1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari;
3.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini roʻyxatga olish;
4.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va uning asosida davlat xizmatini koʻrsatishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri (keyingi oʻrinlarda — KTYADR) boʻyicha maʼlumot taqdim etish xizmatining davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatilishi belgilab qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona klassifikatsiyalar tizimi asosida yuridik shaxslarning davlat hisobini va ularni identifikatsiyalashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari bilan axborot almashish borasida oʻzaro hamkorlik qilishda ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarning mosligini va taqqoslanuvchanligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlardan olingan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash va saqlash, shuningdek, ularni foydalanuvchilarga belgilangan tartibda taqdim etish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri boʻyicha maʼlumot taqdim etish xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADR boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish xizmati doirasida olinishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli maʼlumotlarni olish uchun davlat xizmatlari markazida yoki YIDXP orqali elektron shaklda soʻrovnoma toʻldirish, zarur maʼlumotlarning xususiyatlarini axborot tizimida belgilash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga yuborish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatdan foydalanuvchi davlat xizmatlari markazi orqali murojaat etganda, har bir yuridik shaxs boʻyicha taqdim etiladigan maʼlumotlar uchun yigʻim miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talab etilgan maʼlumotlarni toʻlov amalga oshirilgandan soʻng xizmatdan foydalanuvchiga taqdim etish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, xizmatdan foydalanuvchilar KTYADR boʻyicha maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti orqali soʻralayotgan yuridik shaxsning soliq toʻlovchining identifikatsiyalash raqami kodini kiritgan holda real vaqt rejimida bepul olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri boʻyicha maʼlumot taqdim etish xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti boʻyicha davlat xizmatining YIDXP orqali joriy etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻimlarning davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasi hisobini yurituvchi yagona billing tizimi orqali elektron shaklda toʻlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 28-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
539-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 539-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrining (keyingi oʻrinlarda — KTYADR) axborot fondini tashkil etish hamda yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. KTYADR axborot-maʼlumotnoma tusidagi, real vaqt rejimida yangilab boriladigan maʼlumotlardan iborat boʻlgan avtomatlashtirilgan tizim hisoblanadi hamda yagona klassifikatsiyalar tizimi asosida korxonalar va tashkilotlarning davlat hisobini va ularni identifikatsiyalashni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADR davlat statistikasining yagona axborot tizimi tarkibidagi davlat axborot resursi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADR davlat tilida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar KTYADRni yuritishning maqsadi hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona tasniflar tizimi asosida yuridik shaxslarning yagona davlat hisobini va ularni identifikatsiyalashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazuvchi va boshqa davlat organlaridan olingan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash va saqlash, shuningdek, ularni davlat boshqaruvi organlariga va boshqa foydalanuvchilarga belgilangan tartibda taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika registrlarini hamda statistika kuzatuvlari obyektlarining maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va muntazam yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari bilan axborot almashish borasida oʻzaro hamkorlik qilishda ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarning mosligini va taqqoslanuvchanligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar KTYADRni yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADR tarkibidagi korxonalar va tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, yangilash, saqlash va tarqatishning xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan metodologiyasining yagonaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika tasniflagichlaridan foydalangan holda, KTYADR axborotlarini kodlashtirishning yagona tizimini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan yuridik shaxslarni toʻliq qamrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona dasturiy-texnik vositani qoʻllash va doimiy ravishda yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADR axborotlaridan foydalanishning qulayligi va uni Milliy axborot tizimiga integratsiyalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. KTYADR axborot fondining mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. KTYADR axborot fondi Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan va davlat roʻyxatidan oʻtgan yuridik shaxslar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
