuritish shartlari (keyingi oʻrinlarda “FYuSh” deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d. BMT Ixtisoslashgan Agentliklari kabi boshqa subyektlar bilan munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Uzbekistan Vision 2030 Fondi Oʻzbekiston Respublikasining butun restitutsiya jarayoni davomida oʻzgarib boradigan ehtiyojlarini hisobga olgan holda, Mablagʻlarni taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va Mablagʻlardan foydalanishni nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-MODDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzbekistan Vision 2030 Fondining organlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Uzbekistan Vision 2030 Fondi quyidagi organlardan tashkil topgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a. Yuqori darajadagi strategik qoʻmita: Yuqori darajadagi Strategik qoʻmita Restitutsiya toʻgʻrisida siyosiy muloqotni amalga oshiradi, Uzbekistan Vision 2030 Fondining tuzilmasi va strategik yoʻnalishi boʻyicha tavsiyalar beradi hamda uning strategik yoʻnalishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b. Boshqaruv qoʻmitasi: Boshqaruv qoʻmitasi Uzbekistan Vision 2030 Fondini boshqarish uchun masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c. Kotibiyat: Kotibiyat BMTning Toshkentdagi Doimiy koordinatorining ofisida joylashgan boʻlib, BMTning Toshkentdagi Doimiy koordinatori tomonidan nazorat qilinadi. Kotibiyat Boshqaruv qoʻmitasi va Yuqori darajadagi Strategik qoʻmita tomonidan ularning barcha vazifalarining amalga oshirilishida qoʻllab-quvvatlaydi va Uzbekistan Vision 2030 Fondini joriy boshqaruviga masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d. Maʼmuriy agent: Maʼmuriy agent BMT TDning Nyu-Yorkdagi Koʻp sheriklik trast jamgʻarmasi ofisidir. U Uzbekistan Vision 2030 Fondiga oʻtkazilgan Mablagʻlarni boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e. Ijro etuvchi tashkilotlar: Ijro etuvchi tashkilotlar Uzbekistan Vision 2030 Fondi tomonidan moliyalashtiriladigan dasturiy faoliyatni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f. Fuqarolik jamiyati maslahat kengashi: Fuqarolik jamiyati maslahat kengashi milliy va xalqaro fuqarolik jamiyati tashkilotlari va ilmiy doiralar vakillaridan iborat. U Uzbekistan Vision 2030 Fondi va fuqarolik jamiyati oʻrtasidagi hamkorlikni taʼminlaydi. U maslahat organi vazifasini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Uzbekistan Vision 2030 Fondi organlarining tarkibi, funksiyalari va vakolatlari FYuShda bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar Yuqori darajadagi strategik qoʻmita va Boshqaruv qoʻmitasida ishtirok etish orqali mazkur Restitutsiyaga oid Bitimning 2-moddasida koʻrsatilgan tamoyillarga rioya etilishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-MODDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻlarni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shveysariya Konfederatsiyasi Mablagʻlarni Uzbekistan Vision 2030 Fondiga SMKning I boʻlimiga muvofiq va SMKning B ilovasidagi toʻlovlar jadvaliga muvofiq oʻtkazadi. Pul oʻtkazmalari BMT TDning Koʻp sheriklik trast jamgʻarmasi idorasi tomonidan quyidagi hisob raqamiga AQSh dollarida oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bank nomi:

Citibank, N.A.

Bank manzili:

111 Wall Street, New York, New York 10043

Qabul qiluvchining hisob raqami:

36349626

SWIFT Kod:

CITIUS33

ABA:

021000089

Valyuta:

AQSh dollari

Hisob raqam benefitsiarining nomi:

BMT TD Koʻp sheriklik trast jamgʻarmasi ofisi

Hisob raqam benefitsiari manzili:

304 East 45th Street, 11th Floor, New York, NY 10017, USA

Aloqadorlik:

