O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 539-sonli “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va uning asosida davlat xizmatini ko‘rsatishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 3-iyul,
179-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-iyuldagi 179-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 8-bandning “z” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“z) yuridik shaxsning idoraviy mansubligi o‘zgarganda — uning muassislari yoki davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan tushgan ma’lumotlari asosida”.
2. 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Quyidagilar:
yuridik shaxslarni — tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga ushbu Nizom 8-bandining “a” kichik bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritilgandan keyin bir kun muddatda, ushbu Nizom 8-bandining “b”—“e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritilgandan keyin ikki kun muddatda davlat statistika organlariga elektron shaklda ilovaga muvofiq bildirishnoma yuboradilar;
yuridik shaxslarni — davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar ushbu Nizom 8-bandining “a”—“e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgandan keyin ikki kun muddatda davlat statistika organlariga elektron shaklda ilovaga muvofiq bildirishnoma yuboradilar.
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar davlat statistika organlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining dasturiy-texnologik vositalaridan foydalangan holda Internet tarmog‘i orqali taqdim etiladi”.
3. 17-banddagi “pochta manzillari” so‘zlaridan keyin “, telefon raqamlari, yuridik shaxslarning muassislari, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan tartib raqami va sanasi (ta’sis hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, yagona davlat reyestridan chiqarish) to‘g‘risidagi ma’lumotlari” so‘zlari qo‘shilsin.
4. Ilovadagi “Yuborilgan sanasi va vaqti, Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ mas’ul xodimining F.I.O., M.O‘. (elektron hujjatlar uchun EMM)” so‘zlari chiqarib tashlansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 27-son, 354-modda)