identifikatsiyalash koʻrsatkichlari — yuridik shaxsning nomi, korxona va tashkilotning umumdavlat tasnifi kodi (keyingi oʻrinlarda — KTUT), soliq toʻlovchining identifikatsiyalash raqami (keyingi oʻrinlarda — STIR);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning klassifikatsiya koʻrsatkichlari — asosiy faoliyat turining xususiyati, joylashgan joyi, tashkiliy-huquqiy shakli, kichik tadbirkorlik subyektlariga mansubligi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmasiga kirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotnoma tusidagi koʻrsatkichlar — pochta manzili, telefonlar raqami, taʼsischilari (aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, rahbari, ustav fondi, yuridik shaxslarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi (faoliyat koʻrsatayotganligi, faoliyat koʻrsatmayotganligi va tugatilganligi) toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. KTUT — KTYADRga kiritishda yuridik shaxsga beriladigan va statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan individual raqam hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTUT sakkizta raqamli belgilardan iborat boʻladi, dastlabki yettita raqam generatsiyalaydigan dasturiy metod bilan tasodifiy raqamni tashkil qiladi, sakkizinchi raqam kod himoyachisi hisoblanadi (bir razryadli nazorat soni).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTUT bir marta beriladi, yuridik shaxsning tugatilishi munosabati bilan bekor qilinmaydi va boshqa yuridik shaxsga berish uchun undan takroran foydalanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tasniflash koʻrsatkichlarini aniqlash uchun statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan iqtisodiy-statistika tasniflagichlari qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Statistika organlari oʻrtasida axborot almashishni birxillashtirish maqsadida soliq va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar tomonidan KTYADRda STIRdan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. KTYADRni yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. KTYADRni yuritish quyidagi holatlarda maʼlumotlarning elektron bazasiga tegishli yozuvni kiritishni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yuridik shaxsni qayta tashkil etishni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga yuridik shaxs tugatilganligi yoki qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning faoliyati toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organdan yuridik shaxs tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmayotganligi yoki harakatsiz holatga oʻtkazilganligi, shuningdek, uning ixtiyoriy tugatish jarayonidaligi yoki tugatish jarayonining toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yuridik shaxsning joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) yuridik shaxsning asosiy faoliyat turi va unda ishlayotganlarning oʻrtacha yillik soni oʻzgarganda — yillik statistika hisoboti asosida hamda yuridik shaxslar va (yoki) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarning murojaatlari asosida quyidagi hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs yangi tashkil etilgan vaqtda asosiy faoliyat turi (IFUT) kodini biriktirishda yoki xodimlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotni toʻldirishda noaniqlikka yoʻl qoʻyilgan deb hisoblanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs faoliyat koʻrsatmayotganda, qoʻshib olish yoʻli bilan qayta tashkil etilganda, belgilangan tartibda faoliyati tiklanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs qayta roʻyxatdan oʻtib, taʼsis hujjatlarida ushbu faoliyat turi asosiy faoliyat turi deb belgilanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs maʼlum faoliyatni amalga oshirish boʻyicha litsenziya olganda yoki litsenziyasi bekor qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) yuridik shaxsning idoraviy mansubligi oʻzgarganda — uning muassislari hamda davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalaridan tushgan maʼlumotlari asosida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. KTYADRni yuritish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazgan organlardan tushadigan maʼlumotlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika kuzatuvlarini amalga oshirishda olingan statistika maʼlumotlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq va boshqa davlat organlarining registrlaridan hamda maʼlumotlar axborot bazalaridan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. KTYADR maʼlumotlar yagona bazasiga yozuvlarni kiritish tartibi va ularning shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. KTYADR milliy statistika tizimida qoʻllanadigan dasturiy-texnologik vositalardan foydalangan holda elektron shaklda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADR maʼlumotlari yoʻqolishining oldini olish maqsadida har oyda elektron manbalarda oyning 1-kunidagi holatiga koʻra, uning zaxira nusxasi shakllantiriladi, uning yoʻqolishini bartaraf etadigan joylarda asl nusxasi bilan birgalikda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. KTYADR Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi hududiy organlari tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADRni rivojlantirishning metodologik asoslari va yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADR maʼlumotlari elektron bazasini ishlatish va boshqarish hamda ushbu bazani yuritishda qatnashuvchi organlar tomonidan undan belgilangan tartibda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarni hisobga qoʻyish va roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha ishlarga