Uzbekistan Vision 2030 Fondi hisobi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-MODDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻlardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mablagʻlar mazkur Restitutsiyaga oid Bitim, FYuSh, SMK, AngMda koʻzda tutilgan prinsip va tartib-taomillarga hamda BMTning Oʻzbekiston uchun Barqaror rivojlanish boʻyicha hamkorlik dasturiga (BMT BRHD) muvofiq foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar oʻzlarining saʼy-harakatlarini xaridlarning barcha jarayonlarida, shuningdek, dasturlarni aniqlash va tanlash (saralash) bilan bogʻliq barcha boshqa jarayonlarda shaffoflik va hisobdorlikning eng yuqori standartlari oʻrnatilishi va amalga oshirilishini taʼminlash uchun yoʻnaltiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan maqbul dasturlar har bir dasturning xususiyatiga qarab tegishlicha oʻz ichiga yumshoq va qattiq komponentlarni olishi va (BMT BRHD) hamda FYuShda nazarda tutilgan prinsiplar va mezonlarga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Maqbul dasturlar, xususan, imkoniyatlarni kengaytirish va salohiyatni oshirish (shaxslar va institutlar), bilim almashinuvi, tizimlar va yondashuvlarni ishlab chiqish va amalga oshirish hamda “hech kimni chetda qoldirmaslik” tamoyili bilan birga fuqarolar ishtirokini kuchaytirish kabi masalalarga qaratilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mablagʻlar quyidagilar uchun sarflanmasligi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a. (i) Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining VII bobiga muvofiq qabul qilingan qarori bilan taqiqlangan; (ii) har qanday noqonuniy, korrupsiyaviy, firibgarlik yoki axloqsiz kabi faoliyat yoki amaliyotlarni, shu jumladan, favoritizm yoki nepotizmni har qanday shaklda qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirish yoki yengillashtirishda yoki ularga jalb qilingandek koʻrinish va namoyon qilishga; (iii) BMT siyosati va tartib-qoidalariga mos kelmaydigan Tomonlarning davlat mansabdor shaxslariga yoki ularning shaxsiy yoki biznes hamkorlariga yoʻnaltirilgan toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita toʻlovlar yoki boshqa imtiyozlar uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b. Energetika, avtomobil yoʻllari, temir yoʻl, transport, logistika, telekommunikatsiya kabi sohalardagi keng koʻlamli infratuzilma dasturlari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s. Siyosiy maqsadlarga yoki prozelitizmga xizmat qilishi mumkin boʻlgan dasturlar yoki dasturning har qanday komponenti uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tomonlar Mablagʻlarning BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyalar rejimida belgilab qoʻyilgan terrorizm bilan bogʻliq boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxslarni qoʻllab-quvvatlash yoki yordam koʻrsatish uchun foydalanilmasligini taʼminlash uchun barcha oqilona saʼy-harakatlarni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-MODDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻlardan foydalanishni monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar FYuSh, SMK va AngMda koʻzda tutilgan monitoring va baholash faoliyati monitoring va hisobdorlikning eng yuqori standartlariga mos kelishi hamda sinchkovlikning yuqori darajasini oʻzida namoyon etishi uchun barcha zarur yordamni koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-MODDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot, shaffoflik va hisobdorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar FYuSh, SMK va AngMda nazarda tutilgan hisobot, shaffoflik va hisobdorlik tartib-taomillari va chora-tadbirlarini barcha zarur yordam bilan taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-MODDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar Uzbekistan Vision 2030 Fondi bilan bogʻliq xarajatlarning imkon qadar past boʻlishini taʼminlash uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar quyidagilarni eʼtirof etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a. Maʼmuriy agent Maʼmuriy agentning funksiyalarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun Mablagʻlarning bir foizi (1%) miqdorida maʼmuriy yigʻim ajratishga haqli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b. Dasturni qoʻllab-quvvatlash xarajatlari hisobidan qoplanadigan BMT Ishtirokchi Tashkilotlarining bilvosita xarajatlari Mablagʻlarning yetti foizini (7%) tashkil etadi, shuningdek, har bir BMT Ishtirokchi Tashkilotining Uzbekistan Vision 2030 Fondi doirasida masʼul boʻlgan faoliyatini amalga oshirish uchun qilgan boshqa barcha xarajatlari bevosita xarajatlar sifatida qoplanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c. Kotibiyatning xarajatlari Mablagʻlarning koʻpi bilan ikki foizini (2%) tashkil etishini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar BMT Rivojlanishni muvofiqlashtirish ofisi tomonidan moliyalashtirilgan Dastlabki kotibiyatning haqiqiy xarajatlari Mablagʻlar hisobidan qoplanishiga kelishib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tomonlarning mazkur Restitutsiyaga oid Bitimni amalga oshirish boʻyicha tegishli faoliyati bilan bogʻliq xarajatlari Mablagʻlar hisobidan emas, balki Tomonlarning oʻz hisobidan qoplanadi. Bunday xarajatlarga, xususan, Uzbekistan Vision 2030 Fondi organlaridagi Tomonlar vakillarining yigʻilishlarga tayyorgarlik koʻrish va ularda qatnashish uchun sarflangan vaqtlari uchun haq toʻlash hamda ularning sayohat xarajatlari uchun kompensatsiyalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-MODDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotni oshkor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar mazkur Restitutsiyaga oid Bitimni oshkor qilishga rozilik bildiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar Uzbekistan Vision 2030 Fondiga tegishli maʼlumot va hujjatlar FYuSh, SMK va Memorandumga muvofiq BMT TD Koʻp sheriklik trast jamgʻarmasi idorasi veb-saytida omma eʼtibori uchun oshkor qilinishi va eʼlon qilinishini tan oladilar. Bunday maʼlumot va hujjatlar BMTning boshqa veb-saytlarida yoki Tomonlarning tegishli veb-saytlarida ham joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Restitutsiyaga oid bitimning 10-moddasi 2-paragrafida koʻrsatilgan maʼlumot va hujjatlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi va bu ular bilan cheklanib qolmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a. SMK, AngM va FYuSh;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b. Uzbekistan Vision 2030 Fondiga kiritilgan hissalar toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c. Oʻtkazmalar va xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d. Yillik va yakuniy moliyaviy va tavsiflovchi hisobotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tomonlar baholash va audit hisobotlari tegishli ijro etuvchi tashkilot qoidalari va nizomlariga, FYuSh, SMK va Memorandumga muvofiq oshkor etilishi lozimligini tan oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-MODDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muloqot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzbekistan Vision 2030 Fondi bilan bogʻliq muloqot FYuSh, SMK va AngMga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-MODDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurash va samarali boshqaruv
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar Uzbekistan Vision 2030 Fondi tomonidan qabul qilingan Mablagʻlardan foydalanishda SMK va AngM firibgarlik, korrupsiya, axloqsiz xulq-atvor, til biriktirish, zoʻravonlik, toʻsqinlik qilish, jinsiy ekspluatatsiya, jinsiy zoʻravonlik va jinsiy taʼqib qilish toʻgʻrisidagi daʼvolarni xabar qilish mexanizmini taʼminlashini va bunday daʼvolar SMK va AngMda koʻrsatilgan BMT Ishtirokchi tashkilotlari va Maʼmuriy agentning qoidalari va nizomlariga muvofiq koʻrib chiqilishini tan oladilar. Bunday daʼvolar yuqorida koʻrsatilgan mexanizmlarga muvofiq xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Uzbekistan Vision 2030 Fondiga mazkur Restitutsiyaga oid Bitim orqali taqdim etilgan Mablagʻlar yuzasidan, Tomonlar BMTning Ishtirokchi tashkilotlari va Maʼmuriy agentining soʻroviga koʻra, BMT Ishtirokchi tashkilotlari va Maʼmuriy agenti tomonidan firibgarlik, korrupsiya, axloqsiz xulq-atvor, til biriktirish, zoʻravonlik, toʻsqinlik qilish, jinsiy ekspluatatsiya, jinsiy zoʻravonlik va jinsiy taʼqib qilish toʻgʻrisidagi daʼvolarga nisbatan ushbu Restitutsiyaga oid Bitimning 12-moddasi 1-paragrafida koʻrsatilgan chora-tartiblarni amalga oshirishda barcha zarur yordamni koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar mazkur Restitutsiyaga oid Bitimni amalga oshirish bilan bogʻliq har qanday korrupsiya, firibgarlik, til biriktirish, zoʻravonlik, toʻsqinlik qilish va axloqsiz amaliyotlarga asoslangan, shu jumladan, manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq boʻlgan amaliyotlarning