metodik rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika tasniflagichlari tizimini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADRning zaxira nusxalarini saqlash va axborot xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari bilan idoralararo axborot almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADRdan foydalanuvchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda axborot-maʼlumotnoma xizmati koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi davlat statistika organlari quyidagilarni taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlardan tushadigan KTYADR maʼlumotlarini qayta ishlash hamda axborotlarning yoʻqolishi, buzilishi va soxtalashtirilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADRdagi tasniflash koʻrsatkichlarini statistika kuzatuvlarini oʻtkazish jarayonida olingan dastlabki statistika maʼlumotlari asosida oʻz vaqtida oʻzgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududdagi davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar, soliq organlari va davlat mulkini boshqarish organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADRdan foydalanuvchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda axborot-maʼlumotnoma xizmati koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quyidagi maʼlumotlar qonunchilikda belgilangan tartibda bepul taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADRdagi maʼlumotlar — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, huquqni muhofaza qilish organlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADRdagi maʼlumotlar — yuridik shaxsga unga berilgan statistika kodlari, ularning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazadigan organlar Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga ushbu Nizom 8-bandining “a” kichik bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritilgandan keyin bir kun muddatda ushbu Nizom 8-bandining “b” — “e” kichik bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritilgandan keyin ikki kun muddatda davlat statistika organlariga elektron shaklda ilovaga muvofiq maʼlumotlar yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar — davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadigan organlar ushbu Nizom 8-bandining “a” — “e” kichik bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgandan keyin ikki kun muddatda davlat statistika organlariga elektron shaklda ilovaga muvofiq maʼlumotlar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan maʼlumotlar davlat statistika organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining dasturiy-texnologik vositalaridan foydalangan holda, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. KTYADRdagi identifikatsiyalash, tasniflash koʻrsatkichlari, shuningdek, yuridik shaxslarning joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqamlari, yuridik shaxslarning taʼsischilari (aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno), rahbari (soliq organlari maʼlumotlari asosida), davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan tartib raqami va sanasi (ustav fondi va taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, yagona davlat reyestridan chiqarish) toʻgʻrisidagi maʼlumotlari barchaning foydalanishi uchun ochiq hisoblanadi, KTYADRdagi boshqa koʻrsatkichlar maxfiy tusdagi axborot hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yuridik shaxslarning taʼsischilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar faqatgina eng yuqori ulushga ega 5 ta taʼsischilar haqidagi maʼlumotlar hamda 5 tadan koʻp taʼsischisi boʻlgan yuridik shaxslarda beshinchi satrda qolgan taʼsischilarning yigʻindisi aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. KTYADRdan olingan maʼlumotlarni foydalanuvchilar tomonidan axborotning manbaini koʻrsatmasdan tarqatishga va (yoki) KTYADRdagi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga tijorat maqsadlarida berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. KTYADRni tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. KTYADR qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatishda, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, KTYADR maʼlumotlari bazasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxiviga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestridagi yuridik shaxs toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** qoʻshish yoki birlashtirish yoʻli bilan qayta tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun
(raqami)
(sanasi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 539-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri boʻyicha maʼlumot taqdim etish xizmatini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI

1. Mazkur Maʼmuriy reglament davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri (keyingi oʻrinlarda — KTYADR) bazasidan maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmatini koʻrsatish xizmatidan foydalanuvchilarning soʻrovlariga koʻra, KTYADR bazasida davlat organlari va tashkilotlarning yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼmuriy maʼlumotlaridan foydalangan holda, statistika tasniflagichlariga asosan shakllantirilgan roʻyxat asosida maʼlumotlar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Maʼmuriy reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADR — axborot-maʼlumotnoma tusidagi, real vaqt rejimida yangilab boriladigan maʼlumotlardan iborat boʻlgan, yagona tasniflagichlar tizimi asosida korxona va tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda — tashkilot) davlat hisobini yurituvchi hamda ularni identifikatsiyalashni taʼminlovchi avtomatlashtirilgan tizim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KTYADR boʻyicha maʼlumot taqdim etish xizmatini taqdim etuvchi vakolatli davlat organi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy maʼlumotlar — davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan oʻz vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq shakllantiriladigan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasniflash — rasmiy statistika sohasida qabul qilingan usullar va belgilarga muvofiq obyektlar toʻplamini oʻxshashligi yoki farqi boʻyicha alohida kichik toʻplamlarga ajratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. KTYADR boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish xizmati doirasida mazkur Maʼmuriy reglamentga 1-ilovadagi roʻyxat asosida maʼlumotlar olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda maʼlumotlar yuridik shaxslarning faollik holati (faoliyat koʻrsatayotgan, faoliyat koʻrsatmayotgan va tugatilgan) boʻyicha taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. KTYADR boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish xizmatini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. KTYADR boʻyicha maʼlumot taqdim etish davlat xizmati ushbu Maʼmuriy reglamentga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xizmatdan foydalanuvchi zaruratga koʻra, KTYADR boʻyicha maʼlumotlarni olish uchun tegishli tashkilot xususiyatlarini (asosiy faoliyat turi, joylashuvi va tashkiliy-huquqiy shakllari) aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatdan foydalanuvchi KTYADR boʻyicha maʼlumotlarni olish davlat xizmatidan foydalanish uchun istalgan davlat xizmatlari markazlariga bevosita oʻzi kelib yoki ishonchli vakili orqali murojaat etadi yoxud davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. KTYADR boʻyicha maʼlumot taqdim etish davlat xizmatidan ushbu Maʼmuriy reglamentga 3-ilovadagi shaklga muvofiq soʻrovnomani elektron shaklda toʻldirish orqali foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur soʻrovnomaga xizmatdan foydalanuvchilar quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari), telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi yuridik shaxslar uchun — nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, STIRi, joylashgan joyi (pochta manzili), bank rekvizitlari, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soʻrovnoma davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, xizmatdan foydalanuvchilar undagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirgandan soʻng YIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda, xizmatdan foydalanuvchilar tomonidan zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng tegishli maʼlumot identifikatsiyalashning zamonaviy vositalari bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatdan foydalanuvchi davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi yoki ishonchli vakili orqali kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, xizmatdan foydalanuvchining imzosi bilan tasdiqlangandan soʻng yoki YIDXP orqali murojaat qilganda — soʻrovnoma xizmatdan foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda toʻldirilgandan soʻng vakolatli organga elektron shaklda yuborish uchun tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Soʻrovnoma tayyorlangandan soʻng davlat xizmatlari markazi xodimi xizmatdan foydalanuvchi bilan birgalikda yoki YIDXP orqali murojaat qilinganda esa — xizmatdan foydalanuvchining oʻzi quyidagi tasniflagichlar yordamida tegishli tashkilotning xususiyatlari toʻgʻrisida zarur maʼlumotlarni shakllantiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichiga muvofiq tashkilotning iqtisodiy faoliyat turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy — hududiy obyektni belgilash tizimiga muvofiq tashkilot joylashgan hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy-huquqiy shakllar tasniflagichiga muvofiq tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali soʻrovnoma va unga asosan talab etilayotgan maʼlumotlarning xususiyatlari belgilangandan soʻng vakolatli organga elektron shaklda soʻrov yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganda real vaqt rejimida, biroq bir soatdan oshmagan vaqtda, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrov avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soʻrov vakolatli organning axborot tizimiga kelib tushgandan soʻng tizim tomonidan maʼlumotning qiymati hisoblab chiqiladi va tegishliligi boʻyicha davlat xizmatlari markaziga yoki xizmatdan foydalunuvchiga avtomatik ravishda YIDXP orqali maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xizmatdan foydalanuvchi oʻz xohishiga koʻra, soʻrov va unga ilova qilingan tashkilotning xususiyatlarini qamrab olgan tasniflagichlar asosida shakllantirilgan maʼlumotlar hajmi bilan tanishib chiqib, tegishli elektron toʻlov tizimi orqali hisoblangan yigʻim summasini toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. KTYADR bazasidan har bir tashkilot boʻyicha taqdim etiladigan maʼlumotlar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot soni 100 tagacha boʻlganda, BHMning 0,1 foizi miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot soni 100 tadan 10 000 tagacha boʻlganda, BHMning 0,02 foizi miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot soni 10 000 tadan ortiq boʻlganda, BHMning 0,01 foiz miqdorida yigʻim undirish belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatdan foydalanuvchilar davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, yigʻim ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan summaning 90 foizi miqdorida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatdan foydalanish uchun toʻlovlar amalga oshirilganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xizmatdan foydalanish uchun undirilgan yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmati koʻrsatilganda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi maxsus hisob raqamiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmati koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi maxsus hisob raqamiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vakolatli organ axborot tizimi tomonidan KTYADR boʻyicha maʼlumotlarni sotib olish qiymati oʻz vaqtida va toʻliq toʻlangan taqdirda, KTYADR boʻyicha maʼlumotlar YIDXP orqali tegishliligi boʻyicha davlat xizmatlari markaziga yoki xizmatdan foydalunuvchiga belgilangan tartibda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda KTYADR boʻyicha maʼlumotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari markaziga yuborilganda, ular markaz tomonidan xizmatdan foydalanuvchiga elektron shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatdan foydalunuvchining oʻziga yuborilganda, maʼlumotlar uning shaxsiy kabinetida namoyon boʻladi va elektron shaklda yuklab olish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat xizmati toʻlov amalga oshirilgandan soʻng uch ish kunidan oshmagan muddatda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xizmatdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu Maʼmuriy reglamentga asosan soʻrovnomaga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlarning toʻliq emasligi, tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan va taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi hamda davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun belgilangan yigʻimning toʻlanmaganligi davlat xizmatlari koʻrsatilishini rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Murojaat qiluvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat qiluvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning talabnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi. Bunda davlat xizmati koʻrsatilgani uchun toʻlov summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ KTYADR boʻyicha maʼlumot taqdim etish xizmatini koʻrsatish natijasida xizmatdan foydalanuvchi haqida olingan arizada keltirilgan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Maʼmuriy reglament davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qilish organlarining KTYADR boʻyicha maʼlumot taqdim etish yuzasidan qilingan murojaatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi hamda mazkur organlarga maʼlumotlar ularning davlat statistika organlariga murojaatlari asosida bepul taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Foydalanuvchilar bevosita vakolatli organning axborot resurslari yordamida real vaqt rejimida soʻralayotgan alohida yuridik shaxsning STIR kodini kiritib, mazkur Maʼmuriy reglamentga 1-ilovada koʻrsatilgan maʼlumotlarni bepul olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat organlari va tashkilotlari KTYADRga taqdim etilayotgan maʼlumotlarning ishonchliligi, haqqoniyligi va dolzarbligini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan maʼlumotlarda nomuvofiqliklar aniqlangan hollarda, xizmatdan foydalanuvchi tomonidan ularga aniqlik kiritish maqsadida vakolatli organga murojaat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy tuzilmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Maʼmuriy reglamentning talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xizmatdan foydalanuvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq shikoyat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Maʼmuriy reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan davlat organining mansabdor shaxslari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri boʻyicha maʼlumot taqdim etish xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish xizmati doirasida taqdim etiladigan maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yuridik shaxsning individual nomi.
2.
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR raqami)
Soliq organlari tomonidan yuridik, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga biriktiriladigan takrorlanmaydigan raqam.
3.
Tashkilotning asosiy iqtisodiy faoliyat turi
Tashkilot qoʻshimcha qiymat hajmida hissasi yuqori boʻlgan faoliyatning Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichga koʻra kodi.
Mazkur kod roʻyxatdan oʻtish vaqtida belgilanadi va yillik statistika hisobotlariga asosan oʻzgartirilishi mumkin.
4.
Maʼmuriy-hududiy obyektni belgilash tizimi kodi (MHOBT)
MHOBT kodi davlat roʻyxatidan oʻtish yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuridik shaxs tomonidan soʻrovnoma shakllantirilganda koʻrsatilgan manziliga asosan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan biriktiriladi.
5.
Joylashgan joyi (pochta manzili)
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuridik shaxs tomonidan soʻrovnoma shakllantirilganda koʻrsatilgan manzil hisoblanadi.
6.
Telefon raqami (mavjud boʻlsa)
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuridik shaxs tomonidan soʻrovnoma shakllantirilganda koʻrsatilgan telefon raqami.
7.
Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuridik shaxs tomonidan soʻrovnoma shakllantirilganda koʻrsatilgan elektron pochta manzili.
8.
Tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha kodi va nomi (THSHT)
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq tashkilotlar tuzilishi mumkin boʻlgan shaklning (tijorat (masʼuliyati cheklangan jamiyat, aksiyadorlik jamiyati va boshqalar), notijorat (muassasa, jamoat fondi, jamoat birlashmasi va boshqalar) kodi boʻlib, yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlari asosida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar tomonidan belgilanadi.
9.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ nomi
Qonunchilikda belgilangan yuridik shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki).
10.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana
Yuridik shaxs tashkil etilgan sana
11.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqam
Yuridik shaxs tashkil etilgan reyestr raqami
12.
Kichik tadbirkorlik subyektiga mansubligi
Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 24-avgustdagi 275-son qaroriga 1-ilovaga muvofiq kichik tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan tashkilotlar.
13.
Faollik holati
Faoliyat koʻrsatayotgan, faoliyat koʻrsatmayotgan va tugatilgan yuridik shaxslarning holati
14.
Ustav fondi
Tijorat tashkilotlarida ulushlarga yoki muassislarning aksiyalariga boʻlingan fond.
15.
Taʼsischilar
Yuridik shaxslarning taʼsischilari hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar.
16.
Rahbar
Korxona va tashkilotda ijro etuvchi organi funksiyasini amalga oshirayotgan jismoniy shaxs
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri boʻyicha maʼlumot taqdim etish xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri boʻyicha maʼlumot taqdim etish xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich
Xizmatdan foydalanuvchi (yuridik yoki jismoniy shaxs)
Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtadi.
Xizmatdan foydalanuvchi xohishiga koʻra
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazi yoki xizmatdan foydalanuvchi
Xizmatdan foydalanuvchi haqidagi maʼlumotlar kiritiladigan soʻrovnomani toʻldiradi va elektron shaklda Davlat statistika qoʻmitasiga yuborish uchun tayyorlaydi.
Tayyorlangan savolnomaga qoʻshimcha ravishda axborot tizimida tegishli tashkilot toʻgʻrisidagi zarur boʻlgan maʼlumot turlarini belgilaydi.
Zarur maʼlumotlar turlarini belgilagandan soʻng Davlat statistika qoʻmitasiga elektron shaklda soʻrov yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganda, real vaqt rejimida
3-bosqich
Davlat statistika qoʻmitasi
Elektron soʻrovga koʻra maʼlumotning qiymatini hisoblab chiqadi va xizmatdan foydalanuvchiga elektron shaklda tegishliligi boʻyicha davlat xizmatlari markaziga yoki xizmatdan foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga maʼlum qiladi.
Avtomatik ravishda
4-bosqich
Xizmatdan foydalanuvchi
Tegishli elektron toʻlov tizimi orqali hisoblangan summada toʻlovni amalga oshiradi.
Uz xohishiga koʻra
5-bosqich
Davlat statistika qoʻmitasi
Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng soʻralgan maʼlumotlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tegishliligi boʻyicha davlat xizmatlari markaziga yoki xizmatdan foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
3 ish kunidan oshmagan muddatda
6-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng davlat xizmatlari markaziga yuborilgan maʼlumotlarni xizmatdan foydalanuvchiga elektron shaklda taqdim etadi.
3 ish kunidan oshmagan muddatda
Xizmatdan foydalanuvchi
Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan xizmatdan foydalanuvchining oʻziga yuborilgan maʼlumotlarni oʻz shaxsiy kabinetida elektron shaklda yuklab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri boʻyicha maʼlumot taqdim etish xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri boʻyicha maʼlumot taqdim etish davlat xizmatidan foydalanish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
___________________
___________________
(sana)
(raqami)
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Familiyasi, ismi, otasining ismi
2. Pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari)
3. Telefon raqami:
4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 539-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 25-sentabrdagi 274-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 70-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2015-yil 3-iyuldagi 179-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 5-modda) 4-ilovaning 5-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son Farmoni)” 2017-yil 9-oktabrdagi 810-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 10-son, 229-modda) 1-ilovaning 23-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “2022-yil uchun Statistika dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 7-fevraldagi 61-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 290-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/539/0863-son; 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)