oldini olish va bartaraf etish borasida tegishli choralarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-MODDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizolarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Restitutsiyaga oid Bitimni talqin qilish, foydalanish va amalga oshirishda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Tomonlar oʻrtasida maslahatlashuvlar orqali doʻstona hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-MODDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy amal qilish doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Restitutsiyaga oid Bitim faqatgina Tomonlar oʻrtasida qonuniy majburiy huquqlar yoki majburiyatlarni keltirib chiqaradi. BMT Nizomining 100-moddasiga muvofiq, Tomonlar BMT xodimlarining faqatgina xalqaro xaraktyerga ega majburiyatlarini hurmat qilish majburiyatini oladilar va BMT xodimlari Tomonlar tarafidan koʻrsatmalar olmasligini tan oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-MODDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Restitutsiyaga oid Bitim Tomonlar tarafidan soʻnggi imzo qoʻyilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-MODDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amal qilish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Restitutsiyaga oid Bitim Tomonlar ushbu Restitutsiyaga oid Bitimda nazarda tutilgan oʻz majburiyatlarini bajarmaguniga va FYuSh, SMK va AngMda belgilangan tadbirlar yakunlanmaguniga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-MODDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgartirish, tugatish va sarflanmagan qoldiqlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlarning oʻzaro roziligi bilan mazkur Restitutsiyaga oid Bitimga istalgan vaqtda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Barcha oʻzgartirishlar Tomonlar oʻrtasida yozma ravishda kelishib olinishi lozim. Ushbu oʻzgartirishlar mazkur Restitutsiyaga oid Bitimning 15-moddasiga muvofiq kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Restitutsiyaga oid Bitim Tomonlardan biri yoki Shveysariya tomonidan SMK bekor qilinishidan avval, bekor qilishni rejalashtirayotgan Tomon tugatish sabablari yuzasidan maslahatlashuv oʻtkazishni talab qilishi lozim. Basharti talabnoma yuborilgan kundan boshlab 6 oy ichida ushbu maslahatlashuvlar biror-bir yechimga olib kelmasa, mazkur Restitutsiyaga oid Bitim Tomonlardan biri oʻttiz besh kun (35) kun ichida boshqa Tomonni yozma ravishda xabardor qilish orqali tugatilishi mumkin hamda SMK Shveysariya tomonidan SMK qoidalariga muvofiq tugatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. BMT TD Koʻp sheriklik trast jamgʻarmasi ofisi Shveysariyaga SMK amal qilishini tugatish toʻgʻrisida bildirishnoma yuborgan taqdirda, Shveysariya mazkur Restitutsiyaga oid Bitimning amal qilishini SMK bilan bir kunda tugatish toʻgʻrisidagi bildirishnomani Oʻzbekistonga darhol yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Restitutsiyaga oid Bitim tugatilishiga qaramasdan, Uzbekistan Vision 2030 Fondiga Restitutsiyaga oid Bitim amal qilish muddati tugagunga va tugatilish kuniga qadar oʻtkazilgan Mablagʻlar, Uzbekistan Vision 2030 Fondini qoʻllab-quvvatlash uchun foydalanishda davom etiladi. Uzbekistan Vision 2030 Fondidagi har qanday qoldiq Uzbekistan Vision 2030 Fondi faoliyati tugatilgandan soʻng, Tomonlar oʻrtasida oʻzaro kelishilgan maqsadlarda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Restitutsiyaga oid Bitimni bekor qilish sanasida Uzbekistan Vision 2030 Fondiga hali oʻtkazilmagan Mablagʻlar Tomonlar oʻrtasida oʻzaro kelishilgan maqsadlarda foydalaniladi. Bunday holda, Tomonlar ushbu Mablagʻlarni qaytarish boʻyicha boshqa oʻzaro kelishilgan yechimni topish uchun muzokaralar olib borishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-MODDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Restitutsiya mexanizmi arxitekturasini tavsiflovchi diagramma faqatgina tasvirlash maqsadlarida mazkur Restitutsiyaga oid Bitimga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YUQORIDAGILARNI TASDIQLAGAN HOLDA, oʻzlarining tegishli Hukumatlari tomonidan lozim darajada vakolat berilgan quyida imzo qoʻyuvchilar mazkur Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bern shahrida, 2022-yil 16-avgustda ikki asl nusxada ingliz tilida imzolandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ILOVA
Faqat tasvirlash maqsadida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш